Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Ilmiy adabiyotlarni o’qish qoidalari va kitob bilan ishlash

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

44,6 KB


 
 
 
 
 
 
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Ilmiy adabiyotlarni 
o’qish qoidalari va kitob bilan ishlash 
 
Umummiy ma’lumot: Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan sivosiy, 
iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy o'zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimida ham 
o’z aksini topmoqda. Shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish 
eng dolzarb vazifaga aylandi. 
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi o’z ichiga pedagogning metodologik 
madaniyatini, pedagogik tadqiqotning mantiqiy - gnoseologik modelini, pedagogik 
tadqiqotlarning metodologik tamoyillarini, pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish 
texnologiyasiniqamrabolgan. 
Metodologiya deganda, faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy 
shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus - ilmiy 
metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi:  
 - umumiy va ilmiy metodologik konsepsiyalar; 
 - alohida, maxsus fanlar metodologiyasi; 
 - taqiqotlar metodikasi; 
Demak, metodologiya barcha fanlarning rivojlanishi uchun, uni o‘rganish, 
tadqiq qilishda qo‘llaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondashuvlar, 
muammolar, shuningdek, eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat. 
Pedagogik tadqiqot metodologiyasining maqsadi va vazifalari. 
Maqsadi: magistrantlarni pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va amalga 
oshirishga tayyorlash, metodologik madaniyatni tarkib toptirish. 
Vazifasi: 
magistrlarning 
pedagogik 
tadqiqotlarni 
tashkil 
etishning 
metodologik qoidalarini egallashlarini ta‘minlash; 
- ularning 
tadqiqotlarni 
tashkil 
etish 
va 
o'tkazish 
mantiqini 
o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratish;  
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Ilmiy adabiyotlarni o’qish qoidalari va kitob bilan ishlash Umummiy ma’lumot: Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan sivosiy, iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy o'zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimida ham o’z aksini topmoqda. Shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish eng dolzarb vazifaga aylandi. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi o’z ichiga pedagogning metodologik madaniyatini, pedagogik tadqiqotning mantiqiy - gnoseologik modelini, pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillarini, pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish texnologiyasiniqamrabolgan. Metodologiya deganda, faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus - ilmiy metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi: - umumiy va ilmiy metodologik konsepsiyalar; - alohida, maxsus fanlar metodologiyasi; - taqiqotlar metodikasi; Demak, metodologiya barcha fanlarning rivojlanishi uchun, uni o‘rganish, tadqiq qilishda qo‘llaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondashuvlar, muammolar, shuningdek, eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat. Pedagogik tadqiqot metodologiyasining maqsadi va vazifalari. Maqsadi: magistrantlarni pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirishga tayyorlash, metodologik madaniyatni tarkib toptirish. Vazifasi: magistrlarning pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishning metodologik qoidalarini egallashlarini ta‘minlash; - ularning tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish mantiqini o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratish;  
 
- magistrlarni magistrlik dissertatsiyasini bajarish jaravonida pedagogik 
tadqiqotlarni o'tkazishga tayyorlashdan iborat; 
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini o’zlashtirish jarayonida quyidagilar 
amalga oshiriladi: 
 - pedagogik tadqiqotlarning mazmun-mohiyati;  
 - pedagogik tadqiqotlarning asosiy tushunchalari; 
 - pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli; 
 - fundamental, amaliy va innovatsion pedagogik tadqiqotlarni amalga 
oshirish shart-sharoitlari haqida bilimga ega bo’lish; 
 - pedagogik tafakkur uslublari; 
 - pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari; 
 - pedagogik ilmiv tadqiqot metodlari; 
 - pedagogiktadqiqotlarnitashkiletishvao'tkazish; 
 - pedagogiktadqiqotlarsamaradorligimezonlarinianiqlash; 
Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondoshuv va ma’lumotlarni qayta ishlash 
texnologiyasini qo’llash ko’nikmalariga ega bo'lishi; 
 - pedagogik tadqiqotlar samaradorligini baholash; 
 - pedagogik tadqiqot natijalarini interpretatsiya qilish; 
 - pedagogik tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlashva ommalashtirish 
malakalarigaega bo ‘lishi lozim. 
Pedagogik tadqiqot metodlarining umumiy tavsifi: 
- adabiyotlar va arxiv materiallarini o'rganish metodi; 
- kuzatish metodi; 
- suhbat metodi; 
- so'rov metodi; 
- test metodi; 
- experiment metodi; 
- empirik tadqiqot metodlari;  
- faoliyat natijalarini o'rganish va germenevtik metodlar; 
- ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish va umumlashtirish metodi; 
- magistrlarni magistrlik dissertatsiyasini bajarish jaravonida pedagogik tadqiqotlarni o'tkazishga tayyorlashdan iborat; Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini o’zlashtirish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: - pedagogik tadqiqotlarning mazmun-mohiyati; - pedagogik tadqiqotlarning asosiy tushunchalari; - pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli; - fundamental, amaliy va innovatsion pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari haqida bilimga ega bo’lish; - pedagogik tafakkur uslublari; - pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari; - pedagogik ilmiv tadqiqot metodlari; - pedagogiktadqiqotlarnitashkiletishvao'tkazish; - pedagogiktadqiqotlarsamaradorligimezonlarinianiqlash; Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondoshuv va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasini qo’llash ko’nikmalariga ega bo'lishi; - pedagogik tadqiqotlar samaradorligini baholash; - pedagogik tadqiqot natijalarini interpretatsiya qilish; - pedagogik tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlashva ommalashtirish malakalarigaega bo ‘lishi lozim. Pedagogik tadqiqot metodlarining umumiy tavsifi: - adabiyotlar va arxiv materiallarini o'rganish metodi; - kuzatish metodi; - suhbat metodi; - so'rov metodi; - test metodi; - experiment metodi; - empirik tadqiqot metodlari; - faoliyat natijalarini o'rganish va germenevtik metodlar; - ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish va umumlashtirish metodi;  
 
Kreativlik lotincha , inglizcha ,,create”- yaratish ,,kreative”- yaratuvchi 
ijodkorlik, individning yangi g’oyalarini ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi 
va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat. 
Kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama chuqur fikrlash 
sanaladi. 
Kasbiy ijodiy faoliyat: 
- amaliy ko’nikma va malakalarning integratsiyasi 
- faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqish 
- kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan habardor bo’lish 
- ijodiy tafakkurni rivojlantirish 
- 
kreativharaktergaegashaxsiysifatlarniyetarlidarajadao’zlashtirishnitalabetadi. 
Pedagogik kreativlik bu - pedagogning an’anaviy fikrlashdan farqli ravishda 
ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi 
g’oyalarni yaratish mavjud pedagogic muammolarni ijodiy hal qilishga bo’lgan 
tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyat. 
 
O’qish qoidalari vao‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va 
vazifalari. 
Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha 
bo‘lgan. Har bir davrning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi 
belgilangan.Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining 
ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda, albatta, kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor 
berilgan.Bugungi kunda ,,Mutolaa madaniyati”, ,,Kitobxonlik madaniyati”, ,,O‘qish 
madaniyati” kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot 
olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. 
,,Mutolaa” so'zi arabcha ,,o'qish” degan ma'noga ega bo'lsa - da, bugungi 
kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov 
fikricha: ,,Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida 
individlarning umumiy ma'lumot olishga yo'naltirilgan jarayon, xulq - atvor va 
faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o'zgarishlar majmuini 
ifodalovchi bilimlar, me'yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni 
Kreativlik lotincha , inglizcha ,,create”- yaratish ,,kreative”- yaratuvchi ijodkorlik, individning yangi g’oyalarini ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat. Kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama chuqur fikrlash sanaladi. Kasbiy ijodiy faoliyat: - amaliy ko’nikma va malakalarning integratsiyasi - faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqish - kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan habardor bo’lish - ijodiy tafakkurni rivojlantirish - kreativharaktergaegashaxsiysifatlarniyetarlidarajadao’zlashtirishnitalabetadi. Pedagogik kreativlik bu - pedagogning an’anaviy fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish mavjud pedagogic muammolarni ijodiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyat. O’qish qoidalari vao‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazifalari. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Har bir davrning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan.Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda, albatta, kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor berilgan.Bugungi kunda ,,Mutolaa madaniyati”, ,,Kitobxonlik madaniyati”, ,,O‘qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. ,,Mutolaa” so'zi arabcha ,,o'qish” degan ma'noga ega bo'lsa - da, bugungi kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: ,,Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma'lumot olishga yo'naltirilgan jarayon, xulq - atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o'zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me'yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni  
 
chog'da mutolaa madaniyatini ta'lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, 
ixtisoslashgan ma'lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar (badiiy, 
ilmiy, o'quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, 
radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, 
jurnal, qo'llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga 
kirishuvchi shaxslar (oila a'zolari,...) orqali ega bo'linadigan turli yo'nalish va 
shakldagi umumiy ma'lumotdan farqlash lozim bo'ladi” .  
Professor E.I.Yo'ldoshev ,,O'qish madaniyati” tushunchasiga shunday ta'rif 
beradi: ,,O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, kitobga qiziqish 
va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi 
maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la ravishda foydalanishga 
yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etadi”. Jumladan, 
axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, undan estetik zavq olish, 
shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot-
bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o'zini qiziqtirgan 
ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim 
bo'lgan ma'lumotlarni ola bilish, o'z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, 
axborot-kutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanish yo'llarini o'rganish ham 
axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini 
to'liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo'llash o'rinlidir. 
Safo Matchon: ,,Kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, 
balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir. Shundan kelib chiqib aytish 
mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo'lgan fikrini nechog'li uqishini, ya'ni 
asar ,,tili” ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasini ko'rsatadi. Shu 
tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham 
hamisha ehtiyoj sezadi”.Uning fikricha kitobxonlik talanti tug'ma emas, balki tarbiya 
vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri 
Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: ,,Kitobxonlikka o'rganish uchun 
qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men 
hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman”.  
Professor V.F.Asmus o'zining ,,Kitobxonlik - mehnat va ijod” nomli 
maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: ,,Mutolaa vaqtida asar bir 
chog'da mutolaa madaniyatini ta'lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma'lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar (badiiy, ilmiy, o'quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo'llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a'zolari,...) orqali ega bo'linadigan turli yo'nalish va shakldagi umumiy ma'lumotdan farqlash lozim bo'ladi” . Professor E.I.Yo'ldoshev ,,O'qish madaniyati” tushunchasiga shunday ta'rif beradi: ,,O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etadi”. Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot- bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo'lgan ma'lumotlarni ola bilish, o'z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanish yo'llarini o'rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to'liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo'llash o'rinlidir. Safo Matchon: ,,Kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo'lgan fikrini nechog'li uqishini, ya'ni asar ,,tili” ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasini ko'rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi”.Uning fikricha kitobxonlik talanti tug'ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: ,,Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman”. Professor V.F.Asmus o'zining ,,Kitobxonlik - mehnat va ijod” nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: ,,Mutolaa vaqtida asar bir  
 
ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, 
balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi”. ,,Taraqqiy etgan хorijiy 
mamlakatlarda, - deb yozadi H.To'xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko'tarilgan. 
Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, o'qiladigan kitobni 
tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish 
hamdir”. 
,,Axborot olish madaniyati” kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini 
aniqlaymiz: 
 - o'qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyoqini shakllantirish; 
 - o'qilgan kitob orqali fikrlash yo'llarini o'rgatish; 
 - mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish. 
Ta'lim o'qitish, o'qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan 
jarayondir.Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta'lim jarayonida amalga oshadi. 
Egallangan bilimlar o'quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi.Ta'lim 
jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalar faqatgina 
sinfda o'qitiladigan darslarda shakllanib kolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrog’i 
axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shug’ullanish orqali egallanadi.  
Axborot - kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot olish 
madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi - axborot - kutubxonachilik 
bilimlarini o'quvchilar orasida targ'ib qilishdir. Buning eng samarali yo'llaridan biri 
bo'lib axborot - kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi. 
Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma'lumot berish 
axborot-kutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi.Ushbu darslarda axborot 
bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o'qish, eng muhimi, uni uqish, 
o'rganish malakalari singdirib borilishi kerak.Shuningdek, elektron kutubxonadan 
foydalanish, elektron kataloglar, ma'lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo'lish, 
ulardan foydalanishni o'rganish kabilar kiradi. Bu esa o'z - o'zidan amalga oshadigan, 
jo'n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot - kutubxona muassasalari 
mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi.Axborot - kutubxonachilik 
darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o'tish 
lozim. Tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot - kutubxonachilik darslarini o'tkazish 
uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish 
ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi”. ,,Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda, - deb yozadi H.To'xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko'tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish hamdir”. ,,Axborot olish madaniyati” kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini aniqlaymiz: - o'qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyoqini shakllantirish; - o'qilgan kitob orqali fikrlash yo'llarini o'rgatish; - mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish. Ta'lim o'qitish, o'qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir.Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta'lim jarayonida amalga oshadi. Egallangan bilimlar o'quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi.Ta'lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalar faqatgina sinfda o'qitiladigan darslarda shakllanib kolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrog’i axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shug’ullanish orqali egallanadi. Axborot - kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot olish madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi - axborot - kutubxonachilik bilimlarini o'quvchilar orasida targ'ib qilishdir. Buning eng samarali yo'llaridan biri bo'lib axborot - kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi. Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma'lumot berish axborot-kutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi.Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o'qish, eng muhimi, uni uqish, o'rganish malakalari singdirib borilishi kerak.Shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma'lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo'lish, ulardan foydalanishni o'rganish kabilar kiradi. Bu esa o'z - o'zidan amalga oshadigan, jo'n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot - kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi.Axborot - kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o'tish lozim. Tajriba shuni ko'rsatadiki, axborot - kutubxonachilik darslarini o'tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish  
 
mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, 
o'qituvchi va kutubxonachi o'tkazadigan soatlar, darsni o'tkazish joyini, ya'ni sinfda 
yoki axborot-kutubxona muassasasida o'tkazilishini aniqab olish zarur. 
Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, 
ko'pgina o'qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo'lsalar - da, 
axborot- kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo'lmaydilar. 
Kutubxonachilar esa aksincha.Shu sababli ham o'qituvchilarga axborot - 
kutubxonachilik sohasidan ma'ruzalar o'qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati 
bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o'tish qoidalari, uslubiyotini o'rgatish 
muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o'quvchilarda 
axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga olib axborot-
kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo'lga qo'yish zarur. Avvalo, buning 
uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik 
darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy 
o'rta 
ta'lim 
muassasalari 
va 
axborot-kutubxona 
muassasalar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o'tkazishning 
aniq shakllarini ishlab chiqish zarur.  
Axborot-kutubxona muassasasida o'quvchilar axborot olish madaniyatini 
tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo'lmasdan, 
balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma'naviy yuksalishi bilan bog’liq, davlatning 
strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir.Shu sababli ham 
mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o'rganishni 
taqozo qiladi.Binobarin, tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, kutubxonada o'quvchilar 
axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, 
adabiyotshunoslik, sosiologiya kabi qator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan 
holdagina hal etilishi mumkin. 
Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash 
masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: 
Axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, 
umummilliy muammo hisoblanadi.Bu ma'lum davr bilan chegaralanadigan hodisa 
bo'lmasdan, inson umr bo'yi o'rganadigan ma'naviy ehtiyojdir. 
mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o'qituvchi va kutubxonachi o'tkazadigan soatlar, darsni o'tkazish joyini, ya'ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o'tkazilishini aniqab olish zarur. Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko'pgina o'qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo'lsalar - da, axborot- kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo'lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha.Shu sababli ham o'qituvchilarga axborot - kutubxonachilik sohasidan ma'ruzalar o'qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o'tish qoidalari, uslubiyotini o'rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o'quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga olib axborot- kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo'lga qo'yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o'rta ta'lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o'tkazishning aniq shakllarini ishlab chiqish zarur. Axborot-kutubxona muassasasida o'quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo'lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma'naviy yuksalishi bilan bog’liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir.Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o'rganishni taqozo qiladi.Binobarin, tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, kutubxonada o'quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, sosiologiya kabi qator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin. Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: Axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, umummilliy muammo hisoblanadi.Bu ma'lum davr bilan chegaralanadigan hodisa bo'lmasdan, inson umr bo'yi o'rganadigan ma'naviy ehtiyojdir.  
 
Axborot olish madaniyatini tarbiyalaydigan asosiy maskan - axborot-
kutubxona muassasalaridir. Axborot-kutubxona muassasalari o'z imkoniyatlari bilan 
nafaqat maktab dasturlarining, davlat ta'lim standartlarining bajarilishida, balki 
mustaqil ta'lim olish sari yo'llaydi. 
Axborot 
olish 
madaniyatini 
tarbiyalashda 
maktab-oila-kutubxona 
hamkorligini yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Axborot - kutubxona 
muassasalarining axborot olish madaniyatini tarbiyalashdagi asosiy vazifalarni 
belgilash 
zarur.  
Axborot - kutubxona muassasalarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning 
pedagogic - psixologik asoslarini o'rganmasdan turib, haqiqiy kitobxonni kamol 
toptirish 
mumkin 
emas. 
Xususan, 
Axborot-kutubxona 
muassasalarda 
foydalanuvchilarning yosh xususiyatlari, tipologik jihatlari, ularning psixologik 
tayyorgarligi, ayniqsa, ulardagi fiziologik o'zgarishlar albatta hisobga olinishi zarur. 
Axborot-kutubxona muassasalarida o'quvchilar axborot olish madaniyatini 
tarbiyalashda quyidagi asosiy yo'nalishlarga jiddiy e'tibor qaratilishi lozim: 
- kitobxonnning oilaviy sharoiti, oilada axborot-kutubxona muassasasining bor-
yo'qligi, bolaning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini o'rganish;  
- umumta'lim muassasasi dasturidagi fanlarni hisobga olish, bolaning 
qiziqishlari doirasini aniqlash hamda shunga muvofiq tarzda yakka va ommaviy 
rahbarlik yo'l-yo'riqlarini ishlab chiqish;  
- o'quvchida o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirib borish, 
axborot olish malakalarini shakllantirish; 
- o'quvchining yosh xususiyatlari va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda turli-tuman ommaviy shakllardan samarali foydalana olish, mavjud sharoitdan 
kelib chiqib yangi shakllarni izlab topish va amalda qo'llash mahoratiga ega bo'lish; 
- o'quvchilarni axborot olishga bo'lgan qiziqishini shakllantirish, ularni 
Axborot-kutubxona muassasalariga, mutolaaga kengroq jalb qilish; 
- o'quvchilar o'rtasida axborot-kutubxonachilik bilimlarini keng targ'ib qilish. 
Axborot 
olish 
madaniyatini 
tarbiyalashning 
asosiy 
mas'uliyati 
kutubxonachilar zimmasiga tushadi. Bu jarayon esa mutaxassislardan juda katta 
pedagogik mahoratni, professional bilimni,eng muhimi, o'z kasbiga bo'lgan 
fidoyilikni talab etadi.Bu, asosan, kutubxonachi kadrlar tayyorlash jarayonida 
Axborot olish madaniyatini tarbiyalaydigan asosiy maskan - axborot- kutubxona muassasalaridir. Axborot-kutubxona muassasalari o'z imkoniyatlari bilan nafaqat maktab dasturlarining, davlat ta'lim standartlarining bajarilishida, balki mustaqil ta'lim olish sari yo'llaydi. Axborot olish madaniyatini tarbiyalashda maktab-oila-kutubxona hamkorligini yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Axborot - kutubxona muassasalarining axborot olish madaniyatini tarbiyalashdagi asosiy vazifalarni belgilash zarur. Axborot - kutubxona muassasalarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning pedagogic - psixologik asoslarini o'rganmasdan turib, haqiqiy kitobxonni kamol toptirish mumkin emas. Xususan, Axborot-kutubxona muassasalarda foydalanuvchilarning yosh xususiyatlari, tipologik jihatlari, ularning psixologik tayyorgarligi, ayniqsa, ulardagi fiziologik o'zgarishlar albatta hisobga olinishi zarur. Axborot-kutubxona muassasalarida o'quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalashda quyidagi asosiy yo'nalishlarga jiddiy e'tibor qaratilishi lozim: - kitobxonnning oilaviy sharoiti, oilada axborot-kutubxona muassasasining bor- yo'qligi, bolaning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini o'rganish; - umumta'lim muassasasi dasturidagi fanlarni hisobga olish, bolaning qiziqishlari doirasini aniqlash hamda shunga muvofiq tarzda yakka va ommaviy rahbarlik yo'l-yo'riqlarini ishlab chiqish; - o'quvchida o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirib borish, axborot olish malakalarini shakllantirish; - o'quvchining yosh xususiyatlari va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli-tuman ommaviy shakllardan samarali foydalana olish, mavjud sharoitdan kelib chiqib yangi shakllarni izlab topish va amalda qo'llash mahoratiga ega bo'lish; - o'quvchilarni axborot olishga bo'lgan qiziqishini shakllantirish, ularni Axborot-kutubxona muassasalariga, mutolaaga kengroq jalb qilish; - o'quvchilar o'rtasida axborot-kutubxonachilik bilimlarini keng targ'ib qilish. Axborot olish madaniyatini tarbiyalashning asosiy mas'uliyati kutubxonachilar zimmasiga tushadi. Bu jarayon esa mutaxassislardan juda katta pedagogik mahoratni, professional bilimni,eng muhimi, o'z kasbiga bo'lgan fidoyilikni talab etadi.Bu, asosan, kutubxonachi kadrlar tayyorlash jarayonida  
 
shakllanadi. Shu sababli ham kutubxonachi kadrlarga bo'lgan talabni kuchaytirishga, 
ta'lim sifatini oshirish zarur. 
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon ,,Kitoblar tafakkur durdonalarini 
avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni 
charxlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo’jizadir. 
Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos 
o'rni qadimdan ma'lum.U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka 
muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo 
qiladi. 
Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga 
burib yuborish, ongida ma'lum tuyg’ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni 
o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining 
insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning 
ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, 
yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, 
ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir. 
Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik 
johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga 
keladi.Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga 
aylantirishdan iborat.Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda 
ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan 
munosabatini o'zgartirish mumkin emas. 
Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini 
shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat 
hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning 
aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek 
oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy 
tajribasiga asoslanadi. 
Mutolaa - bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo’lib, sof texnik jihati - 
mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur 
axborotlarni olishdan iborat. 
shakllanadi. Shu sababli ham kutubxonachi kadrlarga bo'lgan talabni kuchaytirishga, ta'lim sifatini oshirish zarur. Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon ,,Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charxlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo’jizadir. Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos o'rni qadimdan ma'lum.U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi. Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg’ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir. Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi.Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat.Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas. Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy tajribasiga asoslanadi. Mutolaa - bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo’lib, sof texnik jihati - mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.  
 
Mazmunga kirib borish darajasiga ko’ra mutolaa quyidagi turlarga bo’linadi: 
  - ko’z yugurtirib chiqish - umumiy taassurot olish uchun; 
- matn bilan tanishib chiqish - umumiy mazmunni bilib olish uchun; 
- o’rganuvchi mutolaa - mavjud ma’noning eng ko’p hajmini o’zlashtirish 
uchun. 
Matn bilan tanishib chiqish va o’rganishdan oldin odatda kitobga ko’z 
yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar 
muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi. 
Ko’z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag’i, mundarijasi, 
annotasiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu 
axborotning o’zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo’lishini belgilashga yordam 
beradi. 
Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o’qish) bir necha manbalardan ayrim 
masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo’yicha o’zining nuqtai 
nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun 
qo’llaniladi. 
O’rganish uchun mutolaa - mutolaaning faol turi. O’quvchi tomonidan asarni 
diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to’xtalib va axborotlarni mushohadadan 
o’tkazib o’qish hollarida bunday tur ishlatiladi. 
O’rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini 
o’zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qo’ygan savollarga javob 
topishga qaratilgan. 
Mutolaaning bu turi materialni o’rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar 
bo’yicha izchil o’qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o’z fikringizni hosil qilishga 
undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi. 
Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari. 
1.Mutolaag’oyat jiddiy va sermulohazali bo’lishi kerak. 
2.Ilmiyadabiyotlarni mutolaa qilishda: 
- o’qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak; 
- notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim, 
- o’zingizga ahamiyatli bo’lgan savollarga javob izlash zarur; 
- axborotlarni markirovkalash - belgilar qo’yish kerak. 
Mazmunga kirib borish darajasiga ko’ra mutolaa quyidagi turlarga bo’linadi: - ko’z yugurtirib chiqish - umumiy taassurot olish uchun; - matn bilan tanishib chiqish - umumiy mazmunni bilib olish uchun; - o’rganuvchi mutolaa - mavjud ma’noning eng ko’p hajmini o’zlashtirish uchun. Matn bilan tanishib chiqish va o’rganishdan oldin odatda kitobga ko’z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi. Ko’z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag’i, mundarijasi, annotasiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu axborotning o’zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo’lishini belgilashga yordam beradi. Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o’qish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo’yicha o’zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qo’llaniladi. O’rganish uchun mutolaa - mutolaaning faol turi. O’quvchi tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to’xtalib va axborotlarni mushohadadan o’tkazib o’qish hollarida bunday tur ishlatiladi. O’rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini o’zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qo’ygan savollarga javob topishga qaratilgan. Mutolaaning bu turi materialni o’rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bo’yicha izchil o’qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o’z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari. 1.Mutolaag’oyat jiddiy va sermulohazali bo’lishi kerak. 2.Ilmiyadabiyotlarni mutolaa qilishda: - o’qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak; - notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim, - o’zingizga ahamiyatli bo’lgan savollarga javob izlash zarur; - axborotlarni markirovkalash - belgilar qo’yish kerak.  
 
3.Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, 
raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni ko’chirib olish lozim. 
4. O’qib chiqqandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuqtai 
nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib 
yondashgan holda baholash. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar 
metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018. 
2.Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv 
kullanma).. - Toshkent.: Fan, 2010. 
3.Kpaeевский, B.B. Meтодологиya педагогиchеского исследованиya: 
пocoб. Длya педагога-исследавателya / B.B. Kpaeвский. - Caмapa: Изд-BO 
CaмГПИ,1994 - 165 c. 
 
3.Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni ko’chirib olish lozim. 4. O’qib chiqqandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuqtai nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Choriyev A., Xodjayev B., Saliyeva Z., Choriyev I. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi (darslik). - Toshkent.: Iqtisodiyot dunyosi, 2018. 2.Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv kullanma).. - Toshkent.: Fan, 2010. 3.Kpaeевский, B.B. Meтодологиya педагогиchеского исследованиya: пocoб. Длya педагога-исследавателya / B.B. Kpaeвский. - Caмapa: Изд-BO CaмГПИ,1994 - 165 c.