PEDAGOGIKA FANINING MAQSAD VAZIFALARI.
Reja:
1. Pedagogika fan sifatida:
2. Pedagogika fanining predmeti:
3. Pedagogikaning metodologiyasi:
4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot obyekti:
5. Pedagogika metodlari.
Tayanch tushunchalar: pedagogika, pedagogikaning tuzilishi, pedagogika
tarmoqlari, bilim, ko’nikma, malaka, maxsus pedagogika, pedagogik tizim, ilmiy-
pedagogik tadqiqot metodlari, kuzatish metodi, suhbat metodi, eksperiment metodi.
1. Pedagogika fan sifatida:
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq.
Ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt
mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi
harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali
kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni
qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar
asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganlar.Turli
tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni
bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga
qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub
inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi
tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan
munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi. Jamiyatning
tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va
olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar.
“Pedagogika” atamasi “Peyne”-“bola” va “aygogeyn”-“etaklamoq” degan ma’noni
bildiruvchi lotincha “daydagogos” so’zlaridan paydo bo’lishi quyidagicha izohlanadi:
eramizdan oldingi II asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan,
sayrgaolibboruvchi, tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atalgan. U bolalarning kamolga
yetishiga mas’ul bo’lgan. Uldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan.
Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni “didaskallar” (didayko-men o’qitaman) deyishgan.
Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-
tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni “pedagog” deb nomlaganlar
va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi.
“Pedagog” kasbining ravnaq topishida Qadimgi Yunonistonlik allomalar Suqrot,
Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalarning hissasi katta. Ular o‘z faoliyatida yoshlarni
o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos ravishda o‘z davrida ta'lim-tarbiya
nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan xissa
qo‘shdilar.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy
qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda ustozlar tomonidan shogirtlarini yig’ib talim va tarbiya bilan
shug’ullanadigan joylar akademiva deb nomlangan. “Akademiya” so'zi afsonaviy
qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina
yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar
o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala
boshlagan.
Sharqda esa akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari “Donishmandlar uyi” (IX
asr, Bag'dod), “Ma'mun akademiyasi” (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar
qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan.
Fanning maqsadi; jamiyatningbarchaa’zolariniijtimoiyehtiyojgamosholdatarbiyalash,
shaxssifatidashakllantirish, barkamolavlodnitarbiyalash.
Fanning vazifalari; o’qitishning, ta’lim–tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari,
mazmuni, usullari, vositalarini o’rganish, yoshlarni zamonaviy pedagogik bilimlar bilan
qurollantirish, intellektual salohiyatini oshirish.
Fanni o’rganish natijasida o’quv tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun
zarur bo’lgan pedagogik bilim va ko’nikmalarning umumiy hajmini, o’qituvchi –
murabbiyga xos umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni egallaydi.
2. Pedagogika fanining pretmeti:
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda
kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini
o`rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va
tarbiyalashgaasosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya
nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko
«o`rganuvchi»)ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari,
qonuniyatlari, o`qituvchi va o`qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl,
metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo
muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o`z mohiyatiga ko`raumumiy va maxsus kabi turlargaajratiladi. Umumiy
ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil
etaolishi uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni berishga yo`naltiriladi. Umumiy ta’lim
asosida o`zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini
ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo`ladi.
Maxsus ta’lim– o`zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga
muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosidaamaliy
ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishgaxizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalgaoshirishiga ko`ra
maktabgacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim,
oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo`linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib,
tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish
muammolarini o`rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida yosh avlodni
har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy va
ekologik tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.
3. Pedagogikaning metodologiyasi:
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli
sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Shuni ta'kidlamoq
kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida
rivojlangan. Qur'onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf
olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va
pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy,
Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy, shveytsariyalik
pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol'f Disterverg, rus pedagogi
K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratib,
komil
inson
tarbiyalashdagi
qonuniyatlarni
asosladilar.
Yangicha
sharqona
pedagogikaning metodologiyasi o‘tmish ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi
g‘oya va ta'limotlarini o‘rganib, unga suyangan holda milliy istiqlol mafkurasini
mustaqkamlash va unga amal qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,
vazifalari, tamoyil usul va vositalari, umuman, har-bir inson uchun zarur bo‘lgan
tarbiyaviy ta'sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin birinchi marotaba 1992 yil iyul
oyida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi va 1997 yilning 29 avgustida bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan
holda qaytadan tasdiqlandi, Qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib 3 bosqichda
amalga oshirish nazarda tutilgan ya’ni:
Birinchi bosqch (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqch (2001-2005 yillar) - Mehnat bozorining rivojlanishi va real
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobgaolgan holda ungaaniqliklar kiritish. Bu
bosqchda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog
kadrlar bilan to`ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatgaasoslangan muhit
vujudga keltirish hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika vaaxborot bazasini
mustahkamlash davom ettiriladi, o`quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o`quv
adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim
tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg`u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to`plangan tajribani tahlil etish va
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshirilib
kelinmoqda.
1. Maktabgacha ta’lim;
2. Umumiy o’rta ta’lim;
3. Kasb-hunar ta’limi, Akademik litsey;
4. Oliyta’lim;
5. Oliy o’quv yurtidan keying ta’lim;
6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
201_ yil _ ___________dagi F-____ sonli Farmoniga binoan 2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida boshqa sohalar kabi ta’lim
sohasida ham qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» PQ-
3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil
etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» gi PQ-
3304-son Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o’rta,
o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019
o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umum ta’lim
maktablarida, shujumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at
va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-
internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020
o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim
maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli
mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish
muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim
muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan
o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-
son qarori qabul qilindi.
2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida»g iPQ-2909-son Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida
4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti:
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib
borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi.
Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va
subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo
etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega
bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.
Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2)
ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;
4)
tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik
va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga
olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;
7)
tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi
metodlardan foydalanilmoqda:Pedagogik kuzatish metodi, Suhbat metodi, Anketa
metodi, Intervyu metodi, Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi, Test metodi,
Pedagogik tahlil metodi, Bolalar ijodini o'rganish metodi, Pedagogik tajriba metodi,
Matematik-statistik metod.
5. Pedagogikaning metodlari.
Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud.Metod
lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan.Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy,
siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadida qizmat qiladi. Ilmiy-
pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni qal qilish maqsadida talaba,
o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy
izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Adabiyotlarni o‘rganish Prezident asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik,
monografiya, risola va maholalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik
tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi.
Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish
rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi.Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti,
vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga
ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisha va uzoq muddatli kuzatish. qisha kuzatish ob'ektning
kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish
qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga
kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniya va
boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib
olish maqsadida ma'lum ma'sul Shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot
olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga
ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi.
Suhbat metodi jarayonida interv'yu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar
yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini
ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar
soniga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi
tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriyaeksperimenti pedagogik
eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va
boshqalar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment bu
ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayoning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish
munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish
uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga
aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini
yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish
usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek eksperiment
natijalarini qar tomonlama hisobga olishni talab etadi.
Labaratoriya Pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotining ancha qat'iy shaklidir.
Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni aniq
tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan
sun'iy sharoit yaratiladi.
Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharxlash.
Rivojlantirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga
ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni,
eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Pedagogika hodisalari va faktlarini
tekshirishda maktab qujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab
qujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab qujjatlarini
tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda
ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan
taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi Maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli
tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan
biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari,
sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta'lim qonunida va milliy
dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur bilishga
hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib
berishga qaratilgan.
Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi Pedagogik tadqiqotga
kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil
O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Anketa metodi O‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining
ma'lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma'lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va
qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada
ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib,
ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari. Hozirgi zamon sanoat ishlab
chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika
vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va
pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida o‘qitish,
bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga
ega.Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish
o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlardan kino, ovoz texnikasi, foto, televidinie singari texnika
vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini
aktivlashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish omillarini
hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma'lum maqsadda yengillashtiradi.
Ko‘rsatilgan vositalarning har-biri bolalarning yoshini, o‘quv fani va pedagogik jarayonni
mukammallashtiradi.