Pedagogika fanining umumiy asoslari. (Pedagogikaning fan va o‘quv predmeti sifatidagi taraqqiyoti.)
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
18,8 KB
Pedagogika fanining umumiy asoslari.
Reja:
1.
Pedagogikaning fan va o‘quv predmeti sifatidagi taraqqiyoti.
2.
Fan va o‘quv predmeti, ularning aloqasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Pedagogikaning o‘quv predmeti sifatidagi asosiy rivojlanish davrlari.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos
Komenskiyning hissasi katta bo’ldi. Uning „Buyuk didaktika“ asari haqli ravishda
pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O’n sakkizinchi
asrga kelib O’rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr
boshlarida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad
Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usuldagi
maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o’rtasida ma’rifatni targ’ib etishda
jonkuyarlik qildilar. Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib
boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar,
udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.
Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli
foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g’oyalar evaziga
boyimoqda.Pedagogikada „tarbiya“ so’zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi,
tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning
barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini,
o’quvtarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya
yo’nalishida olib boradigan harakatlarini o’z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o’sib
kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Pedagogik
adabiyotlarda va amaliyotda „tarbiya“ so’zi aniq, tor yo’nalishni belgilash uchun
ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga
qaratilgan jarayon tushuniladi.
O’qitish - o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda
bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib,
rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri -
o’qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki
o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati
orqali bu g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O’qituvchining ko’p
qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash,
ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga
oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish,
maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-
onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning
hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni
talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari
quyidagicha belgilangan: “...mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy
jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida
tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy
va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak“. Ushbu fikrlar o’qituvchilarga
ham bevosita taalluqli.
Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor
munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki
iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda.
Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarur.
Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri -o’z kasbiga
sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi, o’z kasbini sevishi uni boshqa kasb egalaridan
ajratib turadi. Chunki maktabda ta’lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi
faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi shaxsiga
qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan predmetlarni chuqur
bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Predmetni va uning
nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi
bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi, o’qituvchining obro’yini
oshiradi.
O’quvchilar o’qituvchining o’z bilimlarini bolalarga yetkaza olish
imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoyiligini ham taqdirlashadi.
O’qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O’zbekiston
mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning o’z tarixi, madaniyati, urf-odatini
o’rganishga, bilishga bo’lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta’limtarbiya
ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi.
Hozirgi zamon o’qituvchisi va ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisi milliy
qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda
uning otashin targ’ibotchisi ham bo’lishi kerak. O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan
muhim talablardan biri— bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir
shaxsni hurmat qilishdan iboratdir.
Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga
sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi
bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga
loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi.
“Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi“da boshlang’ich sinf o’qituvchisining
qiyofasi quyidagicha ta’riflanadi: „...eng muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga
chinakam havas, ishtiyoq uyg’otuvchi, e’tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida
o’rin tutadi“. Bu konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan
quyidagi talablar ham keltiriladi:
- O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixor
tuyg’usiga ega bo’lishi;
- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz
asosida tarbiya qila olishi;
- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til
uslub va me’yorini to’la egallagan bo’lishi zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik
odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U
o’qituvchining sabotli bo’lish, o’z hissiyotini idora qila olishi, bolalarga pedagogik
ta’sir o’tkazish vosita va me’yorlarini belgilashi va aniqlashiga yordam beradigan
fazilat hisoblanadi.
Yuksak pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchigina sinfda mo’tadil
psixologik iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi. Pedagogik
taraqqiyotning samarali bo’lishi o’qituvchidan quyidagi qobiliyat turlarini talab
qilinadi:
1. Bilish qobiliyati
2. Tushuntira olish qobiliyati
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati
4. Nutq qobiliyati
5. Tashkilotchilik qobiliyati
6. Obro’ orttira bilish qobiliyati
7. To’g’ri muomala qila olish qobiliyati
8. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati O’z xizmati xususiyatiga ko’ra
o’qituvchi tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo’lmog’i lozim.
Buning uchun o’qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega
bo’lib, har doim tetik, g’ayratli, o’z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo’lmog’i zarur.
Tashabbuskor va g’ayratli o’qituvchi bolalarni o’z orqasidan ergashtira oladi,
o’quvchilar unga ergashadi.
O’qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning
uchun o’qituvchining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi. O’qituvchining
ovoz paychalari rivojlangan, ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lishi, uzoq vaqt tikka tura
olishi, ko’p yurishi, epchil harakat qila olishi (ayniqsa, boshlang’ich sinf
o’qituvchilari) kerak. Chunki kichik maktab o’quvchilari tinib-tinchimaydigan, o’ta
qiziquvchan, serharakat bo’ladilar. Bu sharoitda o’qituvchi ham shu xususiyatlarga
ega bo’lmog’i lozim.
O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda,
boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbining o’ziga xosligi ham ayrim muayyan
talablarni keltirib chiqaradi.
Chunonchi, boshlang’ich sinf o’qituvchisi anatomiya, fiziologiya, maktab
gigiyenasi fanlaridan xabardor bo’lmog’i, o’quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi
asosida tashkil etishi lozim (sinflari gigiyenik talabga javob berishi, o’quvchilar kun
tartibi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatish va to’g’ri yo’naltirish);
o’qituvchi o’z nutqini idora qilishi; adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishi,
ovozining baland-pastligiga ahamiyat berishi (ortiqcha baland ovoz bilan gapirish
ham, sekin gapirish ham bolalarni charchatib qo’yadi);
nutqning jonli, ifodali bo’lishiga e’tibor berishi; bolalarni charchatib
qo’ymaslik maqsadida darsda ish turlarini tez-tez o’zgartira olishi, ota-onalar
o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o’rnata olishi
(bu faoliyat turi boshlang’ich sinf o’quvchilarining xulq-atvorini, mayllarini,
jismoniy holatini o’rganishga yordam beradi) va ularga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga
yordamlashishi kerak.
Nihoyat, u o’z ustida tinmay ishlamog’i lozim. Ayniqsa, qadriyatlarimizni
o’rganishga, o’zligimizni tanishimizga, qadimiy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj
katta bo’lmoqda, zero, bu narsalarni bilmay turib mustaqilligimizni mustahkamlab,
buyuk davlat qurib bo’lmaydi. Shunday ekan, boshlang’ich sinfdan boshlab bolalar
sharqona tarbiya ta’siriga olinmog’i, milliy qadriyatni bilmog’i lozim. Bu
o’qituvchidan shu sohada chuqur bilimga ega bo’lishni talab etadi.
O’qituvchining shaxsiy ma`naviy-axloqiy sifatlari bilan o’qituvchining
kasbiy-ma`naviy-axloqiy sifatlarini yaqqolroq tasavvur qilish uchun quyidagi
jadvallarga e’tibor qaratamiz. O’qituvchining kasbiy shakllanishi kollejda ta’lim
olish jarayonidan boshlanadi. Kollejning o’quv reja va fanlar bo’yicha dasturlarida
bo’lajak o’qituvchilarga shu kasbning sir-u asrorlarini o’rgatish, nazariy bilimlar
berish va ko’nikmalar hosil qilish nazarda tutiladi.
Ta’lim jarayonida fanlar bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va
laboratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashgagina emas, balki
ularni amaliy ish jarayonida qo’llashga ham imkon beradi. Bunday mashg’ulotlar
tanlangan kasb to’g’ri ekaniga ishonch hissini uyg’otadi. Ko’pgina talabalar I
kursdan boshlab pedagogika va psixologiya fani bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga
jalb etiladi. Ilmiy jamiyat a’zolari bo’lishadi, shu jamiyat orqali seminar va
konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashadilar, shuningdek, kasbiy yo’nalishga
ega bo’lgan jamoa ishlarida ishtirok etadilar. Talabalar bilan olib boriladigan bunday
tadbirlarning muhim ahamiyati shundan iboratki, bu tadbirlar topshirilgan ishga
jiddiy yondashish hissini tarbiyalaydi.
Bo’lajak o’qituvchining kasbiy shakllanib borishida I kursdan boshlab
o’tkaziladigan uzluksiz pedagogik amaliyot alohida ahamiyatga ega. Bu amalyot 1,
2-kurslarda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o’qishning birinchi yilidan
boshlaboq, talabalarni maktabga o’rgatish, o’qituvchilik kasbidan xabardor qilib
borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga yo’llash vazifasini ham
o’taydi. Bunday amaliyotlar birinchi kursning o’zidayoq: tanlagan kasbim to’g’rimi?
Shu kasbni egallashga menda imkoniyat va xohish bor edimi, degan savollarga javob
qaytarish imkoniyatini beradi. Bunday amaliyot davomida talabalar maktab va sinf
jihozi, sinf o’qituvchisining ish tartibi, plan-konspekti, o’quvchilar tarkibi, ularning
uy sharoitlari, darslik va o’quv qurollari bilan ta’minlanganligi kabilar bilan
tanishadilar.
O’qituvchining darslarini kuzatadilar, sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy tadbirlarda o’qituvchiga yordam beradilar, maktabda kuni uzaytirilgan
guruhlari bo’lsa, shu guruh tarbiyachilari ishi bilan tanishib boradilar. Ota-onalar
majlislarini tayyorlashda va o’tkazishda o’qituvchiga yordam berishadi.
Xulosa qilib aytganda, uzluksiz pedagogik amaliyot talabalarni o’quv-
pedagogik amaliyotga tayyorlab boradi. O’qituvchining kasbiy shakllanish
jarayonida maktab rahbariyati va jamoatchiligi katta rol o’ynaydi. Yosh
o’qituvchilarga tajribali o’qituvchilarni biriktirib qo’yish, ularning darslarini
kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish maktab rahbariyatining vazifasidir.
Maktabda o’qituvchining o’z ustida ishlashiga, ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini
tinmay oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. O’qituvchi asta-sekin o’z kasbini
o’zlashtirib borish bilan birga, ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib
etadi.
O’qituvchilik kasbiga kirish va pedagogik mahoratni egallash jarayoni uni
maktab o’qituvchilari jamoasiga kiritib, unda o’z o’rnini topib keta olishiga bog’liq.
Jamoaning yordamidan yuz o’girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan
tushmay, o’z xato’larini ko’ra bilish va uni yo’qotish uchun harakat qilish uning
o’qituvchi bo’lib shakllanishidan darak beradi. Shu bilan birga, o’z-o’zini tarbiyalab
borishga, o’z ustida tinmay ishlashga harakat qilish kasbiy fazilatlarning ajralmas
qismi hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Zamonaviy ta`lim tizimi innovatsiyasining mohiyati nimada?
2. Innovatsion ta`limning asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi?
3. Didaktik o’yin o’tkazilgan mashg’ulot mohiyati?
4. O’yin modeliga ta`rif bering.
5. Didaktik o’yin loyihalashning asosiy bosqichlari.
6. O’yin faoliyatiga tayyorlangandagi asosiy metodik talablar.