Penitsillinlar preparatlari va turli shakllarda retseptlar yozish
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
30,7 KB
Penitsillinlar preparatlari va turli shakllarda retseptlar yozish
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Antibiotiklar, ularning
sinflari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil sxemalarda
retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha nomlarini
yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar: Benzilpenitsillinning natriy tuzi;
bitsillin – 1-3-5, jadvallar, plakatlar.
“Antibiotik” termini 1942 yilda dunyo buyicha qabul qilinib, grekcha anti –
qarshi va bios – hayot degan ma’noni anglatadi.
Antibiotiklar
mikroblar,
zamburug‘lar,
hasharotlar,
hayvonlar
va
o‘simliklarning hayotiy ish faoliyati davrida hosil bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi
mikroblar, viruslar, oddiy hayvonlarda kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar,
gelmintlar (helmins helminthes) ni har xil yo‘llar bilan o‘limga olib boradi.
Antibiotiklarning ma’lum bir qismi hayvonlar va parrandalarning o‘sishini
tezlashtiradi, tezda semirtiradi. Ularning ushbu xususiyatlari keyinroq aniqlandi.
Penitsillinlar-bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yuqotmagan birinchi
antibiotik vositalari hisoblanadi. Ular asosan Penicillinum guruhiga kiruvchi
zamburug‘lardan olingan bo‘lib, bu ikki usulda amalga oshiriladi:
-biosun’iy yoki tabiiy ya’ni fermentatsiya qilish yo‘li bilan.
-sun’iy usul.
Shunga muvofiq penitsillinlar quyidagicha bo‘linadi:
1.Tabiiy
(biosun’iy)-benzillpenitsillin
va
uning
tuzlari,
fenoksimetilpenitsillin.
2.Yarim sun’iy-penitsillinga chidamlilar (metitsillin, oksatsillin, kloksitsillin,
dikloksatsillin) va yuqori antibiotik ta’sir doirasiga ega bo‘lgan, gramm musbat va
gramm manfiy mikrofloralarga ta’sir etuvchilar (ampitsillin, karbitsillin,
amoksillin).
Penitsillinning faolligi ta’sir birligida aniqlanib, 1 TB ligi -0,6 mkg quruq
benzillpenitsillin tashkil qiladi (natriyli tuzi shaklida).
Penitsillin ta’sirining asosini mikroorganizmlar to‘qimalari devorida yuzaga
keladigan biosintez holatini izdan chiqarishidir. Shuningdek u mikroorganizmlarni
o‘sishini to‘xtatadi. Penitsillin organizmning himoya faoliyatini ham faollashtiradi
ya’ni fagotsitoz holatini oshiradi, organizm zaharlanishini pasaytiradi hamda
oksidlanish-tiklanish jarayonini faollashtiradi. Antibiotiklar asosan ko‘plab
hayvonlar kasalliklarini oldini olish hamda davolash maqsadlarida tavsiya etiladi.
Ular in’eksiya orqali organizmga yuborilganda tezda so‘rilib, 30-60 daqiqa utgandan
so‘ng yuqori konsentratsiyasini namoyon qiladi, ta’siri 4-6 soat maboynida davom
etadi. Penitsillinlarning 90 foizi organizmdan buyraklar orqali, qolgan miqdori esa
turli xil bezlar orqali ajralib chiqadi. Penitsillinlar hayvonlarda asosan gramm
musbat mikrofloralar chaqiradigan bakterial infeksiyalarda, shuningdek kuydirgi,
pasterellyoz, septitsemiya, stafilokkokozlarda, cho‘chqa saramasi, otlar strangilyozi,
yuqumli stomatit, rinit, parranda spiroxetozi, pnevmoniya, mastitlar, metritlar va
boshqa kasalliklarida qo‘llaniladi. Penitsillinlarning asosiy salbiy ta’sirlaridan
allergiya holati hisoblanadi.
Benzilpenitsillinni
natriyli
tuzi
(Benzylpenicillinum-natrium)
va
Benzilpenitsillinni kaliyli tuzi (Benzylpenicillinum-kalium). Oq ignasimon kukun
suvda etanol va efirda yaxshi eriydi. Eritmalari tezda o‘zining faolligini yuqotadi,
qaynatilganda hamda kislota va ishqorlar ta’sirida tezda buziladi. 1TB da=0,6 mkg
kimyoviy toza benzilpenitsillin mavjud. Asosan 4-6 soat maboynida muskul orasiga
yoki teri ostiga natriy xloridning izotonik eritmasida, distellangan suvda, 0,5-1%
navokainda eritilib yuboriladi. Shuningdek teridagi yara yuzasiga kukun shaklida
sepilib hamda aerozol shakllarida ham qo‘llaniladi.
Benzilpenitsillinni navokainli tuzi (Benzylpenicillinum- novocainum).
Benzilpenitsillinni natriyli va kaliyli tuzlaridan shundaki u eritilganda suspenziya
hosil qiladi, sekin so‘riladi va uzoq ta’sir ko‘rsatadi. Uning qondagi terapevtik
samaradorligi 12 soatgacha saqlanadi. Shu tufayli uni kuniga 2 marta qo‘llash
tavsiya etiladi.
Bitsillin – 1 (Bicillinum-1). Benzilpenitsillinning tuzli aralashmasi,Bitsillin –
3 (Bicillinum-3)- Bitsillin – 1 aralashmasi, benzilpenitsillinning natriyli, kaliyli va
navokainli tuzlari. Bitsillin – 5 (Bicillinum-5)- Bitsillin-1 va benzilpenitsillinning
navokainli tuzini 4:1 nisbatdagi aralashmasi.
Oq kukunlar bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda suspenziya hosil bo‘ladi. Uning
mikroblarga qarshi ta’sir xususiyati benzilpenitsillinga o‘xshaydi. Bitsillinlar asosan
muskul orasiga, 1 kg tirik vazniga nisbatan TB dozasida quyidagicha qo‘llaniladi:
yirik hayvonlarga 10000-15000 TB, quy va chuchqalarga 15000-20000 TB, mayda
hayvonlarga 20000-30000 TB; bitsillin-1 shu miqdorlarda 7 kunda bir marta,
bitsillin-3- 3-4 kunda bir marta va bitsillin- 5- 14-21 kunda bir marta tavsiya etiladi.
Oksatsillinni natriyli tuzi (Oxacillinum-natrium). Yarim sun’iy penitsillin
bo‘lib,benzilpenitsillinning natriyli tuziga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Undan farqi
kislotaga chidamli
Ampitsillin(Ampicillinum). Yarim sun’iy penitsillin bo‘lib, yuqori ta’sir
doirasiga ega. Mayda ignasimon kukun, suvda kam eriydi. Oshqozon kislotali
muhitida parchalanmaydi. U asosan 3 ko‘rinishda ishlab chiqariladi: ampitsillin,
ampitsillinni natriyli tuzi hamda ampitsillin trigidrat. Gramm musbat hamda bir qator
gramm manfiy mikroorganizmlarga (salmonellalar, shegillilar, ichak tayoqchalari,
batsillalar va boshqalar) ta’siri namoyon bo‘ladi. Ushbu preparatlarni veterinariya
amaliyotida kolibakterioz, salmonellyoz, pasterellyoz, chuchqa saramasi va boshqa
hayvonlarni bakterial kasalliklarini davolash maqsadlarida keng qo‘llaniladi.
Sefalosporinlar
Ushbu guruhga tabiiy antibiotiklar va ularning yarim su’niy unumlari kiradi.
Preparatlar bakterialarga qarshi keng ta’sir ko‘rsatuvchi faolligiga ega.
Mikrob to‘qimalariga asosan bakteritsid ta’sir qiladi. Ta’sir mexanizmida
xuddi penitsillin singari bakteriyalarni xo‘jayra devori sintezini buzadi.
Sefalosporinlarga mikroorganizmlarni urganib qolishi, asta-sekinlik bilan yuzaga
keladi.
Sefalosporinlarni 4 ta avlodga bo‘lish mumkin.
Sefalosporinlarni birinchi avlodi-sefaloridin, sefaleksin, sefalotin va
boshqalar. Ular asosan gramm musbat mikrofloralar- stafilakoklar, streptokoklarga
ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari ushbu preparatlar ichak, difteriya tayoqchalariga,
salmonellalar va shegellilarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sefalosporinlarning ikkinchi avlodi- sefuroksim, sefoksitin, sefaklor va
boshqalar - asosan gramm manfiy bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi.
Sefalosporinlarning uchinchi avlodi-sefotaksin, seftazidin, sefaksim va
boshqalar-ushbu preparatlar birinchi va ikkinchi avlod antibiotiklarga qaraganda
mikroblarga yuqori ta’sir doirasiga ega bo‘lib, asosan gramm manfiy bakteriyalarga
xususan ichak tayoqchalari va gemofilli tayoqchalarga nisbatan ta’sir doirasi faol
xisoblanadi.
Sefalosporinlarning to‘rtinchi avlodi-sefperom, sefetsim va boshqalar.
Ular ham uchinchi avlod vakillari singari mikroorganizmlarga yuqori ta’sir
ko‘rsatish doirasiga ega. Xususan nafas olish organlarining o‘tkir va surunkali
infeksiyalarida, siydik yo‘llari, jinsiy organlar va yumshoq to‘qimalar
infeksiyalarida, shuningdek sepsis hamda oshqozon-ichak infeksiyalarida tavsiya
etiladi.
Sefaleksin (Cefalexinum)-birinchi avlod. Ichga 5-12 mg/kg, bir kunda, 3
marta, 5-7 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Sefuroksim (Cefuroximum)-ikkinchi avlod. Vena qon tomiriga va mushak
orasiga 5-10 mg/kg, bir kunda 2 marta, 5-7 kun davomida yuborilib qo‘llaniladi.
Sefotaksim (Cefotaximum)-uchinchi avlod. Vena qon tomiriga va mushak
orasiga 5-10 mg/kg, bir kunda 1-2 marta, 5-7 kun davomida qo‘llaniladi.
Seftriakson (Ceftriaxonum)-to‘rtinchi avlod. Vena qon tomiriga va
mushak orasiga 10-15 mg/kg, bir kunda 2 marta, 5-7 kun davomida yuborilib
qo‘llaniladi.
Ushbu preparatlar in’eksiya uchun 0,5 dan 2,0 gacha, kukun shaklida
flaqonlarda, ichga qo‘llash uchun 0,2 dan 0,5 gacha bo‘lgan kapsulalar va tabletkalar
shaklida ishlab chiqariladi.
RETSEPTLAR YOZISH
1. Rp.: Suspensi Mastisani –A-15 ml
D.S.Yelin surg‘ichlariga 1 marta yuborish uchun.
#
2. Rp.: Benzylpenicillini natrii 200000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
3. Rp.: Benzylpenicillini kali 2000000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
4. Rp.:Benzylpenicillini novacaini 2400000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
5. Rp.: Bicillini -1 2400000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
6. Rp.:Bicillini -1 2400000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
7. Rp.:Bicillini -5 1500000 TB
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
8. Rp.:Methicillini natrii 2,0
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
9. Rp.: Oxacillini natrii -1,0
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
10. Rp.:Ampicillini -2,0
Sol. Novocaini 0,5% -10 ml
M.D.S. Mushak orasiga yuborish uchun.
#
11. Rp.: Suspensi. Pensrepi -400 -100 ml
D.S. Mushak orasiga 1 мl, 20 kg tirik vazniga.
#
12.Rp.: Suspensi. Pensrepi -400 LA-100 ml
D.S. Mushak orasiga 1 мl, 10 kg tirik vazniga.
#
13.Rp.: Susp. Procabeni LA-100 ml
D.S. Mushak orasiga 1 мl, 20 kg tirik vazniga.