Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

33,4 KB


 
 
 
 
 
 
Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893) 
 
  
 1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari. 
 2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo’li . 
 3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika. 
 4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi. 
 5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti. 
 6. P.I. Chaykovskiy baletlari . 
 7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg’u asarlari. 
 8. P.I. Chaykovskiy romanslari. 
 9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati. 
  
 1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy nomi, 
Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari 
orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va L.Tolstoy kabi 
insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik printsiplarining 
asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g’oyalarning 
yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga 
to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga xos xususiyat bo’lsada, 
Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari bilan qaragan. “Go’zallik -
- bu hayotning o’zidir”, kabi Cherno’shevskiyning printsipi, Chaykovskiyning ham 
printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida 
ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor. 
  
Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati 
hayotini va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy 
musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning 
musiqasi rus xalq qo’shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda,
Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893) 1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari. 2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo’li . 3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika. 4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi. 5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti. 6. P.I. Chaykovskiy baletlari . 7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg’u asarlari. 8. P.I. Chaykovskiy romanslari. 9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati. 1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy nomi, Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g’oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga xos xususiyat bo’lsada, Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari bilan qaragan. “Go’zallik - - bu hayotning o’zidir”, kabi Cherno’shevskiyning printsipi, Chaykovskiyning ham printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor. Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati hayotini va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning musiqasi rus xalq qo’shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda,
 
 
so’ngra Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan satrlarida 
“Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning barchasi 
mening rus tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo’lib tug’ilganimdandir” deb 
yozib qoldirgan ekan. 
 Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist. 
  
 
  
2. Hayotiy va ijodiy yo’li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk 
shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida 
dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta 
farzandning ikkinchisi bo’lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, 
hissiyotli bola bo’lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so’ng, 
Chaykovskiy chuqur g’am-alamga botadi. Shundan bo’lsa kerakki, ba’zan kompozitor 
ish jarayonida o’z hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning 
“Solovey” (Bulbul) qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va keyinchalik 
Chaykovskiy bu qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi.  
  
Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg’ulotlari boshlandi. 
Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz 
millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi 
o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib, 
uni P’er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas 
edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor 
vafotidan so’ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar 
to’plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi. 
Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan Fanni 
Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi. 
  
Chaykovskiy 10 yoshga to’lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim 
yurtiga o’qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan 
mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga 
borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi. Ayniqsa 
M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda 
katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
so’ngra Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan satrlarida “Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning barchasi mening rus tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo’lib tug’ilganimdandir” deb yozib qoldirgan ekan. Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist. 2. Hayotiy va ijodiy yo’li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta farzandning ikkinchisi bo’lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, hissiyotli bola bo’lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so’ng, Chaykovskiy chuqur g’am-alamga botadi. Shundan bo’lsa kerakki, ba’zan kompozitor ish jarayonida o’z hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi. Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg’ulotlari boshlandi. Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib, uni P’er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor vafotidan so’ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar to’plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi. Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi. Chaykovskiy 10 yoshga to’lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim yurtiga o’qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi. Ayniqsa M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
 
 
  
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, 
yustitsiya vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami 
ko’proq jalb etar edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa 
nazariyasini chuqur o’rgandim, qa’tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni 
musiqaga almashtiraman”. 
  
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib, 
yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va 
N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi. 
  
1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg 
konservatoriyasini 
muvaffaqiyatli 
tamomlab, 
Moskvada 
endigina 
ochilgan 
konservatoriya 
direktori 
N.Rubinshteynning 
taklifiga 
ko’ra, 
Moskva 
konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, 
cholg’ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan 
holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu 
garmonii” ilmiy kitobini yozadi.  
  
Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir 
qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, 
shoir Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli 
L.Tolstoy bilan bo’lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining 
tasdiqlanishida ijobiy rol o’ynagan. 
  
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida 
ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani 
rivojlanib o’z yo’lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy-
Korsakovning kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq 
ijodiyoti bilan bo’lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan. 
  
Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr 
juda unumdor bo’lib, :3 ta simfoniya, birinchi fortepiano uchun kontsert, 
“Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shini 
boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet, 
“Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano 
tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir.
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, yustitsiya vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami ko’proq jalb etar edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa nazariyasini chuqur o’rgandim, qa’tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga almashtiraman”. 1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib, yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi. 1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskvada endigina ochilgan konservatoriya direktori N.Rubinshteynning taklifiga ko’ra, Moskva konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, cholg’ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi. Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L.Tolstoy bilan bo’lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining tasdiqlanishida ijobiy rol o’ynagan. Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani rivojlanib o’z yo’lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy- Korsakovning kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq ijodiyoti bilan bo’lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan. Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr juda unumdor bo’lib, :3 ta simfoniya, birinchi fortepiano uchun kontsert, “Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shini boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet, “Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir.
 
 
Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo’ron), 
“Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan. 
  
Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, 
uning asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi 
Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan. 
  
Antonina 
Milyukova--Chaykovskiyning 
rafiqasi.Chaykovskiyning 
Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga 
kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ 
ahvolga solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z joniga 
qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa 
uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina 
Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan. 
  
Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy 
kasallikka chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga 
yordam beradi. 
  
Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi 
uni.Bu davrning “Evgeniy Onegin “operasi va 4 chi simfoniyasi asarlari shu davrning 
mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida yangi davr 
boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi. 
  
Asarlari ustida ishlash jarayoni bilan bir paytda, Chaykovskiy dirijer sifatida 
Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib, 1893-
yilda Kembrij universiteti tomonidan “Musiqa fanlari doktori” darajasiga sazovor 
bo’ladi. 
  
Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda 
Chaykovskiy 
tomonidan 
“Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya 
dama”(Qarg’a dama), lirik yorqin “Iolanta”, “Spyahaya krasavitsa”(Uyqudagi 
go’zal),” Helkunchik “(Qarsillatuvchi), kamonli orkestr uchun kvartet, “Italyan 
kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi.  
 1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi farq 
keskin sezila boshlaydi. 1885-yildagi “Manfred” simfoniyasi orqali, uning ijodiy 
simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi 
mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi.
Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo’ron), “Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan. Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, uning asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan. Antonina Milyukova--Chaykovskiyning rafiqasi.Chaykovskiyning Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ ahvolga solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z joniga qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan. Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy kasallikka chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga yordam beradi. Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi uni.Bu davrning “Evgeniy Onegin “operasi va 4 chi simfoniyasi asarlari shu davrning mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida yangi davr boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi. Asarlari ustida ishlash jarayoni bilan bir paytda, Chaykovskiy dirijer sifatida Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib, 1893- yilda Kembrij universiteti tomonidan “Musiqa fanlari doktori” darajasiga sazovor bo’ladi. Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda Chaykovskiy tomonidan “Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya dama”(Qarg’a dama), lirik yorqin “Iolanta”, “Spyahaya krasavitsa”(Uyqudagi go’zal),” Helkunchik “(Qarsillatuvchi), kamonli orkestr uchun kvartet, “Italyan kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi. 1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi farq keskin sezila boshlaydi. 1885-yildagi “Manfred” simfoniyasi orqali, uning ijodiy simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi.
 
 
  
Kompozitor hayotining so’nggi yillarini Klin ostonasidagi Maydanov 
tumanida o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va 
shogirdlari tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar 
edi. Moskva va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14 
soatlab ishlash xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga 
emas, aksincha kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan 
ekan kompozitor o’z kundalik qaydnomasida. 
  
1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini 
namoyishi ijrosiga dirijerlik qiladi va shu oyning 26 oktyabrida bu hayotdan 
mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning 
uy-muzeyi bor. Bu kompozitor yashagan uyda uning kitoblari, qo’lyozmalari, 
manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi 
bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab 
berishi mumkin. 
  
3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining 
katta yutuqlarini tanlagan holda, XIX asrning rus xalq ijodiyoti va shahar romanslariga 
tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va timsollarini 
yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer-cholg’u musiqasi 
qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni yaratgan. Uning 
fortepiano miniatyuralari va lirik romanslari yangi talqinda yangradi.  
Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir. 
Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy 
nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi 
yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi. 
Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion rivojlanish 
uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko’proq raqs usullari 
yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera kamer-
cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi ukrain, 
italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera kompozitori 
bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi. U hayotning
Kompozitor hayotining so’nggi yillarini Klin ostonasidagi Maydanov tumanida o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va shogirdlari tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar edi. Moskva va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14 soatlab ishlash xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga emas, aksincha kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan ekan kompozitor o’z kundalik qaydnomasida. 1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini namoyishi ijrosiga dirijerlik qiladi va shu oyning 26 oktyabrida bu hayotdan mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning uy-muzeyi bor. Bu kompozitor yashagan uyda uning kitoblari, qo’lyozmalari, manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab berishi mumkin. 3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining katta yutuqlarini tanlagan holda, XIX asrning rus xalq ijodiyoti va shahar romanslariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va timsollarini yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer-cholg’u musiqasi qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni yaratgan. Uning fortepiano miniatyuralari va lirik romanslari yangi talqinda yangradi. Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir. Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi. Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion rivojlanish uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko’proq raqs usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera kamer- cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera kompozitori bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi. U hayotning
 
 
realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan. Badiiy natijaga, 
Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida erishdi. 
 Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z tabiiy 
tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi 
risolasi, cholg’ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini 
ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan . 
  
4. Simfonik ijodi. Chaykovskiy ijodining butun hayoti davomida simfonik musiqa 
katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq) uvertyurasi, 
bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan bir oz muddat 
oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini yaratgan edi. Janrlari 
turli-xil bo’lgan simfonik asarlar ichida 6 ta simfoniya, “Manfred”, bir qismli dasturli 
uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), 
“Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi asarlar katta ahamiyatga ega edi. 
  
To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur 
edi. Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli 
echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning-- 
badiiy g’oyalarni keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini aks 
ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi. 
  
Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning 
nomi va uning alohida bo’lgan qismlari ko’rsatma beradi. Masalan, “Zimno’e 
grezo’”(Qish orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred” 
simfoniyasida asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan. 
  
Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos 
adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga 
liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan. 
  
“XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar” 
darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V. 
Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami, 
simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo’lgan tayanch 
ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to’plangan barcha dard alamlarni qanday his 
etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning yaratilishi esa Chaykovskiy
realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan. Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida erishdi. Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z tabiiy tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi risolasi, cholg’ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan . 4. Simfonik ijodi. Chaykovskiy ijodining butun hayoti davomida simfonik musiqa katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq) uvertyurasi, bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan bir oz muddat oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini yaratgan edi. Janrlari turli-xil bo’lgan simfonik asarlar ichida 6 ta simfoniya, “Manfred”, bir qismli dasturli uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), “Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi asarlar katta ahamiyatga ega edi. To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur edi. Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning-- badiiy g’oyalarni keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini aks ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi. Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning nomi va uning alohida bo’lgan qismlari ko’rsatma beradi. Masalan, “Zimno’e grezo’”(Qish orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred” simfoniyasida asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan. Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan. “XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar” darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V. Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami, simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo’lgan tayanch ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to’plangan barcha dard alamlarni qanday his etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning yaratilishi esa Chaykovskiy
 
 
uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z simfoniyalarida avvalambor 
insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi. 
  
Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri 
bilan o’zaro aloqadorligidir. 
  
O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi 
sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik 
san’atning falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy 
kompozitoriga aylandi. 
  
Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o’zining katta hissasini 
qo’shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va 
orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari 
jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi.  
  
 
5. Opera ijodiyoti.” Opera, aynan faqat opera, Sizni insonlar bilan yaqinlashtiradi, 
sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat kichik to’garaklar 
iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan Chaykovskiy. 
Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera 
yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’ 
keyinchalik kompozitor talablariga javob bermagani uchun yo’q qilinganG’, “Kuznets 
Vakula” G’keyinchalik “Cherevichki” nomini olganG’, 3 ta tarixiy syujetga ega 
“Oprichnink”(Askarboshi), 
“Mazepa”, 
“Orleanskaya 
deva”(Orlean 
qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir. 
“Evgeniy Onegin” va “Pikovaya dama” Chaykovskiy opera ijodiyoti 
cho’qqisining eng yuksak operalaridir. 
Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan lirik-
psixologik dramadir. Kompozitor, opera janrining o’ylangan printsiplari chegarisidan 
chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil uslublarni 
qo’llashi bilan birga, Chaykovskiy yangi uslub, realistik operasini yaratadi. 
 “Operaning asosiy shartlari, harakter va vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb 
hisoblar edi Chaykovskiy. Syujet, faqat bir hissiyotni “ muxabbat, rashk, 
vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak.
uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z simfoniyalarida avvalambor insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi. Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan o’zaro aloqadorligidir. O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik san’atning falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy kompozitoriga aylandi. Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o’zining katta hissasini qo’shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi. 5. Opera ijodiyoti.” Opera, aynan faqat opera, Sizni insonlar bilan yaqinlashtiradi, sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat kichik to’garaklar iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan Chaykovskiy. Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’ keyinchalik kompozitor talablariga javob bermagani uchun yo’q qilinganG’, “Kuznets Vakula” G’keyinchalik “Cherevichki” nomini olganG’, 3 ta tarixiy syujetga ega “Oprichnink”(Askarboshi), “Mazepa”, “Orleanskaya deva”(Orlean qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir. “Evgeniy Onegin” va “Pikovaya dama” Chaykovskiy opera ijodiyoti cho’qqisining eng yuksak operalaridir. Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan lirik- psixologik dramadir. Kompozitor, opera janrining o’ylangan printsiplari chegarisidan chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil uslublarni qo’llashi bilan birga, Chaykovskiy yangi uslub, realistik operasini yaratadi. “Operaning asosiy shartlari, harakter va vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb hisoblar edi Chaykovskiy. Syujet, faqat bir hissiyotni “ muxabbat, rashk, vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak.
 
 
Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib 
ketmagan holda, opera rivojlanishida faol qatnashadi. Uning operalari tarkibi: 
simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan –
ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir. 
Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga 
katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va 
ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini 
ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy 
va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish, 
balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi. 
Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878-
yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy 
“intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik 
idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi. 
So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa 
ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin” 
kabi umumiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik 
dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin 
burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va xalq 
o’zaro aloqadordir.Qahramonlar xarakterining serqirraligi, ikkinchi darajali epizodik 
qiyofalarning kiritilishi, obrazlar 
qo’yilishidagi 
farqlilik 
shu 
davr 
opera 
dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari-- 
markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan 
musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana 
shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida 
yoritilgan. “Pikovaya dama” opera dramaturgiyasi “Evgeniy Onegin” operasiga 
namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni 
fojeali kontseptsiya orqali sindiradi. Barcha harakatlar, bosh qahramon fojeasi 
rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan. 
“Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon klassika 
durdonasi hisoblanadi.
Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib ketmagan holda, opera rivojlanishida faol qatnashadi. Uning operalari tarkibi: simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan – ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir. Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish, balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi. Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878- yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy “intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi. So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin” kabi umumiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va xalq o’zaro aloqadordir.Qahramonlar xarakterining serqirraligi, ikkinchi darajali epizodik qiyofalarning kiritilishi, obrazlar qo’yilishidagi farqlilik shu davr opera dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari-- markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida yoritilgan. “Pikovaya dama” opera dramaturgiyasi “Evgeniy Onegin” operasiga namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni fojeali kontseptsiya orqali sindiradi. Barcha harakatlar, bosh qahramon fojeasi rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan. “Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon klassika durdonasi hisoblanadi.
 
 
Chaykovskiy, Pushkin qissalari obrazlarini o’zgartirgan holda, Pushkin 
asarlarining muhimliligini va ahamiyatliligini qoldirgan, qissa va opera qahramonning 
uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo asoslariga 
asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati va uning 
qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati 
Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada 
rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera 
dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya--
operadagi simfonik variantning qisilganligi simfonik rivojlanishda o’zgacha 
ahmiyatga ega.  
“Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi hovlisidagi 
bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga Filippevnada 
yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar ovozi kelmoqda. 
Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon sohibasiga gul va lentalar 
bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari, o’ychan orzularga berilgan 
Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda. Larinlar xonadoniga, 
Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy va uning yaqinda 
Peterburgdan, zerikarli qishloqqa kelgan navqiron do’sti Onegin mexmonga 
kelmoqdalar. Tatyana, Onegin bilan bo’ladigan uchrashuv oldidan hayajonga tushgan, 
chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti.  
Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana, 
enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning 
hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z 
sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi. 
Soyali bog’da Larina qizlari qo’shiq aytib, meva terishmoqda. To’satdan 
hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U 
titragan holatda o’z izhori uchun javob kutadi. Onegin vazmin kayfiyatda. 
Tatyananing samimiyligidan xursand bo’lsada, uning muxabbatiga javob bera 
olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda. 
Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif 
buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini 
o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi.
Chaykovskiy, Pushkin qissalari obrazlarini o’zgartirgan holda, Pushkin asarlarining muhimliligini va ahamiyatliligini qoldirgan, qissa va opera qahramonning uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo asoslariga asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati va uning qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya-- operadagi simfonik variantning qisilganligi simfonik rivojlanishda o’zgacha ahmiyatga ega. “Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi hovlisidagi bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga Filippevnada yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar ovozi kelmoqda. Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon sohibasiga gul va lentalar bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari, o’ychan orzularga berilgan Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda. Larinlar xonadoniga, Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy va uning yaqinda Peterburgdan, zerikarli qishloqqa kelgan navqiron do’sti Onegin mexmonga kelmoqdalar. Tatyana, Onegin bilan bo’ladigan uchrashuv oldidan hayajonga tushgan, chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti. Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana, enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi. Soyali bog’da Larina qizlari qo’shiq aytib, meva terishmoqda. To’satdan hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U titragan holatda o’z izhori uchun javob kutadi. Onegin vazmin kayfiyatda. Tatyananing samimiyligidan xursand bo’lsada, uning muxabbatiga javob bera olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda. Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi.
 
 
Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata 
boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan 
hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl 
ustida Oneginni chaqiruvga undaydi. Atrofdagilar ularni yarashtirishga harakat 
qiladilar. 
Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy 
sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan 
ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib 
o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama-
qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi. 
Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin 
poytaxt, ziyofat kechasi avjiga chiqqan. Mexmonlar orasida sayohatdan qaytib kelgan 
Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham bo’lmoqda. 
Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin uning rafiqasi 
qiyofasida Tatyanani ko’radi. Knyaz, Oneginga muvaffaqiyatli uylanishi xaqida 
so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning birinchi hissiyotini 
rad etganini shu daqiqa tushunib eta boshlaydi. To’satdan Tatyanaga paydo bo’lgan 
muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan uchrashishga ahd qiladi. 
O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U 
hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va 
afsusli nadomat bor. Tatyana ularning birinchi uchrashuvini eslaydi U paytda ularning 
muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib bo’lmaydi. 
Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig umr yo’ldoshi 
ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari o’z hukmini 
yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi. 
  
  
6. Baletlari. P.I.Chaykovskiyning balet janriga murojaati tasodifiy emas. 
Musiqaning hatti harakatlarini, plastikasini his qilish Chaykovskiy iste’dodiga xosdir. 
Uning 
operalari, 
simfoniyalari, 
romanslarida 
raqs 
usullari 
kam 
emas. 
Chaykovskiyning baletlari rus klassik baletlari tarixini ochib bergan. Chaykovskiyga 
qadar, musiqa baletda yordamchi vazifasini o’ynar edi. Uning baletlarida, aynan
Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl ustida Oneginni chaqiruvga undaydi. Atrofdagilar ularni yarashtirishga harakat qiladilar. Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama- qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi. Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin poytaxt, ziyofat kechasi avjiga chiqqan. Mexmonlar orasida sayohatdan qaytib kelgan Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham bo’lmoqda. Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin uning rafiqasi qiyofasida Tatyanani ko’radi. Knyaz, Oneginga muvaffaqiyatli uylanishi xaqida so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning birinchi hissiyotini rad etganini shu daqiqa tushunib eta boshlaydi. To’satdan Tatyanaga paydo bo’lgan muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan uchrashishga ahd qiladi. O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va afsusli nadomat bor. Tatyana ularning birinchi uchrashuvini eslaydi U paytda ularning muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib bo’lmaydi. Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig umr yo’ldoshi ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari o’z hukmini yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi. 6. Baletlari. P.I.Chaykovskiyning balet janriga murojaati tasodifiy emas. Musiqaning hatti harakatlarini, plastikasini his qilish Chaykovskiy iste’dodiga xosdir. Uning operalari, simfoniyalari, romanslarida raqs usullari kam emas. Chaykovskiyning baletlari rus klassik baletlari tarixini ochib bergan. Chaykovskiyga qadar, musiqa baletda yordamchi vazifasini o’ynar edi. Uning baletlarida, aynan
 
 
musiqaning raqs bilan birlashib ketishi ifodali mazmunga aylandi. Bu xaqiqiy 
dramatik asarlardir. Har bir raqs musiqasi va ularni ulab turuvchi orkestr epizodlari 
mexanik tarzda emas, mazmunga qarab belgilangan. Barcha klassik shakllar asosiy 
mavzuning ochilishiga bo’ysunadi. 
Kompozitor baletga, simfonik dasturli asar nuqtai nazari bilan qaraydi.Balet 
simfonizatsiyasi printsiplari---Chaykovskiy reformasi xulosasidir.” Balet --- 
simfoniya kabidir” deb yozadi kompozitor.Opera va simfoniyaning dramatik 
printsiplari: musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakterlar, leytmotiv rivoji, 
butunlikning yagonaligi uchrab turishi baletga ham olib o’tilgan. 
“Operaning mazmuni reallik va xaqiqatlik bo’lsa, baletning mazmuni ertakli va 
sehrli mulohazali bo’lishi kerak” ,deb hisoblagan Chaykovskiy. 
Chaykovskiy tomonidan “Lebedino ozero” (Oqqush ko’li), “Spyahaya krasavitsa” 
(Uyqudagi go’zal), “Helkunchik”( Qarsillatuvchi) kabi 3 ta baletlar yaratilgan. Barcha 
baletlar syujeti ertaklidir. ”Lebedinoe ozero” (Oqqush ko’li) birinchi baleti 1876-yil, 
teatr namoyondasi Begichev va xoreograf Geltser tomonidan sahnaga olib chiqilgan. 
“Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal) ikkinchi baleti, (1889) Perro ertagi 
asosidagi monumental xoreografik simfoniyadir. 
“Helkunchik”( Qarsillatuvchi) (1892) uchinchi baleti Gofman ertagi syujeti 
asosida yaratilgan. 
 “Evgeniy Onegin” va “4 chi simfoniya” asarlari kabi, Chaykovskiyning 70-
yillardagi eng sara asarlari orasiga sevgi va vafolik romantik qissasi  
“Lebedino ozero”(Oqqush ko’li) baleti ham kiradi. Bu balet 1876-yilda yaratilgan 
bo’lib, 1877-yilda birinchi marta ijro etilgan. 
  
Musiqiy tanqidchi G.A.Larosh, “Lebedinoe ozero” baleti xaqida shunday 
degan ekan “Melodiyalar bir biridan yumshoq “. Baletidagi poetik mavzu va 
ilhomlantiruvchi musiqa Chaykovskiyning yildan yilga mashhur bo’layotganini 
aniqlab beradi. 
 Balet janri an’analarini buzmagan holda, u novator tatbiqiy asarini yaratishga 
muvaffaq bo’ldi Alohida bo’lgan epizodlarning an’anaviy yopiqligiga qaramasdan, 
yagona lirik mavzuga yo’g’rilgan musiqa yaratilgan. Asosiy fojeali mavzuning 
yo’nalishi oqibatida, Odetta leytmotivi uzluksiz rivojlov va simfonik yagonalikni
musiqaning raqs bilan birlashib ketishi ifodali mazmunga aylandi. Bu xaqiqiy dramatik asarlardir. Har bir raqs musiqasi va ularni ulab turuvchi orkestr epizodlari mexanik tarzda emas, mazmunga qarab belgilangan. Barcha klassik shakllar asosiy mavzuning ochilishiga bo’ysunadi. Kompozitor baletga, simfonik dasturli asar nuqtai nazari bilan qaraydi.Balet simfonizatsiyasi printsiplari---Chaykovskiy reformasi xulosasidir.” Balet --- simfoniya kabidir” deb yozadi kompozitor.Opera va simfoniyaning dramatik printsiplari: musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakterlar, leytmotiv rivoji, butunlikning yagonaligi uchrab turishi baletga ham olib o’tilgan. “Operaning mazmuni reallik va xaqiqatlik bo’lsa, baletning mazmuni ertakli va sehrli mulohazali bo’lishi kerak” ,deb hisoblagan Chaykovskiy. Chaykovskiy tomonidan “Lebedino ozero” (Oqqush ko’li), “Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal), “Helkunchik”( Qarsillatuvchi) kabi 3 ta baletlar yaratilgan. Barcha baletlar syujeti ertaklidir. ”Lebedinoe ozero” (Oqqush ko’li) birinchi baleti 1876-yil, teatr namoyondasi Begichev va xoreograf Geltser tomonidan sahnaga olib chiqilgan. “Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal) ikkinchi baleti, (1889) Perro ertagi asosidagi monumental xoreografik simfoniyadir. “Helkunchik”( Qarsillatuvchi) (1892) uchinchi baleti Gofman ertagi syujeti asosida yaratilgan. “Evgeniy Onegin” va “4 chi simfoniya” asarlari kabi, Chaykovskiyning 70- yillardagi eng sara asarlari orasiga sevgi va vafolik romantik qissasi “Lebedino ozero”(Oqqush ko’li) baleti ham kiradi. Bu balet 1876-yilda yaratilgan bo’lib, 1877-yilda birinchi marta ijro etilgan. Musiqiy tanqidchi G.A.Larosh, “Lebedinoe ozero” baleti xaqida shunday degan ekan “Melodiyalar bir biridan yumshoq “. Baletidagi poetik mavzu va ilhomlantiruvchi musiqa Chaykovskiyning yildan yilga mashhur bo’layotganini aniqlab beradi. Balet janri an’analarini buzmagan holda, u novator tatbiqiy asarini yaratishga muvaffaq bo’ldi Alohida bo’lgan epizodlarning an’anaviy yopiqligiga qaramasdan, yagona lirik mavzuga yo’g’rilgan musiqa yaratilgan. Asosiy fojeali mavzuning yo’nalishi oqibatida, Odetta leytmotivi uzluksiz rivojlov va simfonik yagonalikni