Plasentalilar, yoki yuqori darrandalar sinfi, hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlilar, juft va toq tuyoqlilar, primatlar turkumi.
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
2,0 MB
Plasentalilar, yoki yuqori darrandalar sinfi, hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar,
kemiruvchilar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlilar, juft va toq
tuyoqlilar, primatlar turkumi.
R E J A
1. Plasentalilar, yoki yuqori darrandalar sinfi.
2. Hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, kemiruvchilar turkumi.
3. Yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlilar turkumi.
4. Juft va toq tuyoqlilar, primatlar turkumi.
Platsentalilar, yoki yuqori darandalar sinfi –Eutheria.
Sut emizuvchilarning asosiy gruppasini o’z ichiga oladi va yer yuzida keng
tarqalgan. Sinfning xarakterli belgilari ko’pchik suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi
rivojlanmagan.Yuqori darandalar 17 turkumga bo’linadi.
1. Hashoratxo’rlar turkumi-Insectivora.
Hashoratxo’rlar yo’ldoshi sut emizuvchilarning eng primitivi hisoblanadi.
Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi silliq bo’ladi. Tishlari guruppalarga
yaxshi ajralmagan.Bachadoni shoxli bo’ladi. Tumshug’ining uchida xarakatchan
xartumchaning bo’lishligi xashoratxo’rlarning belgisidir. Xashoratxo’rlar juda
mayda va o’rtachcha kattalikdagi hayvonlar bo’lib yer tagida, yerda va xatto
daraxtlarda yashaydi. Avstriliyadan tashqari barcha qit’alarida tarqalgan.
Hashoratxo’rlar turkumi Rossiyada yashovchi terilari tikan bilan qoplangan, xar - xil
tipratikan-lar yer tagida yashashga moslashgan barg va xas tagida yashovchi turli xil
yer qazarlar (uzunligi 4 sm ) suvda yashashga moslashgan va qimmatbaha mo’yna
beradigan vixuxol. Janubiy Osiyo yashovchi tuqaylar kiradi.
2. Qo’lqanotlilar turkumi-Chiroptera.
Sut emizuvchilarning havoda uchib yurishga moslashgan birdan- bir
gruppasidir. Ularning uchish organi qanotlari oldingi oyoqlari nihoyatda uzaygan
ikki-besh ta barmoqlari, yelka, yelka oldi, tananing yon tomonlarini keyingi oyog’i
va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. qushlardagi
singari to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’lib, bunda qanotning
xarakatga keltiruvchi muskullar joylashadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan bo’lib shom va tunda hayot
kechiradi. Ko’zlari sust rivojlangan va orentatsiyada ahamiyati uncha katta emas.
Eshitish organi quloq kuchli rivojlangan va asosan aks etgan ultra tovushlarga
asoslangan. qo’lqanotliklar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan
tashqari ayrim impulslar ko’rinishida 30000 dan 70000 gersagacha ultra tovushlar
chiqaradi.
Impulslar tezligi ko’rshapalakning biron buyumdan yoki o’ljasidan nechog’li
narida turganiga qarab o’zgaradi. Bular yakka yoki kaloniya bo’lib hayot
kechiradilar. Yil mavsumiga o’rta mintaqada yashovchilari migratsiya qiladi.
Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r ko’r-shapalaklarni o’z ichiga oladi.
Mevaxo’r ko’rshapalak yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar bo’lib
qanotlarini yoyganda 170 smga yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik
tomonlarda tarqalgan. Tishlarining chaynash –yuzalari yassilashgan va mevalar
bilan ovqatlanishga moslashgan.
Hashorotxo’r ko’rshapalaklar kichik bo’lib, tishlarining uchi va quloq
supralari katta bo’ladi. Rossiyada bularning 40 ta turi tarqalgan.
Janubiy rayonlarda taka burunlar, shalpangquloq ko’rshapalak, kengquloq,
o’qquloq, shomshapalaklar va tun shapalaklar yashaydi. Bularning – hammasi
ko’rshapalaklar bilan ovqatlanadi.
Keminivchilar: 1-dengiz cho’chqasi; 2-uchar olmaxon; 3-jayra; 4-olmaxon; 5-
bober; 6-ondatra.
Kemiruvchilar - sut emizuvchilarning eng yirik turkumi, 2000 dan ortiq mayda va
o’rtacha kattalikdagi hayvonlami o’z ichiga oladi. Ko’pchiligi yer ustida yashaydi.
Ular orasida daraxtda, tuproqda va suvda yashovchi turlari ham bor. Barcha
kemiruvchilarning tishlari qattiq oziq maydalash va chaynashga moslashgan. Yuqori
va pastki jag’larida bir juftdan iskanasimon ildizii yirik kurak tishlari bo’ladi. Bu
tishiarni faqat oldingi tomoni emal bilan qoplanganligi sababli tish moddasi
yemirilgani sari uning uchki qismi o’tmaslashib qolmaydi. Qoziq tishlari bo’lmaydi.
Shuning uchun kurak tish bilan oziq tishlar o’rtasida ancha bo’sh joy-diastema
bo’lib, oziq tishlarning chaynash yuzasi ancha keng. Kurak tishlar kabi ko’pchilik
oziq tishlarning ham ildizi bo’lmaydi, hayvonning hayoti davomida o’sib turadi.
Kemimvchilarning ko’r ichagi uzun bo’lib, oziqni hazm qilishda ishtirok etadi.
Kemiruvchilar yer yuzasida keng tarqalgan. Ular juda serpusht bo’lishi bilan birga
yil davomida bir necha marta bolalaydi. Kemiaivchilarning ko’pchilik turlari ekinlar
va o’rmonchilik xo’jaligi zararkunandalari hisoblanadi. Ulardan bir qancha turlari
chuma, tularemiya, leyshmaniya kabi kasallikiar qo’zg’atuvchilarini tarqatishi
sababli katta epidimiologik ahamiyatga ega. Qunduzlar, olmaxonlar, ondatralar,
nutriyalar, sug’urlar terisidan qimmatbaho mo’yna olinadi .
Kemiruvchilarning ko’pchiligi usta in quruvchilar hisoblanadi. Ulardan ayniqsa
boberarni in qurishda barcha umurtqali hayvonlar orasida ustasi farang deyish
mumkin. Ular in qurishdan oldin o’sha joydagi oziq moddalar zaxirasini, lining
gidrologik rejimini obdan o’rganib chiqadi; yer usti va yer osti suvlarini aniqlaydi.
Shundan so’ng suv yo’liga loy, tuproq, shox-shabbalardan band tashlab, damba
yasaydi. Suv yo’lini to’sib oqimni boshqaradi, o’rmon tomonga kanal qazishga
kirishadi. Daraxtlarni tishi bilan kesib bo’laklaydi va o’zi qazigan kanal orqali suv
ostidagi omborga olib kelib, qishga g’amlaydi.
Suv inshooti qurilishida boberlar ancha murakkab, kutilmagan muammolarni ham
yecha olishi mumkin.
Olmaxonsimonlar oilasi olmaxonlar, yumronqoziqlar va sug’urlarni o’z ichiga
oladi. Ular daraxtda (olmaxon) va quruqlikda (sug’urlar, yumronqoziqlar) hayot
kechiradi. Ko’pchilik turlari qishda uyquga ketadi. Yilda 1-3 marta bolalaydi.
Olmaxonlar o’rmonda yashaydi. Ular o’tkir tirnoqli uzun barmoqlari yordamida
daraxt shoxlarida chaqqon harakatlanadi. U daraxtlar mevasi, urug’i, yosh novdalari,
kurtaklari, shuningdek hasharotlar, zamburug’larning mevali tanasi, qushlar tuxumi
va bolalari bilan oziqlanadi, kuzda qish uchun oziq yig’adi. Urg’ochisi daraxtlar
kovagidagi uyasiga oziq g’amlaydi.
Yumronqoziqlar o’rmon-dasht, dasht va cho’l mintaqalarida tarqalgan. Qishda
uyquga ketadi. Har xi! o’simliklar bilan oziqlanadi. Bir yoshida ko’payishga
kirishadi; 4-10 tadan bola tug’adi. Ular chuma, leyshma-nioz kabi og’ir kasalliklami
tarqatadi.
Sichqonlar — juda xilma-xil kemiruvchilar. Ular orasida uy sichqoni eng keng
tarqalgan hayvon hisoblanadi. Bu tur shimoiiy hududlarda faqat uylarda, birmuncha
janubroqda dalalarda ham yashaydi. Omborlarda saqlanayotgan g’alla va boshqa
oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoat mollariga, ekinlarga birmuncha ziyon
yetkazadi.
Kalamushlar — sichqonlardan ancha katta kemiruvchilar. Ulardan kulrang
kaiamush keng tarqalgan bo’lib, omborlardagi oziq-ovqat mahsulotlariga katta zarar
yetkazadi. Ular odamga ayrim xavtli kasalliklami yuqtiradi.
Jayralar - ancha yirik (uzunligi 60-90 sm), tanasi orqa va ikki yon tomoni uzun
ignalar, qorin tomondan shaklan o’zgargan jun-ignasimon qiilar bilan qoplangan.
Troplk, subtropik Yevrosiyo va Afrikada tarqalgan. Tog’, tog’oldi va cho’l
mintaqalarida tarqalgan. Tunda yolg’iz hayot kechiradi. Mevalar, o’simliklarning
yer ostki qismlari vapo’stlog’i bilan oziqlanadi. Jayra barmoqlaridagi tirnoqlari
yordamida chuqur in qazib, kunduzi bekinib oladi.
Tovushqonsimonlar turkumiga tovushqonlar, quyonlar, dutnsiz sichqonlar kiradi.
Tishlarining tuzilishi kemiruvchinikiga o’xshaydi, lekin yuqori jag’ida bir juft yirik
iskanasimon tishlarining orqasida yana 2 ta ustunsimon mayda tishlarining bo’Iishi
bilan farq qiladi. Tovushqonlarning oldingi oyoqlari kalta, keyingi oyoqlari uzun
bo’lib, panjasi, tovoni jun bilan qoplangan bo’Iadi. Orqa oyoqlarida sakrab tez
yuguradi. Urg’ochisi bir nechta tug’adi. Tovushqon bolalari tug’ilgandan so’ng
onasini emib, tarqalib ketadi va yashirinib oladi. Ona tovushqon ularni topib, yana
emizadi. Shimoiiy hududlarda oq tovushqon va rus oq quyoni, janubiy cho’l
mintaqalari, jumladan O’rta Osiyo cho’llari va to’qaylarida tolay tovushqoni
tarqalgan.
Tovushqonlar
Avstraliyada
iqlimlashtirilgan.
Ular
ovlanadi.
Quyonlarning asl vatani Janubiy va Markaziy Yevropa hamda Shimoli-G’arbiy
Afrika hisoblanadi. Keyinchalik Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy va Shimoiiy
Amerika, Yevropaning boshqa hududlarida iqlimlashtirilgan. Quyonlar butali
tepaliklar va jarliklar bag’riga in qurib, koloniya bo’lib yashaydi. Oziqlanish uchun
indan kechasi cliiqadi. Urg’ochi quyon yilda 3—4 marta 4—12 tadan bola tug’adi.
Tug’ilgan bolalari nimjon, ko’zi yumuq, junsiz bo’ladi. Yovoyi quyon xonaki quyon
zotlarining nasl boshisi hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda quyonlar ekinlarni yeb,
qishloq ho’jaligiga katta ziyon yetkazadi.
Toq tuyoqlilar — ochiq joylarda yashaydigan yirik o’txo’r hayvonlar. Barmoqlari
toq (1 yokj 3 ta) boiib, tuyoq bilan qoplangan; suyagi bo’lmaydi. Odatda uchinchi
o’rta barmog’i kuchli rivojlangan; tana og’irligi ana shu barmog’iga tushadi.
Oshqozoni bir kamerali. Ko’richagi kuchli rivojlangan. Yeyilgan oziq ana shu
ichakda bakteriyalar ta’sirida bijg’iydi. Turkum otlar, tapirlar, karkidonlar oilasiga
ajratiladi.
Otlar. Prjevaiskiyoti, yowoyi eshak—qulun, zebra vaxonakiotlarning nasl boshisi
tarpanni o’z ichiga oladi. Otlaming faqat uchinchi (o’rta) barmog’i yaxshi
rivojiangan bo’Iib, tuyoq bilan qoplangan. 2 va 3-barmoqlari reduksiyaga uchrab,
teri ostidajoylashgan ingichka suyakchalar - grifelkalarga aylangan. 1 va 4-
barmoqlari batamom yo’qolib ketgan. Tishlari doimo o’sib turadi; ustki yuzasi
koronkasidagi burmalari keng bo’lib, oziqni chaynashga moslashgan. Ichagi
tanasiga nisbatan 12 marta uzun. Sut bezlari so’rg’ichi 2 ta; qorin bo’limi keyingi
qismida joylashgan.
Prjevalskiy oti Mo’g’uliston cho’llarida yashagan; hozir asosan hayvonot bog’iarida
saqlanib qolgan. Xonaki otlarning ajdodi qadimda Yevropa va G’arbiy Qozog’iston
cho’llarida yashab, hozir qirilib ketgan hamda eshaklarning tuzilish beigilarini
o’zida mujassamlashtirgan. Ular Qozog’iston va Turkmaniston cho’llarida
yaqingacha yashagan.
Eshaklar tuyog’ining ingichkaroq bo’lishi, dumining kaltaligi, quloqlarining
kattaligi bilan otlardan farq qiladi. Xonaki eshaklar Afrika yowoyi eshaklaridan kelib
chiqqan.Qishloq xo’jaligida yifqi bilan eshagi
gibridi - xachir hamda ot bilan moda eshak gibridi - loshakdan foydalaniladi. Ular
ancha kuchli va chidamli, lekin pushtsiz boiadi.
Tapirlar oyoqlari kaltahayvon. Oldingi oyoqlarida 4tadan, orqa oyoqlarida 3 tadan
barmoqlari kichikroq tuyoqlar bilan qoplangan. Tumshug’ida kalta va harakatchan
xartumi bor. Tanasining uzunligi 180-200 sm, vazni 180-300 kg keladi. 4 turi
Markaziy va Janubiy Amerika hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning botqoqlashgan
o’rmonlarida, tog’ tapiri And tog’larida tarqalgan.
Karkidonlar - yirik hayvonlar, terisi qalin, deyarli junsiz. Tumshug’i ustida bitta
yoki ikkita, ba’zan 3 yoki 5 ta shoxi bo’ladi. Shoxlarining uzunligi ba’zan 1,5 m ga
yetadi. Oyoqlari yo’g’on va kalta, faqat o’rta barmoqlari rivojlangan. Afrika va
Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tropik o’rmonlar, savannalar, suv havzalari bo’yidagi
chakalakzorlar va botqoqliklarda juft bo’Iib yashaydi. Asosan kechasi faol hayot
kecliiradi.
Juft tuyoqlilar - o’txo’rlar yoki hammaxo’r hayvonlar. Oyoqlarida bir juft yoki ikki
juft barmoqlari bo’ladi. Har bir barmog’i qalin va pishiq tuyoq bilan qoplangan. Juft
tuyoqlilarning 3 va 4-barmoqlari kuchli rivojlangan; 1-barmog’i reduksiyaga
uchragan; 2 va 5-barmoqlari nisbatan kalta yoki yaxshi rivojlanmagan. O’mrov
suyagi bo’lmaydi. Ko’pchiligi quruqlikda yashaydi, faqat suv ayg’irlarining hayoti
suv bilan bog’liq. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruvchilar va kavsh qaytarmaydiganlar
kenja turkumlariga kiradi.
Kavsh qaytaruvchilar - oyoqlari uzun, tanasi ixcham bo’lgan, tez yugurishga
moslashgan hayvonlar. 2 va 5-barmoqlari rudimentar. Teriosti yog’ qavati deyarli
rivojlanmagan bo’lib, qalin jun bilan qoplangan. Ko’pchilik turlarining boshida
(bug’ular erkagida) shoxlari bo’ladi (119-rasm). Faqat o’simlik bilan oziqlanadi.
Yuqori jag’larida kurak tishlari, ko’pchiligida qoziq tishlari ham bo’lmaydi. Oziq
tishlari sirti burmali bo’lib, qattiq oziqni chaynashga moslashgan. Oshqozoni
murakkab tuzilgan, 4 kamerali: katta qorin, to’r qorin, qat qorin va shirdonga
bo’linadi. Ichagi juda uzun, ko’richagi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi-
ning tuzilishi qiyin hazm bo’ladigan o’simlik kletchatkasini hazm qilishga
moslashgan. Kavsh qaytaaivchilar bug’ular, quvushshoxiilar, jirafalaroilalariga
ajratiladi.
Bug’ular oilasiga bug’ular, maral, xoldor bug’u, shimol bug’usi, los, kabarga, yelik
kiradi. Ko’pchilik bug’ular erkagining boshida jun bilan qoplangan shoxlari (shimol
bug’usining urg’ochisida ham) bo’ladi. Shoxlar har yili almashinib turadi. Bug’ular
Osiyo, Yevropa va Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda buxoro bug’usi ya’ni
xongui maxsus qo’riqxonalarda boqilmoqda. Shimoliy hududlarda (Rossiya,
Kanada, Alyaskada) shimol bug’usini qo’lga o’rgatilgan, transport vositasi sifatida
foydalaniladi, go’shti iste’mol qilinadi.
Jirafalar oilasi. Jirafalarning bo’yni juda uzun, boshi kichkina; bo’yi 5—6 m ga
yetadi. Bu oilaga jirafalar bilan birga tropik Afrikada yashovchi okapi kiradi.
Jirafaning boshida ten bilan qopiangan kalta shoxlari bo’ladi.
Quvushshoxlilar oilasiga mansub hayvoolaming kovak shoxi peshona suyagi
o’simtasi hisoblanadi. Shox hayvonning butun umri davomida saqlanib qoladi. Faqat
Amerika ayrishoxlisi shoxlari almashinib turadi. Ko’pincha urg’ochilarining
shoxlari bo’lmaydi yoki juda mayda bo’ladi. Tropik Afrika va Avstraliyadan tashqari
yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Quvushshoxlilarga antiloplar, qo’y, echki,
sigir, zubr, yak, oriks, sayg’oq, jayron, bizon va boshqa hayvonlar kiradi.
Bizon - yirik quvushshoxlilardan biri. Ilgari Shimoiiy Amerika qit’asida keng
tarqalgan. Hozir AQSh va Kanadaning cho’l va o’rmoncho’llarida asosan
qo’riqxonaiarda saqlanib qolgan. Uning tanasini uzunligi 3 m ga, vazni 720 kg gacha
bo’ladi. Zubr — yirik quvush shoxli hayvon. Tanasining uzunligi 3,5 m ga, vazni 1
t ga yetadi. Juni qalin, iyagi va bo’ynining pastki qismida ayniqsa uzun bo’lib, osilib
turadi. Soni keskin kamayib ketgan. Hozir Sharqiy Yevropa o’rmonlarida
(Belorussiya, Polsha) maxsus qo’riqxonalarda boqilmoqda Quvushshoxiilar oilasiga
qadimda Yevropa va Osiyo choilarida keng tarqalgan, 19-asrga kelib butunlay qirib
yuborilgan tur ham kiradi. Tur hozirgi sigir zotlarining nasl boshisi hisoblanadi.
Quvushshoxlilardan buramashoxli ecliki va tog’ echkisi Bobotog’ va Turkiston
tog’larining qoyali cho’qqilari va Alp o’tloqlari mintaqasida yashaydi. Arxar (tog’
qo’yi) Qizilqum, Ustyurt va Bobotog’da tarqalgan. Sayg’oq (oqquyruq) Ustyurt
cho’llarida poda bo’lib yuradi. Qadimda O’rta Osiyo cho’llarida jayron (g’izol) poda
bo’lib o’tlab yurgan, hozir faqat qo’riqxonalarda saqlanib qolgan.
Toq tuyoqlilar: I—tapir; 2-karlddon.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar kenja turkumiga mansub hayvonlarga
to’ng’iz, pekarlar va begemotlar kiradi. Ularning tanasi yo’g’on, oyoqlari, bo’yni va
dumi kalta bo’ladi. Oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ulardan o’rtadagi 2 tasi kuchliroq
rivojlangaa. Faqat pekarning keyingi oyog’ida 3 ta barmog’i rivojlangan. Terisi
qalin, teriosti yog’ qatlami yaxshi rivojlangan. Oziq tishtari ko’p burmali, qoziq
tishlari kuchli rivojlangan. Oshqozoni oddiy, bir kamerali. Urg’ochisining qornida
ikki qator joylashgan yelin so’rg’ichlari bo’lib, yo’ldoshi diffuz tipida bo’ladi. Bu
kenja turkumga cho’chqalar va suv ayg’irlari oilasi kiradi.
Cho’chqalar oilasiga to’ng’izlar va so’galli cho’chqalar kiradi. Ularning tanasi
g’o’la, oyoqlari yo’g’on va kalta, bo’yni kalta, konussimon boshi uchida silliq tog’ay
burni boMadi; qoziq tishlari kuchli rivojlangan. Ozig’i chaynalgandan so’ng
qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. Xonaki cho’chqalar yowoyi to’ng’izlardan
kelib chiqqan. Cho’chqalar terisida qillarning kam bo’lishi, katta vazni, ko’p go’sht
va yog’ mahsulotlari hosil qilishi bilan farq qiladi. Ular juda serpusht bo’lib, 12
tagacha bola tug’adi. Asosan o’simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi; hayvon
mahsulotlari (chuvalchanglar, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, hayvonlar
murdasi)ni xush ko’radi. Yowoyi to’ng’izlar tog’ oldi mintaqalarida, daryolar
bo’yidagi chakalakzorlarda yashaydi. Hozir ularning soni juda kamayib ketgan.
Bu oilaga Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan yo’1-yo’l cho’chqa, Janubiy Amerikada
yashaydigan pekarlar ham kiradi.
Suv ayg’irlari - juda yirik juft tuyoqlilar bo’lib, og’irligi 3 t ga yetadi. Tanasi va
oyoqlari yo’g’on va kalta; juda katta va yassi suv ayg’irlarining 2 turi Afrikada
yashaydi. Ulardan biri - gippopotam juda katta bo’lib, hayotining asosiy qismini
suvda o’tkazadi, ikkinchisi — karlik suv ayg’iri suv yaqinidagi tropik o’rmonlarda
yashaydi. Ikkala tur ham o’simlikxo’r. Suvdagi va suv bo’yidagi o’simliklar bilan
oziqlanadi.
Yirtqichlar turkumi. Yirtqich sut emizuvchilar asosan yirik umurtqali hayvonlar
bilan oziqlanadi. Faqat ayiqlar turli xil oziqni yeydi. Kurak, qoziq va oziq tishlari
rivojlangan. Kurak tishfari birmuncha mayda, qoziq tishlari aksincha yirik,
konussimon, o’tkir. Oziq tishlar yuzasidagi burmalari o’tkirlashgan. Ko’pchilik
yirtqichlarning yuqori va pastki jaqlaridagi oziq tishlarida ikkitadan yirik, yirtqich
tishlar bo’ladi. Oziq tishlar soni o’txo’r hayvonlarnikiga nisbatan kam boiadi.
Yirtqichlardan itsimonlar, mushuksimonlar, suvsarlar, ayiqsimonlar, sirtlonlar
muhim ahamiyatga ega.
Itsimonlar oilasi o’ljani ta’qib qilib tutadi. Oyoqlari ingichka va nisbatan uzun
bo’lib, tez va uzoq chopishga moslashgan. Tirnoqlari ichkariga tortilmaydi, to’mtoq;
dumi — uzun va baroq. Hidni juda yaxshi sezadi. O’ljasini izidan biladi; uni ta’qib
qilishi mumkin. Bu oilaga xonaki it, bo’rilar, tulkilar, sirtlonlar va boshqalar kiradi.
Bo’riiar urug’iga bo’ri, chiyabo’ri, koyot va boshqalar kiradi. Bo’ri — dunyoning
ko’pchilik hududlarida tarqalgan ancha yirik yirtqich hayvon. Kuchli va epchil
bo’lib, o’zidan katta hayvonni ham o’ldirishi mumkin. Bo’rilar juft bo’lib yashaydi.
Urg’ochi bo’ri inda 3-13 tagacha ko’zi yumuq, nimjon bola tug’adi. Bolasini dastlab
sut, keyin go’sht bilan boqadi. Kuzda bo’ri oilasi tarqalib ketmasdan gala bo’lib ov
qiladi. Har bir galaning o’zi ov qiladigan maydoni bo’ladi. Bo’rilar o’lja qidirib, bir
sutkada bir necha o’n kilometr masofani bosib o’tishi mumkin. Ular katta
hayvonlarga gala bo’lib hujum qilishadi. Ular ko’payib ketganida uy hayvonlariga
ham hujum qilib, birmuncha zarar yetkizishi mumkin.
Tulki — juda keng tarqalgan yirtqich. Yozda uyada yashab, 4-6 ta bola tug’adi.
Bolalarini urg’ochisi va erkagi boqadi. Bolalariga dastlab o’ldirilgan, keyin chalajon
va so’ngra tirik o’lja keltirib, ularni ov qilishga o’rgatadi. Kuzda tulkilar oilasi
tarqalib ketadi; qishda esa ular uyaga kirmasdan alohida yashaydi. Tulkilar mo’ynasi
juda qalin bo’lganidan qishki sovuq ularga ta’sir qilmaydi. Ular asosan
kemiruvchilar va boshqa mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Kuzda mevalarni ham
yeydi. Qishda hayvonlar murdasi va axlatxonalardagi tashlandiqlardan ham
qaytmaydi. Kezi kelsa uy parrandalariga ham hujum qiladi. U chiroyli mo’ynasi
uchun ovlanadi.
Chiybo’rii - to’qay, voha va tog’oldi hududlarida tarqalgan, o’rtacha kattalikdagi
yirtqich. Asosan kechasi ov qiladi. Qushlar va ularning tuxumi, kaltakesaklar,
kemiruvchilar va yirik hasharotlar, murda va mevalarni yeydi; kuzda polizdagi
qovunlarni g’ajib tashlaydi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum qiladi.
Mushuksimonlar oilasiga yo’lbars, arslon, gepard, qoplon, ilvirs, yovvoyi
mushuklar, silovsin kiradi . Mushuksimonlar o’ljasini poylab turib tutadi. Tirnoqiari
qayrilgan va o’tkir bo’lib, o’ljasini ushlash va o’ldirish uchun xizmat qiladi. Faqat
gepard o’ljasini ta’qib qilib, urib yiqitgach, tishi bilan tutadi. Uning oyoqlari uzun
va ingichka bo’lib, tirnoqiari ichkariga tortilmaydi. Mushuksimonlar tishlardan
o’ljasini ushlab turish uchun emas, balki o’ldirish uchun foydalanadi. Shuning uchun
ularning jag’lari nisbatan kalta, tishlari kam, lekin yirik bo’lib, qattiq tishlaydi.
Yo’lbars Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yirik yirtqich hayvon, vazni 300
kg ga yaqin. To’ng’iz, bug’u kabi yirik hayvonlami ovlaydi. Gepard xipcha va
chopqir
hayvon.
Afrika,
Old
Osiyoda
tarqalgan.
20-asr
o’rtalarigacha
Turkmanistonning Janubida uchragan. Baland togMi hududlarda qoplon (ilvirs) va
silovsin, daryo o’zanlari hamda dashtlarida to’qay va dasht mushugi uchraydi.
Ayiqsimonlar - eng yirik yirtqichlar bo’lib, tanasi baquwat, boshi katta, tumshug’i
cho’ziq, panjalari besh barmoqli. Yurganida tana og*irligi asosan orqa oyoqlariga
tushadi, oldingi oyoqlari oziq topish, yer kovlash va toshlarni qo’zg’atish uchun
xizmat qiladi. Ayiqlar juda kichkina bola tug’adi. Arktikada yashaydigan oq ayiq -
yirtqichlar orasida eng yirigi, yaxshi suzadi va sho’ng’iydi, asosan baliqlar va
tulenlarni tutib yeydi. Qo’ng’ir ayiq past tekisliklarda, o’rmonlarda yashaydi.
O’zbekiston hududining tog’ o’rmonlarida qo’ng’ir ayiq uchraydi, u asosan
o’simliklar bilan oziqlanadi.
Suvsarsimonlar oilasiga tanasi uzun va ingichka, juda egiluvchan, oyoqlari kalta,
harakatchan yirtqichlar kiradi. Ulaming tanasi tor inlar va teshiklarga kirishga
moslashgan.
Kemiruvchilar
va
qushlarni
ovlaydi.
Respublikamizda
suvsarsimonlardan qunduz, asalxo’r, bo’rsiq, olaqo’zan, tog’suvsari, latcha
uchraydi. Mamlakatimizdaamerikanorkasi iqlimlashtirilgan. Suvsarlardan chiroyli
va qimmatbaho mo’yna olinadi.
Suvsarsimonlar: 1—norka; 2—sassiqqo’zan; 3-bo’rsiq; 4—qunduz.
Kurakoyoqlilar turkumi. Kurakoyoqlilarumrining ko’p qismini suvda o’tkazadi;
faqat ko’payish va dam olish uchun sohil bo’yiga chiqadi. Suvda yashashga
moslanish natijasida ularning tanasi torpedasimon shaklga ega bo’lgan, bo’yni
qisqargan, oyoqlari kurak suzgichga aylangan. Barcha kurakoyoqlilarning terisi
ostidagi qalin yog’ qatlami ularni sovuqdan himoya qiladi: suvda suzganda tana
vaznini yengillashtiradi. Ayrim turlarida kekirdakdan yoki qizilo’ngachdan
boshlangan havo pufaklari bo’ladi. Bu pufaklar hayvon suvga sho’ng’iganida havo
saqlashga va tanasini yengillashtirishga yordam beradi. Suvda chaynash mumkin
bo’lmaganligi sababli ularning tishlari soddalashib. bir xil tuzilishga ega bo’lgan.
Tishlar faqat o’ljani tutib turish uchun xizmat qiladi. Ko’pchiligi to’da bo’lib
yashaydi. Ko’zlari katta, ko’z gavhari dumaloq bo’lib, suvni ko’rishga moslashgan.
Tyulenlar oilasiga tyulenlar, dengiz leopardi, nerpalar, dengiz fiilari, dengiz
quyonlari va boshqa kurakoyoqlilar kiradi. Arktika dengizlarida Grenlandiya
tyuleni, Kaspiy dengiz va Baykal ko’lida nerpa yashaydi. Tyulenlar baliqlar,
qisqichbaqasimonlar, molluskalar va boshqa dengiz hayvonlari bilan oziqlanadi.
Ko’pchilik turlari cheklangan miqdorda ovlanadi. Tyulenlar bolalash uchun muz
ustiga chiqadi, bitta bola tug’adi. Bolasining tanasi qalin va kalta oq jun bilan
qoplangan bo’ladi. Voyaga yetgan sari juni qorayadi va suvga tushib suzib ketadi.
Quloqli tyulenlar oilasiga sivuch, de’ochi bolasining juni qora, erkaginiki qoramtir
kulrang, kulrang malla bo’ladi. Ko’payishdan oldin qirg’oqqa chiqadi va 15-20
urg’ochisi va bitta yirik erkagidan iborat to’da hosil qiladi. Dengiz mushuklari Tinch
okeani shimoliy qismida (Rossiya, Kanada, AQSh) tarqalgan. Kurakoyoqlilar
go’shti, yog’i, terisi va mo’ynasi uchun ovlanadi. Ayniqsa dengiz mushugining
mo’ynasi yuqori baholanadi.
Kitsimonlar turkumi. Bu turkumga faqat suvda yashovchi sut emizuvchilar kiradi.
Kitsimonlar — yer yuzida mavjud hayvonlarning eng yirigi hisoblanadi. Shuning
uchun ular suvda yashashga kurakoyoqlilarga nisbatan ham ko’proq moslashgan.
Tanasining shakli baliqlarga o’xshash; bo’yni sezilmaydi; boshi juda katta bo’lib,
ayrim katta vakillarida boshi tanasining uchdan birini tashkil etadi. Oldingi oyoqlari
juda katta eshkakni hosil qiladi. Keyingi oyoqlari yo’qolib ketgan; faqat chanoq
suyaklari saqlanib qolgan. Tanasining keyingi qismi juda keng va baquwat dumni
hosil qiladi. Dum ikkilamchi marta kelib chiqqani uchun unda umurtqalar bo’lmaydi.
Dum faqat muskullar, biriktiruvchi to’qima va yog’dan iborat. Terisida jun
bo’lmaydi. Faqat jag’larida ayrim tuklar saqlanib qolgan. Teriosti yog’ qavatining
qalinligi 50 sm ga yetadi. Skeleti g’ovak, naysimon suyaklarida yog’ ko’p bo’ladi.
Yog’ suvda kit vaznini kamaytiradi. Ko’zlari kichik, yosh bezlari rivojlanmagan.
Quloq chig’anog’i bo’lmaydi; umuman eshitish organlari va bunm chig’anoqlari
reduksiyaga uchragan. Bosh miyasi katta, lekin tana massasiga nisbatan hajmi
kichik, hidlov bo’lagi bo’lmaydi. Burun teshigi boshining ustki tomonida joylashgan
bo’lib, maxsus nay orqali bo’g’izga ochiladi. Shuning uchu ovqat og’izga tushganida
suv o’pka tomonga o’tib ketmaydi. Qutb kiti burun teshigidan otilayotgan fontan
nafas yo’lidan chiqadigan havoning suv bilan aralashmasidan iborat. Tishli
kitlarning tishlari soddalashgan, bir xil tipda tuzilgan (kashalotlar, delfinlar,
kasatkalar) . Tishsiz ya’ni mo’ylovii kitlarning tishlari bo’lmaydi (kulrang kit, ko’k
kitlar, finvollar, seyvollar va boshqalar). Ularning ulkan og’iz bo’shlig’ida tishlar
o’rniga 300-400 muguz plastinkalar (kit mo’ylovlari) joylashgan. Har bir
plastinkaning uzunligi 5 m ga yetadi. Plastinkalarningpastki qirrasi elakni hosil
qiladi. Elakda mayda plankton suv umurtqasizlari (molluskalar lichinkasi,
qisqichbaqasimonlar) ushlanib qoladi. Kit og’zini katta ochib suvga to’ldirib oladi.
Suv plastinkalar orqali o’tayotganida hayvonlar ana shu plastinkalarga ilashib
qoladi.
Ko’k kit — eng yirik hayvon. Uning uzunligi 30 m, og’irligi 15 t keladi. Mo’ylovli
kitlarga kiradi. Tishlari bo’lmaydi. Mayda plankton bilan oziqlanadi. Kit bir sutkada
2-4 tonna ovqat yeydi.
Delfinlar — nisbatan kichik, boshining oldingi qismi cho’zilib tumshuqni
hosil qiladi. Ko’pchilik turlarida orqa suzgich ham bo’ladi. 50 ga yaqin turi ma’lurn.
Ular orasida eng yirigi - kasatkaning uzunligi 10 m ga yetadi. Delfinlar o’z o’ljasini
ultratovush yordamida topadi. Suvda ular yuqori tonda qirsillagan yoki xushtakka
o’xshash uzuq-yuluq tovush chiqaradi. Suv osti narsalariga tegib aks-sado singari
quloqqa keladi (exolokatsiya). Delfmlar tovush signallari yordamida o’zaro muloqot
qilishadi. Natijada ular bir joyga (masalan, oziq baliq ko’p bo’lgan joyga) to’planadi,
birgalikda ov qilishadi. Boltiq, Qora dengiz, shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida
tarqaigan oq biqin delfmning uzunligi 2,5 m gacha bo’ladi. Tanasi orqadan qora,
qorin va yon tomondan oq rangda.
Kashalot - eng yirik tishli kit, erkagining uzunligi -21m gacha, urg’ochisiniki 13
m gacha, vazni - 80 t gacha bo’ladi. Yirik boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi,
2000 m chuqurlikkacha sho’ng’iydi, suv ostida l,5 soatgacha turadi.
Primatlar turkumi. Primatlar daraxtda yashovchi tropik sut emizuvchilar;
hayvonlar orasida odamning eng yaqin, ya’ni birinchi (primat-’birinchi’ so’zi
shundan olingan) qarindoshi hisoblanadi. Primatlar ham hasharotxo’rlar kabi juda
qadimgi hayvonlar. Ularning qazilma qoldiqlari bundan 66 mln yil awal hosil
bo’lgan cho’kma jinslarda topilgan. Primatlar hasharotxo’rlar singari qadimgi va
tuban tuzilish: tovonda yuradigan tirnoqli besh barmoqli oyoqlari, sodda tuzilgan
yo’ldoshi va yelinlari, mustaqil harakatlana olmaydigan, sekin o’sib, kech voyaga
yetadigan bola tug’ishi, sodda tuzilish va kuchsiz tishlari kabi belgilarini saqlab
qolgan.
Shuningdek ko’pchilik primatlar juda faol, chaqqon, bosh miya yarimsharlari
po’stlog’i burmalari nisbatan yaxshi rivojlangan. Ular daraxtda boshqa hayvonlar
singari tirnoqlari bilan yopishib olmasdan, balki shoxlarni uzun barmoqlari
yordamida ushlab olib harakat qiladi. Oldingi va keyingi oyoqlari bosh barmoqlari
boshqasiga qarshi qo’yilishi esa barmoqlar yordamida oziq bo’ladigan meva, navda,
hasharotlar va boshqa jonivorlarni ushlab olishga yordam beradi. Oyoqlarining
harakatda bo’lishi ularga daraxt shoxlariga osilib olish, yurish, shoxdan shoxga
sakrash imkonini beradi. Primatlar yaxshi eshitadi. Ko’zi aniq va rangli ko’rish
xususiyatiga ega. Ikkaia ko’zning yuzni oldingi qismida joylashganligi sababli ular
binokular ko’rish (ikki ko’z yordamida ko’rish) xususiyatiga ega. Bu xususiyatga
ko’ra primatlar narsalargacha bo’lgan masofani juda aniq biladi. Bu xususiyat
shoxdan-shoxga sakrashda, mo’ljal olishda katta ahamiyatga ega. Ular ko’p
chaynashni talab qilmaydigan har xil oziq bilan oziqlanadi. Hidni yaxshi
ajratolmaydi, tuyg’u tuklari bo’lmaydi. Asosiy tuyg’u organlari barmoqlar, oyoq va
qo’l kafti hisoblanadi. Primatlar chalamaymunlar (lemurlar) va maymunlar kenja
turkumlariga ajratiladi. Lemurlar — nisbatan daraxtda yashovchi hayvonlar.
Boshining yuz qismi irmuncha cho’ziq. Miyaning hidlov bo’lagi yaxshi rivojlangan.
Bosh miyasi nisbatan kichik, oldingi miya yarimsharlarida burmalar boimaydi. Orqa
oyoqlari bosh barmog’i boshqasiga qarama-qarshi joylashgan. Barmoqlaridan bir
qismi o’tkir, boshqalari yassi tirnoqli. Bachadoni ikki shoxli. Ular shomgi va tungi
hayvonlar, o’simlikxo’r, hasharotxo’r yoki hammaxo’r. Ulardan tupayalar kalamush
kattaligida. Janubiy Osiyo, Afrika (asosan Madagaskar oroli)da tarqaigan .
Maymunlar - daraxtda va qisman yerda yashaydi. Boshining yuz qismi uncha
cho’ziq emas. Bosh miyasi yaxshi rivojlangan, yarimsharlari miyachani yopib turadi,
ular sirtida burmalari ko’p. Hidlov bo’lakchasi kichik. Ko’z kosasi oldinga qaragan.
Oyoqlarining bosh barmog’i boshqasiga qarama-qarshi joylashgan. Bachadoni
oddiy, bir shoxli. Maymunlar asosan o’simlikxo’r kunduzgi hayvon, lekin ko’pchilik
turlari mayda umurtqasiz va umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.
Maymunlar keng burunli va tor burunli maymunlar guruhlariga ajratiladi. Keng
burunli maymunlar Markaziy va Janubiy Amerika o’rmonlarida tarqalgan mayda va
o’rtacha kattalikdagi hayvonlar. Ular burnidagi to’siq keng bo’lgani uchun burun
teshiklari ikki yonga kengaygan. Ko’pchiiik turlarining dumi ilashuvchi bolib,
shoxlarga osilib harakatlanishga yordam beradi O’rgimchak maym kaputsin, o’ynoqi
maymun ana shu guruhga kiradi.
Tor burunli maymunlar daraxtda yoki yerda yashaydi. Burun teshigi to’sig’i tor
bo’lgani uclun teshiklari oldinga qaragan. Dumi ilashuvchi emas, daraxtlar shoxini
faqat oyoq barmoqlari bilan ushlaydi, Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Ular
martishkasimonlar, gibbonlar va odamsimon maymunlar oilasiga ajratiladi.
Martishkasimonlar tor burunli maymunlar orasida tuban tuzilgan. Lunjida oziq
saqlaydigan xaltalari bor. Ko’pchiligi daraxtda, pavianlar yerda yashaydi. Mayda va
o’rtacha kattalikda, bosh miya yarimsharlarida burmalar rivojlangan, bosh miyasi
uncha katta emas. Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, ayrimlari Malayya arxipelagi
orollarida tarqalgan. Tropik o’rmonlar, savannalar, ba’zi turlari mo’tadil mintaqa
(Xitoy, Yaponiya)da tarqalgan. Jamoa bo’lib yashaydi. Jamoa ancha murakkab
iyerarxik sistemaga asoslangan. Bu oilaga martishkalar, pavianlar, mandrillar,
makakalar kiradi.
Gibbonlar - daraxtda yashovchi maymunlar. Lunj xaltalari va dumi bo’lmaydi. Bir
qancha belgilari bilan odamsimon maymunlarga o’xshab ketadi. Gibbonlar uzun
oldingi oyoqlariga osilib, 10 m va undan ham uzoqroq masofaga sakrab o’ta oladi.
Daraxt shoxi va yerda keyingi oyoqlarida yuradi. Janubi-Sharqiy Osiyo va Zond
orollarining qalin tropik o’rmonlarida kichik oila bo’lib yashaydi. Har bir oilaning
o’z yer hududi bo’ladi. Gibbonlar “kuylovchi” maymunlardir. Ular tong saharda
daraxtlarning eng uchki shoxlariga chiqib olib baland ovozda xor bo’lib kuylab,
quyoshni qarshi olishadi.
Odamsimon maymunlar — primatlar orasida eng yuksak tuzilgan, bir qancha
belgilari, masalan, yirik boiishi, dumi va lunj xaltasining bo’lmasligi, quloq suprasi
shakli, bosh miyasining tuzilishi bilan odamga yaqin turadi. Ularning bosh miya
yarimsharlari po’stloq qismida egatlar va pushtalar yaxshi rivojlangan, bosh miya
po’stlog’i peshona qismi va assosiativ zonasi kengaygan. Odamga o’xshashlik
belgilari tishlari, buyragi, o’pkasining tuzilishi, ko’richak o’simtasining bo’lishi, qon
guruhlari va qonntng immunlik xossalarida hamo’z ifodasini topadi. Moddalar
almashinuvi, xususan boshqa primatlar singari siydik orqali allontoin emas, balki
siydik kislotasi ajralishi bilan ham odamga yaqin turadi. Anatomik va fiziologik
xususiyatlari majmuasiga ko’ra odamga shimpanze va gorilla juda yaqin turadi. Buni
molekular biologiyaga oid tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, DNK molekulasi
gibridatsiyasi orqali odam bilan shimpanzeda 91 %, odam bilan martishkada 66 %
genlar o’xshashligi aniqlangan. Patologik va infeksion jarayonlarning o’xshashligi
esa biologik va tibbiy tadqiqotlarda shimpanzedan odam organizmining modeli
sifatida foydalanishga imkon beradi. Odam organizmi uchun xos bo’lgan bir qancha
parazitlar (masalan, bitlar, chuvalchanglar) faqat odamsimon maymunlarda yashay
oladi. Sifilis, moxov kabi odam uchun xos bo’lgan kasalliklarni eksperiment orqali
faqat odamsimon maymunlarda paydo qilingan. Homiladorlik va jinsiy yetilish
muddati, turq-atvori, jinsiy demorfizmi, tana o’lchami va boshqa ko’plab anatomo-
morfologik hamda fiziologik xiisusiyatlariga ko’ra ham odamsimon maymunlar
bilan odam o’rtasida juda ko’p o’xshashliklar mavjud.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Qo’lqanotli hashorotlarga xos hususiyatlarni ayting.
2. Qo’lqanotlilarning qanday vakillarini bilasiz?
3. Kemiruvchilar tishlariga hos hususiyatlarni ayting.
4. Olmaxonlar oilasiga hos hususiyatlarni ayting.
5. Tovushqonlarga hos xususiyatlar nimadan iborat?
6. Kurakoyoqlilar yashash muxitiga qanday moslashgan?
7. Kurakoyoqlilarning qanday ahamiyati bor?
8. Kitsimonlarga qanday hususiyatlar xos?
9. Ko’k kit qanday oziqlanadi .
10. Delfinlar qanday oziqlanadi?
11. Qaysi dengiz sut emizuvchisini ov qilish taqiqlangan?
12. Xartumlilarga hos hususiyatlarni ayting.
13. Keng burunli va tor burunli maymunlarning yashash muhiti va ularga hos
hususiyatlarni ayting.
14. Odamsimon maymunlarga qaysi maymunlar kiradi?
15. Qaysi hususiyati bilan maymunlar odamlarga o’xshaydi?
Glossariy
Plasentalilar yoki yuqori darandalar sinfi (Eutheria).Sutemizuvchilarning asosiy
gruppasini o‘z ichiga oladi va yer yuzida keng tarqalgan.Sinfning harakterli belgisi
shuki ko‘pchik suyagi bo‘lmaydi, yo‘ldoshi yaxshi rivojlanmagan. Plasentalilar 17
turkumga ajratiladi.
Hasharotlar turkumi -insectivora
Qo‘lqanotlilar turkumi -chiroptera
Kemiruvchilar sutemizuvchilarning eng yuqori turkumi bo‘lib, 2000 dan ortiq yirik,
mayda va o‘rtacha kattalikdagi turlarni o‘z ichiga oladi.Turkumning ko‘pchilik
turlari yerning ustki qatlamlarida yashaydi.
Toq tuyoqlilar - ochiq joylarda yashaydigan yirik o‘txo‘r hayvonlardir.