Poli- va geterofunksional va geteroxalqali birikmalar
Yuklangan vaqt
2025-01-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
156,1 KB
Poli- va geterofunksional va geteroxalqali birikmalar.
Asosiy qism
Biologik faol alifatik qatori geterofunksional birikmalarning kimyoviy xossasi.
Glikol kislota HOCH2 -COOH gidroksikislotalarning eng oddiy namoyandasi.
U ko’pchilik usimliklarda, jumladan, lavlagi va o’zumda uchraydi.
Sut
kislota.
CH3-CHOH-COOH
tabiatda
keng
tarqalgan
muhim
gidroksikislotalardan biridir. U organizmda sut tarkibidagi laktoza, shuningdek,
sabzovot va mevalar tarkibidagi boshqa uglevodlarning sut kislotali bijgishi
natijasida hosil bo’ladi. Sut kislota qatiq, kefir, to’zlangan karam, bodring,
pomidorlar tarkibida bo’ladi.
Sut kislota molekulasida assimetrik uglerod atomi bo’lgani uchun u ikkita
enantiomer shaklida mavjud bo’ladi. Inson organizmida L-(+) - sut kislota, ya’ni
guusht-sut kislota glyukozaning biokimyoviy o’zgarishlaridan hosil bo’ladi. Inson
jadal ishlaganda mushaklarda sut kislota yigiladi va mushaklarda o’ziga hos
ogrikning paydo bo’lishiga olib keladi. Sut kislota yigilib kolishining sababi kislorod
etishmasligi bo’lib, buning oqibatida piroo’zum kislota NAD *N ta’sirida sut
kislotagacha qaytariladi:
Piroo’zum kislota L- (+) - sut kislota
Dam olish jarayonida inson organizmidagi kislorod zapasi qayta tiklanadi va
sut kislota yana piroo’zum kislotagacha oksidlanadi.
Sut kislota kuchli gigroskopik modda, tarkibida doimo suv bo’ladi. Uning
tarkibidagi suv chiqarib yuborilganda 1500S da suyuqlanadigan kristallga aylanadi.
Sut kislota 80% li sirop (Acidum lacticum) ko’rinishida kuydirish uchun ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda uning ikki valentli temir bilan hosil qilgan to’zi (CH3-CHOH-
COO)2Fe*3H2O ham ishlatilmoqda. Sut kislotadan tuqimachilik va teri sanoatida
ham foydalaniladi.
-Gidroksimoy kislota HOCH2-CH2-COOH behush qiluvchi ta’sirga ega,
zaharli emas. U natriyli to’zi holida HOCH2-CH2-CH2-COONa uyqu keltiruvchi,
shuningdek ba’zi operatsiyalarda ogriq qoldiruvchi modda sifatida qo’llaniladi.
-Alanin CH3-CH(NH2)-COOH 2950S suyuqlanadigan kristall modda,
tabiatda uchraydi, qutblangan nur sathini ungga buradi. U ipak oksili
gidrolizlanganda ko’p miqdorda, boshqa oksil moddalar gidrolizlanganda esa oz
miqdorda hosil bo’ladi.
-Alanin H2NCH2-CH2-COOH birinchi marta V. S. Gulevich tomonida
mushaklarda dipeptid holida topilgan. -Alanin koferment A ning tarkibiy qismi
bo’lgan pantoten kislota tarkibiga kiradi.
-Aminomoy
kislota H2NCH2-CH2-CH2-COOH bosh miyada
modda
almashinuvida ishtirok etadi. U tibbiyotda gammalon yoki aminolon nomi bilan asab
kasalliklarini davolashda ishlatiladi. -Aminomoy kislotaning hosilasi -Amino- -
fenilmoy kislota gidrohlorid to’zi holida HCl*H2NCH2-CH(C6H5)-CH2-COOH
tibbiyotda fenibut nomi bilan trankvilizator sifatida ishlatiladi.
Ma’lumki, -aminokislotalar qizdirilganda -laktam hosil qiladi (yuqoridagi
reaktsiyaga qarang). -Aminomoy kislota laktami -butirolaktam yoki pirrolidon-2
deb ataladi. Pirrolidon-2 hosilalari tibbiyotda keng ishlatiladi. Cnunonchi, 1-
vinilpirrolidon2
ning
polimeri
-
polivinilpirrolidon-2
ning
polimeri
-
polivinilpirrolidon qon plazmasi o’rnida qo’llanadi.
1-Vinilpirrolidon-2 Polivinilpirrolidon
Piratsetam
(1 - Pirrolidon - 2-il) - sirka kislota amidi tibbiyotda piratsetam yoki nootropil nomi
bilan ishlatiladi. U fikr yuritishga ta’sir qiladigan moddalar - "nootrop"
moddalarning birinchi namoyandasi hisoblanadi.
8-Aminokapron kislota H2N(CH2)5 -COON qon tuhtatuvchi ta’sirga ega bo’lgan
moddadir.
Apelsin sharbatida -aminokislotalardan lizin, valin, glitsin va fenilalanin
bo’ladi. Hurmo tarkibida esa erkin aminokislotalar, shu jumladan ettita
aminokislotalar: valin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan va fenilalanin
borligi aniqlangan. Bundan tashqari, hurmo mevasining tarkibida 15-25 % shakar,
asosan glyukoza va fruktoza, S darmondorisi va temir moddasi bo’ladi.
Kimyoviy xossalari.
Kimyoviy reaktsiyalarda
aldegidokislotalar
aldegid va kislotalarning
hossalarini, ketonokislotalar - keton va kislotalarning hossalarini namoyon qiladi.
Glioksil kislota NOOS-SNO*N2O kristallogidrat holida olingan. U tabiatda
pishib etilmagan mevalar tarkibida uchraydi, meva pishib etilgan sari uning miqdori
kamayib boradi. Glioksil kislotaning kristallogidrat holida turgun bo’lishi
elektronoaktseptor karboksil guruhning ta’siri bilan tushuntiriladi. Karboksil guruh
ta’sirida aldegid guruh uglerodida elektron zichlik yana ham kamayadi va shu tufayli
u gidroksil guruhlarni mustahkam ushlab turadi:
Glioksil kislotaning juda oson oksidlanib oksalat kislotaga aylanishini ham ana
shu ta’sir bilan tushuntiriladi:
Oksalat kislota
O’z navbatida aldegid guruh ham karboksil guruhga ta’sir qiladi. Bu ta’sir
tufayli glioksil kislota tegishli sirka kislotaga nisbatan kuchli bo’ladi.
Biologik faol geteroxalqali birikmalar.
Molekulasida uglerod atomlaridan tashqari bir yoki bir necha boshqa element
atomlari bo’lgan yopiq zanjirli birikmalar geteroxalqali birikmalar deyiladi.
Halqadagi ugleroddan boshqa element atomlari geteroatomlar (grekcha geteros - har
xil, turli demakdir) deyiladi. Geteroxalqaning xosil bo’lishi da ikki va undan ortiq
valentli xar bir element ishtirok etishi mumkin deb ayta olamiz. Lekin geteroxalqali
birikmalardan eng barqarori, keng tarqalgani, yahshi urganilgani va axamiyatlisi
tarkibida azot, kislorod va oltingugurt saqlagan geteroxalqali birikmalardir.
Geteroxalqali birikmalarning xalqalari uch-, turt-, besh-, olti- va xokazo a’zoli
bo’lishi mumkin. Geteroxalqali birikmalarning besh va olti a’zoli xalqadan tashkil
topganlari keng tarqalgan. Buning sababi shuki, besh va olti a’zoli xalqalardan iborat
moddalar barqaror bo’ladi, chunki besh va olti a’zoli xalqalarda Bayer nazariyasiga
binoan kuchlanganlik eng kam bo’ladi.
Bundan tashqari, geteroxalqa xosil bo’lishi da ishtirok etgan geteroatom yoki
geteroatomlarning soniga ko’ra, geteroxalqalar bir-, ikki-, uch- va xokazo
geteroatomli bo’lishi mumkin.
Geteroxalqali birikmalarning xalqalari yana to’yingan va to’yinmagan, oddiy yoki
qondensatlangan bo’ladi.
Ushbu kursda biz besh va olti a’zoli bir va ikki geteroatomli geteroxalqali
birikmalar xamda ularning benzol xalqasi bilan qondensirlanishidan xosil bo’lgan
sistemalar bilan tanishamiz.
Geteroxalqali birikmalarning axamiyati nixoyatda katta. Qon gemi, yashil
usimliklarning hlorofilli, nuklein kislotalar, ko’pgina darmondorilar, antibiotiklar,
1
N
2
3
4
5
6
S
O
Br
1
2
3
4
5
1
N
2
3
4
5
6
NO2
1
2
3
4
5
S
CH3
N
H3C
alkaloidlar va bir qator dorilar, buyoqlar, insektitsidlar molekulasida geteroxalqalar
saqlanadi.
Geteroxalqali birikmalar xam ochiq zanjirli birikmalar, aromatik birikmalar kabi
galogenli xosilalar, spirtlar, aldegidlar, kislotalar va xokazo xosilalarga bo’linadi.
Odatda, geteroxalqali birikmalarning empirik nomlari - pirrol, tiofen, piridin va
boshqalar keng ishlatiladi. Halqaro urinbosarli nomlar majmuiga ko’ra nomlashda
xam geteroxalqaning empirik nomi asos qilib olinadi, xalqadagi o’rinbosarlarning
xolati esa raqam bilan ko’rsatiladi. Qondensatlanmagan geteroxalqali birikmalarda
xalqadagi atomlarni tartibli raqamlash geteroatomdan boshlanib, geteroatom bir
ravami bilan belgilanadi. Masalan:
2-bromfuran
4-nitropiridin
2,4-dimetil tiazol
Tiazin
Agar xalqada bir necha xar hil geteroatomlar bo’lsa, unda avval O ga 1, keyin S
ga 2, sungra N ga 3 raqamlar quyib chiqiladi ya’ni ularni tartibli raqamlash
kisloroddan boshlanib, ohiri azotda tamom bo’ladi.
Geteroxalqada ikkilamchi va uchlamchi azot atomlari bo’lsa, ikkilamchi azot 1
raqami bilan belgilanadi. Demak, ikki va undan ortiq geteroatomli geteroxalqalar O,
S, NH, N-tartibiga rioya qilingan xolda tartibli raqamlanadi.
Bir geteroatomli geteroxalqali birikmalarni ratsional nomlar majmuiga ko’ra
nomlashda xam empirik nomlar asos qilib olinadi. Besh a’zoli geteroxalqalardagi 2-
va 5- xolatlar , '- bilan, 3- va 4-xolatlar , '- bilan, olti a’zoli geteroxalqalardagi
2- va 6- xolatlar , ' bilan, 3- va 5- xolatlar , '- bilan, 4- xolat esa I- bilan
belgilanadi:
Tiofen , ' -dimetil tiofen
Piridin -Nitropiridin
Qondensatlangan sistemada geteroatom xalqalar tutashgan joyda turmagan bo’lsa,
tartibli raqamlash xalqalar tutashgan joyning yaqinida turgan atomlardan boshlanadi
va bunda geteroatomga eng kichik raqam to’gri kelishi kerak:
Indol
Izohinolin Akridin
Agar geteroatom ikki tomondan karboxalqali xalqalar bilan tutashgan bo’lsa, eng
katta raqam geteroatomga to’gri keladigan qilib nomerlanadi (akridin molekulasiga
qarang).
To’yingan geteroxalqali birikmalar kimyoviy hossalari jixatdan o’ziga to’gri
keluvchi ochiq zanjirli birikmalardan deyarli farq qilmaydi. Besh va olti a’zoli O, N,
N
sp2-AO
p-AO
sp2-AO
sp2-AO
p-AO
sp2-AO
S- geteroatomlari saqlagan to’yinmagan geteroxalqali birikmalar aromatiklikning
mezoniga mos keladi. Biroq, molekulada geteroatomning mavjudligi elektron
zichlikning notekis taqsimlanishiga olib keladi. Geteroatomning, masalan, azotning,
xalqaga ta’siri uning aromatik sekstet xosil bo’lishi da bitta yoki ikkita -elektron
qo’shganiga bogliq xolda o’zgaradi. snunonchi, piridin molekulasida azot atomi sp2-
gibridlangan xolda bo’lib, uning uchta sp2 - gibridlangan orbitallaridan ikkitasi -
bog’larni xosil qiladi. U aromatik sekstet xosil bo’lishi da bitta r-elektron bilan
ishtirok etadi.
Piridinning aromatik
sekstktiga kirgan - elektron
Piridin
Piridinli azot atomi
O’z-o’zidan tushunarliki, sp2-gibridlangan orbitaldagi umumlashmagan erkin
elektronlar jufti piridinning asos hossasini belgilaydi. Yuqorida keltirilgan elektron
to’zilishga ega bo’lgan azot atomini piridinli azot atomi deb atash qabul qilingan.
Piridinli azot atomi uglerod atomlariga nisbatan ko’proq elektromanfiylikka ega
bo’lgani uchun aromatik xalqa uglerod atomlarining elektron buluti zichligini
anchagina kamaytiradi. Shuning uchun piridinli azot atomi saqlagan sistemalar -
etishmovchi sistemalar deyiladi.
Pirrol molekulasida aromatik sekstet xosil bo’lishi uchun azotning
gibridlashmagan r-orbitalida joylashgan umumlashmagan elektronlar jufti
qatnashadi. sp2-Gibridlangan orbitallarda joylashgan uchta elektron uchta -
bog’larni xosil bo’lishi da ishtirok etadi. Mana shunday elektron to’zilishga ega
bo’lgan azot atomi pirrolli azot atomi deb ataladi. Pirrol molekulasida oltita
elektronli - bulut xalqaning beshta atomida taqsimlangan, shuning uchun pirrol -
ortiqcha sistemaga kiradi. -Ortiqcha sistemalarga yana furan va tiofen xam kiradi.
umumlashmagan
elektronlar jufti
Pirrolning aromatik
sekstktiga kirgan r-
elektronlar
N
H
N
N
H
N
H
N
N
H
N
H
N
N
N
N
Pirrol Pirrolli azot atomi
Pirrol va uning qaytarilish maxsulotlari xar hil tabiiy birikmalar tarkibiga kiradi.
Ular ichida eng axamiyatligi porfirinlar bo’lib, porfirinlar hlorofili va qon gemining
asosini tashkil etadi. Porfirinlar asosida, o’z navbatida, aromatik tabiatli
geteroxalqali sistema - porfin yotadi. Porfinning yasen makroxalqasi 26 ta l-
elektrondan tashkil topgan o’zaro ta’sirlashgan sistemadir (11 ta qo’sh bog va 2 ta
pirrolli azot atomlarining umumlashmagan elektronlar jufti). Mezomer energiyaning
katta qiymati (840 kDj/mol) porfinning yuqori darajada turgunligini ko’rsatadi.
Porfirin
Pirimidin, imidazol va getero halqalardan tashkil topgan qondensatlangan sistema
- purin xam aromatik hossaga ega bo’lgan birikmalardir:
Bu geteroxalqali aromatik birikmalar yuqori termodinamik turgunlikka ega. Ular
mu·im biologik polimerlar - nuklein kislotalarning to’zilish birliklari sifatida ishtirok
etadi.
.BIR GETEROATOMLI BESH A’ZOLI GETEROHALQALI
BIRIKMALAR.
Bir geteroatomli besh a’zoli geteroxalqali birikmalarning eng muxim
namoyandalari furan, tiofen va piroldir. Har uchala geteroxalqa bir-biri bilan o’zviy
boglangan. Rossiya kimyogari Yu. K. Yurev pirrol, furan va tiofen oson bir-biriga
aylanishini ko’rsatadi, buning uchun bu moddalarni suv, vodorod sulfid yoki
ammiak bilan 400-4500 S da katalizator Al2O3 ishtirokida qizdirish lozim:
Piridinli
azot atomi
Bu birikmalarning elektron tuzilishi va aromatik hossasi yuqorida kurib utilgan
edi. Furan, tiofen va pirrollarning taqsimlanish (delokallanish) energiyasi (DE) ·ar
hil bo’lib, u furan uchun 67,2 kDj/mol, tiofen uchun 117,6 kDj/mol va, nixoyat,
pirrol uchun 88,2 kDj/mol qiymatga teng. Demak, bu besh a’zoli geteroxalqalardan
eng barqarori tiofen bo’lib, u o’z hossalari bilan benzolga eng yaqin turadi.
Aksincha, furanning taqsimlanish energiyasi eng kichik qiymatga ega. Shuning
uchun xam u ba’zi reaktsiyalarda aromatik birikmalardan ko’ra ochiq zanjirli dien
hossalarini ko’proq namoyon qiladi.
Pirrol, furan va tiofen "-ortiqcha" geteroxalqalarga kiradi, ya’ni ularning
xalqasida elektron zichlik katta, shuning uchun xam, bu birikmalar elektrofil urin
olish reaktsiyalariga benzolga nisbatan oson kirishadi.
Pirrol. Besh a’zoli bir geteroatomli geteroxalqalar ichida pirrol eng muxim
axamiyatga ega. U yogsizlantirilgan suyaklarni quruq xaydash bilan xosil qilinadi.
Pirrol, shuningdek, suyak moyidan xam ajratib olinishi mumkin. Sanoatda pirrol
Yurev usuli bilan furanga ammiak ta’sir ettirib olinadi.
Hozirgi kunda pirrol diatsetilenga ammiak ta’sir ettirib olinmokda:
Pirrolning almashingan 1, 2, 5-uch·osilalari esa quyidagi dipropargil efirlarga
birlamchi aminlar ta’sir ettirib olinadi:
Pirrol - 1300C da qaynaydigan, suvda erimaydigan rangsiz suyuqlik, xavoda
qungir tusga kiradi (oksidlanadi). Pirrolning xidi hloroform xidini eslatadi.
Pirrol bir vaqtning o’zida xam kuchsiz asosli, xam kuchsiz kislotali hossaga ega.
Pirrolning juda kuchsiz ifodalangan asosli hossasini azot atomidagi erkin elektronlar
juftining xalqadagi ikkita qon’yugirlangan qo’sh bog’larning - elektronlari bilan
o’zaro ta’sirlashuvi bilan tushuntirish mumkin. Bunday ta’sirlashuv natijasida xalqa
"aromatik tabiatga" ega bo’lib qoladi va oqibatda protonning azot atomiga birikishi
qiyinlashadi.
Kuchli kislotalar pirrolni juda tez smolaga aylantiradi, bunda pirrol polimerlanadi.
Bu xodisani atsidofoblik deyilib, kuchli kislotalar ta’sirida polimerlanadigan
moddalar esa atsidofob moddalar deyiladi. Kuchli kislotalar pirrolga ta’sir qilganda
kislota protoni geteroatomning elektronlar juftiga birikadi, natijada elektronlarning
"aromatik seksteti" bo’ziladi, aromatik hossa yuqoladi va pirrol huddi
qon’yugirlangan dien birikmalar kabi polimerlanadi:
Polimerlanish mahsulotlari
Pirrol va uning xosilalari aromatik hossalarni yaqqol namoyon qiladi - oson
galogenlanadi, nitrolanadi va sulfolanadi.
Yuqorida aytib utilganidek, pirrol "atsidofob" bo’lgani uchun sulfolash va
nitrolashda N-piridinsulfotrioksid va atsetilnitrat ishlatiladi:
Pirrolning kuchsiz kislotali hossasi uning natriy, kaliy, natriy amid, kuchli QON
eritmasi ta’sirida imin guruxidagi (-NH) vodorodni metallga almashinishida
namoyon bo’ladi. Bunda xosil bo’ladigan pirrolnatriy yoki pirrolkaliy suv bilan oson
parchalanib, yana dastlabki pirrol va ishqoriy metall gidroksidiga aylanadi:
Pirrol-2-sulfokislota va 2-nitropirrol
Galogenlanganda,, masalan, yodlanganda, dastlab 2- yodpirrol, sungra esa 2, 3, 4,
5-tetrayodpirrol ·osil bo’ladi:
2-yodpirrol yodol
2, 3, 4, 5 - tetrayodpirrol tibbiyotda yodol nomi bilan antiseptik modda sifatida
ishlatiladi.
Pirrol yumshoq sharoitda (Zn+HCl) qaytarilganda molekulaga ikkita vodorod
atomi birikib pirrolin yoki digidropirrol xosil bo’ladi. Kuchliroq qaytarilish
sharoitida (masalan, HJ ta’sir ettirilganda) tuliq gidrogenlanish ketib pirrolidin yoki
tetragidropirrol xosil bo’ladi:
Pirrol Pirrolin Pirrolidin
Ikkita vodorod atomi birikishi natijasidayoq, ya’ni pirrolin xosil bo’lgandayoq,
geteroxalqaning hossalarida keskin o’zgarish sodir bo’ladi: pirrolning aromatik
hossasi, shuningdek uning kuchsiz asosli hossasi yuqoladi, xosil bo’lgan pirrolin
to’yinmagan yog qatori aminlariga uhshash kuchli asosli hossaga ega. Pirrolidin esa
to’yingan aminlarning hossalariga ega bo’lgan kuchli asosdir. Pirrolidin 880S da
qaynaydigan, suvda eriydigan suyuqlik. Pirrolidin xalqasi nikotin, atropin, kokain
kabi alkaloidlar molekulasida, shuningdek oqsillarning tuzilishida ishtirok etadigan
ba’zi bir aminokislotalar molekulasida saqlanadi. Ilgari aytib utilganidek, pirrol va
[O]
uning qaytarilish maxsulotlari tabiiy birikmalar bo’lgan porfirinlar tarkibiga kiradi.
Porfirinlar asosida aromatik tabiatli geteroxalqali sistema - porfin yotadi. Porfirinlar
- porfin xosilalari bo’lib, ularda pirrol xalqasidagi vodorodlar turli guruxlar (-SN3, -
SN=SN2, - SN2-SN2-SOON) ga qisman yoki tuliq almashingan bo’ladi. Porfirinlar
tabiatda metallar bilan kompleks birikmalar xolida uchraydi. Porfirinning magniy
metali bilan xosil qilgan kompleksi hlorofill molekulasining asosida yotadi.
Porfirinlarning temir metali bilan xosil qilgan komplekslari gemoproteidlarning
prostetik guruxi vazifasini utaydi. Gemoproteidlarga kislorod tashuvchi oqsillar,
jumladan gemoglobin, tsitohromlar va katalaza, peroksidaza kabi ba’zi bir
fermentlar kiradi. Ikki valentli temir ioni saqlovchi porfirin xosilalari gemlar deb
ataladi. Gemoglobinning oqsil bulmagan qismi gem gemlarga misol bo’lishi
mumkin. Gem molekulasida pirrol xalqalarining turtta azot atomi yassi kvadrat xosil
qilib, uning urtasida temir joylashgan bo’ladi:
Gem
Tsitohromlar organizmda elektronlarni oksidlanayotgan substratdan kislorodga
tashiydi.
Pirrol yadrosi ut suyuqligi pigmentlari tarkibiga ham kiradi. Ut suyuqligi
pigmentlari o’z navbatida organizmda gemoglobinning biologik oksidlanishi
natijasida xosil bo’ladi. Bunda pirrol xalqalari yopiq xalqa tarzida birikkan
tetrapirrol sistema o’zilib, chiziqli tarzda boglangan tetrapirrol sistemaga utadi. Ut
suyuqligi pigmentlarining namoyandasi bilirubindir:
Gemoglobin