PROKARIOTLAR MORFOLOGIYASI VA HUJAYRA TUZILISHI

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

43,2 KB


 
 
 
 
 
 
PROKARIOTLAR MORFOLOGIYASI VA HUJAYRA TUZILISHI 
 
Reja: 
1. Bakteriya hujayralarining shakllari va morfologik tiplari  
2. Bakteriya hujayrasining tashqi tuzilishi 
3. Bakteriyalarning sporalari va ularning hosili bo’lishi 
 
 
Bakteriya hujayrasining umumiy tuzilishi. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy 
tarkibi va funksiyalari. Bakteriya xivchinlari, joylanishi. Fimbriy va pililar va 
ularning funksiyalari. Bakteriya sporalari va ularning hosil bo’lishi, tiplari. 
Sporalarning vegetativ hujayralardan farqi. Kiritmalar. 
 
Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning 
yaratilishi, o’ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, 
mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki 
qurilmalarini o’rganishga katta imkon yaratdi.  
Hozirgi vaqtda 2500 ga yaqin bakteriyalar turi ma’lum. Morfologiyasiga ko’ra 
bakteriyalar 3 turga bo’linadi:  
1. Sharsimon 
2. Tayoqchasimon yoki silindrsimon,  
3. Buralgan.  
 
Bakteriyalarning shakllari. Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus-lotincha 
don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no’xotsimon va boshqa ko’rinishga ega 
bo’ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil 
nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo’linib, ayrim joylashsa ular 
monokokklar, hujayra bo’linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to’plamlar hosil 
qilsa, stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo’lingandan so’ng ikkitadan bo’lib 
joylashadiganlari – diplokokklar, bo’linish natijasida uzun zanjir hosil qilsa
PROKARIOTLAR MORFOLOGIYASI VA HUJAYRA TUZILISHI Reja: 1. Bakteriya hujayralarining shakllari va morfologik tiplari 2. Bakteriya hujayrasining tashqi tuzilishi 3. Bakteriyalarning sporalari va ularning hosili bo’lishi Bakteriya hujayrasining umumiy tuzilishi. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funksiyalari. Bakteriya xivchinlari, joylanishi. Fimbriy va pililar va ularning funksiyalari. Bakteriya sporalari va ularning hosil bo’lishi, tiplari. Sporalarning vegetativ hujayralardan farqi. Kiritmalar. Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o’ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini o’rganishga katta imkon yaratdi. Hozirgi vaqtda 2500 ga yaqin bakteriyalar turi ma’lum. Morfologiyasiga ko’ra bakteriyalar 3 turga bo’linadi: 1. Sharsimon 2. Tayoqchasimon yoki silindrsimon, 3. Buralgan. Bakteriyalarning shakllari. Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus-lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no’xotsimon va boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo’linib, ayrim joylashsa ular monokokklar, hujayra bo’linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to’plamlar hosil qilsa, stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo’lingandan so’ng ikkitadan bo’lib joylashadiganlari – diplokokklar, bo’linish natijasida uzun zanjir hosil qilsa
 
 
streptokokklar, to’rttadan bo’lib joylashsa – tetrakokklar, kub shaklida joylashsa 
– sartsinalar deb ataladi. 
Bakteriyalarning ko’pchiligi tsilindr yoki tayoqchasimon shaklga ega bo’ladi. 
Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta – kichikligi, ko’ndalang kesimi, hujayra 
uchining ko’rinishi, hujayralarining o’zaro joylanishlari bilan farqlanadi. Hujayra 
uchlari to’g’ri, oval, buralgan yoki o’tkirlashgan bo’lishi mumkin. Bakteriyalar 
qayrilgan, ipsimon, shohlangan ham bo’lishi mumkin. Spora hosil qilish 
xususiyatiga ko’ra tayoqchasimon bakteriyalar - bakteriyalar va batsillalarga 
bo’linadi. Bakteriyalar – deb spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlarga aytiladi. 
Batsilla deb esa spora hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalarga aytiladi. Demak 
bakteriya termini mujassamlashgan termin bo’lib, o’z safiga bakteriya, batsilla, 
sharsimon va buralgan mikroblarni birlashtiradi. Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, 
tayoqchalar, ikkitadan joylashganlari diplobakteriyalar, spora hosil qiluvchilari 
bo’lsa 
diplobatsillalar, zanjir hosil qiluvchilarini esa 
streptobakteriya 
(streptobatsilla ) deyiladi. 
Ba’zan buralgan yoki spiralsimon ko’rinishga egalari ham uchraydi, ular 
spirillalar (spira - lotincha buralgan) deb, vergulga o’xshash kalta egilganlari 
vibrionlar (vibrio so’zi lotincha qayrilaman) deb ataladi. 
Bakteriyalarning ipsimon shakllilari, ko’p hujayralilari ham bo’lib, 
hujayraning tashqi tomoni har xil o’simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, 
yulduzsimon, ochiq yoki yopiq halqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham 
uchraydi. 
Bakteriyalar o’lchami kichik bo’lganligi uchun mikrometrlarda, nozik 
strukturalari esa nanometrlarda o’lchanadi. Kokklarning razmeri (diametri) 1 – 2 
mkm ni tashkil etadi. Tayoqchasimonlarining eni 0.5 - 1 mkm, uzunligi esa 1-5 mkm. 
bo’lishi mumkin. Mayda tayoqchalilarining kattaligi 0.22-0.4 x 0.7-1.5 mkm bo’ladi 
(1-jadval). Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga yetadiganlari ham 
uchraydi. Agar bakteriya hujayrasi qattiq oziqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan 
so’ng ular ko’payib oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan koloniya (bakteriya 
hujayralari to’plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko’rinishi, rangi va boshqa 
hususiyatlari bilan bakteriya turiga bog’liq holda har bir bakteriya turi uchun o’ziga
streptokokklar, to’rttadan bo’lib joylashsa – tetrakokklar, kub shaklida joylashsa – sartsinalar deb ataladi. Bakteriyalarning ko’pchiligi tsilindr yoki tayoqchasimon shaklga ega bo’ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta – kichikligi, ko’ndalang kesimi, hujayra uchining ko’rinishi, hujayralarining o’zaro joylanishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to’g’ri, oval, buralgan yoki o’tkirlashgan bo’lishi mumkin. Bakteriyalar qayrilgan, ipsimon, shohlangan ham bo’lishi mumkin. Spora hosil qilish xususiyatiga ko’ra tayoqchasimon bakteriyalar - bakteriyalar va batsillalarga bo’linadi. Bakteriyalar – deb spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlarga aytiladi. Batsilla deb esa spora hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalarga aytiladi. Demak bakteriya termini mujassamlashgan termin bo’lib, o’z safiga bakteriya, batsilla, sharsimon va buralgan mikroblarni birlashtiradi. Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayoqchalar, ikkitadan joylashganlari diplobakteriyalar, spora hosil qiluvchilari bo’lsa diplobatsillalar, zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobatsilla ) deyiladi. Ba’zan buralgan yoki spiralsimon ko’rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira - lotincha buralgan) deb, vergulga o’xshash kalta egilganlari vibrionlar (vibrio so’zi lotincha qayrilaman) deb ataladi. Bakteriyalarning ipsimon shakllilari, ko’p hujayralilari ham bo’lib, hujayraning tashqi tomoni har xil o’simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq halqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham uchraydi. Bakteriyalar o’lchami kichik bo’lganligi uchun mikrometrlarda, nozik strukturalari esa nanometrlarda o’lchanadi. Kokklarning razmeri (diametri) 1 – 2 mkm ni tashkil etadi. Tayoqchasimonlarining eni 0.5 - 1 mkm, uzunligi esa 1-5 mkm. bo’lishi mumkin. Mayda tayoqchalilarining kattaligi 0.22-0.4 x 0.7-1.5 mkm bo’ladi (1-jadval). Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga yetadiganlari ham uchraydi. Agar bakteriya hujayrasi qattiq oziqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan so’ng ular ko’payib oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan koloniya (bakteriya hujayralari to’plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko’rinishi, rangi va boshqa hususiyatlari bilan bakteriya turiga bog’liq holda har bir bakteriya turi uchun o’ziga
 
 
xos spetsifiklikka ega bo’ladi. Bakteriya hujayrasining o’rtacha og’irligi 4×10-13 g (4 
ko’paytiruv o’n ustida minus o’n uch) ga teng. 
 
 
 
 
 
 
1-jadval 
Ba’zi bir bakteriyalarning kattaligi 
Bakteriyaning nomi 
Uzunligi, (mkm) 
Ko’ndalang kesimi, 
(mkm) 
Mikrokokk 
0,8 
0,5 
Streptokokkus laktus  
0,8-1,2 
0,5-0,8 
Atsidofil tayoqchasi 
1,5-6,0 
0,6-0,9 
Pichan tayoqchasi 
1,2-3,0 
0,8-1,2 
Sil kasali tayoqchasi 
1,5-3,5 
0,3-0,5 
Kuydirgi tayoqchasi 
4-8 
1,0-1,5 
Brutsellyoz tayoqchasi 
0,5-1,5 
0,4-0,6 
 
Bakteriya hujayrasini sxematik ko’rinishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:  
tashqi tomondan: kapsula, xivchin, fimbriy, pili;  
ichki qismida: Sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar 
(qo’shilmalar), ba’zi bakteriyalarda sporalar bo’ladi. 
Kapsula. Bakteriyalarning ko’plari kapsula bilan o’ralgan. Ular shilimshiq 
moddadan iborat bo’lib, mikro – va makrokapsuladan iborat bo’ladi. 
Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa – 0.2 mkm.dan kichik. 
Makro – va mikrokapsulaning tashqi tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida 
esa eruvchan shilliq qavat bo’ladi.  
Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo’lib, uning tarkibi 90% 
suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda)
xos spetsifiklikka ega bo’ladi. Bakteriya hujayrasining o’rtacha og’irligi 4×10-13 g (4 ko’paytiruv o’n ustida minus o’n uch) ga teng. 1-jadval Ba’zi bir bakteriyalarning kattaligi Bakteriyaning nomi Uzunligi, (mkm) Ko’ndalang kesimi, (mkm) Mikrokokk 0,8 0,5 Streptokokkus laktus 0,8-1,2 0,5-0,8 Atsidofil tayoqchasi 1,5-6,0 0,6-0,9 Pichan tayoqchasi 1,2-3,0 0,8-1,2 Sil kasali tayoqchasi 1,5-3,5 0,3-0,5 Kuydirgi tayoqchasi 4-8 1,0-1,5 Brutsellyoz tayoqchasi 0,5-1,5 0,4-0,6 Bakteriya hujayrasini sxematik ko’rinishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: tashqi tomondan: kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: Sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (qo’shilmalar), ba’zi bakteriyalarda sporalar bo’ladi. Kapsula. Bakteriyalarning ko’plari kapsula bilan o’ralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat bo’lib, mikro – va makrokapsuladan iborat bo’ladi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa – 0.2 mkm.dan kichik. Makro – va mikrokapsulaning tashqi tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo’lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda)
 
 
birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay 
olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.  
Hivchinlar. Bakteriyalar ikki hil xarakatlanadi.  
1. Sirpanib – harakatlanuvchi bakteriyalar (miksobakteriyalar, oltingugurt 
bakteriyalari) tananing to’lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy 
o’zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo’ladi.  
2. Suzib – harakatlanish hivchinlari yordamida amalga ochadi. Masalan, spirillalar 
va kokklarning ba’zilari. 
Bakteriyalar hivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga 
bo’linadi; 
Monotrixlar – bakteriya hujayrasining bir uchida bitta hivchin bo’ladi,   
Lofotrix – hujayraning bir uchida bir to’p xivchini bo’ladi, 
Amfitrix – hujayraning ikki uchida ikki to’p hivchin bo’ladi,  
Peritrix – hujayraning hamma tomoni hivchin bilan qoplangan. 
Hivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5-30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 
ta yoki 3 ta hivchin bo’lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon 
bakteriyalar – Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 – 100 gacha hivchin 
bo’ladi. Hivchinlarning eni 10 – 20 nm, uzunligi 3 – 15 mkm. Hivchinlar uzunligi 
kulьturaning tabiati, oziqa yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo’ladi. Hivchin 
kimyoviy jihatidan oqsil modda – flagellindan tuzilgan. Hivchin bakteriya hayotida 
katta rol o’ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida hivchinsiz qilib ham 
o’stirish mumkin. O’sish fazasiga qarab, bakteriyalarning hivchinli va hivchinsiz 
davrlari bo’ladi. Bakteriya hivchinini yo’qotsa ham yashayveradi. Hivchin bazal 
plastinkaga yopishgan bo’ladi. Plastinka esa Sitoplazmatik membrana tagida 
joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, hivchinni xarakatga 
keltiradi. Harakat tezligi temperatura, osmotik bosim va muhit yopishqoqligiga 
bog’liq bo’ladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekundda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, 
ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofada harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz 
harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasi 
kuzatiladi, bunday harakat xemotaksis – deyilsa, kislorodga nisbatan harakati 
aerotaksis, yorug’likka nisbatan harakat bo’lsa fototaksis deyiladi.
birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin. Hivchinlar. Bakteriyalar ikki hil xarakatlanadi. 1. Sirpanib – harakatlanuvchi bakteriyalar (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tananing to’lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o’zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo’ladi. 2. Suzib – harakatlanish hivchinlari yordamida amalga ochadi. Masalan, spirillalar va kokklarning ba’zilari. Bakteriyalar hivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi; Monotrixlar – bakteriya hujayrasining bir uchida bitta hivchin bo’ladi, Lofotrix – hujayraning bir uchida bir to’p xivchini bo’ladi, Amfitrix – hujayraning ikki uchida ikki to’p hivchin bo’ladi, Peritrix – hujayraning hamma tomoni hivchin bilan qoplangan. Hivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5-30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta hivchin bo’lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar – Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 – 100 gacha hivchin bo’ladi. Hivchinlarning eni 10 – 20 nm, uzunligi 3 – 15 mkm. Hivchinlar uzunligi kulьturaning tabiati, oziqa yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo’ladi. Hivchin kimyoviy jihatidan oqsil modda – flagellindan tuzilgan. Hivchin bakteriya hayotida katta rol o’ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida hivchinsiz qilib ham o’stirish mumkin. O’sish fazasiga qarab, bakteriyalarning hivchinli va hivchinsiz davrlari bo’ladi. Bakteriya hivchinini yo’qotsa ham yashayveradi. Hivchin bazal plastinkaga yopishgan bo’ladi. Plastinka esa Sitoplazmatik membrana tagida joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, hivchinni xarakatga keltiradi. Harakat tezligi temperatura, osmotik bosim va muhit yopishqoqligiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekundda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofada harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasi kuzatiladi, bunday harakat xemotaksis – deyilsa, kislorodga nisbatan harakati aerotaksis, yorug’likka nisbatan harakat bo’lsa fototaksis deyiladi.
 
 
Fimbriy va pililar (bakteriyalarning ustki qismidagi ingichka, yo’g’onligi 3-
25 nm, uzunligi 12 nm. gacha bo’lgan iplar, (pili - jinsiy fimbriy). Bakteriyalarda 
hivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo’lib unga fimbriy deyiladi. Ular 
harakatchan yoki harakatsiz bo’lishi mumkin. Ularning uzunligi 0.3 – 4 mkm, eni 5 
– 10 nm bo’lib, soni 100 - 200, ba’zan esa 1000 taga yetib boradi. 
Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda fimbriylarning bir qancha 
tipi uchraydi va ular funksiyalariga qarab farqlanadi. Shulardan 2 tipi yaxshi 
o’rganilgan. 
1 – tip ko’pgina bakteriyalarda bo’lib, ular umumiy tipdagi fimbriylar 
deyiladi. Fimbriylar bakteriya hujayrasining muhit boshqa hujayraga yoki inert 
substratga yopishishini ta’minlaydi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham 
ishlatiladi. Shuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin. 
2 – tip jinsiy fimbriy - pili bo’lib (G’), u ichi bo’sh kanaldan iborat. Bu 
kanaldan bakteriya kon’yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik 
material beradi. Pilining boshqa bir hususiyati ham bo’lib, u patogen bakteriyalarda 
hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi. 
Bakteriyalarning sporalari va ularning hosili bo’lishi 
Bakteriyalarning Bacillus, Clostridium, Desulfotomaculum avlodlariga 
kiruvchilari, ayrim kokklar, spirillalar endosporalar hosil qiladi. Sporalarning shakli 
yumaloq yoki ellipsimon bo’ladi. Ular tashqi muhit sharoitiga chidamli bo’ladi. 
Sporalar nur sindiradi va shuning uchun mikroskop ostida kuzatilganda yaltirab 
ko’rinadi. Bakteriya hujayrasi odatda bitta spora hosil qiladi. Ammo Clostridium 
ning ba’zi turlarida bir va undan ko’p sporalar hosil bo’lishi aniqlangan. 
Bakteriyaning oziqa muhitidan kerakli moddalarni olishi qiyinlashsa yoki 
modda olmashinuvida ko’p mahsulotlar hosil bo’lsa, spora hosil qiladi. 
Demak, spora hosil qilish – bakteriya hujayrasi uchun noqulay sharoitga 
moslashishdir. Spora hosil bo’lishi sharoitga bog’liq. Sporalar, vegetativ hujayralar 
nobud bo’ladigan sharoitlarda ham tirik qoladi. Ular quritish va bir necha soat 
qaynatishga ham chidamli. 
Sporalarni o’ldirish uchun, ular 120C issiqlikda, 1 atm bosimda sterillanadi. 
Bunday sharoitda spora 20 minut davomida nobud bo’ladi. Quruq holatda, ularni
Fimbriy va pililar (bakteriyalarning ustki qismidagi ingichka, yo’g’onligi 3- 25 nm, uzunligi 12 nm. gacha bo’lgan iplar, (pili - jinsiy fimbriy). Bakteriyalarda hivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo’lib unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo’lishi mumkin. Ularning uzunligi 0.3 – 4 mkm, eni 5 – 10 nm bo’lib, soni 100 - 200, ba’zan esa 1000 taga yetib boradi. Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda fimbriylarning bir qancha tipi uchraydi va ular funksiyalariga qarab farqlanadi. Shulardan 2 tipi yaxshi o’rganilgan. 1 – tip ko’pgina bakteriyalarda bo’lib, ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriya hujayrasining muhit boshqa hujayraga yoki inert substratga yopishishini ta’minlaydi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham ishlatiladi. Shuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin. 2 – tip jinsiy fimbriy - pili bo’lib (G’), u ichi bo’sh kanaldan iborat. Bu kanaldan bakteriya kon’yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik material beradi. Pilining boshqa bir hususiyati ham bo’lib, u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi. Bakteriyalarning sporalari va ularning hosili bo’lishi Bakteriyalarning Bacillus, Clostridium, Desulfotomaculum avlodlariga kiruvchilari, ayrim kokklar, spirillalar endosporalar hosil qiladi. Sporalarning shakli yumaloq yoki ellipsimon bo’ladi. Ular tashqi muhit sharoitiga chidamli bo’ladi. Sporalar nur sindiradi va shuning uchun mikroskop ostida kuzatilganda yaltirab ko’rinadi. Bakteriya hujayrasi odatda bitta spora hosil qiladi. Ammo Clostridium ning ba’zi turlarida bir va undan ko’p sporalar hosil bo’lishi aniqlangan. Bakteriyaning oziqa muhitidan kerakli moddalarni olishi qiyinlashsa yoki modda olmashinuvida ko’p mahsulotlar hosil bo’lsa, spora hosil qiladi. Demak, spora hosil qilish – bakteriya hujayrasi uchun noqulay sharoitga moslashishdir. Spora hosil bo’lishi sharoitga bog’liq. Sporalar, vegetativ hujayralar nobud bo’ladigan sharoitlarda ham tirik qoladi. Ular quritish va bir necha soat qaynatishga ham chidamli. Sporalarni o’ldirish uchun, ular 120C issiqlikda, 1 atm bosimda sterillanadi. Bunday sharoitda spora 20 minut davomida nobud bo’ladi. Quruq holatda, ularni
 
 
o’ldirish uchun 150-160 C issiqlik va qizitish muddati esa bir necha soat bo’lishi 
kerak. 
Spora hosil bo’lish jarayonida, hujayrada dipikolin kislotasi (piridin 2,6 – 
dikarbon kislota) hosil bo’ladi. Dipikolin kislotasi sporaning 10-15% ini tashkil 
qiladi. U sporaning markaziy qismida hosil bo’ladi. Dipikolin kislota Ca2 ionlari 
bilan kompleks (Sa  DPK) hosil qiladi. Bu kompleksda magniy, marganets va kaliy 
miqdorining oshishi sporani noqulay sharoit va  issiqlikka chidamliligini oshiradi. 
Spora hosil bo’lishining umumiy sxemasi. Spora bakteriya hujayrasining 
teng bo’linmasligi va sitoplazma membranasining bo’rtib chiqishi va nukleoidning 
oz miqdordagi sitoplazma bilan birga, hujayraning shu qismida to’planishidan hosil 
bo’ladi. 
Prospora ikki qavat sitoplazma membranasi bilan qoplanadi. Bakteriya 
hujayrasi ichida yangi hujayra – prospora hosil bo’ladi. Bu ikki qavat orasi 
peptidoglikandan tuzilgan – korteks bilan to’ladi. So’ngra, uning usti bir necha spora 
qavati (pardasi) bilan o’raladi va spora yetiladi. Spora qavati maxsus sintezlangan 
oqsil, lipid va glikopeptidlardan hosil bo’ladi. Elektron mikroskop yordamida tadqiq 
qilinganda yana bir qavat – ekzosporum qavati borligi aniqlandi va u har xil shaklli 
moddalardan tashkil topadi. Hosil bo’lgan sporaning diametri hujayra diametriga 
teng yoki sal kattaroq ham bo’ladi. Ba’zi bakteriyalarda spora hujayraning bir uchida 
hosil bo’ladi, hujayra kengayib, baraban tayoqchasi shaklini oladi. Ba’zi 
batsillalarda esa spora hujayra markazida hosil bo’lib, sal kengayadi va hujayra 
dugsimon shaklga kiradi, bunday holat ko’pgina Clostridium avlodiga kiruvchi 
bakteriyalarda uchraydi. Bakteriya hujayrasida hosil bo’lgan spora ko’pincha 
kattalashmaydi, hujayra ham avvalgi holatini o’zgartirmaydi. Bu tipdagi spora hosil 
qilish batsillus avlodi vakillarida uchraydi. Yetilgan spora vegetativ hujayra devori 
parchalanganidan so’ng tashqariga chiqadi. 
Sporaning o’sishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, u sekin asta 
bakterial hujayraga aylanadi. Spora suvni shimadi va bo’kadi. Qobig’i bosim ostida 
yirtiladi va sporaning o’sish trubkasi hosil bo’ladi. Keyinchalik ozod bo’lgan 
bakteriyaning uzayishi va o’sha uzaygan hujayraning bo’linishi kuzatiladi. Bakteriya 
hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik saqlanishi mumkin. Ba’zi 
bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshqa moddalarning
o’ldirish uchun 150-160 C issiqlik va qizitish muddati esa bir necha soat bo’lishi kerak. Spora hosil bo’lish jarayonida, hujayrada dipikolin kislotasi (piridin 2,6 – dikarbon kislota) hosil bo’ladi. Dipikolin kislotasi sporaning 10-15% ini tashkil qiladi. U sporaning markaziy qismida hosil bo’ladi. Dipikolin kislota Ca2 ionlari bilan kompleks (Sa  DPK) hosil qiladi. Bu kompleksda magniy, marganets va kaliy miqdorining oshishi sporani noqulay sharoit va issiqlikka chidamliligini oshiradi. Spora hosil bo’lishining umumiy sxemasi. Spora bakteriya hujayrasining teng bo’linmasligi va sitoplazma membranasining bo’rtib chiqishi va nukleoidning oz miqdordagi sitoplazma bilan birga, hujayraning shu qismida to’planishidan hosil bo’ladi. Prospora ikki qavat sitoplazma membranasi bilan qoplanadi. Bakteriya hujayrasi ichida yangi hujayra – prospora hosil bo’ladi. Bu ikki qavat orasi peptidoglikandan tuzilgan – korteks bilan to’ladi. So’ngra, uning usti bir necha spora qavati (pardasi) bilan o’raladi va spora yetiladi. Spora qavati maxsus sintezlangan oqsil, lipid va glikopeptidlardan hosil bo’ladi. Elektron mikroskop yordamida tadqiq qilinganda yana bir qavat – ekzosporum qavati borligi aniqlandi va u har xil shaklli moddalardan tashkil topadi. Hosil bo’lgan sporaning diametri hujayra diametriga teng yoki sal kattaroq ham bo’ladi. Ba’zi bakteriyalarda spora hujayraning bir uchida hosil bo’ladi, hujayra kengayib, baraban tayoqchasi shaklini oladi. Ba’zi batsillalarda esa spora hujayra markazida hosil bo’lib, sal kengayadi va hujayra dugsimon shaklga kiradi, bunday holat ko’pgina Clostridium avlodiga kiruvchi bakteriyalarda uchraydi. Bakteriya hujayrasida hosil bo’lgan spora ko’pincha kattalashmaydi, hujayra ham avvalgi holatini o’zgartirmaydi. Bu tipdagi spora hosil qilish batsillus avlodi vakillarida uchraydi. Yetilgan spora vegetativ hujayra devori parchalanganidan so’ng tashqariga chiqadi. Sporaning o’sishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, u sekin asta bakterial hujayraga aylanadi. Spora suvni shimadi va bo’kadi. Qobig’i bosim ostida yirtiladi va sporaning o’sish trubkasi hosil bo’ladi. Keyinchalik ozod bo’lgan bakteriyaning uzayishi va o’sha uzaygan hujayraning bo’linishi kuzatiladi. Bakteriya hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik saqlanishi mumkin. Ba’zi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshqa moddalarning
 
 
yetishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo’ldi. Bular spora emas. 
Masalan, azotobakter shunday sistalar hosil qiladi. Ular temperatura va quritishga 
chidamli bo’ladi.  
Shu xil tashqi sharoitdan o’zini muhofaza qilish, tsianobakteriyalarda 
akinetlar, 
miksobakteriyalarda 
miksosporalar, 
aktinomitsetlarda 
esa 
endosporalar hosil qilish bilan boradi.  
Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko’pchiligi bir 
hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po’sti, ba’zan esa faqat 
Sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar 
mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga bo’linadi. Ular eukariot 
va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga 
ega bo’lsa, unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha yeu - chin, 
kario - yadro demakdir).  
Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo’lgan mikroorganizmlar prokariotlar 
deyiladi Eukariotlarga zamburug’lar, suvo’tlari, sodda hayvonlar - protistlar kirsa, 
prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari (tsianobakteriyalar) kiradi. 
Eukariotik hujayrada yadroda 1-2 yadrocha – xromasomalar (DNK, oqsil), 
mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, 
Goldji apparatlari mavjud.  
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo’q, 
yadro membranasi bo’lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning 
uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya 
va xloroplastlarga ega emas. 
Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi 
 
Hujayra devori, tuzilishi. Grammmusbat va Grammanfiy bakteriyalarning 
hujayra devori, kimyoviy tarkibi va farqlari.  
 
Sitoplazmatik membrana, uning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi, 
funksiyalari. Mezosomalar. Sitoplazma. Nukleoid va ularning tavsifi. Kiritmalar. 
Hujayra devori. Hujayra devori hujayra massasining 20% ni tashkil etadi, u 
bakterial hujayrani tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan (nurlar, zararli 
moddalar....) saqlaydi va uning qalinligi 10-20 mkn bo’lib, hujayrani tuzlar va 
organik kislotalarning yuqori kontsentratsiyasidagi eritmalari hosil qilgan taxminan
yetishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo’ldi. Bular spora emas. Masalan, azotobakter shunday sistalar hosil qiladi. Ular temperatura va quritishga chidamli bo’ladi. Shu xil tashqi sharoitdan o’zini muhofaza qilish, tsianobakteriyalarda akinetlar, miksobakteriyalarda miksosporalar, aktinomitsetlarda esa endosporalar hosil qilish bilan boradi. Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko’pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po’sti, ba’zan esa faqat Sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga bo’linadi. Ular eukariot va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo’lsa, unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha yeu - chin, kario - yadro demakdir). Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo’lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi Eukariotlarga zamburug’lar, suvo’tlari, sodda hayvonlar - protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari (tsianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadroda 1-2 yadrocha – xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjud. Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo’q, yadro membranasi bo’lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi Hujayra devori, tuzilishi. Grammmusbat va Grammanfiy bakteriyalarning hujayra devori, kimyoviy tarkibi va farqlari. Sitoplazmatik membrana, uning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi, funksiyalari. Mezosomalar. Sitoplazma. Nukleoid va ularning tavsifi. Kiritmalar. Hujayra devori. Hujayra devori hujayra massasining 20% ni tashkil etadi, u bakterial hujayrani tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan (nurlar, zararli moddalar....) saqlaydi va uning qalinligi 10-20 mkn bo’lib, hujayrani tuzlar va organik kislotalarning yuqori kontsentratsiyasidagi eritmalari hosil qilgan taxminan
 
 
3-6 atm., bosimga to’g’ri keladigan hujayra ichidagi osmotik bosimga bardosh 
beradi. Hujayra devori bakteriyalarni Gramm usulida bo’yalganda, uning musbat 
yoki manfiy bo’lishini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan 
(murein) dan tashkil topgan. Bu N-atsetil- N-glyukozamin va N-atsetilmuram 
kislotasining galma-gal -1.4 bog’lar bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan 
geteropolimerdir. Bu polisaxarid zanjiri bir-biri bilan peptid bog’lari orqali 
bog’langan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya 
shaklini saqlab turadi. Gramm musbat bakteriyalarda ko’p qavatli peptidoglikan bor 
(50-90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaxarid, teyxokislota (fosforli ribit va 
fosfor kislotasi glitseridi ) bilan bog’langan. 
Hujayra devori va sitoplazmaning tarkibiga ko’ra hamma turdagi bakteriyalar 
daniyalik olim Gramm ishlab chiqqan differentsial-diagnostik bo’yash usuliga 
turlicha qaraydi. Bu usulga ko’ra bakteriyalar Grammusbat va Grammanfiyga 
bo’linadi. Grammusbat – hujayra devori qalin bakteriyalar hujayra devorining yuza 
qismida bo’yoq bilan mustahkam bog’lanuvchi va spirtda sekin parchalanuvchi 
mikropolisaxaridlar va polifosfatnukleotidlar ko’p miqdorda bo’lgani sababli, ular 
binafsha rangga bo’yaladi. Shu bilan birga Grammanfiy –hujayra devori yupqa 
bakteriyalar – och pushti rangga bo’yaladi, chunki bu bakteriya hujayrasining ichida 
yuqoridagi birikmalar miqdori Grammusbat bakteriyaga nisbatan kam. Grammanfiy 
bakteriyalarda peptidoglikan 1 qavat bo’lib (1-10%) ularda tashqi membrana ham 
bor. Tashqi membrana fosfolipid, lipopolisaxarid va oqsillardan tuzilgan. 
Demak, bakteriyalarning Gramm bo’yicha har xil bo’yalishi bakteriya 
hujayra devoridagi peptidoglikan miqdori va uning lokalizatsiyasiga 
(joylashishiga) bog’lik. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o’simtalar, 
do’ngliklar, tikon kabilar bor.  
Sitoplazmatik membrana. Uning qalinligi 9 nm. cha bo’lib, u hujayra 
devoriga ichki tomondan yopishib turadigan, Sitoplazmaning tashqi qavatidir. U ikki 
qavat lipid molekulalaridan tuzilgan, har bir qavat monomolekulyar oqsil bilan 
qoplagan. Sitoplazmatik membrana hujayra quruq moddasining 8-15% tashkil etadi 
va hujayrani lipid qismining 70-90% ni tutadi. Sitoplazmatik membrana osmotik 
bar’er vazifasini bajaradi va hujayraga moddalarning kirib chiqishni boshqarib 
boradi. Ko’pincha sitoplazmatik membrana ichki tomondan bo’rtib chiqib undan
3-6 atm., bosimga to’g’ri keladigan hujayra ichidagi osmotik bosimga bardosh beradi. Hujayra devori bakteriyalarni Gramm usulida bo’yalganda, uning musbat yoki manfiy bo’lishini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Bu N-atsetil- N-glyukozamin va N-atsetilmuram kislotasining galma-gal -1.4 bog’lar bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan geteropolimerdir. Bu polisaxarid zanjiri bir-biri bilan peptid bog’lari orqali bog’langan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gramm musbat bakteriyalarda ko’p qavatli peptidoglikan bor (50-90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaxarid, teyxokislota (fosforli ribit va fosfor kislotasi glitseridi ) bilan bog’langan. Hujayra devori va sitoplazmaning tarkibiga ko’ra hamma turdagi bakteriyalar daniyalik olim Gramm ishlab chiqqan differentsial-diagnostik bo’yash usuliga turlicha qaraydi. Bu usulga ko’ra bakteriyalar Grammusbat va Grammanfiyga bo’linadi. Grammusbat – hujayra devori qalin bakteriyalar hujayra devorining yuza qismida bo’yoq bilan mustahkam bog’lanuvchi va spirtda sekin parchalanuvchi mikropolisaxaridlar va polifosfatnukleotidlar ko’p miqdorda bo’lgani sababli, ular binafsha rangga bo’yaladi. Shu bilan birga Grammanfiy –hujayra devori yupqa bakteriyalar – och pushti rangga bo’yaladi, chunki bu bakteriya hujayrasining ichida yuqoridagi birikmalar miqdori Grammusbat bakteriyaga nisbatan kam. Grammanfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 qavat bo’lib (1-10%) ularda tashqi membrana ham bor. Tashqi membrana fosfolipid, lipopolisaxarid va oqsillardan tuzilgan. Demak, bakteriyalarning Gramm bo’yicha har xil bo’yalishi bakteriya hujayra devoridagi peptidoglikan miqdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) bog’lik. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o’simtalar, do’ngliklar, tikon kabilar bor. Sitoplazmatik membrana. Uning qalinligi 9 nm. cha bo’lib, u hujayra devoriga ichki tomondan yopishib turadigan, Sitoplazmaning tashqi qavatidir. U ikki qavat lipid molekulalaridan tuzilgan, har bir qavat monomolekulyar oqsil bilan qoplagan. Sitoplazmatik membrana hujayra quruq moddasining 8-15% tashkil etadi va hujayrani lipid qismining 70-90% ni tutadi. Sitoplazmatik membrana osmotik bar’er vazifasini bajaradi va hujayraga moddalarning kirib chiqishni boshqarib boradi. Ko’pincha sitoplazmatik membrana ichki tomondan bo’rtib chiqib undan
 
 
mezosomalar hosil bo’ladi. Sitoplazmatik membrana va mezosomalar yuqori 
darajali organizmlardagi membrana va mitoxondriyalar vazifasini bajaradi. Ularning 
usti va ichida ferment va energiya bilan ta’min etuvchi sistemalari joylashgan. 
Bularga nafas fermentlari, hujayraga moddalarning kirib – chiqishini regulyatsiya 
qiluvchi ferment sistemalari, azotofiksatsiya, xemosintez va boshqa jarayonlarni 
amalga oshiruvchi fermentlar sistemasini misol qilib keltirish mumkin. 
Hujayra devori va kapsulasining biosintezi, tashqariga ekzoferment ajratish, 
bo’linish, spora hosil qilish funksiyalari sitoplazmatik membrana, mezosoma va 
shunga o’xshash strukturalarga bog’liqdir. 
Sitoplazma. Sitoplazma membrana bilan o’ralgan. U kolloid sistema bo’lib 
suv, oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar va boshqalardan tuzilgan. Uning 
tarkibi bakteriyaning yoshi va turiga qarab o’zgarib turadi. Unda, ya’ni 
Sitoplazmatik membrananing ichki qismida, genetik apparat, ribosomalar, kiritmalar 
bo’lib, bulardan qolgan qismini sitozol tashkil qiladi. Sitozol Sitoplazmaning 
gomogen qismi bo’lib, oqsillar, fermentlar, substratlar, eruvchan RNK va boshqa 
hujayra granulalaridan iborat. 
Sitoplazma strukturasini o’rganish natijasida uning mayda granulali ekanligini 
va bu granulalarning diametri 10-20 nm ekanligi aniqlandi. Ularning ko’pchiligi 
ribosomalardir (ribosomalarning 60% RNK va 40% oqsil), ribosomalarni miqdori 
bitta bakteriyada 5000dan 50 000gacha bo’lib, ular oqsil sintezini poliribosoma 
holida olib boradi.  
Sianobakteriylar sitoplazmasida tilakoid (fikibilisomlar) bo’lib, ular fotosintez 
olib boruvchi membrana qurilmalaridir. Ular xlorofil va karatinoidlardan tuzilgan. 
Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan fermentlar 
(bakterioxlorofill, karatinoidlar) xromotoforlarda joylashgan. Ular hujayra 
massasining 40-50% tashkil etadi. Tilakoidlar oqsil va lipidlardan tuzilgan. 
Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog’langan deb taxmin qilinadi.   
Yashil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma deb 
ataladigan membrana qurilmasida mavjud. 
Suv bakteriyalarining ko’plari gaz bilan to’lgan struktura – gaz vakuolalar 
(aerosomalar) tutadi. Ba’zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar (ko’p burchakli) 
yoki karboksisomalar bo’lib, ular CO2 ni bog’lash vazifasini bajaradi.
mezosomalar hosil bo’ladi. Sitoplazmatik membrana va mezosomalar yuqori darajali organizmlardagi membrana va mitoxondriyalar vazifasini bajaradi. Ularning usti va ichida ferment va energiya bilan ta’min etuvchi sistemalari joylashgan. Bularga nafas fermentlari, hujayraga moddalarning kirib – chiqishini regulyatsiya qiluvchi ferment sistemalari, azotofiksatsiya, xemosintez va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi fermentlar sistemasini misol qilib keltirish mumkin. Hujayra devori va kapsulasining biosintezi, tashqariga ekzoferment ajratish, bo’linish, spora hosil qilish funksiyalari sitoplazmatik membrana, mezosoma va shunga o’xshash strukturalarga bog’liqdir. Sitoplazma. Sitoplazma membrana bilan o’ralgan. U kolloid sistema bo’lib suv, oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar va boshqalardan tuzilgan. Uning tarkibi bakteriyaning yoshi va turiga qarab o’zgarib turadi. Unda, ya’ni Sitoplazmatik membrananing ichki qismida, genetik apparat, ribosomalar, kiritmalar bo’lib, bulardan qolgan qismini sitozol tashkil qiladi. Sitozol Sitoplazmaning gomogen qismi bo’lib, oqsillar, fermentlar, substratlar, eruvchan RNK va boshqa hujayra granulalaridan iborat. Sitoplazma strukturasini o’rganish natijasida uning mayda granulali ekanligini va bu granulalarning diametri 10-20 nm ekanligi aniqlandi. Ularning ko’pchiligi ribosomalardir (ribosomalarning 60% RNK va 40% oqsil), ribosomalarni miqdori bitta bakteriyada 5000dan 50 000gacha bo’lib, ular oqsil sintezini poliribosoma holida olib boradi. Sianobakteriylar sitoplazmasida tilakoid (fikibilisomlar) bo’lib, ular fotosintez olib boruvchi membrana qurilmalaridir. Ular xlorofil va karatinoidlardan tuzilgan. Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan fermentlar (bakterioxlorofill, karatinoidlar) xromotoforlarda joylashgan. Ular hujayra massasining 40-50% tashkil etadi. Tilakoidlar oqsil va lipidlardan tuzilgan. Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog’langan deb taxmin qilinadi. Yashil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma deb ataladigan membrana qurilmasida mavjud. Suv bakteriyalarining ko’plari gaz bilan to’lgan struktura – gaz vakuolalar (aerosomalar) tutadi. Ba’zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar (ko’p burchakli) yoki karboksisomalar bo’lib, ular CO2 ni bog’lash vazifasini bajaradi.