PROKARIOTLARNING OZIQLANISHI (Bakteriya hujayrasidagi asosiy kimyoviy birikmalar va elementlar)
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
38,8 KB
PROKARIOTLARNING OZIQLANISHI
Reja:
1. Bakteriya hujayrasidagi asosiy kimyoviy birikmalar va elementlar.
2. Kimyoviy elementlarga bo’lgan ehtiyoji.
3. Prokariotlarning uglerod manbaiga qarab guruhlarga bo’linishi.
4. Oziqlanish tiplari. Oziqa moddalarining mikroorganizmlarga o’tishi.
5. Mikroorganizmlarning nafas olishi
Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo’l bilan
amalga oshadi. Osmos bu eritmalarda moddalarning yarim o’tkazgich membranadan
diffuziya bo’lishi. Bunday membranadan moddalar har xil tezlik bilan o’tadi, ba’zi
moddalar jumladan kolloid moddalar o’ta olmaydilar. Mikroorganizmlarning o’sishi
uchun suv juda zarur. Chunki oziqa moddalari suvda erigan holda bo’lib, ularni
bakteriyalar olib, o’z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Oziqa muhitlarida,
mikroorganizm hujayrasini olishi uchun kerak bo’lgan hamma elementlar,
mikroorganizm o’zlashtiradigan holatda bo’lishi kerak.
Tirik organizmning asosiy xususiyatlaridan biri moddalarning almashinishi.
Bu ikki jarayonni o’z ichiga oladi: birinchisi mikrob hujayrasidagi asosiy qismlarni
sintez qilish uchun tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarning mikrob hujayrasiga
kirishi. Ikkinchisi esa mikroblarning hayot faoliyatida paydo bo’lgan moddalarning
tashqi muhitga chiqishi, ya’ni almashinuv jarayoni. Almashinuv (metabolizm)
ikkiga: assimilyatsiya (anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm) ga bo’linadi. Bu
ikkala jarayon bir-biri bilan tirik hujayrada doim chambarchas bog’liq va
ajralmasdir. Mikroorganizmlarda oziq hazm qiladigan maxsus organ yo’q. Oziqni
ular butun tanasi bilan ikki tomonlama osmotik hodisalar hisobiga iste’mol qiladi.
Natijada ma’lum oziq moddalarning to’xtovsiz ravishda hujayraga o’tishi va
moddalar almashinuvi mahsulotining hujayradan chiqib ketishiga sabab bo’ladi.
Mikroblarning hujayrasi bir sutkada, vazniga ko’ra 20—30 marta ko’p oziqli
moddalarni o’zlashtiradi.
Bakteriyalar biomassasini tsentrifuga yordamida ajratib olib, cho’kma analiz
qilinganda uning 70-85 %i suv, 15-30% ni quruq biomassa tashkil etgan. Agar
bakteriya hujayrasi ko’p zaxira moddalar (lipidlar, polisaxaridlar, polifosfatlar yoki
oltingugurt) tutsa, uning quruq moddasi ham ko’proq bo’ladi.
Bakteriyaning quruq moddasi - bu asosan polimerlar oqsil 50%, hujayra
devori moddalari (10-12%), RNK (10-20%), DNK (3-4%), hamda lipidlar (10%) dan
tashkil topgan. Eng muhim kimyoviy elementlardan: uglerod - 50%, kislorod - 20%,
azot - 14%, vodorod - 8%, fosfor - 3%, oltingugurt - 1%, kaliy - 1%, magniy - 0.5%
va temir - 0.2%.
Kimyoviy elementlarga bo’lgan extiyoj. Hujayrani qurish uchun zarur
elementlar makro- va mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga hamma
organizmlarda uchraydigan 10 ta element - uglerod, kislorod, vodorod, azot,
oltingugurt, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga:
marganets, rux, molibden, mis, kobalt, nikel, vannadiy, bor, xlor, natriy, selen,
kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, qaysiki ularga hamma organizmlar
muhtoj.
Uglerod manbai. Fotosintez yoki anorganik moddalarning oksidlanishidan
energiya oladigan organizmlar, asosiy uglerod manbai sifatida ko’pincha CO2
ishlatish qobiliyatiga ega. C-avtotrof organizmlar CO2 ni qaytaradi. Qolgan
organizmlar esa uglerodni organik moddalardan oladi. Organik moddalar ham
energiya, ham uglerod manbai bo’lib xizmat qiladi. Tabiatda polisaxaridlardan
tsellyuloza va kraxmal ko’p . Bu moddalarning struktura elementi bo’lgan
glyukozani ko’p mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman mikroorganizmlar boshqa
organik birikmalarni ham o’zlashtirish qobiliyatiga egadir.
Qo’shimcha moddalar (kiritmalar). Mikroorganizmlarning o’sishi uchun
o’sish moddalari ham zarur. Bunday o’sish faktorlari 3 guruh birikmalar -
aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vitaminlardir. O’sish faktorlariga muhtoj
organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. O’sish faktorlariga muhtoj
bo’lmaganlari esa prototrof organizmlar deyiladi.
Uglerod manbaiga qarab ( kontrastruktiv metabolizm uchun) prokariotlar ikki
guruhga bo’linadi: avtotroflar hujayraning barcha komponentlarini karbonat
angidriddan sintez qiluvchilar va geterotroflar - konstruktiv metabolizm uchun
uglerod manbai sifatida organik birikmalarni ishlatuvchilar. “Avtotrofiya” grekcha
autos - o’zim, tropos - ovqat degan ma’noni anglatib, mustaqil ovqatlanish degan
ma’noni bildiradi, «geterotrofiya» so’zi grekcha heteros - boshqa va tropos - ovqat,
ovqatlanish degan ma’noni anglatadi. Mikroorganizmlar ichida obligat hujayrada
parazitlik qilib yashovchi geterotroflari ham bor, ularga rikketsiylarni misol qilib
keltirish mumkin. Yana bir xil geterotrof ovqatlanuvchilari bo’lib, ularni fakultativ
parazitlar deyiladi. Ular sun’iy oziqa muhitida o’sadi. Oziqa muhitga go’sht
gidrolizati, qon yoki uning zardobi, vitaminlar to’plami, nuklein kislota va ho
kazolarni solish zarur.
Geterotroflardan yana bir guruhi saprofit mikroorganizmlar bo’lib, ular
boshqa organizmlarga muhtoj bo’lmasa ham, tayyor organik moddalarni talab etadi.
«Saprofit» so’zi grekcha sapros-chirigan, fiton - o’simlik degan ma’noni anglatadi.
Suv havzalarida organik moddalarning tuban kontsentratsiyasi sharoitida
yashaydigan oligotrof bakteriyalar ham mavjud.
Oziqlanish tiplari. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarni oziqlanish tipiga qarab
klassifikatsiyalaganda, e’tibor ularning energiya va uglerod manbalarini
o’zlashtirishiga qaratiladi.
1. Fotolitotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar yorug’lik
energiyasini ishlatib CO2, H2O dan foydalanib hujayra moddalarini sintezlaydi. Bu
guruhga tsianobakteriyalar va qirmizi oltingugurt bakteriyalari misol bo’la oladi.
2. Fotoorganogeterotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi bakteriyalar
fotosintezdan tashqari, oddiy organik moddalarni ishlatishi mumkin. Bu guruhga
qirmizi nooltingugurt bakteriyalari kiradi.
3. Xemolitoavtotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar
energiyani anorganik birikmalarning (N2, NN4, NO2, Fe2, N2C, C, CO32, C2O32Ї,
CO), oksidlanishidan oladi. Bu jarayon xemosintez deyiladi. Xemolitoavtotroflar
hujayrani komponentlarini sintez qilishi uchun uglerodni CO2 dan oladi. Temir va
nitrifikator bakteriyalar xemosintezini 1887-1990 yillarda S. N. Vinogradskiy kashf
etgan.
2NH3 + 3O2 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ
2HNO2 + O2 2HNO3 + 180 kJ
4FeSO3 + O3 + 6H2O 4Fe(OH)3 + 4CO2 + 167 kJ
2N2 + O2 2N2O + 575 kJ
4. Xemoorganogeterotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar
kerakli energiya va uglerodni organik moddalardan oladi. Misol qilib, tuproq va
boshqa substratlardagi aerob va anaerob mikroorganizmlarni ko’rsatish mumkin.
Bularga saprofit, parazit mikroorganizmlar kiradi.
Mikroorganizmlarda miksotrof ovqatlanish tipi ham uchraydi. Bu tipda
ovqatlanadigan mikroorganizmlar bir vaqtning o’zida ham organik modda ham
mineral birikmalarni oksidlaydi yoki ular uchun uglerod manbai bo’lib, karbonat
angidrid va organik moddalar xizmat qiladi.
Tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlardan yana bir guruhi metiltroflar
bo’lib, ular o’sish uchun kerak energiya va uglerodni bir uglerodli moddalardan (
metan, metanol, formiat, metilamin) oladi. Ular boshqacha C1-o’zlashtiruvchi
formalar (shakllar) yoki metiltroflar deyiladi.
Mikroorganizmlar tomonidan karbonat angidridning o’zlashtirilishi.
Avtotrof mikroorganizmlar o’stirilganda, ularni CO2 bilan ta’minlash uchun
oziqa muhitiga natriy bikarbonat qo’shiladi va shu orqali yopiq idishdagi havoda
CO2 mavjudligi ta’minlanadi. Karbonat angidridni puflab kirgizsa ham bo’ladi.
Geterotrof, o’sishiga organik manba talab qiluvchi mikroorganizmlarga ham
CO2 zarur. qonda, to’qima yoki ichaklarda parazitlik qilib yashaydigan ko’pgina
mikroorganizmlar karbonat angidridning ancha yuqori kontsentratsiyasiga
moslashgan. Shuning uchun bunday bakteriyalar karbonat angidrid bilan boyitilgan
(10% hajm) muhitda o’stiriladi.
Mikroorganizmlar o’zlashtiradigan azotli va boshqa organik va mineral
birikmalar. Eng qulay azot manbai ammoniy tuzlaridir. Ba’zi prokariotlar
molekulyar azotini qaytarish xususiyatiga ega, boshqalari azotni aminokislotalardan
oladi.
Oltingugurt hujayrada sulfogidril guruhlar sifatida uchraydi. Ko’pgina
mikroorganizmlar oltingugurtni sulfatlardan qaytarib oladi. Ba’zilari esa vodorod
sulfid yoki tsisteinni oltingugurt manbai sifatida ishlatiladi.
Fosfor. Nuklein kislotalar, fosfolipidlar, kofermentlar tarkibiga kiradi. ATF,
ADF tirik organizmlar tomonidan energiyani akkumulyatsiya qilishda ishlatiladi.
Fosforsiz mikroorganizmlar rivojlanmaydi. Fosforning eng yaxshi manbai ortofosfor
kislotasining tuzlaridir.
Kaliy hujayraning uglevod olmashinuvida katta rol o’ynaydi.
Magniy qirmizi va yashil bakteriyalardagi bakterioxlorofilli, tsianobakteriylar
xlorofillari tarkibiga kiradi. Undan tashqari, ko’pgina fermentlarning aktivatori
bo’lib ham xizmat qiladi. Kaliy va magniy elementlarining manbalari sifatida,
ularning tuzlari xizmat qiladi.
Kaltsiy
azotobakter,
klostridium
kabi
azot
o’zlashtiruvchi
mikroorganizmlarning azot o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Uning manbai
kaltsiyning suvda eriydigan tuzlaridir.
elementi almashtirib bo’lmaydigan elementlar qatoriga kiradi. Chunki u
fermentlarning kofermentlari qismida (gemin), tsitoxromlar va hokazolarda
uchraydi. Uning manbai temirning oltingugurtli tuzlaridir.
Mikroelementlar mikroorganizmlar tanasida kam bo’lsa ham, zarur elementlar
dan hisoblanib, idora funksiyasini bajaruvchi oqsil va boshqa moddalar tarkibiga
kiradi.
Oziqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga o’tishi.
Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida
kiradi. Hujayraga ularning o’tishida hujayra devori bar’erlik vazifasini bajarsa,
Sitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini o’ynaydi. Moddalar hujayraga passiv
diffuziya orqali, kontsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo’lsa) yoki elektr
potentsiallari farqi bo’yicha (sitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr
potentsiallar farqi) mavjud bo’lsa o’tadi. Moddalar transporti osonlashgan diffuziya
orqali, kontsentratsiyalar farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz
berishi mumkin. Yana ikkinchi tipi aktiv transport, moddalar hujayra ishiga
kontsentratsiya gradientga qarshi yo’nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu
mexanizm moddalarning muhitdagi kontsentratsiyasi kam bo’lganda ishlatiladi.
Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo’lib, ular hujayraga moddalarni olib
kirishda xizmat qiladi. Birgina esherixiya koli tayoqchasida 8000 tacha permeaza
mavjud. Qand moddalarining hujayraga o’tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida
ferment yordamida fosforlanadi, so’ngra sitoplazmaga o’tadi.
Oziq muhitlar
1 Oziq muhit deb, tarkibida oddiy va murakkab birikmalar tutgan, shu
birikmalarda bakteriyalar laboratoriya sharoitida ko’paytirib olishga aytiladi.
Oziq muhitlar bakteriya uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:
1. Bakteriyalarni ko’payishi uchun zarur moddalar o’tishi kerak va yengil hazm
bo’lishi kerak
2. Oziq muhitlar ma’lum ph ga va izotonik holatga ega bo’lishi kerak va yana
tiniq bo’lishi kerak.
3. Oziq muhitlar bakteriologik laboratoriyalarda sterilizatsiya qilinganda o’z
xolatlarini o’zgartirmasligi kerak.
Olinishiga qarab:
1) Tabiiy oziq muhitlar
2) Sun’iy oziq muhitlar - bularga agar-agar, jelatina, pepton.
Xolatiga qarab:
1) qattiq
2) suyuq
3) yarim suyuq
Ishlatilishiga qarab:
1) Asosiy yoki universal oziq muhitlar. Masalan, neytral agar, go’sht-pepton
agar va bulon. Ko’p mikroorganizmlar shu muhitda o’sadi
2) elektiv muhitlar. Bu muhitlar mikroorganizmlarni ko’payishiga bog’liq.
Elektiv muhitlarga: 1% peptonli suv kiradi
(vabo vibrioni uchun), Safro qo’shilgan muhitlar - safroil bulon va Rapokort
muhit (qorin tifi uchun), stafilokokk uchun sut va tuxum sarig’i qo’shilgan tuzli agar.
3) Differensial-diagnostik muhitlar. Bu muhitlar laboratoriya sharoitida
bakteriyalarning bir-biridan farqlash maqsadida ishlatiladi. Masalan, Ploskiryova,
endo, vismut-sulfat agar muhitlar kiradi.
Qattiq oziq muhitda kolonik hosil kiladi. R va S koloniya tafovut qilinadi.
Suyuq oziq muhitda diffuz loyqalash va cho’kma, plyonka hosil qilib o’sadi.
Mikroorganizmlarning nafas olishi
Ma’lumki, atmosfera tarkibida taxminan 78% azot, 20.9% kislorod va 0,03—
0,09% gacha karbonat angidrid (karbonat gazlar) bor. Shu gazlarda asosiy rolni
kislorod o’ynaydi. Chunki bakteriyalarning nafas olishi murakkab biologik jarayon
bo’lib, mikroorganizmlarga turli organik birikmalarni sintezlash uchun kerakli
energiya shu tufayli hosil bo’ladi. Bakteriyalar esa hayvonlar va o’simliklar kabi
nafas olishda kisloroddan foydalanadi.
Ba’zi mikroorganizmlar kislorodsiz muhitda ham yashashlari mumkin. Turli
mikroorganizmlarning erkin kislorodga muhtoj emasligi 1861 yilda L. Paster
tomonidan aniqlandi. L. Paster ba’zi mikroorganizmlarda hayot faoliyati uchun
kerakli energiya bijg’ish jarayonida hosil bo’lishini isbotladi. Mikroorganizmlar
kislorodga muhtoj yoki muhtoj emasligiga ko’ra ikkita katta gruppaga bo’linadi:
1) Aeroblar-havodagi erkin kislorod bilan nafas oluvchi mikroorganizmlar (aero —
havo so’zidan olingan);
2) Anaeroblar — havodagi erkin kisloroddan nafas olmaydigan mikroorganizmlar
(an -yo’q, aero-havo so’zidan olingan). Aeroblar va anaeroblar orasida keskin
chegara yo’q. Shuning uchun aerob va anaerob mikroorganizmlar o’z navbatida
quyidagilarga bo’linadi:
1. Obligat (qat’iy) aeroblar — atmosfera havosida 20% kislorod bor sharoitda
yaxshi rivojlanadi.
2. Mikroaerofillar— kislorodga kamroq muhtoj. Kislorodning yuqori
kontsentratsiyasi bu gruppa mikroorganizmlarini o’ldirmasada, ularning o’sishini,
rivojlanishini susaytiradi (aktinomitsetlar, leptospirallar va hokazo).
3. Obligat (qat’iy) anaeroblar — molekulyar kislorodsiz sharoitda rivojlanadi
va molekulyar kislorodning zaharli rivojlanishini to’xtatuvchi faktor bo’ladi (Bats.
tetani, Bats. batulinus va hokazo).
4. Fakultativ anaeroblar — molekulyar kislorodning bor-yo’qligiga qaramay
yashaydi va rivojlanadi (ko’pincha patogen va saprofit mikroblar).
Aerob bakteriyalar nafas olish jarayonida turli organik moddalarni (uglevodlar,
yoq, oqsil, spirtlar, organik kislotalar va boshqa birikmalarni) oksidlaydi.
Pentozanlar — o’simlik to’qimalari hosil bo’lishida doimo - tsellyuloza bilan
birga bo’ladi. Ular to’qimalarda ozroq miqdorda uchraydi. Pentozanlar gidrolizida
hosil bo’ladigan pentozanlar aerob bakteriyalar Bats. Asterosporus hamda
zamburug’ Mukor stolonifer ta’sirida oksidlanishidan tashqari, sut kislota hosil
qiluvchn bakteriyalarning ba’zi turlari Laktobakterium pentoatsetikum ta’sirida ham
bijg’ib, sut va sirka kislotalar hosil qilishi mumkin.
Pektin moddalar ham har xil aerob mikroorganizmlar ta’sirida oksidlanadi. Ular
o’simlik hujayralarini bir-biriga biriktirib turuvchi moddalardir, ya’ni bu o’simlik
hujayralarini mustahkamlab turkumlarga aylantiradigan hujayralararo moddalardir.
Shu moddalar mikroorganizmlar ta’sirida avvalo galakturan kislota, galaktoza,
arabinoza, ksiloza, sirka kislotagacha gidrolizlanadi, so’ngra esa aerob bakteriyalar
Bats.Subcilus hamda zamburug’lar Mukor stolonifer ishtiroki bilan karbonat
angidrid va suvgacha ham oksidlanadi. Anaerob bakteriyalar ta’sirida mutlaqo
parchalanmaydigan
galakturon
kislotaning
ham
yuqorida
aytib
o’tilgan
mikroorganizmlar ta’sirida 90—95% i oksidlanadi.
Lignin yog’ochlangan o’simlik to’qimasi tarkibiga kiradi va murakkab hamda
barqaror birikmalardan iborat bo’ladi. Ligninni Merulius lakrimans va Mukor
xlomidosporus ratsemozus degan zamburug’lar va ba’zi bakteriyalar zo’r berib
parchalaydi. Shu zamburug’lar ta’sirida yog’och 84% tsellyulozadan iborat bo’lgan
liqildoq sarg’ish massaga aylanadi. yog’ochning shilimshiqlanishi ko’pincha tropik
o’rmonlarda uchraydi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Bakteriya hujayrasining kimyoviy elementlar tarkibi haqida ma’lumot bering.
2.
Qanday mikroorganizmlar avtotrof mikroorganizmlar deyiladi.?
3.
Geterotrof mikroorganizmlarning ovqatlanishi qanday amalga oshadi?
4.
Mikroorganizm hujayrasiga ozuqa moddalar qanday o’tadi?
Glossariy
1. Auksotrof, ауксотроф - o‘sish faktorlariga muhtoj organizmlar.
2. Prototrof, прототроф - o‘sish faktorlariga muhtoj bo‘lmagan.
3.Avtotroflar, автотрофы - hujayraning barcha komponentlarini karbonat
angidriddan sintez qiluvchilar.
4.Geterotroflar, Гетеротрофы - konstruktiv metabolizm uchun uglerod manbai
sifatida organik birikmalarni ishlatuvchilar.
5.Oligotrof, Олиготрофный - suv havzalarida organik moddalarning tuban
konsentratsiyasi sharoitida yashaydigan bakteriyalarga aytiladi.
6.Fotolitotrofiya, Фотолитотрофия - yorug‘lik energiyasini ishlatib CO2, N2O
dan foydalanib hujayra moddalarini sintezlaydigan mikroorganizmlar.
7. Fotoorganogeterotrofiya, Фотоорганогетеротрофия- fotosintezdan tashqari,
oddiy organik moddalarni ishlatishi mumkin bo’lgan mikroorganizmlar. Bu guruhga
qirmizi nooltingugurt bakteriyalari kiradi.
8.Xemolitoavtotrofiya, Гемолитоавтотрофия- energiyani
anorganik
birikmalarning (N2, NN4+, NO2-, Fe2+, N2C, C°, CO32-, C2O32 , SO), oksidlanishidan
oladigan mikroorganizmlar. Bu jarayon xemosintez deyiladi.
Adabiyotlar
1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014.
2. Лысак В.В.Микробиология. Минск: БГУ.2007
3. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014.