Qadimgi g’arb mamlakatlarida tibbiyot rivojlanishi (Yunoniston, Rim, Vizantiya va boshqa mamlakatlar)
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
22,8 KB
Qadimgi g’arb mamlakatlarida tibbiyotni, rivojlanishi (Yunoniston, Rim,
Vizantiya va boshqa mamlakatlar).
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston tibbiyoti.
2. Xippokrat. Uning xayoti va faoliyati.
3. Qadimgi Rim tibbiyoti.
4. Klavdiy Galen. Xayoti va faoliyati.
Qadimgi Yunoniston tibbiyoti. Qadimgi Yunoniston tibbiyoti tarixini
o’rganishda biz uchun eng dastlabki manba’ Xomerning «Iliada» poemasidir. Bu
poemada bayon etilishicha, Troyan urushida, keyinroq tibbiyot xudosi deb nom
olgan tabib – Asklepiy katnashgan. Uning Maxaon va Podaliriy nomli ikki ug’li va
Xigieya ham Panakeya ismli ikki qizi bo’lgan. Bular ham tabib bo’lganlar va yunon
askarlarini davolashda katnashganlar. Maxaon jarroxlik qilgan. Podaliriy esa
terapevt bo’lgan.
Xigieya xar qanday kasallikdan saqlanish yo’llarini bilgan, uni salomatlik xudosi
deb ataganlar. Panakeya esa xar qanday kasallikka ham davo bo’ladigan dori
tayyorlash usulini bilgan.
Tabiblar o’zaro birlashib, ayrim shaxar va o’lkalarda tibbiyot maktablarini tashkil
eta boshladilar.
Kroton tibbiyot maktabi Italiyada tashkil etilgan bo’lib, o’sha vaqtda Kroton
Yunoniston koloniyasi bo’lgan. Kroton maktabning olimlari inson organizmining
tabiati masalasini aniq ishlab chiqkarganlar. Bu ta’limni tibbiyot soxasida
Alkmeon olib kirib, tibbiyotda pnevmatik nazariyani joriy etdi. Kroton maktabi
odam tabiatini ham, anatomiyani ham xal qilib bera olmadi.
Knidos maktabi esa shu nomli shaxarda tashkil topgan. Bu maktabga Evrifon
asos solgan. Bu maktabdan bizgacha «Ichki kasalliklar» nomli kitob etib kelgan.
Knidos maktabi vaqillarining eng muhim yutug’i shundan iboratki, ular kasalliklar
patogenezini ishlab chiqqanlar.
Kos tibbiyot maktabi Qadimgi Yunonistonning Kos orolida vujudga keldi. Kos
maktibining eng yirik namoyandasi mashxur Xippokratdir.
Kos maktabining asosi
y yutug’i shundan iboratki, bu maktab amaliy
tibbiyotni yuksak darajaga ko’tardi. Xususan, jarroxlik soxasida katta yutuqlarga
erishgan.
Kos maktabining eng yashnagan davri eramizdan oldingi V va VI asrlarga to’g’ri
keladi. Bu davr jaxoning eng yirik tabibi va olimi Xippokratning xayoti va ijodi
davridir.
Xippokrat eramizdan oldingi 460 yilda Qadimgi Yunonistonning Kos orolida
tug’ilgan. Uning hamma avlodlari tabiblik kasbi bilan shug’ullanganlar.
Xippokrat maxsus davolash prinsiplarini ishlab chiqqan:
1. Bemorga faqat foyda keltirish pirinsipi.
2. Qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash pirinsipi.
3. Organizmning o’z tabiatiga yordam berish prinsipi.
4. Bemor tanasini va uning kuchini asrash prinsipi.
Xippokrat tomonidan ishlab chiqilgan bu muolaja prinsiplari xozir ham o’z
qimmatini yoqotmagan.
Xippokrat mashxur tabib bo’lishi bilan birga o’z davrining ulug donishmandi va
faylasufi bo’lgan. U o’z falsafiy dunyo qarashi bilan materializm nuqtai nazarda
mustaxkam turardi. U odam organizmi atomlardan tashkil topgan degan g’oyani
olga surdi.
Xippokrat o’z shogirtlari bilan katta tibbiy asar yozib qoldirgan. U «Xippokrat
to’plami» deb ataladi. «Xippokrat to’plami» 72 ta katta Kichik kitobcha va
maqolalardan iborat. SHulardan 12 tasi Xippokratning o’z qalamiga mansub,
qolganlarini uni shogirdlari yozganlar.
«Xippokrat to’plami» tibbiy qasamyod bilan boshlanadi. Uni ko’pincha
«Xippokrat qasamyodi» deb ataydilar.
Xippokratning eng asosiy asari «Xavolar, suvlar va joylar» deb ataladi. Bu asarda
Xippokrat ko’p mamlakatlarga sayoxat qilib, u erlarning tabiy sharoitlari,
odamlari va ularning xususiyatlari, o’sha joyda uchraydigan kasalliklar haqida
orttirgan tajribalarini bayon etadi.
Asklepiad (eramizdan oldingi 131-56 yy.) asli o’zi yunonlik bo’lgan. U Afina va
Iskandariyada ta’lim olgan va mashxur xaqim bo’lib etishgan. U eramizning
oldingi 95 yilda Rim shaxriga ko’chib kelib, umrining oxirgacha shu erda yashadi.
Asklepiad ham Xippokrat kabi odam tabiati masalasid atomistik nazariyaga
asoslanadi. U atomlarni zarrachalar deb ataydi. Olimning fikricha, shu ko’zga
ko’rinmas mayda zarrachalar organizmda mavjud bo’lgan juda nozik naychalar
orqali doimo xarakatda bo’ladilar. Biror sabab bilan shu zarrachalar yo’lida
tusiqlik paydo bo’lsa, shu joy o’zgarib, kasallik paydo bo’ladi.
Davolash masalasida asklepiad quyidagi prinsipga amal qilishni atvsiya etadi:
bemorni ishonarli, tez va azob bermaydigan usullar bilan davolash kerak. U
bemorga azob beradigan jarroxlik usullarini juda kam ishlatgan. Ammo o’zi
yaxshi jarrox edi. U birinchilardan bo’lib, traxeotomiya usulini ishlab chiqqan.
Bemorlarni davolashda tabbiy omillardan, masalan, toza xavo, massaj kabi
usullarni tavsiya etgan. Jismoniy chiniqishdan ham keng foydalangan. Korneliy
Selsning asosiy xizmati shundan iboratki, u o’zidan ilgari o’tgan barcha mashxur
tabiblarning asarlarini to’plab, bir tartibga keltirdi, uni o’z tajribalari bilan boyitdi
va aloxida kitob qilib chiqardi. Korneliy Sels etmish tomlik «Artes» («San’at»)
nomli asar yozgan. SHu asarning 8-chi tomi tibbiyotga bag’ishlangan bo’lib, u
«Tibbiyot haqida» deb ataladi.
Bu kitobda tibbiyotning asosiy prinsiplari va amaliy vazifalari bayon etilgan
bo’lib, unda ayniqsa, jarroxlik kasalliklari va ularni davolash usullari aniq
yoritilgan.
Qadimgi Rimda tabiblar etishiribi chiqariladigan maxsus tabiiy bo’lib yurtlari
bo’lgan. Ularda tibbiyot bilimlaridan tashqari, grammatika, tarix, adabiyot,
ritorika (notiklik san’ati), riezied, falakiet va falsafa fanlaridan darslar o’qitilgan.
Qadimgi Rim tabiblaridan eng mashxur Galendir.
Antik dunyoning mashxur tabiblaridan biri - Klavdiy Galen edi. U jaxon tibbiyoti
tarixada Xippokratdan so’ng yirik olim va tabib sifatida shuxrat qozondi. U o’z
zamonasida buyuk nazariyotchi olim, anatom, eksperimentator, tabib sifatida
ma’lum edi.
Klavdiy Galen 131 yilda pergam shaxrida dunyoga keldi. Uning otasi niqon
mashxur arxitektor bo’lgan. U ancha badavlat odam bo’lganligi uchun o’z ug’li
Klavdiyga yaxshi tarbiya va bilim bera oldi.
Klavdiy Galen yoshligidanok atrof tabiatga qiziqa boshladi. Tabiiy bilimlar va
tibbiyotini qiziqib o’rgandi. Klavdiyning zexni va idroki shu qadar zo’r ediki, u
14 yoshidayok falsafiy asarlarni, xususan Aristotel va Platon asarlarini bemalol
mutolaa qila boshladi. 17 yoshga etganda Asklepiyon deb ataluvchi kasalxona va
tibbiy maktabga qatnab, tibbiyotni o’rganishga kirishdi. Smirn, Korinf va
Iskandariya shaxarlarida yashab, bu shaxardagi olimlardan anatomiya, fiziologiya
va amaliy tibbiyotdan bilim oldi. Iskandariyada 9 yil yashab, tibbiyotning hamma
nazariy va amaliy soxalarini oldi va yuksak bilimli tibbiyot olimi darajasiga etdi.
So’ng o’z tug’ilgan shaxri Pergamga qaytib keldi. Bu erda 4 yil davomida
gladiatorlar maktabida tabiblik qildi. Bu ham Galen uchun katta tajriba maktabi
bo’ldi.
164 yilda Galenni rimga, imperator mark Avreliy saroyiga taklif etdilar va uni
imperatorning saroy tabibi vazifasiga tayinladilar.
Galenning tibbiyotga oid eng muhim asarlaridan: «Anatomik tekshirishlar»,
«Odam tanasi kimlarining ahamiyati», «tabiblik san’ati», «davo san’ati», «Davo
usullari», «Tananing kasallangan a’zolari haqida», «Dorilarning tarkibi haqida»,
«Xigiena», «Xippokratcha qoidalar» va x.k.
Galenning tibbiyotga oid eng yirik asarlaridan biri «odam tanasi qismlarning
ahamiyati» nomli ktobidir. Bu asar 17 jilddan iborat bo’lib, unda odam
organizmning tuzilishi, uning xususiyatlari va organlarining funksiyalari haqida
so’z yuritiladi. Galen anatomiya va fiziologiya fanlarini bir-birlari bilan juda
bog’liq fanlar, deb bilgan. O’zi anatomik tekshirishlarni fiziologik ko’zdan
kechirishlar bilan birga qo’shib olib borgan. Galen xar bir a’zo ma’lum vazifani
bajardi, demak, biror a’zoning tuzilishini o’rganishda uning funksiyasini xisobga
olish kerak deydi. Galen xar bir tabib odam anatomiyasi va fiziologiyasini bilishi
shart, deydi. CHunki kasalliklar xar bir ayrim a’zoda kelib chiqib, uning tuzilishi
va funksiyasini o’zgartiradi. U material va ideal borliqni tan olgan.
Galen 201 yilda, 70 yoshida Rimda vafot etdi.
Qisqacha xulosa: Tibbiyot ilmining otasi Xippokrat xayoti va faoliyatini
o’rganib, o’sha davridagi tibbiyot maktablari to’g’risida tushunchalar olindi.
«Xippokrat to’plamida» xar bir insonni xarakteriga qarab turlariga bo’linishi
tibbiyot soxasida muhim ahamiyatga ega.
Savollar:
1. Qadimgi Yunonistonda qanday maktablar bo’lgan?
2. Xippokrat qachon va kaerda tug’ilgan?
3. Qadimgi Rimda davtlab davolash ishlari bilan kim shug’ullangan?
4. Klavdiy galen qanday asarlar yozgan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.A. Kodirov «Tibbiyot tarixi», Toshkent 1993 yil.
2. A.A. Kodirov «Istoriya meditsinы O’zbeksitana», Toshkent 1994 yil.
3. N.D. Petrov «Istoriya meditsinы», Moskva 1994 god.
4. F.R. Borodulin «Istoriya meditsinы», Izbrannыy leksii. Med.izd. Moskva
1961 god
5. T.S. Sorokina «Istoriya meditsinы», Kratkiy ko’rs leksii Moskva 1988 god.