QADIMGI G’ARB MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI, RIVOJLANISHI (YUNONISTON, RIM, VIZANTIYA VA BOSHQA MAMLAKATLAR)
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
22,7 KB
QADIMGI G’ARB MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI, RIVOJLANISHI
(YUNONISTON, RIM, VIZANTIYA VA BOSHQA MAMLAKATLAR)
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston tibbiyoti.
2. Xippokrat. Uning xayoti va faoliyati.
3. Qadimgi Rim tibbiyoti.
4. Klavdiy Galen. Xayoti va faoliyati.
Qadimgi Yunoniston tibbiyoti. Qadimgi Yunoniston tibbiyoti tarixini
o’rganishda biz uchun eng dastlabki manba’ Xomerning «Iliada» poemasidir. Bu
poemada bayon etilishicha, Troyan urushida, keyinroq tibbiyot xudosi deb nom olgan
tabib - Asklepiy qatnashgan. Uning Maxaon va Podaliriy nomli ikki ug’li va Xigieya
ham Panakeya ismli ikki qizi bo’lgan. Bular ham tabib bo’lganlar va yunon askarlarini
davolashda qatnashganlar. Maxaon jarroxlik qilgan. Podaliriy esa terapevt bo’lgan.
Xigieya xar qanday kasallikdan saqlanish yo’llarini bilgan, uni salomatlik xudosi deb
ataganlar. Panakeya esa xar qanday kasallikka ham davo bo’ladigan dori tayyorlash
usulini bilgan.
Tabiblar o’zaro birlashib, ayrim shaxar va o’lkalarda tibbiyot maktablarini tashkil eta
boshladilar.
Kroton tibbiyot maktabi. Italiyada tashkil etilgan bo’lib, o’sha vaqtda Kroton
Yunoniston koloniyasi bo’lgan. Kroton maktabning olimlari inson organizmining
tabiati masalasini aniq ishlab chiqarganlar. Bu ta’limni tibbiyot soxasida Alkmeon olib
kirib, tibbiyotda pnevmatik nazariyani joriy etdi. Kroton maktabi odam tabiatini ham,
anatomiyani ham xal qilib bera olmadi.
Knidos maktabi esa shu nomli shaxarda tashkil topgan. Bu maktabga Evrifon asos
solgan. Bu maktabdan bizgacha «Ichki kasalliklar» nomli kitob yetib kelgan. Knidos
maktabi vaqillarining eng muhim yutug’i shundan iboratki, ular kasalliklar
patogenezini ishlab chiqqanlar.
Kos tibbiyot maktabi. Qadimgi Yunonistonning Kos orolida vujudga keldi. Kos
maktabining eng yirik namoyandasi mashxur Xippokratdir.
Kos maktabining asosiy yutug’i shundan iboratki, bu maktab amaliy tibbiyotni yuksak
darajaga ko’tardi. Xususan, jarroxlik soxasida katta yutuqlarga erishgan.
Kos maktabining eng yashnagan davri eramizdan oldingi V va VI asrlarga to’g’ri
keladi. Bu davr jaxoning eng yirik tabibi va olimi Xippokratning xayoti va ijodi
davridir.
Xippokrat eramizdan oldingi 460 yilda Qadimgi Yunonistonning Kos orolida tug’ilgan.
Uning hamma avlodlari tabiblik kasbi bilan shug’ullanganlar.
Xippokrat maxsus davolash prinsiplarini ishlab chiqqan:
1. Bemorga faqat foyda keltirish pirinsipi.
2. Qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash pirinsipi.
3. Organizmning o’z tabiatiga yordam berish prinsipi.
4. Bemor tanasini va uning kuchini asrash prinsipi.
Xippokrat tomonidan ishlab chiqilgan bu muolaja prinsiplari xozir ham o’z qimmatini
yoqotmagan.
Xippokrat mashxur tabib bo’lishi bilan birga o’z davrining ulug’ donishmandi va
faylasufi bo’lgan. U o’z falsafiy dunyo qarashi bilan materializm nuqtai nazarda
mustaxkam turardi. U odam organizmi atomlardan tashkil topgan degan g’oyani
keltirgan.
Xippokrat o’z shogirdlari bilan katta tibbiy asar yozib qoldirgan. U «Xippokrat
to’plami» deb ataladi. «Xippokrat to’plami» 72 ta katta, kichik kitobcha va
maqolalardan iborat. Shulardan 12 tasi Xippokratning o’z qalamiga mansub,
qolganlarini uni shogirdlari yozganlar.
«Xippokrat to’plami» tibbiy qasamyod bilan boshlanadi. Uni ko’pincha «Xippokrat
qasamyodi» deb ataydilar.
Xippokratning eng asosiy asari «Xavolar, suvlar va joylar» deb ataladi. Bu asarda
Xippokrat ko’p mamlakatlarga sayoxat qilib, u yerlarning tabiy sharoitlari, odamlari va
ularning xususiyatlari, o’sha joyda uchraydigan kasalliklar haqida orttirgan tajribalarini
bayon etadi.
Asklepiad (eramizdan oldingi 131-56 yy.) asli o’zi yunonlik bo’lgan. U Afina va
Iskandariyada ta’lim olgan va mashxur xaqim bo’lib yetishgan. U eramizning oldingi
95 yilda Rim shaxriga ko’chib kelib, umrining oxirgacha shu erda yashadi.
Asklepiad ham Xippokrat kabi odam tabiati masalasida atomistik nazariyaga
asoslanadi. U atomlarni zarrachalar deb ataydi. Olimning fikricha, shu ko’zga
ko’rinmas mayda zarrachalar organizmda mavjud bo’lgan juda nozik naychalar orqali
doimo xarakatda bo’ladilar. Biror sabab bilan shu zarrachalar yo’lida tusiqlik paydo
bo’lsa, shu joy o’zgarib, kasallik paydo bo’ladi.
Davolash masalasida Asklepiad quyidagi prinsipga amal qilishni tavsiya etadi: bemorni
ishonarli, tez va azob bermaydigan usullar bilan davolash kerak. U bemorga azob
beradigan jarroxlik usullarini juda kam ishlatgan. Ammo o’zi yaxshi jarrox edi. U
birinchilardan bo’lib, traxeotomiya usulini ishlab chiqqan. Bemorlarni davolashda
tabbiy omillardan, masalan, toza xavo, massaj kabi usullarni tavsiya etgan. Jismoniy
chiniqishdan ham keng foydalangan.
Korneliy Selsning asosiy xizmati shundan iboratki, u o’zidan ilgari o’tgan barcha
mashxur tabiblarning asarlarini to’plab, bir tartibga keltirdi, uni o’z tajribalari bilan
boyitdi va aloxida kitob qilib chiqardi. Korneliy Sels yetmish tomlik «Artes»
(«San’at») nomli asar yozgan. Shu asarning 8-chi tomi tibbiyotga bag’ishlangan bo’lib,
u «Tibbiyot haqida» deb ataladi. Bu kitobda tibbiyotning asosiy prinsiplari va amaliy
vazifalari bayon etilgan bo’lib, unda ayniqsa, jarroxlik kasalliklari va ularni davolash
usullari aniq yoritilgan.
Qadimgi Rimda tabiblar etishtirib chiqariladigan maxsus tibbiy yurtlaridan biri bo’lib,
ularda tibbiyot bilimlaridan tashqari, grammatika, tarix, adabiyot, ritorika (notiqlik
san’ati) va falsafa fanlaridan darslar o’qitilgan.
Qadimgi Rim tabiblaridan eng mushxur Galendir.
Antik dunyoning mashxur tabiblaridan biri - Klavdiy Galen edi. U jaxon tibbiyoti
tarixida Xippokratdan so’ng yirik olim va tabib sifatida shuxrat qozondi. U o’z
zamonasida buyuk nazariyotchi olim, anatom, eksperimentator, tabib sifatida ma’lum
edi.
Klavdiy Galen 131 yilda Pergam shaxrida dunyoga keldi. Uning otasi mashxur
arxitektor bo’lgan. U ancha badavlat odam bo’lganligi uchun o’z ug’li Klavdiyga
yaxshi tarbiya va bilim bera oldi.
Klavdiy Galen yoshligidanoq atrof tabiatga qiziqa boshladi. Tabiiy bilimlar va
tibbiyotini qiziqib o’rgandi. Klavdiyning zexni va idroki shu qadar zo’r ediki, u 14
yoshidanoq falsafiy asarlarni, xususan, Aristotel va Platon asarlarini bemalol mutolaa
qila boshladi. 17 yoshga yetganda “Asklepiyon” deb ataluvchi kasalxona va tibbiy
maktabga qatnab, tibbiyotni o’rganishga kirishdi. Iskandariya va boshqa shaxarlarda
yashab, bu shaxardagi olimlardan anatomiya, fiziologiya va amaliy tibbiyotdan bilim
oldi. Iskandariyada 9 yil yashab, tibbiyotning hamma nazariy va amaliy soxalarini oldi
va yuksak bilimli tibbiyot olimi darajasiga yetdi. So’ng o’z tug’ilgan shaxri Pergamga
qaytib keldi. Bu erda 4 yil davomida gladiatorlar maktabida tabiblik qildi. Bu ham
Galen uchun katta tajriba maktabi bo’ldi.
164 yilda Galenni Rimga, imperator Mark Avreliy saroyiga taklif etdilar va uni
imperatorning saroy tabibi vazifasiga tayinlandilar.
Galenning tibbiyotga oid eng muhim asarlaridan: «Anatomik tekshirishlar», «Odam
tanasi qismlarning ahamiyati», «Tabiblik san’ati», «Davo san’ati», «Davo usullari»,
«Tananing kasallangan a’zolari haqida», «Dorilarning tarkibi haqida», «Xigiena»,
«Xippokratcha qoidalar» va x.k.
Galenning tibbiyotga oid eng yirik asarlaridan biri «Odam tanasi qismlarning
ahamiyati» nomli ktobidir. Bu asar 17 jilddan iborat bo’lib, unda odam organizmning
tuzilishi, uning xususiyatlari va organlarining funksiyalari haqida so’z yuritiladi. Galen
anatomiya va fiziologiya fanlarini bir-birlari bilan juda bog’liq fanlar, deb bilgan. O’zi
anatomik tekshirishlarni, fiziologik ko’zdan kechirishlar bilan birga qo’shib olib
borgan. Galen xar bir a’zo ma’lum vazifani bajardi, demak, biror a’zoning tuzilishini
o’rganishda uning funksiyasini xisobga olish kerak deydi. Galen xar bir tabib odam
anatomiyasi va fiziologiyasini bilishi shart, deydi. Chunki kasalliklar xar bir ayrim
a’zoda kelib chiqib, uning tuzilishi va funksiyasini o’zgartiradi. U material va ideal
borliqni tan olgan.
Galen 201 yilda, 70 yoshida Rimda vafot etdi.
Qisqacha xulosa: Tibbiyot ilmining otasi Xippokrat xayoti va faoliyatini o’rganib,
o’sha davridagi tibbiyot maktablari to’g’risida tushunchalar olindi. «Xippokrat
to’plamida» xar bir insonni xarakteriga qarab turlariga bo’linishi tibbiyot soxasida
muhim ahamiyatga ega.
Savollar:
1. Qadimgi Yunonistonda qanday maktablar bo’lgan?
2. Xippokrat qachon va kaerda tug’ilgan?
3. Qadimgi Rimda davtlab davolash ishlari bilan kim shug’ullangan?
4. Klavdiy galen qanday asarlar yozgan?