Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoyda siyosiy mafkuralar
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
44
Faytl hajmi
85,6 KB
Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoyda siyosiy mafkuralar
Reja:
1.Hindistondagi
ilk
davlatlar
vujudga
kelishining
mafkuraviy
asoslari.
2."Manu qonunlarining" mafkuraviy asoslari.
3.Braxmanizm va Buddaviylik o’rtasidagi munosabatlar
4.Qadimgi Xitoydagi g’oyaviy-siyosiy qarashlar.
5.Konfutsizmning davlat mafkurasi darajasida chiqishi
Hindiston davlati Hindiston yarim orolida joylashgan. U uch tomondan suvlik
bilan, bir tomoni baland tog’liklar orqali materikka bolangan. Uning bunday
geografik joylashuvi qadimda Hindiston aholisi rivojiga salbiy tasoir qilgan. Boshqa
xalqlar bilan o’zaro sovdo-sotiq, madaniy aloqalar kam rivojlangan. Hatto o’sha
davrdagi, bu erda joylashgan aholining diniy qarashlari, urf-odatlari, anoanalari xalq
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etgan.
Abu Rayhon Beruniy o’zini "Hindiston" asarida hind xalqini taraqqiyotiga tqsiq
bo’lib kelgan ayrim odatlarni sanab qtgan. Bu kamchiliklar avvalo ularning tillarida
mavjudligini ko’rsatib, bir jumla ma’nosini anglash uchun undan oldin yoki undan
keyin keladigan jumlalar bilan solishtirgandagina bilish mumkinligini, tillarda esa
odtsiy va fozillar ipshatadigan tillar bo’lganligini aytib qtadi va bu ularning
taraqqiyotiga ma’lum mikdorda tqsqinlik qilishini yozib holdirgan. Bundan tashqari
hind ilmlari tizma ( sheor) shaklda bitilgan. U yodlashga moslashtirilgan. Bu esa
sheor shakldagi asarni vaznga solish uchun ayrim iboralarni boshqasi bilan
almashtirishga yoki moslash uchun uni qisqartirishga olib kelgan. Asarlarning
bunday bitilishi, ayrim hollarda so’zlarning ma’nosini o’zgarib ketishiga olib kelgan.
Ular o’zlarining dinlaridan boshqa hech qanday dinni, undagi umumiylikni tan
olmaganlar. Ularning dinini qabo’l qilish mumkin emas. Ya’ni bu dinni boshqa
millat yoki dindan bo’lgan kishi qabo’l qilishi mumkin bo’lmagan.
Hindistonning eng qadimgi aholisi dravid tilida so’zlashganlar. Bu erda
odamlar qadimgi tosh davridayoq yashaganlar. Bronza davriga oid Protohind
madaniyati xozirgi Xropa (Panjob)va Meheja- Daro (SIndda) shaharlari qoldiqlari
topilgan.
Eramizdan avvalgi II- ming yilikning o’rtalarida bu erda shimoliy-g’arbdan
oriy, «ariy» qabilalari bostirib kelganlar.Ular Pomir va Hinduqush tog’laridan oshib
qtib Panjob va Ganga daryosining yuqori havzasidagi unumdor tekislliklarga
qrnashib olganlar. Ular bilan birga otlar ham kirib kelganlar. Oriylar o’zoq vaqt
ko’chmanchi charvodorlik bilan shug’ullanishgan.
Oriylarning Hindistonga bostirib kirishi hindlarning eng qadimiy kitoblari
bo’lmish Veda degan diniy kitoblarida ham o’z aksini topgan Hindistonda ham
boshqa xalqlardagi kabi dastlabki dunyoqarash-diniy mifologik dunyoqarashdan
iborat bo’lib, tabiat sirlari va hodisalar, odamlarni itoat ettirishning mafkuraviy
jarayonlari ko’zga kqrinmas ilohlarga bolangan.
Braxmanizm - Hindistondagi qadimgi va dastlabki hamda keng tarqalgan din
bo’lib, uning asosini ko’p xudolilik tashqil etgan.
Bu din o’zining tub mohiyati bilan hind xalqining tabaqalarga bo’linishi va
yuqori tabaqalarga quyi tabaqa vaqillarining bo’yso’nishi hamda xizmat qilishining
mafkuraviy asosi bo’lib kelgan. Guyoki bu din targ’ibotchilari bo’lmish braxmanlar
(kohinlar) ilohlar shunday yaratganlar, bu takdirdan qochib quto’lib bo’lmaydi deb
targ’ib etganlar.
Braxmanizm aqidalari bqyicha hindiston ahli "varna"larga, ya’ni tabaqalarga
bo’lingan.
Eng oliy tabaqa-braxmanlar, ya’ni qohinlar hisoblanganlar. Kshaytriylar —
suvoriylar, ya’ni jangchilar ham yuqori tabaqalar tarkibiga kiritilgan.
Vayshiylar va Shudralarga bo’lingan. Bulardan tashqari aholining past
tabaqalari ham bo’lgan.
Braxmanizm vaqt qtishi, yani markazlashgan yirik davlatlarning vujudga
kelishi bilan o’z o’rnini boshqa bir din - buddizmga bo’shatib bera boshlagan.
Braxmanizm davrida Oriylar istilosidan so’ng Hindistonda "manu qonunlari"
nomi bilan mashhur qonunlar barpo etildiki, o’ziga muayyan ma’noda ham diniy,
ham dunyoviy masalalarni o’zida mujassam etgan bo’lib, mohiyati jihatdan ko’proq
Hindiston varnalarining yuqori tabaqalari manfaatini ifoda etar edi.
Manu qonunlarida:
o’rmonda darveshlarning eydigan ovqati, ya’ni sut, muqaddas somqsimligining
sharbati, sunoiy ravishda tayyorlangan gqsht va nizar -niyoz» deyiladi;
jamoa suvidan qonunga xilof ravishda foydalanish rad etilgan. Shu bilan birga
Braxman uchun xizmat qilganlar va don-dun yig’ganlar sharaflangan;
xotin kishi xudoni qanday hurmat qilsa, o’z erini hamshunday hurmatqilishlari
shart bo’lgan. Xotin qizlarga meros holdirilmagan;
Manu qonunlarida kimki erni tozalab, yangi er ochsa usha er ochgan kishiniki
hisoblangan;
Xotin va bolalar er va otaning tuma qo’llari hisoblangan. Shu tufayliota qizini
churi qilib sotib yuborishi mumkin bo’lgan. Manu qonunlarida xotin, qil va qo’l
mulkiy hukuqqa ega bo’lmagan teng odamlar hisoblangan;
Buddizm dining paydo bo’lishi
Bu dinning asoschisi Budda Shakya Muni (m.av.556-476 y.). U Hindistondagi
Shakoya qabilasi hukmdorining quli. U Himolay tog’ining etaglarida tug’ilib, asli
ismi - Gautama. udda so’zi sanskritcha — osoyishta, jotirjamlik degan ma’noni
beradi.
Buddizm er.av. VI asrlarda paydo bo’lib, u o’zining g’oyalari bilan
braxmanizmga, uning tub mohiyati bo’lgan aholini tabaqalarga bo’linishiga qarshi
chiqdi. Jumladan Buddada shunday deyilgan: "Braxmanlar kastasiga mansub
bo’lgan onadan tug’ilgan kishini ham men braxman, deb atamayman. Butun fikri-
zikri dunyo g’amida bo’lgan ko’p odamlar Braxma tilida gaplashdilar. Shuning
uchun men dunyodan o’zoqlashib, har qanday nafosatdan voz kechgan odamnigina
braxman deb atayman", deyiladi. Bu din o’zining g’oyalari bilan ko’pchilik qalbiga
kirib bordi.
Unda "Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq, doimo to’g’ri so’zlab,
ezgo’likka intilish, o’zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g’azab va hasadni engish
orqali uni engillatish mumkin" deyiladi. Bu bilan buddizm aholini, ayniqsa
braxmanlik dining kastachilikka asoslangan mafkuraviy jarayonlariga keskin zarba
beradi.
Buddistlar o’z g’oyalarini tqrt haqiqatda joy bo’lgan, deb targ’ib qilishadi va
uni quyidagilardir, deb belgilashadi.
Turmush azob-uqubatlardan iborat,
Azob-uqubatlar sababi-kishilarning istaklari va nafslaridir.
Azob-uqubatlardan quto’lish uchun kishilar o’zlarining nafslarini tiyishlari
kerak.
Azob-uqubatdan quto’lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal qilish
kerak.
Budda dinida o’z ifodasini topgan ushbu fikrlar zamirida azob-uqubatlar va
ularning keltirib chiqarish sabablari va bu azob-uqubatlardan quto’lishning yo’li ham
ko’rsatilib u kishining o’ziga bog’liq, degan echimga ham kelinadi. Avvalo bu
braxmanlarga qarshi kurashishning g’oyaviy asosi bo’lib, hind xalqining tabaqalarga
bo’linishini qoraladi.
TTTu bilan bir qatorda buddizm markazlashgan davlat g’oyalarini ilgari surdi.
Bu g’oya yakka xudolik asosida ilgari surildi.
Xitoy davlati. Qadimiy davlatlardan biri bo’lib u o’zining geografik joylashishi
jixatdan har tomonlama qo’lay va strategik ahamiyatga ega bo’lgan xududga ega.
Xitoyda eramizdan avvalgi 2-minginchi yillikning boshlarida Tsiya xonadoni
xukmdorligi o’rnatilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Chintan degan kishi Tsiya
xonadoni xumronligini adarib tashlab o’rniga Shan davlatini tashqil qildi. Bu davlat
tarixda Shan in davlati deb ataladi. Eramizdan avvalgi 1027 yilda Chjou g’arbdan
kelgan qo’shinlari Shan in podsholigini tugatdi. Umuman olib qaraganda Xitoy
tarixida o’zoq yillar davom etgan urushlar xukmronliklar davrini ko’rish mumkin.
Xitoy xukmronligi davrida buyuk Xitoy devorini qo’rilishi shimoldan kelayotgan
ko’chmanchi qabilalarning oldini olish mamlakatda muayyan ma’noda tinchlik
o’rnatishdan iboratdir. O’z o’rnida Xitoy xukmronili ham boshqa mamlakatlarga
harbiy yurishlar qilgan. Xitoy tarixida davlatni boshqarish turli ta’limotlarni vujudga
kelishi katta ahamiyatga ega va bular o’z davrida davlatni siyosiy boshqarilishiga u
yoki bu tarzda tahmir etgan.
Xitoy boy ma’naviy-falsafiy merosga ega qadimgi tsivilizatsiya beshiklaridan
biridir. Qadimgi Xitoy siyosiy-xuquqiy ta’limotlari tarixi miloddan avvalgi 1 ming
yillikka borib taqaladi. Umuman, Xitoyda ijtimoiy-falsafiy tasavvurlarning
shakllanishi murakkab ijtimoiy sharoitlarda kechgan, desak yanglishmagan bo’lamiz
Murakkab iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy jarayonlar ustidan davlat nazoratining
kuchayishi Xitoy davlatchiligining o’ziga xos tomoni xisoblanadi. Qo’ldorlik tuzumi
va feodal munosabatlar urug’-aymoqchilik, ajdodlarga ehtirom anoanalari bilan
birgaliqtsa rivojlanib bordi. Bu esa davlatga xuddi katta oilaga qaragandek
munosabatda bo’lishining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Shakllanib kelayotgan
ilmiy-nazariy tasavvurlar asosgan afsonaviy tushunchalar negizida shakllana borgan.
Bu erda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi Qadimgi Yunoniston yoki
Xindistondagidek xukmron sinflar orasida faoliyat doirasining aniq bo’linishiga olib
kelmadi. Chunki Xitoyda mutafakkirlar va turli ta’limot asoschilarining ko’pchiligi
hokimiyat vaqillari edi. Bu xol nazariy qarashlarni bevosita siyosiy amaliyotga
bo’ysindirish imkonini berdi. Mamlakatni boshkarish, turli tabaqalar o’rtasidagi
munosabatlar, etika masalalari Xitoy mafkurasi asosiy yo’nalishiga aylanib, jamiyat
hayotiga amaliy yondashuvga asos soldi. Shuning uchun Xitoy mutafakki^lari turli
ijtimoiy utopiyalarni yaratdilar, eng qadimgi davrlarni idellashtiruvchi jamiyat
loyixalarini ishlab chiqish bilan shu g’ull an dil ar.
Qadimgi davrdan to yangi davrga qadar shakllanib kelgan va rivojlangan Xitoy
falsafasi turli xil yo’nalish, oqimlarga boydir. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini
ishlab chiqishga jazm qilgan mashxur kishilar, o’z davrining ko’zga ko’ringan
donishmandlari tabiat, inson va jamiyat hayotiga taalluqli ko’pgina muammolarning
real echimini izlaydilar, ularni o’z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda xal
etishga urinadilar. Tabiiyki, muammolarning echimi bir xil emas, chunki olam
cheksiz va benixoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida
jilovlab olish oson emas. Falsafiy maktablar, yo’nalishlarning turli-tumanligini,
asosan, shu bilan izoxlash mumkin.
1. Xitoydagi eng qadimgi mafkura
Xitoy falsafiy tafakkuri birmuncha keyinroq shakllanib, kadimgi yunon-grek
mifologik tafakkurga o’xshab ketadi. Xitoy mifologiyasida butun koinot - osmon, er
va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo’lib, inson hayot kechirish muxitini tashqil
qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muxitdan narsalar, hodisalar mavjudligini
tahminlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu
tamoyil ko’pincha oliy xukmdor («shandi»), ba’zan esa oddiy osmon («tyan»)
sifatida ishlatib kelingan.
Xitoy mafkurasiga xos jixatlardan biri - tabiat hodisalarini yoppasiga tirik
mavjudotlarga aylantirishga urinish. O’lgan odamlarning ruhi ham olam kezib
yuradi, ularning ruhi - arvoxlarini hurmat qilish va ulardan madad so’rash odat tusiga
aylangan edi. Ruhlar kelajakning sirli pardasini ochib beradi, odamlar xo’lq-atvori
va faoliyatiga qattiq ta’sir etadi. Bunday qadimgi asotirlar miloddan avvalgi ikki
minginchi yillarga borib taqaladi.
Qadimgi xalqlar tarixida bo’lgani kabi Xitoyda ham sexrli formo’lalarga
tayangan holda fol ochish amaliyoti keng tarqalgan edi. Ruhlar bilan mo’loqotga
kirishish sahy-harakatlari kishilarning odatiy e’tikodiga aylana borgan. Ularning
baozi namunalari, holdiqlarini bronzadan yasalgan idishlarda, «O’zgarishlar
kitobi»da saqlanib kolganligini ko’ramiz. Miloddan avvalgi VII-V asrlarga taalluqli
ko’pgina ajoyib asotirlar majmuasini «Tog’ va dengizlar kitobi»da ham uchratish
mumkin.
Xos kishilar, ko’pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan
donishmandlar ta’sirida asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ko’p
xollarda ularning ismlari aniq bo’lmasa-da, aynan ular asotirlar, afsonalar ma’naviy
ta’siridan ozod bo’la borganlar va olam to’g’risidagi ilk dunyoqarashni o’zlarida
shakllantirib, rivojlantirganlar. Shunisi e’tiborliki, ularning karashlarida afsonaviy
va dunyoviy bilimlar bir-biri bilan bevosita bolanib, bir-birini to’ldirib borgan.
Xitoy falsafiy tafakkurining o’ziga xos tomonlaridan biri voqeiy hodisalar,
bilish, ijtimoiy hayot, kishilar o’zaro munosabatlari, axloqiy kamolot xaqidagi har
qanday fikr-mo’loxazalar inson me’yori bilan o’zviy bir tarzda bolanganligidir.
Xitoy mafkuraviy mahnaviyati xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, moxiyatan ichki
barqarorlikni, bir-biriga bolanib ketishni tashqil etadi. Oqibatda, Xitoylarga xos fikr
yuritish usulining ustunligi to’g’risida fikr shakllanib, o’zga mafkuraviy qarashlarga
nisbatan betoqatlik xissiyoti yuzaga keladi.
Xitoyda
falsafiy
fikrning
shakllanishi
va
rivojlanishida
Xitoy
ma’rifattchiligining namunasi bo’lmish mumtoz kitoblarga nazar tashlash maqsadga
muvofiqdir. Bunday kitoblar miloddan avvalgi birinchi ming yillik va «yuzta
maktab» deb atalmish davrda vujudga kelgan. Bu kitoblarda Xitoy jamiyatining
tarixiga,
ma’naviy
madaniyati,
davlatchiligi,
ijtimoiy
hayoti,
falsafasi,
qonunchiligiga oid bilimlar, g’oyalar keng o’rin olgan. Xitoy ziyolilarining
shakllanishida ularning ahamiyati beqiyos bo’lganligi ma’lum. Bunday bilimlarni
egallagan kishilargina amal shoxsupasidan o’rin egallashga muyassar bo’lganlar.
Xitoyda mavjud bo’lgan barcha falsafiy ta’limotlar XX asrga qadar bunday
kitoblarga murojaat qilganlar, isbot - dalil sifatida ulardan foydalanganlar.
Eramizning I asrida Xitoy mumtoz kitoblari topilgach, ularning mazmuni,
sharxi, talqini to’g’risida bahs-munozaralar avjga chiqadi. Konfutsiylikni davlatning
rasmiy mafkurasi darajasiga ko’targan Dun Chjunshuning fikricha, barcha mumtoz
kitoblarning muallifi Konfutsiydir. Bunday holda bu kitoblar Konfutsiydan
qadimiyroq bo’la olmaydi. Bunday fikrni rad etuvchilarning gapiga qaraganda,
mumtoz
kitoblar
Konfutsiydan
avval
bitilgan,
Konfutsiy
esa
ularning
sharxlovchisidir, xolos.
«Qo’shiqlar kitobi» («Shi tszin») miloddan avvalgi birinchi ming yillikda
yaratilgan bo’lib, qadimgi xalq poeziyasi namunalaridan iborat. Unda qabilalar,
xunar va narsalarning paydo bo’lishiga oid qo’shiklar, turli-tuman mistik g’oyalar
o’rin olgan.
«Tartib kitobi» («Li shu») miloddan avvalgi 1U-1 asrlarda bitilgan bo’lib, u uch
qismdan iborat. Kitob Chjou li davri tartibi, marosimlar
tartibi (I li) va tartib to’g’risidagi yozuvlar (Li tszi)ni qamrab olgan. Bu kitobda
siyosiy diniy marosimlar, siyosiy ijtimoiy faoliyatning me’yor va mezonlari bayoni
berilgan. Utmish jamiyat kelajagi uchun namuna qilib ko’rsatilgan.
«Tarix kitobi» - «Shu tszin» (miloddan avvalgi birinchi ming yillikning
boshlanishi) ko’pincha «Shan hujjatlari» nomi bilan mashxurdir. Bu kitobda rasmiy
hujjatlar, o’tmishda sodir bo’lgan tarixiy voqealar bayon qilingan.
«Baxor va ko’z kitobi» - «Chun tsyu» Tszo chjuan (miloddan avvalgi IV asr)
sharxlari bilan birgalikda Lu davlatining xronikasidir. Bu kitob keyingi davrga kelib,
axloq-odob, adabiyotning o’ziga xos namunasi vazifasini bajargan.
"O’zgarishlar kitobi" - "I tszin" (miloddan avvalgi X11-U1 asrlar) qadimgi
mumtoz kitoblardan farq qilib, olam va inson to’g’risida ilk falsafiy tasavvurlar
ko’zga tashlanadi. Kitobda ilk asotirlar, afsonalardan asta-sekin olamni falsafiy
tarzda anglash shakllanganini ko’ramiz. Unda qator ontologik, gnoseologik
muammolar va ularning qadimgi dunyo mahqo’l ko’rgan echimi berilgan.
"O’zgarishlar kitobi"da keltirilgan bashoratlar voqeiy olamni tushuntirib
berishga bo’lgan urinishlarga ishora qiladi. Olam talqini borasida muayyan darajada
ishlab chiqilgan tushunchalar umumiy tushunchalar shaklida tafakkurni barcha
uchun bir xil mazmunga ega, subhektiv xilma-xillikdan o’zoqlashgan tizimni
yaratgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bunday tushunchalarning yagona tizimi
orqali olamning universal birligini uqtirib berish real imkoniyati yuzaga keldi, desak
xato qilmaymiz. «O’zgarishlar kitobi»da «Zoxirni yashirish, botinni kashf etish»
imkoniyati yaratildi.
Ilk falsafiy tasavvurlarga ko’ra, osmon va er bilan chegaralangan olam in
hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar moxiyatiga faol kirib
boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv ko’zatuvchi, zo’lmatni ifodalovchi
tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jixatlar tariqasida tushunish xato,
chunki ularning hamjixatligi tufayli kuchlar birlashadi, o’zilgan yo’nalishlar
muayyan shaklga ega bo’ladi, er bilan osmon o’zaro munosabatlari ochib beriladi.
Yan va in harakati bir butunlik o’zgarishining dialektik harakati. Narsa,
hodisalarning o’zaro "hamkorligi" ularning o’zgarishi orqali tahminlanadi. Yan va
inning o’zaro harakati natijasida oltita kategoriyalar paydo bo’ladi. Bular
momaqaldiroq, shamol, olov, suv, qaytish va osoyishtalik. Yan va inning o’zaro
harakatidan "dao" kelib chiqadi. Dao - harakatdagi narsalar va olamning yo’nalishi.
Bunda osmon, er-zamin va inson o’z yo’nalishlari bo’yicha aloxida harakat qilsa-da,
lekin ular doimo birga bo’ladi.
Inson boshqa barcha mavjudotlardan farqlanadi. U koinotning o’ziga xos
ob’ekti bo’libgina qolmasdan, balki voqelikda sodir bo’ladigan hodisalar, mavjud
narsalarni bilishga shaylangan subhekti hamdir. Inson bilishi borliqdagi ob’ektlarni
bir-biridan farq qila olish, belgilash va o’qib olishga qaratilgan. Buni amalga oshirish
donishmandlarga xos fazilatdir. Aqli raso kishi o’zining tabiat, olamdagi o’rni
to’g’risida fikr yuritishi, o’z kuch-quvvatini (de) er va osmon bilan birlashtirishi, o’z
shuhlasini quyosh va oy bilan bolashi, faoliyatini yilning to’rt fasli bilan
uyunlashtirishi lozim. Ana shundagina u koinot siri - yuksalish va inqirozni o’qib
olgan bo’ladi.
Tarixga nazar tashlasak, o’zga mamlakatlarni bosib olish, boshqa xalqlarni
o’ziga tobe qilib olish maksadida turli xil mafkuraviy va psixologik vositalar ishga
solinganligiga ko’plab dalillar topishimiz mumkin.
Qadim-qadim zamonlardayoq tajovo’z nishoni bo’lgan xalqning ko’ngliga
g’ulg’ula solish, raqib jangchilarini ruhiy «qurolsizlantirish» maqsadida psixologik
urush vositalaridan foydalanilgan.
Milodiy eradan avvalgi VI asrda yashagan xitoylik faylasuf va sarkarda Sun
Tszi raqib ruhini sindirishning quyidagi usullarini tavsiya etgan edi:
raqibingiz mamlakatida nimaiki yaxshi va xosiyatli narsalar bor - barini buzing;
g’animning ko’zga ko’ringan arboblarini turli jinoyatlarga jalb eting;
muxolifingiz raxbarlari nufo’ziga putur etqazing va kerak paytda jamoat oldida
ularni obro’sizlantiring;
bunday maqsadlar yo’lida eng qabix va razil odamlar bilan til biriktiring;
sizga dushman bo’lagan mamlakat fuqarolari orasida nizo uyoting va janjal
chiqaring;
yoshlarni katta avlodga qarshi gij-gijlang;
hukumat ishiga har qanday vositalar bilan xalal bering;
raqib jangchilarining me’yorida tahminlanishiga va ular orasida tartib-intizom
bo’lishiga hamma usullar bilan to’anok bo’ling;
qo’shiqlar va musiqa bilan yov qo’shinining irodasini buking;
dushmaningiz anoanalarini qadrsizlantirish va ularning o’z xudolariga bo’lgan
iymon-e’tiqodlarini qo’porish uchun hamma imkoniyatlarni ishga soling;
buzg’unchilik ishini qiyomiga etkazish uchun suyuq oyoq, engil tabiat foxisha
ayollarni safarbar eting;
yolg’on-yashiq va’dalarga saxiy bo’ling;
o’z maqsadingizga erishish uchun aqchani ham, va’dani ham ayamang...
Bunday «maslaxat»larni eshitgan sof vijdonli har bir odamning badaniga titroq
turishi, har bir oqil odam bu borada qanday katta xavf -xatar borligini anglashi qiyin
emas. Bu taxlit tavsiyalar tii mahnaviyatga qarshi qaratilganligi, inson ongi, ruhi,
shuuriga ta’sir qilishga yo’naltirilganligini sezish oson.
Sun Tszidan keyin o’tgan davrlarda yanada daxshatli, ammo bulardan ham
nozik ruhiy qurollar, mafkuraviy vositalar o’ylab topildi va ishga solindi.
1. Falsafa rivoji nuqtai nazaridan Xitoyda yozilgan eng muxim asar eramizdan
oldingi XP-U1 asrlarga taalluqli O’zgarishlar kitobidir. Unda birinchi marta dunyo
va inson to’g’risidagi dastlabki tasavvurlar bayon etilgan. Har xil vaqtlarda yozilgan
uning matnlarida asotir tafakkurdagi dunyo xaqidagi tasavvurlardan tortib, uning
falsafiy talqiniga o’tish bosqichlari o’z aksini topgan. O’zgarishlar kitobining eng
muxim qismlaridan birida in va yan unsurlari xaqidagi afsona keltiriladi. Yan faol,
hamma narsa tarkibiga kira oluvchi, ashyolarni bilish yo’llart ni yoritib beruvchi
narsa sifatida ifodalanadi.
In
esa
g’ayri faol,biror
narsani kutib turuvchi, zo’lmat ibtidosi sifatida tahriflanadi. In va yanning
harakati - yagona narsada o’zgarishga sababchi bo’luvchi harakatdir. Eramizdan
oldingi U1-Sh asrlardagi Xitoy falsafasida olti asosiy yo’nalish: in-yan;
konfutsiychilik; daosizm; ismlar maktabi; moizm; legizm mavjud bo’lgan.
2.
Konfutsiychilik
o’z
e’tiborini
axloqiy
qoidalar,
ijtimoiy
me’yorlar va idoraviy boshqaruvga qaratib, juda ham muxofazakorona
nuqtai
nazarda
turgan.
Konfutsiy
(er.ol.
551-
479
y.)
o’zi
xaqida:
«eskini bayon etaman va yangini barpo etmayman» degan. U va uning
izdoshlari
jamiyatning
tanazzo’lidan
xavotirlanib,
inson
tarbiyasiga
aloxida
e’tibor
qaratganlar
va
jamiyatda
bir-biriga
kechirimli
bo’lish
muxitini barkaror etishga harakat qilganlar.
Konfutsiy ta’limotining markazida «jen» («insonni sevish»), g’oyalar tizimi
«chjun» («podshoga sadoqat»), «i» («burchga sodiqlik»), «syao» («farzandlik
hurmati») va boshqalar to’radi.
3.
Daosizmning
diqqat
markazida
tabiat,
koinot
va
inson
to’radi. Bular aqliy yo’l bilan emas, balki izchil mantiqiy mezonlar shakliy tarkibi
yordamida mavjudlik tabiatiga to’g’ridan to’g’ri kirish orqali anglashiladi. Dunyo
doimiy harakat va o’zgarish xolatida bo’lib, qandaydir sabablarsiz rivojlanishi,
yashashi va undagi narsalarning bir-biri bilan to’qnashishi mumkin. Borliq xaqidagi
ta’limotda dao yo’li tushunchasi markaziy maqomdadir. Daosizmga ko’ra,
tafakkurning maqsadi insonni tabiat bilan «birikib ketishi» bo’lib, uning (tabiatning)
bir qismi ekanligidadir. Bu erda «subhekt-ob’ekt» munosabatida hech qanday
chegaralanishga o’rin yo’q.
Ismlar maktabi voqeylikning til ifodasi muammolarini xal etishga
yo’naltirilgan. U ashyolarning munosabatini va bir-birlariga bo’lgan nisbatlarining
o’zaro aloqalarini tadqiq qilishi va ularga muvofik xukm va atamalarni taxlil etishi
zarur.
Moizm maktabi (asoschisi Mao Tszi er. av. 479 - 431yy.) asosiy e’tiborni
ijtimoiy axloq muammolariga qaratdi. Bunday axloqni vujudga keltirish uchun
mutloq hokimiyatga ega bo’lgan boshliqqa tobe bo’lgan jiddiy tashqilot lozimligini
ta’kidladi.
Moistchilarning ta’limoti Konfutsiy ta’limotiga tubdan qarama-qarshi edi.
Undagi barcha ma’no umumiy ishq g’oyalari, o’zaro yordam va muvaffaqqiyatga
erishishda ifodalangan. Jamiyatdagi barcha kishilar uchun o’zaro umumiy
insonparvarlik me’yori zarur bo’lib, barcha bir-birlarining foydalari to’g’risida
amxo’rlik qilishlari lozim.
Mao-Tszi o’z ta’limotida samoviy irodani tan olgan va moistchilarning
qoidalarini barqaror etishga ta’sir ko’rsatmoqlikni ta’kidlagan.
4.
Legizm faqat ijtimoiy - siyosiy o’zgarishlar masalasiga o’z e’tiborini
qaratgan ta’limot sifatida shakllandi.
Konfutsiychilar uchun komil insonni tarbiyalashga ishonch asosiy g’oya bo’lsa,
moistchilar uchun «o’zaro manfaatli foyda va umumiy ishq -muxabbat» asosiy
moxiyat va qonunning ustivorligida ifodalandi.
Moistchilarning xayr va sharrni yaratilishi xaqidagi qoidasi va unga muvofiq
ravishda taqdirlash va jazo berish xaqidagi fikrlari legistlar ta’limoti uchun asos
bo’lgan.
Legistlar ta’li1 yutining nazariyotchisi Shan Yan (er.ol. 340-338 yy.) davlatni
siyosiy va iqtisodiy jixatdan islox qilish dasturini ishlab chiqqan edi. Uning g’oyalari
«Shan tszyun shu» («Shan viloyati hokimining kitobi») asarida bayon etilgan.
Legistlar er ishlariga (dexqonchilikka) davlat iqtisodining bosh manbasi sifatida
ustivor ahamiyat berganlar. Davlatning iqtisodiy vazifalar bilan shug’ullanishi
lozimligini birinchi bo’lib legistlar aytganlar.
2. Qadimgi Xitoyda Konfutsiyning siyosiy va xuququiy
ta’limotlari.
Konfutsiy ta’limoti Xitoy siyosiy - xuquqiy va falsafiy ta’limotlarining
poydevori xisoblanadi.
Kinfutsiy Xitoyning sharqidaga Lu knyazligida tug’ilgan. U aslzodalar
xonadoniga mansub bo’lib, otasi Shu lyan Xe Lu knyazligida Tszou mo’zofotini
boshqargan. Konfutsiy tug’ilganda otasi 70 yoshga to’lgan edi. Uch yoshga
to’lganida otasida, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz
va bir nogiron o’g’il bo’lgan.
Uning asl ismi Kun Tsyu bo’lib muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan bu ism
bora bora Kun Fu-tszi, degan faxrli laqabga aylangan. Bu ism «hurmatli ustoz Kun»
degan ma’noni anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit - missionerlar xitoylik
donishmand txdimoti bilan tanishib uni Evropa madaniyatining vaqiliga aylantirish
maqsadidi Konfutsiy deb atay boshlagan. Konfutsiychilik falsafiy g’oya sifatida
maydonga kelgan.
Bu ta’limotning asoschisi miloddan avvalgi 551 yilda to’g’ilib 479 yilgacha
yashagan Kun Tszi bo’lib, Xitoy tashqarisida Konfutsiy nomi bilan mashxur
bo’lgan. Konfutsiy ikkinchi darajali davlat xisoblangan. Konfutsiy otasidan erta
ajrab, onasi qo’lida tarbiyalanadi. Onasi ham ko’p o’tmay dunyodan o’tadi.
Konfutsiy ilm taxsilini olgach, 19 yoshida uylanadi. Birinchi marta u omborchi
vazifasiga ishga tayinlanadi. U aslzoda, lekin kambag’al urug’ vaqili edi. Konfutsiy
faqat 15 yoshidan o’qishni boshlagan va 50 yoshida o’zining maktabini tashqil etgan.
U bir necha yillar davomida turli podshoxlar qo’l ostida ishlagandan keyin yoshlarga
ta’lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong xaqidagi fikrlari, chuqur ma’noli
so’zlari mamlakat bo’ylab keng tarqaladi. Shundan so’ng Konfutsiy xo’zo’riga
mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar. U
ilm istab keluvchilarga hech qachon rad javobini bermas edi. Konfutsiyning 3000 ga
yaqin shogirdlari, 72 eng ko’zga ko’ringan izdoshlari orasida mamlakatning obro’li
xonadonlaridan bo’lgan kishilar bilan bir qatorda kambag’al, oddiy kishilar ham
bo’lgan.
Uning ko’plab
o’quvchilari
ustozning,
shuningdek,
o’zlarining
mo’loxazalarini batafsil yozib borishgan.
Konfutsiylikning yaxliti tizimga solinmagan va qarama -qarshiliklarga boy
bo’lgan asosiy kitobi «Lun yuy», «Suxbatlar va mo’loxazalar» shu tarzda yaratilgan.
Ko’p asrlar davomida bu kitob xitoyliklar dunyoqarashiga va turmush tarziga
o’lkan ta’sir ko’rsatib kelgan. Mazkur kitobni bolalar yoddan bilishgan, kattalar
oilaviy va siyosiy ishlarni xal qilishda hamisha unga murojaat qilishgan.
Konfutsiy maktabi Qadimgi Xitoyda asta - sekin katta ta’sir doirasiga ega bo’lib
bordi. Uning ko’plab shogirdlari Qadimgi Xitoy podshoxliklarida e’tiborli
mansablarni egalladilar. Konfutsiy yoshlar tarbiyachisi va ustozi sifatida keng
shuxrat qozonib, ilk Xitoy ma’rifattparvari nomiga sazovor bo’lgan bo’lsa, u
tomonidan taklif qilingan isloxotlarning amalga oshirilishida buning aksi bo’ldi.
Garchi Konfutsiy podshoxlar xizmatida bo’lgan paytlarida o’zining ish
faoliyatida baozi isloxatlarni amalga oshirishga harakat qilgan bo’lsa -da, ammo
uning ko’pchilik takliflari amaldorlar va xukmdorlar tomonidan qo’llab-
quvvatlanmadi. Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o’z zamonasining
kamchiliklari va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, xukmdorlar o’rtasidagi
o’zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy anoana va qadriyatlardan o’zoqlashish -
bularning hammasi Konfutsiyning keskin tanqidiy qarashlari yuzaga kelishiga turtki
bo’ldi. U mavjud muammoni xal qilishda yangicha qarashlarga tayanish lozimligini
anglab etdi. Biroq u o’z fikrlarining jamoatchilik tomonidai qabo’l qilinishi uchun
hamma ehtirof qilgan obro’ga ega bo’lishi kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu
obro’ni o’zoq o’tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan
bir necha asr o’tgach, uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismiga aylandi.
Konfutsiy komil ipson (tszyun-tszi) xaqidagi g’oyani yaratdi. Tszyun-tszi, ya’ni
yuksak mahnaviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo’lishi kerak: insoniylik va
mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni xis qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli
va fidoiy bo’lishi lozim. U buning uchun tinimsiz, o’zini ayamasdan o’z xukmdori,
o’z otasi va o’zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari
intilishi zarur.
Konfutsiychilikning ilk ko’rinishida axloq masalasi birinchi o’ringa qo’yilgan,
diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga
konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo’lgan, baozi o’rinlarda ularni inkor
qilgan. Konfutsiy o’z vaqtida Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod
masalasiga shubxali munosabatda bo’lgan. «Lun yuy»da keltirilishicha Konfutsiy
g’ayritabiiy narsalar va ruxlar to’g’risida gapirishni yoqtirmagan. Shuningdek, u
taqdir, inson umri, o’lim xaqida so’z yuritishdan qochgan. Undan «Ulim nima?» -
deb so’raganlarida, u: «Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, o’lim nima
ekanligini qaerdan bila olar edik», deb javob bergan.
Biroq qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga
Konfutsiy hurmat bilan munosabatda bo’lgan.
Konfutsiyning yana bir ta’limoti - «Syao» bo’lib, u inson o’z ota-onasiga
munosib bo’lishi xaqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson
uchun Syaodan muximroq narsa yo’q. U: «Syao va Di (ukaning akaga,
kichiklarning hurmati katgalarga hurmati) insonishshkning asosidir» degan.
Syaoning asosiy ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bo’lishi kerak, degan
savolga Konfutsiy shunday javob bergan: «Aqlli va ota - onangni boqishga yarokli
bo’lishingdir. Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarni ham boqadilar-ku. Agar
ota-onalariga ortiq ehtirom ko’rsatmasalar, xayvonlarni boqrshsharidan nima farqi
holadi?».
Syao ta’limotining «Li qonunlari»ga ko’ra, farzand ota-ona hayotlik choida
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o’tgunicha o’ziga-o’zi egalik
qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa farzand qanday ish bilan masho’l
bo’lishidan qatiy nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart.
Konfutsiychilikning Syao ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy
me’yorlariga katta ta’sir o’tkazib keldi.
Konfutsiychilik Xitoyda oila masalalariga xal qiluvchi ta’sir o’tkazdi.
Konfutsiychilik ta’limotiga ko’ra, oila nikoxdan, yoshlarning kelishuvi bilan
boshlanmaydi. Balki oila extiyojlari uchun nikox amaga oshiriladi. Konfutsiychilar
urf - odatlariga ko’ra, avlodlar o’z ajdodlari ruhi oldida qilishlari kerak bo’lgan
barcha marosimlarni o’z o’rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Xitoyda ij Chjou va davrlarida o’tganlar ruxdari tiriklar uchun madad bo’lishi
kerak, deb e’tiqod qilinsa, Konfutsiy ta’limoti buning aksini, ya’ni tiriklar o’tganlar
oldida qarzdordirlar, degan g’oyani ilgari surdi. Konfutsiy o’zidan oldin jamiyatda
mavjud bo’lgan o’tganlar ruxdari xaqidagi aqidalarni tamoman o’zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o’tganlarni rozi qilish, ularga xizmat
qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g’oyaga xizmat qiluvchi bir jixozni tashqil
qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o’z ajdodlari oldidagi
qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom etgarishlari kerak.
Konfutsiy fikricha, dunyodan befarzand o’tish va o’zidan nasl holdirmaslik
nafaqat shu insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.
Konfutsiychilikning yoyilishi sekin kechdi. Konfutsiyning o’zi esa
zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Uning shogirdlariga ham oson
bo’lmadi. Garchi konfutsiychilar o’z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga
bog’liq urf - odatlar, marosimaar, axloqiy meyorlar asosiga qurgan bo’lsalarda, ular
mazkur aqidalar orasida o’z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan o’z
xulosalarini ham berib bayon qilar edilar. Mana shu narsa konfutsiychilikning
muvaffaqiyatga erishipshga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, uning muvaffaqiyatiga
sabab bo’lgan omillardan yana biri konfutsiychilarning o’zlari foydalangan qadimgi
kitoblar, sheorlar, risolalarni yiib o’quvchilariga o’rgatganliklaridir. Bu ishning
asosiy qismi Konfutsiyning o’zi tomonidan bajarilgan edi. U turli podshoxliklarda
mavjud bo’lgan uch mingdan ortiq qadimiy qo’shiqlar, yozuvlarni jamlab, ularni
qayta taxrir qilgan edi. Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan taxrir qilingan
asarlar keyinchalik konfutsiychilikning asosiy manbalariga aylandi.
Mil. av. GU-Sh asrlarga kelib Konfutsiy ta’limoti ancha keng tarqaldi va katta
ta’sir doirasiga ega bo’ldi. Xan so’lolasi davriga kelib (mil. av. III - II asrlar)
konfutsiychilik davlat mafkurasi darajasiga ko’tarildi. Xan podshoxlari Konfutsiy
ta’limotlarini to’liq qabo’l qilmagan bo’lsalar - da, uning kuchini, jamiyatda egallab
o’lgurgan mavqeini ehtirof qilgan holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.
Ananaviy dunyoqarashga suyangan Konfutsiy davlatchilikning patriarxal -
paternalistik g’oyasini ilgari surgan. Konfutsiyning "Olijanob erlar" to’g’risidagi
qarashi juda muxim bo’lib, u jamiyatning ideal ijtimoiy - siyosiy qurilishining
asosidir. Davlat uning talqinida katta bir oiladan tashqil topgan. Konfutsiy
jamiyatdagi munosabatlar xuddi yaxshi oiladagidek kattalarga hurmat, imperatorga
tavoze ruhida qurilmoi kerak deb xisoblagan. Qadimgi Xitoy afsonalarida "osmon
farzandi"
sanaluvchi
Imperatorning
hokimiyati
otaga,
boshqaruvchi
va
boshqariluvchilar munosabatlari esa oilaviy munosabatlarga tenglashtirilgan.
Konfutsiy tasvirlagan ijtimoiy - siyosiy tabaqalar odamlarning tengsizligiga
asoslangan. "Oddiy", "past", "kichik" odamlar "olijanob erlar"ga, "yaxshi" va
"yuksak" kishilarga bo’ysinishlari lozim.
Konfutsiyning o’qtirishicha, hamma narsa mutassil o’zgara boradi, lekin
jamiyatdagi tabaqalanish tartibini saqlab holish juda muximdir. Jamiyatni
boshqarishni esa faqat ko’proq ma’rifattli va qobiliyatli kishilarga ishonmoq
mumkin. Ko’rinib turganidek, Konfutsiy boshqaruvning aristokratik shakli tarafdori,
chunki, uning g’oyasiga ko’ra, oddiy xalq davlat boshqaruvida qatnashishdan
chetlashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda, davlat boshqaruvida fazilat tamoyillariga amal qilish
borasidagi konfutsiylikning talablari Qadimgi Xitoy siyosatidagi istibdod tuzum
boshqaruvi amaliyotidan va bunday amaliyotni xaspo’shlovchi nazariy qarashlaridan
tubdan farq qiladi. Zo’lm zo’ravonliksiz boshqaruv tarfdori bo’lgan Konfutsiy
xukmdorlar, amaldorlar va oddiy xalqni o’zaro munosabatlarni ezgo’lik asosida
qurishga chaqiradi.
Konfutsiyning siyosiy etikasi jamiyatning yuqori va quyi tabaqalari o’rtasida
totuvlikka erishishga hamda boshqaruvni barqarorlashtirishga qaratilgandir.
Konfutsiy: "Boshqaruvchi raxbar qanday bo’lishi kerak?", degan masalaga ham
katta e’tibor qaratadi. Uning ta’limotiga ko’ra, raxbar odam imperatorga
bo’ysunmoi, Konfutsiylik ta’limotiga amal qilishi kerak. U etarli bilimga ega
bo’lmoi, davlat va xalqqa faqat yaxshilik yo’lida xizmat qilmoi shart. Yuksak
vatanparvarlik aholi va mamlakat farovonligini o’ylaydigan boshliqning asosiy
fazilati bo’lmoi lozim.
Konfutsiy ta’limotida aholining o’ta darajada boy va qashshoqlarga
tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik zarurligi ta’kidlanadi: "Boylik teng taqsimlanganda
qashshoqlik bo’lmaydi. Mamlakatda muvofiqlik, uyunlik xukmron bo’lsa, xalq
kamayib ketmaydi. Tinchlik barqaror bo’lsa (yuqori va quyi tabaqalar o’rtasida),
xukmdorni adarish xavfi yuzaga kelmaydi".
Konfutsiy hokimiyatni qo’lga kiritish yo’lidagi qurolli Qo’zg’olonlarga, tashqi
urushlarga, Xitoy podshoxliklarining bosqinchilik yurishlariga har doim qarshi
turgan.
Konfutsiy ta’limoti siyosiy munosabatlarni ezgo’lik vositasida tartibga solishni
qonun asosida boshqarishga keskin qarshi qo’ygan. Konfutsiyning fikricha, agar
raxbar xalqni qonun vositasida boshqarib, jazo yordamida mamlakatda tartib saqlasa,
xalq jazodan qochishga harakat qiladi va bundan uyalmaydi. Bordi-yu raxbar xalqni
ezgo’lik vositasida boshqarsa va tartibni saqlasa, u holda xalq uyaladi va o’z
kamchiligini to’zatadi.
Konfutsiy pozitiv, ya’ni insonlar tomonidan yaratilgan konunlarga salbiy
munosabatda bo’lgan. Buning sababi, pozitiv qonunlar odatda jazolovchi xususiyatta
ega bo’lib, ular amaliyotda va nazariy karashlarda oir jazolar berish bilan bog’liq
edi. Garchi Konfutsiy qonunga ezgo’likning shunchaki ko’makchisidek qarasada,
qonunning ahamiyatini butunlay inkor qilmaydi.
Konfutsiylik ta’limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki ijtimoiy axloq
muammolariga
ko’proq
o’rin
berilgan.
Unda
"axloqli
kishi"
bo’lish,
donishmandlardan ta’lim olish xaqidagi g’oyalar ilgari so’riladi. Bu ta’limotga ko’ra
jamiyatda xukm surgan "jen" insonparvarlikka rioya qilmoi lozim. Bu esa kamtarlik,
onglilik, vazminlik, mexribonlik, odillik, saxiylikdan iborat. Inson "jeno" qonunini
o’zlashtirish uchun jamiyatda to’tgan o’rniga qarab "li" me’yorlarini bajarishi talab
etiladi. Anoanalar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning
"axloqiy ulug’" boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan oqlangan.
Konfutsiylikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyliga
yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol o’ynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning
xizmati katta deb xisoblangan. Biroq bu xukmron va qaram tabaqalarga ajratish
butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha, tabaqalarga ajratish
tartibi eski anoanalarga asoslanishi va uni davlat boshqarishi lozim. Nomlarning
to’g’rilanishi, Chjen-min siyosati bu tartiblarni amalga oshirish kuroli qilib
belgilangan. Chjen-min siyosati bo’yicha hamma narsa va hodisalar o’z ismiga mos
kelishi kerak. Ana shunda hamma o’z xukuqi va majburiyatini biladi.
Konfutsiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni
ularni ehzozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z ta’limotida osmon sirlari
muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi
tushunchalarga kam e’tibor bergan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g’oyalari
markazida inson, uning akliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi
urni, vazifasi muammolari turadi.
Konfutsiy fikricha, olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham
samoviy qudratga bog’liq, shuning uchun odamlarning olijanobligi yoki tubanligi,
oliy yoki past tabaqaga mansubligini o’zgartirib bo’lmaydi.
Binobarin, podsho - podsholigicha, fuqaro - fuqaroligicha, ota -otaligicha,
farzand - farzandligicha holishi kerak. Bunday g’oya, ko’ramizki, mavjud tuzumni
saqlab holishni nazarda tutar edi. Shu bilan birga, Konfutsiy ideal, oliy inson, asl,
mard kishi kontseptsiyasini ishlab chiqqan. Bu kontseptsiyaga ko’ra, odamlar
ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik,
adolatguylik, xaqguylik, samimiyat, farzandlik izzat - hurmati kabi yuksak ma’naviy
fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga etishuvi mumkin.
Konfutsiyning falsafiy ta’limoti keyinchalik Xitoyda xukmron dinlarning biriga
aylangan va konfutsiychilik deb nom olgan dinning asosi bo’ldi (milodning
boshlarida). Konfutsiychilik manbai -Konfutsiy izdoshlari ezgan «Lung-Yuy»
(Suxbatlar va mo’loxazalar,
miloddan avvalgi VI asr) kitobidir. Konfutsiychilik Lao-Tszi ta’limotidan
tubdan farq qiladi. U jamiyatni ijtimoiy larzalardan asrab holishga intilgan feodal
amaldorlarning qarashlari va manfaatlarini ximoya qilgan.
Konfuts^Chchilikning maqsadi - xalqni mavjud tartib - qoidalarni hurmat qilish
ruhida tarbiyalashdir.
Konfutsiychilik belgilangan diniy tartiblarga qattiq amal qilishni talab etadi.
Konfutsiyning o’zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan.
Endilikda, har bir oilaning o’z ibodat xonasi bo’lishi zarur bo’ldi. Har bir oila
o’z ibodatxonasga ajdodlarning timsoli bo’lgan «Chju» tasvirini joylashtiradi, uning
yoniga qurbonliklarini quyadi va diniy marosimlarni ijro etadi.
Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masala aloxida o’rin egallaydi. Shu
ma’noda Konfutsiy ta’limotini inson xatti - harakati, hayoti me’yorlari xaqidagi
ta’limot deyish ham mumkin edi. Insonlar o’rtasidagi hayot tarzi anoanaviy 5
munosabatdan iboratligi qayd etilgan:
davlat boshlii bilan amaldorlar o’rtasidagi munosabat;
ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabat;
er bilai xotin o’rtasidagi munosabat;
katta va kichik aka-ukalar o’rtasidagi munosabat;
do’st - birodarlar o’rtasidagi munosabat.
Bu ta’limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yuq.
Birgina misol keltiramiz:
O’g’il ota - onasi oldida quyidagi 5 vazifani bajarishi shart edi:
har doim ota-onani to’la hurmat qilish;
ularga eng sukjli taomlarni keltirish;
ular betob bo’lib qolganlarida chuqur qayurish;
ular vafot etganlarida yurak - yurakdan achinish;
ular
xotirasiga
tantanali
ravishda
qurbonliklar
qilish.
Konfutsiychilikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni
konfutsiychilikka qadar mavjud bo’lgan anoanalarni, urug’-qabilaviy
marosimlarni mustaxkamlash, qonunlashtirishni tashqil etardi. Chunki Konfutsiy
o’zining hech qanday yangi ta’limot yaratmanligini, faqat eski marosimlarga, tartib
- qondalarga, kursatmalarga qattiq rioya etishni talab qilishini qayta - qayta takrorlar
edi. Bu o’rinda uning quyidagi so’zlarini keltirinshi maqsadga muvofiq deb bildik:
«Qadimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar ekan unda
hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikox marosimini yo’q qilingchi -unda
er - xotinlik bo’lmaydi, bu bilan bog’liq katta-katta jinoyatlarga yo’l ochiladi yoki
dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo’k qilingchi unda bolalar vafot etgan ota-
onalari xotirasi to’g’risida o’ylamay, tiriklariga esa xizmat qilmay quyadilar; Pin-
Tszin marosimini yo’q qilingchi - unda podsho bilan amaldorlar o’rtasidagi farq yo’q
bo’lib ketadi, kichik-kichik knyazchalar o’zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada
tahqib etish va zo’ravonlik boshlanadi».
Xitoy xalqi tarixida qadimgi marosimlar katta o’rin tutganligini Konfutsiy
yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham u xalq o’tmish anoanalarini, marosimlarini
o’zining ta’limotida asosiy mazmunga aylantirgan.
Xitoyliklar uchun eng yomon fojea - erkak tomonidan avlodning qolmasligidir.
Ular avlodlari qolmasa - biz o’lganimizdan so’ng kim bizlarni yod etadi, deb qattiq
qayo’ga to’shadilar.
Konfutsiychilikning bosh xudosi — osmon xudosi edi. Keyinchalik
Konfutsiyning o’zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga xatto imperatorning o’zi
ham diniy marosimlarni bajo keltirardi. Bu bejiz emas edi, albatta. Chunki
konfutsiychilik oddiy xalq ustidan «aslzodalar»ning xukmronligini oqlardi. Bundan
tashqari, bu dinning mavjud tartiblar abadiyligi, odamlar oliy va quyi tabaqaga
bo’linishi xaqidagi ta’limoti aynan imperatorlik manfaatlarini, saltanatni ximoya
qilardi.
Bu dinga ko’ra, ayni paytda imperatorning o’zi oliy xudoning erdagi vaqili edi.
Konfutsiychilikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslaxat ham bor edi:
«Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo’lsa, u albatga ajdodlari
ibodatxonasiga borishi lozim.
Qilmoqchi bo’lgan ishidan, o’zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmoi
kerak. Shu paytda u osmonda yuldo’zlarning xolatiga qaramoi, ular ko’lay
joylashganligiga ishonch xosil qilganidan so’ng, o’zining maqsadini amalga
oshirishga kirishmoi mumkin».
Shunday ekan, konfutsiychilikda ajdodlar ruhiga sig’inish oliy darajaga
ko’tarilgan.
Konfutsiylikda koxinlar bo’lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali
ta’limot ham bo’lmagan. Keyinchalik bu ta’limotlar yaratilib, u hamma klassik
qonunlari 13 kitoba sharxi esa 40 jildda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyatli
qismi 9 ta kitobdan iborat bo’ldi.
Konfutsiychilik dinining «Si-Shu» (To’rt kitob) va «U-Tszin» (Besh kitob)
degan muqaddas kitoblari bor. Biroq, bu kitoblarning barini ham diniy deb
bo’lmaydi. Ularning ichida dinga aloqasi bo’lmagan kitoblar ham mavjud.
Besh kitob quyidagi kitoblardan iborat:
«I-Tszin» (o’zgarishlar kitobi, sexrgarlik, duolar to’plami);
«Shu-Tszin» (qadimgi tarix. afsonaviy imperatorlar tarnxi);
«Shi-Tszin» (qo’shiq aytish kitobi, qadimgi poeziya to’plami);
«Li-Tszi» (marosimlar kitobi);
«Chun-Tsyu» (baxor va ko’z kitobi). To’rt kitob esa:
a)«Da-Syue» (buyuk talimot, insonning o’zini-o’zi takomillashtiruvi xaqidagi
kitob);
b)«Chjup-Yun» (oraliq, o’rtalik xaqidagi kitob);
v)«Lun-Yuy» (xikmatli so’zlar kitobi);
g) «Men-Tszi» (Konfutsiyning eng qadimgi shogirdlaridan biri Men-Tszining
ta’limoti).
Konfutsiychilik dinining o’ziga xos, uni boshqa dinlardan ajratib turadigan eng
muxim belgisi - bu dinda ruhoniylar qatlamining yo’qligidir.
Bu dinning marosimlarini ota o’z uliga o’rgatishi kerak bo’lgan.
Diniy marosimlar davlat tomonidan tayinlanadigan amaldorlar, mansabdor
shaxslar tomonidan ijro etilgan. Ular «marosim professorlari» deb atalarli.
Yaqin-yaqiigacha Xitoyda fuqarolarni danlat amaldorligi mansabiga
abo’l qilishda quyiladigan bir talab - ulardan konfutsiychilik dini marosimlarini
qanchalik bilishi va bajara olishi xaqida imtixon topshirishlari bo’lganligi bejiz
emas. Shunday qilib, imperator konfutsiychilik asoslarini yaxshi bilgan amaldor
orqali davlat ishlarini boshqargan. Bu esa xukmron doiralarni mutlaqo
qanoatlantirgan edi.
Konfutsiylikda ajdodlarga va ruhlarga sianish muxim o’rin egallaydi. Shu
boisdan qurbonlik qilish, to’g’ilish, oila qurish dafn va boshqa marosimlar tantanali
bajariladi. Bularni davlat hokimlari, oila yoki urug’ boshliqlari boshqaradilar.
Hech qancha o’tmay Konfutsiylik Xitoydagi ta’sirchan siyosiy, falsafiy va etnik
ta’limot oqimiga aylandi. Miloddan avvalgi II asrg kelib Konfutsiylik Xitoyning
rasmiy mafkurasi sifatida tan olindi va u davlat dini vazifasini bajara boshladi.
Eramizning boshida konfutsiylikka diniy g’oyalar kiritilgan va u diniy ta’limot
sifatida talqin qilina boshlangan. Konfutsiyning kabri yoniga ko’plab ibodatxonalar
qo’rilgan, unga qurbonliklar qilina boshlangan. Shu tariqa Konfutsiy xudo darajasiga
ko’tarila boshlangan. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari
tomonidan uning barcha tabarruk narsalari va unga taalluqli ashyolar: yozgan
asarlari, musiqa asboblari, ro’zor anjomlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib
ko’yildi. Vaqt o’tshpi bilan faylasufning obro’si oshib, ta’limoti keng tarqalgani sari
ushbu ibodatxona ham ziyoratgoxga aylanib bordi. Tsuyfu yaqinida Konfutsiy
shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq barpo bo’ldi. Lu
podshoxligi xukmdorining o’zi Tsuyfuga kelib, Konfutsiy ibodatxonasida uning
xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgan sayin er mulklari bilan
boyidi. Bu joy oddiy maxalliy ibodatxona shaklidan Xan so’lolasi davriga kelib
butun mamlakat miqyosidagi muqaddas ziyoratgoxga aylandi. Mil. av. 195 yilda
birinchi Xan podshoxi Lyu Ban shaxsan o’zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab
«tay-lyao» (Xitoydagi eng oliy qurbonlik - qo’y, xo’kiz va cho’chqa) uchlik
qurbonligi keltiradi.
Mana shu asrdan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va unga atab
muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo’ldi.
Xan so’lolasi davrida konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X-X1P asrlarga
kelib, Sun so’lolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa kiyazlik unvoni
berildi. Keyinroq Yuan va Min so’lolalari (XSh-X1U asrlar) davrida unga yana ham
yuksakroq daraja - «Xaqiqiy donishmand», «Millatlarning buyuk ustozi» unvonlari
berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfutsiyga atab kurilgai ibodatxonalar
paydo bo’ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki paytda
ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy nomi yozilgan
lavxa osilgan edi. Xitoyga buddizm kirib kelgach, lavxa o’rnini endi Konfutsiyning
xaykali egalladi. Tsuyfudagi ibodatxonadan boshqa hammasi bir xil shakja ega edi.
Unda Konfutsiy xaykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavxa yoki xaykallar
qo’yilgan. Tsuyfudagi ibodatxonada ularning soni ko’proq.
Faylasufga atab qilinadigan kurbonlikyaar va boshqa muxim marosimlar
tartibga solingan. Har oyning birinchi va 15-kunlarida ikki marta Konfutsiy xaykali
oldida odatiy qurbonliklar, yilda - baxorda va ko’zda ikki marta aloxida tantanali
marosimlar o’tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mo’lozimlari
doninshand timsoli oldida turib, unga: «Sen buyuksan, ey
utlaq donishmand, sening fazilatlaring ko’p, ta’limoting beqiyos, o’tganlar
orasida senga tengi yo’q!» - kabi hamdu sanolar bilan murojaat qilganlar.
Konfutsiy nomi o’rta asrlarga kelib Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning timsoli
podshoxlar boshidagi tojlardan o’rin oldi.
XX asr boshlariga kelib, Konfutsiy sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora
ko’paya bordi.
Konfutsiylikda axloqiy tamoyillar - xukmronlik - tobelik munosabatlariga
asoslangan. Yoshi va ijtimoiy axvoliga ko’ra kichik bo’lganlar kattalarga qathiy
bo’ysinmoqlari lozim. Shuning uchun ham Konfutsiylik otani, amaldorni, samoning
erdagi farzandi bo’lgan podshoxni izzat-hurmat qilish, unga xizmat qilish va
bo’ysunishni esa hayotning maqsadi deb tushuntirgan. Bu ta’limotning bosh tamoyili
-insonparvarlik bo’lsada, ammo ularning qarashlaricha, insonparvarlik faqat aslzoda,
oqsuyaklarga xos fazilat bo’lib, oddiy odamlar rostgo’ylik, yaxshilik, olijanoblik,
ma’rifatt, jasurlik nima ekanligini bilmaydi. Axloqiy tarbiyanining zarurligini ehtirof
etsada,
Konfutsiylik
umuman
olganda
mulkdorlarning
xukmdorligini,
aristokratlarning imtiyozlarini saqlash va mustaxkamlashni, eziluvchilar va
ezuvchilarni o’zaro kelishtirishni maqsad qilib qo’ygan ta’limot edi. Xuddi shu narsa
Konfutsiylikning juda o’zoq davrda (1911) Xitoydagi rasmiy axloq bo’lib
kelganligini asosan belgilab berdi.
Konfutsiylik tarafdorlari diniy kitoblardagi ta’limotga qathiy rioya qiladilar; bu
ta’limot mavjud tizimning engilmasligini targ’ib qilganligi uchun Xitoy
feodalizminining asosiy mafkurasi bo’lib qolgan.
U 1503 yilda davlat tomonidan mashxur avliyolardan biri sifatida ehtirof
etilgan. Aslida Konfutsiy o’zining diniy-axloqiy falsafasini yaratmagan. U qadimgi
Xitoyda bitilgan beshta mumtoz kitobni to’plash, uni har tomonlama sharxlab berish
va keng tashvik etishda mashxur bo’lgan. Masalan, uning "Baxor va ko’z kitobi"da
Lu davlatining tarixiga doir sharxlar yozilgan.
Konfutsiy tomonidan bayon etilgan kitoblarning asosiy mazmuni beshta oddiy,
lekin buyuk insoniy fazilatdan iboratdir. Bu donolik, insoniylik, sadoqat, keksalarni
hurmat qilish va jasoratni qamrab oladi. Bular kishilar xatti-harakati, xo’lq-atvorini
belgilovchi axloqiy qoidalar bo’lib, amaliy dastur vazifasini bajargan. Bu vijdoniylik
va o’zini hamda o’zgalarni hurmat qilishni bildiradi. Ular o’z moxiyatiga ko’ra,
tabiat qonunlariga mos tushib, kishilar hayotida aql mezoni asosida o’rnatilgan
tartibning muxim shartlari xisoblanadi. Lekin bunday talablarni amalga oshirishga
yuksak mahnaviyatli, xos kishilargina qodirdirlar. Konfutsiyning fikricha, qayd
etilgan qoidalarni o’rinsiz kengaytirish maqsadga muvofiq emas. Har qanday
"nomlarni islox qilish" nazariy jixatdan kishilarning o’zligini anglashga, aql
tamoyillariga asoslangan va inson kamolotini tahminlay oladigan ijtimoiy tuzumni
yuzaga keltirishga xizmat qilmoi lozim.
Konfutsiylik miloddan avvalgi I asrda davlat tomonidan ehtirof etilgan ta’limot
mavqeiga ega bo’ldi. Konfutsiylik eramizning IX asridan boshlab buddizm ustidan
alabaga erishadi, XI asrga kelib, daosizmni jamiyatning ma’naviy hayotidan siqib
chiqara boshlaydi.
Konfutsiy ta’limotini Men-tszi (Men Ke miloddan avvalgi 371-289 yil) davom
ettirdi. U Konfutsiyning axloqiy qarashlarini rivojlantirib, ezgo’likni inson
tabiatining asosi qilib oldi. Insonda ezgo’lik to’rtta fazilat orqali amalga oshadi.
Uning asosini bilim tashqil qiladi, chunki narsalar, olam va insonga xos tartibni bilish
insoniylik, xushfehllik, bilim va to’g’rilikni ro’yobga chiqarish bilan ifodalanadi.
Aql tamoyiliga asoslangan insoniylikni tan olmagan, o’zining xukmronligini
zo’ravonlik bilan amalga oshirgan xukmdorning xalqdan umidini o’zgani mahqo’l.
Osmon xukmi barcha narsalar, jumladan, kishilar, ularning hayoti, ijtimoiy
funktsiyasi, hokimiyatini belgilaydi.
Konfutsiychilikning yirik namoyandasi Syun-tszi (Syun Tsin, miloddan avvalgi
III asr) Men-tszi bilan bahs-munozaralarga kirishib, uning inson tabiati xaqidagi
ta’limotiga qarshi chiqadi. Inson tabiatning bir qismidir, deb ta’lim beradi Syun-tszi.
Inson, o’z tabiatiga ko’ra, yomon axloq soxibidir. Uning barcha yaxshi, ijobiy
fazilatlari tarbiyaning natijasidir. Kishilar tabiat ustidan xukmron bo’lish maqsadida
bir-birlari bilan birlashadilar. Agar biz axloqiy ong chegarasini aniq belgilab olsak,
garmoniyaga erishamiz. Garmoniya - birlik. Garmoniyaga erishgan inson qudratli
kuchdir. Syun-tszi tabiatni jonsiz, jonli, ongli mavjudotlarga bo’ladi. Uning
qarashlarida bilish masalalari ham tilga olinadi. Bilishning birinchi ilk bosqichi
xissiy bilishdir. Voqelikni tushunchalar orqali bilish esa aqliy bilishni tashqil etadi.
Aql uchta talabga javob berishi lozim, ulardan eng muximi - aqlning sofligi.
3. Daosizm
Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning
o’rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. Bu ta’limot,
dastavval birmuncha mavxum harakterga ega bo’lib, din bilan hech qanday aloqasi
bo’lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfutsiychilar kabi o’z zamonalaridagi
harakatlarga qarshi bo’lganlar. Daosizm targabogchilari ham xukmdorlar orasidagi
tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori
orqaga - «oltin asr»ga qaytishga chaqirar edilar.
Xitoylik faylasuf Lao tszi Chu podshoxligining fuqarosi bo’lib, asl ismi Li Er
edi. Lao tszi «ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo’lib, «qariya»
deganidir.
Lao tszi Chjou saroyida arxiv xodimi bo’lib xizmat qilgan. Konfutsiy bilan
uchrashgan. Lao tszi Chjou saltanatining inqrozga yuz tutganini ko’rib, «istehfoga»
chiqadi va tarki dunyo qilib, g’arbga qarab yo’l oladi. Chegaraga etib kelganda
chegara boshlii undan o’z vataniga nimadir holdirib ketishni so’raydi. Li Er chegara
boshliiga 5000 belgidan iborat qo’lyozmani topshiradi. Bu tarixda «Daodetszin»
(«Ezgo’lik yo’li yoki Kuch va harakat xaqidagi kitob») nomi bilan mashxur kitob
edi. Bu kitobda Dao ta’limotining moxiyati xaqidagi so’z boradi. Dao ieroglifi ikki
qism: «Shou» - bosh va «Tszou» - barmoq degan so’zdan iborat. Bu «odamlar
yuradigan yo’l», degan ma’noni bildiradi. Xozirga kelib «Dao» qonuniyat, qonun
degan ko’chma ma’noni anglatadi.
Daosizm o’zining ilk ko’rinishida nazariyadai ko’ra ko’proq amaliyotga
aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilai bog’liq edi. Chunonchi qadimgi
davolash uslublari falsafa, ayniqsa, daosizm falsafasi bilan chambarchas bog’liq
bo’lgan. Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy
kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bolab, jodugarlik va sexrdan keng foydalanganlar.
Daosizmda mil. av. IV - III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi.
Bunday asarlarda ijtimoiy - siyosiy va axloqiy masalalar daosizm uchun unchalik
muxim sanalmadi. Biroq daosizm vaqillari ilk bor borliq, tabiat, koinot xaqidagi
tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Tszis faylasuflar akademiyasida
daosizm nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun Tszyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va
boshqalar to’plangan bo’lib, ular inson va uni o’rab turgan borliq xususida beto’xtov
munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar xozirgi kungacha
saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin»
risolasida o’z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Tszi xisoblanadi. Uning
hayoti xaqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-
Tszi onasining qornida bir necha o’n yillar yashab, keksa donishmand xolida
dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Tszi» - «keksa donshpmand», «qari bola»
deb atadilar.
Lao-Tszi mil. av. VII asrda tug’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi xisoblanadi.
Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Tszi bilan uchrashganligi, uning
donoligidan xayratta tushgani va uni ajdaxo deb atagani xaqida rivoyat keltiriladi.
Lao-Tszi ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug’
Dao» xisoblanadi (dao, tao - «yo’l», «xaqiqat», «tartib» demakdir). Dao xaqidagi
ta’limot konfutsiychiliqda bo’lgan. Chunki dao to’g’risidagi fikrlar konfutsiychilik
va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki
ta’limotning o’xshash jixatlari ko’p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni
yaratuvchi samoviy qonunlar majmuasi deb xisoblagan. Boshqacha aytganda, dao
— ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yiindisidir. Daosizm vaqillari uchun dao
o’zgacha mazmunga ega: dao umumiy tabiat qonuni va ibtido, intixoning o’zagidir.
Umumiy mazmunda dao - butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan,
barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko’rinmaydi,
sezgi ahzolari uni ilay olmaydi. Nimani ko’rish, eshitish, sezish, anglash mumkin
bo’lsa, u dao emas.
Dao osmon, tabiat va jamiyat qonunlarini belgilaydi. U - yuksak ezgo’lik va
tabiiy adolat timsoli. Uning uchun hamma teng, barobardir.
Usha davr madaniy hayotidagi kamchiliklar, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-
siyosiy tengsizlik, xalqning nochor axvolini Lao-tszi asl daodan chekinish tufayli
kelib chiqqan deb xisoblaydi. U mavjud axvoldan noroziligini ifodalarkan, adolatni
tiklash qudratiga ega deb sanalgan daoga umid bolaydi: "Osmon daosi boylardan
ortiqchasini tortib oladi va muxtojlarga beradi. Odam daosi esa, aksincha,
kambag’allardan tortib oladi va boylarga beradi". Bunday talqinda dao bevosita amal
qiluvchi tabiiy xuquk sifatida namoyon bo’ladi.
Tabiiy bo’lmagan barcha narsa-hodisa (madaniyat, boshqaruv, qonunchilik
soxasidagi inson o’rnatgan tartib-qoidalar), Dao ta’limotiga ko’ra, daodan chekinish
va xato yo’l deb qaraladi.
Lao-tszining fikricha, olamdagi barcha narsalar doimiy harakatda, o’zgarishda.
Insonning tabiat bilan o’zaro hamkorligi uning ruhiy barqarorligi, osoyishtaligini
tahminlaydi. U inson, jamiyatning ortiqcha bezovtaligini, o’ta faolligini mahqo’l
ko’rmaydi. Ortiqcha faollik tsivilizatsiyani tudirib, inson va olam o’rtasidagi
garmoniyaning bo’zilishiga, disgarmoniyaga olib keladi. «Narsalar me’yori»ga amal
qilish insonning muxim hayotiy vazifasi bo’lmoi lozim. Voqelikni bilish
osoyishtalik vaziyatida amalga oshadi. Bunday fikr Konfutsiyning ta’limotiga ziddir,
chunki u ta’lim-tarbiyaga aloxida e’tibor berganligi ma’lum.
Dao ta’limotida faoliyatsizlik va faol harakatdan voz kechish tamoyillariga
keng o’rin berilgan. Ushbu ta’limotda faoliyatsizlik, avvalo, xukmdorlar va
boylarning xalqqa qarshi faoliyatini tanqid qilish, xalqni siquvga olishdan voz
kechishga da’vat sifatida yangraydi.
Daoga amal qilgan donishmand xukmdor davlatni odamlar yaratgan, ya’ni
pozitiv qonunlar, urf-odatlar bilan boshqarmasligi lozim, aksincha, u tabiiylikka
suyanmoi kerak.
Dao ta’limoti targ’ib qilgan bunday faoliyatsizlik ijtimoiy passivlikni keltirib
chiqarardi. Shunga ko’ra madaniyat va taraqqiyot yutuqlarini tanqid qilgan Lao-tszi
o’tmishdagi tarqoq qishloq va shaharlardagi patriarxal tuzumga qaytishga, mexnat
vositalari, yozuv va barcha yangiliklardan voz kechishga chaqiradi.
Daosizmning falsafiy printsiplari «Dao Dets-zin» kitobida bayon etilgan. Bu
asar o’tmishdagi yarim afsonaviy Xitoy donishmandi Lao-Tszi qalamiga mansubdir.
Bu kitob alati va jumboqli aforizmlar, xikmatli so’zlar to’plamidan iborat.
U olamning moxiyati va bosh sababi, dunyoning turli - tumanligi manbai,
barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, tus qandaydir yo’l bo’lib, atrofni
o’rab olgan olam va barcha kishilar shu yo’l bilan borishi lozim. «Dao» diniy
mazmun kasb etgan yo’lgina bo’lib holmay, ayni paytda, u hayot tarzi, usuli,
printsiplari ham edi.
Daosizm falsafasida materializm hamda stixiyali dialektika unsurlari ham
bo’lgan. Masalan, «dao» so’zini materialistik no’qtai nazardan talqin etganda, u
tabiat. ob’ektiv olam deb ham tushuniladi. Lao-Tszining ayrim izdoshlari «dao»ni
xuddi ana shu mazmunda tushunganlar.
Lao-Tszi falsafasida o’ziga xos stixiyali dialektik unsurlari quyidagi fikrlarda
ko’zga tashlanadi:
borliq va yo’qlikdan hamma narsa kelib chiqqan;
mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan narsalardan - harakat;
o’zun va qisqadan - shakl;
yuqorilar o’zlariga quyilarni bo’ysundiradilar;
baland
ovoz
past
ovoz
bilan
birgalikda
uyunlikni
vujudga
keltiradi;
avval vujudga kelgan narsa keyingisini o’ziga buysundiradi;
mukammal bo’lmagan narsalardan bir butunlik xosil bo’ladi;
qiyshiqdan
-
turilik;
past-balandliqdan
-
tekislik;
eskidan
yangi kelib chiqadi;
biror narsa siqilar ekan - u albatta, keyinchalik kengayadi;
nimadir kuchsizlanar ekan - u keyiichalik kuchayadi;
nimadir yo’q qilib yuborilar ekan - keyin u qayta tiklanadi va xokazo.
Lao-Tszi o’z dialektikasini qarama-qarshiliklarning ko’rashi ma’nosida emas,
balki ularni murosaga keltirish ma’nosida tushungan.
Daosizm
ta’limotidagi
ajabtovurlik
shundan
iboratki,
u
kishilarni
harakatsizlikka, faoliyatsizlikka da’vat etadi. Shuning uchun ham daosizmda
tabiatdagi hayotdagi biror narsani o’zgartirishga qaratilgai har qanday harakat,
o’rinish, faoliyat qoralangan.
Lao-Tszi har qanday bilimni yovo’zlik bilan teng xisoblagan. Shuning uchun
ham daosizm ta’limotida quyidagi alati so’zlar bor edi:
Kimda-kim har qanday bilimdan ozod bo’lsa, u hech qachon kasal bo’lmaydi.
Kimda-kim o’zining borliini teran bilsa, u nodon bo’lib holadi.
Bilim yuq, mana, nima uchun men hech narsa bilmayman. Biz yuqorida
Lao-Tszi
ta’limotida
odamlarni
faoliyatsizlikka
undovchi
g’oyalar
ham
borligini
ta’kidlagan
edik.
Bu
uning
quyidagi
so’zlarida
o’z
ifodasini topgan edi: hamma faoliyatsiz
bo’lsa. Hech narsa bilan
shug’ullanmasa. Er yuzida to’la xotirjamlik xukm suradi; men hech narsa bilan
shug’ullanmas ekanman, bu xalq uchun yaxshidir: qachonki men xotirjam -
ekanman, demak men xalqni adolatli qilgan bo’laman: qachonki men biror-bir yangi
narsaga harakat qilmas ekanman, demak, xalq boyiydi.
Lao-Tszi xalq orasida podsho hokimiyatini juda yuqori quygan.
Uning fikricha Dao ulug’ osmon ulug’ er ulug’, podsho ulug’. Demak er yuzida
4 ulug’lik borkim ulardan biri podshodir. Lao-Tszi fikricha, bunday podsho
muqaddas va faoliyatsiz doxiy edi. Lao-Tszi o’z davridagi davlat hokimiyatini tan
olmagan, uni inkor etgan. Shuning uchun ham u «Bu davlat hokimiyati mavjudligi
tufayli xalq och-yalanochdir, davlat soliqlari juda o’lkan va oirdir. Bu narsa xalq
ko’lfatining sababidir», deb yozgan edi.
U o’z fikrini davom ettirib: «Asosiy fazilat, ximmat - qanoat qilmoqdir.
Osmonga xizmat qilmoq va odamlarni boshqarmoq uchun, yaxshisi, qanoat
qilmoqlik zarur. Qanoat qilmoqlik - axloqiy mukammallikka erishishning birinchi
poonasidir», deb ham yozgan.
Lao-Tszi bu fikrlarni bekorga aytmagan edi. Bu ta’limot ma’lum bir ijtimoiy
qatlamning - mavjud tartiblarni saqlab holishga urinayotgan patriarxal koxinlarning
manfaatini ifodalar edi.
Lao-Tszining o’zi u davrda davlat xizmatida edi (arxiv ishlarini boshqarardi),
lekin keyinchalik u mamlakatda sodir bo’layotgan tartibsizliklardan norozi bo’lib
davlat xizmatidan ketgan. Demak, Lao-Tszi davlat ishlariga ta’sir ko’rsata olmagan.
Buning sababi, uning ta’limotida davlat ishlariga aralashmaslik g’oyasining
mavjudligida edi. Uning ta’limoti esa, yuqorida aytganimizdek, miloddan avvalgi II
asrda vujudga kelgan daosizm dinining asosi bo’lib xizmat qilgan.
Daosizm dinida uch xudo - Shan-Di, Lao-Tszi hamda dunyoning yaratuvchisi
Pant - Gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan.
Shan - Di osmon xudosi, oliy ruh, qudrat va osmon uillari bo’lgan
imperatorlarning otasi xisoblanardi.
Daosizm dininiig asosiy moxiyatlaridai biri bu dao va u bilan aloqador tabiat
falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta
avjudlik, hayot va o’limning nisbiyligi va shunga bog’liq holda o’zoq yashash,
abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari - Xan asriga kelib,
abadiy hayot masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi
va so’nggi masalp uvey tamoyilidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti
Xan asriga kelib daosizm dinining shakllaishliga asos bo’ldi.
Milodiy II asrga kelib daosizm dinida yangi sektalar paydo bo’ldi. Ulardan biri
«Taypindao» («Buyuk tenglik ta’limoti») bo’lib, uning asoschisi Chjan Tszue
xisoblanadi. U xalq orasida sexr-jodu orqali barcha kasalliklarni to’zatuvchi hamda
kishi umrini o’zaytiruvchi shaxs sifatida shuxrat topdi. Uning atrofiga ko’plab
odamlar yiildilar. Chjan Tszue odamlarni 36 jangovar guruxga bo’lgan. Katga
guruxdarga «da fan» katta sexrgarlar, kichik guruhlarga «syao fan» kichik sexrgarlar
boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori bopshiq Chjai Tszue («Buyuk osmon
raxnamosi») sanaladi. Uning ikki ukasi «Buyuk er raxnamosi» va «Buyuk inson
raxnamosi» deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmdagi uchtalik ta’limoti - osmon,
er va inson birligining ramziy timsoli edi. «Taypindao» sektasi ta’limoti
«Taygshntszin» kitobiga asoslanadi.
«Taypindao» sektasi bilan birga yana bir «Udoumidao («Besh dou guruch
ta’limoti») sektasi ham mavjud bo’lib, qadimgi Xitoy jamiyatida katta ta’sir
doirasiga ega bo’lgan. Uning asoschisi mashxur daochi Chjan Dao Lin bo’lib, u
ushbu sektaninggina emas, balki butun daosizm ibodatxonasining asoschisi
xisoblanadi.
Ushbu sektalar tarixda xukmron tabaqalarning adolatsizligiga qarshi ko’plab
siyosiy kurashlarga, Qo’zg’olonlarga boshchilik qilgan.
Daosizm dini o’z ibodatxonalariga, muqaddas kitoblariga, diniy xizmatni
bajaruvchi ruhoniylariga ega.
Bu dinning diniy tashqiloti ierarxiya printsipiga asoslangan. Ierarxiyaning
boshida oliy ruhoniy (patriarx) - Tyan-Shi (samoviy ustoz) turadi. Uning so’lolasi
milodning II asrida vujudga kela boshlagan. Oliy ruhoniy oilaviy turmush qura olar
edi. U o’z dindorlari orasida juda katta obruga ega bo’lgan. Bu dinning boshqa
ruhoniylari ham oilaviy turmush kura olgan. Ayni paytda bu dinda roxiblar ham
mavjuddir.
V asr boshiga kelib, daosizm diniy ta’limoti va marosimlari rasmiylashgan, u
davlat diniga aylangan. Biroq, uning zamirida juda ko’p sektalar vujudga kelganki,
ular iloxiyot masalalari, aqidalar, marosimlarni mustaqil talqin etishlari, dindorlar
burchlarga turlicha qarashlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Daosizm muxlislari orasida dunyodan mutlaqo yuz o’girgan zoxidlar ham, oliy
xo’zo’r - xalovatga erishish uchun bu dunyo nehmatlaridan voz kechish shart emas
deb biladigan dindorlar ham bor.
Daosizm ruhoniylari shaxsning axloqiy o’z - o’zini takomillashtirish g’oyasini
targ’ib qilib, dindorlarga o’zoq umr ko’rishga erishishniig muayyan usulini ham
taklif etadilar. Bu usullar - parxezni. jismoniy mashqlar tizimini va boshqalarni o’z
ichiga oladi. Ayni vaqtda ular «yovo’z ruhlar»ni xaydash fol ochish bilan
shug’ullanadilar.
Daosizm ta’limoti shakllangai paytda ijobiy harakterga ega edi. Keyinchalik u
o’zining bu xususiyatini yo’qotgan. Nega? Bu dinda dunyoda 4 ulug’likdan biri
podshodir deb xisoblanishini biz yuqorida aytib o’tgan edik. Shuning uchun ham bu
dinning V asrda davlat diniga aylangani bejiz emas. U Xitoy imperatorlari
manfaatiga mos edi.
Lao-Tszi, ya’ni inson ham bu dinda xudo darajasiga ko’tarilgan. Imperatorlarga
xuddi shu narsa kerak edi. Bundan tashqari, bosh xudo Shan-Di, yuqorida
aytganimizdek, «Osmon uillari» bo’lmish imperatorlarning otasi edi. Shunday qilib,
bu din xukmdor sinfning manfaatiga moslashtirildi ularga xizmat qila boshladi. Bu
bilan o’zining progressivlik harakterini yo’qotdi. Qolaversa, bu din esqilikni qattiq
ximoya qiladigan. baozi xollarda tarkidunyochilikni targ’ib etadigan din bo’lganligi
uchun ham uning tarafdorlari bora-bora kamaygan.
Daosizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiychilik bilan raqobatlashib
keldi. VI asrga kelib daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o’rinni egallagan
edi. XIII asrdan boshlab daosizm ta’limoti aniq asoslarga ega emasligi va ilk
davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz
tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib Xitoyda turli daosizm sektalariga qarshi kurash
boshlandi. O’tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni
tashqil qildi. Ushbu kichik guruxdar monaxlar, targ’ibitchlar va bashoratchilarni o’z
ichiga olar edi.
Lao-tszining falsafiy ta’limoti Chjuan-tszi (miloddan avvalgi 369-286 yil),
Ven-tszi (miloddan avvalgi VI asr) va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Ular
falsafaning ontologiya, gnoseologiya, jamiyat va inson muammolariga aloxida
e’tiborni qaratganlar.
Xitoy falsafiy tarixida nomlar maktabi o’ziga xos o’rin egallaganligi ma’lum.
Nomlar maktabi voqelikni til vositasida ifodalash muammolari bilan masho’l
bo’lgan. Uning vaqillaridan biri Xuey Shi (miloddan avvalgi 350-260 yil) ko’pgina
narsalarning tushunchalarda noadekvat ifodalanishiga e’tiborni qaratgan. U buning
sababini narsalarning bir-biriga qiyoslanmasligida, deb bilgan. Bu ta’limot,
keyinchalik Gunsun Lun (miloddan avvalgi 284-259 yil), In Ven-tszi, Den Si-tszi va
boshqalar tomonidan davom ettirildi. Bahs-munozaralar nomlar maktabi uchun
muxim ahamiyatga ega, chunki Chjuan-tszi vafot etgan raqibi Xuey-tszi to’g’risida
qayurib, «Men bilan bahs yuritadigan odam holmadi»,-deb yozadi.
Daosizm va nomlar maktablarining fikrlash - tafakkur uslubi anoana mavqeiga
ega bo’lgan konfutsiylik ta’limotiga bardosh bera olmagan. O’zgacha uslubda
fikrlash, bahs-munozara, isbot uchun dalillar keltirish, mavjud g’oyalarni rad etish
va xokazolar ularning umrini qisqartirgan. Asta-sekin bu ta’limotlar konfutsiylikka
yaqinlashib, o’zining avvalgi mavqeini yo’qotgan.
3. Moizm
Qadimiy Xitoy faylasufi Mo-tszi mayda mulkdor oilasida to’g’ildi. U ildiraklar
va qurollar uchun so’loq yasovchi moxir usta bo’lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur
o’rgangan. U Xitoy falsafasiga birinchi bo’lib GU (sabab) va LEY (tur) darajalari
tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi.
Mao - tszi qarashlari uning shogirdlari tomonidan to’plangan «Mao - tszi»
kitobida jamlangan. Mao - tszining zamondoshlariga ta’siri shunchalar kuchli
bo’lganki, u xudi Konfutsiy kabi shuxrat
qozongan.
Mao-tszi siyosiy-xuquqiy g’oyalari. Maoizm asoschisi Mao-tszi (Miloddan
avvalgi 479-400 yillar) barcha odamlarning tabiiy tengligi g’oyasi bilan chiqqan. Bu
ta’limot davlat kelib chiqishining shartnomaviy kelishuv xususiyatiga egaligini va
bunda oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanini asoslab bergan. "Adolatning yaxlit
namunasi"ni izlagan Mao -tszining g’oyasiga ko’ra, qadimda boshqaruv va jazolash
bo’lmagan. Adolatni har kim o’zicha tushungan, odamlar o’rtasida dushmanlik avj
olgan. Tartibsizlik va ko’lfatlar sababi xisoblangan boshqaruv va boshchilikning
yo’qligini anglagan odamlar eng fozil va donishmand odamni «osmon farzandi» etib
saylashgan. Shundan so’ng «osmon osti»da tartib o’rnatilgan.
MAO-TsZI - qadimgi Xitoy falsafiy maktablaridan biri bo’lgan. Bu maktab ikki
asr yashadi, xolos. Mao-tszi ta’limoti bo’yicha osmon -hokimlik ramzi. Uning
namunasi - insonparvar shaxs bo’lmoi lozim. Katta davlat kichik davlatga hujum
qilmasligi, qudratli oila ojiz, kichkina oilaga zuum o’tkazmaslikka, kuchli kuchsizni
talamasligi, muombir soddadilni aldamasligi, taniqli tanilmaganning ustidan
ko’lmasligi kerak. Osmon kishilarning bir - birlariga yordam berishlarini xoxlaydi.
Shuningdek, u hokimlar davlatni boshqarishga katta ahamiyat berib, erda tartibot,
adolat xukm surmoini istaydi. Mao-tszilar ham jamiyatda adolat xukm surishi,
kishilar bir - biriga o’zaro do’stona munosabatda bo’lishiga da’vat etganlar. Ular
tabiat insonga faqat ijobiy munosabatda ekanligini ko’rsatganlar. Mao-tszi va uning
izdoshlari Konfutsiy ilgari surgan taqdiri azal g’oyasini rad etganlar. Osmon hech
kimni aloxida ajratib taqdirlamaydi. Kishilar erkin. Osmon faqat insonlar bir -
birlarini yaxshi ko’rishlarini istaydi. Mao-tszichilar, shuningdek, inson nafaqat o’z
yaqinlarini, balki begonalarni ham sevish kerak, deydilar. Bu bilan ular,
«umummuxabbat» g’oyasini ilgari surishgan. Xalq - bebaxo boylik. Osmon irodasi
va inson irodasi hamoxang. Mao-tszichilar har qanday urushga qarshi bo’lganlar, har
qanday nizolarni urush yo’li bilan emas, balki kelishuv, muzoqara yo’li bilan xal
etish tarafdori bo’lganlar. Mao-tszi va uning izdoshlari olib borgan siyosat nafaqat
o’z davrida, balki undan keyin ham ko’p yuz yillar davomida axloq -odobning
namunasi sifatda qaraldi.
Barcha uchun bir xil bo’lgan yagona adolat va yagona qonunchilik hokimiyati
xaqidagi bu g’oya qattiq jazo choralariga va zo’lm -zo’ravonlikka suyangan holda
o’z tartiblarini o’rnatuvchi xukmdorlar, boylar va amaldorlarga qarshi qaratilgan. Bu
o’zboshimcha tartiblar, Mao-tszi ta’limotiga ko’ra, oliy hokimiyat to’g’risidagi
kelishuvga va hamma uchun umummajburiy bo’lgan yagona adolatga ziddir.
Mao
-
tszi
ta’limotida
davlat
boshqaruvida
oddiy
odamlar
manfaatlarini xisobga olish xaqidagi talablar ham muxim o’rin to’tadi. U
barcha
bildirilgan
mo’loxazalar
mamlakatni
boshqarishda
tatbiq
etilishi
kerak, bunda "osmon osti"dagi oddiy odamlar manfaatlaridan kelib chiqish
kerak deb xisoblagan. Shu mezondan kelib chiqqan Mao-tszi o’z qarashlarida
konfutsiychilarni tanqid qilgan.
Uning ta’kidlashicha,
konfutsiychilarning batafsil ta’limoti dunyo qoidasi bo’lolmaydi, chunki ular
ko’p mo’loxaza yuritishadi, ammo oddiy xalqqa biron-bir amaliy yordam
berishaolmaydi.
Mao-tszi qathiy ravishda jamiyatning kuyi tabaqalarini zo’lmdan, ochlik va
azobdan qutqarish tarafdori bo’lib maydonga chiqadi. Umuman, u siyosiy-xuquqiy
voqelikka "kambag’allik - boshqaruvdagi barcha tartibsizliklarning ildizi" degan fikr
asosida yondashgan.
Bu ta’limotda ijtimoiy axloq muammolariga katta e’tibor berilgan. Maoizm
ta’limoti Konfutsiy ta’limotidan tubdan farq qiladi. Hech bir falsafiy maktab
mochilardek mexnatga aloxida e’tibor bermagan. Bu maktabning tinglovchilari o’z
mexnati bilan kun kechirgan. Mexr-oqibat, go’llab-yashnash va o’zaro
manfaatdorlik ularning asosiy shiori bo’lgan. Xilma-xil nazariy tadqiqotlarning hech
qanday zaruriyati yo’q, jamiyat uchun eng muxim faoliyat mexnat faoliyatidir.
Mao - tszining vafotidan so’ng mechilar bilish masalalari bilan ham
qiziqishgan. Ular ta’limotida xissiy mushoxada, sezgi ahzolarinnig bilishdagi o’rni,
narsa nomlari, xukm-muxokamalarni tajriba orqali tasdiqlash lozimligi kabi
masalalar yaqhol sezila boshlangan.
4. Legizm
Qadimgi Xitoydagi muxim ijtimoiy va siyosiy-xukuqiy ta’limotlardan yana biri
Legizm (qonuniylik maktabi) bo’lgan. Uning asoschilari Shan Yan (miloddan
avvalgi 390-338 yillar) va Xan Fey (miloddan avvalgi 288-233 yillar) bo’lishgan.
Legizmning asosiy g’oyalari Shan Yanning «Sha tszyun shu» («Shan viloyati
xukmdori kitobi») asarida ifodalangan.
Legizm ta’limoti diqqat markazida ham asosiy mavzu xuddi Konfutsiylik
ta’limotidagi singari jamiyatni qanday boshqarish masalasi turgan. Legizm
tarafdorlari jamiyatni qonunga suyanuvchi kuchli davlat hokimiyati vositasida
kattiqqo’llik bilan boshqarish tarafdori bo’lishgan Legizmning biz o’rganayotgan
fanga aloqador bo’lgan quyidagi jixatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
aloxida individlar va ijtimoiy guruxdar manfaatlari odatda bir-biriga qarama-
qarshi bo’ladi;
o’zaro dushmanlik va zo’lm-zo’ravonlikka yo’l qo’ymaslik uchun ijtimoiy
munosabatlarga davlat aralashuvi lozim;
davlat (armiya va mansabdorlar timsolida) qonunga amal qiluvchi fuqarolarni
rabatlantirishi va aybdorlarni qattiq jazolashi kerak;
nima to’g’ri, nima noto’g’riligini ko’rsatuvchi va jazo qo’llashning mezoni
qonun bo’lishi darkor;
qonun hamma uchun, oddiy xalqqa ham, katta mansabdorga ham birday teng
bo’lishi kerak;
davlat hokimiyati avloddan-avlodga o’tmay balki tegishli bilim, ijobiy fazilatga
ega kishilar boshqaruvni egallashlari lozim;
davlat jamiyatni tartibga soluvchi asosiy mexanizm, shu boisdan ham u ijtimoiy
munosabatlarga, iqtisodiyot masalalariga, fuqarolarning shaxsiy hayotlariga
aralashishga haqlidir.
Legizmning yirik nazariyotchisi xisoblangan Xan Fey o’zining "Xan Fey-tszi"
asarida daochilar va konfutsiychilar karashlariga murojaat etar ekan. Ularning baozi
g’oyalarini Legizm ta’limoti tasavvurlari bilan
yunlashtirishga harakat qilgan.
Xan Feyning nuqtai nazaricha, eski qonunlar davr talablaridan kelib chiqib
o’zgartilishi lozim. "O’tgan xukmdorlarning har qanday qonuni, - deya ta’kidlaydi
Xan Fey, - o’z davri uchun muxim bo’lgan. Vaqt va qonun birday kechmaydi va
rivojlanmaydi. Eski qonunlar bizgacha etib kelgan bo’lsa-da, ulardan nusxa
ko’chirish
mumkin
emas.
O’tgan
xukmdorlarning
qonunlaridan
lozim
topilganlarinigina namuna uchun olish kerak".
Qonunlarga bunday tarixiy yondashuv Legizm ta’limotining o’zgarib borgan
siyosiy amaliyot va qonunchilik jarayoniga moslashuviga ko’maklashgan, shu bilan
birga Dao va Konfutsiy ta’limotlarining boshqaruv uchun ta’sirchan qator
g’oyalarini markazlashgan hokimiyat manfaatiga muvofiq tarzda talqin qilishga
yordam bergan.
Shen Buxay (miloddan avvalgi 400-337 yil) legizm ta’limotining asoschisi
xisoblanadi.
Uning
namoyandalari
ijtimoiy
nazariya
muammolari
bilan
shug’ullanishgan. Unda davlatni boshqarish masalalari ustuvor o’rin egallagan.
Legistlar konfutsiychilikka ko’plab o’zgartirishlar kiritishgan. Masalan, Shan
Yanning ta’kidlashicha, aqlli kishilar qonun yaratadilar, boshqa odamlar esa mavjud
qonun bilan chegaralanadilar. Imkoniyatga ega kimsa tartibni o’zgartiradi. Kimki
bunga qodir bo’lmasa, u bo’ysunadi. Qonunni bilmaydigan kishi bilan qonun
to’g’risida fikr yuritish bexuda, aqli chegaralangan kishi bilan o’zgarishlar xaqida
gapirishning foydasi yo’q.
Legizmning boshqa mashxur vaqili Xan Fey-tszi (miloddan avvalgi 233 yilda
vafot etgan) boshqa maktab tushunchalariga asoslanib, tartib, fazilat, insoniylik
masalalarini ko’targan. Uning fikricha, tartib - har qanday narsaning qiyofasini
ifodalovchi tushuncha. Jamiyat hayotidagi tartib - mavjud kamchiliklarni zoxiran
yashirishdir. Odamlar va xukmdor o’zaro munosabatlarini qayta-qayta qarab chiqish
zarur. Xukmdor chiqargan qonun va farmonlar ba’zan jamiyat manfaatlariga mos
tushmaydi, chunki ularda mukofot va jazolar tizimi ko’rib chiqilgan, xolos.
Inson tabiati shaxsiy manfaatdorlik bilan ifodalanadi. Shunday ekan, undan
ijtimoiy muammolarni xal etishda foydalanmoq lozim. Fuqaro o’z qobiliyatini
foydali narsaga sarflaydi va undan naf kutadi. Xaqiqiy qonun shunday
munosabatlarni boshqarishga xizmat qilmoi lozim. Xukmdorning taxti insonga
aloqador emas, balki ilohiy falaklarga taalluqlidir. Jamiyat taraqqiyoti betakrordir.
Boshqarish usul va tizimlari yangi ijtimoiy voqelikka mos tushmoi shart. Xan Fey
o’tmishni mutlaqlashtirib, unga hamdu sanolar yodirgan barcha maktablarni ayovsiz
tanqid qiladi.
Shunday qilib, qadimgi Xitoy falsafasida inson kamoloti, inson va jamiyat
o’zaro munosabati muammolari etakchi o’rin egallagan. Qolgan boshka muammolar
ham nazariy tafakkurni qiziqtirgan bo’lsa-da, ularning saloxiyati yaqhol ko’zga
tashlanmaydi.
Miloddan avalgi II asrda konfutsiychilik yangi ijtimoiy sharoitga moslashib,
davlatning rasmiy mafkurasi darajasiga ko’tarildi. U o’z tizimiga legizmning
davlatni boshqarish xaqidagi qarashlarni, daosizm, mexanistik naturalizmga xos
qarashlarni kiritadi.
Xan so’lolasining xukmronligi davri (miloddan avvalgi II asr-milodning 1-P
asrlari)dan boshlab Xitoyda ma’naviy hayot yana jonlana bordi. Bu davrga kelib
daosizm ta’limoti muxim rolo o’ynay boshladi.
Yangi tarixiy sharoitda konfutsiychilikni tiklashning faol tashviqotchilaridan
biri Dun Chjunshu (miloddan avvalgi 179-104 yil) edi. U besh unsurni asos qilib
olgan ta’limot hamda in va yanning qarashlaridan kelib chiqib, olamning metafizik
va diniy manzarasini bayon etishga harakat qiladi. Ilohiy falak ongli va muayyan
maqsadni ko’zlab, voqelikning rivojlanishi, o’zgarishini oldindan belgilab qo’yadi,
olamning tartibini o’rnatadi, odamlarga odob-axloq qonun-qoidalarini etkazadi. Bu
olam manzarasida osmon yo’nalishi esa unga bo’ysunadi. Aynan shu
yo’nalishlarning moxiyatidan sabab-oqibat munosabatlari yuzaga keladi.
Jamiyat hayotida beshta fazilatlar tizimi amal qiladi. Ular insoniylik, to’g’ri
so’zlik, xushfehllik, donolik, samimiylik kabilardir. Narsa va tushunchalar
o’rtasidagi birlik besh unsur to’g’risidagi ta’limot bilan izoxlanadi. Dun Chjunshu
o’tmishni mo’htabar dalil sifatida talqin qiladi. «Kimki xozirgi davrga shubxalansa,
qadimgi davrni tadqiq etsin. Kimki kelajakni tushunmas ekan, o’tmishga nazar
tashlasin», deydi Dun Chjunshu. U o’z fikr-mo’loxazalarini mumtoz kitoblardagi
xikmatli iboralar bilan qiyoslab tasdiqlaydi.
Miloddan avvalgi II asrda yashab, ijod etgan Lyu Anyu daoistik ruhda olamdagi
narsa - hodisalarning yo’nalishiga ilohiy falak ta’sirini rad etadi. Azaldan qabo’l
qilingan quvvat-energiya («tsi»)ning yangicha talqinini ilgari suradi. Tsi - inson
tabiatining ifodasi. U, o’z asliga ko’ra, moddiy tamoyil bo’lib, insonning olam bilan
tabiiy munosabatini yuzaga keltiradi.
Yan Syun (miloddan avvalgi 53 yil, milodning 18 yil) konfutsiychilikni mistik
tarzda talqin etilishiga qarshi chiqadi. Uning ta’limotida konfutsiychilikning ijtimoiy
qarashlarini olamni daosizm ruhida uqtirish bilan uyunlashtirishga uringanligi
yakhol seziladi.
Van Chun (27-107 yil) Yan Syun va uning shogirdi Xuan Tanning falsafiy
qarashlarini davom ettirib, voqelikni teologik tarzda talqin qilinishiga qarshi chiqadi,
xaqiqat mezoni gnoseologiyaning yagona mezoni bo’lmoi lozim, degan xulosaga
keladi. Ayniqsa, Van Chun tomonidan Dun Chjunshu dunyoqarashi va tabiatni
ilohiylashtirishga qarshiligi uni o’sha davrning e’tiborli mutafakkiriga aylantirdi.
Van Vi va Xe Yan (III asrning birinchi yarmi) tahbiricha, dao - yo’qlik,
nomoddiy, ruhiy moxiyat. U barcha mavjud narsalarning karama-qarshi tomoni.
Shunday ekan, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy muammolari kundalik hayot doirasi
bilan chegaralanadi. Voqealarga aralashmaslik, taqdirga tan berish kishilarni dao
bilan hamoxang tarzda hayot kechirishini tahminlaydi.
4. Buddizm
Buddizm Xitoyga 1-I asrlarda kirib kelib, IV asrda chuqur ildiz ota boshlaydi.
VI asrda imperator buddizm va falsafani davlatning rasmiy ta’limoti sifatida e’lon
qiladi. Buddizm ma’naviy hayotda, ayniqsa, sanoat va adabiyotda sezilarli iz
holdirib, Xitoy falsafasida muxim ahamiyat kasb etgan ta’limotdir. Xindistondan
kirib kelgan buddizmning Chan maktabi ta’limotiga ko’ra, oliy xaqiqatni timsol -
ramz belgilar orqali ifodalash imkoni yo’q. Ruhiy osoyishtalikka masho’lot
natijasida erishib bo’lmaydi. U kutilmaganda, tasodifan ichki tajriba sifatida ro’y
beradi va tuyqusdan namoyon bo’ladi. Bu ta’limot, ayniqsa, Xuey-nen (636-713 yil)
karashlarida to’la-to’kis namoyon bo’ldi.
Yangi konfutsiychilikning vujudga kelishi uni qaytadan tiklash va buddizmni
tanqid qilish, natijasida ro’y berdi. Masalan, Fan Chjen, tana ruhning moddiy asosi,
ruh esa tananing namoyon bo’lishidir, inson tabiiy jarayon sifatida paydo bo’ladi,
degan mo’loxazani o’z falsafiy qarashlarining poydevori qilib oldi. Xitoy falsafasi
uyonish davri Xan Yuy (768-824 yil), Li Ao (844 yilda vafot etgan), Lin Shen-shilar
(taxminan 840-880 yil) tomonidan buddizmni tanqid qilish, konfutsiychilikni tiklash
bayrog’i ostida o’tgan. Natijada bu jarayon yangi konfutsiychilik shakllanishi va
qaror topishiga olib keldi.
Yangi konfutsiychilikning g’oyaviy tantanasi ikki yo’nalish - olam moxiyati
bo’lgan tartib, borliq moxiyati xisoblangan tafakkur to’g’risidagi ta’limot negizida
yuzaga keldi. Bunda Chju Si (1130-1200), Lu Tszyuyuan (1139-1192) kabi
mutafakkirlarning xizmatlari samarali bo’lgan. Birinchi yo’nalishning ko’zga
ko’ringan vaqili Chju Si falsafasining ontologik muammolarini li va tsi
kategoriyalari ko’magida xal etishga jazm qilgan. Li butun borliqning negizidir.
Lekin u barcha narsalar ustidan mutlaq aql sifatida xukmronlik qilmaydi. X,ar
qanday narsa o’zining «li»siga ega. Bundan kelib chiqadiki, olamdagi barcha mavjud
narsa va hodisalar o’zining mavjud bo’lish uslubiga ega. Tsi esa narsalarning moddiy
shaklini tashqil qiladi. Li bitta, lekin uning namoyon bo’lish shakllari cheksizdir. Tsi
har bir narsaning quvvat-energiyasidir. Li va tsining narsalarda mavjud bo’lishi
ularning o’zaro birligini tahminlaydi. Moddiy energiya - tsi in va yan ta’sirida
muayyan tartibga keladi. Li barcha narsalar kabi, inson tafakkuriga ham taalluqlidir.
Aynan shu sabab tufayli olam inson tomonidan anglanadi.
Ikkinchi yo’nalish vaqili Lu Tszyuyuan fikricha, tafakkur (sin) olamni inkor
etmaydi, lekin olam tafakkurda mavjuddir. Mana shuning uchun inson narsalarni bir-
biridan farq qila oladi va tasniflashga muvaffaq bo’ladi. Lu Tszyuyuanning falsafiy
qarashlari Van Yanmin (1472-1528) va boshqalar tomonidan davom ettirilib,
rivojlantirildi.
Qadimgi va O’rta asr Xitoy falsafasining nazariy manbalari, o’zoq davr
mobaynida yashab kelgan anoanalar asosida yangi davr falsafasi kamol topdi.
Falsafiy merosning e’tiborli jixatlari Xuan Tszun-si, Gu Tinlin, Van Chuan-shan
kabi mutafakkirlarning ilmiy izlanishlarida targ’ib qilindi, yangi mazmundagi
g’oyalar shakllanishi va kamol topishida ijobiy turtki bo’lib xizmat qildi.
Xulosa.
Xulosa qilib qadimiy Xitoyda mavjud bo’lgan ta’limotlari faylasuflarining
dono fikrlarini keltirish mumkin.
5. Konfutsiy.
Kunlardan bir kun Xitoy donishmandi Konfutsiyning sevimli shogirdi Tszi -
Gunga bir tanishi: «Sen Konfutsiydan ko’ra bilimliroq va aqlliroqsan», - deganda
Tszi - Gun unga shunday javob berdi: «Donolik misli bir devor bo’lsa, mening
devorim odam bo’yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir odam osongina bu devor
ortiga mo’ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir necha
sarjin (bir sarjin - 2,13 metr) balandlikdagi devordir.
Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go’zal exrom va
muxtasham qasrlarni hech qachon ko’rolmaydi».
Konfutsiyning o’zi bilan deyarli tengdosh Tszi - Lu ismli barvasta, jizzaki va
o’ta ketgan shuxratparast shogirdi bo’lgan. Bu yigit Tsyuyfuga cheka qishloqdan
omad izlab kelib, o’zining qo’pol qiliqlari bilan poytaxt axlining e’tiborini tortgan
edi.
Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: «Muxtaram
zot, siz shunchalar donno ekansiz, xiyla - nayrang ishlatmay savolimga javob
bersangiz: qanday qilib kishilarni qo’rquvga solmay bo’ysundirish mumkin?»
Konfutsiy shunday javob berdi: «Buning uchun sen mexnating bilan ularga o’rnak
bo’lmoing lozim». Tszi - Lu bu so’zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib
kellib, o’ziga taqalgandi-da. Lekin bo’sh kelmay yana savol berdi: «Deylik, men
bunga erishdim. Keyin-chi?» - «Bo’shashmasdan, mexnat qilishda davom et», - dedi
Konfutsiy. Tszi - Lu javobni yana so’zida davom etdi:
- Endi
savol
berish
uchun
menga
ijozat
et.
Ayt-chi,
musiqani
sevasanmi?
Men o’zun shamshirni sevaman, - dag’allik bilan javob berdi Tszi -
Men
sendan
boshqa
narsani
so’radim.
Uzingdagi
iste’dodni
ilm
bilan boyitish payti etmadimikan?
Bilim olishdan qanday foyda bor? - dedi qaysarlik bilan shogird.
O’z fuqarolarini o’qitmagan podshox xaqiqiy xukmdor bo’lolmaydi.
Do’stiga
nasixat
qilib,
to’g’ri
yo’lga
solishga
urinmagan
mard
er
olijanoblik
xislatidan
mahrumdir.
Tinmay
ilm
olgan
vijdonli
inson,
albatta,
buyuk
donishmand
darajasiga
etmoi
tayin.
Va
ilmni
sevgan
inson hech qachon voqelikka zid ish qilmaydi.
Janubdagi
tog’larda
o’sadigan
egilmas,
tikka
bambukdan
yasalgan
kamon o’qi xatto karkidon terisidan yasalgan sovutni ham teshib o’tar ekan.
Vaxolangki, bu o’simlik ilmdan bexabardir, - dedi Tszi — Lu o’zining
topqirligidan yayrab.
Bu kamon o’qining bir uchiga qush patni o’lab, ikkinchi uchiga temir
nayza o’rnatsang, u nishonni yana ham chuqurroq yorib kiradi, shunday
emasmi? - dedi Konfutsiy.
Bu so’zlardan lol qolgan Tszi - Lu shundagina o’ziga beqiyos ustoz
topganini anglab etib, o’z ustunligini isbotlashga qanchalar ayrat bilan
kirishgan bo’lsa, shunchalar shijoat bilan Konfutsiyga xizmat qilishga bel
bolagan ekan
Konfutsiy xukmdor va xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatni kiyoslay
odshox misli bir chavandoz bo’lmasa, amaldorlar va qonunlar yugan va jilov,
fuqarolar esa otdir. Otni engil boshqarmoq uchun uni puxta yuganlamoq va jilovini
to’g’ri boshqarmoq lozimdir.
Shuning bilan birga otlarning kuchini bir - biriga muvofiqlashtirib, ortda
qolganlarini nazorat qilmoq joizdir. Ana shu shartlarga amal qilgan chavandoz ovoz
chiqarmasa, niqtalamasa ham otlar o’z — o’zidan chopib ketaveradi.
2. Dao - tszi.
Dao zamin va osmonning ildizidir. Dao hamma narsaning onasi, olamning
asosidir.
Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko’rmaysan.
Qo’loq tutasan-u, eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutolmaysan.
Osmon ostidagi hamma narsa omonatdir.
Mustaxkam va kuchli narsalar o’lim xizmatkorlaridir.
Ox, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir. Ox, baxtiyolik! Unda baxtsizlik
yashasin.
Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi.
Mo’rt va ojiz narsalar mustaxkam va kuchli narsalar ustidan alaba qozondi. Er
yuzidan chuvdan yumshoqroq va zaifroq hech narsa yo’q. Ammo u mustaxkam va
kuchli narsalarga hujum qiladi. Hech qanday kuch uni engolmaydi.
Bilguvchi so’zlamaydi, so’zlaguvchi bilmaydi.
Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak.
G’animni to’g’ri baxolay bilmaslikdan ko’ra oirroq ko’lfat yo’q.
Meni qancha kam bilsalar, shuncha qarliman. Shu tufayli donolikda komil
odamlar qalin, dag’al liboslarga burkanib, qo’ynida yashma toshni yashirgan
odamga o’xshaydilar.
Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur.
O’z xoxish - istaklarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxtsizlik bo’lmaydi.
Fikrlaringizga extiyot bo’ling - ular qilmishlaringiz isbtibdosidir.
Buyuk to’grilik egrilikka, buyuk zakovan axmoqlikka o’xshaydi.
Odamlar go’zallikni angalagan ondan boshlab xunuklik paydo bo’ladi.
Bani bashar ezgo’lik neligini anglagan laxzalarda esa yovo’zlik ham
mavjudligini tushundi. Demak, borlik yo’qlikni, mushko’lot engillikni yuzaga
keltiradi. Yuksaklik va tubanlik bir-biriga qayishadi, o’zunlik va qisqalik birini —
biri to’ldiradi. Tovushlar o’zaro qo’shilib uyunlikni xosil qiladi. O’tmish va kelajak
o’zaro o’rin almashadi. Shu bois donno odam faoliyatsizlikni afzal ko’rib, sukutda
mutolaa bilan masho’l bo’ladi.
Inson ilk bor dunyo yuzini ko’rganda - nozik va zaif, o’limi oldidan esa sabotli
va kuchlidir. Barsa tirik mavjudotlar va o’simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik
va zaif, o’lim laxzalarida esa quruq va chirkindir. Demak, bardoshlik va kuchlilik
o’lim nishonasi, noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir. Shu boisdan qudratli
qo’shin zafar kucholmaydi va baquvvat daraxt nobud bo’ladi. demak, noziklik va
zaiflik doim kuch-qo’vvatdan ustundir.
Buyuk donishmandlar xukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini
sezishmaydi. Qaerdaki buyuk bo’lmagan donishmandlar hokim bo’lsa,
omma ularga qattiq bolangan bo’ladi va ularni sharaflaydi. Qaerdaki pastroq
donishmandalr hukumronlik qilishsa, xalq ulardan qo’rqadi. Yanada zaifroq
donishlar hokim bo’lgan joyda esa xalq ulardan xazar qiladi.
3. Mao - tszi.
Odamzot endigina paydo bo’lgan qadim zamonlarda insonlar jazo nima
ejkanligini bilmas, adolatni har kim o’zicha tushunardi. Adolat xaqida o’nta odam
o’n xil o’ylar va har biri o’zicha xaq edi. Oqibatda odamlar o’rtasida kuchli adovat
paydo bo’ldi. Tartibsizlik va o’zaro adovatning sababi boshboshdoqlik ekanini
anglagan odamlar oralaridan eng adolatli va donno kishini xukmdorlikka tanlab
olishdi va uni samo farzandi deb e’lon qilishdi.
Mao — tszining shogirdi Pen Tsin ustoziga dedi:
- Utmishni bilish mumkin, ammo kelajakda nimalar yuz berishini
avvaldan bilib bo’lmaydi.
Mao - tszi shogirdiga javoban shunday dedi:
- Faraz qilinki, yuz li o’zoqlikda yashovchi yaqin kishilaring boshiga oir
ko’lfat tushdi. Vaziyat shundayki, bir kunda ularning hayot - momoti xal bo’ladi.
agar sen ana shu bir kun ichida ularning qoshiga etib boraolsang, tirik
holadilar, aks holda xalokatga mahkum bo’ladilar. Qarshingda esa manzilga
eltuvchi ikki arava turibdi. Aravalardan biri o’ta mustaxkam va baquvvat otlar
qo’shilgan,
ikkinchisining
esa
ildiraklari
singan
va
bir
juft
oriq
ot
qo’shilgan. Qani, ayt-chi, sen qay birini tanlaysan?
- Albatta, baquvvat aravani tanlayman-da! - dedi shogird uylab o’tirmay.
Shunda Mao — tszi istexzo bilan dedi:
- Xo’sh unda nima sababdan kelajakni oldindan ko’rib bo’lmaydi,
diyapsan?
Insonlar o’rtasidagi o’zaro mexr — muruvvat o’zgalar mulkiga, xonadoniga
xuddi o’ziniki kabi munosabatda bo’lib, har bir kishini o’zini tushungandek
tushunishga o’rgatadi.
Odamlar orasida o’ta noyob fazilatlari tufayli hayotdan ko’z yumganlar ko’proq
uchraydi. Chunki xaddan ortiq yukni asrash doimo ranju alam chekishga sabab
bo’ladi. Zotan, baland daraxtga eng avval bolta o’radilar, oxu va toshbaqalarning
yirigini ham darrov qo’lga tushiradilar, katta ilonni esa birinchi bo’lib maxv etadilar.
Devor qanday tiklanadi? Buning uchun har kim qo’lidan kelgan ishni bajaradi:
kimdir isht teradi, boshqa bir odam loy tashib turadi, yana birov ishtning bir tekis
terilishini o’lchab boradi. Shu taxlit devor qurib bitkaziladi. Adolat poydevori ham
shu yo’sinda tiklanadi. Bu yo’lda fikrlay olishga layoqati bo’lganlar, mayli
fikrlasinlar. Tarixiy kitoblarni bayon eta oluvchilar esa tarixiy kitoblarni talqin
etaversinlar, qo’lidan boshqa ish keladiganlar, shu xizmatlarni bajaraversinlar. Ana
shunda adolat yo’lidagi barcha ishlar albatta amalga oshiriladi.
Mao - tszi yana quyidagi fikrlarni ola suradi: «Samo adolatni sevadi.
Adolatsizlikdan esa nafratlanadi. U insonlar bir - birini sevib, bir -biriga doimo
yordam berishini tilaydi».
Donishmandalarni davlat ishlariga ko’proq jalb etib, martabalarini oshirmoq,
ularning badavlat va e’tiborli bo’lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o’rnatishlarni
ta’minlamoq joizdir.
Mamlkatning butun boyligi jam etilganda ham qimmati jixatidan
donishmandlar va davlat ishiga jalb etilgan zakovat soxiblariga tenglasha olmaydi.
Adabiyotlar.
Abdusamedov
A.
«Dinlar
tarixi»
O’zMU
nashriyoti.
Toshkent
2004 yil.
Fero’za Muxiddinova «Siyosiy va xuquqiy ta’limtolar tarixi».
U.Jo’raev,
Y.Saidjonova
«Dunyo
dinlari
tarixi»
Toshkent
«Sharq» 1998 yil.
«Antik davr falsafasi».
«Falsafa» qomusiy lug’at T.Sharq 2004 yil.
«Dinshunoslik» T.Mexnat nashriyoti 2001 yil.
Xaqiqat manzaralari 96 mumtoz maylasuf. Yangi asr avlodi. 2002 yil.