Qadimgi Rim ideologiyasi. Xristian ideologiyasining vujudga kelishi

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

35,2 KB


 
 
 
 
 
 
Qadimgi Rim ideologiyasi. Xristian ideologiyasining vujudga kelishi 
 
 
REJA 
1. Xristianchilik genezisi. Ilk xristian jamoalari ideologiyasi, uning asosiy 
tamoyili.  
2. Apostollar faoliyati va cherkov institutining shakllanishi. II asrda xristian 
ideologiyasidagi o‘zgarishlar. Yeretiklar mafkurasi.  
3. Tertullian va Avgustin ta’limotining xristian mafkurasi shakllanishidagi 
roli. Avgustin teokratiyasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qadimgi Rim ideologiyasi. Xristian ideologiyasining vujudga kelishi REJA 1. Xristianchilik genezisi. Ilk xristian jamoalari ideologiyasi, uning asosiy tamoyili. 2. Apostollar faoliyati va cherkov institutining shakllanishi. II asrda xristian ideologiyasidagi o‘zgarishlar. Yeretiklar mafkurasi. 3. Tertullian va Avgustin ta’limotining xristian mafkurasi shakllanishidagi roli. Avgustin teokratiyasi.  
 
 
 Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. 
Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy mavqei o’zgargan, cherkovning mulkdor sinfi vakillari 
manfaatlari va mavjud ijtimoiy siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila 
boshlagan. Davlat xokimiyati cherkovning axoli o’rtasidagi ya’sirini xisobga olgan 
xolda, provinsiya (viloyatlarda) ruxoniylarning yeparxiyalarini(grekchada eparxiya-
rahbariyat, hokimiyat degan ma’noni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini 
tashkil etgan. 
Xristianlik davlatni mustaxkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va 
boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O’sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi 
cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli 
markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo’lgan kichik davlatlar 
cherkov kabi ittifoqchiga muxtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud 
imkoniyatdan ununmli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol 
ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga 
aylangan. 
Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri 
bo’lgan. G’arbiy Rim imperiyasi ag’darilgandan keyin(476 yil) uning hududida 
kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim yeparxiyasining qudrati yanada 
ortgan. Rimda hokimiyat yepiskopning qo’liga otgan. Keyinchalik Rim yepiskopi 
“papa” (lotincha –ota,ustoz, murabbiy degan ma’noni anglatadi) unvonini olgan. 
VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. 
Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qilidigan bo’lgan. Papa o’z 
hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa yerlarga yoyishga harakat 
qilgan. 
Sharqiy Rim Imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G’arbiy Rim 
imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asr o’rtalarigacha) 
saqlanib qolgan. 
Rim Papasi va Vizantiya chekovi o’rtasida xristianlikning markazi maqomini 
qo’ga kiritish uchun o’zaro kurash boshlangan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va 
Konstantinopol cherkovlarida uzi-kesil ajralish yuz bergan. 
Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy va ma’naviy mavqei o’zgargan, cherkovning mulkdor sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat xokimiyati cherkovning axoli o’rtasidagi ya’sirini xisobga olgan xolda, provinsiya (viloyatlarda) ruxoniylarning yeparxiyalarini(grekchada eparxiya- rahbariyat, hokimiyat degan ma’noni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan. Xristianlik davlatni mustaxkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O’sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo’lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muxtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan ununmli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo’lgan. G’arbiy Rim imperiyasi ag’darilgandan keyin(476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim yeparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat yepiskopning qo’liga otgan. Keyinchalik Rim yepiskopi “papa” (lotincha –ota,ustoz, murabbiy degan ma’noni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qilidigan bo’lgan. Papa o’z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa yerlarga yoyishga harakat qilgan. Sharqiy Rim Imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G’arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asr o’rtalarigacha) saqlanib qolgan. Rim Papasi va Vizantiya chekovi o’rtasida xristianlikning markazi maqomini qo’ga kiritish uchun o’zaro kurash boshlangan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzi-kesil ajralish yuz bergan.  
 
Katolik cherkovida Papa Isoning yerdagi noibi deb tan olingan. Papa 
hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo’yiladi. 
Katolitsizmda Rim Papasi xristianlarning rahbari ekanlagi to’g’risida aqida 
mavjud. Katoliklar o’z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to’liq ifodalaydigan 
yo’nalish deb biladilar. Shu bois Rim Papasi Isoning yerdagi noibi, Rimning birinchi 
yepiskopi, havariy Pavelning vorisi deb tan oladilar.1870 yilda Vatikanda Rim 
Papasini benuqsonligi haqida aqida qabul qilingan. Unga binoan Papaning rasmiy 
chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha 
aytganda, u xudoning irodasini yetkazuvchi vakildir. 
 
Rim Papasini kardinallar( lotincha cardinalls- asosiy, katta, eng muhim degan 
ma’nolarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan keyin turuvchi mansabdor 
shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylanadi. Hozirgi kunda Rim papasi nemis 
millatiga mansub Benedikt XVI. 
Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga 
ko’ra, Rim Papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining boshlig’idir.  
Cherkovni boshqarishda demokratik qadriyatlar joriy qilingan, milliy 
cherkovlarning vakolatlarti kengaytirilgan. Rim PApasi xuzurida maslahat ovoziga 
ega muqaddas Sinod tashkil etilgan. Sinod 3 yilda bir marta chiqariladi. Uning tarkibi 
milliy yepiskoplar konferensiyalari va rohiblar ordenlarining rahbarlari , Sharqiy 
cherkovning patriarxlari va mitpolitlari hamda Papa tayinlagan ruhoniylardan iborat. 
Milliy cherkovga Papa ta’yinlagan cardinal, patriarx yoki mitropolit raxbarlik qiladi. 
1059 yil Papa Georgiy VII “Papa diktati” ni ishlab chiqdi va bu ko’p 
muzokaralarga sabab bo’ldi. Unga ko’ra faqat Papa Imperatorga toj kiydirish, 
Imperatorni taxtdan tushurish huquqiga ega, Fuqorolarni yomon hukmdorlarga 
qilgan qasamlaridan halos etishi mumkin edi. Shunday qilib Georgiy VII dunyoviy 
hukmdorlar ustidan Papalarning Oliy Xokiyatini e’lon qildi. 
Gunoxkorlarni gunohidan o’tish evaziga cherkovga ma’lum miqdorda, ya’ni 
qilgan qilgan gunoxlarini katta-kichikligiga qarab pul undirildan, va bu pul evaziga 
yepiskoplar ularning gunohlaridan kechini joriy qilishgan. To’plangan mablag’ning 
bir qismi muxtasham cherkov barpo qilishga, qayta tiklashga, ta’mirlashga sarf 
qilingan bo’lsa, yana bir qismi bayramlar uyushtirishga sarflangan. 
Katolik cherkovida Papa Isoning yerdagi noibi deb tan olingan. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo’yiladi. Katolitsizmda Rim Papasi xristianlarning rahbari ekanlagi to’g’risida aqida mavjud. Katoliklar o’z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to’liq ifodalaydigan yo’nalish deb biladilar. Shu bois Rim Papasi Isoning yerdagi noibi, Rimning birinchi yepiskopi, havariy Pavelning vorisi deb tan oladilar.1870 yilda Vatikanda Rim Papasini benuqsonligi haqida aqida qabul qilingan. Unga binoan Papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini yetkazuvchi vakildir. Rim Papasini kardinallar( lotincha cardinalls- asosiy, katta, eng muhim degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan keyin turuvchi mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylanadi. Hozirgi kunda Rim papasi nemis millatiga mansub Benedikt XVI. Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga ko’ra, Rim Papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining boshlig’idir. Cherkovni boshqarishda demokratik qadriyatlar joriy qilingan, milliy cherkovlarning vakolatlarti kengaytirilgan. Rim PApasi xuzurida maslahat ovoziga ega muqaddas Sinod tashkil etilgan. Sinod 3 yilda bir marta chiqariladi. Uning tarkibi milliy yepiskoplar konferensiyalari va rohiblar ordenlarining rahbarlari , Sharqiy cherkovning patriarxlari va mitpolitlari hamda Papa tayinlagan ruhoniylardan iborat. Milliy cherkovga Papa ta’yinlagan cardinal, patriarx yoki mitropolit raxbarlik qiladi. 1059 yil Papa Georgiy VII “Papa diktati” ni ishlab chiqdi va bu ko’p muzokaralarga sabab bo’ldi. Unga ko’ra faqat Papa Imperatorga toj kiydirish, Imperatorni taxtdan tushurish huquqiga ega, Fuqorolarni yomon hukmdorlarga qilgan qasamlaridan halos etishi mumkin edi. Shunday qilib Georgiy VII dunyoviy hukmdorlar ustidan Papalarning Oliy Xokiyatini e’lon qildi. Gunoxkorlarni gunohidan o’tish evaziga cherkovga ma’lum miqdorda, ya’ni qilgan qilgan gunoxlarini katta-kichikligiga qarab pul undirildan, va bu pul evaziga yepiskoplar ularning gunohlaridan kechini joriy qilishgan. To’plangan mablag’ning bir qismi muxtasham cherkov barpo qilishga, qayta tiklashga, ta’mirlashga sarf qilingan bo’lsa, yana bir qismi bayramlar uyushtirishga sarflangan.  
 
1095 yil noyabrda Fransiyadagi Klermon shaxrida o’tkazilgan cherkov 
soborida Papa to’planganlarni Muqaddas yerni Kofirlar zulmidan ozod qilish uchun 
harbiy yurishga da’vat etgan. Ayni shu vaqtda Papa hokimiyati o’zining eng 
kuchaygan davriga qadam qo’ygandi va barcha Rim episkoplari so’zlariga g’arbdagi 
barcha xristianlar, jumladan qirollar ham quloq solganlar, shuning uchun barcha 
dindorlar bu da’vatniko’tarinki ruh bilan qabul qilishgan, buning evaziga Papa 
salbchilarning gunohidan butunlay kechgan va ularning kofirlar bilan bo’ladigan 
jangda halok bo’lishsa jannatni va’da qilgan. Shu bilan birga o’limdan keyingi 
jannatdan tashqari Papa dunyoviy boyliklarni xam va’da qilgan. 1871 yilning 3 
oktyabrida Fransiya Prussiya bilan urushida Italiyani to’la birlashtirish yo’lidagi 
ohirgi kurashda Fransiya yengiladi va Rim Papasining ta’sir doirasi Vatikan bilan 
chaklanib qoladi. 
 IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining 
qulashi bilan birga antik davr ham tugadi, o`rta asrlar boshlandi. Ming yildan ko`proq 
vaqtning o`z ichiga olgan bu davr feodalizmning paydo bo`lishi, rivojlanishi va 
inqirozga uchrashi davridir. 
Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini erga bo`lgan feodal mulkchiligi tashkil 
qiladi. Qirol eng katta er egasi hisoblanar edi. U o`z vassalariga er taqdim etardi, 
vassalar bunga javoban qirolga harbiy ko`mak ko`rsatishi va soliq to`lashlari shart 
edi. Feodallar o`z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir qatorda, hosilini ham bir 
qismini o`ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya boshlaydi. 
Qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O`rta 
asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat 
absolyut monarx qo`liga o`tdi. 
Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil 
qilingan hukumat va uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli 
ma`lum hokimiyatni qo`lga kiritdilar. Natijada qirol va davlat aristokratiyasi 
o`rtasida keskinlik paydo bo`ldi. 
Bu keskinlikni bartaraf qilish yo`lida qirol paydo bo`la boshlagan uchinchi 
tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan 
absolyutizmni qo`llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham 
rivojlanib bordi. O`rta asrning ilk davridan boshlab xayotiy muammolar bilan 
1095 yil noyabrda Fransiyadagi Klermon shaxrida o’tkazilgan cherkov soborida Papa to’planganlarni Muqaddas yerni Kofirlar zulmidan ozod qilish uchun harbiy yurishga da’vat etgan. Ayni shu vaqtda Papa hokimiyati o’zining eng kuchaygan davriga qadam qo’ygandi va barcha Rim episkoplari so’zlariga g’arbdagi barcha xristianlar, jumladan qirollar ham quloq solganlar, shuning uchun barcha dindorlar bu da’vatniko’tarinki ruh bilan qabul qilishgan, buning evaziga Papa salbchilarning gunohidan butunlay kechgan va ularning kofirlar bilan bo’ladigan jangda halok bo’lishsa jannatni va’da qilgan. Shu bilan birga o’limdan keyingi jannatdan tashqari Papa dunyoviy boyliklarni xam va’da qilgan. 1871 yilning 3 oktyabrida Fransiya Prussiya bilan urushida Italiyani to’la birlashtirish yo’lidagi ohirgi kurashda Fransiya yengiladi va Rim Papasining ta’sir doirasi Vatikan bilan chaklanib qoladi. IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining qulashi bilan birga antik davr ham tugadi, o`rta asrlar boshlandi. Ming yildan ko`proq vaqtning o`z ichiga olgan bu davr feodalizmning paydo bo`lishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi davridir. Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini erga bo`lgan feodal mulkchiligi tashkil qiladi. Qirol eng katta er egasi hisoblanar edi. U o`z vassalariga er taqdim etardi, vassalar bunga javoban qirolga harbiy ko`mak ko`rsatishi va soliq to`lashlari shart edi. Feodallar o`z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir qatorda, hosilini ham bir qismini o`ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya boshlaydi. Qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O`rta asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat absolyut monarx qo`liga o`tdi. Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil qilingan hukumat va uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli ma`lum hokimiyatni qo`lga kiritdilar. Natijada qirol va davlat aristokratiyasi o`rtasida keskinlik paydo bo`ldi. Bu keskinlikni bartaraf qilish yo`lida qirol paydo bo`la boshlagan uchinchi tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan absolyutizmni qo`llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham rivojlanib bordi. O`rta asrning ilk davridan boshlab xayotiy muammolar bilan  
 
qiziqishlar doirasi asosan ma`naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o`z 
hayotidagi o`ta og`ir muammolar echimini dindan izladilar. 
Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik 
va iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir 
kishiga murojaat qilardi va umid berardi. Erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, 
drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu 
hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi. 
Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. 
Erdagi barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox 
topishi uchun yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. 
Barcha odamlar teng, zotan ularni Xudo o`ziga o`xshatib yaratgandir. 
Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g`oyalari 
uchun zamin bo`lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va 
xuquqiy ta`limotlarda ham o`z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan 
vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir 
ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut 
rivojlanib bordi va IV asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov 
o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi. 
Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni 
tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga 
muvofiq hisoblanardi. Shuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega 
bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov 
davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga 
kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar 
paydo bo`ldi. Bu Evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat 
kabs etdi. 
Cherkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov 
dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, 
o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat 
bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil 
institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash kerak 
bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar 
qiziqishlar doirasi asosan ma`naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o`z hayotidagi o`ta og`ir muammolar echimini dindan izladilar. Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir kishiga murojaat qilardi va umid berardi. Erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi. Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. Erdagi barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar teng, zotan ularni Xudo o`ziga o`xshatib yaratgandir. Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g`oyalari uchun zamin bo`lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va xuquqiy ta`limotlarda ham o`z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut rivojlanib bordi va IV asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi. Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga muvofiq hisoblanardi. Shuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar paydo bo`ldi. Bu Evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs etdi. Cherkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash kerak bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar  
 
ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga 
ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy 
hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega 
bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus 
olishga sabab bo`lardi. 
Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va xuquqiy qarashlari 
Mana shu ikki hokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarga o`zicha izoh bergan, 
antik davrni xristianlik davri bilan bog`lagan dastlabki buyuk teologlardan biri 
Avgustin edi (354-430). U lotin tilida juda ko`p asarlar yaratdi. O`zining "Xudo 
shahri haqida" asarida Avgustin tarix haqidagi tasavvurini va ikki shahar 
("Podsholik") Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta`limotini ishlab 
chiqdi.Avgustin fikricha inson Xudo yaratgan eng ulug` mavjudoddir, barcha 
narsalar inson uchun yaratilgandir. Inson esa panoh izlaydi. Insonning ichki dunyosi 
turli- his tuyg`ular, iroda, istaklarning kurash maydonidir, panoh topishga bo`lgan 
istak sohasidir. Biroq inson o`zining ichki dunyosini boshqarishga qodir emas. U 
marhamatga, ilohiy yordamiga muhtojdir. Inson erkin irodaga ega bo`lsada, 
Xudoning panoh topish rejasining bir bo`lagidir xolos. 
Avgustin ruh va tananing o`zaro munosabati haqida shunday deydi: Ruh 
insonning iloxiy jihatlarini ifodalaydi. Tana esa gunox manbaidir. Inson butun 
e`tiborini imkon qadar tanadan erkin bo`lib Xudoga yaqinlashish uchun ruxan 
o`zining ichki olamiga qaratishi kerak. Avgustin har bir kishining ichida Xudo va 
Iblis o`rtasida kurash boradi deb hisoblaydi. Avgustin bunday kurashni tarixiy 
darajada Xudo shahri va Zamin shahri o`rtasidagi qarama-qarshilik shaklida ham 
quradi. Har bir individual hayot panoh va gunoh o`rtasidagi kurash maydoni bo`lgani 
singari, tarix ham ezgulik va gunoh "podsholigi" o`rtasidagi kurash maydonidir. 
Cherkov ma`lum ma`noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin 
"podsholigi" ni o`zida ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin 
podsholigini bo`lishi shart va zurur deb biladi. Insonning tabiati gunox qilish 
oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash uchun zarur deb 
hisoblaydi. Xatto gunox bo`lmagan taqdirda ham jamiyatda ma`lum tartib va 
boshqaruv shakli bo`lishi kerak. 
ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus olishga sabab bo`lardi. Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va xuquqiy qarashlari Mana shu ikki hokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarga o`zicha izoh bergan, antik davrni xristianlik davri bilan bog`lagan dastlabki buyuk teologlardan biri Avgustin edi (354-430). U lotin tilida juda ko`p asarlar yaratdi. O`zining "Xudo shahri haqida" asarida Avgustin tarix haqidagi tasavvurini va ikki shahar ("Podsholik") Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta`limotini ishlab chiqdi.Avgustin fikricha inson Xudo yaratgan eng ulug` mavjudoddir, barcha narsalar inson uchun yaratilgandir. Inson esa panoh izlaydi. Insonning ichki dunyosi turli- his tuyg`ular, iroda, istaklarning kurash maydonidir, panoh topishga bo`lgan istak sohasidir. Biroq inson o`zining ichki dunyosini boshqarishga qodir emas. U marhamatga, ilohiy yordamiga muhtojdir. Inson erkin irodaga ega bo`lsada, Xudoning panoh topish rejasining bir bo`lagidir xolos. Avgustin ruh va tananing o`zaro munosabati haqida shunday deydi: Ruh insonning iloxiy jihatlarini ifodalaydi. Tana esa gunox manbaidir. Inson butun e`tiborini imkon qadar tanadan erkin bo`lib Xudoga yaqinlashish uchun ruxan o`zining ichki olamiga qaratishi kerak. Avgustin har bir kishining ichida Xudo va Iblis o`rtasida kurash boradi deb hisoblaydi. Avgustin bunday kurashni tarixiy darajada Xudo shahri va Zamin shahri o`rtasidagi qarama-qarshilik shaklida ham quradi. Har bir individual hayot panoh va gunoh o`rtasidagi kurash maydoni bo`lgani singari, tarix ham ezgulik va gunoh "podsholigi" o`rtasidagi kurash maydonidir. Cherkov ma`lum ma`noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin "podsholigi" ni o`zida ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin podsholigini bo`lishi shart va zurur deb biladi. Insonning tabiati gunox qilish oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash uchun zarur deb hisoblaydi. Xatto gunox bo`lmagan taqdirda ham jamiyatda ma`lum tartib va boshqaruv shakli bo`lishi kerak.  
 
Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. 
Xalq, Xudoning irodasiga bo`ysunishi shart bo`lgani bois, bu hukumdorlarga xam 
bo`ysunishga majburdir. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo 
podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barcha 
a`zolari bir vaqtning o`zida ham papaning, ham imperatorning fuqarolaridirlar, deydi 
Avgustin. 
Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular 
bir xilda qonuniydir, degan ta`limotni ilgari surib V asrda Papa Gelasiy I maydonga 
chiqdi. 800-900 yillar mobaynida bu ta`limotni cherkov ham, davlat ham qabul qildi. 
Ammo ular o`rtasidagi kelishuv ko`prok og`izdagina bo`lib qoldi. 
XIII asrga kelib g`arbiy Evropada, asosan cherkov doiralarida, intelektual 
faollik ro`y berdi. Arablar orqali Arastu qayta kashf qilindi. Falsafa sohasida Foma 
Akvinskiy xristianlik va Arastuizm sintezini amalga oshirdi. Bu sintez shu qadar 
muhim ahamiyat kasb etdiki, keyinchalik Rim-katolik cherkovi Foma Akvinskiy 
ta`limotiga o`zining rasmiy falsafasi sifatida qaray boshladi. 
Foma Akvinskiy (1226-1274) o`rta asr diniy skolastikasining ko`zga 
ko`ringan namoyondasi. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari "Teologiya majmui", 
"Hukmdorlarning boshqaruvi haqida", hamda Arastuning "Siyosat", "Axloq" 
asarlariga yozilgan izohlarida bayon qilingan. 
Xuquq va qonun muammolarini Foma Akvinskiy xristian dinining inson va 
uning hayot mazmuni haqidagi tasavvurlariga tayangan holda yoritadi. U qadimgi 
dunyo mutafakkirlarining tabiiy huquq va adolat g`oyalariga, ayniqsa Arastuning 
siyosat va inson "siyosiy maxluq" ta`limotiga diniy nuqtai nazardan yondoshib 
murojaat qiladi. Foma Akvinskiy ta`limotiga ko`ra olam va undagi tartibning 
ijodkori Xudodir. Inson hayoti va harakatlarining ildizi Xudodadir. 
Shu bilan birga inson aql va erkin irodaga ega mavjudotdir. Xar qanday 
erkinlikning ildizini aql-idrok (intelektual qobiliyat) tashkil qiladi, Insonning erkin 
irodasini yaxshilikka undovchi barcha harakat Xudo amriga, aql-idrok, adolat va 
yaxshilikka qaratilgan bo`lishi kerak. 
Foma Akvinskiy bu fikrini o`zining qonun va huquq haqidagi ta`limotida 
konkretlashtiradi. Qonun, - deydi u, harakatning ma`lum qoidasi va o`lchovidir. 
Uning mohiyati inson hayoti va faoliyatini tartibga solishdan iboratdir. qonun 
Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. Xalq, Xudoning irodasiga bo`ysunishi shart bo`lgani bois, bu hukumdorlarga xam bo`ysunishga majburdir. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barcha a`zolari bir vaqtning o`zida ham papaning, ham imperatorning fuqarolaridirlar, deydi Avgustin. Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular bir xilda qonuniydir, degan ta`limotni ilgari surib V asrda Papa Gelasiy I maydonga chiqdi. 800-900 yillar mobaynida bu ta`limotni cherkov ham, davlat ham qabul qildi. Ammo ular o`rtasidagi kelishuv ko`prok og`izdagina bo`lib qoldi. XIII asrga kelib g`arbiy Evropada, asosan cherkov doiralarida, intelektual faollik ro`y berdi. Arablar orqali Arastu qayta kashf qilindi. Falsafa sohasida Foma Akvinskiy xristianlik va Arastuizm sintezini amalga oshirdi. Bu sintez shu qadar muhim ahamiyat kasb etdiki, keyinchalik Rim-katolik cherkovi Foma Akvinskiy ta`limotiga o`zining rasmiy falsafasi sifatida qaray boshladi. Foma Akvinskiy (1226-1274) o`rta asr diniy skolastikasining ko`zga ko`ringan namoyondasi. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari "Teologiya majmui", "Hukmdorlarning boshqaruvi haqida", hamda Arastuning "Siyosat", "Axloq" asarlariga yozilgan izohlarida bayon qilingan. Xuquq va qonun muammolarini Foma Akvinskiy xristian dinining inson va uning hayot mazmuni haqidagi tasavvurlariga tayangan holda yoritadi. U qadimgi dunyo mutafakkirlarining tabiiy huquq va adolat g`oyalariga, ayniqsa Arastuning siyosat va inson "siyosiy maxluq" ta`limotiga diniy nuqtai nazardan yondoshib murojaat qiladi. Foma Akvinskiy ta`limotiga ko`ra olam va undagi tartibning ijodkori Xudodir. Inson hayoti va harakatlarining ildizi Xudodadir. Shu bilan birga inson aql va erkin irodaga ega mavjudotdir. Xar qanday erkinlikning ildizini aql-idrok (intelektual qobiliyat) tashkil qiladi, Insonning erkin irodasini yaxshilikka undovchi barcha harakat Xudo amriga, aql-idrok, adolat va yaxshilikka qaratilgan bo`lishi kerak. Foma Akvinskiy bu fikrini o`zining qonun va huquq haqidagi ta`limotida konkretlashtiradi. Qonun, - deydi u, harakatning ma`lum qoidasi va o`lchovidir. Uning mohiyati inson hayoti va faoliyatini tartibga solishdan iboratdir. qonun  
 
jamiyat a`zolarining umumiy foydasini ifoda qilishi zarur. U bevosita jamiyat 
tomonidan, yoki uning ishonchiga ega bo`lgan vakillari tomonidan joriy qilinadi. 
Qonun e`lon qilinishi shart. 
Foma Akvinskiy qonunlarni quyidagi turkumlarga ajratadi: abadiy qonun, 
tabiiy qonun, inson yaratgan qonun, ilohiyat qonuni. Abadiy qonun ilohiy aql-
zakovatning ifoda etuvchi koinotning umumiy qonunidir. Bu qonun olamning 
mutloq qoidasi va tamoyili sifatida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning barchasini idora 
qiladi va ularni aqlga muvofiq rivojlanishini ta`minlaydi. Abadiy qonun umumiy 
bo`lganligi uchun ham barcha boshqa qonunlarning manba`idir. Bu qonun bevosita 
tabiiy qonunda namoyon bo`ladi. Tabiiy qonunga muvofiq Xudo yaratgan barcha 
narsalar, jumladan inson xam, o`zining tabiiy xossalariga ko`ra o`z qonunlariga ega 
va shu qonunlarga binoan rivoj topadi. 
Inson o`z tabiatiga ko`ra yaxshilik va yomonlikning ajratish qobiliyatiga ega, 
ezgulikka intiladi, yaxshilik talabiga mos harakat qilishga moyildir. ya`ni inson 
o`zining amaliy faoliyatida yaxshilik qilish va yomonlikdan qochish talabiga amal 
qiladi. Boshqa odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarda inson tabiiy tug`ma intilish, 
instinkt va ishtiyoqlari bilan belgilanadigan qoida va talabalarga rioya qiladi. Bular 
o`z jonini saqlashga tirishish, oila qurish va farzand ko`rish, boshqa odamlar bilan 
muloqatda bo`lish, Xudoga intilish va hakozolar. Tabiiy qonun talablariga rioya 
qilish inson uchun aql-idrokka muvofiq xarakat qilish demakdir. Odamlarning 
jismoniy, emotsional va intellektual tabiiy hususiyatlari, hayot sharoitlari bir xil 
bo`lmaganligi sababli ular tabiiy qonun talablarini har xil tushunadilar va tadbiq 
kiladilar. Oqibatda barcha uchun bir xil majburiy bo`lgan tabiiy qonun talablariga 
zid harakatlar ham paydo bo`ladi. 
Inson qonunining paydo bo`lishi ildizi mana shundadir. Inson qonuni tabiiy 
qonun talablariga asoslangandagina odamlarning muxofaza qila olishi, inson 
hayotining turli sharoitlariga mos holda qo`llanishi mumkin bo`ladi. Inson qonuni 
majbur qilish sanktsiyasi bilan ta`minlangan ijobiy qonundir, deydi Foma Akvinskiy. 
yaxshi fazilatga ega odamlar busiz ham yashashlari mumkin, ular uchun tabiiy 
qonunning o`zi kifoya, lekin nasixatga quloq solmaydigan, e`tiqodsiz odamlarni 
zararsizlantirish uchun jazo va majbur qilish kerak. Buni borligidan odamlar 
jamiyat a`zolarining umumiy foydasini ifoda qilishi zarur. U bevosita jamiyat tomonidan, yoki uning ishonchiga ega bo`lgan vakillari tomonidan joriy qilinadi. Qonun e`lon qilinishi shart. Foma Akvinskiy qonunlarni quyidagi turkumlarga ajratadi: abadiy qonun, tabiiy qonun, inson yaratgan qonun, ilohiyat qonuni. Abadiy qonun ilohiy aql- zakovatning ifoda etuvchi koinotning umumiy qonunidir. Bu qonun olamning mutloq qoidasi va tamoyili sifatida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning barchasini idora qiladi va ularni aqlga muvofiq rivojlanishini ta`minlaydi. Abadiy qonun umumiy bo`lganligi uchun ham barcha boshqa qonunlarning manba`idir. Bu qonun bevosita tabiiy qonunda namoyon bo`ladi. Tabiiy qonunga muvofiq Xudo yaratgan barcha narsalar, jumladan inson xam, o`zining tabiiy xossalariga ko`ra o`z qonunlariga ega va shu qonunlarga binoan rivoj topadi. Inson o`z tabiatiga ko`ra yaxshilik va yomonlikning ajratish qobiliyatiga ega, ezgulikka intiladi, yaxshilik talabiga mos harakat qilishga moyildir. ya`ni inson o`zining amaliy faoliyatida yaxshilik qilish va yomonlikdan qochish talabiga amal qiladi. Boshqa odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarda inson tabiiy tug`ma intilish, instinkt va ishtiyoqlari bilan belgilanadigan qoida va talabalarga rioya qiladi. Bular o`z jonini saqlashga tirishish, oila qurish va farzand ko`rish, boshqa odamlar bilan muloqatda bo`lish, Xudoga intilish va hakozolar. Tabiiy qonun talablariga rioya qilish inson uchun aql-idrokka muvofiq xarakat qilish demakdir. Odamlarning jismoniy, emotsional va intellektual tabiiy hususiyatlari, hayot sharoitlari bir xil bo`lmaganligi sababli ular tabiiy qonun talablarini har xil tushunadilar va tadbiq kiladilar. Oqibatda barcha uchun bir xil majburiy bo`lgan tabiiy qonun talablariga zid harakatlar ham paydo bo`ladi. Inson qonunining paydo bo`lishi ildizi mana shundadir. Inson qonuni tabiiy qonun talablariga asoslangandagina odamlarning muxofaza qila olishi, inson hayotining turli sharoitlariga mos holda qo`llanishi mumkin bo`ladi. Inson qonuni majbur qilish sanktsiyasi bilan ta`minlangan ijobiy qonundir, deydi Foma Akvinskiy. yaxshi fazilatga ega odamlar busiz ham yashashlari mumkin, ular uchun tabiiy qonunning o`zi kifoya, lekin nasixatga quloq solmaydigan, e`tiqodsiz odamlarni zararsizlantirish uchun jazo va majbur qilish kerak. Buni borligidan odamlar  
 
qo`rqishi kerak. Shu tufayli odamlarda axloqiy fazilatlar rivoj topadi, aqlga muvofiq, 
yaxshilikka amal qilish odatlari shakllanadi. 
Inson qonuni tabiiy qonun talablariga mos kelmasa u qonun emas, qonunning 
buzish, undan chetga chiqishdir. Shu fikrdan kelib chiqib Foma Akvinskiy adolatli 
va adolatsiz qonunlarni ajratadi. Inson qonunlarining maqsadi odamlarning umumiy 
foydasi, baxt-saodatiga xizmat qilishdan iborat. Bu insoniy qonunning asosiy belgisi 
va sifatidir. 
Insoniy qonun oddiy odamlar bajarishi mumkin bo`lgan talabalarni qo`yishi, 
ularning zaiflik va kamchiliklarini ham hisobga olishi kerak. U barcha uchun teng, 
bir xil talab va jazo belgilashi, tegishli instantsiya tomonidan qabul qilinishi shart. 
Mana shu belgi va xossalar bo`lgandagina uni ijobiy qonun deb hisoblash mumkin, 
bo`lmasa u qonun adolatsiz qonundir. Uni qonun deb qabul qilish ham mumkin 
emas. Foma Akvinskiy ikki xil adolatsiz qonun haqida fikr yuritadi. 
Birinchisi, agarda qonunda unga xos bironta belgi bo`lmasa, masalan, qonun 
zaminiga umumiy foyda o`rniga, qonun chiqaruvchining xususiy foydasi ko`yilgan 
bo`lsa, yoki qonun chiqaruvchi o`z huquq doirasidan chiqib ketsa va boshqalar. 
Fuqarolar uchun bunday qonunlar majburiy emas. Lekin umumiy tinchlikni saqlash 
va qonunbuzarlik odat bo`lib qolmasligi uchun ularga rioya qilish taqiqlanmaydi. 
Adolatsiz qonunlarning ikkinchi turini tabiiy va iloxiy qonunlarga zid bo`lgan 
qonunlar tashkil qiladi. Bu qonunlarga rioya qilish shart emas. Diniy qonunlar 
muqaddas ko`hna vasiyatnomalarda ifodalangan iloxiy haqiqat va qoidalar. Foma 
insoniy qonun-qoidalarni ilohiy qonun qoidalari bilan to`ldirish zarurligini bir necha 
sabablarini ko`rsatadi. 
Birinchidan, diniy qonun inson hayotining oxiratini eslatish uchun kerak. 
Insonning o`zi bunga ojizdir. Ikkinchidan, diniy qonun odamlarning adolat, yaxshi 
fazilat va kamchiliklar haqidagi munozaralarida mezon vazifasini o`taydi. 
Uchinchidan, diniy qonun insonnnig har-xil talpinishlarining to`g`ri yo`lga solish 
uchun kerak. CHunki ruhiy harakatlar insoniy qonun doirasida emas. To`rttinchidan, 
diniy qonun barcha yovuzlik, yomonlik va gunoh ishlarni, shu jumladan insoniy 
qonun bilan man qilib bo`lmaydigan barcha nuqsonlarni tag-tomiri bilan tugatish 
uchun kerak. 
qo`rqishi kerak. Shu tufayli odamlarda axloqiy fazilatlar rivoj topadi, aqlga muvofiq, yaxshilikka amal qilish odatlari shakllanadi. Inson qonuni tabiiy qonun talablariga mos kelmasa u qonun emas, qonunning buzish, undan chetga chiqishdir. Shu fikrdan kelib chiqib Foma Akvinskiy adolatli va adolatsiz qonunlarni ajratadi. Inson qonunlarining maqsadi odamlarning umumiy foydasi, baxt-saodatiga xizmat qilishdan iborat. Bu insoniy qonunning asosiy belgisi va sifatidir. Insoniy qonun oddiy odamlar bajarishi mumkin bo`lgan talabalarni qo`yishi, ularning zaiflik va kamchiliklarini ham hisobga olishi kerak. U barcha uchun teng, bir xil talab va jazo belgilashi, tegishli instantsiya tomonidan qabul qilinishi shart. Mana shu belgi va xossalar bo`lgandagina uni ijobiy qonun deb hisoblash mumkin, bo`lmasa u qonun adolatsiz qonundir. Uni qonun deb qabul qilish ham mumkin emas. Foma Akvinskiy ikki xil adolatsiz qonun haqida fikr yuritadi. Birinchisi, agarda qonunda unga xos bironta belgi bo`lmasa, masalan, qonun zaminiga umumiy foyda o`rniga, qonun chiqaruvchining xususiy foydasi ko`yilgan bo`lsa, yoki qonun chiqaruvchi o`z huquq doirasidan chiqib ketsa va boshqalar. Fuqarolar uchun bunday qonunlar majburiy emas. Lekin umumiy tinchlikni saqlash va qonunbuzarlik odat bo`lib qolmasligi uchun ularga rioya qilish taqiqlanmaydi. Adolatsiz qonunlarning ikkinchi turini tabiiy va iloxiy qonunlarga zid bo`lgan qonunlar tashkil qiladi. Bu qonunlarga rioya qilish shart emas. Diniy qonunlar muqaddas ko`hna vasiyatnomalarda ifodalangan iloxiy haqiqat va qoidalar. Foma insoniy qonun-qoidalarni ilohiy qonun qoidalari bilan to`ldirish zarurligini bir necha sabablarini ko`rsatadi. Birinchidan, diniy qonun inson hayotining oxiratini eslatish uchun kerak. Insonning o`zi bunga ojizdir. Ikkinchidan, diniy qonun odamlarning adolat, yaxshi fazilat va kamchiliklar haqidagi munozaralarida mezon vazifasini o`taydi. Uchinchidan, diniy qonun insonnnig har-xil talpinishlarining to`g`ri yo`lga solish uchun kerak. CHunki ruhiy harakatlar insoniy qonun doirasida emas. To`rttinchidan, diniy qonun barcha yovuzlik, yomonlik va gunoh ishlarni, shu jumladan insoniy qonun bilan man qilib bo`lmaydigan barcha nuqsonlarni tag-tomiri bilan tugatish uchun kerak.  
 
Foma Akvinskiy o`zining qonunlar hakidagi mulohazalarini huquq haqidagi 
ta`limoti bilan to`ldiradi. Uning fikricha, huquq Xudo irodasi bilan o`rnatilgan 
turmush tarzi, qoidalari va undagi adolat harakatidir. Adolat bu ahloqiy fazilatlardan 
bo`lib har kimga o`ziga tegishlisini, qilmishiga yarasha olishining o`zgarmas va 
doimiy ifodasidir. Umuman Foma Akvinskiy huquqshunoslikning izchil va chuqur 
xristianteologik variantini ishlab chiqdi. Uning falsafiy-huquqiy qarashlari tabiiy 
huquqning tomistik va neotomistik kontseptsiyalarida o`z rivojini topdi. 
 
Foma Akvinskiy o`zining qonunlar hakidagi mulohazalarini huquq haqidagi ta`limoti bilan to`ldiradi. Uning fikricha, huquq Xudo irodasi bilan o`rnatilgan turmush tarzi, qoidalari va undagi adolat harakatidir. Adolat bu ahloqiy fazilatlardan bo`lib har kimga o`ziga tegishlisini, qilmishiga yarasha olishining o`zgarmas va doimiy ifodasidir. Umuman Foma Akvinskiy huquqshunoslikning izchil va chuqur xristianteologik variantini ishlab chiqdi. Uning falsafiy-huquqiy qarashlari tabiiy huquqning tomistik va neotomistik kontseptsiyalarida o`z rivojini topdi.