QADIMGI RIM VA YUNONISTONDA PEDAGOGIK G‘OYALARNING RIVOJLANISHI

Yuklangan vaqt

2024-10-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

34,6 KB


 
 
 
 
 
 
QADIMGI RIM VA YUNONISTONDA PEDAGOGIK G‘OYALARNING 
RIVOJLANISHI. 
 
 
REJA: 
1. Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimi. 
2. Qadimgi Rim va Yunoniston faylasuflarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 
 
Tayanch so’zlar: Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston, Sparta, Afina didaktikasi, 
beshkurash, gimnastika, kiforist, gramatist, maktab, miloddan, Sparta, Attika shahri. 
 
 
     Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston, Sparta, Afina didaktikasi, pedagogika, 
beshkurash, gimnastika, kiforist, gramatist, maktab Qadimgi Yunonistonda miloddan 
avvalgi VI-IV asrlarda kichik-kichik quldorlik davlatlari, jumladan Lakoniya bosh shahri 
Sparta, Attika bosh shahri Afina tashkil topadi. Sharq va Rim xalqlarining tajribalarini 
umumlashtirib va rivojlantirib pedagogika tarixida Sparta va Afina tarbiya tizimi 
yaratilgan alohida o‘rin tutadi.Ta’lim-tarbiyada yuqori tabaqa vakillarining bolarini 
jangovar va harbiy tayyorgarlik va qullarni boshqarish mahoratini shakllantirish maqsadi 
ustuvor bo‘lgan bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, 7 yoshdan 13-14 yoshgacha 
grammatik va kifarist (sanat) maktablarida tahsil olgan. Ularga o‘qituvchi didaskallar 
(didaska saboq beraman keyinchalik “didaktika” ta’lim nazariyasi)o‘qish yozishdan saboq 
berganlar. Kifarist maktablarida adabiyot, notiqlik, musiqa va estetika asoslari o‘qitilgan. 
13-14 yoshdan keyin palestra (kurash) maktabida,18-20 yoshda efibiya maktabida harbiy, 
siyosiy, ta’lim berilgan.  
    Qobiliyatli bolalar gimnasiya (keyinchalik gimnaziya)da falsafa, siyosatshunoslk, va 
adabiyot o‘rganishga davlatni boshqarishga yo‘nalitirlgan. Spartada hatto qizlar ham 
harbiy tayyorlangan. Afinada qizlar faqat uy-ro‘zg‘or ishlarida tayyorlangan.O‘smiralr
QADIMGI RIM VA YUNONISTONDA PEDAGOGIK G‘OYALARNING RIVOJLANISHI. REJA: 1. Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimi. 2. Qadimgi Rim va Yunoniston faylasuflarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Tayanch so’zlar: Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston, Sparta, Afina didaktikasi, beshkurash, gimnastika, kiforist, gramatist, maktab, miloddan, Sparta, Attika shahri. Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston, Sparta, Afina didaktikasi, pedagogika, beshkurash, gimnastika, kiforist, gramatist, maktab Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda kichik-kichik quldorlik davlatlari, jumladan Lakoniya bosh shahri Sparta, Attika bosh shahri Afina tashkil topadi. Sharq va Rim xalqlarining tajribalarini umumlashtirib va rivojlantirib pedagogika tarixida Sparta va Afina tarbiya tizimi yaratilgan alohida o‘rin tutadi.Ta’lim-tarbiyada yuqori tabaqa vakillarining bolarini jangovar va harbiy tayyorgarlik va qullarni boshqarish mahoratini shakllantirish maqsadi ustuvor bo‘lgan bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, 7 yoshdan 13-14 yoshgacha grammatik va kifarist (sanat) maktablarida tahsil olgan. Ularga o‘qituvchi didaskallar (didaska saboq beraman keyinchalik “didaktika” ta’lim nazariyasi)o‘qish yozishdan saboq berganlar. Kifarist maktablarida adabiyot, notiqlik, musiqa va estetika asoslari o‘qitilgan. 13-14 yoshdan keyin palestra (kurash) maktabida,18-20 yoshda efibiya maktabida harbiy, siyosiy, ta’lim berilgan. Qobiliyatli bolalar gimnasiya (keyinchalik gimnaziya)da falsafa, siyosatshunoslk, va adabiyot o‘rganishga davlatni boshqarishga yo‘nalitirlgan. Spartada hatto qizlar ham harbiy tayyorlangan. Afinada qizlar faqat uy-ro‘zg‘or ishlarida tayyorlangan.O‘smiralr
 
 
tabiyasidan jismoniy chiniqsh, soqvuqqa, ochlikka chidash va harbiy gimnastikaga e’tibor 
qaratilgan. Yosh spartaliklar yugurish, sakrash, nayza va koiya irg‘itish. Kurash, qo‘l 
jangi, harbiy qo‘shiq, mahoratini egallashlari shart bo‘lgan. Sport olimpiya o‘yinlari joriy 
etilishi qadigi Qadimgi Yunonistonda asos solingan. 
     Tabiiyki, ana shunday hayotiy tajribalar jahon xalqlari ma’naviy, ilmiy merosini 
umumlashtirish asosida ijtimoiy va tabiiy fanlarga asos solingan. Qator fan va ilmiy 
tushunchalar jumladan pedagogika (peys-bola, logos-yetaklamoq,tarbiyalamoq)ning 
qadimgi yunon tilida ekanligi ham shundan.Avvalo, mamlakatning siyosiy, madaniy, 
taraqqiyoti, ijtimoiy buyurtma ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini rivojlanishiga 
shart-sharoit yaratgan:ikkinchidan, qadimgi yunon faylasuflarning ilmiy merosi, 
pedagogik tavsiyalari,g‘oyalari mamlakatning rivojlashinida muhim omil bo‘lgan. 
Bundan jamiyat,mamlakat xalqining ma’naviy-madaniy, iqtisodiy taraqqiyoti qanday 
bo‘lsa,maktablarnining taraqqiyoti shunday bo‘ladi;Ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lsa, 
mamlakat xalqining ma’naviy iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti shunday bo‘ladi degan 
xulosaga borish mumkin. Bu jamiyatning taraqqiyoida o‘zaro uzviy bog‘liqlik qonuniyati 
insoniyat rivojlanishining keyingi bosqichlarida ham ko‘rish mumkin.Miletlik Fales 
(miloddan avvalgi 25-547 yillar)- Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning 
biri bo‘lgan. 
Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan.U birinchilardan 
bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. 
- Xudoning na ibtidosi, na intihosi bor. U koinotning tafakkuri. Koinot jonli va ayni damda 
ilohiyotga to‘liqdir. 
- Eng go‘zal narsa nima? 
- Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir. 
- Eng tez narsa nima? 
- Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi. 
- Hammadan donoroq narsa-chi? 
- Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. 
- Hamma uchun eng umumiy narsa nima? 
- Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjuddir. 
- Eng kuchli narsa nima? 
- Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukumronlik qiladi.
tabiyasidan jismoniy chiniqsh, soqvuqqa, ochlikka chidash va harbiy gimnastikaga e’tibor qaratilgan. Yosh spartaliklar yugurish, sakrash, nayza va koiya irg‘itish. Kurash, qo‘l jangi, harbiy qo‘shiq, mahoratini egallashlari shart bo‘lgan. Sport olimpiya o‘yinlari joriy etilishi qadigi Qadimgi Yunonistonda asos solingan. Tabiiyki, ana shunday hayotiy tajribalar jahon xalqlari ma’naviy, ilmiy merosini umumlashtirish asosida ijtimoiy va tabiiy fanlarga asos solingan. Qator fan va ilmiy tushunchalar jumladan pedagogika (peys-bola, logos-yetaklamoq,tarbiyalamoq)ning qadimgi yunon tilida ekanligi ham shundan.Avvalo, mamlakatning siyosiy, madaniy, taraqqiyoti, ijtimoiy buyurtma ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini rivojlanishiga shart-sharoit yaratgan:ikkinchidan, qadimgi yunon faylasuflarning ilmiy merosi, pedagogik tavsiyalari,g‘oyalari mamlakatning rivojlashinida muhim omil bo‘lgan. Bundan jamiyat,mamlakat xalqining ma’naviy-madaniy, iqtisodiy taraqqiyoti qanday bo‘lsa,maktablarnining taraqqiyoti shunday bo‘ladi;Ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lsa, mamlakat xalqining ma’naviy iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti shunday bo‘ladi degan xulosaga borish mumkin. Bu jamiyatning taraqqiyoida o‘zaro uzviy bog‘liqlik qonuniyati insoniyat rivojlanishining keyingi bosqichlarida ham ko‘rish mumkin.Miletlik Fales (miloddan avvalgi 25-547 yillar)- Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan.U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. - Xudoning na ibtidosi, na intihosi bor. U koinotning tafakkuri. Koinot jonli va ayni damda ilohiyotga to‘liqdir. - Eng go‘zal narsa nima? - Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir. - Eng tez narsa nima? - Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi. - Hammadan donoroq narsa-chi? - Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. - Hamma uchun eng umumiy narsa nima? - Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjuddir. - Eng kuchli narsa nima? - Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukumronlik qiladi.
 
 
- Eng qiyin narsa bu nima? 
- O‘zini anglash. 
- O‘zgalarga maslahat berish. 
- Kimni baxtli sanash mumkin? 
- Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda istedodini o‘stira oladigan kishini. 
- Baxtsizlikka dosh berishning onson yo‘li nima? 
- G‘animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.Ezop 
(miloddan avvalgi 640-560 yillar) Epzop ijodining yeng gullagan davri bu miloddan 
avvalgi 600-yillarga to‘g‘ri keladi. Ta’rixiy manbalarga ko‘ra, Epzop 400 ga yaqin masal 
bitgan.Ezopning triklarga vasiyati Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa 
podshohni hurmat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang 
qatorida hurmatla.  
    Ota-onani senga tabiat ato yetgan bo‘lsa, ustozing seni o‘z ixtiyori ila sevadi. Shuning 
uchun undan ikki karra minnatdor bo‘lmog‘i joiz.Ertangi ishlar uchun salomatligining 
yaroqli va kuch quvatining yetarli bo‘lishini istasang, kundalik taoming sifatli va yetarli 
bo‘lsin.Bevaqt o‘lim topmasliging uchun shoh saroyida eshitganlarining hammasi 
ichingda o‘lsin.Yoshning o‘tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko‘ra kech 
ilm olmoqlik afzaldir.Biror bir ishga qo‘l urishga oshiqma. Qo‘l urdingmi, qatiy 
boHovliqmasdan so‘zla: shoshilish aqilsizlik belgisidir.Yoshligingda keksalik uchun 
donolikni to‘pla. Chunki undan ishonchliroq bisot yo‘q. 
       Zevs va ilon Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a 
qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan qo‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday 
dedi: “Men boshqalarning sovg‘asining qabul qilaman.Ammo sening tishingdagi tuhfani 
olmayman”.Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshiligida ham xatar bor. 
       PIFAGOR ( Miloddan avvalgi 576-496 yillar) Janubiy Italiyaning Regiya shahrida 
tug‘ilib o‘sgan qadimgi yunon fay-lasufi Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi 
bo‘gan.Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat haqida», 
«Tarbiya xaqida», «Jon xaqida», «Olam haqida», «Iloxiy kalom». Pifagor miloddan 
avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor xayotning mazmuniga oid 
qarashlarga «falsafa» ,deb nom bergan birinchi donishmand edi. 
* * * 
Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Skut - donolikning boshlanishi.
- Eng qiyin narsa bu nima? - O‘zini anglash. - O‘zgalarga maslahat berish. - Kimni baxtli sanash mumkin? - Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda istedodini o‘stira oladigan kishini. - Baxtsizlikka dosh berishning onson yo‘li nima? - G‘animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.Ezop (miloddan avvalgi 640-560 yillar) Epzop ijodining yeng gullagan davri bu miloddan avvalgi 600-yillarga to‘g‘ri keladi. Ta’rixiy manbalarga ko‘ra, Epzop 400 ga yaqin masal bitgan.Ezopning triklarga vasiyati Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa podshohni hurmat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang qatorida hurmatla. Ota-onani senga tabiat ato yetgan bo‘lsa, ustozing seni o‘z ixtiyori ila sevadi. Shuning uchun undan ikki karra minnatdor bo‘lmog‘i joiz.Ertangi ishlar uchun salomatligining yaroqli va kuch quvatining yetarli bo‘lishini istasang, kundalik taoming sifatli va yetarli bo‘lsin.Bevaqt o‘lim topmasliging uchun shoh saroyida eshitganlarining hammasi ichingda o‘lsin.Yoshning o‘tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko‘ra kech ilm olmoqlik afzaldir.Biror bir ishga qo‘l urishga oshiqma. Qo‘l urdingmi, qatiy boHovliqmasdan so‘zla: shoshilish aqilsizlik belgisidir.Yoshligingda keksalik uchun donolikni to‘pla. Chunki undan ishonchliroq bisot yo‘q. Zevs va ilon Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan qo‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: “Men boshqalarning sovg‘asining qabul qilaman.Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman”.Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshiligida ham xatar bor. PIFAGOR ( Miloddan avvalgi 576-496 yillar) Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi yunon fay-lasufi Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi bo‘gan.Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya xaqida», «Jon xaqida», «Olam haqida», «Iloxiy kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor xayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa» ,deb nom bergan birinchi donishmand edi. * * * Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Skut - donolikning boshlanishi.
 
 
* * * 
Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. 
* * * 
Xususiy mulki bo‘lmagan fuqaro bevatandir. 
* * * 
Ey, oddiy xalq orasida yashashga mahkum donishmand! Sen moyga o‘xshashing 
lozim. Moy suvga aralashib ketmay, uning yuzida qalqib turadi. 
* * * 
Sen o‘z-o‘zingga hokim bo‘l. O‘zingga-o‘zing shoh bo‘lib, odilona boshqaruv asnosida 
yuksak hukmronlik va eng muhim lavozimga erishasan. 
* * * 
Rafiqasi bilan murosaga kelolmagan odamni do‘st tutma. 
* * * 
Jonzotlarni o‘ldirishdan saklaning, chunki odam o‘ldirish jonivorlarni o‘ldirishdan 
boshlangan. 
ДЕМОКРИТ 
(Миллоддан аввалги 460-360 йиллар)Qadimgi yunon faylasufi Demokrit Abdera 
shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun 
umrini kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishsevarlikka bag‘ishladi. Misr, 
Eron,Hindiston, Habashistonga sayohat qilgan.Demokrit shahar tashqarisida joylashgan 
yer ostidagi sag‘anada kecha-yu kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan.U ellikka 
ya’in asar yozib qoldirgan. «Inson tabiati to‘g‘risida», «G‘oyalar 
haqida», «Maqsad haqida» va boshqalar shular jumla-sidandir. Pifagorning o‘g‘li 
Arimnest Demokritning ustozi bo‘lgan. 
* * * 
Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni istamaslikhamdir. 
* * * 
So‘z-amalning soyasi. 
* * * 
O‘zida yo‘k, narsalar uchun g‘am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli 
kishilardir. 
* * *
* * * Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. * * * Xususiy mulki bo‘lmagan fuqaro bevatandir. * * * Ey, oddiy xalq orasida yashashga mahkum donishmand! Sen moyga o‘xshashing lozim. Moy suvga aralashib ketmay, uning yuzida qalqib turadi. * * * Sen o‘z-o‘zingga hokim bo‘l. O‘zingga-o‘zing shoh bo‘lib, odilona boshqaruv asnosida yuksak hukmronlik va eng muhim lavozimga erishasan. * * * Rafiqasi bilan murosaga kelolmagan odamni do‘st tutma. * * * Jonzotlarni o‘ldirishdan saklaning, chunki odam o‘ldirish jonivorlarni o‘ldirishdan boshlangan. ДЕМОКРИТ (Миллоддан аввалги 460-360 йиллар)Qadimgi yunon faylasufi Demokrit Abdera shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishsevarlikka bag‘ishladi. Misr, Eron,Hindiston, Habashistonga sayohat qilgan.Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kecha-yu kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan.U ellikka ya’in asar yozib qoldirgan. «Inson tabiati to‘g‘risida», «G‘oyalar haqida», «Maqsad haqida» va boshqalar shular jumla-sidandir. Pifagorning o‘g‘li Arimnest Demokritning ustozi bo‘lgan. * * * Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni istamaslikhamdir. * * * So‘z-amalning soyasi. * * * O‘zida yo‘k, narsalar uchun g‘am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli kishilardir. * * *
 
 
Bitta ilmiy isbotu dalilni qo‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik 
qilishdan a’loroqdir, — degandi Demokrit. 
* * * 
Demokrit shunday degandi: «Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. 
Qolgan barcha narsalar faqat fikran mavjuddir». 
* * * 
Bilishning ikki ko‘rinishi mavjud. Ularning biri tuyg‘ular vositasida bilish, 
ikkinchisi tafakkur ila bilishdir. 
* * * 
Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, muttanosiblik va vazminlikdir. 
* * * 
Sarhadsiz fazoda men kabi sanoqsiz demokritlar mavjuddir. 
* * * 
Bilimlar mulligiga emas, fikrlar mulligiga intilmoq joiz - deydi Demokrit. 
* * * 
O‘zgalar ustidan hukmronlik da’vo kiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘I 
lozimdir. 
 
ANTISFEN    (Miloddan avvalgi 444-366 yillar) 
 
Antisfen — miloddan avvalgi V- IV asrlarda yashab o‘tgan yunon fayla-sufidir. U 
avvaliga faylasuf Xorg‘iyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. 
Antisfen chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1stadiya —184,75 gaz) 
yo‘l bosib, Suqrotning huzuriga qatnagan. Keyinchalik Antisfen kiniklarmaktabiga asos 
solgan. 
* * * 
Antisfenning quydagi asarlari ma’lum: "Haqiqat", "Fikr va bilim haqida", "Savol va javob 
haqida", "Sevgi, nikoh va farzandning dunyoga kelishi haqida", "Gerakl". 
* * * 
Antisfendan eng zarur ilm qaysi ekanligi xususida so‘raganlarida: 
"Ilmlarning eng zaruri nokerak narsalarni unitish ilmidir", -deb javob bergandi. 
* * *
Bitta ilmiy isbotu dalilni qo‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan a’loroqdir, — degandi Demokrit. * * * Demokrit shunday degandi: «Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. Qolgan barcha narsalar faqat fikran mavjuddir». * * * Bilishning ikki ko‘rinishi mavjud. Ularning biri tuyg‘ular vositasida bilish, ikkinchisi tafakkur ila bilishdir. * * * Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, muttanosiblik va vazminlikdir. * * * Sarhadsiz fazoda men kabi sanoqsiz demokritlar mavjuddir. * * * Bilimlar mulligiga emas, fikrlar mulligiga intilmoq joiz - deydi Demokrit. * * * O‘zgalar ustidan hukmronlik da’vo kiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘I lozimdir. ANTISFEN (Miloddan avvalgi 444-366 yillar) Antisfen — miloddan avvalgi V- IV asrlarda yashab o‘tgan yunon fayla-sufidir. U avvaliga faylasuf Xorg‘iyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. Antisfen chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1stadiya —184,75 gaz) yo‘l bosib, Suqrotning huzuriga qatnagan. Keyinchalik Antisfen kiniklarmaktabiga asos solgan. * * * Antisfenning quydagi asarlari ma’lum: "Haqiqat", "Fikr va bilim haqida", "Savol va javob haqida", "Sevgi, nikoh va farzandning dunyoga kelishi haqida", "Gerakl". * * * Antisfendan eng zarur ilm qaysi ekanligi xususida so‘raganlarida: "Ilmlarning eng zaruri nokerak narsalarni unitish ilmidir", -deb javob bergandi. * * *
 
 
Falsafa menga o‘z-o‘zim bilan suhbat qurishni o‘rgatdi - deydi Antisfen. 
* * * 
Donishmandlik maqomiga erishganlar keraksiz buyum va fikrlarga chalg‘imasliklari 
uchun boshqa ilmlarga qiziqmasliklari joiz. 
* * * 
Donishmand hech narsaga va hech kimga muhtoj bo‘lmaydi, chunki o‘zgalarga tegishli 
barcha narsalar unga ham tegishlidir. 
AFLOTUN 
(PLATON) 
(miloddan avvalgi 428-347yillar) 
Qadimgi Yunon faylasufi Aflotun Afina shahrida tug‘ilib o‘sgan. Uning asl ismi Aristokl 
bo‘lgan. “Platon” uning laqabi bo‘lib, yunoncha “keng yelkali”,“Bo‘lali” degan ma’noni 
anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasada, 
aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodidan mansub 
bo‘lgan. Aflotun aslzoda Afinaliklarga xos bo‘lgan riyoziyot, musiqa, gramatika va 
gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklid, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan. 
Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng 
yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan. Ko‘p vaqtini sheriyatga bag‘ishlagan. Manbalarga 
ko‘ra, qator dostonlar, lirik asarlar, fojia va komedialarning muallifi bo‘lgan. Uning 25 ga 
yaqin she’riy usulda bitilgan miniyatura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. 
* * * 
Botiniylikdan zohiriylikka o‘tishga olib keluvchi hamma narsa ijoddir. 
* * * 
Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan hamboshqa 
narsalardan ham zo‘rroqdir. 
* * * 
Tafakkur yagona munosib tangadir. Fqatgina anashu tangaga hamma narsani almashish 
mumkin. Shunda mardlik, odillik, mulohazakorlik – bir so‘z bilan aytganda, ezgulik – 
soxtalikdan forix bo‘ladi. Bu ezgulikka huzur-halovat, qo‘rquv va boshqa narsalar xoh 
yo‘ldosh bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, u doimo tafakkur bilan hamqadamdir. 
* * * 
Yaxshi inson hayotlik chog‘ida ham o‘limdan so‘ng zavol topmaydi.
Falsafa menga o‘z-o‘zim bilan suhbat qurishni o‘rgatdi - deydi Antisfen. * * * Donishmandlik maqomiga erishganlar keraksiz buyum va fikrlarga chalg‘imasliklari uchun boshqa ilmlarga qiziqmasliklari joiz. * * * Donishmand hech narsaga va hech kimga muhtoj bo‘lmaydi, chunki o‘zgalarga tegishli barcha narsalar unga ham tegishlidir. AFLOTUN (PLATON) (miloddan avvalgi 428-347yillar) Qadimgi Yunon faylasufi Aflotun Afina shahrida tug‘ilib o‘sgan. Uning asl ismi Aristokl bo‘lgan. “Platon” uning laqabi bo‘lib, yunoncha “keng yelkali”,“Bo‘lali” degan ma’noni anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasada, aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodidan mansub bo‘lgan. Aflotun aslzoda Afinaliklarga xos bo‘lgan riyoziyot, musiqa, gramatika va gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklid, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan. Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan. Ko‘p vaqtini sheriyatga bag‘ishlagan. Manbalarga ko‘ra, qator dostonlar, lirik asarlar, fojia va komedialarning muallifi bo‘lgan. Uning 25 ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniyatura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. * * * Botiniylikdan zohiriylikka o‘tishga olib keluvchi hamma narsa ijoddir. * * * Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan hamboshqa narsalardan ham zo‘rroqdir. * * * Tafakkur yagona munosib tangadir. Fqatgina anashu tangaga hamma narsani almashish mumkin. Shunda mardlik, odillik, mulohazakorlik – bir so‘z bilan aytganda, ezgulik – soxtalikdan forix bo‘ladi. Bu ezgulikka huzur-halovat, qo‘rquv va boshqa narsalar xoh yo‘ldosh bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, u doimo tafakkur bilan hamqadamdir. * * * Yaxshi inson hayotlik chog‘ida ham o‘limdan so‘ng zavol topmaydi.
 
 
* * * 
Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo‘lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning 
mavjudligini his etadi, uni izlaydi, uning qayerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay 
qiynaladi. 
ARASTU (ARISTOTEL) 
      (Miloddai avvalgi 384-322 yillar) Arastu Frakiyaning Stagira shah rida tug‘ilgan. Shu 
tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. Arastuning otasi Nikomax Makedoniya 
hukmdori Amnnt II ning shaxsiy tabibibo‘lgan. Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi 
hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga o‘ynab katta bo‘lgan. U 17 yoshidan 37 
yoshigacha (367-347 yillar) faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil olgan.Miloddan 
avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy)ga 
murabbiylik qila boshlaydi.Iskandar Maqduniy hukmdorlik taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi 
va do‘stiga atab haykal barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: 
"Iskandar ushbu yodgorlikni Nkomaxning o‘g‘li buyuk donishmand va avliyo Arastu 
xotirasiga o‘rnatdi " Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kupi Iskandar Zulqarnayndan 
so‘raydilar: 
-Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan ham a’lo ko‘rasan? 
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi: 
-Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. Ustozim Arastu esa 
mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar yuksaltirdi.Miloddan avvalgi 336 yilda 
Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari 
qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda 
joylashgandi. 
* * * 
Tabiat o‘zini o‘zi davolovchi odamga o‘xshaydi. 
* * * 
Puh tanasiz emas, tana ham emas, deguvchilar to‘g‘ri yo‘l tutadilar.Chunki ruh tana emas 
va ayni vaqtda tanada makon topgan bir narsadir. 
* * * 
Tafakkur va fikrlash aynan bir narsa bo‘lib, hap ikkisi ham mohiyatdan ayridir. 
* * *
* * * Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo‘lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning mavjudligini his etadi, uni izlaydi, uning qayerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay qiynaladi. ARASTU (ARISTOTEL) (Miloddai avvalgi 384-322 yillar) Arastu Frakiyaning Stagira shah rida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amnnt II ning shaxsiy tabibibo‘lgan. Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga o‘ynab katta bo‘lgan. U 17 yoshidan 37 yoshigacha (367-347 yillar) faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil olgan.Miloddan avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi.Iskandar Maqduniy hukmdorlik taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: "Iskandar ushbu yodgorlikni Nkomaxning o‘g‘li buyuk donishmand va avliyo Arastu xotirasiga o‘rnatdi " Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kupi Iskandar Zulqarnayndan so‘raydilar: -Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan ham a’lo ko‘rasan? Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi: -Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. Ustozim Arastu esa mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar yuksaltirdi.Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi. * * * Tabiat o‘zini o‘zi davolovchi odamga o‘xshaydi. * * * Puh tanasiz emas, tana ham emas, deguvchilar to‘g‘ri yo‘l tutadilar.Chunki ruh tana emas va ayni vaqtda tanada makon topgan bir narsadir. * * * Tafakkur va fikrlash aynan bir narsa bo‘lib, hap ikkisi ham mohiyatdan ayridir. * * *
 
 
Xudbinlik o‘zini o‘zi sevish bilan emas, bu sevgining meyordan ortib ketishi bilan 
belgilanadi. 
* * * 
Vijdon olijanob insonning odil hakamidir. 
* * * 
Ranj va alam chekmay, huzurlanmay ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin emas. 
* * * 
Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, 
ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. 
* * * 
Maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qriluvchi o‘rnini egallaydi. 
* * * 
Oshna-og‘aynilari mo‘l odamning do‘sti bo‘lmaydi. 
* * * 
Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir. 
* * * 
Arastu o‘z falsafasini hech qachon metafizika deb atamagan. Umuman, uning zamonasida 
bunday atama bo‘lmagan. Bu yangi so‘zni milodsan avvalgi I asrda Iskandariya 
kutubxonasining qo‘riqlovchisi rodoslik Andronik tasodifan «o‘ylab topgan». YA’ni bir 
kuni Arastuning qo‘lyozmalari o‘ramini javonga taxlash chog‘ida u avval tibbiyot 
haqidagi kitoblarni, keyin esa falsafiy mazmundagi asarlarni tartib bilan joylashtiradi. 
«Keyin» so‘zi yunoncha «meta» degan ma’noni anglatadi. Shu tariqa metafizika so‘zi 
paydo bo‘ldi («meta» - keyin, «fyuzik» -lotincha tabiiyot ma’nosini bildiradi). Bir 
qarashda tasodifan yuzaga kelgan bu so‘z buyuk taqdir «egasi» bo‘ldi. 
SITSERON MARK TULLIY (Miloddan avvalgi 106-43 yillar) 
Qadimiy Yunonistonda yashab o‘tgan faylasuf, notiq va siyosiy ar-bob Sitseron rimlik 
badavlat chavandoz oilasida voyaga yetdi. «Sitseron» so‘zi — «sitsero»,ya’ni «no‘xat» 
degan ma’noni anglatadi.Sitseron Rimda tahsil olib, lotin tilini o‘rgandi. Shuningdek, no-
tiqlik san’atini mukammal egallab, Afina, Kichik Osiyo va Rodos oroli hududlariga xos 
bo‘lgan faso-hat ilmi bilan mustaqil shug‘ullandi. 
* * *
Xudbinlik o‘zini o‘zi sevish bilan emas, bu sevgining meyordan ortib ketishi bilan belgilanadi. * * * Vijdon olijanob insonning odil hakamidir. * * * Ranj va alam chekmay, huzurlanmay ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin emas. * * * Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. * * * Maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qriluvchi o‘rnini egallaydi. * * * Oshna-og‘aynilari mo‘l odamning do‘sti bo‘lmaydi. * * * Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir. * * * Arastu o‘z falsafasini hech qachon metafizika deb atamagan. Umuman, uning zamonasida bunday atama bo‘lmagan. Bu yangi so‘zni milodsan avvalgi I asrda Iskandariya kutubxonasining qo‘riqlovchisi rodoslik Andronik tasodifan «o‘ylab topgan». YA’ni bir kuni Arastuning qo‘lyozmalari o‘ramini javonga taxlash chog‘ida u avval tibbiyot haqidagi kitoblarni, keyin esa falsafiy mazmundagi asarlarni tartib bilan joylashtiradi. «Keyin» so‘zi yunoncha «meta» degan ma’noni anglatadi. Shu tariqa metafizika so‘zi paydo bo‘ldi («meta» - keyin, «fyuzik» -lotincha tabiiyot ma’nosini bildiradi). Bir qarashda tasodifan yuzaga kelgan bu so‘z buyuk taqdir «egasi» bo‘ldi. SITSERON MARK TULLIY (Miloddan avvalgi 106-43 yillar) Qadimiy Yunonistonda yashab o‘tgan faylasuf, notiq va siyosiy ar-bob Sitseron rimlik badavlat chavandoz oilasida voyaga yetdi. «Sitseron» so‘zi — «sitsero»,ya’ni «no‘xat» degan ma’noni anglatadi.Sitseron Rimda tahsil olib, lotin tilini o‘rgandi. Shuningdek, no- tiqlik san’atini mukammal egallab, Afina, Kichik Osiyo va Rodos oroli hududlariga xos bo‘lgan faso-hat ilmi bilan mustaqil shug‘ullandi. * * *
 
 
Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yulida 
davom etaverishi - aqlsizlik. 
* * * 
Qog‘oz hamma narsaga bardoshlidir. (Ushbu hikmatli so‘zning ilk manbai Sitseronning 
«Maktub» risolasida aks etgan. Unda: «Maktub uyatdan qizarmaydi»,- degan ibora 
yozilgandi) 
* * * 
Donishmadlikni egallashning o‘zigina yetarli emas, undan foydalana bilmoqlik 
ham joiz. 
* * * 
Xalq farovonligi — oliy qonun. 
* * * 
Ezgulikning asosiy belgisi — harakat. 
* * * 
Yorug‘ dunyo yuzini ko‘rguningizga qadar bo‘lib o‘tgan vo-qealardan bebahra 
bo‘lsangiz, mangu go‘dakligingizcha qolaverasiz. 
* * * 
O‘z burchini yayrab ado etuvchilargina emin-erkin yashaydilar. 
* * * 
Nafs yo‘lida g‘olib bo‘lmoqdan ko‘pa, haq yulida mag‘lublik afzal. 
* * * 
Nodonlar safida saodatmandlar, donolar orasida baxtsizlar bo‘l.  
       ISO ALAYHISSALOM YESHUA MASHIAX (Mjloddan avvalgi 5-milodning 30 
yili) Iso Alayhissalom afsonaviy shoh Dovudning avlodi hisoblanmish duradgor Yusuf 
(Iosif) oilasida tavallud topdi. U ning tug‘ilgan yili aniq emas. Eng ishonarli anbalarga 
ko‘ra, Iso alayhissalom taxminan milodning boshlanishidan 4 yil avval hukmronlik qilgan 
shoh Avgust zamonida, Vifleyem shahrida dunyoga kelgan. Isoning tug‘ilishi qatop 
samoviy hodisalar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi tufanli uni Masih va yahudiylar 
mamlakatining yangi shohi deb hisoblashgan.Iso alayhissalom o‘z ta’limotini ko‘proq 
masallar orqali bayon etgan. 
    U ning chuqur, ma’nodor va o‘ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir 
iborasi,so‘zlari hammani hayratga solib, maftun etgan. Barcha buyuk zotlar kabi Iso
Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yulida davom etaverishi - aqlsizlik. * * * Qog‘oz hamma narsaga bardoshlidir. (Ushbu hikmatli so‘zning ilk manbai Sitseronning «Maktub» risolasida aks etgan. Unda: «Maktub uyatdan qizarmaydi»,- degan ibora yozilgandi) * * * Donishmadlikni egallashning o‘zigina yetarli emas, undan foydalana bilmoqlik ham joiz. * * * Xalq farovonligi — oliy qonun. * * * Ezgulikning asosiy belgisi — harakat. * * * Yorug‘ dunyo yuzini ko‘rguningizga qadar bo‘lib o‘tgan vo-qealardan bebahra bo‘lsangiz, mangu go‘dakligingizcha qolaverasiz. * * * O‘z burchini yayrab ado etuvchilargina emin-erkin yashaydilar. * * * Nafs yo‘lida g‘olib bo‘lmoqdan ko‘pa, haq yulida mag‘lublik afzal. * * * Nodonlar safida saodatmandlar, donolar orasida baxtsizlar bo‘l. ISO ALAYHISSALOM YESHUA MASHIAX (Mjloddan avvalgi 5-milodning 30 yili) Iso Alayhissalom afsonaviy shoh Dovudning avlodi hisoblanmish duradgor Yusuf (Iosif) oilasida tavallud topdi. U ning tug‘ilgan yili aniq emas. Eng ishonarli anbalarga ko‘ra, Iso alayhissalom taxminan milodning boshlanishidan 4 yil avval hukmronlik qilgan shoh Avgust zamonida, Vifleyem shahrida dunyoga kelgan. Isoning tug‘ilishi qatop samoviy hodisalar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi tufanli uni Masih va yahudiylar mamlakatining yangi shohi deb hisoblashgan.Iso alayhissalom o‘z ta’limotini ko‘proq masallar orqali bayon etgan. U ning chuqur, ma’nodor va o‘ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir iborasi,so‘zlari hammani hayratga solib, maftun etgan. Barcha buyuk zotlar kabi Iso
 
 
alayhissalomning ham g‘animlari bo‘lgan. Ana shu g‘animlari orasidan o‘rin olgan yaqin 
shogirdining sotqinligi tufayli Iso xalqni g‘alayonga da’vat qilganlikda ayblangan. U Rim 
hukmdori Pontiy Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o‘lim jazosiga hukm qilingan. 
Iso alayhissalomni tiriklayin xochga mixlab qatl etganlar. 
* * * 
Amalsiz e’tiqod — o‘lim 
* * * 
Odamlarni ayblamang, shunda siz ham ayblanmaysiz, aks holda ularni qanday ayblagan 
bo‘lsangiz, siz ham shunday ayblanasiz. O‘zgalarning aybini qaysi qarichda 
o‘lchasangiz, sizniki ham o‘sha mezonda o‘lchanadi. 
* * * 
Siz so‘rang — olarsiz, izlang — toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir 
so‘rovchi oladi, izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi. 
* * * 
Kim o‘zini osmon tutsa, yer bo‘lajak, o‘zni yer bilganlar esa osmon bulajak. 
* * * 
Qo‘lga shamshir tutganlar uning tig‘idan halok bo‘lg‘aylar. Kim senga g‘anim bo‘lsa, 
ketingda turgay. 
* * * 
Qalbingizni sabr bilan qutqaring. 
* * * 
O‘zingizni bilmasangiz, qashshoqlikka duchor bo‘lasiz. 
* * * 
   Eshak tegirmon atrofida aylanib, 1000 mil masofani bosib o‘tibdi. Uni 
bo‘shatganlarida avvalgi joyidan qimirlamagani ko‘rindi. Shunday odamlar borki, 
ko‘p yuradilar-u, ammo turgan joylaridan siljimaydilar. 
SENEKA KICHIK LUTSIY ANNEY (Miloddan avvalgi,(taxminan) 4 yilda 
tug‘ilib,milodning 65 yilida vafot etgan) Qadimgi Rim shahrida yashab o‘tgan faylasuf, 
shoir va siyosiy arbob Se-nekaning vatani Ispaniya edi. Ota-si uni go‘daklik chog‘ida 
Rimga olib keldi. Seneka bu yerda Pifagorning izdoshi Sotion qo‘lida tahsil oldi. Seneka 
Knchik Agrippinning o‘g‘li, 11 yoshli bo‘lajak imperator Neronga murabbiylik qilgan. 
U 
o‘z 
ta’limotlarida 
haqiqiy 
falsafada 
bir-biriga 
sira 
o‘xshamaydigan
alayhissalomning ham g‘animlari bo‘lgan. Ana shu g‘animlari orasidan o‘rin olgan yaqin shogirdining sotqinligi tufayli Iso xalqni g‘alayonga da’vat qilganlikda ayblangan. U Rim hukmdori Pontiy Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o‘lim jazosiga hukm qilingan. Iso alayhissalomni tiriklayin xochga mixlab qatl etganlar. * * * Amalsiz e’tiqod — o‘lim * * * Odamlarni ayblamang, shunda siz ham ayblanmaysiz, aks holda ularni qanday ayblagan bo‘lsangiz, siz ham shunday ayblanasiz. O‘zgalarning aybini qaysi qarichda o‘lchasangiz, sizniki ham o‘sha mezonda o‘lchanadi. * * * Siz so‘rang — olarsiz, izlang — toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir so‘rovchi oladi, izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi. * * * Kim o‘zini osmon tutsa, yer bo‘lajak, o‘zni yer bilganlar esa osmon bulajak. * * * Qo‘lga shamshir tutganlar uning tig‘idan halok bo‘lg‘aylar. Kim senga g‘anim bo‘lsa, ketingda turgay. * * * Qalbingizni sabr bilan qutqaring. * * * O‘zingizni bilmasangiz, qashshoqlikka duchor bo‘lasiz. * * * Eshak tegirmon atrofida aylanib, 1000 mil masofani bosib o‘tibdi. Uni bo‘shatganlarida avvalgi joyidan qimirlamagani ko‘rindi. Shunday odamlar borki, ko‘p yuradilar-u, ammo turgan joylaridan siljimaydilar. SENEKA KICHIK LUTSIY ANNEY (Miloddan avvalgi,(taxminan) 4 yilda tug‘ilib,milodning 65 yilida vafot etgan) Qadimgi Rim shahrida yashab o‘tgan faylasuf, shoir va siyosiy arbob Se-nekaning vatani Ispaniya edi. Ota-si uni go‘daklik chog‘ida Rimga olib keldi. Seneka bu yerda Pifagorning izdoshi Sotion qo‘lida tahsil oldi. Seneka Knchik Agrippinning o‘g‘li, 11 yoshli bo‘lajak imperator Neronga murabbiylik qilgan. U o‘z ta’limotlarida haqiqiy falsafada bir-biriga sira o‘xshamaydigan
 
 
nazariyotchilarning g‘oyalari amalda bir narsaga borib taqalishini ochib berishga 
intilgan.Seneka o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida bayon etgan: 
«Lutsilliyga bitilgan axloqiy maktublar» (Ushbu qo‘lyozma Senekaiing eng yirik asari 
bo‘lib, uning asl nusxasi hozirga qadar saqlanib qolgan) «Tabiatshunoslik asalalari» 
«Baxtli hayom haqida»,«Taqdiri ilohiy haqida»,«Qahru g‘azab haqida»,«Ruhiy 
xotirjamlik haqida» «Rahm-shafqat haqida» «Yupanch»,«Lutsilliy! - deb yozadi Seneka 
o‘z maktubida. - Sayyohning yuki qanchalik qimmatli bo‘lsa, u dengizning osu-daligi 
haqida shunchalik ko‘p qayg‘uradi.Suvning sokinligi uchun iloh eptundan minnatdor 
bo‘ladi. Faylasuf ham xotirjamlikda fikr yuritish uchun yurt tinch bo‘li shini istaydi 
hamda ana shu osoyishtalikni tuhfa etgan larga minnatdorchilik izhor etadi...»Ma’naviy 
qullikdan sharmandaliroq mutelik yo‘q. 
* * * 
Men hech qachon kullarcha itoatguylik qilmayman va hech kimga ergashmayman. 
Ko‘p hollarda buyuk odamlarning fikrlariga ishonaman, ammo ba’zi masalalarda o‘z 
qarashlarimga tayanaman. 
* * * 
Taqdir tan beruvchilarning qo‘lidan tutadi, qarshilik ko‘rsatuvchilarni esa sudraydi. 
* * * 
Inson qalbi buyuk va bepoyondyr. U chegara bilmaydi. 
* * * 
Jamiki narsalar bir-biridan paydo bo‘ladi. Masalan: havo suvdan, suv havodan,olov 
havodan, havo olovdan yuzaga keladi. Shunday ekan, nima sababdan Yerning suvdan, 
suvning esa o‘z navbatida Yerdan paydo bo‘lishi mumkin emas? Sen xudoni taqdir deb 
atashni istaysanmi? Yanglishmaysan. Chunki butun olam unga bog‘liq. U barcha 
sabablarning sababkoridir.Xudoni tabiat deb atasang ham xatoga yo‘l qo‘ymaysan. 
Chunki hamma narsani U yaratadi va biz Uning nafasidan bahra olib yashaymiz.Uni 
dunyoi jahon deb atamoqchidirsan balki? Aldanmaysan. Chunki sen ko‘rib turgan bir 
butun olam ham Uning o‘zidir. Bu olamni tashkil etuvchi har bir qismni U mukammal 
tarzda yaratgan. U o‘z qudrati bilan o‘zini asray-di, himoya qiladi. 
* * * 
Tabiat bizni kirishda ham, chiqishda ham tintuv hiladi. Yalang‘och kelgandik, 
yalangoch ketamiz. Bu yerdan olib kelganingdan ortiq narsani olib ketolmaysan.
nazariyotchilarning g‘oyalari amalda bir narsaga borib taqalishini ochib berishga intilgan.Seneka o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida bayon etgan: «Lutsilliyga bitilgan axloqiy maktublar» (Ushbu qo‘lyozma Senekaiing eng yirik asari bo‘lib, uning asl nusxasi hozirga qadar saqlanib qolgan) «Tabiatshunoslik asalalari» «Baxtli hayom haqida»,«Taqdiri ilohiy haqida»,«Qahru g‘azab haqida»,«Ruhiy xotirjamlik haqida» «Rahm-shafqat haqida» «Yupanch»,«Lutsilliy! - deb yozadi Seneka o‘z maktubida. - Sayyohning yuki qanchalik qimmatli bo‘lsa, u dengizning osu-daligi haqida shunchalik ko‘p qayg‘uradi.Suvning sokinligi uchun iloh eptundan minnatdor bo‘ladi. Faylasuf ham xotirjamlikda fikr yuritish uchun yurt tinch bo‘li shini istaydi hamda ana shu osoyishtalikni tuhfa etgan larga minnatdorchilik izhor etadi...»Ma’naviy qullikdan sharmandaliroq mutelik yo‘q. * * * Men hech qachon kullarcha itoatguylik qilmayman va hech kimga ergashmayman. Ko‘p hollarda buyuk odamlarning fikrlariga ishonaman, ammo ba’zi masalalarda o‘z qarashlarimga tayanaman. * * * Taqdir tan beruvchilarning qo‘lidan tutadi, qarshilik ko‘rsatuvchilarni esa sudraydi. * * * Inson qalbi buyuk va bepoyondyr. U chegara bilmaydi. * * * Jamiki narsalar bir-biridan paydo bo‘ladi. Masalan: havo suvdan, suv havodan,olov havodan, havo olovdan yuzaga keladi. Shunday ekan, nima sababdan Yerning suvdan, suvning esa o‘z navbatida Yerdan paydo bo‘lishi mumkin emas? Sen xudoni taqdir deb atashni istaysanmi? Yanglishmaysan. Chunki butun olam unga bog‘liq. U barcha sabablarning sababkoridir.Xudoni tabiat deb atasang ham xatoga yo‘l qo‘ymaysan. Chunki hamma narsani U yaratadi va biz Uning nafasidan bahra olib yashaymiz.Uni dunyoi jahon deb atamoqchidirsan balki? Aldanmaysan. Chunki sen ko‘rib turgan bir butun olam ham Uning o‘zidir. Bu olamni tashkil etuvchi har bir qismni U mukammal tarzda yaratgan. U o‘z qudrati bilan o‘zini asray-di, himoya qiladi. * * * Tabiat bizni kirishda ham, chiqishda ham tintuv hiladi. Yalang‘och kelgandik, yalangoch ketamiz. Bu yerdan olib kelganingdan ortiq narsani olib ketolmaysan.