QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI RIVOJLANISHI
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
23,8 KB
QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI RIVOJLANISHI
Reja:
1. Qadimgi Misr tibbiyoti
2. Qadimgi Xitoy tibbiyoti
3. Qadimgi Xindiston tibbiyoti
4. Qadimgi Tibet tibbiyoti
Qadimgi Mirs tibbiyoti.
Qadimgi Sharq butun dunyo tarixining beshigi xisoblangan. Bu erda yer shari
bo’yicha eng avval ibtidoiy jamoa tuzumidan, qo’ldorlik tuzumiga o’tilgan. Nisbatan
ancha ilg’or bo’lgan qo’ldorlik tuzumi va uning ishlab chiqarish dori xujalik va
jamiyat xayotning barcha soxalarida ish bilan birgalikda tibbiyotni xar tomonlama
rivojlanishga keng yo’l ochib berdi. Qadimgi Misrning o’zining xos yorqin
madaniyatini ajralmas qismi bo’lgan tibbiyot xalqning amaliy tajribasi tufayli o’sdi
va rivojlandi.
Misrliklar odam tanasi to’g’risida dastlabki tasavvurlarini mumiyolash
amaliyotidan olganlar.
Misrliklarning odam tanasi to’g’risidagi tushunchalari o’sha davr uchun juda
yuqori bo’lgan. Ular miya, yurak tomirlar, ichaklar, musqullar kabi yirik organlarni
bilganlar. Ammo, ularni maxsus o’rganmaganlar.
Miya to’g’risidagi Misrliklarga tegishli bizgacha yetib kelgan ayrim
yozuvlarda miya jaroxatlanganda kasallik xolatlari tananing boshqa a’zolarida
ko’rish mumkin deyilgan. Shunday qilib, qadimgi Misr tabiblari, miya to’g’risidagi
tasavvurlarini ilmiy asosda tushunishga dastlabki asos soldilar.
Qadimgi Misrliklar kasalliklarni aniqlashni tomir urishi orqali aniqlash
san’atiga ham ega edilar.
Misrliklar kasalliklarni kelib chiqish sabablarini ham tabiiy xodisalar, hamda
g’ayri tabiiy kuchlardan deb tasavvur qilganlar.
Kasalliklarni kelib chiqishidagi tabiiy sabablarni, aynigan ovqatlardan, ichak
parazitlari, xavo o’zgarishidan deb bilganlar.
Shu bilan birgalikda kasallikni o’lganlarning yomon ruxlari, guyoki ular
kasalni tanasiga kirib olib chiqarishi mumkin deb tasavvur qilganlar. Shuning uchun
ham davolash vositalari turli xil marosimlar bilan birgalikda olib borilgan.
Qadimgi Xindiston tibbiyoti.
Eramizning boshlarida qadimgi Xindiston meditsina bilimlarining rivojlangan
tizimlari paydo bo’la boshladi. Inson tanasining tuzilishi to’g’risidagi ma’lumot
qadimgi Xindistonda ancha mukammal bo’lgan. Bu murdalarni yorib ko’rishni din
tomonidan ta’qiqlanmaganligini natijasi bo’lsa kerak.
Sushrutning ma’lumotiga asosan, inson organizmi 7 pardadan, 500
musquldan, 900 boylamdan, 90 paylardan, 300 suyakdan, 107 bo’g’inlardan, 40 bosh
tomirlaridan, 24 asab tolalari, 9 sezish organlaridan va 3 ta suyuqlik (o’t, shira va
xavo) dan iborat deb ko’rsatilgan.
Qadimgi Xindistonda organizmlarning funksiyalari to’g’risidagi tasavvurlar
«Uch suyuqlik» ta’limotiga hamda, beshta koinot elementlaridan (er, suv, olov, xavo
va efir yorug’lik manba’i) asoslangan.
Sushrut kasalliklarni tashxis qilishda bemorni surashdan tana xaroratini
tekshirish, teri va til rangi, o’pka shovqinini eshitish kabilardan foydalangan.
Davolash taktikasi avvalo kasallikni davolash mumkinligi yoki mumkin
emasligi asosida tanlab olingan. Kasallikni davolashda tabib kasallikni xarakteri, yil
fasli, bemorning yoshi, temperamenti, kuchi va aqliga katta ahamiyat bergan. bunga
u dastlab dorilar vositasida va jarroxlik uslublari asosida erishgan.
Qadimgi Xitoy tibbiyoti:
Kasallarni davolashda qadimgi Xitoy tabiblari boshqa xalqlarda bo’lmagan
o’ziga xos usullarni ishlab chiqqanlar. Shu usullardan eng mashxurlari uchta –
moksa, massaj va igna sanchish davolash usullaridir.
Moksa usuli kasal a’zoni, to’g’rirogi, shu a’zoni qoplab turuvchi terini, quritilgan
turli o’simliklarni tutatib, qizitishdan iborat bo’lgan. Bu usulga u vaqtda Xitoy
tabiblari qanday baho berganlari aniq emas, ammo xozirgi zamon Fani nuqtai
nazaridan qaralsa, bu usul ekstraretseptorlarga, ya’ni teridagi nerv tomirlariga ta’sir
qilish prinsipiga asoslangani seziladi. Ekstrareseptorlar orqali ichki a’zolarga ta’sir
qilish mumkinligini fiziologiya fanidan ma’lum. Demak, moksa usuli ilmiy jixatdan
foydali ekanligi isbot etilgan.
Massaj (uqalash) usuli ham keng qo’llanilgan. Bu usul oyoq-qo’lni yoki butun
tanani xushbo’y, maysimon moddalar bilan uqalashdan iborat. Bu usul bilan xar xil
bo’g’im kasalliklari, miozit va nevritlar davolangan. Bundan tashqari, uqalash usuli
umuman organizmni bardam qilish va kuch-quvvatni oshirish uchun qo’llangan.
Qadimgi Xitoyda ishlab chiqilgan va mamlakatda eng keng tarqalgan davo usuli
akupunktura, ya’ni igna sanchib davolash usulidir. Bu usul xozir ham
klinikalarda qo’llanmoqda.
Qadimgi Xitoy tabiblarining fikricha, odam tanasida og’riq sezmaydigan 360
ta nuqta bo’ladi. Shu nuqtalarga igna sanchilsa, bemor og’riq sezmaydi va
kasallikdan sogayadi.
Igna sanchib davolash usuli ham reseptorlarga ta’sir qilish prinsipiga
asoslanadi. Ammo Qadimgi Xitoy tabiblari bu usulga boshqacharoq baho berganlar.
Ular sanchiladigan ignalar ichini kovak qilib yasaganlar va organizmdagi qarama-
qarshi kuchlardan biri ko’payib ketsa, u shu kovak orqali chiqib ketadi, agar
yetishmasa, yana shu ignadagi kovak orqali organizmga kiradi, deb faraz qilganlar.
Qadimgi Xitoy tabiblari dori-darmonlardan foydalanishda ham juda muhim
muvvafaqiyatga erishganlar. Ular tibbiyotda umuman ma’lum dori-darmonlardan
tashqari yangi, juda ta’sirchan o’simlik va xayvonlardan olinadigan dorilar ham
kashf etdilar. masalan, mashxur jenshen o’simligi Xitoy tibbiyotining eng buyuk
kashfiyotlaridan biridir. Xayvonlardan olinadigan dori moddalaridan birinchi
o’rinda targil kiyik shoxida olinadigan panti (pantokrin) moddasini ko’rsatish
mumkin. Bundan tashqari, Xitoy limonnigi deb ataluvchi dori ham mavjud. Xitoy
tibbiyotida o’sha davrdagidek mingdan ortiq xar xil dorivor o’simliklar, mineral
moddalar va xayvonlar tanasidan olinadigan dorilar ishlatilgan.
Xitoy olimlari tomonidan tuzilgan 52 jidlik farmakopiya kitobi mavjud.
O’sha zamonda Xitoy tabiblari qatorida Van Shu Xe dan boshqa ham buyuk
tabiblar bo’lgan. Shulardan Byan Sio, Xua Tu ismli tabiblar aloxida e’tiborga
sazovardilar.
Byan Sio eramizdan oldingi VI asrda yashagan. Uning «Qiyinchilik haqida kito»
nomli asari ma’lum. Bu asarda muallif odam anatomiyasi, fiziologiyasi, kasallik
sabablari, belgilari, tashxis va davolash usullarini bayon etadi Byan Sio igna sanchib
davolashda juda ham moxir bo’lgan. U ayollar kasalliklari va bolalarga xos
kasalliklar haqida ancha ta’lim ma’lumot bergan.
Shunday qilib, Qadimgi Sharqda, Misrdan tibbiyot eng yuksak rivojlangan
mamlakat Xitoy edi. Xitoy tibbiyoti Xind, Tibet, Mo’g’iliston va O’rta Osiyo
tibbiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Qadimgi Tibet tibbiyoti.
Qadimgi Sharq mamlakatlaridan Tibet ham tibbiyot ancha rivojlangan edi.
Tibet tibbiyotning rivojlanishida Qadimgi Xitoy va Xind tibbiyoti ma’lum darajada
rol uynagan. Masalan, IX asrda sanskrit tilidan tibetgacha «Jud-Shi» nomli
tibbiyotga oid kitob tarjima qilingan va undan Tibet tabiblari keng foydalanganlar.
Kitobda turli kasalliklar, ularning belgilari va davolash usullari bayon etilgan.
Kasalliklarni belgilashda xar bir a’zo asos qilib olingan. Masalan, o’pka, jigar, taloq,
me’da kasalliklari va x.k. «Jud-SHu» da dori-darmonlar bilan davolash aloxida
ahamiyat berilgan. Dori o’zining ta’mi va moddasi orqali ta’sir etadi, deb
ko’rsatilgan. Kitobda salomatlikni saqlash usullari aloxida ko’rsatib o’tilgan. Tibet
tabiblari kasalliklarni 4 turga bo’lganlar: oson davolanuvchi, qiyin davolanuvchi,
juda qiyin davolanuvchi va davolab bo’lmaydigan kasalliklar. Tibet tabiblari kasallik
paydo bo’lishi sababi masalasida quyidagi fikrda bo’lganlar. Odam tanasida uch xil
moda-xavo, xilt va safro aylanib yuradi. Shu uch modda miqdori va sifati
muvozanatda bo’lsa, kishi sog’lom bo’ladi, agar muvozanat buzilsa, kasallik kelib
chiqadi. Bu moddalardan safro (jigar o’ti) ga aloxida ahamiyat berilgan. Tibet
tabiblarining fikricha, jigar kishi organizmida xayotiy jarayonlarini tartibga solib
turishda katta rol o’ynaydi. Shuning uchun jigar o’tining o’zgarishi (buzilishi) ko’p
kasalliklarga sabab bo’ladi. Tibet tibbiyotida shu uch modda asosida kishi tanasining
tabiati belgilangan. Bu tabiat shu uch modda xususiyatiga bog’liq, deb faraz
qilganlar. Kishi salomatligi yoki kasallik kelib chiqishida uning tabiati muhim rol
o’ynaydi.
Tibet tibbiyotida ham Xitoy va Xindiston tibbiyotidagi singari kasallikni
aniqlash usuli ancha mukammal ishlab chiqilgan. Bu usul ma’lum qoidaga
asoslanadi. Tibet tibbiyoti qoidasida bunday deyilgan: «Tabibning asosiy vazifasi
bemorni sinchiqlab ko’zdan kechirish, u bilan suxbat qilish va xar taraflama
tekshirishdan iborat. Bemor tanasini eshitish ham kerak». Bu erda «Eshitish» degan
so’z bemor ichki a’zolarini, masalan, yurak urishini, (nafas olishni) quloq solish,
eshitib ko’rish ma’nosini bildiradi. «Tekshirish» degan esa bemor siydigi, axlati,
balg’ami va shunga o’xshash chiqindilarni tekshirib ko’rish ma’nosida ishlatilgan.
Kasalliklarni
davolash
masalasida
ham
Tibet
tabiblari
ancha
muvaffaqiyatlarga erishganlar. Davolash usuli maxsus ishlab chiqilgan sistema
asosida olib borilgan. Bu sistemada birinchi galda bemor uchun yaxshi sharoit
yaratib berish ko’zda tutilgan. Ikkinchi tadbir bemorga engil xazm bo’ladigan ovqat
belgilashdan iborat bo’lgan. Bunda bemorning xoxishi e’tiborga olinishi kerakligi
aloxida ko’rsatib o’tiladi. Shu sharoitlar yaratib berilgandan so’ng, bemor dori-
darmon berish muljallangan. Agar dori-darmon yordam bermasa, jarroxlik usulini
qo’llash tavsiya etilgan.
Tibet tabiblari 400 dan ortiq kasallik turlari va 1500 ga yaqin kasallik
alomatlarini aniqlaganlar. Kasallik turlari va alomatlari haqida so’z ketganda,
ayollarda va bullarda uchraydigan kasalliklarning ancha murakkabligi aloxida
ta’kidlab o’tiladi. Masalan, Tibet tibbiyoti aforizmlari (xikmatli so’zlari) dan birida
bunday deyilgan: «O’nta erkakni davolashdan ko’ra bitta ayolni va o’nta ayolni
davolashdan ko’ra bitta gudakni davolash qiyinroqdir». Bu bilan ayollar va bolalar
kasalliklarini aniqlash va davolash juda qiyin ekanligini ta’qidlanadi.
Tibet tibbiyotida jarroxlik usuli bilan davolashga aloxida ahamiyat berilgan.
Jarroxlikni bilmagan tabibni xaqiqiy tabib qatoriga ko’rishmaganlar. Bu xaqida
Tibet tibbiyotida quyidagi xikmatli so’z mavjud: «Jarroxlikni bilmagan tabib-tabib
emas, u qilich ishlatishni bilmaydigan sipoxga uxshaydi». Dori-darmonlar bilan
davolashga ham muhim ahamiyat berilgan. Qadimgi Tibet tabiblari ishlatadigan
dorilar soni o’sha vaqtdek mingdan ortiq bo’lgan. Tibet tabiblari kasallarni
davolashda dorilardan ko’ra, gigienik qoidalar va tabiat vositalardan foydalanishni
afzal ko’rganlar. Masalan, ozodalik qoidalariga rioya qilish, o’z vaqtida dam olish,
uxlash, yomon odatlardan saqlanish, vaqtida engil va sifatli ovqatlanish va x.k.
Bundan tashqari, turli yo’llar bilan tanani chiniqtirish ko’proq ochiq xavoda bo’lish,
sayir qilish, toqqa chiqish, daryoda chumilish, chavanddozlik bilan shug’ullanish,
piyoda yurish va x.k. Tibet tibbiyotida ta’qidlanishicha shu tadbirlarni qunt bilan
amalga oshirib yurgan odamlar juda kam kasallanadilar.
Shunday qilib, Tibet tibbiyoti ham o’sha davr Sharq tibbiyotida muhim o’rin
tutgan edi.
Qisqacha xulosa: ko’rinib turibdiki jaxon tibbiyoti rivojlanishiga Qadimgi
sharq mamlakati tibbiyoti o’lkan xissa qo’shgan.
Savollar:
1. Qadimgi sharq mamlakatlarida tibbiyot qanday rivojlangan?
2. Qadimgi Misrda Edvin Smit jarroxlik haqida qanday ma’lumotlarni bergan?
3. Qadimgi Misrda kasallik sababi masalasi qanday bo’lgan?
4. Qadimgi Xitoy tibbiyotini o’rganishda asosiy manba’’ bo’lib nima xazmat
qilgan?
5. Kasalliklarni davolash Qadimgi Xitoyda o’ziga xos qanday usullari bo’lgan?
6. Qadimgi Xindistonda tibbiyotni o’rganishdagi asosiy manba’’ni ayting?
7. Qadimgi Xindistonda tibbiyotni rivolanishida Sushrutaning xissasi qanday?
8. Qadimgi Tibet tibbiyotining o’ziga xos xususiyati?
9. Qadimgi Tibet kasallikni davolashda qanday sistema ishlab chiqilgan?
10.
Qadimgi Tibet tabiblari kasallikni necha turga bo’lganlar?