Qadimgi Sharqda siyosiy fikr va mafkuralar.
REJA:
1.Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va
rivojlanishi.
2.Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy ta’limotlar.
3.Qadimgi Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
1. Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi
va rivojlanishi.
Dastlabki siyosiy xuquqiy ta’limotlar asosan diniy bilimlarda, afsonalarda,
dostonlarda aks etgan. Davlat paydo bo’lgach uni ilohiylashtirishga e’tibor beriladi.
Masalan: Qadimgi Misr davlatida Misr podsholari (Fir’avn) «Xudo Raning o’g’li»
deb e’tirof etilgan. Afsonalarda davlat ilohiy quvvat tufayli paydo bo’lgan degan
tasavvur
mavjud bo’lgan.
Dastlabki mifologik tasavvurlarning asta-sekin, konkretlashib, ijtimoiy
hayot, davlat, siyosat, huquq haqidagi dastlabki ta’limotlarning paydo bo’lishi
tarixi uzoq tarixga ega. Bu jarayon turli xalqlarda turli xil kechgan. Lekin
barcha xalqlarga, mamlakatlarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni olsak
adolatsizlikka qarshi adolat, zo’rlik va qonunsizlikka qarshi qonuniylik, rahm-
shafqat, urushga qarshi tinchlik g’oyalarining ilgari surilishini kuzatamiz.
Harakterli joyi shundaki, xalq og’zaki ijodida, yozma manbalarda diniy va
dunyoviy kitoblarda ezgulikka intilish, inson nomini ulug’lash, sotsial adolatga
erishish uchun kurash tarixi barcha qadimgi xalqlar hayotiga xosdir.
Shunday qilib, eng qadimgi davlat va xuquq to’g’risidagi qarashlar,
g’oyalar Sharqda taxminan to’rt ming yil avval xalq og’zaki ijodida, yozma
diniy kitoblarda diniy-mifologiyalar tarzida shakllandi1.
2. Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar.
Qadimgi Misrda mamlakat Fir’avnga qarashli bo’lgan. Uning huquqlari
cheksiz hisoblangan. Fir’avn mamlakatni vazilar, ayonlar, katta-kichik amaldorlar
yordamida boshqargan. Qo’shin podshoning asosiy tayanchi bo’lgan. Qadimgi
Misrni davlat boshqaruv tashkilotlari 3 bosqichli – markaziy, viloyat va mahalliy
davlt tashkilotlaridan iborat bo’lgan.
Qadimgi Misrdagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar asosan padsholar yoki biror bir
voqea hodisa yuzasidan berilgan xulosalarda ko’rinadi. Miloddan avvalgi 1750 yilda
sodir bo’lgan qadimgi Misrdagi yirik xalq qo’zg’oloni xaqidagi hikoyada siyosiy-
huquqiy g’oyalar berilgan. Misrdagi bu voqealar o’sha vaqtda yaratilgan «Ipuser
1 Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи.проф.Ҳ.Б.Бобоев таҳрири остида .(Дарслик).Тошкент.
ТДЮИ.2003йил.19-бет
so’zlari» nomli yodgorlikda o’z ifodasini topgan. Bu yodgorlik muallifi yirik
mansabdor shaxs bo’lgan. Shuning uchun xalq ommasiga nafrat bilan qaraydi.
Ipuserdagi ma’lumotlarga ko’ra kambag’allar va qullar zodagon va ayonlarga qarshi
bosh ko’targanlar. Quyida undan bir parcha keltiriladi: «Nasl-nasabi bo’lmagan
kishilar
endi
zodagonlardan
farq
qilmaydilar.
Hokimlarning
farzandlari
qo’zg’alonchilar qo’lida asirga tushgan, ularni urib kaltaklaganlar. Podsho va
badavlat kishilarning mol-mulklari butunlay taqsimlangan. Boshpanasi bo’lmagan
kishilar endilikda hashamatli turar joylarga ega. Bitta qayig’i bo’lmagan kishilar
butun bir kemalar flotiliyasiga egalik qalganlar. Bir vaqtlar bashang kiyinib yurgan
kishilar endilikda juldur kiyimda yuradilar. Qo’zg’alonchilar sud idorasiga va
arxivlarga kirib, unda saqlanayotgan xujjatlarni soliq ro’yxatlarini ko’chalarga
uloqtirib tashaganlar. Qullar quldorlarga aylandi.» Ipuserdagi bu qo’zg’olonni
qancha davom etgani to’g’risidagi ma’lumot saqlanmagan.
Fir’avn Amenxotep III davlatni boshqarish to’g’risida fikr bildirib, «tinchlik
eng ulug’ ish» deydi. Aynan uning davrida istilochilik yurishlariga barham beriladi.
Mil. av. 1280 yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettisuli III o’rtasida
tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi. Bu sulh shartnomasiga ko’ra har ikki tomon bir-
birlariga mamlakat xududiga bostirib kirmaslik to’g’risidagi sharnomani
imzolaydilar. Ular harbiy ittifoq tuzadilar. Jinoyatchilarni jazolashda har ikki
tomonning o’zaro yordam berishligi qayd etilgan. Ayni paytda birdan ikkinchisiga
qochib o’tgan muxojirlarni o’z yurtiga qaytarish va ularga umumiy avf berish
majburiyati ham olingan.
Qadimgi Misr xalqlarida keng tarqalgan g’oyalarga ko’ra, barcha haqiqat,
Adolat, odil sudlov (Maat) xudo tomonidan boshqariladi. Sudyalar Maat tasviri
tushirilgan tumorlarni taqib yurganlar. Erdagi barcha tartibotlar, siyosat,
qonunlar, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, bosh ijodkorga sig’inish
«Ptaxotep nasihatlari" (mil.avv. XXV -XXIV asrlar), «Murdalar kitobi» kabi
qadimgi yozma manbalarda o’z aksini topgan. «Ptaxotep nasixatlari» da
ta’kidlanishicha, barcha erkin fuqarolar tabiiy ravishda bir-biriga tengdir, ushbu
holat insonning axloqiy jihatlarini ko’rsatuvchi printsip bo’lgan - har bir
insonning hatti-harakatlari adolat va yaxshilik me’yorlariga mos bo’lishi kerak.2
Albatta bu talablar qadimgi misr jamiyatining yuqori tabaqa vakillarga tegishli
edi. Aholining ko’pchiligini tashkil etgan qo’llar bundan tashqarida edi.
Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi siyosiy-huquqiy ta’limotlar avvalambor
xalq og’zaki ijodida keyinchalik yozma manbalarda afsonaviy qahramonlar,
xalq xaloskorlari xudolar to’g’risidagi yozma manbalarda ifodalangan bo’lsa,
keyinchalik "Avesto" (Axura Mazda) hamda Siptomen haqidagi afsonoviy
diniy ta’limotlarga muxolifat sifatida dunyoviy ta’limotlar ham taraqqiy etdi.
Masalan, qadimgi Yunon mutafakkirlari Suqrot, Aflotun, Arastu sharqda esa
Farobiy kabilar asarlarida o’z ifodasini topdi. Qadimgi Vaviloniyada tarkalgan
mifga ko’ra, adolat homiysi, ezilganlarni himoya qiluvchi xudo Shaman bo’lib, u
barcha adolatsiz va yomonlikni keskin jazolardi. Kimda kim Shamanning
adolatli, haqiqiy tamoyillarini buzsa, o’sha paytda amaldagi qonunlar
asosida qattiq jazoga tortilardi. Shaman talablarini buzish bu og’ir jinoyat edi.
Shumer va Vaviloniya hukmdorlari o’z hokimiyatlarini xudo tomonidan
berilgan deb hisoblardilar. Bu g’oyalar eramizgacha XVIII asrda yaratilgan
Xammurapi qonunlarida (bu qonunlar o’z davrida keng tarqalgan edi) ifodalab
berilgan. Bu qonunlar odamlarni erkinlar va qullarga ajratardi. Erkinlar ham bir
qancha tabaqalarga bo’linardi.
Xammurapi (1792 – 1750) Bobil podsholigiga hukumronlik qilgan davrda o’zi
tuzgan qonunlar asosida davlatni boshqardi.
Xammurapi qonunlari qora bazalt toshga yozilgan bo’lib, 282 moddadan
iborat bo’lgan biroq uning 274 tasi bizga qadar etib kelgan. Qonunning kirish
qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o’rnatish deb
aytilgan. Unda podsho ulug’lanib ko’klarga ko’tarilgan.
Qonunlarning asosiy qismida mamlakat xo’jaligining o’rmonchilik,
chorvachilik, chorva mollari, ekinzorlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq
ko’plab masalalar to’g’risida fikr bildiriladi. Qonunda hususiy mulk qattiq himoya
qilinadi. Oilaviy munosabatlar va turli jinoyatlarga tegishli bo’lgan masalar ko’rib
chiqilgan. Qonunda ko’rsatilishicha jinoyat qilgan shaxslar kim bo’lishidan qat’iy
2 История политических и правовых учений. В.С.Нерсесянц .Москва. «НОРМА-ИНФРА.М»,1999.17-бет.
nazar qattiq jazolangan. Qonunda podsho xuquqlarining cheklanmaganligi
ta’kidlanadi. Agarda mamlakatda joriy qilingan qonun-qoidalarni buzgan har qanday
shaxsni Xammurapi qonunlari asosida javobgarlikka tortilgan.
Xammurapi qonunlarida shunday deyiladi: “Men mamlakatimda haqiqat va
adolat o’rnatdim. Bundan buyon: agar kimki ibodatxona yoki podshoning mulkini
o’g’irlasa o’ldirilishi kerak. Agar kimki qochoq qulni yashirsa u o’ldirilishi kerak.
Agar kimki o’ziga teng kishini basharasiga ursa u jarima to’lash kerak. Agar kimki
qo’shnining buyumini o’g’irlasa unga o’lim jazosi”. Xammurapi qonunlarida Talion
(ko’zga-ko’z) printsipi saqlangan.
3.Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviy merosining namunalaridan
biri hisoblangan. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. «Avesto»
hozirgi O’zbekiston hududida eramizgacha II minginchi yillik o’rtalarida yashagan
qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy-siyosiy tuzumi,
huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli ma’lumot beradi.
Zardushtiylik dinining tarqibotchisi Sipiytlyun Zardusht hisoblanadi. U
Xorazmda tug’ilib, keyinchalik Eronga boradi.Zardusht Eronda o’z dinining keng
targ’ib qiladi. Zardusht vafotidan keyin diniy duolar, takbirlar, rasm-rusumlar
yig’indisi «Avesto» uning izdoshlari tomonidan kitob holiga keltirildi.«Avesto»
bayon etilgan siyosiy-huquqiy fikrlarda, o’sha davrda ijtimoiy, siyosiy, huquqiy
muhit haqida tushuncha paydo bo’ladi.
«Avesto»da davlat boshqaruvi haqida gapirilganda: davlatni shoh - «Kavi»
iroda qilgan. «Kavi» muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarni o’zida
mujassamlashtirgan.
Oilalarning birlashmasi - «Nmana», katta oila jamoasi oqsoqoli -
«nmanapati», urug’ jamoasi boshlig’i - «vis», qishloq oqsoqoli «vispati», qabila
boshlig’i «zantupati», viloyat hokimi «daxyupati». Qonun chiqaruvchi Oliy organ -
Oqsoqollar Kengashi (Qabilalar Ittifoqi) - «varzanapa» deb atalgan. Oliy Sudya
vazifasini Kohin bajargan, uni «Zaratushtroema» deb atashgan. Uning hukmi mutloq
bo’lgan va unga hech kim e’tiroz birdirmagan.
«Avesto»da tasvirlangan jamiyat ahli to’rt toifaga, kohinlar, jangchi askarlar,
chorvadorlar va hunarmandlarga bo’lingan («Yasna» 19-bet).
Erkin jamoa a’zolarining asosiy boyligi chorva hisoblangan. Birinchi
navbatda chorva, keyin esa shaxsiy mulk - uy, hovli-joy, qal’a, qo’rg’on...
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra yolg’on gapirib guvohlik berish jinoyat
hisoblanadi.
«Avesto»da qayd etilgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy g’oyalardan
biri - yovuzlikka qarshi va haqiqat (adolat) uchun kurash masalasidir.
Huquqiy qarashlar bayon etilgan «Videvdad» qismida («Devlarga qarshi
duolar») jinoyatlarni klassifikatsiya qilib quyidagilarga bo’lingan:
1. Dinga qarshi jinoyatlar: dindan qaytish, boshqa din vakili bilan nikoh
tuzish, kohin tomonidan diniy rasm-rusumlarni, amallarni qo’pol buzish, ateizm
kirgan.
2. Shaxsga qarshi jinoyatlarga: qasddan tajovuz qilish, qo’rqtitish, tabibning
noto’g’ri harakati va uning yomon oqibatlari.
3. Hayvonot olamiga qarshi jinoyatlar: ayniqsa itlarga qarshi harakatlar.
4. Mulkiy jinoyatlar: o’g’irlik, talonchilik, yo’l to’sarlik va ziqnalik.
5. Axloqiy normalarga qarshi jinoyatlar: fohishabozlik, oilaga hiyonat va
buning uchun o’lim jazosi berilgan.
6. Tabiatga qarshi jinoyatlar: tuproq, suv, olov, o’simlik dunyosi (Videvdad
VI. 54-83) ayniqsa tuproqni ifloslantirish.
«Avesto»da oila monogamiya asosida tuzilgan. Nikoh shartnomasi 10 yil
muddatga tuzilgan.3
«Avesto» - huquqiy manba sifatida o’rgangan olimlar ichida Ingliz olimasi
Meri Boys va A.G.Perexanyan, Z.Muqimovning ta’kidlashicha, Sipiytlyun Zardusht
o’z ta’limotida adolatli sud qismi uchun Ordalia (sinab ko’rish yoki jazo berish) 33
usuli mavjud bo’lgan. Agar so’z qasam to’g’risida bo’lsa, odatda suv bilan sinash
o’tkazilib aybdor yoki gumondorga o’zining huquqligini isbotlashga imkon berilgan.
O’t bilan sinfida aybdor chalayonlar orasidagi tor yo’lakdan yugurib o’tgan,
agar tirik qolsa, Shartnoma tangrisi Mitra uni asbsiz deb hisoblagan.
3 А.Х.Саидов. «Авесто » муҳим манба. Тошкент, 2001 йил. «Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси».37 бет