QADIMGI XALQLARDA TA’LIM-TARBIYA
REJA:
1. Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni.
2. Xalq pedagogikasi - pedagogika fanlarining sarchashmasi.
3. Qadimgi O‘rta Osiyo xalqlarida ta’lim-tarbiya tizimi.
4. “Avesto” da komil inson mohiyati va uni shakllantirish omillari.
5. Qadimgi Hindistonda ta’lim-tarbiya va fan taraqqiyoti.
6. Qadimgi Xitoyda ta’lim va tarbiya haqidagi ta’limotlar.
Tayanch tushunchalar: Ibtidoiy jamiyat, yoshlar uylari, xalq pedagogikasi,
etnografiya, ilmiy bilimlar,mezolit davri, tajriba, konfutsiy ta’limoti, pedagogik g‘oyalar,
urug‘chilik jamiyati,madaniy meros, zardo‘shtiylik, “Avesto”, “O‘rxo‘n-Yenisey”
yodgorliklar, Hindistonda ta’lim-tarbiya tizimi. VI-XII asrlarda Xitoyda ilm-fan.
Ibtidoiy jamiyat bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlariga
qatnashib, ular bilan kundalik muamolada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Bolalar
va o‘smirlar mehnatda, kattalar bilan turmush uchun zarur ko‘nikmalar va mehnat
malakalarni egallar, urf – odatlar bilan tanishaverardilar.Keyinchalik yosh avlodning
yashashi va tarbiyalanishi uchun o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida muassasalar paydo
bo‘ldi. Bunday yoshlar uylarida urug‘ oqsoqollarining rahbarligida yashashga mehnatga
o‘tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edi. Bu esa tarbiya ishi ijtimoiy faoliyatning alohida
formasiga aylana boshlaganidan dalolat beradi.
Yakka er-xotin bo‘lib yashash vujudga kelgandan keyin bolalarni tarbiyalash asosan
oila qo‘liga o‘tsa-da “yoshlar uylari ” davom etaverdi, O‘rta Osiyoda boshlang‘ich ilmiy
bilimlarni egallash, ta’lim – tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kohinlar paydo bo‘lgan. Surat
solishga mohir ustalar qoya toshlarga va davrlarga odamlar va hayvonlarning rasmlarini
ov manazaralari chizganlar. Ayrim mamlakatlarda piktografik (rasmlar) asosida xat paydo
bo‘lgan. Harf bilan yozish usuli qadimdan O‘rta Osiyo xalqlariga ham tarqala boshlagan.
Misr va Xitoyda piktografik yozuvdan shartli-iyerogliflar (suratlar) bilan yozuv kelib
chiqdi. Xitoy va Yaponiyadagi hozirgi iyeroglif yozuvlar bir necha ming yillik tarixga ega.
O‘rta Osiyoda aramiya (suriya) alfavitidan kelib chiqqan Xorazm, Sug‘d, Baqtiriya
ozuvlari ishlatilar edi. Turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha hissa
qo‘shganlar.Masalan: Xitoyda qog‘oz, Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi ixtiro
qilingan.Mesopatamiyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va
sekundlarga bo‘lish o‘ylab topilgan. O‘rta Dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon
yo‘li, so‘ngra O‘rta Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li”
ochildi. O‘rta Osiyo xalqlarini savdo sotiq marakazi bo‘lib qolishi vohada madaniyatni
rivojlanishiga ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiyotiga tasir etdi. Kohinlar ta’limi bilan birga
savod va hunar o‘rgatadigan maktablar ham tashkil etilgan. Tarixiy manbalarda yozuv va
hisoblashni o‘rganish chog‘ida osonlashtirgan o‘qitish metodlari o‘qituvchilikka
qo‘yiladigan ayrim talablar haqida ham fikrlar uchraydi.
Inson faoliyatining barcha sohalaridagi tajribalar saqlanmay turib progressive tarixiy
taraqqiyot mumkin bo‘lmagan bo‘lur edi. Urug‘ning, qabilaning zo‘r berishlari tufayli
orttirilgan bilimlarni keksa avlod ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan ta’lim vositasi bilan yosh
avlodga o‘rgatib kelgan. Ilk yoshidagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb
etilgan, katta yoshdagi yigit va qizlarga chinakam ta’lim berilgan. Insoniyat qadim –
qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga ega bo‘lgan.
Davrlar o‘tishi bilan odamlarning hayot tarzi, mehnat qilish usuli, qanchalik darajada
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko‘paytirib borish bilan bog‘liq kechgan.
Insoniyatning tinimsiz mehnat, ma’naviyatga va marifatga intilishi tufayli doimo o‘sib
takomillashib, borishi bosqichlarini tarixda sivilizatsiya davrlari deb baholanadi. Masalan,
antik davr sivilizatsiya, Sharq sivilizatsiya, G‘arb sivilizatsiya, Islom sivilizatsiya, Xristian
sivilizatsiya kabilar. Malumki, sivilizatsiya insoniyatning iqtisodiy, ijtimoiy -siyosiy
hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi axloqi bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo
jihatlar rivojlanish darajasini ifodalaydi.
U yoki bu sivilizatsiya insoniyatning yashash uchun kurashi, mehnati,qurollarini
taqsimi ma’naviyat va marifatga intilishi ijtimoiy- siyosiy, axloqiy -huquqiy
munosabatlari asosida tavsiflanadigan tarixiy bir davr. Demak, har bir davr insoniyatning
ta’lim-tarbiya borasidagi, tajribalarining natijasi, uning rivojlanib borishi bilan
xarakterlanadi. Zero, ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab paydo
bo‘lgan, mehnat hayot tajribalarini yosh avlodga o‘rgatish zarurati asosida alohida insoniy
faoliyat sohasiga aylangan. Har bir jamiyatda ma’naviy qudrat omili sifatida takomillashib
borgan. Shunga asosan pedagogika tarixini to‘qqiz davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqdir.Odamzodning biologik, ijtimoiy va ma’naviy kamoloti tarixiy taraqqiyot
bosqichlari, sharoit va imkoniyatlari ehtiyojlarining ko‘zgusidir. Ijtimoiy borliq ijtimoiy
ongni belgilaydi degan fikr insoniyatning minglab yillar amalga oshirgan tajribasi va
evolutsiyasi umumlashtirishdan kelib chiqqan ilmiy xulosadir.
Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning ta’lim-tarbiyaning mahsuli
bo‘lsa ham u o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda tasir ko‘rsatayotgan uni
belgilab beradigan omildir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning
ma’naviy kamolotida yangi davrning yuzaga keltirishdir.Jamiyatning ma’naviy kamoloti
o‘z-o‘zidan stixiyali amalga oshmaydi. Har bir tuzum, davr muayyan maqsadlar talab va
ehtiyojlar asosida ta’lim-tarbiya tizimini joriy etadi, kishilarning ma’naviy kamolotini
tashkil etadi, unga mazmun va muayyan yo‘nalish beradi. Shunga asosan inson ta’lim-
tarbiyasining biror tizimi, usullari va shakllari kelib chiqqan. Taraqqiyotning har bir
bosqichida inson ma’naviy kamoloti, uning shakl vositalari qay darajada ekanligini
aniqlash, qanday bo‘lishi keraklagini belgilash, anglash muhim ahamiyatga ega.
Ibtidoiy jamiyat odamlarning yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan
yasalgan mehnat qurollarining turi va materialiga ko‘ra bir qancha davrlarga bo‘linadi.
Arxeologlarning tadqiqotlariga ko‘ra sayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri
yashab kelayotgani aniqlangan. Mehnat qurollari toshdan yasalgan, boshlang‘ich ibtidoiy
jamiyatni “poleolit” (grekcha “paleos” qadimgi “litos” toshdan degan manoni bildiradi)
qadimgi tosh davri deb atalgan. Ikkinchi davr “mezolit”, uchinchi “ neolit”, to‘rtinchi
“eniolit”, beshinchi “Bronza” yani mis davrlariga bo‘linadi. O‘rta paleolit davrda odamlar
olovni kashf qilganlar.
Mezolit, neolit davrlariga kelib odamlarning mehnat qurollari va madaniyati bir muncha
rivojlangan eniolit va bronza mis, broncha, ixtiro qilgani, ulardan mehnat qurollari
ketmon, bolta, tesha, nayza, pichoq, zargarlik buyumlari, omoch, g‘ildirak, arava yasalgan.
Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik kasblari shakllandi, shaharlar barpo etildi.
Bu o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi shakllanganidan dalolat beradi.
2 Xalq pedagogikasi - pedagogika fanlarining sarchashmasi.
Odamlarning amaliy bilimlari maqollar va matallarda aks. etgan. Insonning tabiat bilan
kurashi aks sadolarini xalq og‘zaki ijodida (folklor) uchratamiz. Afsonalarda,miflarda,
ertaklarda qahramonlarning mardonavor ish-harakatlari aks ettiriladi,ko‘pincha
urug‘larning, qabilalarning kelib chiqishlari haqida, dunyoning paydo bo‘lishi to‘g‘risida
hikoya qilinadi. Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo‘lmagan, shuning uchun afsonalar avloddan-
avlodga og‘zaki ko‘chib yurgan.Xalq turmush madaniyatinining rivojlanish darajasi,
ananalar, maqol va rivoyatlar, xalq pedagogikasi izchil taraqqiy etganidan dalolat beradi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi tajribalar, g‘oyalar, qonuniyatlar fanda pedagogika, xalqning
bu
boradagi
merosi
xalq
pedagogikasi
deb
atalgan
butun
bir
tafakkur
hazinasidir.Saratonda, saharda toliqish, tashna qolgan odam sharqiragan buloqni
ko‘rganda qanday xursand bo‘lsa, musaffo chashma suvidan ichib qanchalik rohatlansa
ma’naviyatga tashna odam ham xalq pedagogikasidan shunday tuganmas huzr opadi,
bahra oladi. Xalqning har bir hikmati bir mashala qalblarga qo‘yiladigan bir ziyodir. Inson
bolasini yomonlikdan nafratlanish, yaxshilikdan faxrlanishga va komillikka intilishga
yetaklaydi. Xalqimizning ilmiy donishi,ma’naviy xazinasini qancha ko‘p va xup
o‘zlashtirsak fikrmiz quvvatti oshadi,hayotimiz shunchalik ravshan bo‘ladi.
XALQ PEDAGOGIKASI – PEDAGOGIKA TARIXINING SARCHASHMASI
Manbalar ,Tarixiy davr ,Ta’lim-tarbiya tajribalari,Ta’lim-tabiyaning nazariy
asoslari,Maqollar (har- bir xalqning turmush tarziga xos milliy hikmatlari), Kishilik
jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha , Ijtimoiy hayot ananalari, qadriyatlari,
urf-odatlar, iqtisodiy turmush, mehnat faoliyati kabilar,Komil insonni shakllanishida
ta’lim –tarbiyaning tutgan o‘rni, axloqiy fazilatlar, jismoniy madaniyat, estetik did
mezonlari, prinsiplari, metodlari.Rivoyatlar (har-bir xalqning turmush tarziga xos milliy
hikmatlari) Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha Hayotiy lavhalar
asosida hikmatlar, ta’lim-tarbiyaning hayotda tutgan o‘rni,ta’lim-tarbiyaning ta’limiy-
tarbiyaviy faoliyati namunalari.
Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy iqtisodiy mohiyati, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotda
tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiyaning metod va vositalari va hokozo Afsonaviy qahramonlik
dostonlari (Shiroq, To‘maris, Gershasb, Siyovush,Rustam, Alpomish, Go‘r o‘g‘li,
Avvazxon, Kuntug‘mish kabilar........)Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab
hozirgacha Qahramon, vatanparvar, mehnatsevar, xalqparvar, hayotiy va afsonviy
qahramonlarining faoliyati, xalqing orzu umidlari. Vatanparvarlik, insonparvarlik,
mehnatsevarlik, insoniy fazilatlarining ulug‘lanishi, ta’lim-tarbiya jarayonining mohiyati,
ta’lim –tarbiyaning imkoniyatlari qudrati ifodalangan. Shuningdek qahramonlik,
vatanparvarlik burchi insonning oliy maqsadi ekanligi, shaxs maqsadi ezgulikka
yetaklovchi omil ekanligi ko‘rsatilgan.
Ertaklar (har- bir xalqning turmush tarziga xos milliy ertaklari) Kishilik jamiyati
paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha Ramziy obrazlar orqali ijtimoiy hayot va undan
insoniy fazilatlarning tutgan o‘rni, hayot namunalariQahramonlik, vatanparvarlik burchi
insonning oliy maqsadi ekanligi, shaxs maqsadi ezgulikka yetaklovchi omil ekanligi
ko‘rsatilgan Qo‘shiqlar (lirik, marosim, mavsum qo‘shiqlari) Xalq turmush ananalari
Estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi,axloqiy tarbiya g‘oyalari.
3.Qadimgi O‘rta Osiyo xalqlarida ta’lim-tarbiya tizimi
Bizning ona diyorimiz O‘rta Osiyo odam paydo bo‘lgan ilk mintaqalaridan biridir.
Qadimgi yozma manbalarda pedagogik g‘oyalar, ilmiy bilimlar va yozuvning joriy
etilishi, odam mehnat jarayonida atrofdagi tabiatni kuzatishlar natijasida bilimlar orttirib
borgan. Biz ibtidoiy odamlar bilimlarining darajasi haqida faqat etnografik malumotlar
asosidagina fikr yurita olamiz. O‘z joyini bilgan, qabila va hatto qo‘shni qabila
territoriyasining kartalarini qumga, yog‘ochga, po‘stloqqa, teriga chiza olgan ibtidoiy
odamlarning geografik bilimlari yaxshi ayondir; bazida sayohatchilar shu kartalardan
foydalanishgan. vchilik, hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi, yeyiladigan o‘simliklarni,
mevalarni yig‘ib-terib olish botanika va zoologiya sohasidagi boshlang‘ich bilimlardan
darak beradi; odamlar shu o‘simlik va mevalarning tam-maza sifatlari va davolash
xossalarini bilib olishni juda barvaqt o‘rganishgan.
O‘simliklarga xos davolash xususiyatlarining kashf etilishidan ibtidoiy meditsinada
poroshok (kukun) lar, zaharlar, malham va boshqalar tayyorlash uchun foydalanilgan.
Mezolit davridan e’tiboran shikastlangan qo‘l va oyoqlarni xirurgiya yo‘li bilan kesib
tashlash (amputatsiya qilish) usuli qo‘llanila boshlagan. Davolashning jismoniy vositalari:
(massaj) silash-uqalash, qon olish, sovuq va issiq kompress qo‘llanilgan. Faqat o‘simlik
dorilardangina emas, balki hayvonot mahsulotlaridan tayyorlanadigan va mineral dori-
darmondan ham foydalanilgan. Oddiy meditsina faqat tajribaga asoslangan. Ibtidoiy
odamlar kasalliklarning sabablarini, kishi organizmining tuzilishi va faoliyatini
bilishmagan. Davolash sehrgarlik bilan chirmashib ketgan. Ibtidoiy odamlarda sanash eng
boshlang‘ich holatda bo‘lgan. Odatda uchgacha, bazan beshgacha sanashgan: 2+2+1 = 5.
Ko‘pgina xalqlarda besh raqami «qo‘l» (panja-forscha beshta) ni bildiradi (ruscha «pyat»-
palsi) so‘zi bilan hamohang, rimcha V qo‘l panjasining soddalashtirilgan tasvirini eslatadi.
«Yozuvning eng dastlabki shakli urug‘chilik tuzumining oxirida paydo bo‘lgan. U
piktografiya (lotincha piktos - «rasmi solingan», grekcha grafio- «yozaman») deb atalgan
va teriga, po‘stloqqa, yog‘ochga, suyak va toshga solingan shartli rasmlardan iborat
bo‘lgan.
Belgilarning tashqi ko‘rinishi borgan sari soddalashgan va eramizdan avvalgi III ming
yillik oxiriga kelib endi ulardan ilgarigi suratlarni bilish qiyin bo‘lgan. Taxta, prizma, shar
va shu kabi shakllarga solingan yumshoq gil yozuv uchun asosiy material bo‘lib xizmat
qilgani sababli, mirza qo‘l bosishini beixtiyor pasaytirishi orqasida to‘g‘ri chiziq lona
shakliga (gorizontal, vertikal yoki qiyalama pona shakliga) aylana borgan. Yumaloq
chiziqlar tez yozishda beixtiyor to‘g‘rilana borgan va, masalan, quyoshni bildiruvchi doira
rombga o‘xshab ketgan, keyinchalik esa uch pona shakliga (bitta vertikal va uning
qiyasiga yondoshadigan ikkita kichik pona shakliga) aylangan.
Qadimgi Sharqning boshqa mamlakatlarida qiz bolalar umuman maktabga
qatnamaganlar, o‘g‘il bolalarni maktablar, ibodatxona va saroylar qoshidagi muassasalar
uchun savodli kishilar bo‘lishi talab etdilar edi. O‘qish uchun haq to‘lanar edi, qo‘shimcha
sovg‘alar esa bundan mustasno. Yetarli qobiliyatli va tirishqoq bo‘lmagan o‘quvchilar
jazoga tortilgan, buning uchun maktabda «xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi
bo‘lgan. Shuning badaliga o‘quvchilar jismoniy mehnatdan ozod qilinar va maktabni
muvaffaqiyatli bitirgan taqdirda serdaromad mansablarni egallar edilar.Misr iyerogliflarga
asosan Finikiyada 22 harfdan alifbo tuzilgan Boshqa xalqlar: yahudiylar, so‘ngra esa
arameylar o‘z alifbolarini finikiyaliklardan ko‘chirma qilib olganlar. Ular tuzgan
alifbolarini (bir qadar o‘zgartirib) Sharqdagi olis mamlakatlarga, Hindiston va Markaziy
Osiyogacha tarqatganlar. G‘arbda Finikiya alifbosini greklar qabul qilib, bazi alomatlarni
unli qilganlar, xatning yo‘nalishini o‘zgartirganlar o‘ngdan chapga qarab yozgan
finikiyaliklardan-yahudiylardan farq qilib, chapdan o‘ngga qarab yozadigan bo‘lganlar.
Hind vodiysida hisobning o‘nli tizimi tarkib topgan. Keyinchalik hindlar matematikada
bazi jihatdan- boshqa sharqiy davlatlardan o‘zib ketgan. Masalan,nolni bildiradigan
alomat faqat Hindistonda ishlatilgan. Biz rim raqamlaridan farq qilib arabcha raqamlar
deganimizni aslda qadimgi hindlar ixtiro qilgan va keyin bu raqamlar arablarga o‘tgan.
Arab algebrasida ham hindlar algebrasining tasiri bor.Qadimgi Xitoy yozuvining iyeroglif
tizimi eramizdan avvalgi II ming yillikda tarkib topganligini bilamiz. Ko‘pgina Sharq
mamlakatlarida yozuvlar tamomila o‘zgarib ketgan bo‘lsa, xitoylarning yozuv ananasida
uzilish bo‘lmagan.
Asrlar o‘tishi bilan bu yozuv murakkablashib borsada Old Osiyo va Misrda bo‘lgani
kabi alifbo tuzishga ham urinilmagan. Aksincha, iyerogliflar soni to‘xtovsiz
ko‘payavergan.
Agar Shan (In) davrida ularning soni 2000 dan oshmagan bo‘lsa, lan sulolasi davrida
18000 ga yetgan. Mana shu g‘oyat ko‘p sonli alomatlar ichidan zarurini qidirib topish
uchun maxsus qo‘llanma tuzilgan; Avvallari yozuvlar taxtachalarga bitilgan, keyinroq
ipakka yozilgan. Eramizning I asrida qog‘oz ihtiro qilingan; qog‘oz yog‘och va eski
to‘rlardan qilingan.
Tekstlar o‘ngdan chapga qarab ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan
Xattotlar uchli cho‘pni (keyinroq mayda cho‘tkani (bo‘yoqqa) keyinroq tushga)botirib
olib yozganlar.Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga kelib, Xitoyda har xil falsafiy
oqimlar paydo bo‘lgan. Ularning eng e’tiborlisi konfutsiychilikdir; bu falsafiy oqim garchi
vaqtincha mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, o‘z mavqeni saqlab kelgan. Bu oqimga asos
solgan faylasuf Kunszi (Konfutsiy) eramizdan avvalgi 551—479 yillarda yashagan.
Uning ta’limoti patriarxal tuzumi ananalarini o‘rnatish va ijtimoiy negiz buzilmasligini
davo qilishdan iboratdir. Tarixiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha vatanimizda odamlar
qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ular o‘z taraqqiyotida ibtidoiy to‘da,
urug‘ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tganlar. Yashash uchun kurashib oddiy
tosh qurollari yasashdan metalni kashf etishgacha, jun, paxta, ipak, tolasidan kiyim bosh
tikish, uy-joy qurishgacha erishganlar.Urug‘chilik davrida ona urug‘i, keyinchalik ota
urug‘i davrini bosib o‘tgan, shunga xos turmush madaniyati va ma’naviyati rivojlangan.
Qabila, urug‘lar birlashishi asosida ilk davlatlar tarkib topgan. Miloddan oldingi VII-
VIasrlarda vatanimiz hududida 3 ta - Katta Xorazm, Baqtiriya, hamda saklar va
massagetlar davlatlari shakllangan.
Sharqda quldorchilik jamiyati tarkib toipishi bilan maxsus ta’lim muassasalari hukmron
tabaqaning qaramog‘iga o‘tdi. Dastlabki “jamoa maktablari” yoshlarni dexqonchilik,
sug‘orish inshoatlarini qurish, hunarmandchilik, tibbiyot asoslarini o‘rgatishga qaratilgan
edi. Qadimgi Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo, Yegipet hududida boshlang‘ich va yuqori
ta’lim maktablari mavjud bo‘lib yuqori ta’lim maktablarida boylarning bolalari
mehnatkash xalqni,davlatni boshqarishga o‘qitilar edi. Hayotiy tajribalar asosida
astronomiya, geometiriya, matematika, tibbiyot, fanlarining elementar asoslari tarkib
topdi. Yozuvga hasobga o‘rgatishning yengil usullari yaratildi. Masalan, hisobni
o‘rganishda har-hil rangli toshchalardan foydalanish joriy etildi. Xitoyning qadimgi
taraxiy manbalaridan aniqlanishicha yuqori maktablarda yozuv bilan birga, o‘qish, diniy
xarakterdagi falsafa, axloq, o‘rgatilgan, astronomiya tibbiyot asoslari bo‘yicha
munozaralar tashkil etilgan. Tarbiya haqida o‘qituvchilik, tarbiyachilikka qo‘yiladigan
talablar bo‘yicha qadimgi qo‘lyozmalar mavjud.
Oddiy xalqning bolalari asosan mehnat qilish, hunar o‘rganish bo‘yicha bilimlar olar,
tarbiya esa oilada berilardi. Bu davrda bilim fanning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati ortadi,
farovon yashash, boylik ortttirish; malakatniboshqarish vositasiga aylanadi. Bizning
qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat, balki jahon silivizatsiyasi beshiklaridan biri
bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan
ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani,
umumbashariy silivizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va
diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori
bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamoga yetgan allomalarning xizmatlari
beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu ko‘hna tuproq milodgacha
bo‘lgan davrda undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining
ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda
dehqonchilik va hunamandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati yuksak
darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Mamalakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyot moddiy-ma’naviy obida
umujahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu
fikrni tasdiqlaydi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi
toshyozuv va bitiklar, xalq, og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda
kutubxonamiz
xazinasida
saqlanayotgan
ming-minglab
qo‘lyozmalar,
ularda
mujassamlashgan tarix, adabiyot, sanat, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika,
mineralogiya, kimyo, astronomiya, memorchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid
qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.
Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.Ota
bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy
qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming
yil muqaddam Xozarm vohasi hududida yaratilagan, “Avesto”1 deb atalgan qimmatbaho
ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Avvalombor, shuni aytish joizki, olis ota-
bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo‘ri mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning
zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha
etib kelganining o‘zida katta mano mujassam bunday o‘lmas asori-atiqalar bu ko‘hna
o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud
bo‘lganidan guvohlik beradadi.
4.“Avesto” da komil inson mohiyati va uni shakllantirish omillari
Haqiqatdan ham “Avesto” qadimgi tarximizni, xalqimizning ma’naviy merosini
o‘rganishdan noyob yozma manbadir. Avestoshunos professor Homidjon Homidiy
tadqiqotlarida xulosa qilinishicha: Malumki, qadimgi ota-boblarimiz turli-tuman dinlarga
topingan, u bilan bog‘liq ko‘plab rasm-rusmlarni bajargan. Ana shulardan biri har bir
qabilaning o‘z xudosiga qurbonlik qilish odatidir. Chorvadorlar orasida kezib yurib,
mo‘ysafidlar gurungida bo‘lgan Zardo‘sht ko‘p qurbonlik natjasida borgan sari
mollarning
kamayib, qirilib ketayotganini ko‘rib vaziyat chekadi, buning oqibati hunuk bo‘lishini
ko‘ra biladi.; qabilalar orasida tez-tez bo‘ladigan nizo, qirg‘in- urushlarning negizi ham
mana shu odat bilan bog‘liqligini his etadi.
Turfa dunyo qarashdagi keksalar bilan bo‘lgan suhbat, bahslar natijasida Zardo‘sht ko‘p
xudolikni zararini to‘la tushunib yetadi va yigirma yoshida o‘zining nor tuyasiga minib
(Zardo‘sht-sariq tuya egasi demakdir.) qishloqma-qishloq, shaharma-shahar kezadi,
yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib etadi; uch o‘g‘lini va oilasini xavf ostida koldirib, bu yo‘lda
fidoiylik ko‘rsatadi. Natijada, o‘n yildan keyin yakka xudo Axuramazdani kashf etadi va
qabila, urug‘chilik e’tiqodlariga qarshi yakka xudolik g‘oyasini targ‘ib qilishni asosiy
maqsad qilib qo‘yadi. Bu ishda u inson ruhiyatiga yaqin turadigan xalq sheriyatidan ustalik
bilan foydalangan. Zardo‘sht ilgari surgan g‘oyaning negizini ikki narsa tashkil qiladi:
mutloq moya Hurmuzdning yakkayu yagonaligini tan olish; yaxshilik bilan yomonlik,
rostgo‘ylik bilan yolg‘onchilik, zulmat bilan nur o‘rtasidagi doimiy kurash haqidagi
ta’limot-borliqni ikkiga bo‘lib qarash – dualitik qarashga sodiq qolishdir.
“Avesto” zardo‘shtiylikning muqadddas kitobi bo‘lishi baln birga, ilm-fan, hayotning
barcha sohalari bo‘yicha mukammal malumot beradigan ulkan, eng ko‘hna manba
hisoblanadi. Kitobda shu sarzaminda istiqomat qilgan xalqlarning kasb-kori, savdo-
sotig‘i, qo‘shni xalqlar bilan munosabatlari bayon qilingan; har bir kasb-hunar egasining
jamiyatda tutgan o‘rni alohida qayd etilgan. Dehqonlar bilan chorvadorlar jamiyat moddiy
nematlarini yaratuvchilar sifatida tariflangan.
Mazkur obidada iqtisodiy hayot, jug‘rofiya, falakiyot, ilmi nujum, ijtimoiyot, biologiya,
falsafa, va tibbiyotga doir ko‘plab qimmatli malumotlar mavjud. “Avesto”dagi tibbiy
dalillar ota-bobolaraimizning tabobatga doir qarashlari Rim,Yunon va arab tabobatidan
ko‘hna va uzoq tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Xullas, qadimgi ajdodlarimiz yaratgan
“Avesto” dunyodagi eng qadimiy, noyob bilimlar xazinasidir. Unda olamdagi barcha-
diniy, dunyoviy, tabiiy fanlar bo‘yicha teran mulohazalar mavjud. Gippokratdan oldin
tibbiyotning nozik jumboqlarini yechgan, falakiyot, musiqa bo‘yicha shoh fikrlarni
o‘rtaga tashlagan, o‘z donishmandligi, notiqligi bilan Ajam xalqlarini o‘ziga ergashtira
olgan Zardo‘sht ta’limoti fan tarixi, pedagogika tarixida alohida o‘rin tutadi.
5. Qadimgi Hindistonda ta’lim-tarbiya va fan taraqqiyoti
Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko‘p hissa qo‘shgan davlatlardan biri sanaladi.
Bu mamlakatda matematika, astronomiya, va tibbiyot sohasida katta yutuqlarga
erishilgan. O‘rta asrlarda rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda.Hind
astronomlari dunyoda birinchi bo‘lib, Yerni o‘z o‘qi atrofida aylanishini va uning shar
shaklida ekanligini taxmin qilganlar.Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o‘nlik
tizimini yaratganlar.
Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Sayyoralarning
koinotda turgan joyini anglab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar.Hind tabobat
allomalari o‘z bilimlari, mahoratlari bilan Sharq olamida katta shuhrat qozonganlar. Ular
inson bosh suyagi chonog‘ini ochib, murakkab jarrohlik ishlarini amalga oshirganlar.Hind
sanatida me’morchilik ham alohida o‘rin tutgan. Hindiston o‘zining odamlarni hayratga
soluvchi ko‘plab ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bunday ibodatxonalar katta
qoyatoshlar ustida hamda g‘orlar ichiga qurilgan. Ibodatxonalar orasida Kandarya
ibodatxonasi ayniqsa mashhurdir. Hindiston tarixiga oid malumotlar ibodatxona
devorlariga ishlangan bo‘rtma naqsh va suratlarda o‘z ifodasini topgan.
BUDDA SHAKYA MUNI (miloddan avvalgi 556-476 yillar)
Budda dunyoda eng keng tarqalgan dinlardan biri—buddizmning asoschisidir.U
Hindistondagi Shakya qabilasi hukmdorining o‘g‘li bo‘lgan. Budda Himolay tog‘ining
etagida dunyoga kelgan. Uning asl ismi — Gau tama bulgan. Shakya Muni uning laqabi
bo‘lib, «shakya qabilasinig zohidi» degan ma’noni bildiradi. Gautama muhtasham
saroyda, gullar va duru javohirlar ichida, raqqosalar, musiqachilar qurshovida yashagan.
Shuning uchun u hayot hamma yerda go‘zal va zavqli degan xulosaga kelgan. Biroq bir
kuni og‘zida bitta ham tishi yo‘q, kartayib qolgan qariyani uchratgach, keksalik muqarrar
ekanligini tushunadi. Bemor odamni uchratib, salomatlik omonatligini angladi va o‘lim
to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi. Shu tariqa zohidlikni ixtiyor qiladi. Yetti yil
tarkidunyochilikda, ochlik va sargardonlikda yashab donishmandlik sari yuz tutadi. Shu
paytdan boshlab uni Budda deb atashadi. Budda — sanskritcha xotirjam, osoyishta, degan
ma’noni bildiradi.Budda Gang daryosi bo‘yidagi Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari
bo‘yicha dars bergan.
Budda Shakya Muni shunday degandi: «Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq
doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va
hasadni yengish orqali uni yengillatish mumkin.Shuningdek, inson behuda yugur-
yugurlardan, mol-u dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur-halovat is-tagidan ozod
bo‘lmogi lozim.
Ana shunda har bir boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga
qayta-qayta kelish azobidan xalos bo‘ladilar».Budda shogirdlari toliqib qolgan kezlarda
ularga kutilmagan savollar berib, tezlik bilan javob qaytarishlarini so‘rardi. Masalan,
gohida oddiy bir buyumni ko‘rsatib, uni ko‘pi bilan uchta so‘z va kamida yuz satr orqali
ta’riflab berishlarini buyurgan. Ba’zan talabalardan birini tanbalangan eshik qarshisiga
turg‘azib qo‘yib: «Eshikni nima bilan ochasan?» — deb savol bergan, goho
musiqachilarni deraza tagiga tizib, biror qo‘shiqni teskari mazmunda qo‘llashga majbur
etgan.Ba’zida shogirdlari safidan o‘ta turib, nechta qadam tashlaganini so‘rab kolardi.
Biror jonivordan yoki tabiat hodisalaridan cho‘chigan talabalardan esa o‘zlaridagi
qo‘rquvni yengishni talab qilgan. Donishmand doimo yuksaklik sari intiladi. Zero odamlar
doimo bir-biriga donolik sifatlarini ochgusidir.
6. Qadimgi Xitoyda ta’lim va tarbiya haqidagi ta’limotlar
Qadimgi Xitoyda madaniyat yuksalgan. Ilm-fan havas qilsa arzugulik darajada
rivojlangan. Ayniqsa, matematika astronomiya, geografiya va tarix ilmida katta
yutuqlarga erishilgan. Chunonchi, VIII asrda Xitoyda dunyoda birinchi fanlar
akademiyasi tashkil etilgan. Ayni shu asrda dunyoda birinchi gazeta ham Xitoyda nashr
etilgan. Birinchi gazeta “Poytaxt axboroti” nomi bilan chiqarilgan. Bu gazeta XX asr
boshlariga qadar chop etib kelingan. Dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sug‘orish
tizimlari barpo etish sohasida katta ishlar amalga oshirilgan. Ipak yetishtirish keskin
suratda ko‘paydi. Ayni paytda hunarmandchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor
berilgan.Shoyi va ip gazlamalarga pardoz berish, qog‘oz, chinni, bo‘yoq, tayyorlash kabi
sohalar yanada rivojlangan. Hunarmandlarning metall fil suyagi va qimmatbaho
yog‘ochdan yasagan buyumlari nodir san’at asarlari edi. Dehqonchilik va
hunrmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoydan O‘rta Osiyo, Eron, Vizantiyaga savdo karvonlari
qatnagan. Mamalakat mudofasi qurollarni takomillashtirishni ham talab etgan. Chunonchi
XIII asrda miltiq, XIV asrda esa tosh va o‘q solib otadigan metall zambaraklar ixtiro
qilingan. Xitoy sayyohi Sima Szyan 630 yilda Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:
bu shaharda o‘g‘il bolalarning hammasi besh yoshdan boshlab yozish va hisoblashga
o‘rgatiladi, o‘smirlik yoshiga yetganda esa savdo ishini o‘rganmoq uchun savdogarlarning
karvonlariga qo‘shilib, safarga jo‘naydilar. “Buyuk ipak yo‘li” bo‘yida savdo-sotiq
ishlarini o‘z qo‘llariga kiritib olganlar bolalari savdo kasbida vorislik bo‘lgan.
Savdogarlikdan tashqari soliq undirish va mamuriy yozishmalar bilan shug‘ullanuvchi
mirzalar ham savodli bo‘lshi kerak edi. O‘sha davrga doir arxeologik topilmalarda qog‘oz,
yog‘och, teri va boshqa vositalarda yozilgan ashyolar topilgani arablar istilosiga qadar
O‘rta Osiyoda maktablar ta’limi rivojlanganidan dalolat beradi.
KONFUTSIY, Kun Futszi, ( 孔子) Kun-szu,Kun Syu, Kun Chjunni (mil. av. taxm.
552 -Syuyfu, Xitoyning Shandun viloyati - 479) -qad. Xitoy faylasufi, konfutsiychilik
asoschisi, siyosiy arbob. Kambag‘allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug‘ilgan.
22 yoshida ta’lim berish b-n shug‘ullanib, Xitoyning eng mashhur o‘qituvchisi sifatida
shuhrat qozongan.
Konfutsiy o‘zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o‘qitilgan. 50
yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor bo‘lib xizmat
qiladi.Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 y. mobaynida Xitoyning turli o‘lkalariga
boradi, biroq u joylarda o‘z g‘oyalarini qo‘llay olmagach, mil. av. 484 y. Luga
qaytib keladi. Ta’lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari -«Shuts-
zin», «Shitszin», «Itszin», «Yuetszin» va «Litszi»ni to‘plash, tahrir qilish, tarqatish b-n
shug‘ullanadi. Konfutsiy ta’limoti uning «Lun yuy» («Suhbatlar va mulohazalar»)
kitobida bay on etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida
shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy o‘zi uchun, avlodlari, yaqin
shogirdlari uchun alohida ajratilgan kabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy
ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo‘lib qolgan.
KONFUTSIYCHILIK - Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot; keyinchalik eng ta’sirli
3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm b-n birga).Konfutsiy asos
solgan. KONFUTSIYCHILIK - Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot; keyinchalik eng
ta’sirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm b-n birga). Konfutsiy
asos solgan. Konfutsiychilikning ilk davomchilari - Men-szi (Mek Ke- mil. av. 371-289),
Ven-szi (mil. av.6-a.), Xan Fey-szi (mil. av. 233 y. v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-a.),
Xan Yuy (768—824) va b. Konfutsiychilik ta’limotida insonparvarlik (jen), odob
qoidalari (li), fazilat (de)tushunchasi muhim o‘rin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga
ko‘ra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulug‘, mavqei baland kishilarni
xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo‘lishlari kerak. Odob qoidalari tushunchasiga
ko‘ra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi.
Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning negizida «sen o‘zing nimaga
erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga ko‘maqlash», «sen nimani orzu
qilmasang, uni boshqalarga ravo ko‘rma» kabi hayotiy tamoyillar yotadi. «Buyuk
ta’limot» va «O‘rtalik haqida ta’limot» degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin
qilinadi. Bu kitoblarga ko‘ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi artibining muhim
shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat;
kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar o‘ziga va boshqalarga halollikni va chuqur
hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega bo‘ladi.
Konfutsiychilikda ta’kidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmog‘I lozim.
Qonun o‘zgarishi b-n manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha ma’no
kasb etadi, inson faoliyatida tub o‘zgarish ro‘y beradi. O‘tmishda o‘rnatilgan tartibga sajda
qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. Konfutsiychilikda jamiyatni boshqarishga katta e’tibor
berilib, unga ko‘ra, jamiyatni keragidan ortik,oddiy qonunlar b-n to‘ldirib yubormaslik
zarur. Xitoyda asrlar mobaynida Konfutsiychilikning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular
o‘rtasida keskin kurash borgan.
Konfutsiychilik miloddan 1-asrda davlat ta’limotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda
daosizm ustidan to‘la g‘alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960-1279)da
konfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.Yunon falsafasida Suqrotning o‘rni qay
darajada bo‘lsa, Xitoy falsafasi ham Konfutsiy nomi bilan mashhuri jahondir. Oradan
qancha vaqt o‘tmasin, oltin yillar osha sayqal topgani singari uning purma’no hikmatlari
ham asrlar osha yangi-yangi qirralari bilan jilolanmokda.
Konfutsiy ilgari surgan g‘oyalar nafaqat Xitoy,ayni vaqtda Yaponiya, Koreya,
Vyetnam xalqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan.Konfutsiyning
o‘gitlari, pand-nasihatlari Xitoyda hanuzgacha e’zozlanib, qadrlanib kelinadi. Quyida
faylasufning “Hikmatlar”idan parchalar e’tiboringizga havola etiladi.Chin mamlakati
deganda, barchaning ko‘z o‘ngida eng avvalo tobora yuksalayotgan mamlakatu uzun
cho‘pchalarni mohirona ishlatib taom yeyayotgan odamlar, Buyuk Xitoy devoriyu Pekin
operasi… va, albatta, buyuk donishmand Konfutsiy gavdalansa ajab emas. Yunon
falsafasida Suqrotning o‘rni qay darajada bo‘lsa, Xitoy falsafasi ham Konfutsiy nomi bilan
mashhuri jahondir. Oradan qancha vaqt o‘tmasin, oltin yillar osha sayqal topgani singari
uning purma’no hikmatlari ham asrlar osha yangi-yangi qirralari bilan jilolanmokda.
Konfutsiy ilgari surgan g‘oyalar nafaqat Xitoy, ayni vaqtda Yaponiya,
Koreya,Vyetnam xalqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Konfutsiy
ta’limoti markazida “oliy odam” (tushunchasi, g‘oyasi, maqsadi) turadi. «Oliy
odam»hukmron tabaqaning har tomonlama komil vakili bo‘lib, Konfutsiy ta’limoti
yordamida o‘zida oliyjanob fazilatlarni shakllantirgan. Faylasufning “Hikmatlar”I “oliy
odam”ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq aytganda, bunday
odam oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa muruvvatli bo‘lib, butun kuch va
qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an’analarning to‘la-
to‘kis bajarilishini ta’minlashga sarf etuvchi kishidir.Konfutsiyning o‘gitlari, pand-
nasihatlari Xitoyda hanuzgacha e’zozlanib, qadrlanib kelinadi. Quyida faylasufning
“Hikmatlar”idan parchalar e’tiboringizga havola etiladi. Xitoy tilidan tarjima Ustoz
aytadi:
-Men bilimdon bo‘lib yaralgan emasman, shu bois bilimni o‘tmishdan olishga jiddu jahd
qildim.-Haqiqiy bilim- kimningdir bilimsizligidan saqlanmakdir.
- Fikrlamay ilm olmoq - behudalik; bilim bilan sug‘orilmagan tafakkur esa xatardir.
-Haqiqatni ko‘rmoq va unga intilmoq -yoki jasorat, yoki tarbiya mahsuli.
- Kimki nokamtarlik bilan yolg‘on so‘zlar ekan, uning jimjimador so‘zlari faqat va faqat
musibat keltiradi.
- Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq - cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.
-Ezgulik uchun yaralgan yoxud ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim.Kimki
ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur.
-Jarohat uchun adolatni, ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon biling.
-Ehtiyotkor inson ham ba’zan adashadi.
-Shirin so‘zlar va ta’ma ko‘ngildan chiqqan samimiyat belgisi emas.
-Hech bir do‘st o‘zing kabi bo‘lolmaydi.
-Oliy odam uch holatda o‘zini saqlay oladi: yoshlikda hirsdan, kuchga to‘lganda janjaldan,
keksalikda ochko‘zlikdan.
-Qayerga bormagin, e’tiqoding sen bilan bo‘lsin.
-Kelajak uchun kurashmoqchi bo‘lsang, o‘tmishni o‘rgan.
- Jaxd chiqqanda, aql taslim bo‘ladi.
-Oliyjanob odamning izlagani - o‘zi, pastkashning qidirgani esa o‘zgalar.
- Agar o‘z qalbingga nazar tashlasang-u, biror qora dog‘ ko‘rmasang, unda bezovtalik
nega, hadik nimaga?
- Oliyjanob odam xavfsizliqda ham xatarni, to‘qlikda ham yo‘qchilikni unutmaydi. Tartib
hukm surgan paytdatartibsizliklar bo‘lishini nazardan qochirmaydi. Bunday odam zinhor
xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani ham, xalqi ham bexatar.
- Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil kengligi,
samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik.
- O‘z xatolaringni tan olishdan uyalma, aks holda ular jinoyatga aylanadi.
- Intiqomga taraddudlanishdan avval ikki qabrni hozirlab qo‘y.
- Har bir hilqatning o‘z go‘zalligi bor, biroq har kim ham uni ko‘ra olmaydi.
- Jarohatlarni unut, lek zinhor yaxshilikni yodingdan chiqarma.
- Kimki isrofni bilmasa, azobni bilur.
- Eshitdim - unutdim. Ko‘rdim -eslab qoldim. Bajardim -tushundim.
- Bilimsizlik - insoniyat uchun eng qorong‘u tundir.
-Harakatdaman-ku deya emaklamoq - bu harakat emas.
- Erkaklar tabiati o‘xshash, ularni faqatgina odatlari ajratib turur.
- Biz uchun eng katta huzur - uyquda emas, har tong uyg‘onishdadur.
- Oliy odamning nutqi sokin, harakati jo‘shqin bo‘ladi.
-Agar inson yo‘lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga yo‘liqur.
-Haqiqatparvar insonning birinchi qadami - no‘noq, ammo manzili - porloq bo‘lajak.
- Oliy odam mayda ishlar bilan ko‘zga ko‘rinmas, aksincha buyuk ishlarga bel bog‘laydi.
Mayda odam esa buyuk ishlarga ishonmaydi, uni safsata deb biladi, shu bois uning taqdiri
ham o‘zi kabi mayda bo‘lib qoladi.
- Oliy odam o‘zidan va o‘zgalardan hamisha mamnun, har qachon, har qayerda sokin;
pastkash odam esa hamisha tushkun, yon-atrofi musibat bilan to‘la.
-Agar yo‘qotishlarga duch kelsangiz, vahimaga tushmang. Yo‘qotish ortidan, albatta,
topilmalar ham keladi.
- Biz tabiatimizga zid insonlarga ro‘para kelganimizda, ularni o‘zimizga moslashtirmoqqa
emas, o‘z-o‘zimizga xolis baho bermoqqa o‘rganmog‘imiz lozim.
-Ortda qolgan ishlar to‘g‘risida bahslashib, ularni qoralashdan naf yo‘q. Chunki ular -
o‘tmishga aylanib bo‘lgan.
-Ezgulik hech vaqt yolg‘iz qolmagan. Uni sinab ko‘rgan inson o‘zini yaxshilikka qo‘shni,
deb hisoblayversin.
- Oliy odam Haqiqatga do‘stdir, manfaatga emas.
- Ish quroli soz, o‘tkir bo‘lgan odamning ishida unum, daromadida baraka bo‘ladi.
-Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko‘ngil, yaxshilik ulashguvchi inson
bo‘lmoqchiman. Bas, yaxshilik o‘z qo‘lingda! Xo‘jayin-xo‘jayin bo‘lishi, unga tobe kishi-
tobe bo‘lishi, ota-ota bo‘lishi va o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak. Kichiklarning kattalarga,
xalqning hukmdorlarga bo‘ysunishi abadiy va buzilmas qonundir. Tarbiya tartibni diniy
prinsiplar (ajdodlarga sig‘inish) bilan bog‘liq o‘sha tabiiy huquqlarni o‘rgatishdan iborat
qilib qo‘yilgan. Konfutsiy falsafasi bilan boshqa bir falsafiy oqimda osizm raqobat qilgan.
Konfutsiy zamondoshi, ammo yoshi undan kattaroq Laoszi daosizmning eng ulkan
namoyandasidir-Laoszi ta’limotida sodda materialistik yo‘nalish, hatto dialektika
ko‘rtaklari ham ko‘rinadi. Daoschilar fikricha, jami mavjudot materiya zarralaridan paydo
bo‘lib, birovning ongli irodasidan qatiy nazar malum bir aniq qonun asosida («dao» «yo‘l»
demakdir) rivojlanadi. Jahondagi o‘zgarishlar narsa va jonli mavjudotlarning azalgi o‘z
ziddiga aylanish qonuniga bo‘ysunadigan muayyan xususiyatlari tufayli sodir bo‘ladi. Har
bir torayadigan narsa kengayadi va har bir bo‘shashadigan narsa mahkamlanadi.
Eramizning II asrida Xitoyda Hindistondan kelib kirgan buddizm tarqala boshlagan;
uning ta’limoti bir qancha masalada daosizm ta’limotiga o‘xshagan (jumladan,
harakatsizlikka va mushohadaga davat). Yan Chjou ta’limoti (eramizdan avvalgi-IV
asrlar) izchil materialistik ta’limot bo‘lgan. Qadimgi Xitoy materialistlari yaratgan
ta’limotlarning cho‘qqisi mashhur mutafakkir Van Chun (eramizning 27—97 yillari)
tuzgan «Tanqidiy mulohazalar» degan asardir. Bu asarda osmonni jonli va ongli zot,
odamzodning bunyodchisi deb bilgan konfutsiychilikka qatiy zarba berilgan. Bilimga
qobiliyat faqat insonga xosdir.Tug‘ma bilish va yangilik yo‘q. Ko‘z ko‘radigan, quloq
eshitadigan va boshqa sezgi organlari sezadigan narsalarnigina bilish mumkin. Tabiatning
ijodiy faoliyati ongli faoliyat emas, balki materiyaning o‘z-o‘zidan quyuqlanish va
suyuqlanish natijasidir. Ongli ravishdagi faoliyat faqat insonga xosdir.
Van Chun ruhning abadiy tirikligi to‘g‘risidagi tasavvurni qatiy rad qilgan. Ruhni u
organizm bilan chashbarchas bog‘langan narsa deb bilgan, o‘limdan keyin u o‘z
faoliyatini yo‘qotish bilanoq ruh-jon ham yo‘q bo‘ladi. Xitoyda aniq fan bilan tabiiyot
fanlari juda taraqqiy topgan. Dunyoda birinchi yozuv qog‘ozi va kitob nashri ham Xitoyda
ixtiro qilingan. To‘g‘ri, u davrda kitoblar juda sodda usulda bosilgan. Bunda bo‘lajak kitob
matni dastlab taxtaga o‘yib yozilgan. So‘ngra undan qog‘ozga bosib tushirilgan. Shuni
aytish kerakki, qadimgi Xitoy madaniyatining muvaffaqiyatlari g‘arbiy dunyoga o‘z
tasirni ko‘rsatgan. Xulosa shundan iboratki, Sharq mamlakatlarining taraqqiyotida
ko‘pgina umumiy xususiyatlar borligini ko‘ramiz.
LAO SZI (miloddan avvalgi 579-499 yillar) Xitoylik faylasuf Lao Szi “ustoz Lao” degan
ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, “qariya” deganidir.Lao Szi Chjou saroyda
arxivxodimi bo‘lib ximat qiladigan. Lao Szi xodimi xizmat qilgan. Lao Szi Chjou
saltanatining inqirozga yuz tutgani-ni ko‘rib, “iste’foga” chiqadi tarki dunyo qilib, g‘arga
qarab yo‘l oladi. Chegara yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o‘z vataniga nimadir
qoldirib ketishini so‘raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000 belgidan iborat qo‘l yozmani
topshiradi. Bu tarixda “Daodetszin” (“Ezgulik yo‘li yoki Kuch va harakat haqidagi kitob”)
nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining mohiyati haqida so‘z boradi.
Dao iyeroglifi ikki qism: “shou”-bosh va “Szou”- bormoq degan so‘zdan iborat. Bu
“odamlar yuradigan yo‘l”, degan ma’noni anglatadi.Hozirga kelib “Dao” qonun, degan
ko‘chma ma’noni anglatadi.
* * *
Dao zamin va osmonning ildizidir. Dao hamma narsaning onasi, olamning asosidir.
* * *
Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko‘rmaysan. Quloq
tutasan-u, eshitmaysan. Quvlaysan-u, topaolmaysan.
* * *
Oh, baxtsizlik! Ubaxtning tayanchidir. Oh baxtiyorlik! Unga baxtiyorlik yashirin.
* * *
Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi.
* * *
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi.
* * *
Meni qancha kam bilsalar, shuncha qadirliman. Shu tufayli donolikda komil odamlar
qalin, dag‘al liboslarga burkanib, qo‘ynida yashma toshni yashirgan odamga o‘xshaydilar.
* * *
O‘z xohish istaglarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxsizlik bo‘lmaydi.
* * *
Fikralringizga ehtiyot bo‘ling-ular qilmishlaringiz iptidosidir.
* * *
Inson ilk bor dunyo yuzini ko‘rganda-nozik va zaif, o‘limi oldidan esa sabotli va kuchlidir.
Barcha tirik mavjudodlar va o‘simliklar mavjud-ligining ilk pallasida nozik va zaif, o‘lim
lahzalarida esa quruq va chirqindir. Demak bardoshlilik va kuchlilik o‘lim nishonasi,
noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir. Shu bois qudratli qo‘shin zafar qucha-olmaydi
va baquvat daraxt nobud bo‘ladi. Demak, noziklik va zaiflik doim kuch-quvvatdan
ustundir.
MO-SZI (MO DI)
(Miloddan avvalgi 480 (taxminan) -400 yillar) Qadimiy Xitoy faylasufi Motszi mayda
mulkdor oilasida tug‘ildi. U g‘ildiraklar va qurollar uchun suloq yasovchi mohir usta
bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur o‘rgangan. U Xitoy falsafasiga birinchi bo‘lib GU
(sabab) va LEY (tur) darajalari tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi. Mo-szi
qarashlari uning shogirdlari tomonidan to‘plangan «Motszi» kitobida jamlangan. Mo-
szining zamondoshlariga ta’siri shunchalar kuchli bo‘lganki, u xuddi Konfutsiy kabi
shuhrat qozongan.
* * *
Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat o‘zgalar mulkiga, xonadoniga xuddi o‘ziniki
kabi munosabatda bo‘lib, har bir kishini o‘zini tushungandek tushunishga o‘rgatadi.
* * *
Mo-Szi yana quyidagi fikrlarni olg‘a so‘radi: «Samo adolatni sevadi. Adolatsizlikdan esa
nafratlanadi. U insonlar bir-birini sevib, bir-biriga doimo yordam berishini tilaydi».
* * *
Donishmandlarni davlat ishlariga ko‘proq jalb etib, martabalarini oshirmoq, ularning
badavlat va e’tiborli bo‘lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatish-larini ta’minlamok.
joizdir.
* * *
Mamlakatning butun boyligi jam etilganda ham qimmati jihatidan donishmandlar va
davlat ishiga jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglasholmaydi.
* * *
Kambag‘allik — mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi Insonga baho berishda uning niyatlari
majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish kerak.
* * *
Dono hukmdor xalqqa foyda keltirmaydigan xarajatlardan voz kechadi.
* * *
Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo‘lmog‘i zarur.
SHAN YAN
(Miloddan avvalgi 390-338 yillar) Xitoy faylasufi Shan Yan kambag‘allashgan aslzoda
oiladan bo‘lib, haqiqiy ismi Gunsun Yan edi. Shan Yan Vey saltanati hukumdori
Venxouning birinchi vaziri faylasuf Li Kuy (424-386 yillar)ning qo‘lida tahsil oldi.
Keyinchalik u saroyda maslahatchi va islohotchi vazifalarida xizmat qildi. Shan Yan
legistlar
maktabining vakillaridan edi. Uning “Shan viloyati hukumdorining kitobi” nomli asari
bizga ma’lum.
* * *
“Agar bilimlar muntazam rag‘batlantiraversa, tinimiz kengaya boradi. Va natijada
mamlakatni idora etish mushkullashadi. Chunki makr-xiyla kuchayib ketadi. Bilimlarga
to‘siq qo‘yib, rag‘batlantirilmasa, odamlar samimiy va oddiyliklarcha qoladilar”, deb
yozadi Shan Yan.
* * *
Tekinxo‘rlikning olti ko‘rinishi quydagilardir:
1. Keksayganda loqayd yashashga intilish;
2. Donni o‘ylamay-netmay sarflash;
3. Go‘zal libos va lazzatli taomlarga ruju qo‘yish;
4. Serhasham buyumlarga muhabbat;
5. O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash;
* * *
Aslzodalik martabasi va maosh bilan rag‘batlantirish usuli mamlakatni yo yashnatadi, yo
halokatga mahkum etadi.
* * *
Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina barham topadi.
* * *
Suv oqimi doimo pastga intilganidek, odamlar boylikka talpinadilar. Shu bois
hukmdorning farmoyishi-dan o‘zlariga foyda tegishini ko‘zlagan odamlar uning har
qanday buyrug‘ini so‘zsiz bajaradilar.
* * *
Insonparvar kishi boshqa odamlarga nisbatan insonparvar bo‘lishi mumkin, ammo bu
o‘zgalarni insonparvar bo‘lishga majbur etolmaydi. Insonparvar kishi o‘zga odamlarni
sevishi mumkin. Ammo u odamlarni bir-birlarini sevishga majbur qilolmaydi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, olamni boshqarish uchun faqat odamsevarlik va adolatning o‘zigina
kifoya qilmaydi.
CHJUAN-SZI
(Miloddan avvalgi 369 (taxminan) - 286 yillar) Xitoy faylasufi Chjuan-szi Sun o‘lkasining
Men viloyatida tavallud topdi. Avvaliga mayda amaldori bo‘lib ishladi. Keyinchalik
xizmatni tark etib, yolg‘izkda yashay boshladi. Uning asosiy asari “Chjuan-szi” deb
ataladi (bizgacha bo‘lgan kitobning 33 bo‘limi yo‘qolib ketgan.
* * *
Dunyoda ikki buyuk tushuncha bor. Bularning birlamchisi — taqdir, ikkinchisi — adolat.
* * *
Qorong‘u zulmatda qo‘rqmoqlikning, skunatda eshitmoqlikni o‘rganing. Shunda siz
zulmat aro nurni ko‘rasiz, skunat aro uyg‘unlikni tinglaysiz.
* * *
Ba’zilar bir umir so‘zlaydilar-u, hech narsa aytolmaydilar. Ba’zilar esa bir umir skutda
bo‘ladilar-u, ammo aytilmagan so‘z qolmaydi.
* * *
Narsalarning chegarasini so‘z bilan ham, skut bilan ham ifodalab bo‘lmaydi.
* * *
Donishmandgina she’riyat va musiqaga to‘g‘ri baho bera oladi.
SYUN-SZI
(Taxmiianmiloddan avvalgi 313-235 yillar) Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-szi Chjao
xoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 266-yilda Chjaoni tark etib, Sin saltanatiga
jo‘nadi va bu yerda xoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat
bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si xoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars
bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan ayonlar qatoridan joy olib,
olimlarga boshchilik qiladi.
* * *
Qalbning tabiiy tuyg‘ular ila haqiqatni yolg‘ondan ajrata olishimizga ko‘maklashuvi
o‘ylash deb ataladi.
* * *
Qalb tananing sohibi va donolikning hokimidir. U tanaga buyruq beradi.
* * *
Qalbi bezovta inson taom qanchalar lazzatli bo‘lmasin, uning ta’mini sezmaydi, qanchalar
yoqimli bo‘lmasin, qo‘ng‘iroq jarangini his etolmaydi, ko‘zlari ajoyib naqshlar bilan
bezalgan libosni ko‘rib tursa-da, bu go‘zal-likdan zavq ololmaydi. Agar inson qalbi osuda
va shod bo‘lsa, gullar odatdagidek maftunkorlik kasb etmasa ham ko‘zi quvnayveradi,
ohanglar odatdagidek yoqimli jaraiglamasada, dili orom olaveradi.
* * *
Hukmdorlar badavlat va saxiy bo‘lmasalar, mamlakatni idora etolmaydilar.
* * *
Xalqning daromadini qiyib, boz ustiga borini tortib olgandan ko‘ra, avval daromad qilish
imkoniyatini yaratib, so‘ng uning bir qismini olgan a’lodir.
* * *
«Bobokalonlarimiz odamlar ustidan hukmronlik qiluvchi zot xushsurat va go‘zal libosli
bo‘lmasa, xalqni hamjihatlikda ushlab turolmasligini yaxshi bilganlar», -deb yozadi
faylasuf.
Syun-tszi Chjao donolikni to‘rt toifaga ajratadi.
1.Xizmatkorning donoligi: chaqqonlik, toshqirlik,aql-farosat bilan yo‘g‘rilgan,ammo
izchillikdan xoli nutq hech kimga keragi bo‘lmagan ilm bilan shug‘ullanish;haqiqat va
yolg‘on bilan hisoblashishni istamaslik.
2. Quv odamning donoligi: ikkiyuzlamachilik, muomalaning barcha tamoyillarini buzish;
har bir ishda xatoga yo‘l qo‘yish.
3. Ma’rifatli odamning donoligi: oz, to‘g‘ri va qisqa so‘zlash, fikrlarni misoli ipga
tizgandek tartib bilan bayon etish; o‘zini tuta bilish.
4. Komil insonning donoligi: nutqidagi izchillik, birorta hodisaning sabablari xususida bir
necha kunlab mushohada yuritish, ularga har taraflama yondashish va shuning barobarida
izchillikni saqlab qolish.
* * *
Haddan ortiq shafqatsizlik qilganlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, o‘ta muloyimlik
esa seni zanjirband etadi.
* * *
Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib, burchni unutmoqlik o‘taketgan
pastkashlikdir.
Naql qilishlaricha, hukmdorni qayiqqa, xalqni suvga qiyoslash mumkin. Suv qayiqni
olib yurishi ham, tuntarib yuborishi ham mumkin, — deb yozgandi Syun-szi. Har bir inson
nimanidir to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bag‘oyat donoga ham,ahmoqga ham birdek tegishli.
Biroq ular to‘g‘ri deb topgan narsalar bir-biriga o‘xshamaydi. Dono bilan ahmoq
o‘rtasidagi farq ana shundadir.Komil inson tekshirib bo‘lmaydigon so‘zlarga, ilgari
uchramagan harakatlarga va fikrlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Hukmdorning qudratli, shavkatli bo‘lishi, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatishi va zaiflik,
xavf-xatar, shar-mandalikdan yiroq turishining eng oson yo‘li qanday ? — degan savolga
Syun-szi shunday javob beradi:
— Buning uchun hukmdor o‘ziga munosib vazir tanlay bilmog‘i lozim.
Mustaqil nazorat uchun savollar:
1. Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada?
2. Ibtidoiy jamiyatda ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rnini asoslang?
3. Xitoy va Hindistonda yozuv, ta’lim-tarbiya tizimida ilmiy tarixiy ahamiyati nimada?
4. Harf bilan yozish piktogarfik yozuvlar haqida nimani bilasiz?
5. Qadimgi Sharqda ta’lim-tarbiya tizimini qanday bo‘lgan ?
6. “Avesto”da pedagogik g‘oyalar qanday ifodalangan?
7. Urug‘chilik davrida O‘rta-Osiyoda ta’lim-tarbiya mazmuni, metodlari qanaqa
bo‘lgan ?
8. “Avesto” kitobida ta’lim-tarbiya mazmuni metodlari qanday ifodalangan ?
9. O‘rxun-Yenisey yodgorliklari xalqning madaniyati tarixi manbalari ekanligini
tushuntiring ?
10.Qadimgi Hindistonda ta’lim-tarbiya va fan taraqqiyoti qanday bo‘lgan ?
11.Qadimgi Xitoyda ilm-fan va ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘l