QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN XAVFLI METEOROLOGIK HODISALAR
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
28,5 KB
1
QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN XAVFLI METEOROLOGIK HODISALAR
Reja:
1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari
2. Mahalliy sharoitlarning qora sovuqlar kuchiga, to‘xtash va boshlanish
muddatlariga ta’siri
3. Qora sovuqlarning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri
4. Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar. Qurg‘oqchilikka
qarshi kurash chora-tadbirlari
5. Changli bo‘ronlar. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston
hududlarida davomiyligi
Kundalik turmushdan ma’lumki, ba’zi hollarda ob-havo sharoitlari o‘simliklar
uchun noqulay bo‘ladi. Ular ba’zan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga katta zarar
keltiradi. Masalan, 1989 yilning 30 aprel kuni O‘zbekistonda havo keskin sovib
ketishi ro‘y bergani sababli, ba’zi hududlardagi ochiq dalada parvarish qilinayotgan
pomidor, bodring va boshqa ekinlarni, shuningdek, g‘o‘za maysalarini sovuq urdi.
Shuning uchun dehqonlar bu ekinlarni qayta ekib iqtisodiy jihatdan katta zarar
ko‘rdilar. Bunday hollarda ob-havoning noqulay sharoitlarini qishloq xo‘jaligi uchun
xavfli meteorologik hodisalar qatoriga qo‘shiladi.
Qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalarning asosiylariga yilning iliq
davrida - qora sovuqlar, qurg‘oqchilik, quruq issiq shamol garmsel, changli bo‘ronlar,
do‘l, kuchli jalalar kirsa, qishda esa qattiq sovuqlar, yaxmalak, muz qatqaloqlari,
qorsizlik yoki qalin qor qoplami va boshqalar kiradi.
Bunday hodisalarga qarshi kurashishning samarali chora-tadbirlarini ishlab
chiqish uchun dastavval ularning hosil bo‘lish tabiatini, mamlakatimizning turli
2
rayonlarida ularning takroriyligi va jadalligini bilish kerak, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligining bu hodisalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishini o‘rganish va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini kelgusida rivojlantirishda har bir rayonning agroiqlimiy
xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
1. Qora sovuqlar. Qora sovuq turlari va hosil bo‘lish sharoitlari
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati musbat bo‘lgan davrlarda havo va faol sirt
haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi qora sovuq deyiladi.
Demak, yilning iliq davrlari (bahor va kuz) da yerga tutashgan havo qatlami va
tuproq sirti haroratining 0°C gacha va undan ham pasayib ketishi hodisasini qora
sovuq deb yuritamiz. Qora sovuqning kuchi va davomiyligiga qarab uning zararli
ta’siridan o‘simliklar qisman zararlanadi yoki butunlay nobud bo‘ladi.
Qora sovuqlar vaqtida ekinlarni sovuq urishining sababi, o‘simlik hujayrasi
protoplazmasining suvsizlanishidir. Chunki harorat 0°C gacha va undan ham
pasayganida o‘simlik hujayralari orasidagi suv muzlaydi va hujayradagi suvni
shimib oladi. Hujayra shirasi quyuqlashib, protoplazma suvsizlanib qoladi. Bundan
tashqari ko‘payayotgan muz kristallari hujayrani siqib shikastlantiradi.
Hujayralarning zararlanishi pirovardida o‘simlikning qisman yoki butunlay
nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘simlikni sovuq urganda uning barglari qorayib qoladi. Shuning uchun bahor
va erta kuzda bo‘ladigan bunday atmosfera hodisasini dehqonlar qora sovuq deb
ataydilar.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ekinlarning eng faol o‘suv davriga
to‘g‘ri keladigan kech bahorgi va erta kuzda bo‘ladigan qora sovuqlar ayniqsa
xavflidir.
Qora sovuqlar o‘zining paydo bo‘lishi sabablariga qarab quyidagi turlarda
uchraydi.
1. Advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar biror hududga harorati 0°C
dan past bo‘lgan sovuq havo massalarining kirib kelishidan hosil bo‘ladi. Kirib
kelgan sovuq havo massasi yerga tutashgan havo qatlami va tuproq yuzasini sovitib
3
yuboradi. Advektiv qora sovuqlar ko‘pincha Arktikadan kirib kelgan sovuq havo
oqimlarining ta’sirida paydo bo‘ladi.
A.Q. Abdullayev va T.M. Muxtorov ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilning 22-24
aprelida Arktikaning sovuq havo oqimi O‘zbekistonning janubiy qismigacha kirib
kelishi natijasida harorat juda pasayib ketishiga, yomg‘ir va tog‘ oldi hududlarda esa
qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan. Haroratning bunday pasayib ketishi ko‘pchilik
viloyatlardagi qishloq xo‘jalik ekinlariga, mevali daraxtlarga o‘zining salbiy ta’sirini
ko‘rsatdi. Masalan, mazkur qora sovuq ta’sirida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax,
Samarqand viloyatlarida aprel oyining birinchi yarmida ekilgan chigitlardan unib
chiqqan maysalar 80-100% gacha shikastlandi. Shuningdek, O‘zbekistonning ko‘p
viloyatlarida poliz-sabzavot ekinlari, tut va tok daraxtlari ham qora sovuqdan
shikastlandi.
Advektiv qora sovuqlar bir necha kun to‘xtovsiz davom etadi, katta hududlarni
qamrab oladi, shamolli, bulutli ob-havo sharoitida o‘tadi va mahalliy sharoitlarga
unchalik bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday qora sovuqlar vaqtida havo harorati
o‘zgarishining sutkalik amplitudasi unchalik katta bo‘lmaydi. Tuproq sirtidagi va 2
m balandlikdagi havo haroratlari bir-biridan juda kam farq qiladi.
Sovuq havo massasining isishi 3-4 kun davom etadi va bu davrning oxirida havo
harorati asta-sekin orta boshlaydi.
2. Radiatsion qora sovuqlar. Bu turdagi qora sovuqlar havo ochiq kunlari sokin
tunda faol yuzaning nurlanish sababli sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda tuproq
yuzasigina emas, balki tuproq yuzasiga juda yaqin ingichka havo qatlami ham kuchli
soviydi. Bu sovuq havo qatlamidan yuqorida iliq havo joylashadi. Boshqacha
aytganda yerga tutashgan havoda harorat inversiyasi ro‘yobga chiqadi.
Yer sirtidan 2 m balanddagi havoning harorati tuproq yuzasining haroratidan
o‘rta hisob bilan 2,5-3°C ga farq qiladi. Sibir va Qozog‘istonning kontinental iqlimli
rayonlarida bu farq 4,0-4,5°C gacha yetadi.
Havo ochiq shamolsiz tunlarda ko‘pincha tuproq sirtidan 2 sm dan 5 sm gacha
balandlikdagi qatlamda havo harorati eng past bo‘ladi.
Bunda yalang tuproq yuzasining minimal harorati 2 m balanddagi havo
haroratidan 1,5-3°C ga ortiq bo‘ladi.
4
Radiatsion qora sovuqlarning kuchi va davomiyligi relef shakliga, tuproq
sirtining holatiga, havo va tuproq namligi hamda boshqa mahalliy sharoitlarga
bog‘liq.
Radiatsion qora sovuq paydo bo‘lishining muhim sharti kechasi shamol
bo‘lmasligi va havoning ochiq bo‘lishidir. Agar shamol esa boshlasa tuproqqa yaqin
sovuq havo yuqoridagi iliq havo bilan aralashib ketadi va shu bilan qora sovuqning
o‘zi va uning hosil bo‘lish imkoniyati yo‘qoladi.
Yuqorida aytganimizdek, radiatsion qora sovuqning paydo bo‘lishi havo
namligiga ham bog‘liq. Agar harorat pasayganida havo suv bug‘lariga to‘yingan
holatga o‘tsa, ya’ni shudring nuqtasiga erishilgandan keyin haroratning yanada
pasayishi keskin sekinlashadi.
Chunki suv bug‘iga to‘yingan havo harorati yanada pasayganda uning
tarkibidagi suv bug‘ining kondensatsiyasi boshlanadi, bug‘lanishning «yashirin»
issiqligi ajraladi va bu issiqlik havoning yanada sovishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan
radiatsion qora sovuqqa qarshi kurashish uchun shudring nuqtasini ko‘tarish kerak
degan xulosaga kelamiz.
Radiatsion qora sovuq tunda boshlanib, quyosh chiqqandan keyin to‘xtaydi.
3. Radiatsion – advektiv qora sovuqlar. Bu turdagi aralash qora sovuqlar sovuq
havo massalarining kirib kelishi va uning havo ochiq kechalari faol sirtning
nurlanishi sababli yanada sovishi natijasida hosil bo‘ladi.
Kech bahordagi va erta kuzdagi qora sovuqlar ko‘pincha radiatsion-advektiv turda
bo‘ladi va nisbatan yuqori o‘rtacha sutkalik haroratlarda kuzatiladi. Bu vaqtda havo
haroratining sutkalik o‘zgarishi kechasi 0°C gacha pasaymaydi, shuning uchun sovuq
havo oqimining kelishi va uning havo ochiq kechalarda nur chiqarib sovigan faol sirt
ta’sirida yanada sovishidan hosil bo‘ladi.
Advektiv-radiatsion qora sovuqlar bahor oxirida, yoz boshlanishida va kuzda
kuzatiladi. Ular qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun eng xavfli hisoblanadi.
Advektiv-radiatsion qora sovuqlarning jadalligi unchalik katta emas (-2-3°
chamasida). Ular odatda tuproq, o‘tzor va ekinlar sirtiga yaqin ingichka havo
qatlamida kuzatiladi. Bunday qora sovuqlar meteorologik stansiyalarda ko‘pincha
qayd etilmaydi, chunki bu vaqtda meteorologik budkadagi havo harorati musbat
5
bo‘ladi.
Tuproq sirtiga o‘rnatilgan minimal termometr ham manfiy haroratni
ko‘rsatmaydi. Bunga sabab tuproq yuzasiga yotiq holatda rezervuarining
yarmisigacha botirib o‘rnatilgan minimal termometrning tuproqdan qo‘shimcha
issiqlik olishidir. Bunday «yashirin» qora sovuqlardan issiqsevar o‘simliklar
shikastlanadi. Chunki ular organlarining harorati 0°C gacha yoki undan ham ko‘proq
pasayadi. Advektiv-radiatsion qora sovuqlar odatda tungi soatlarda, asosan quyosh
chiqishi oldidan paydo bo‘ladi, ularning davomiyligi 3-4 soatga teng.
Shunday qilib, o‘simliklar vegetatsiyasi davrida havoning o‘rtacha sutkalik
harorati musbat bo‘lganda ham tuproq yuzasiga juda yaqin havo qatlamida qora sovuq
kuzatilishi mumkin. Shuning uchun sovuqsiz davr davomiyligini aniqlashda
meteorologik budkadagi yoki tuproq yuzasidagi haroratni kuzatish bilan cheklanmas-
dan yana tuproq (yoki ekin) ustidagi haroratni ham bilish kerak.
Bahordagi eng keyingi qora sovuq ro‘y bergan sana bilan kuzdagi birinchi
qora sovuq sanasi orasidagi vaqtni qora sovuqsiz davr deb yuritiladi.
Tuproq yuzasidagi qora sovuqlar havodagi (2 m balandlikdagi) ga nisbatan
bahorda kechroq, kuzda esa ertaroq boshlanadi. Shuning uchun tuproq yuzasidagi
sovuqsiz davr, havodagi sovuqsiz davrga nisbatan 20-30 kun qisqa bo‘ladi.
V.V. Karnauxova ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo tekisliklarida havodagi qora
sovuqsiz davrning o‘rtacha ko‘p yillik davomiyligi 150 kundan 250 kungacha
cho‘ziladi. Tog‘larda bu davr 50-150 kunga teng bo‘lib qoladi. O‘rta Osiyoda
sovuqsiz davrning eng uzoq davomiyligi O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismida
kuzatiladi.
1936-73 yillarda olib borilgan meteorologik kuzatishlarga asosan O‘zbekistonda
havodagi sovuqsiz davrning eng uzoq davomiyligi Sherobod meteostansiyasida
kuzatilib, u 268 kunga teng bo‘lgan.
Tuproq yuzasidagi sovuqsiz davrning maksimal davomiyligi ham xuddi shu
meteostansiyada kuzatilib, u 241 kunga teng bo‘lgan.
Demak, Sherobod meteostansiyasida tuproq yuzasidagi sovuqsiz davr maksimal
davomiyligi, havodagiga nisbatan 27 kunga qisqa bo‘lgan.
Radiatsion qora sovuqlar har xil iqlim sharoitida havoning turlicha o‘rtacha
6
sutkalik haroratida to‘xtaydi. Masalan, I.A. Golsberg ma’lumotlariga ko‘ra
Rossiyaning dengiz bo‘yidagi tumanlarida qora sovuqlar havoning o‘rtacha sutkalik
harorati 5-6°C ga, O‘rta Osiyoda esa havoning o‘rtacha harorati 12-13°C ga teng
bo‘lganda to‘xtaydi.
Mahalliy sharoitlarning qora sovuqlar kuchiga,
to‘xtash va boshlanish muddatlariga ta’siri
Joyning relefi, tuproq holati, o‘simliklar va suv havzalarining borligi qora
sovuqlarning bahorda to‘xtashi, kuzda esa boshlanish muddatlariga, kuchiga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Advektiv qora sovuqlar o‘rnashgan joyga, radiatsion va advektiv-radiatsion qora
sovuqlarga qaraganda kam bog‘liq. Ammo sovuq shamollarga ochiq bo‘lgan
qiyaliklarda, tog‘ yonbag‘irlarida qora sovuq xavfi kuchliroq bo‘ladi. O‘rnashgan
joyning radiatsion va advektiv-radiatsion qora sovuqlarga ta’siri ancha sezilarli
bo‘ladi.
Joyning relefiga qarab sovuq havo oqimlarining olingan joyga kelishi va ketishi
turlicha ro‘y beradi. Kechasi qiyaliklarda faol yuzaning radiatsion sovishi natijasida
unga tutashgan havo qatlami ham kuchli soviydi, natijada uning zichligi ortib og‘irroq
bo‘lib qoladi va qiyalik pastiga oqib tushadi, shuning uchun qiyalik pastida sovuqroq
bo‘ladi. Qiyalikning pastida qiyalik tepasiga nisbatan sovuq havo ko‘proq
to‘plangani uchun qora sovuq bo‘lish xavfi kuchli bo‘ladi. Agar qora sovuq
boshlansa, qiyalik pastida uning kuchi ham katta bo‘ladi. Qiyalikning tepasida qora
sovuq tushish xavfi ancha kam, chunki pastga oqib ketgan sovuq havo o‘rnini
yuqoridan tushgan iliq havo egallaydi. Qiyalikning ufq bilan hosil qilgan burchagi
qanchalik katta bo‘lsa, bu qiyalik tepasiga qora sovuq tushish xavfi shunchalik kam
bo‘ladi. Vodiylar ham nisbatan pastlikda joylashgani uchun sovuqroq bo‘ladi.
Relefning botiq shakllari (tog‘lar bilan o‘ralgan vodiylar, botiqlar, o‘rmondagi
yalangliklar) da sovuqsiz davrning davomiyligi tekis gorizontal joylardagiga
nisbatan ancha qisqaradi, bunday botiq joylarda qora sovuqning kuchi ortadi. Chunki
bunday yerlarda sovuq havo ko‘p to‘planadi va uzoq turib qoladi. Masalan, qiyalik
7
burchagi 10° dan katta bo‘lgan qiyalik cho‘qqisidagi qora sovuq xavfini 1 ball bilan
baholaylik. U holda gorizontal keng tekis vodiylar va pastliklardagi qora sovuq
bo‘lish xavfi 5 ball bilan baholanadi. Demak, gorizontal vodiylar va pastliklarda qora
sovuq bo‘lish xavfi qiyaliklar tepasidagiga nisbatan 5 marta ko‘p bo‘ladi.
Qavariq relefli joylar (tepalikning cho‘qqisi, qiyalikning ustki qismi) da qora
sovuqlarsiz davr davomiyligi tekis joylardagiga nisbatan katta.
O‘rmon bilan qoplangan qiyaliklarda sovuq havo o‘rmon oldida turib qoladi,
shuning uchun qiyalikdagi ochiq yerlarda qora sovuq bo‘lish xavfi kuchayadi.
O‘rmondagi radiatsion qora sovuqlar vaqtida harorat ochiq maydondagiga nisbatan
2-3° ga yuqori bo‘ladi. Ochiq yalangliklar (yoki o‘tzorlar) da qora sovuqlar kuchi
ortadi.
Tuproqning issiqlik xossalari ham radiatsion qora sovuqlarga ancha ta’sir
ko‘rsatadi. Tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi qanchalik kam
bo‘lsa, tuproq yuzasida hosil bo‘ladigan qora sovuq shuncha kuchli bo‘ladi.
Haydalgan (g‘ovak) tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi
haydalmagan (zich) tuproqnikidan oz bo‘lganligi-dan haydalgan tuproq yuzasida,
haydalmagan tuproq yuzasiga nisbatan qora sovuq tez-tez kuzatiladi. Biz bilamizki,
haydalgan yer tarkibida havo ko‘p, shuning uchun uning issiqlik sig‘imi va issiqlik
o‘tkazuvchanligi oz.
Zich tuproqning issiqlik sig‘imi kattaroq bo‘lgani uchun kechasi g‘ovak
tuproqqa nisbatan sekin soviydi va zich tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham
nisbatan katta bo‘lganidan tuproq yuzasining nurlanishda yo‘qotgan issiqligining
ancha qismini pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik hisobiga qoplaydi, natijada
zich tuproq yuzasi keskin sovimay qora sovuq hosil bo‘lishi ehtimoli kamayadi.
Kechasi g‘ovak tuproq yuza qatlami pastki qatlamlardan ko‘tarilgan issiqlik
oqimining tuproq yuzasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun g‘ovak
tuproq yuzasi kechasi zich tuproq yuzasidan ko‘proq soviydi. Buning ustiga
tuproqning nurlanib sovishi ham qo‘shiladi. Natijada g‘ovak tuproq yuzasida
radiatsion qora sovuqning bo‘lish ehtimoli katta bo‘ladi.
Dengiz, katta ko‘llar qirg‘oqlarida qora sovuqsiz davr 25-30 kunga uzayadi.
Chunki dengiz qirg‘oqlariga yaqin joylarda havoning nisbiy namligi katta bo‘ladi.
8
Havo harorati pasayganida uning tarkibidagi suv bug‘i ham sovib biror haroratdan
boshlab havoning suv bug‘iga to‘yinishi boshlanadi, to‘yinishdan ortib qolgan
bug‘lar harorat yana pasayganda kondensatsiyalanadi. Buning oqibatida issiqlik
ajralib havoning kuchli sovishiga imkoniyat yaratilmaydi. Shuning uchun bunday
yerlarda qora sovuqsiz davr uzunligi katta.
Qalin o‘tzorlarda havoning minimal harorati yuqori yarus barglari joylashgan
sathda kuzatiladi, shuning uchun ham dastavval yuqori yarus barglari qora
sovuqlardan shikastlanadi. Qiyaliklarning dunyoning qaysi tomoniga qaraganligiga
qarab, ulardagi o‘simliklarning qora sovuqlardan zararlanishi turlicha bo‘ladi.
Sharqiy va janubi-sharqiy qiyaliklardagi o‘simliklar qora sovuqlardan g‘arbiy
qiyaliklardagi o‘simliklardan ko‘proq shikastlanadi. Chunki quyosh chiqqanidan
keyin sharqiy qiyalikdagi o‘simliklarga, g‘arbiy (yoki boshqa tomonga qaragan)
qiyaliklardagi o‘simliklarga nisbatan ko‘proq to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi tushadi.
Buning oqibatida sharqiy qiyalikdagi o‘simlik tez isiydi va uning organlaridagi muz
tez eriydi, bunda o‘simlik organi o‘zining qora sovuqlardan oldingi holatiga qayta
olmay shikastlanadi. G‘arbiy qiyalikdagi o‘simliklar sekin isiydi, shuning uchun qora
sovuqdan kamroq shikastlanadi.
F.F. Davitaya kuzatishlari ko‘rsatadiki, janubiy qiyalikdagi tokzorlar qora
sovuqlardan g‘arbiy qiyalikdagi tokzorlarga nisbatan ko‘proq shikastlanadi. Chunki
janubiy qiyalikdagi o‘simliklar ancha erta rivojlanganligidan ularning sovuqqa
chidamliligi kamaygan bo‘ladi. Shunday qilib, joylarning relefiga qarab qora
sovuqlarsiz davr muddati va qora sovuq kuchi turli darajada vujudga keladi.
Qora sovuqlarning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri
O‘simliklarning qora sovuqlarga chidamliligi va shikastlanish darajasi qora
sovuqning boshlanish vaqtiga, uning kuchiga va davomiyligiga, o‘simlikning
rivojlanish fazasiga, o‘simlikning holatiga, turi va naviga, agrotexnika sharoitlariga
va boshqa omillarga bog‘liq.
O‘simliklar biror haroratdan past haroratlarda qora sovuqlardan shikastlanadi
yoki nobud bo‘ladi. Bu haroratni odatda kritik harorat deb yuritiladi.
Quyidagi 1-jadvalda ba’zi mevali o‘simliklarning qora sovuqlardan shikastlanish
9
kritik haroratlari ko‘rsatilgan:
Ba’zi mevali o‘simliklarning qora sovuqlardan
shikastlanishi kritik haroratlari
O‘simlik
turi
Qora sovuqdan
shikastlanadigan
o‘simlik qismi
Kritik
haroratlar,
°C larda
Limon
Daraxt butunlay
-9-10
Shabbalari (shoxlari,
novdalari)
-7-8
Barglari
-6
Apelsin
Daraxt butunlay
-10-11
Shabbalari
-8-9
Barglari
-7
Mandarin
Daraxt butunlay
-12
Shabbalari
-10
Barglari
-8
Tok
O‘sayotgan kurtaklari
-1
Gullari
0
Olma, nok,
olcha,
olxo‘ri
Yopiq gulg‘unchalari
-4
Gullari
-2
Meva tugunchalari
-1
Gilos
G‘unchalari va gullari
-2
Meva tugunchalari
-1
O‘rik,
shaftoli
Yopiq g‘unchalari
-2
Gullari
-3
Meva tugunchalari
-1
Malina,
qulupnay
Gullari va meva
tugunchalari
-2
10
1-jadvalni tahlil qilish ko‘rsatadiki, bitta o‘simlikning har xil qismlari qora
sovuqlarga turlicha chidamlilik darajasiga ega. Gullash va tugunchalar hosil bo‘lish
davrida 0 dan -2°C gacha qora sovuqlar hosilni butunlay yo‘q qilish mumkin. Limon,
apelsin, mandarin kabi o‘simliklarda qora sovuqlardan dastavval barglari (-6°-8°C)
larda, tok shox-shabbalari (-7°-10°C) larda shikastlanadi. Bu o‘simliklarning shox-
shabbalari, barglariga nisbatan qora sovuqlarga chidamliroq bo‘ladi.
V.N. Stepanov qishloq xo‘jalik ekinlarini, ular rivojlanishining turli fazalarida
o‘simlik sathidagi manfiy haroratlarga chidamliligi bo‘yicha quyidagi 5 ta ekologik
guruhga ajratgan:
1. Rivojlanishning boshlang‘ich fazalarida qisqa muddatl -7-10°C gacha qora
sovuqlarga chidaydigan eng chidamli ekinlar. Ularga bahori bug‘doy, suli, arpa,
no‘xat kabi g‘alla va dukkakli g‘alla ekinlari kiradi. Ammo bu ekinlar boshoq
chiqarish fazasida -3-4°C haroratlardayoq qora sovuqlardan shikastlanadi. Gullash
davrida bu ekinlar qora sovuqqa eng chidamsiz bo‘lib,-1-2°C qora sovuqdan
shikastlanadi. Asosiy g‘alla ekinlarining donlari sut pishish fazasida -2-4°C qora
sovuqlardan zararlanadi. O‘simliklar mum pishish fazasiga o‘tgach qora sovuqqa
chidamliligi ortadi.
2. Rivojlanishning boshida -5-7°C gacha, gullash fazasida esa -2-3°C gacha qora
sovuqlarga chidamli ekinlar. Ularga dukkaklilar, kungaboqar, zig‘ir, qand lavlagi,
xashaki lavlagi, sabzi, karam va boshqa ekinlar kiradi.
3. Unib chiqish fazasida -3-4°C qora sovuqlarga chidaydigan o‘rtacha chidamli
ekinlar. Bu guruh ekinlari gullash fazasida -1-2°C qora sovuqqa chidaydi. Ularga
sariq lyupin, soya, redis, mogar kabi ekinlar kiradi.
4. Qora sovuqlarga kam chidamli ekinlar. Ularga makkajo‘xori, tariq, sudan o‘ti,
jo‘xori, kartoshka, tamaki kabi ekinlar kiradi. Ular -2°C gacha qora sovuqqa
chidaydi, ammo gullash davrida -1°C ya’ni kuchsiz qora sovuqqagina chidaydi.
5. Qora sovuqlarga chidamsiz issiqsevar ekinlar.
Ularga loviya, kana kunjut, g‘o‘za, poliz (qovun, tarvuz, osh qovoq va boshqa)
ekinlar, sholi, kunjut, kanop, yer yong‘oq, pomidor, bodring, tamaki kabi ekinlar
kiradi.
Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar unib chiqish davrida -0,5-1,5°C haroratda ham
11
shikastlanadi.
Ko‘ramizki,o‘simliklarning hosil beradigan organlari qora sovuqqa eng
chidamsiz bo‘ladi. O‘simliklar o‘sishning boshlang‘ich davrida qora sovuqqa eng
chidamli bo‘ladi va bu davrda qisqa muddatli qora sovuqlar hosilga ta’sir qilmaydi.
Bundan tashqari gullash va pishish davriga to‘g‘ri kelgan qora sovuqlar ayniqsa
xavfli, chunki bu davrda o‘simliklarning sovuqqa chidamliligi pasaygan bo‘ladi.
Bu davrda ko‘pchilik o‘simliklarning nobud bo‘lishi -2-4°C lardan boshlanadi.
Chigit unib chiqish davrida va g‘o‘za gullashi fazasida -0,5-1°C, sut pishishi
fazasida esa -1°C da shikastlanadi.
Demak, g‘o‘za sovuqqa chidamsiz o‘simlik, shuning uchun respublikamiz
hududlarida g‘o‘zani qora sovuqlardan himoya qilish ishlarini rivojlantirish va
sovuqqa chidamli navlarini yaratish qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega.
Savol va topshiriqlar
1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun xavfli meteorologik hodisalarning
asosiy turlarini ayting.
2. Qora sovuq hodisasi qanday ta’riflanadi?
3. Qora sovuqlarni paydo bo‘lish sabablariga qarab qanday turlarga ajratiladi?
4. Mahalliy sharoitlar qora sovuqlarning kuchiga, to‘xtash va boshlanish
muddatlariga qanday ta’sir qiladi?
5. O‘simliklarni qora sovuqlarga chidamliligi bo‘yicha qanday guruhlarga ajratiladi?
Har qaysi guruhdagi o‘simliklarning qora sovuqqa chidamliligini kanday tavsiflanadi?