Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi, va ichki tuzilishi. Og’iz apparati. Ko’payishi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi: kenja sinflari, turkumlari va muhim vakillari.
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
79,2 KB
Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi, va ichki tuzilishi. Og’iz apparati.
Ko’payishi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi: kenja sinflari, turkumlari
va muhim vakillari.
R E J A:
1. Qisqichbaqasimonlar sinfiga tavsif.
2. Qisqichbaqasimonlar sinfining tashqi va ichki tuzilishi haqida tushunchalar
bering.
3. Qisqichbaqasimonlar sinfi qanday usulda ko’payadi?
4. Qisqichbaqalarning klassifikatsiyasi.
QISQICHBAQASIMONLAR (CRUSTACEA) SINFI.
Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Bir qancha
vakillari
quruqlikda
hayot
kechiradi
(zaxkashlar,
ayrim
krablar).
Qisqichbaqasimonlar (kalanuslar, diaptomuslar, dafniyalar, sikloplar) dengiz va
chuchuk suv planktonining 90 foizidan oshiqroq qismini tashkil etadi.
Ko’p turlari suv tubida harakat qilib hayot kechiradigan bentos hayvonlari
hisoblanadi. Qisqichbaqasimonlar tabiatda keng tarqalgan hayvonlar bo’lib, ularni
tropikdan boshlab shimoliy mintaqalardagi barcha suv havzalarida, g’orlardagi
ko’llarda,
hovuzlar
va
ayrim
ko’lmak
suvlarda
uchratish
mumkin.
Qisqichbaqasimonlarning mikroskopik kattalikdan boshlab bir necha metrgacha
kattalikdagi turli-tuman tuzilishga ega bo’lgan 30 mingga yaqin turi bor.
Tana bo’g’imlari va bo’limlari. Qisqichbaqasimonlarning tanasi ko’p sonli
bo’g’imlardan iborat.
Eng tuban tuzilgan ayrim vakillarida tana bo’g’imlari bir xilda ya’ni gomonom
bo’lishi tufayli bosh, ko’krak va qorin bo’limlarini ajratib bo’lmaydi. Ko’pchilik
qisqichbaqasimonlarda esa tana bo’g’imlari har xil tuzilgan, ya’ni geteronom bo’lib,
tanasi bosh, ko’krak hamda qorin bo’limlariga ajraladi. Har bir bo’g’imda bir juftdan
o’simtalar bo’ladi. Bosh qismi halqali chuvalchanglari prostomiumiga mos
keladigan akrondan va to’rtta tana bo’limlaridan tashkil topgan bo’lib, 5 juft
o’simtalarga ega. Birinchi jufti antenullalari halqali chuvalchanglarning palpalariga
mos keladi. Ikkinchi jufti antennalari esa halqali chuvalchanglarning birinchi tana
bo’g’imi parapodiylardan hosil bo’lgan. 2-4 bosh bo’g’imlarining o’simtalari halqali
chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan bo’lib, ular og’iz organlari
xususan, bir juft yuqori jag’lar, ikki juft pastki, jag’lar (birinchi va ikkinchi
maksillar) ni hosil qiladi. Jag’lar oziqni ushlab turish va chaynash uchun xizmat
qiladi. Ko’krak va qorin bo’g’imlarining soni va shakli har xil bo’ladi. Yuksak
qisqichbaqasimonlar ko’kragi 8, qorin bo’limi 6 bo’g’imdan, butun tanasi esa 18
bo’g’imdan iborat qorin bo’limining oxirgi bo’g’imi anal plastinka, ya’ni telsonni
hosil qiladi.
Tuban qisqichbaqasimonlarning telsonida furka deb ataladigan bir juft ayri
o’simtasi bo’ladi. qisqichbaqasimonlarning oyoq o’simtalari soni tana bo’g’imlari
sonidan kamroq bo’ladi. Masalan yuksak qisqichbaqasimonlarning 18 tana
bo’g’imlariga 17 juft oyoqlar to’g’ri keladi. Tuban qisqichbaqasimonlarning qorin
bo’g’imlarida oyoq o’simtalari bo’lmaydi.
Bosh bo’limining o’simtalari besh juftdan iborat. Birinchi juft o’simtalari
antennulalar bosh bo’lagi-arqonning o’simtasi hisoblanadi. Antennulalar asosan
tuyg’u va xid bilish ayrim hayvonlar harakatlanish organi vazifasini ham bajaradi.
Bir juft yuqori jag’lar ya’ni mandibulalar boshning ikkinchi o’simtalari hisoblanadi.
Ular oziqni maydalash uchun xizmat qiladi. Uchinchi va to’rtinchi bosh bo’g’imlari
o’simtalari yupqa plastinkaga o’xshash bo’lib ikki juft yuqori jag’lar ya’ni birinchi
va ikkinchi maksilalarni hosil qiladi. Ko’krak bo’g’imlarining o’simtalari tuzilishiga
ko’ra har xil vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Aksariyat hollarda ular haqiqiy
harakat organlari bo’lib suzish va o’rmalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha oldingi
1-3 juft ko’krak oyoqlari ozuqni tutib turish va maydalash vazifasini bajaradi. Ular
jag’oyoqlar deb qorin oyoqlari yuksak qisqichbaqalarda nafas olish va tashqi jinsiy
organlar vazifasini bajaradi. Tana devori kutikula va uning ostidagi gipodyermal
epiteliy hamda bazal membrana kavatlaridan iborat. Kutikula sirti ohak bilan
shimdirilgan
bo’lib
qattiq
va
mustahkam
bo’ladi.
Qisqichbaqasimonlar
kutikulasining
tuzilishi
hasharotlar
va
o’rgamchaksimonlardan
suvni
bug’lantirmaydigan sirtqi epikutikula qavati bo’lmasligi bilan farq kiladi. Shu
sababdan ular faqat suvda Yoki o’ta nam joylarda yashashi mumkin.
qisqichbaqasimonlar va hamma bo’g’imoyoqlarda ko’ndalang-targ’il muskullar
rivojlangan. Muskullar teri -muskul xaltasi hosil qilmasdan to’p-to’p bo’lib
joylashgan.
Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqasimonlarning og’iz teshigi boshining ostki
tomonida joylashgan. Ichagining oldingi va keyingi bo’limlari embrional
rivojlanishda
ektodyerma
yaproqlaridan
hosil
bo’ladi.
Ko’pchilik
qisqichbaqasimonlarning ichagi to’g’ri naydan iborat, ichagining og’iz teshigidan
og’iz teshigidan yuqori tomonga tik yo’nalgan oldingi qismi qisqa halqumni keyingi
qismi esa ikki bo’lmali oshqozonni hosil qiladi. Oshqozonning kardial ya’ni
chaynovchi oshqozon deb ataladigan birinchi bo’lmasi devorida xitin tishchalardan
iborat uchta plastinkasi bo’ladi. Ikkinchi pilorik bo’lmasidagi yupqa kutikulali
o’simtalar elak vazifasini bajaradi. Bu o’simtalar orkali o’rta ichakka faqat suyuq
oziq o’tishi mumkin. Oshqozonda oziq maydalanishi bilan birga qisman hazm ham
bo’ladi. Oziqning maydalanmasdan qolgan qismi esa pilorik oshqozondan to’g’ridan
- to’g’ri orqa ichakka, undan anal teshigi orqali tashqi muhitga chiqariladi.
O’rta
ichak
juda
kalta
bo’lib,
jigar
bilan
bog’langan.
Tuban
qisqichbaqasimonlar jigari o’rta ichakning Yon o’simtalaridan hosil bo’lgan juft
naychalardan iborat. Yuksak qisqichbaqa-simonlarda bu naychalar ketma-ket ko’p
marta shoxlanganligi tufayli jigar yiriklashadi. Daryo qisiqichbaqasining ana
shunday naychalardan hosil bo’lgan jigari ikkita bo’lakdan iborat. Jigar suyuqligi
ana shu naylar orqali o’rta ichakka tushadi. Bu suyuqlik Yog’ moddalarni emulsiya
(mayda tomchilar) holiga keltiradi: oqsil va uglevodlarni parchalaydi. Suyuq oziq
o’rta ichakdan jigar naychalariga o’tib, hazm bo’ladi.
Qisqichbaqasimonlarning jabralari aksariyat hollarda ko’krak oyoqlarida
joylashgan. Daryo qisqichbaqasi jabralari 3 qator bo’lib, jag’oyoqlari va yurish
oyoqlari asosida joylashgan. Suvbosh ko’krak qalqonining bir cheti bilan tana
oralig’ida hosil bo’ladigan tirqish orqali jabra bo’shliqlariga kiradi, ikkinchi chetdagi
xuddi shunga o’xshash tirqishdan chiqib ketadi. Suv ikkinchi va uchinchi juft jag
oyoqlarining harakati tufayli jabralarni yuvib turadi.
Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan qisiqichbakasimonlarda atmosfyera
havosi bilan nafas olishga imkon byeruvchi maxsus moslanishlar paydo bo’lgan.
Masalan, xurmo o’g’risi qisqichbaqasining nafas olish organi jabra bo’shlig’i o’rnida
hosil bo’lgan o’pkadan iborat.
Zaxkashlarning qorin oyoqlari bo’shlig’ida juda murakkab tarmoqlangan, havo
to’ldirilgan naychalari bo’ladi. Naychalar kutikulani tana ichiga botib kirishdan hosil
bo’lgan bo’shliqqa tutashgan. Bu xildagi nafas olish sistemasining tuzilishi azaldan
quruqlikda yashayotgan bo’g’imoyoqlilar traxeyalariga o’xshab ketadi.
Qisqichbaqasimonlar va boshqa bo’g’imoyoqlilarning qon aylanish sistemasi
ochiq. Kon aylanish sistemasining tuzilishi nafas olish organlarining rivojlanganligi
bilan bog’liq. Tana yuzasi orqali nafas oladigan vakillarining qon aylanish sistemasi
ham juda soddalashib, faqat yurakning o’zi saqlanib qolgan Yoki qon aylanish
sistemasi butunlay yo’qolib ketgan (bargoyoqlilar). Qisqichbaqasimonlarning yuragi
odatda bir necha kamerali naychaga yoki pufakka o’xshash bo’lib, tanasining orqa
qismida joylashgan. Yurakni miksotsel bo’shlig’idan hosil bo’lgan xaltasimon
yurakoldi bo’lmasi o’rab turadi.
Yurak devorida tirqishsimon klapanli ostiylar (teshik)lar joylashgan. Daryo
qisqichbaqasining ostiylari 3 juft bo’ladi. Yurak kengayganida klapanlar ochiladi va
gemolimfa yurak oldi bo’lmasidan yurakka o’tadi. Yurak qisqarganida aksincha
klapanlar Yopilib, gemolimfa yurakdan chiquvchi arteriya tomirlariga o’tadi. Daryo
qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi ancha mukammal tuzilgan, uning
yuragidan oldinga uchta, orqa tomonga bitta yirik arteriya chiqadi. Har qaysi qon
tomiri bir qancha mayda tomirlarga ajraladi va tana bo’shlig’iga kelib qo’shiladi. Bu
tomirlar orqali oqib kelgan gemolimfa to’qimalarga kislorod byerib, SO2 gazini
oladi. Shundan so’ng qorin sinusiga to’planib, jabralarga boradi va yerda kislorod
bilan boyidi. Jabralardan gemolimfa vena tomirlari orqali yurak oldi bo’lmasiga
kelib quyiladi.
Qisqichbaqasimonlarning ayirish sistemasi 1-2 juft antennal yoki maksillyar
bezlardan iborat. Yuksak qisqichbaqasimonlarning ayirish organlari bosh qismida
joylashgan bir juft uzun chigal naychalardan iborat. Naychalar chigali bir uchida
selomik xaltacha, ikkinchi uchida esa siydik pufagi (qovuq) joylashgan. Qovuq
antennalarning
asosida
tashqariga
ochiladi.
Shuning
uchun
yuksak
qisqichbaqasimonlar lichinkasining ajratish sistemasi maksillyar bezlardan iborat.
Bu bezlarning chiqarish yo’li ikkinchi juft pastki jag’larning asosiga ochiladi.
Qisqichbaqasimonlar nerv sistemasining umumiy tuzilish sxemasi halqali
chuvalchanglarnikiga o’xshaydi. Eng oddiy hollarda (masalan jaraoyoqlilar) nerv
sistemasi bir juft bosh gangliylari, halqum atrofi konnektivalar, tananing qorin
tomonidan o’tadigan nerv stvollari hamda nerv stvollari ustida har bir tana
bo’g’imida bir juftdan joylashgan nerv gangliylaridan iborat. Qorin stvollari bir-
biridan uzoqlashganligi va qarama-qarshi tugunlari o’zaro ko’ndalang komisurolar
orqali qo’shilishi tufayli nerv sistemasi narvon shakliga kiradi.
Narvon tipidagi nerv sistemasi sodda tuzilgan va tanasi juda ko’p bo’g’imlarga
bo’lingan
qisqichbaqasimonlar
uchun
xos.
Evolyutsiya
jarayonida
nerv
sistemasining bundan keyingi o’zgarishi ikki xil yo’nalishda borgan. Birinchidan,
ikkala qorin nerv stvollari biri bilan yaqinlashib, nerv tugunlarini o’zaro qo’shilib
ketishi va ular orasidagi ko’ndalang komissuralar yo’qolib ketishi natijasida qorin
nerv zanjiri paydo bo’lgan. Ikkinchidan ayrim tana bo’g’imlarining bir-biri bilan
qo’shilib ketishi tufayli bu bo’g’imlardagi nerv tugunlari ham birlashib ketadi, qorin
nerv stvoli esa qisqaradi. Masalan, daryo qisqichbaqasining tanasi 18 bo’g’imdan
tuzilgan bo’lsada qorin zanjiri bo’ylab faqat 12 ta qorin nerv tugunlari joylashgan.
Qisqichbaqalarning
bosh
miyasi
prototserebrum
va
deytotserebrum
bo’limlaridan iborat. Ko’pincha antennalarning segment tugunlari ham bosh miyaga
yondoshib
uchinchi
bosh
miya
bo’limi
tritotserebrumni
hosil
qiladi.
Prototserebrumdan ko’zlariga deytotserebrumdan antennulalarga nervlar chiqadi.
Qisqichbaqalarning tuyg’u hid bilish, ko’rish va muvozanat saqlash a’zolari
yaxshi rivojlangan. Ko’rish a’zolari ikki xilda bo’lib, oddiy tuzilgan bitta nauplius
va ikkita murakkab fasetkali ko’zlardan iborat. Nauplius ko’z chuqurcha shakldagi
ikki yoki to’rtta qadaqchalardan tarkib topgan. Chuqurchalarning devorida qora
pigment bilan qoplangan. Bir vaqt retinal (sezgir) hujayralar joylashgan. Fasetkali
ko’zlar
juda
ko’p
mayda
ko’zchalar
ommatidiylardan
iborat.
Daryo
qisqichbaqasining ko’zida 3000 dan ko’proq ommatidiylar bo’ladi. Pigmentli juda
yupqa parda ommatidiylarni bir-biridan ajratib turadi. Har bir ommatidiylar
yorug’lik nurini qaytaruvchi va sezuvchi elementlarga ega bo’lgan mustaqil ko’zcha
hisoblanadi.
Muvozanat saqlash organlari yuksak qisqichbaqasimonlar, asosan o’n
oyoqlilarda rivojlangan. Statosistalar deb atalgan muvozanat saqlash organlari
antennulalarning asosiy bo’g’imida joylashgan bo’lib, xitin po’stining tana ichiga
botib kirishdan hosil bo’lgan chuqurchadan iborat.
Qisqichbaqasimonlarning jinsiy a’zolari sodda tuzilgan bo’lib, ko’pincha bir
juft jinsiy bezlar (urug’donlar va tuxumdonlar) va ulardan boshlanadigan tuxum yoki
urug’ chiqaruvchi naylardan hamda tashqi jinsiy teshikdan iborat. Ko’pchilik
hayvonlarning urug’donlari Yoki tuxumdonlari qisman yoki butunlay qo’shilib
ketadi, lekin ularning juft naylari alohida saqlanib qoladi. Masalan, daryo
qisqichbaqasi urug’donining oldingi uchi ikkiga ajralganligi uni ikkita urug’dondan
kelib chiqqanligini ko’rsatadi, qisqichbaqasimonlarning urug’ chiqarish yo’llari bir
juft uzun naylardan iborat. Urug’ chiqarish nayi davrida maxsus bezlar bo’ladi. Bu
bezlar sekreti yordamida urug’ hujayralarining bir-biriga yopishib, ancha yiroq
qopchiqlar-spermatoforalarni hosil qiladi. Kopulyatsiya (urug’lanish) da erkaklarni
spyermatoforalarini urg’ochi jinsiy teshigiga kiritadi yoki uning yaqiniga osib
qo’yadi.
Jabraoyoqlilar kenja sinfi vakillarining tuxum hujayralari partenogenetik yo’li
bilan, ya’ni urug’lanmasdan rivojlanish xususiyatiga ega. Daryo qisqichbaqasi
erkagining jinsiy teshigi beshinchi juft yurish oyoqlari koksopoditlarida,
urg’ochilarida uchinchi juft yurish oyoqlari koksopoditlarida joylashgan. Sariqligi
kam tuxumdan ancha sodda tuzilgan nauplius lichinka chiqadi. Naupliusning jag
o’simtalari antennalarning orqasida joylashgan bo’lib, dastlab suzish uchun xizmat
qiladi. Lichinkada ichak, bosh miya, ikkita qorin, nerv ganglisi nauplius ko’zi va bir
juft ayirish organlari (antennalar, bezlar) rivojlangan. Dastlabki ikki juft pastki
jag’lar (maksilalar) va oldingi ko’krak oyoqlari shakllanishi bilan lichinka
metanauplius stadiyasi o’tadi. Metanauplius esa rivojlanib faqat yuksak
qisqichbaqasimonlarga xos bo’lgan zoea stadiyasiga o’tadi. Zoea lichinkasining
og’iz organlari, oyoq jagg’ari va qorin bo’limi bo’g’imlari rivojlangan, ko’krak
oyoqlari to’la rivojlangan, qorin oyoqlarining faqat keyingi jufti shakllangan bo’ladi.
Metamorfozning bundan keyingi mizid bosqichida ikki shoxli ko’krak oyoqlari to’la
shakllanadi, qorin oyoqlari paydo bo’ladi. Mizid lichinka to’lagach, yosh
qisqichbaqaga aylanadi.
Klassifikatsiyasi.Qsqichbaqasimonlar jabra oyoqlilar sefalokaridlar, yuqori
qisqichbaqasimonlar kenja sinfiga bo’linadi.
Jabra oyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi
Jabraoyoqlilar - eng tuban tuzilgan qisqichbaqasimonlar. Ularning bo’g’imlari
deyarli bir xil (gomonom) tuzilgan bo’lib, boshi ko’kragi bilan qo’shilmagan,
tanasidagi bo’g’imlari soni doimiy emas.
Bargga o’xshash ko’krak oyoqlari xarakatlanish, nafas olish va ozig’ini og’izga
xaydash vazifasini bajaradi. Kon aylanish jinsiy sistemasi boshqa qisqichbaqalarga
nisbatan birmuncha sodda tuzilgan.
Asosiy ko’pchilik turlari chuchuk suvlarda ayrim turlari esa yerkin hayot
kechiradi. Mazkur kenja sinfga ikki turkum kiradi.
1. Jabraoyoqlilar
(Anostraca)
turkumi.
Jabraoyoqlilar-gomonom
tana
bo’g’imlariga bo’lgan eng tuban tuzilgan hayvonlar. Ularning tanasi bosh, ko’krak
va qorin bo’limlaridan tashkil topgan. Boshning oldingi qismida antennalar, yagona
nauplius ko’zi va bir juft fasetkali ko’zlari: keyingi qismda ikki juft erkin joylashgan
jag’lari bo’ladi. Bosh qalqoni - karapaks rivojlanmagan. Jabraoyoqlilarning ko’kragi
11-19 bo’g’imdan iborat. Har bir bo’g’imda bir juftdan ikki shoxli bargsimon
oyoqlar joylashgan. Ko’krak oyoqlari bir xil tuzilgan. Har bir oYog’ining tashqi
tomonida 2-3 ta nafas olish, bitta suzish va ichki tomondan suvni og’iz tomonga
aylantirish uchun xizmat qiladigan 6 ta o’simtalari bo’ladi. 8 bo’g’imli qorin da
oyoqlari bo’lmay u yaxshi rivojlangan ayricha bilan tugallanadi. Jabraoyoqlilar
urug’langan tuxumlarini suvga qo’yadi. Tuxumlari tashqi muhit ta’sirlariga juda
chidamli bo’lib qurib qolgan suv havzalarida ham 3-4 yilgacha o’z hayotchanligini
Yo’qotmaydi. Jabra oyoqlilarning 180 ga yaqin turi bor. Ko’pchilik turlari chuchuk
suv havzalarida, ko’lmak suvlarda uchraydi. Sho’r suvli ko’llarda artemiya Artemia
salina keng tarqalgan.
Artemiya qulay sharoit bo’lganda juda tez ko’paya boshlagandan har m3 suvda
13,6 gacha biomassa hosil qilishi mumkin. Ular baliqlarning asosiy ozuqasi
hisoblanadi. Bargoyoqlilar ko’proq chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Boshqa
jabraoyoqli qisqichbaqalardan bosh, ko’krak qalqoni (karapaks) ning kuchli
rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Daryo qisqichbaqasi anatomiyasi: A - orqa tomondan ochib ko’rsatilgan. В -
chaynovchi oshqozon ochib ko’rsatilgan: 1- rostrum, 2 - chaynovchi oshqozon, 3 -
jigar, 4 - ichak, 5 - yurak, 6, 7 - arteriyalar, 8- tuxumdon, 9 - qorin nerv zanjiri, 10 -
jabralar.
2. Bargoyoqlilar (Phyllopoda) turkumi tashqi tuzilshlari jihatlar bilan
jabraoyoqlilarga yaqin keladi. Biroq boshoyoq qalqonining kuchli rivojlanganligi
bilan farq qiladi. Sodda tuzilgan vakillarining ko’kraklarida ikkishoxli oyoqlar
joylashadi. Mazkur turkum qalqondorlar, chig’anoqlilar va shoxdor mo’ylovlilar
kabi uchta kenja turkumlariga bo’linadi. Qalqondorlar kenja turkumi vakillarning
bosh ko’krak va qisman qorin bo’limini yopib turuvchi ko’krak qalqoni yaxshi
rivojlangan. Ko’krak bo’g’imlaridagi oyoqlar soni har xil bo’ladi. Oldingi 1-10
ko’krak bo’g’imlarida bir juftdan keyingilarida esa 4-6 juftdan oyoqlari bor. Shuning
uchun ham hamma ko’krak bo’g’imlarining soni 40 ga yaqin bo’lgan holda ko’krak
oyoqlilar 70 juftni tashkil qiladi. Qalqondorlar hovuz va ko’lmak suvlari tubidagi
balchiqdan har-xil organik qoldiqlar mayda jonivorlarni topib eydi, qalqondorlar
partenogenz orqali ko’payadi. Quyosh nuri tushib turadigan suv havzalarida ba’zan
yomg’irdan so’ng hosil bo’ladigan halqob suvlarda Triops concriformis va
Lepidurus ni uchratish mumkin.
Shoxdor mo’ylovlilarning tanasi yon tomondan yassilashgan bo’lib, ikki
tabaqali sinf xitin chig’anoq ichida joylashgan. Bir qancha turli (masalan dafniya)
ning bosh qismi pastga qarab egilgan tumshuksimon o’simta - rostrumni hosil qiladi.
Peshona qismida bitta murakkab fasetkali ko’z uning oldida esa oddiy nauplius ko’z
joylashgan. Ko’krak bo’limi 4-6 bo’g’imdan hosil bo’lgan. Ko’krak oyoqlari
bargsimon bo’lib, ular juda kup patsimon qillar bilan ta’minlangan. Bu qillar
birgalikda suvdagi muallaq mayda oziq zarrachalarini ajratib olish (filtrlash)
vazifasini bajaradi. Ko’krak oyoqlarida nafas olish vazifasini bajaruvchi pardasimon
o’simtalar ham bo’ladi.
Shoxdor mo’ylovlilarning rangi qon plazmasi tarkibidagi gemoglobinga
bog’liq. Plazmadagi gemoglabin miqdoriga suv, suv tarkibidagi kislorod katta ta’sir
qiladi. Suvda kislorod ko’p bo’lsa qon och qizg’ish, kam bo’lsa to’qqizil rangga
aylanadi. qon tomirlari bo’lmaydi. Ko’kragining orqa tomonida joylashgan pufakka
o’xshash yuragi qisqarib tana bo’shlig’idagi qonni aralashtirib turadi.
Dafniyaning yuragi tashqi sharoitga qarab bir minutda 150-500 martagacha
qisqaradi. Ko’pchilik shoxdor mo’ylovlilarning chig’anog’ining kattaligi va shakli
yil davomida o’zgarib turadi. Masalan, dafniyaning chig’anog’ining bosh qismida
Yoz paytida qalpoqcha paydo bo’ladi, chig’anoq o’simtasi cho’ziladi. Bunday
hodisaga siklomorfoz deyiladi. Chig’anoqdagi bu o’zgarish harorat ta’sirda suv
zichligini kamayishi bilan bog’liq bo’ladi, bunday suvda suzish, mualloq turish
uchun tana yuzasi kengroq bo’lishi lozim. Chuchuk suvlarda dafniya - Daphnia
pulex, Bosmina longirostis ko’p uchraydi. Ko’pchilik shoxdor mo’ylovlilar bahor va
Yozda urug’lanmagan tuxum qo’yib, partenogenez usulda ko’payadi.
Tuxum tanasining orqa tomoniga, qalqonning ortidagi kamyeralarga qo’yiladi.
Bunday tuxumlardan yana urg’ochilari rivojlanib chiqadi. Kuzda havo sovushi bilan
tuxumlarning bir qismidan yerkaklari rivojlanadi. Urug’langan tuxum hujayralari
umumiy qalin qobiqqa o’ralib, qishlaydigan stadiya efippiumini hosil qiladi.
Shunday qilib, dafniyalar va boshqa bir qancha shoxdor mo’ylovlilarning rivojlanish
sikli kolovratkalarinikiga o’xshash getyerogoniya usulida boradi.
JAG’OYOQLILAR (MAXILLOPODA) KENJA SINFI
Jag’oyoqlilarning og’iz organlari yaxshi rivojlangan bo’lib, ozig’ini suvdan
ajratib, olish uchun xizmat qiladi. Fasetkali ko’zlari va jabralari bo’lmaydi.
Ko’pchilik vakillarining kon aylanish sistemasi rivojlanmagan yoki juda
soddalashgan. Ularni dengiz va ko’llarning turli chuqurligida uchratish mumkin. Bir
qancha vakillari boshqa suv hayvonlarida, shu jumladan qisqichbaqasimonlar
tanasida parazitlik qilishga moslashgan. Bu kenja sinfga bir qancha turkumlar kiradi.
Biz ulardan kurakoyoqlilar, mo’ylovoyoqlilar turkumlariga to’xtalamiz.
Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi. Kurakoyoqlilarning bosh bo’limi
ancha murakkab tuzilgan bo’lib, unga birinchi ko’krak bo’g’imi ham kiradi. Ko’krak
oyoqlari ikki shoxli, sodda tuzilgan. Qorin bo’limida oyoqlari yo’q. Boshining ustida
naupilus ko’zi, qorin tomonda og’zi uzun antennulasi, kalta antennasi va ikki juft
jag’oyoqlari joylashgan. Urg’ochi qisqichbaqalar etilgan tuxumlarni qorin qismida
bitta ko’pincha ikkita xaltachasida yopishtrib olib yuradi. Dengizlarda suvning
uncha chuqur bo’lmagan joylarida kalanuslar ayniqsa ko’p uchraydi. Kalanus
Calanus finimarchicus Barents dengizining ayrim joylarida plankotonning 90% ga
yakinini tashkil etadi. Kurakoyoqlilarning bir qancha turlari har xil hayvonlar,
ko’proq baliqlar tanasida parazitlik qiladi. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning
tana tuzilishi turli darajada o’zgarishiga uchraydi. Baliqlarning jabralarida
sikloplarga ko’prok o’xshaydigan ergasilus hamda tashki ko’rinishi boshqa
qisqichbaqalardan farq qiladi.
Mo’ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar (Cirripedia) turkumi. Mo’ylov
oyoqlilar suv ostidagi toshlar va qoyalarga, kit, akula, krablar tanasiga, mollyuskalar
chig’anoqlariga, kemalarning suv osti qismiga yopishib o’troq hayot kechirishadi.
O’troq yashash ular tanasida ayrim o’zgarishlar hosil qilgan. Tanalari aloxida
plastinkalardan tashkil topgan chig’anoq bilan qoplangan. Kurakoyoqlari esa uzun
va ikki shoxli mo’ylovlarga aylangan. Mo’ylovlarning bir me’yorda silkinishi
natijasida og’iz teshigiga mayda oziq zarralari tushadi.
Mo’ylovoyoqlilar metamorfoz yo’l bilan rivojlanishadi. Ularning siprissimon
lichinkasi boshqa qisqichbaqasimonlarning naupilius lichinkasiga o’xshash bo’ladi.
Bu lichinkalar plankton xolda hayot kechiradi. Bu lichinka antnnulalaridagi sement
bezlari orqali sekin harakatlanadigon hayvonlar terisiga yopishib, o’troq hayot
kechirishga o’tadi. Shundan so’ng antennalar, murakkab ko’zlar yo’qolib
ko’krakoyoqlari rivojlangan ikki shoxli mo’ylovga aylanadi. Tanasining sirtiga ohak
chig’anoq ishlab chiqariladi. Ko’pchilik mo’ylovoyoqlilar germofraditdir. Ayrim
jinsli turlarining yerkaklari juda mayda bo’ladi.
Mo’ylooyoqlilar dengizlarning har-xil chuqurligida hayot kechirishadi. Ular
ichida dengiz o’rdakchalari-Lepas va dengiz yong’oqchalari Balanus barcha
dengizlardi uchraydi. Ayrim mo’ylovoyoqlilar parazit yashashga o’tgan. Parazit
vakillariga sakkulina, peltogaster kabilar misol bo’ladi. Sakkulina krablar qorin
qismining pastki tomoniga yopishib
yashaydi. Parazit kuchli tormoqlangan poyacha yordamida krab tanasiga yopishib
oladi. Bunday poyachalar yordamida sakkulina ho’jayin tanasi suyuqligini so’rib
yashaydi.
Mo’ylovoyoqlilar kemalarning suv osti qismlariga yopishib ularning
og’irligini oshiradi. Bu esa kema tezligini kamayishiga olib keladi. Kemalarning bir
metr kvadrat devorida bir yil davomida 10-12 kg mo’ylov oyoqlilar to’planishi
mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Bo’g’imoyoqlilar tipining eng muhim morfologik belgilari qaysilar deb
hisoblaysiz?
2. Qisqichbaqasimonlarning morfologik tuzilishi haqida so’zlang.
3. Daryo qisqichbaqasining gavdasidagi oyoqlari va ularning vazifalari haqida
nimalarni bilasiz?
4. Qisqichbaqasimonlarning ichki tuzilish xususiyatlarini ayting.
5. Darslikning
273
saxifasidagi
116
rasmdan
foydalanib
qisqichbaqasimonlardagi Nerv sistemasini murakkablashuvini o’rganib chiqing.
6. Qisqichbaqasimonlarning klassifikatsiyasini tushuntiring.
7. Jabra oyoqli qisqichbaqasimonlarning tuzilish xususiyatlari haqida nimalar
bilasiz?
8. Jabraoyoqlilarning muhim vakillari haqidagi fikrlaringizni ayting.
9. Jag’oyoqlilarning tuzilishi, muhim vakillari haqida qanday tushunchalaringiz
bor?
Glossariy
1. Xelitsera- Bоshko’krаkning birinchi juft oyoqdаri оziqni mаydаlаsh vа
ezish vаzifаsini bаjаrаdi.
2. Pedipalpa- Boshko‘krakning ikkinchi jufti esа sеzish vа bа’zаn tutish
vаzifаsini bаjаrаdi
3. Lakun- tana bo‘shlig‘i
4. Ostiy- Yurakning ikki yonidаgi 7 juft tirqishsimоn tеshiklаr
5. Protoserebrum- Bоsh miyasi ko’zlаrni idоrа qilib turаdigаn оldingi bo’lim
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС,
2005.190 б.