Qog‘oz bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
34,1 KB
Qog‘oz bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi
Reja:
1. Qog‘oz bilan ishlash texnologiyasi
2. Qog‘ozni murakkab usullarda buklab maketlar yasash haqida tushuncha
3. Texnika xavsizligi qoidalaridan foydalanish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi
o’rni, ishlov berish usullari, ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish, texnik
xavsizligi qoidalari.
Tarix manbalarida yozilicha qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga bitilgan.
Palma yaproqlarini quritib ulardan plastinkalar qirqib olinib keyin tush bilan
yozilgan. Bu plastinkalar keyin bir biriga mustakahmlanib, jilti yaxshi silliqlangan,
taxtachalardan qilingan ustiga bezak berilib kitob holatiga keltirilgan. Qadimgi
Greklar mum kitoblarini ixtiro qilishgan. Bu yaxshi tekislangan taxtacha o’rtasidan
kvadrat
o’yilgan
bo’lib,
u
sariq
yoki
qora
mum
bilan
to’ldirilgan.
Yozuvda esa po’lat cho’pdan foydalanilgan. Bir uchi o’tkir po’lat cho’p bilan
yozishgan bo’lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o’chirishgan. Bir biri
bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob jadval yoki sahifalarning
qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat bemalol foydalanish, yozuvni o’chirish va
qayta yozish juda oson bo’lgan. Misrliklar yozish materiallarini Nil daryosidan
olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o’xshash o’simliklar bo’lib qadimgi
Rim xalqi uni papirus deb ataganlar. Silliq poyasiz, bargsiz o’simliklarni bo’yi 4
metrga yetar edi. Yozuv quroli uchun poya barglaridan tozalanib, uning o’rtasidagi
yumshoq g’ovvak o’zak olinar edi. Ulardan uzun yupqa plastinkalar qirqilib tik
holda taxlanardi. So’ngra ho’l barg yopishtirilib presslanar edi, ular qurigach
sirti pemza bilan sayqallanardi. Bulardan qilingan eng katta kitob Britaniya muzeyi
kutubxonasida saqlanardi. Bir necha ming yillar davomida papirus yagona yozuv
materiali bo’lib kelgan. Unda asosan misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib
kelganlar.Osiyoda yozuv uchun hayvonlar terisidan foydalanilgan. Teri masus
eritmada namlangan, cho’zilgan, quritilgan keyin qirilgan, sayqal berilgan va
tekislangan. Bu kitob uchun butun bir poda mol so’yilgan. Teri kitob papirusga
nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo’lib, uning ikkala tomonidan bemalol yozish
mumkin bo’lgan. Eramizdan V asr muqaddam uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga
yozish rasm bo’lgan. Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlana
brogan sayin yozish uchun arzon materialga talab orta borgan. Qog’oz
tayyorlashda XVIII asr fransuz Nikola Lui Robert kashf etgan samocherpka-birinchi
qog’oz mashinasi kashf qilgan.
Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol ip, gazlama, eski ishlatilgan qog’oz
xom-ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan qog’ozning qimmatbaho va maxsus
navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Poxoldan karton, uram qog’ozlari
tayyorlanadi.Qog’oz ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi. Bundan tashqari
yog’ochni o’tkazish ham qulaydir. Tarkibida klechatka foizi ko’p bo’lgan qora
qarag’ay sellyuloza tayyorlashda eng yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. Har bir qog’oz
navi o’z tayyorlash retseptiga egadir. Qog’oz va karton faqatgina kollegrafiya
sanoatidagina emas, balki xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham keng
qo’llaniladi.Gazeta qog’ozi eng arzon va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra
unchalik pishiq emas ,namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv qog’ozi sathi
silliq,
yelim,
singdirilgan
namlikni
kamroq
singdiradi.
Narsalarni
muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.Chizmachilik
qog’ozi eng pishiq va eng qalin qog’oz. Lattadan tayyorlanadi. Unda karnaval
maskalari va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.
Rasm qog’ozi ikki nomerli bo’lib, to’liq sellyulozadan tayyorlanadi, oliy naviga
25 % latta qo’shiladi. Qo’l mehnati darslarida, shuningdek chizmalar chizishda
foydalaniladi.
Yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan, qo’l
mehnati darslariga juda qulay. Gul qog’ozining rangi va guli turlicha bo’lib,
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi. Oq karton –
uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez sinadi. Sariq karton oq kartondan ko’ra
pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan shishmaydi.
Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan tanishtiriladilar. 1-sinf
“Texnologiya” darsligida “ Qog’oz va uning turlari” mavzusi bilan tanishadilar.
Qog`oz
va
karton
bilan
ishlash
texnologiyasi
II
sinf
texnologiya
darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Birinchi navbatda, o`quvchilar qog`ozdan tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi
tayyorlashlari uchun ularni qog`oz turi va navlarini yaxshi bilishga, bu materialning
ko`p ishlatiladigan turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish
muhim.
O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli xususiyatlarini
bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga ko`p miqdorda qog`oz
turlarining borligi, mamlakatda turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi qog`oz
ishlab chiqarilishini misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib, tushucha
berib borishi lozim..
O’qituvchi
o`quvchilarni
o`zlari
ko`p
ko`radigan
va
ishlatadigan
qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga o`rgatishi maqsadga
muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari, bosmalash, rasm chizish, o`rash uchun
qog`oz, rangli qog`ozlar haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros qog`ozi, stol
usti qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin.
O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan, qog`ozlarni
hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi texnologiya fani
darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib, qog`ozni asramay saqlanishi undan
tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli
ko`rsatish muhimdir. Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va
g`ijimlangan qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur.
Tajriba
ko`rsatishicha,
o`qituvchi
tomonidan
bolalar
turmushda
va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng muhim
xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil etiluvchi ko`rsatishlar
va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda keltiradi.
Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy maqsadlar –
yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni o`rash uchun qog`ozdan to`g`ri
foydalanishga yordam beradi. Qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni
o`quvchilar texnologiya fani darslarida va atrofdagilarning qog`ozdan foydalanishini
har kuni kuzatish orqali egallaydilar.O`z qog`oz namunalari va o`qituvchi
tayyorlagan
va
ko`rsatayotgan
namunalarni
ko`rib
chiqib,
o`quvchilar
o`qituvchi yordamida turli maqsadlarda qo`llanuvchi qog`ozlarning katta
miqdordagi turlari mavjudligini qayd etishadi. Vazifasiga ko`ra har bir tur va nav
qog`ozi muayyan xususiyatlar, sifatlarga ega. Bu xususiyatlar qog`ozga uni qog`oz
fabrikalarida tayyorlashda yoki keyingi qo`shimcha pardozlashda maxsus
beriladi.O`quvchilar oddiy ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari to`plagan
hayot tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan qog`ozning
quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi:
- qog`oz – varaqli material. Qog`oz katta varaqli (chizish va stol usti qog`ozi),
o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog`oz, texnologiya darslari uchun rangli
qog`ozlar
va
pochta
qog`ozi
to`plamlari,
qog`oz
salfetkalar),
rulonlarda(gulqog`ozlar,
gofri
qog`oz)
va
hokazo
holatda
sotiladi;
- qog`oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va chizmalar uchun qog`oz,
papiros va nusxalash qog`ozi);
- qog`oz oq va rangli (yozuv qog`ozi va rangli yaltiroq qog`oz). U to`liq
ranglangan, bo`yoq eritmasi qog`oz tayyorlash massasiga qo`shilgan bo`ladi yoki
uni tayyorlangandan keyin bir tomonidan bo`yashadi (applikatsiyalar uchun rangli
qog`ozlar, gulqog`ozlar, o`rash uchun qog`ozlar);
- qog`oz yuzasi silliq va nosilliq bo`lishi mumkin. Masalan, yozuv qog`ozi unda
yozish mumkin bo`lishi uchun albatta silliq bo`lishi kerak, namni shimib oluvchi va
o`rash uchun qog`ozlar nosilliq yuzali bo`ladi. Ba‘zi qog`ozlarning bir tomoni silliq,
ikkinchi tomoni nosilliqroq bo`ladi. Misol sifatida afisha yoki chiptalar uchun
qog`ozni keltirish mumkin – teatr afishalari, tramvay va avtobus biletlari matni faqat
silliq tomonda bosmalanadi;
- qog`ozning ba‘zi turlari yarim tiniq bo`lib, undan hamma narsa ko`rinib turadi,
boshqalari esa aksincha. Qog`oz kalka tayyorlashda uni iloji boricha tiniqroq
bo`lishiga harakat qilinadi, aks holda chizmalardan nusxa ko`chirish qiyin bo`ladi
yoki umuman ko`chirib bo`lmaydi. Papiros qog`ozi va pergamin tiniq bo`ladi.
Bosmalash va yozuv qog`ozlari, ularning ikki tomonida yozuv bajarish uchun tiniq
bo`lmasligi kerak;
- qog`oz zich va g`ovak bo`ladi. Masalan, chizma va namni shimib oluvchi
qog`ozlarni taqqoslash bunga misol bo’la oladi;
- qog`oz rasm bilan bezatilgan, yaltiroq yoki yaltiramaydigan yuzali bo`lishi
mumkin. Bunday qog`ozlarga muqova qog`ozlar, gulqog`ozlar, qog`oz-lederinlar
kiradi.
Oxirida o`qituvchi maxsus mo`ljallangan qog`ozlarni ko`rsatadi, ularga
tayyorlashda muayyan xususiyatlar beriladi. Bunday qog`ozlarga hujjatlar uchun
qog`oz (ularda pul, lotereya chiptalari, pasport va boshqa hujjatlar bosiladi);
fotoqog`oz (fotoemulsiyaning maxsus qatlami bilan qoplangan); parafinlangan
qog`oz ho`llanmaydi, muzqaymoq o`rash va sut mahsulotlari uchun o`ramlar
tayyorlashda qo`llanadi; pergamin – yog`ni o`tkazmaydigan qog`oz (yog`,
margarin, vetchina o`rash uchun qo`llanadi); metallashtirilgan qog`oz (metall folga
bilan yelimlangan qog`oz, choy qadoqlash uchun qo`llanadi), silliqlovchi qog`oz
(silliqlovchi kukun yupqa qatlami yelimlangan).Har qanday material yoki predmet
majmuasini tuzish, ularni maqsadli tanlash, ishlov berish, tizimlashtirish va
joylashtirishni talab etadi. Majmuada namunalar muayyan mantiqiy tartibda
joylashtiriladi, u qabul qilingan tasniflash to`g`risida yaqqol tasavvur beradi.
Qog`oz majmuasini har bir qog`oz turi va navining vazifasini ko`rsatishga qarab
tanlash va tasniflash kerak. Buning maqsadga muvofiqligi shundaki, eng ko`p
tarqalgan qog`oz turlarining nomlari odatda ularning vazifasini aks etiradi: yozuv –
yozish uchun, bosmalash – bosmalash uchun, chizish – chizish uchun, stol usti – stol
ustini qoplash uchun, gulqog`oz – devorlarga yopishtirish uchun va hokazo.1-rasm.
O`quvchilar tomonidan qog`oz namunalari majmuasining joylashtirilishi:1 – alohida
varaqda; 2 – o`quvchi daftarida. To`plam tuzishda o`quvchilar qog`ozning ko`p
namunalarini ko`rib chiqadilar va ushlab ko`radilar hamda o`ziga xoslarini tanlab
oladilar. Bunda ular qog`ozning sifat xususiyatlari va muhim jihatlari to`g`risidagi
dastlabki tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bolalar qog`oz tayyorlashda unga vazifasiga
qarab u yoki bu xususiyat berilishini o`zlashtirib oladilar.1-rasmda o`quvchi ish
daftarining qog`oz majmuali sahifalari ko`rsatilgan.
O`quvchilar qog`oz namunalarini tanlash va majmuasini tayyorlash bo`yicha
o`z ishlarining ma‘nosini tushunib olishlari muhim bo`lib, u nafaqat muhim qog`oz
turlari va ularning nomlarini amaliy bilib olishdan iborat, balki qog`ozni uning tashqi
ko`rinishi va xarakterli xususiyatlari: qalinligi, rangi, yaltirashi, yuzasining pardozi
va hokazo bo`yicha farqlashga yordam beruvchi qo`lbola lug`at tayyorlashdan ham
iboratdir.
2-rasmda ko`p ishlatiladigan qog`oz turlari majmuasi ko`rsatilgan devoriy jadval
keltirilgan. Albatta, bu jadvalda ko`rsatilgan qog`oz mahsulotlarining barchasini
o`qituvchi darsga olib kelib ko`rsatishi mumkin. Biroq ushbu jadvalning didaktik
qimmati shundaki, u ikkinchi sinf o`quvchisi xotirasida qog`ozlar tasnifi va ularning
inson tomonidan bevosita vazifasiga ko`ra foydalanilishi muhimligini saqlab
qolishga imkon beradi.Qog`oz devoriy majmuasi
2-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material haqida ham
bilimlar beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga rangli qog`oz (glyantslangan bo`lsa
yaxshiroq) olishni (taxminan 100x200 mm o`lchamda), uni ikkiga teng bukish va
egilish chizig`i bo`ylab qirqishni o’rgatadi. O`quvchilar qog`ozning qirqilgan
yarmini g`ijimlashadi. Keyin esa unga dastlabki ko`rinishni qaytarishga harakat
qilib, uni tekislashadi. Buning iloji bo`lmaydi. O`tkazilgan tajriba asosida
o`quvchilar xulosa chiqarishadi: g`ijimlangan qog`ozga oldingi ko`rinishni qaytarib
bo`lmaydi.
O`qituvchi taklifi bo`yicha bolalar rangli qog`oz tayyorlanmalaridan - g`ijimlangan
va tekis – shakli bo`yicha bir xil va tuzilishi oddiy ikkita buyum yasashga harakat
qilishadi (masalan, oddiy buklash bilan hosil bo`luvchi buyumni tayyorlashni tavsiya
etish
mumkin).
Bu
narsalarni
taqqoslash
o`quvchilarni
quyidagi
xulosaga olib kelishga imkon beradi: g`ijimlangan qog`ozdan to`laqonli, mustahkam
va chiroyli narsa tayyorlab bo`lmaydi. Yuqorida aytilganlar asosida o`quvchilar yana
bir xulosani qayd etishlari kerak: qog`ozdan mustahkam va chiroyli narsalarni
tayyorlash imkoniga ega bo`lish uchun materialni avaylab asrash kerak. Qog`ozni
jildda saqlash kerak, katta varaqlarni rulonga o`ramasdan – ular g`ijimlanadi – jild
o`lchamiga mos qirqish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, rulonga o`ralgan
qog`ozni belgilash, kesish, yelimlash qiyin, ayniqsa qog`oz qalin bo`lsa.
2-sinf o’quvchilari, shuningdek, qog`oz – tolali material haqida ham
ma’lumotlar oladi. Qog`oz va karton o`simlik materiallari – yog`och, poxol,
qamishdan tabiiy mineral to`ldiruvchilar (oq loy, talk) va yelimlovchi moddalar
qo`shish bilan tayyorlanadi. O`simlikdan olinuvchi materiallar tolali tuzilishga ega.
Ular katta yoki kichik, uzunlik, qalinlik, egiluvchanlik va turli mustahkamlikka ega
bo`lgan o’simlik tolalaridan tayyorlanadi. O`qituvchi o`quvchilarga gazlamalar
oddiy paxta, zig`ir yoki kanop, yog`och yoki shox va shu kabilardan iborat ekanligini
amalda ko`rsatadi.
O`quvchilarga yuqoridagi materiallarni nafaqat ko`rish, balki ularni ushlab
ko`rish, tolalarni ajratishga harakat qilish, ularning uzunligini aniqlash, uzib
ko`rishga berish foydali. Bunday tajriba ishi katta foyda keltiradi, bolalarning
materiallar tuzilishi, xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurini kengaytiradi va
o`quvchilarni
ularning
muhim xususiyatlarini o`rganish, bu bilimlarni turli buyumlarni yasash bo`yicha
amaliy ishda qo`llashga tayyorlaydi. Navbatchilar o`quvchilarga ikki-uch turdagi
qog`oz namunalarining tayyorlangan to`plamlarini, masalan, gazeta, namni shimib
oluvchi va o`rash uchun qog`oz tarqatadilar. O`qituvchi bolalarga bu namunalarning
har biridan bir cheti bo`ylab tor yo`llarni yirtib olib, qog`oz chetini yirtilish chizig`i
bo`ylab qarab chiqishni taklif etadi. O`quvchilar birgalikda chetlar tukli bo`lganini
qayd etishadi. Keyingi suhbat davomida qog`oz varaqlarining yirtilishida tolalar
o`rtasidagi bog`lanish buzilishi, ularning ko`pchiligining uzilishi, sinishi, bunda
uzilish chizig`i bo`ylab po`pakchalar hosil bo`lishi aniqlanadi.
O`simlikdan olinuvchi tolali materiallar:
1 – ip-gazlama paxta; 2 – zig`ir tola va zig`ir tolali ip;3 – ip-gazlama ip; 4 – ip-
gazlamalar; 5 – zig`ir toladan dasturxon 4-rasm. Qog`oz va karton tolali materiallar:
1 – tolalar uzilish chizig`i bo`yicha yaxshi ko`rinadi; 2 – qog`oz va kartonni lupa
orqali
qaraganda
tolalar
qo`shilib
ketganligini
ko`rish
mumkin.
Bunday tajribani karton bilan takrorlab, o`qituvchi bu holda materialning tolali
tuzilishi ko’rsatishini ta‘kidlaydi: kartonda tolalar yirikroq, ya‘ni uzunroq, qalinroq,
qo`polroq.Yuqorida qayd etilgan ko`rsatish va oddiy tajribalar natijasida
ikkinchi sinf o`quvchilari keladigan birinchi xulosa shunday: qog`oz va karton
toladan iborat, bu material tolali tuzilishga ega. Ikkinchi xulosani ham o`quvchilar
qiynalmay ifodalab beradilar: ba‘zi tur va navli qog`oz tolalari mayin va bir turli
(yozuv qog`ozi, rasm qog`ozi) boshqalarida esa ular turli kattalikda va qo`pol, ba‘zan
esa to`qroq rangdagi tolalar qo`shilgan bo`ladi (bu, ayniqsa, karton va
arzon turdagi qog`oz, masalan, o`rash uchun qog`oz, afisha qog`ozida
yaqqol ko`rinadi).
Qog`oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik iplari, muline, zig`ir
tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini ko`rib chiqish asosida o`qituvchi
o`quvchilarga uchinchi xulosani chiqarishga yordam beradi: bu materiallarning
hammasi tolalardan iborat, faqat ulardagi tolalarning sifati turlicha va o`zaro har xil
tarzda bog`langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib yengil yelimlangan,
qog`ozda
–
chirmashgan
va
yelimlangan
va
hokazo).
O`quvchilarning kuzatishi va xulosalarni umumlashtirib, o`qituvchi ularni yana bir
xulosaga olib keladi: ular ko`rib chiqqan barcha materiallar o`simlikdan olinadi. Ular
o`simlik xom-ashyosidan tayyorlanib, paxta, zig`ir, kanop, yog`och, somon, qamish
tolalaridan tuzilgan. Keyinchalik gazlama bilan ishlashga bag`ishlangan darslarda
o`qituvchi I sinf o`quvchilariga o`simlik tolalaridan tayyorlangan ipgazlama va zig`ir
matolar to`g`risida hikoya qilib berganda bu xulosadan foydalanadi.
III va IV sinflarda o`quv buyumlari konstruktsiyasi, ularni tayyorlash usullari
murakkablashtiriladi va shunga muvofiq texnologiya darslari da qo`llaniladigan
qog`oz va karton turlari assortimenti ham kengayadi. Har safar o`quvchilar o`z
buyumlari uchun yangi turdagi qog`oz yoki karton tanlashida o`qituvchi
materialning o`ziga xos xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va bu xususiyatlar
aniq bir buyum yoki uning detalini tayyorlash uchun qanchalik mos kelishini
ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki
planerning qog`oz modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz
olish zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil
o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu modelni
tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi yaxshiroq mos kelishini ko`rsatib beradi.
Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar maketi, geometrik jismlar modellarini
tayyorlash uchun ham mos. Bolalar tomonidan ishlov beriluvchi materiallar
assortimentining yangi yoki o`ziga xos xususiyatlarga ega turlari bilan asta-sekin
to`ldirilib borilishi kichik maktab o`quvchilariga bu xususiyatlarni yaxshiroq
o`rganish va olingan bilimlarini amaliy faoliyatlarida ongli qo`llashga
ko`maklashadi.
Bu bilimlar tizimlashtirilsa, o`quvchilarning material xususiyatlari va ularga
ishlov
berish
usullari
to`g`risidagi
bilim
sifati
yaxshilanadi.
Bunday
tizimlashtirishning ajoyib vositasi – bu o`quvchilar tomonidan material
majmuasining tanlanishi va tayyorlanishidir. Shuning uchun o`quvchilarni qog`oz
va kartonning yangi turlari bilan o`quvchilarni amaliy tanishtirib borib, o`qituvchi
ular oldiga majmualarini yangi namunalar bilan to`ldirib borish vazifasini qo`yadi.
Masalan, III va IV sinf o`quvchilarining o`quv majmualarida o`rash qog`ozi, gul
qog`oz va gofrilangan qog`oz, kalka, metallashtirilgan va parafinlashtirilgan qog`oz,
fotoqog`oz
va
hokazo
namunasi paydo bo`ladi.
III va IV sinf o`quvchilari o`z majmualariga yangi qog`oz turlarini oddiy
qo`shish va namunalar ostiga u yoki bu turdagi qog`oz nomlarini yozib qo`yish bilan
cheklanib qolmaydilar. Ular o`zlarining qog`oz va karton majmualari uchun
namunalar tanlab, bu namunalarni eng muhim belgilari: vazifasi, pardoz turi, sifati
bo`yicha guruhlaydilar.
Namuna ostiga qisqa yozuv yoziladi, shu yozuv asosida material nomi, uning
vazifasi, qo`llanish sohasi bo`yicha ma‘lumotga ega bo`lish mumkin. Masalan,
«Bosmalash qog`ozlari» degan umumiy sarlavha ostiga kitob-jurnallar uchun, gazeta
uchun, muqovalash uchun, afisha uchun, hujjatlar uchun degan yozuvlar ostiga
namunalar joylashtirilishi mumkin.
Albatta, III va IV sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslari va sinfdan
tashqari mashg`ulotlarda qog`oz va kartonning aynan qaysi turlari amaliy
qo`llanishini oldindan bilish qiyin. Bu amaliy ishlar mavzusi va materiallar borligiga
bog`liq. Lekin barcha hollarda majmualar tuzish va tayyorlash bo`yicha ishlarning
muhim ahamiyatini tan olish zarur.
III sinfda qog`oz va kartonni o`rganish davom etadi, asta-sekin bu materiallarning
kuzatiluvchi sifat xususiyatlarini aniqlash malakasi takomillashtiriladi, o`quvchilar
aniqlay oladigan xususiyatlar to`ldirilib boriladi. O`quvchilar qog`oz va kartonning
mustahkamligi,
qalinligi,
egiluvchanligi
va
sinuvchanligini
aniqlash
va
taqqoslashning elementar usullari bilan tanishib boradilar. Buning uchun
kerakli kuzatishlar va eng sodda tajribalarni o`tkazib borib, III sinf o`quvchilari
qog`oz va yupqa kartondan detallarni bukish, qo`shish, kesish va yelimlash mehnat
operatsiyalarini bajarish jarayonida olingan bilimlardan foydalanadilar.
IV sinf o`quvchilari qog`oz va kartonning fizikaviy va texnologik
xususiyatlarini o`rganishda ularni texnologiya darslarida foydalanadigan boshqa
materiallar – gazlama, tabiiy material,plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan
taqqoslaydilar (3-rasm). O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning sifat
xususiyatlari
to`g`risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari sifatining
yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari muhim.
O`quvchilar amaliyotidan aniq misollar asosida o`qituvchi materiallar
xususiyati to`g`risidagi bilimini to`ldirib borish qanchalik muhimligini tushuntiradi.
U bolalarga barcha ishlab chiqarish xodimlari o`rganadigan materiallar to`g`risidagi
maxsus fanlar –materialshunoslik, materiallar qarshiligi, ularga ishlov berish
texnologiyasi – mavjudligini ma‘lum qiladi.
Qog`oz – varaqli material. Texnologiya darslarida amaliy ish, suhbat va
maxsus kuzatishlar jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni qog`oz varaqli material
degan xulosaga olib keladi: uning qalinligi boshqa ikki o`lchamga (uzunligi va
kengligi) qaraganda ahamiyatsiz. Qog`oz sotuvga u yoki bu kattalikdagi varaqlar
yoki muayyan kenglik va foydalanish uchun qulay uzunlikdagi yo`llar ko`rinishida
chiqariladi. Boshqa ko`pchilik yupqa materiallar (gazlama, plyonka, tunuka va
hokazo) kabi qog`oz qaychi bilan kesiladi. Darsda birgalikda kuzatish, tajriba
almashish va turli tur va navdagi qog`oz namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar
u yoki bu turdagi qog`oz vazifasiga qarab varaqlar va yo`llar shakli va o`lchami
o`zgarishini bilib oladilar. Yozuv uchun qog`oz «kanselyariya» formati
ko`rinishidagi o`ramlar shaklida kesilib sotuvga chiqariladi: katta bo`lmagan
varaqlarda yozish qulay, ularni saqlash ham qulay. Pochta qog`ozi varaqlari formati
yana ham kichik. Rasm va chizmalar uchun qog`oz, aksincha, katta varaqlarda,
ba‘zan esa rulonlarga o`ralgan keng yo`llar ko`rinishida chiqariladi: inshootlar va
mashinalar loyihalari chizmalari va rasmlar uchun turli formatdagi qog`oz kerak va
u joyida kesiladi.
Chizma uchun kalka, millimetr qog`ozi, gul qog`ozlar rulonlarda o`ralgan holda
chiqariladi, bosish va o`rash uchun qog`oz esa kata og`ir rulonlarda chiqariladi:
ularni bu holda tashish, saqlash va keragicha foydalanish oson.
Kuzatishlar orqali o`quvchilar qog`oz namunalarini boshqa varaqli materiallar
– gazlama, charm, plastmassa plyonka, fanera, tunuka, folga namunalari bilan
taqqoslaydilar. Bu ishning politexnik ahamiyati beqiyos: taqqoslash ishi kichik
maktab o`quvchilarining turli materiallar, ularning xususiyatlari, tasnifi to`g`risidagi
tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.
III sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga oshiriladi. O’quvchilar
qog`ozning taxminiy qalinligini ushlab ko`rib aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z
buyumlari uchun u yoki bu qog`ozni ishlatar ekanlar uni tanlashga o`rganadilar.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari qog`oz, karton va boshqa varaqli materiallarning
qalinligini to`g`ri aniqlay olmaydilar. Ular bunday o`lchovlar uchun mo`ljallangan
asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari – mikronlardan foydalana olmaydilar,
o`nlik kasrlarda o`lchovlarni bajara olmaydilar.
Biroq III sinf o`quvchilari matematika darslarida sonlarning ayirmasi va karrali
taqqoslanishini o`rganadilar va bir son ikkinchisiga nisbatan qanchaga katta yoki
kichikligini aniqlay oladilar. Shuning uchun texnologiya darslari da o`quvchilar
oldiga, masalan, shunday savol qo`yish mumkin: “Papiros qog`ozi yozuv qog`oziga
nisbatan necha marta yupqaroq yoki yozuv qog`ozi rasm qog`oziga nisbatan necha
marta yupqaroq?”. O`quvchilar tomonidan bunday masalaning laboratoriya ishi
shaklida yechilishi bolalarni turli varaqli materiallarni taqqoslay olishga o`rgatib,
amaliy ahamiyat kasb etadi. Masalani hal etish uchun kerakli turdagi bir xil
qalinlikdagi qog`oz o`ramlarini olish, har bir o`ramdagi varaqlar sonini hisoblash
va bu sonlar nisbatini aniqlash, ya‘ni katta sonni kichikka bo`lish kifoya. Bu maqsad
uchun 1 sm qalinlikdagi o`ramlarni olish qulay. Shunda, o`quvchilar bir santimetr
qalinlikdagi o`ramlarda, masalan, 60 varaq yozuv qog`ozi va 120 varaq gazeta
qog`ozi borligini aniqlab, gazeta qog`ozi yozuv qog`oziga qaraganda ikki marta
yupqaligini ayta oladi. Shunday qalinlikdagi o`ramlarda ular 85 va 90 varaq qog`ozni
sanashsa,
bu
o`ramlardagi
qog`ozlar
qalinligi
deyarli
bir
xil
deb
aytishlari mumkin.
III sinfda o`qituvchi tolali tuzilishga ega materiallar sifatida qog`oz va karton
ta’rifiga bir necha marta qaytadi. Busiz o`quvchilar tomonidan bu materiallarning
muhim texnologik xususiyatlarini o`zlashtirilishi qiyinlashib, ishlov berishda –
detallarni belgilash va yelimlashda – ularni hisobga olmay bo`lmaydi. Hayvonlardan
olinadigan tolali materiallar – tabiiy jun va ipak to`g`risida texnologiya darslari da
dastlabki ma‘lumotlarni berishda o`quvchilarga o`simlikdan olinuvchi tolali
materiallar to`g`risida eslatish foydali. Bunda o`qituvchi hayvonlardan olinadigan
tolali materiallar: tabiiy jun parchasi, jun iplar o`rami, jun qo`lqop, namat
parchasi, tabiiy ipak o`rami va ipak mato parchasini ko`rsatishi mumkin.
IV sinfda o`qituvchi o`quvchilarga qog`oz va kartonning tolali tuzilishi to`g`risida
ma’lumot berib, karton detallarini qog`oz bilan yelimlab chiqishda qirilishi
sabablarini aniqlash maqsadida dasturda ko`zda tutilgan tajribalarni o`tkazish bilan
bog`liq tagribada eslatib o`tadi. Qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlari
to`g`risida qog`oz va karton ishlab chiqarish haqida suhbat o`tkazish chog`ida
ham fikr yuritiladi.
O`qituvchi IV sinf o`quvchilariga qog`oz va karton tayyorlash uchun asosiy
material yog`och ekanligi haqida gapirib beradi (uning turlaridan biri yog`och karton
deb ataladi). Odatda archa yog`ochidan foydalaniladi, unda smolali moddalar
nisbatan kam bo`lib, shu tufayli u tez qaynaydi va bo`tqasimon massaga aylanadi.
Bu massa qog`oz vakarton ishlab chiqarish uchun boshlang`ich material bo`lib
xizmat
qiladi. Qarag`ayning smolali yog`ochi buning uchun kamyaroqli va kamroq
ishlatiladi. Qog`oz va karton ishlab chiqarishda keying yillarda bargli daraxtlarning
kam qimmatli yog`ochlaridan foydalana boshlashdi, masalan, osina, qayin, terak
daraxtlari, shuningdek, bug`doy poxoli va qamishning o`tli qismi. Bu qog`ozni ancha
arzonlashtiradi
va
xvoyali
daraxtlarning
qimmatli
yog`ochini
tejashga,
undan mebel, viskoz, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni
oshirish uchun samarali foydalanishga imkon beradi.
Qog`oz va karton ishlab chiqarishda yog`ochni tejash uchun makulatura -
qog`oz va kartonning sanoat va turmushdagi chiqindilaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Xuddi shu maqsadda to`qimachilik sanoati chiqindilari hamda uy
xo`jaligi
chiqindilarini tashkil etuvchi turli lattalar ham qo`llanadi. Makulatura yig`ish va
topshirish orqali maktab o`quvchilari qog`oz ishlab chiqarishni kengaytirish – bunda
minglab gektar o`rmonni saqlab qolish, juda ko`p suv, yelim, oq loy va boshqa
materiallarni, yoqilg`i va elektr energiyasini tejashga yordam beradi. O`rmon
ishchilari, transport xodimlari, qog`oz, kimyo, mashina, qurilish va boshqa sanoat
tarmoqlari xodimlari mehnatining tejalishi ham, albatta, kata xalq xo`jaligi
ahamiyatiga ega.
Qog`oz, karton varag`ida tolalarning joylashuvi. Turli buyumlar tayyorlash
uchun material sifatida qog`oz va karton bilan tanishishning birinchi qadamlaridanoq
o`quvchilar maxsus kuzatish va tajribalar o`tkazib, bu materiallardan texnologiya
darslarida foydalanib, qog`oz va karton bir-biri bilan tartibsiz chirmashgan,
presslangan va yelimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat ekanligini bilib
oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat mavjud bo`lib, uni turli
buyumlar yasash uchun qog`oz va kartondan foydalanuvchi hamda bunda ishning
yuqori sifatiga erishmoqchi bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak. Gap
shundaki, qog`oz tayyorlash mashinalarida qog`oz quyishda ko`pchilik tolalarning
quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish ko`pincha bo`ylama deb
ataladi). Natijada qog`oz turli yo`nalishlarda
– bo`ylama va ko`ndalang – turlicha xususiyatlarga ega bo`ladi. Yirtishda
mustahkamlik, qattiqlik, namlanishida cho`zilish (o`lchamlarning kattalashuvi)
farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi, buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun
bularning hammasini bilish va hisobga olish kerak.
Quyida keltirilgan kuzatishlar qatori va bajarilish texnikasi bo`yicha oddiy
tajribalar o`qituvchi tomonidan kichik maktab o`quvchilarini tushunarli, ko`rgazmali
va qiziqarli tarzda asta-sekin, darsdan darsga bu materiallardan amaliy foydalanish
jarayonida qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlarini qanday hisobga olish
kerakligi
bilan
tanishtirib
borish
maqsadini
ko`zlaydi.
Ushbu
kuzatishlar va tajribalarni o`tkazish jarayonida o`quvchilar egallaydigan bilim va
malakalar boshqa barcha materiallar bilan ishni to`g`ri bajarish uchun katta ahamiyat
kasb etishi haqida gapirish ortiqchadir.
O`qituvchi ko`rsatib berish va o`quvchilar tomonidan kuzatish va
tajribalarning mustaqil bajarilishini tashkil etib, ko`rgazmali va amaliy ishlarning
turli variantlarida bolalarga qog`oz varag`ida tolalar asosiy massasi yo`nalishi
(mashinada qog`oz quyish bo`ylama yo`nalishi) qog`oz varaqlari bo`ylama
tomonlari yo`nalishi bilan hamma vaqt ham mos kelmasligini ko`rsatib beradi.
Shuning uchun ham o`quvchilar mustaqil tajriba yo`li bilan qog`oz varag`ida tolalar
qanday joylashganini bila olishlari kerak.
Yirtilish chiziqlari shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash. Oddiy tajriba o`quvchilarga qog`oz varag`ining yirtilish
chizig`i uning bo`ylama yoki ko`ndalang yo`nalishda o`tishiga qarab turlicha
bo`lishini ko`rsatadi. Demak, qog`ozning yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz
varag`i bo`ylama yo`nalishini aniqlash mumkin.
Yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlash: 1 – bo`ylama (to`g`ri chiziqli uzilish chizig`i); 2 ko`ndalang
(uzilish chizig`i egri yo`lli); 3– ikki qog`oz varag`ini bir vaqtda yirtish.Katta qog`oz
varag`idan, yaxshisi yozuv yoki bosmalash qog`ozidan o`quvchilar o`lcham va
shakli bo`yicha ikkita bir xil varaqcha kesib oladilar, undan oldin ularning asosiy
varaqdagi holatini belgilaydilar. Bir varaqchani ustki burchaklaridan ushlab bir
yo`nalishda, ikkinchisini perpendikulyar yo`nalishda yirtadilar.Har bir varaqchada
yirtilish chizig`i boshida dastlab kichik (2-3 mm) yirtiq hosil qilish maqsadga
muvofiq.
Yirtilgan qog`ozni ko`rib chiqib, o`quvchilar ularda yirtilish chiziqlari turli shaklda
bo`lganini qayd etishadi, lekin bir varaqda yirtilish chizig`i to`g`ri yo`lli, boshqasida
esa egri yo`lli ekanligini aytishadi. O`qituvchi bu holat sabablarini tushuntirib
beradi: qog`oz tayyorlash mashinasida qog`ozni quyishda qog`oz massasi
tolalarining bo`ylama yo`nalishda tortilishi yuz beradi. Qog`ozni bo`ylama
yo`nalishda yirtishda yirtilish chizig`i tolalar asosiy massasiga, ularni buzib emas,
ajratib, parallel boradi. Bunda yirtilish chizig`i to`g`riga yaqin bo`ladi. Qog`oz
varag`ini ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq kuch sarflanadi, chunki bunda
ancha ko`p tolalar uziladi. Bu tolalar uzilish chizig`i yo`lini to`sadi va u qog`oz
varag`i yirtilayotgan to`g`ri chiziqli yo`nalishdan suriladi, og`adi. Yirtilish yo`li egri
chiziqli bo`ladi
Qog`oz varag`ida tolalar asosiy yo`nalishlarini aniqlash tajribasini quyidagicha
o`tkazish mumkin: O`qituvchi ikkita bir xil g`ijimlanmagan qog`oz varag`ini oladi.
Ularni biri bo`ylama tomoni gorizontal, ikkinchisining bo`ylama tomoni vertikal
qilib ustma-ust qo`yadi, varaqlarning ustki chetlarini tekislab, o`rtasida sal yirtilish
chizig`i boshini belgilaydi.
Keyin o`qituvchi ikkala varaqni shu nuqtadan teng masofada ustki chetlaridan
olib, qog`ozni turli tomonga tortadi. Ikkala qog`oz varag`i bir vaqtda yirtiladi, bunda
yirtilish chiziqlari turlicha bo`ladi: bir varaqning yirtilish yo`li – to`g`ri chiziqli,
ikkinchisining
yo`li
–
murakkab,
chetga
ketuvchi
shaklda
bo`ladi.
O`quvchilar bu tajribani mustaqil takrorlab, ikki qog`oz varag`i yirtilish yo`lining
farqi sabablarini birga aniqlaydilar. Bo`ylama yo`nalishda qog`ozni yirtishda
yirtilish yo`li asosan tolalar orasidan boradi, qog`ozni ko`ndalang yo`nalishda
yirtishda ko`proq tolalarni tortish va uzishga to`g`ri keladi, bunda odatda
yirtilish chizig`i chetga og`adi.
O`quvchilar oldin qilgan xulosalarini takrorlaydilar: qog`ozning yirtilish
chizig`iga qarab uning varag`ida tolalar qanday joylashgani to`g`risida fikr yuritish
mumkin, ya‘ni ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar holatini aniqlash mumkin.
Qog`oz yo`llarining egilishiga qarab bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni
aniqlash. O`qituvchi o`quvchilarning ko`zi oldida o`lchamlari bir xil (taxminan
10x150 mm) qog`oz yo`llarini tayyorlaydi, lekin ularni o`zaro perpendikulyar
qog`oz varag`i chetlari bo`ylab kesib oladi, ko`rsatilganidek ustma-ust qo`yib,
pastki chetlaridan ushlaydi.
Qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan qirqib olingan yo`llar
egilishi
bo`yicha
bo`ylama
va
ko`ndalang
yo`nalishlarni
aniqlash:
1 – tolalar asosiy massasi bo`ylama yo`nalishli;
2–ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan yo`l.
O`qituvchi qog`oz yo`llarni avval o`ngga, keyin chapga egib, ularni muvofiq
tomonlarga egilishga majbur qiladi. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini qog`oz
yo`llaridan birining ko`proq ikkinchisining esa kamroq egilishiga qaratadi.
O`quvchilar o`qituvchi bilan birgalikda buning sababini aniqlashadi. Bu qog`oz
yo`llar varaqdan turli yo`nalishlar: biri qog`oz bo`yiga, ikkinchisi ko`ndalang kesib
olingani bilan bog`liq. Demak, qog`oz yo`llaridan biri bo`ylama yo`nalishda,
ikkinchisi esa – ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan. Xuddi shu qog`oz varag`i
bilan ularga ma‘lum bo`lgan ikki yo`nalishda qog`ozni yirtish tajribasini o`tkazib
o`quvchilar bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlaydilar. Bu ularga bo`ylama
yo`nalishda kesib olingan qog`oz yo`l kamroq ko`ndalang yo`nalishda kesib olingani
esa ko`proq egilishini aniqlash imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilganlar asosida o`quvchilar xulosa chiqaradilar: to`g`ri
burchak ostida qog`oz varag`idan kesib olingan ikki qog`oz yo`lining egilishida
qarab qog`oz varag`idagi bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
Yirtish orqali qog`oz mustahkamligini aniqlash. (III sinf)Uchinchi sinf
o`quvchilarining qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirishda
qog`ozning yirtilishda chidamliligi bo`ylama yo`nalishda ko`ndalangga nisbatan
yuqoriroq ekanligini ko`rsatuvchi foydali va qiziqarli ko`rsatish, tajriba va eng oddiy
tajriba ishlari o`tkaziladi. Qog`ozning bu xususiyatini bilish o`quvchilarga ba‘zi
amaliy masalalarni to`g`ri hal etish, hamda yuqoriroq sifatli buyumlar yasashga
yordam beradi.
Bir qog`oz varag`idan, masalan, yozuv yoki rangli, shakli va o`lchami bir xil
bo`lgan yo`llar bir-biriga nisbatan to`g`ri burchak ostida, ya‘ni qog`oz chetiga o`zaro
perpendikulyar qilib kesib olinadi. O`zlariga ma‘lum istalgan yo`l bilan bolalar bu
qog`oz yo`llarning tolalari qaysisida bo`ylama, qaysisida ko`ndalang joylashganini
aniqlaydilar. Bu yo`nalishlarning yo`llari chetiga B va K harflari (bo`ylama va
ko`ndalang) yoki ko`rsatilgandek ko`rsatkichlar bilan belgilab qo`yadilar.
Bo`ylama yo`nalishda qog`ozning uzishga chidamliligi ko`ndalangiga nisbatan
yuqoriroq:
1 - qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan kesib olingan ikki qog`oz
yo`l; 2 – uzunligi bo`yicha yopishtirilgan yo`llar; 3 – cho`zishda eng bo`sh joydan
AB uchastkada uziladi. III sinf o’quvchilari qog`ozni bukish chizig`i bo`yicha
yirtishni ham o’rganadilar. Qog`oz varag`ini to`g`ri chiziq bo`ylab yirtish zarur
bo`lganda, uni dastlab bukadilar va bukish chizig`i bo`yicha barmoq bilan yoki
maxsus silagich (faltsovka) bilan tekislab chiqadilar. O`quvchilar kichik tajriba
o`tkazib, bu nima uchun qilinishini tushunib olishlari foydalidir.
Qog`oz varag`ini qismlarga yirtish:
1 – tajriba uchun bir xil o`lchamli yo`llar tayyorlanmasi;
2–A yo`lni yirtishda yirtish yo`li chetga og`adi;
3–bukish,chizig`I bo`yicha qog`ozni tekislash;
4-qog`ozni,bukish chizig`i bo`ylab,yirtish.
O`quvchilar katta bo`lmagan qog`oz varag`ini bukib, bukish chizig`ini barmoq
bilan, qalam o`chirg`ichi yoki maxsus silagich bilan tekislab chiqadilar (8.3-rasm).
Qog`oz varag`ini qarama-qarshitomonlarga tortadilar, uni yirtib, yirtilish chizig`i
bukish chizig`i bilan mos kelishiga ishonch hosil qiladilar (8.4-rasm). Keyin
o`quvchilar o`sha yo`nalishda qog`ozni dastlab bukmasdan va bukilish chizig`ini
tekislamasdan yirtishga harakat qiladilar. Yirtish chizig`i tekis bo`lmaydi, u chetga
og`adi. Bu o`quvchilarga asoslangan xulosa chiqarishga imkon beradi: qog`ozni
bukish yirtish chizig`ini aniq belgilashga imkon beradi, bu chiziqni dastlabki
tekislanishi esa ishni ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi.
O`qituvchi taklif qiladi: – O`ylab ko`rib javob bering, nima uchun bukish
chizig`ini tekislashdan keyin qog`oz shu chiziq bo`ylab oson va tekis yirtiladi?
(chunki bukish joyini tekislashda biz tolalarni buzamiz va belgilangan yo`l bo`ylab
qog`oz mustahkamligini kamaytiramiz). III sinf o’quvchilari g’`ijimlangan qog`oz
o`z mustahkamligining bir qismini yo`qotaishi haqidagi ma’lumotlarni o’rganadilar:
Qog`oz varag`idan o`quvchilar 200-220 mm uzunlik va 25-30 mm kenglikdagi
qog`oz yo`lni kesib oladilar. Uning taxminan yarmini bolalar g`ijimlab, keyin
tekislaydilar. Uni ikki uchidan ushlab turli tomonga tortadilar, bunda kuchlanish
asta-sekin oshirilib boriladi. Qog`oz yo`l dastlab g`ijimlangan qismida yirtiladi.
G`ijimlangan qog`ozda yirtilishga mustahkamlik g`ijimlanmagan qog`ozga
nisbatan past:
1 – tajriba o`tkazishga tayyorlangan qog`oz yo`l; 2 – bu qog`oz yo`lning yarmi
g`ijimlangan; 3 – qog`ozni tortishda g`ijimlangan joydan yirtiladi
– Bu tajribadan qanday xulosalar chiqarish mumkin? – so`raydi o`qituvchi
(Buyumlar mustahkam bo`lishi va uzoq xizmat qilishini istasak, qog`ozni
g`ijimlamaslikka harakat qilish kerak. Buyum tayyorlash uchun ishlatiluvchi
qog`ozni jildlarda saqlash kerak, kitob varaqlarini bukmaslik kerak, eski kitoblarda
o`z vaqtida g`ijimlangan betlarni yelimlash kerak).
Qog`oz yo`l mustahkamligi to`g`risidagi bilimlarga asoslanib, o`qituvchi
keyinchalik o`quvchilarni boshqa materiallar – iplar, gazlama, karton, plastmassa
plyonka
mustahkamligi
bilan
tanishtiradi.
O`quvchilar
turli
materiallar
mustahkamligini qiyoslash, taqqoslashga o`rgatiladi.
Qog`oz varag`idan ikki o`zaro perpendikulyar chetlardan o`quvchilar shakli va
o`lchami bir xil qog`oz yo`llar kesib oladilar (20x200 mm) (bu tajriba uchun gazeta,
o`rash uchun qog`oz va oddiy gulqog`oz olish tavsiya etiladi). Boshqa istalgan
qog`ozdan bolalar yana bitta shunday qog`oz yo`l qirqib oladilar. U tajriba o`tkazish
paytida nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Dastlab ikkinchi sinf o`quvchilari birinchi
ikki qog`oz yo`llar bilan tajriba o`tkazib ularning qaysi biri bo`ylama, qaysisi esa
ko`ndalang yo`nalishda kesilganini aniqlaydilar. Natijalarni o`quvchilar qog`oz yo`l
uchlarida belgilaydilar - qalam bilan bo`ylama yoki ko`ndalang strelka qo`yadilar
yoki B va K harflarini yozadilar. Keyin qog`oz yo`llarni eski qog`oz varag`iga
yonma-yon qo`yib, bir vaqtda namlaydilar. Buni katta mo`yqalam yoki toza
yumshoq matodan tampon bilan bajaradilar. Keyin qog`oz butun qalinlikda bir
tekis namlanishi uchun 2-3 daqiqa kutib ular qog`oz varag`iga yonmayon yotqiziladi.
Nazorat
qog`oz
yo`ldan
foydalanib,
namlangan
ikkala
qog`oz yo`l uzunroq bo`lganini aniqlaydilar. O`quvchilar birinchi xulosani
ifodalaydilar:
qog`oz
namlanishda
o`lchamlari
kattalashadi,
uzayadi.
Diqqat bilan o`lchash natijasida o`quvchilar namlangan qog`oz yo`llar uzayishi bir
xil emasligini aniqlaydi: biri ko`proq, ikkinchisi kamroq. Qog`oz yo`llardagi
belgilarga e`tibor berib, ikkinchi xulosani chiqarishadi: qog`ozning namlanishida
uning bo`ylama yo`nalishida cho`zilishi ko`ndalangga nisbatan kamroq .
Namlashda qog`oz detallar o`lchamining o`zgarishi:
1 – tajriba uchun tayyorlangan ikki bir xil qog`oz yo`llar;
2– ustkisi namlanib uzunroq bo`lgan o`sha qog`oz yo`llar;
3 –ikkinchisi tajriba uchun tayyorlanmalar – bo`ylama, ko`ndalang va nazorat
uchun kesilgan qog`oz yo`llar;
4–birinchi ikki qog`oz yo`l,namlangandan keyingi qog`oz yo`llar
Tajriba natijalari bo`yicha suhbatda o`quvchilar qog`ozning aniqlangan
xususiyatlarini uni bo`yash va yyelimlashda, ya‘ni qog`ozdan tayyorlangan detallar
namlanuvchi barcha hollarda hisobga olish zarur. Bir necha misollar bilan
o`quvchilarga qog`ozning namlanishida cho`zilish xususiyatini hisobga olmaslik
buyum sifatining pasayishi va hatto buzilishiga olib kelishini ko`rsatib berish
juda muhim.
II-IV sinfda o’quvchilar qog`oz detallarni yelim bilan qoplashda saqlab turish
ahamiyatini o’rganib olishi muhim. Oldingi tajribada o`quvchilarga qog`oz yo`llarni
namlashdan keyin ularni 2-3 daqiqa saqlab turish taklif etiladi. Bu vaqt ichida qog`oz
namni shimish va cho`zilishga ulguradi.
O`qituvchi so`raydi: - Biz kutib o`tirmay detalni kleyster yoki yelim bilan
qoplashdan keyin darhol uni joyiga yotqizib yelimlasak nima bo`ladi? (Detal namni
shimish va o`lchamlari kattalashishda davom etaveradi. Natijada unda burmalar
hosil bo`ladi va ish buziladi).Xulosa: Qog`ozdan tayyorlangan detallarni
yopishtirishda, ularga yelim yoki kleyster surtishdan keyin 2-3 daqiqa kutib turish
kerak. Ayniqsa detallar o`lchami katta bo`lsa, buni qilish muhim. O`qituvchi
maslahat beradi: - Ustalar devorlarga gulqog`oz yopishtirishini kuzating.
Gulqog`ozga kleyster surtib, uning namlanib, cho`zilishini kutib turadilar va
shundan keyin uni devorga rasmini kelishtirib yopishtiradilar. Ba‘zan ustalar ketma-
ket ikki, uch, hatto to`rt yo`l gulqog`ozga kleyster surtib, o`sha ketma-ketlikda ularni
devorga yopishtiradilar. Bu vaqt ichida qog`oz yaxshi namlanib, cho`zilishga
ulguradi. Devorda qurib, gulqog`ozlar taranglashadi va burmalar hosil qilmaydi.
Karton va qog`ozdan tayyorlangan buyumlar yuzasida burmalar hosil bo`lishi
sabablarini o`rganish. Kichik maktab o`quvchilari karton va qog`oz bilan bajaruvchi
ishlarining ko`pchiligi kleyster yoki yelimdan foydalanib bajariluvchi ishlardir.
O`quvchilar bu ishlarni toza bajarishlari uchun ular qog`oz detallar, applikatsiyalar,
mozayika, rasmlar, suratlarni yopishtirishda yo`l qo`yadigan xatolardan saqlab
turish kerak. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlar misolida qog`oz buyumlar
yuzasida burmalar paydo bo`lishi sabablarini ko`rsatish kerak.Qog`oz detallarga
kleyster yoki yelim surtishda ko`pchilik o`quvchilar yetarlicha tez ishlamaydilar.
Buning natijasida detalning bir qismida, ayniqsa u katta o`lchamda bo`lsa, qog`oz
yelimni shimib boshqa qismiga qaraganda ko`proq uzayishga ulguradi. Bunda
qog`ozning turli joyida turlicha cho`zilish ro`y berib, buyum yuzasida burmalar hosil
bo`ladi.Ko`pchilik
o`quvchilar
qog`oz
yuzasiga
yelimni
turli
qalinlikda
surtadilar, ba‘zan yyelimlanmagan joylarni qoldiradilar. Bu holda ham qog`ozning
notekis namlanishi ro`y beradi, buyum yuzasida burmalar paydo bo`ladi, ish esa
pala-partish ko`rinishga ega bo`ladi. Qog`oz detallarni faqat uchlari yoki chetlariga
yelim surtib yopishtirishda qo`pol, xunuk ko`rinishga ega bo`ladi. Bu holda
burmalanishlar hosil bo`lishi kuzatiladi.Qog`ozni yyelimlashda ish sifati uchun
o`quvchilar tomonidan quyidagi qoidaga rioya qilish muhim ahamiyatga ega: yelim
surtilgan detalni joyiga yotqizishdan keyin uning ustiga toza qog`oz varag`ini
quyish, uni ushlab turib o`rtasidan chetlarga qarab bosish kerak. Lekin
yopishtirilayotgan detalni qog`oz bo`lagi yoki barmoqlar bilan bosib yurgizish
mumkin emas: detal yirtilishi va buyum yelim bilan kirlanishi mumkin.
Bu ish nima uchun qilinishini o`quvchilar yaxshi tushunib olishi uchun quyidagi
tajribani ko`rsatish foydali. Yozuv, o`rash yoki gazeta qog`ozdan taxminan 100x200
mm o`lchamli to`g`ri burchakli qog`oz kesib olinadi, uni ikki bukib, teskari tomoniga
yelim surtib qalin qog`oz yoki karton varag`iga yopishtiriladi. Uning ustini toza
varaq bilan yopib, bosib chiqiladi. Ikkinchi bo`lak ham bosib chiqiladi, lekin
ustiga toza varaq qo`yilmaydi. Yelim qurigach, o`quvchilar yelimlangan to`g`ri
burchakni qarab chiqadilar va yelimlash sifatidagi farqlarni aniqlaydilar. Odatda, usti
qog`oz bilan yopilib ishlangan detal usti toza, tekis, burmalarsiz bo`ladi.
Qog`oz namlanishida nima sodir bo`ladi? (II sinf) Qog`oz varag`ida (buning uchun
yozuv, rasm qog`ozini olish mumkin) o`quvchilar 90x90 yoki 100x100 mm
o`lchamli kvadratlarni belgilaydilar. O`zlariga ma‘lum usullarning biri bilan
varaqdagi bo`ylama yo`nalishni aniqlab, kvadratlarida kerakli belgilar qo`yadilar,
masalan, 11-rasmdagidek strelkalar bilan ko`rsatiladi. Bir tomondan qog`oz
namlanishi tajribalari:
1 – ikki o`zaro perpendikulyar chetlar bo`yicha qog`oz,varag`ining namlanishi;
2-qog`oz aylanani suv yuzasiga joylashtirib,pastki yuzasining namlanishi;
3-qog`oz tarnovchadek egilib, uning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama
yo`nalishiga mos keladi.
Kvadratlarni kesib olib, o`quvchilar ularni oldilariga qo`yib mo`yqalam yoki
yumshoq matodan tampon bilan varaqning ikki o`zaro perpendikulyar chetlarini suv
bilan namlab, qog`oz bilan nima yuz berishini kuzatadilar. Bir necha soniyadan
keyin qog`oz chetlarning biri bo`ylab tarnovsimon egiladi, uning uchi kvadrat
chetlariga parallel bo`ladi. Kvadratning ikkinchi namlangan uchi bo`ylab taxlamalar
hosil bo`ladi. O`quvchilar kvadratlarning birinchisida uning cheti qog`oz varag`ining
bo`ylama yo`nalishiga, ikkinchisida ko`ndalang yo`nalishga to`g`ri kelishini
aniqlaydilar.Xulosa
chiqariladi:
qog`oz
varag`i
chetlari
namlanishida
o`zgarishi bo`yicha bu qog`ozda bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash
mumkin.
O`quvchilarga yuqorida ta‘riflangan tajriba varintini ko`rsatish, keyin esa o`zlariga
qilib ko`rishni taklif qilish foydalidir. O`qituvchi qog`oz varag`ida radiusi 90-100
mm bo`lgan aylana belgilab, uning ichida strelka bilan bo`ylama yo`nalishni
belgilaydi. Keyin belgilangan aylanani kesib olib, likopcha yoki surat vannachasiga
solingan suv yuzasiga joylashtiradi .2-3 soniyadan keyin,aylanacha suvdan olinib,
ho`l tomoni bilan kaftga qo`yiladi. O`quvchilar qog`oz ancha tez tarnovdek egilishini
ko`radilar, u ko`pincha o`ralib qoladi. Tarnovcha uchi va qog`ozning bo`ylama
yo`nalishi mos kelishini o`quvchilarga ko`rsatish qoladi . O`qituvchi o`quvchilar
diqqatini chetlari yuqoridan namlangan kvadratda bo`ylama uchda tarnovcha
yuqoriga tomon egilgani, pastdan namlangan aylana tarnovchasi ham yuqoriga
tomon egilganiga qaratadi. Bu tasodifmi? yo`q. Bu savolga o`quvchilarni
qiziqtirish va uning amaliy ahamiyatini yaxshiroq o`zlashtirilishi uchun ularga
mustaqil
nazorat
tajribasini
o`tkazishni
taklif
qilish
mumkin.
Bolalar qog`oz varag`ida ikkita bir xil aylana belgilab, ularni kesib oladilar va suv
yuzasiga turli tomonlari bilan qo`yadilar: birining belgisi yuqorida, ikkinchisi –
pastga. Ularni oldingi tajribada qilingandek, bir vaqtda kaftga o`tkazilsa, qanday
o`zgaradi? (Bir xil: aylanachalar uchlari tarnovcha hosil qilib yuqoriga ko`tariladi;
ularning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga to`g`ri keladi) Nima
uchun? (Suv yuzasiga joylashtirilgan qog`oz darrov namlanmaydi. Uning pastki
qatlami tezroq namlanib, uning tolalari ustki qatlam tolalariga nisbatan oldinroq
shishib cho`ziladi. Bunday cho`zilish qog`ozning tarnovchadek egilishiga olib
keladi).Yuqorida ta‘riflangan tajribalarni o`tkazishda qog`oz qanday o`zgarishini
o`quvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun darsdan tashqari mashg`ulotlarda
qog`oz bir paytda ikki tomonidan namlanuvchi tajribalarni o`tkazish vazifasini
berish foydali.
Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf) Uchinchi sinf
o`quvchilari turli qog`oz va karton turlarining muhim xususiyatlari, xususan qog`oz
va karton mustahkamligini taqqoslash bo`yicha tajribalar va kuzatishlar o`tkazadilar.
Qog`oz namlanishida uning mustahkamligi, ya‘ni yirtilishga qarshiligi kamayadi.
O`quvchilar qog`oz namlanishi bilan bog`liq ishlarni ko`p bajarishi uchun, masalan,
qog`oz detallariga yyelim yoki kleyster surtish, qog`ozdan tayyorlangan detallarning
mustahkamligiga namlanish ta‘sirini hisobga olishlari muhim.
Namlanishda qog`oz mustahkamligining o`zgarishi:1 - qog`oz yo`lni o`rtasini
namlash; 2-qog`oz yo`l cho`zilishi–namlangan joydan uziladi O`qituvchi shunday
tajribani ko`rsatadi.Qog`oz varag`idan 200- 220 mm uzunlik 15-20 mm kenglikdagi
qog`oz yo`l kesib olinadi. Uni ikki chetidan ushlab, o`rtasi suvga solinadi. Suvga
1,5-2 daqiqa ushlab turib, undan ortiqcha suvni qoqib o`qituvchi uni o`quvchilarga
ko`rsatadi va qog`oz yo`lni qarama-qarshi tomonga ikki uchidan tortishda qayeridan
uzilishini so`raydi. Qog`oz yo`l eng ko`p namlangan joyidan, ushbu tajribada -
qog`oz o`rtasidan uziladi Xulosa: qog`oz namlanishda o`zining uzilishga bo`lgan
mustahkamligining bir qismini yo`qotadi.
Qog`oz va karton buyumlarning tirishishi. (IV sinf) II va III sinflarda
texnologiya darslari da o`quvchilar yelimlashda qog`oz va karton tirishish va
buyumlar yuzi qiyshayib pala-partish ko`rinishini ko`p marta uchratadilar. Ish
usullari bo`yicha o`qituvchi ko`rsatmalari o`quvchilarga tirishish oldini olish yoki
uni kamaytirishga yordam beradi. IV sinfda o`quvchilar karton qog`oz buyumlar
tirishishi sabablari to`g`risidagi o`z bilimlarini umumlashtirish uchun yetarlicha
kuzatishlar to`playdilar. Qog`oz namlanishi bilan bog`liq yuqorida ta‘riflangan
tajribalarni bajarib, o`quvchilar qog`oz detallar yyelim eritmasidan namni shimishda
cho`zilishi, ma‘lum sharoitlarda esa burmalanishi va tirishishini aniqlaydilar. Bu
tirishish
detallar
notekis
namlanishida
ayniqsa
sezilarli
bo`ladi.
Tirishishning yana bir sababi bo`lib, uni buyum tayyorlashda qog`oz va kartondan
foydalanuvchi har bir kishi bilishi kerak. Namlangan qog`oz qurishdan keyin
o`lchamlari kichrayadi – kirishadi. Bu kirishish ancha bo`lib, tirishishga olib keladi:
yopishtirilgan qog`oz detal qurishda o`lchamlari qisqarib, o`zi yopishtirilgan
materialni tortadi va uning tirishishini chaqiradi. Tirishishni kamaytirish uchun kam
namli quyuq yelimdan foydalanishga harakat qilish, uni tez, butun detal yuzasini
yupqa qatlam bilan qoplashga harakat qilib surtish kerak. Yassi karton
buyumlar va ularning detallarini ikki tomondan qog`oz bilan yopishtirish yaxshiroq.
Hamma hollarda, imkoni bo`lsa, buyumlarni press ostida quritish kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Qog’oz haqida nimalarni bilasiz ?
2. Qog’ozning qanday turlari bor ?
3.Rangli qog’ozlar qayerlarda foydalaniladi?
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar:
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.