Qon aylanish sistemasi fiziologiyasi. (Hayvonlar yuragining tuzilishi va ishi.)

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

28,3 KB


 
 
 
 
 
 
Qon aylanish sistemasi fiziologiyasi.  
 
 Reja: 
 1.Qon aylanish haqida umumiy tushuncha. 
   2.Hayvonlar yuragining tuzilishi va ishi. 
  3.Yurak ishining tashqi belgilari: tonlari va zarbi (turtkisi). 
  4.Yurak muskullarining xususiyatlari. 
  5.Qonning tomirlardagi harakati va uni ta’minlovchi omillar. 
  3. Qonning harakat tezliklari, arteriya va vena pulsi.  
  4. Qon tomirlari faoliyatining boshqarilishi. Refleksogen qismlar va ularning 
ahamiyati. 
 
 
TAYaNCh IBORALAR. 
 Yurak arteriyasi, vena, kapillyarlar, aorta, katta va kichik qon aylanish doirasi, 
Aristotel, Gippokrat, Avisena, V.Garvey, Malpigiy, A.P.Valter, K.Golen, K.Bernar, 
Veberlar, I.P.Pavlov, A.D.Speranskiy, L.A.Orbeli, I.M.Bikov, ikki, uch, to‘rt 
kamerali yurak, chap va o‘ng bo‘lmacha, chap va o‘ng qorincha, perikard, miakard, 
endokard, tabaqali klapan, yarimoysimon klapan, pay ipchalari, sistola, diastola, 
pauza, yurak ish sikli, yurak tonlari, sistolik va diastolik tonlar, yurak zarbi, 
yurakning sistolik va daqiqalik hajmi, avtvmatiya, miogen, neyrogen, nerv tuguni, 
Kiss – Flek, Ashof – Tovar, Giss oqlari, Purkine tolalari, silliq va ko‘ndalang targ‘il 
muskullar, refrakterlik, blakada, o‘tkazuvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik. bioelektr tok, 
EKG, R, Q. R. S. T. 
 
 Qon o‘zining turli xildagi vazifalarini faqat to‘xtovsiz harakatda 
bo‘lgandagina bajaradi. 
Qon aylanish sistemasi fiziologiyasi. Reja: 1.Qon aylanish haqida umumiy tushuncha. 2.Hayvonlar yuragining tuzilishi va ishi. 3.Yurak ishining tashqi belgilari: tonlari va zarbi (turtkisi). 4.Yurak muskullarining xususiyatlari. 5.Qonning tomirlardagi harakati va uni ta’minlovchi omillar. 3. Qonning harakat tezliklari, arteriya va vena pulsi. 4. Qon tomirlari faoliyatining boshqarilishi. Refleksogen qismlar va ularning ahamiyati. TAYaNCh IBORALAR. Yurak arteriyasi, vena, kapillyarlar, aorta, katta va kichik qon aylanish doirasi, Aristotel, Gippokrat, Avisena, V.Garvey, Malpigiy, A.P.Valter, K.Golen, K.Bernar, Veberlar, I.P.Pavlov, A.D.Speranskiy, L.A.Orbeli, I.M.Bikov, ikki, uch, to‘rt kamerali yurak, chap va o‘ng bo‘lmacha, chap va o‘ng qorincha, perikard, miakard, endokard, tabaqali klapan, yarimoysimon klapan, pay ipchalari, sistola, diastola, pauza, yurak ish sikli, yurak tonlari, sistolik va diastolik tonlar, yurak zarbi, yurakning sistolik va daqiqalik hajmi, avtvmatiya, miogen, neyrogen, nerv tuguni, Kiss – Flek, Ashof – Tovar, Giss oqlari, Purkine tolalari, silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullar, refrakterlik, blakada, o‘tkazuvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik. bioelektr tok, EKG, R, Q. R. S. T. Qon o‘zining turli xildagi vazifalarini faqat to‘xtovsiz harakatda bo‘lgandagina bajaradi.  
 
 Qon aylanish deb, qonning maxsus naychalarda uzluksiz, to‘xtamasdan 
aylanishiga aytiladi. Qonning tomirlardagi harakati yurak faoliyati natijasida 
vujudga keladi. Qon aylanish sistemasiga ya’ni organlariga yurak, katta va kichik 
qon aylanish doirasi, aorta, arteriya, vena va kapillyarlar kiradi. Yurakdan chiquvchi 
barcha qon tomirlarga arteriya deyiladi, yurakga kelib quyuluvchi qon tomirlariga 
vena qon tomirlari deyiladi. 
 Arteriya qon tomirlari vena tomirlariga nisbatan qalin bo‘lib, vena qon 
tomirlarining diametri katta lekin, qalinligi deyarli qalin emas. Kapillyar tomirlar bir 
qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, gaz va moddalar almashinuvini 
bajaradi. 
 Yurak tomirlar sistemasining fiziologiyasini o‘rganish o‘ziga xos tarixiy 
taraqiyotga ega. Yurak tomirlar sistemasining faoliyatini o‘rganishga taluqli 
dastlabki ma’lumotlar Aristotel, Gippokrat tomonidan boshlangan bo‘lib, Gippokrat 
organizmda yurak va yurak joyi borligini aniqlagan. Yurak tomirlar sistemasining 
faoliyatini o‘rganishda bizning eramizdan oldingi asrlarda K.Golen tomonidan yurak 
va uning atrofidagi katta qon aylanish doiralari tekshirilib aniqlangan va nihoyat 
Golen nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lib, u yurak teshiklardan iborat degan (u embrion 
yuragida bo‘lmachalar o‘rtasidagi, bo‘lmacha va qorinchalar o‘rtasida teshiklar 
bo‘lgani uchun bu teshiklar doimiy soqlanadi deb bilgan). 
 Pulsni organizmni xarakteri, nerv sistemasi faoliyatiga bog‘liqligini Abu Ali 
Ibn Sino tomonidan aniqlagan. 
 1628 yil V.Gorvey katta va kichik qon aylanish doirasini va qonning o‘pka 
orqali aylanib tozalanishini aniqlagan. 
 1661 yil Malpigiy kapillyar qon tomirlar sistemasini aniqlagan, katta va kichik 
qon aylanish sistemasini to‘liq o‘rgangan. 
 1842 yil A.P.Valter baqalarda va 1852 yil K.Bernar quyonlarda simpatik 
nervni tomirlar tonusiga ta’sirini, aka-uka Veberlar adashgan nervni, I.F.Sion 
simpatik nervni yurak ishiga ta’sirini 1885 yil o‘rgangan. 
 I.P.Pavlov shogirdlari A.D.Speranskiy, L.A.Orbelilar nerv sistemasi-ning 
trofik xususiyatlarini o‘rgandi. I.M.Bikov yurak ishini o‘zgartiruvchi shartli 
reflekslarni hosil bo‘lishini isbotlaydi. 
Qon aylanish deb, qonning maxsus naychalarda uzluksiz, to‘xtamasdan aylanishiga aytiladi. Qonning tomirlardagi harakati yurak faoliyati natijasida vujudga keladi. Qon aylanish sistemasiga ya’ni organlariga yurak, katta va kichik qon aylanish doirasi, aorta, arteriya, vena va kapillyarlar kiradi. Yurakdan chiquvchi barcha qon tomirlarga arteriya deyiladi, yurakga kelib quyuluvchi qon tomirlariga vena qon tomirlari deyiladi. Arteriya qon tomirlari vena tomirlariga nisbatan qalin bo‘lib, vena qon tomirlarining diametri katta lekin, qalinligi deyarli qalin emas. Kapillyar tomirlar bir qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, gaz va moddalar almashinuvini bajaradi. Yurak tomirlar sistemasining fiziologiyasini o‘rganish o‘ziga xos tarixiy taraqiyotga ega. Yurak tomirlar sistemasining faoliyatini o‘rganishga taluqli dastlabki ma’lumotlar Aristotel, Gippokrat tomonidan boshlangan bo‘lib, Gippokrat organizmda yurak va yurak joyi borligini aniqlagan. Yurak tomirlar sistemasining faoliyatini o‘rganishda bizning eramizdan oldingi asrlarda K.Golen tomonidan yurak va uning atrofidagi katta qon aylanish doiralari tekshirilib aniqlangan va nihoyat Golen nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lib, u yurak teshiklardan iborat degan (u embrion yuragida bo‘lmachalar o‘rtasidagi, bo‘lmacha va qorinchalar o‘rtasida teshiklar bo‘lgani uchun bu teshiklar doimiy soqlanadi deb bilgan). Pulsni organizmni xarakteri, nerv sistemasi faoliyatiga bog‘liqligini Abu Ali Ibn Sino tomonidan aniqlagan. 1628 yil V.Gorvey katta va kichik qon aylanish doirasini va qonning o‘pka orqali aylanib tozalanishini aniqlagan. 1661 yil Malpigiy kapillyar qon tomirlar sistemasini aniqlagan, katta va kichik qon aylanish sistemasini to‘liq o‘rgangan. 1842 yil A.P.Valter baqalarda va 1852 yil K.Bernar quyonlarda simpatik nervni tomirlar tonusiga ta’sirini, aka-uka Veberlar adashgan nervni, I.F.Sion simpatik nervni yurak ishiga ta’sirini 1885 yil o‘rgangan. I.P.Pavlov shogirdlari A.D.Speranskiy, L.A.Orbelilar nerv sistemasi-ning trofik xususiyatlarini o‘rgandi. I.M.Bikov yurak ishini o‘zgartiruvchi shartli reflekslarni hosil bo‘lishini isbotlaydi.  
 
 Qon tomirlari va yurakning tuzilishi hamma hayvonlarda bir xil emas va 
o‘ziga xos evolyusion rivojlanishga ega, umirtqasiz hayvonlarda (kavak ichlilarda) 
maxsus qon va qon tomirlari bo‘lmaydi, ularda moddalar almashinuvi limfa 
suyuqligi orqali sodir bo‘ladi. Evolyusion taraqqiyot jarayonida bu suyuqliklar yo‘li 
takomillashib, rivojlanib, bir-biri bilan birlashib turli xil organlar ichkarisiga kirib 
boradi. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi birinchi bo‘lib vujudga 
kelgan. Bu umirtqasiz hayvonlarda qon bilan limfa birgalashib aralash oqib unga 
gemolimfa deyiladi. 
 Tomirlar sistemasining hosil bo‘lishining boshlang‘ich davrida yurak 
bo‘lmaydi. Bunday tomirlar sistemasining turli qismlari turlicha harakat 
qilaboshlaydi. Natijada kuchliroq, ko‘proq qisqargan qon tomirlar devori 
qalinlashadi va shunday qilib yurak paydo bo‘ladi ya’ni bir kamerali yurak paydo 
bo‘ladi. Demak yurak, tomirlarning o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. 
 Yurak paydo bo‘lishida murakkab organizmlarda kapillyarlar paydo 
bo‘laboshlaydi. Kapillyarlar eng avval jabralarda, keyin terida, ayiruv organlarida 
ichak devorlarida paydo bo‘lib, keyin barcha qismlarda kapillyarlar paydo bo‘ladi. 
Kapillyarlar sistemasining vujudga kelishi, kapillyarlar paydo bo‘lgan qon 
tomirlarida qon oqishini qiyinlashtiradi, qon tomirlarida qarshilik ko‘payib yurak 
yana takomillashadi. Eng avval bir kamerali yurak yomg‘ir chuvalchanglarida, 
bo‘g‘im oyoqlilarda, xordalilarda so‘ngra ikki kamerali yurak malyuska va 
baliqlarda paydo bo‘ladi. Uch kamerali yurak amfibiylarda va baqalarda paydo 
bo‘ladi. Uch kamerali yurakda o‘pkadan kelgan arterial qon bilan tanadan kelgan 
vena qoni qorinchalarda aralashadi. Barcha sut emizuvchi hayvonlarda, qishloq 
xo‘jalik hayvonlarida yurak to‘rt kameralidir. 
2.Yurak ko‘ndalang targ‘il tolali muskullardan tuzilgan bo‘lib, ichi kavak 
organ. 4 kamerali yurakga ega bo‘lgan hayvonlarda katta va kichik qon aylanish 
doiralariga ega bo‘lgan bitta umumiy sistemadan iboratdir. Chap qorinchadan chiqib, 
butun tanani aylanib, yurakning o‘ng bo‘lmasigacha bo‘lgan qon aylanish yo‘liga 
katta qon aylanish doirasi deyiladi. 
 Yurakning o‘ng qorinchasidan chiqib, o‘pka orqali yurakni chap bo‘lmacha-
sigacha keladigan qon aylanish yo‘liga kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Har bir 
Qon tomirlari va yurakning tuzilishi hamma hayvonlarda bir xil emas va o‘ziga xos evolyusion rivojlanishga ega, umirtqasiz hayvonlarda (kavak ichlilarda) maxsus qon va qon tomirlari bo‘lmaydi, ularda moddalar almashinuvi limfa suyuqligi orqali sodir bo‘ladi. Evolyusion taraqqiyot jarayonida bu suyuqliklar yo‘li takomillashib, rivojlanib, bir-biri bilan birlashib turli xil organlar ichkarisiga kirib boradi. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi birinchi bo‘lib vujudga kelgan. Bu umirtqasiz hayvonlarda qon bilan limfa birgalashib aralash oqib unga gemolimfa deyiladi. Tomirlar sistemasining hosil bo‘lishining boshlang‘ich davrida yurak bo‘lmaydi. Bunday tomirlar sistemasining turli qismlari turlicha harakat qilaboshlaydi. Natijada kuchliroq, ko‘proq qisqargan qon tomirlar devori qalinlashadi va shunday qilib yurak paydo bo‘ladi ya’ni bir kamerali yurak paydo bo‘ladi. Demak yurak, tomirlarning o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Yurak paydo bo‘lishida murakkab organizmlarda kapillyarlar paydo bo‘laboshlaydi. Kapillyarlar eng avval jabralarda, keyin terida, ayiruv organlarida ichak devorlarida paydo bo‘lib, keyin barcha qismlarda kapillyarlar paydo bo‘ladi. Kapillyarlar sistemasining vujudga kelishi, kapillyarlar paydo bo‘lgan qon tomirlarida qon oqishini qiyinlashtiradi, qon tomirlarida qarshilik ko‘payib yurak yana takomillashadi. Eng avval bir kamerali yurak yomg‘ir chuvalchanglarida, bo‘g‘im oyoqlilarda, xordalilarda so‘ngra ikki kamerali yurak malyuska va baliqlarda paydo bo‘ladi. Uch kamerali yurak amfibiylarda va baqalarda paydo bo‘ladi. Uch kamerali yurakda o‘pkadan kelgan arterial qon bilan tanadan kelgan vena qoni qorinchalarda aralashadi. Barcha sut emizuvchi hayvonlarda, qishloq xo‘jalik hayvonlarida yurak to‘rt kameralidir. 2.Yurak ko‘ndalang targ‘il tolali muskullardan tuzilgan bo‘lib, ichi kavak organ. 4 kamerali yurakga ega bo‘lgan hayvonlarda katta va kichik qon aylanish doiralariga ega bo‘lgan bitta umumiy sistemadan iboratdir. Chap qorinchadan chiqib, butun tanani aylanib, yurakning o‘ng bo‘lmasigacha bo‘lgan qon aylanish yo‘liga katta qon aylanish doirasi deyiladi. Yurakning o‘ng qorinchasidan chiqib, o‘pka orqali yurakni chap bo‘lmacha- sigacha keladigan qon aylanish yo‘liga kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Har bir  
 
qon aylanish doirasi o‘ziga xos arteriya, vena va kapillyarlardan tuzilgan. Yurak uch 
qavatdan iborat bo‘lib:  
1. eng tashqi qavat perikard deyiladi va perikard o‘z navbatida ikki qavatdan 
tashkil topgan bo‘lib, tashqi qavatiga perikard, deyilib u ikki qavatdan iborat bo‘lib 
ichki qavatiga epikard deyiladi va bu ikki qavat o‘rtasida suyuqlik bor. Bu suyuqlik 
yurak ishlaganida uni ishqalanib qizishdan saqlaydi va bunga yurak xaltasi ham 
deyiladi. 
2.Miokard-muskul qavati. 
3.Endokard-yurakning ichki qavati bo‘lib, bu qavatda kapillyar qon tomirlari 
yo‘q. Bu qavatdagi hujayralar yurakdagi qondan oziqa moddalarni osmos va 
diffuziya yo‘li bilan olib oziqlanadi. 
 Yurakning chap va o‘ng qismlari bir biridan tutash to‘siq bilan ajralib, yurak 
bo‘lmachalari bilan qorinchalari o‘rtasida tabaqali klapanlar bilan ta’minlangan 
atrioventerikulyar teshiklar bor. Chap atriventrikulyar teshikda 2 tabaqali, o‘ng 
atriventrikulyar teshikda 3 tabaqali klapan bo‘lib, bu klapanlar qorinchalar tomonga 
ochiladi. Qorinchalar tomonidan ushlab turadigan pay ipchalar klapanlarni yurak 
bo‘lmachalari tomoniga ochilishiga qo‘ymaydi. Chap qorinchadan aorta, o‘ng 
qorinchadan o‘pka arteriyasi boshlanadi. Bu tomirlarning qorinchalardan chiqish 
joyida cho‘ntakchalar shaklini eslatadigan yarim oysimon klapanlar bo‘lib 
tomirlarga qarab ochiladi. 
 Bo‘lmachalar muskuli qorinchalarning muskullaridan maxsus pay halqa 
yordamida ajralib, Gissa bog‘lami bilan bir – biri bilan tutashadi. Bo‘lmachalar 
devoridan qorinchalar devori kuchliroq rivojlangan va qalinroqdir. Kavak 
venalarning o‘ng yurak bo‘lmachasiga quyilgan joyida halqasimon muskullardan 
tashkil topgan sfinktrsimon tuzilma bor. 
 Yurak ikki fazada ishlab qonni organizm bo‘ylab faqat bir yo‘nalishda yurak 
bo‘lmachalaridan qorinchalariga, ulardan tomirlarga harakatlantiradi. Yurak 
muskullarining qisqarishiga sistola, kengayishiga diastolap deyilib, yurak ishi har 
ikkila yurak bo‘lmachalarining qisqarishi-sistolasi bilan boshlanadi. Bo‘lmachalar 
sistolasi kavak venalarning o‘ng yurak bo‘lmachalariga quyilish joyidagi 
halqasimon muskullarning qisqarishi bilan boshlanib, qorinchalar kengaygan 
diastola holatida bo‘lib, bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi tabaqali klapanlar 
qon aylanish doirasi o‘ziga xos arteriya, vena va kapillyarlardan tuzilgan. Yurak uch qavatdan iborat bo‘lib: 1. eng tashqi qavat perikard deyiladi va perikard o‘z navbatida ikki qavatdan tashkil topgan bo‘lib, tashqi qavatiga perikard, deyilib u ikki qavatdan iborat bo‘lib ichki qavatiga epikard deyiladi va bu ikki qavat o‘rtasida suyuqlik bor. Bu suyuqlik yurak ishlaganida uni ishqalanib qizishdan saqlaydi va bunga yurak xaltasi ham deyiladi. 2.Miokard-muskul qavati. 3.Endokard-yurakning ichki qavati bo‘lib, bu qavatda kapillyar qon tomirlari yo‘q. Bu qavatdagi hujayralar yurakdagi qondan oziqa moddalarni osmos va diffuziya yo‘li bilan olib oziqlanadi. Yurakning chap va o‘ng qismlari bir biridan tutash to‘siq bilan ajralib, yurak bo‘lmachalari bilan qorinchalari o‘rtasida tabaqali klapanlar bilan ta’minlangan atrioventerikulyar teshiklar bor. Chap atriventrikulyar teshikda 2 tabaqali, o‘ng atriventrikulyar teshikda 3 tabaqali klapan bo‘lib, bu klapanlar qorinchalar tomonga ochiladi. Qorinchalar tomonidan ushlab turadigan pay ipchalar klapanlarni yurak bo‘lmachalari tomoniga ochilishiga qo‘ymaydi. Chap qorinchadan aorta, o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasi boshlanadi. Bu tomirlarning qorinchalardan chiqish joyida cho‘ntakchalar shaklini eslatadigan yarim oysimon klapanlar bo‘lib tomirlarga qarab ochiladi. Bo‘lmachalar muskuli qorinchalarning muskullaridan maxsus pay halqa yordamida ajralib, Gissa bog‘lami bilan bir – biri bilan tutashadi. Bo‘lmachalar devoridan qorinchalar devori kuchliroq rivojlangan va qalinroqdir. Kavak venalarning o‘ng yurak bo‘lmachasiga quyilgan joyida halqasimon muskullardan tashkil topgan sfinktrsimon tuzilma bor. Yurak ikki fazada ishlab qonni organizm bo‘ylab faqat bir yo‘nalishda yurak bo‘lmachalaridan qorinchalariga, ulardan tomirlarga harakatlantiradi. Yurak muskullarining qisqarishiga sistola, kengayishiga diastolap deyilib, yurak ishi har ikkila yurak bo‘lmachalarining qisqarishi-sistolasi bilan boshlanadi. Bo‘lmachalar sistolasi kavak venalarning o‘ng yurak bo‘lmachalariga quyilish joyidagi halqasimon muskullarning qisqarishi bilan boshlanib, qorinchalar kengaygan diastola holatida bo‘lib, bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi tabaqali klapanlar  
 
ochiq, qorinchalar bilan aorta va o‘pka arteriyasi orasidagi yarim oysimon klapanlar 
yopiq bo‘lganligi uchun qon qorinchalarda to‘planadi. O‘ng yurak bo‘lmachasi chap 
yurak bo‘lmachasidan 0,01 soniya oldin qisqaradi. Tabaqali klapanlar yopilib 
qorinchalar sistolasi boshlangan davrda qorinchalardagi bosim yarim oysimon 
klapanlarni ochishga yetarli bo‘lmay qorinchalar muskuli 0,03-0,06 soniya tarang 
tortib, zo‘r berib qisqara boshlaydi, bosim oshadi ya’ni qorinchalarning taranglanish 
fazasi sodir bo‘ladi. Natijada qorinchalardagi bosim aorta va o‘pka arteriyalari 
bosimidan oshib, yarim oysim-on klapanlar ochilib, qon tomirlariga haydaladi, shu 
paytdan boshlab yarim oysimon klapanlar yopilib, tabaqali klapanlar ochiladi. 
 Bo‘lmachlar va qorinchalar muskulaturasi oz vaqt davomida pauza ya’ni dam 
oladi. 
 Qorinchalar sistolasi paytida bo‘lmapchlarni qon bilan yaxshi to‘lishiga 
sharoit tug‘iladi. Umumiy diastola vaqtida qon oqib kirishi davom etib qorincha va 
bo‘lmachalarni to‘lg‘azadi. Qorinchalar sistolasi paytida qon bo‘lmachalarga 
tabaqali koapanlarni yopilishi tufayli o‘ta olmaydi va qorinchalar diastolasi davrida 
tomirlardan qon qorinchalarga qaytib tusha olmaydi. Chunki tomirlardagi bosim 
qorinchalardagi bosimdan yuqori bo‘lganligi uchun tomirlar bo‘ylab orqaga qaytib, 
yarim oysimon klapanlarga urilib, ularni mahkamroq yopadi va shu tarzda takrorlana 
boradi. 
 Yurak bo‘lmachalarining bir sistolasidan ikkinchi sistolasigacha ketgan 
davrga yurakning bir ish sikli deyilib, bu vaqtda qon tomirlarga muayyan miqdorda 
qon haydab chiqariladi. Agar yurak daqiqasiga 60 sikl bilan ishlasa unda 
bo‘lmachalar sistolasi uchun taxminan 0,1 soniya, qorinchalar sistolasi uchun 0,3 
soniya vaqt sarflanib, umumiy diastolaga 0,6 soniya to‘g‘ri keladi, ya’ni 
bo‘lmachalar yurak ish siklining 90% davomida, qorinchalar 70% davomida dam 
olganligi tufayli yurak bir umr muayyan ritmda to‘xtamasdan ishlaydi. Yurak tez 
ishlaganda diastola vaqti qisqarib, sistola vaqti juda ham kam miqdorda kamayadi 
va bunga taxikardiya deyiladi. Agarda yurak sekin ishlasa, diastola vaqti uzayib, 
shunga nisbatan sistola vaqti ham kam miqlorda uzayib, bradikardiya deyiladi.  
3.Yurakning har bir siklida harakerli tovush eshitilib, unga yurak tonlari 
deyiladi va ular ikki xilda bo‘ladi: 
ochiq, qorinchalar bilan aorta va o‘pka arteriyasi orasidagi yarim oysimon klapanlar yopiq bo‘lganligi uchun qon qorinchalarda to‘planadi. O‘ng yurak bo‘lmachasi chap yurak bo‘lmachasidan 0,01 soniya oldin qisqaradi. Tabaqali klapanlar yopilib qorinchalar sistolasi boshlangan davrda qorinchalardagi bosim yarim oysimon klapanlarni ochishga yetarli bo‘lmay qorinchalar muskuli 0,03-0,06 soniya tarang tortib, zo‘r berib qisqara boshlaydi, bosim oshadi ya’ni qorinchalarning taranglanish fazasi sodir bo‘ladi. Natijada qorinchalardagi bosim aorta va o‘pka arteriyalari bosimidan oshib, yarim oysim-on klapanlar ochilib, qon tomirlariga haydaladi, shu paytdan boshlab yarim oysimon klapanlar yopilib, tabaqali klapanlar ochiladi. Bo‘lmachlar va qorinchalar muskulaturasi oz vaqt davomida pauza ya’ni dam oladi. Qorinchalar sistolasi paytida bo‘lmapchlarni qon bilan yaxshi to‘lishiga sharoit tug‘iladi. Umumiy diastola vaqtida qon oqib kirishi davom etib qorincha va bo‘lmachalarni to‘lg‘azadi. Qorinchalar sistolasi paytida qon bo‘lmachalarga tabaqali koapanlarni yopilishi tufayli o‘ta olmaydi va qorinchalar diastolasi davrida tomirlardan qon qorinchalarga qaytib tusha olmaydi. Chunki tomirlardagi bosim qorinchalardagi bosimdan yuqori bo‘lganligi uchun tomirlar bo‘ylab orqaga qaytib, yarim oysimon klapanlarga urilib, ularni mahkamroq yopadi va shu tarzda takrorlana boradi. Yurak bo‘lmachalarining bir sistolasidan ikkinchi sistolasigacha ketgan davrga yurakning bir ish sikli deyilib, bu vaqtda qon tomirlarga muayyan miqdorda qon haydab chiqariladi. Agar yurak daqiqasiga 60 sikl bilan ishlasa unda bo‘lmachalar sistolasi uchun taxminan 0,1 soniya, qorinchalar sistolasi uchun 0,3 soniya vaqt sarflanib, umumiy diastolaga 0,6 soniya to‘g‘ri keladi, ya’ni bo‘lmachalar yurak ish siklining 90% davomida, qorinchalar 70% davomida dam olganligi tufayli yurak bir umr muayyan ritmda to‘xtamasdan ishlaydi. Yurak tez ishlaganda diastola vaqti qisqarib, sistola vaqti juda ham kam miqdorda kamayadi va bunga taxikardiya deyiladi. Agarda yurak sekin ishlasa, diastola vaqti uzayib, shunga nisbatan sistola vaqti ham kam miqlorda uzayib, bradikardiya deyiladi. 3.Yurakning har bir siklida harakerli tovush eshitilib, unga yurak tonlari deyiladi va ular ikki xilda bo‘ladi:  
 
a) 1 chi ton yurak qorinchalarining sistolasi paytida eshitilib, cho‘ziq va 
bug‘iqroq bo‘lib, sistolik ton deyiladi. Bu ton qorinchalar sistolasi paytida 
muskullarning qisqarishi va tabaqali klapanlarning yopilishi oqibatida «buu» deb 
yeshitiladi. 
b) 2 chi ton diastolik ton bo‘lib, yurak qorinchalarining diastolasi paytida 
eshitilib kalta, baland va jarangli bo‘lib, qorinchalar distolasi paytida yarim oysimon 
klapanlar yopilganida, aorta va o‘pka arteriyalaridagi qonni yarim oysimon 
klapanlarga kelib urilishidan kelib chiqadi «dup» deb eshitiladi. 
 Yurak tonlarini qishloq xo‘jalik hayvonlarini ko‘krak qafasiga ya’ni 3-5 
ko‘krak qobirg‘alari to‘g‘risiga quloq qo‘yib yoki stetoskop va fanendoskop 
asboblari yordamida eshitish mumkin. Yurak klapanlarining faoliyatini o‘zgarishi 
yurakdagi tonlarga shovqinlar qo‘shilib eshitilayotganday bo‘lib, hatto ma’lum bir 
masofada ham eshitiladi. Yurak tonlarini eshitib ko‘rish yurak kasalliklarini 
aniqlashda juda ko‘p yordam beradi. 
 Yurak zarbi (to‘rtkisi) deb, yurak qorinchalarining sistolasi vaqtida yurak 
holatining o‘zgarib, ko‘krak qafasi devoriga urilishiga aytiladi va yurak zarbining 2 
xili farq qilinadi: 
1.Yurak uchining zarbi-qorinchalar sistolasi paytida yurak o‘z o‘qi atrofida bir 
– oz aylanib, qiyshiq konus holatidan to‘g‘ri konus holatiga o‘tib, yurak uchi ko‘krak 
qafasiga tik bo‘lib, ko‘krak qafasiga uriladi. (It va odamlarda). 
2.Ko‘pchilik hayvonlarda otlarda yurak yoni bilan zarb beradi. Bu hayvonlarda 
yurak distola fazasida to‘g‘ri konus shaklida ko‘krak qafasiga tegib turadi. 
Sistolaning kuchanish davrida qorinchalar muskuli taranglashib, ko‘kra qafasining 
devoriga uriladi. Qonni tomirlarga haydash fazasida qorinchalar muskulaturasi 
qisqarib, bo‘shliq kichrayib, qorincha ko‘krak qafasini devoriga tegmay qoladi. 
Yurak urishini kardiograf asbobi yordamida yozib olamiz va yozilgan chiziqga 
kardiogramma deyiladi. 
 Hayvonlarning yurakini qisqarish soni turlicha bo‘lib, tanasi yirik hayvonlar 
yuragi, tanasi kichik hayvonlar yuragiga qaraganda kamroq uradi chunki tanasi 
kichik hayvonlarda moddalar almashinuvining intensivligi balanddir. Moddalar 
almashinuvining jadal kechishi uchun qon tez aylanib, yurak tez urishi kerak. 
a) 1 chi ton yurak qorinchalarining sistolasi paytida eshitilib, cho‘ziq va bug‘iqroq bo‘lib, sistolik ton deyiladi. Bu ton qorinchalar sistolasi paytida muskullarning qisqarishi va tabaqali klapanlarning yopilishi oqibatida «buu» deb yeshitiladi. b) 2 chi ton diastolik ton bo‘lib, yurak qorinchalarining diastolasi paytida eshitilib kalta, baland va jarangli bo‘lib, qorinchalar distolasi paytida yarim oysimon klapanlar yopilganida, aorta va o‘pka arteriyalaridagi qonni yarim oysimon klapanlarga kelib urilishidan kelib chiqadi «dup» deb eshitiladi. Yurak tonlarini qishloq xo‘jalik hayvonlarini ko‘krak qafasiga ya’ni 3-5 ko‘krak qobirg‘alari to‘g‘risiga quloq qo‘yib yoki stetoskop va fanendoskop asboblari yordamida eshitish mumkin. Yurak klapanlarining faoliyatini o‘zgarishi yurakdagi tonlarga shovqinlar qo‘shilib eshitilayotganday bo‘lib, hatto ma’lum bir masofada ham eshitiladi. Yurak tonlarini eshitib ko‘rish yurak kasalliklarini aniqlashda juda ko‘p yordam beradi. Yurak zarbi (to‘rtkisi) deb, yurak qorinchalarining sistolasi vaqtida yurak holatining o‘zgarib, ko‘krak qafasi devoriga urilishiga aytiladi va yurak zarbining 2 xili farq qilinadi: 1.Yurak uchining zarbi-qorinchalar sistolasi paytida yurak o‘z o‘qi atrofida bir – oz aylanib, qiyshiq konus holatidan to‘g‘ri konus holatiga o‘tib, yurak uchi ko‘krak qafasiga tik bo‘lib, ko‘krak qafasiga uriladi. (It va odamlarda). 2.Ko‘pchilik hayvonlarda otlarda yurak yoni bilan zarb beradi. Bu hayvonlarda yurak distola fazasida to‘g‘ri konus shaklida ko‘krak qafasiga tegib turadi. Sistolaning kuchanish davrida qorinchalar muskuli taranglashib, ko‘kra qafasining devoriga uriladi. Qonni tomirlarga haydash fazasida qorinchalar muskulaturasi qisqarib, bo‘shliq kichrayib, qorincha ko‘krak qafasini devoriga tegmay qoladi. Yurak urishini kardiograf asbobi yordamida yozib olamiz va yozilgan chiziqga kardiogramma deyiladi. Hayvonlarning yurakini qisqarish soni turlicha bo‘lib, tanasi yirik hayvonlar yuragi, tanasi kichik hayvonlar yuragiga qaraganda kamroq uradi chunki tanasi kichik hayvonlarda moddalar almashinuvining intensivligi balanddir. Moddalar almashinuvining jadal kechishi uchun qon tez aylanib, yurak tez urishi kerak.  
 
 Yurak organizmning holati, sutkaning vaqti, tashqi muhit harorati va boshqa 
sabablarga qarab turlicha ishlaydi. Ertalab, salqin paytda yurak sekin ritm bilan 
ishlaydi, tana harorati oshganida, emotsional holatlarda, jismoniy ish davrida yurak 
urishi tezlashadi va 1 daqiqida yurakning qisqarish soni turli hayvonlarda turlichadir: 
 
Otda 
25-42 
Quyonda 
100-140 
Qoramolda  
50-75 
tovuqda 
130-200 
qo‘y, echkida 
60-80 
sayroqi 
qushlarda 
700-1000 
Cho‘chqada 
60-80 
kaptarlarda 
150-250 
Itda 
80-120 
sichqonlarda 
550-720 
Tuyada 
32-52 
mo‘ynali 
hayvonlarda 
80-140 
 
 
baliqlarda 
15-34 
  
 Yurakning asosiy vazifasi qorinchalardagi qonni tomirlarga haydab chiqarish 
bo‘lib, qorinchadan otilib chiqqan qon miqdori yurakning funksional holatiga 
bog‘liq. Yurakning har bir sistolasida qorinchalardan tomirlarga haydalib 
chiqariladigan qon miqdoriga yurakning sistolik hajmi deyiladi. 
 Yurakning sistolik hajmi yurak bo‘shliqlarining hajmiga, yurakga oqib 
tushayotgan qon miqdoriga, yurak muskullarining qisqarish kuchiga, tomirlarning 
qon oqishiga ko‘rsatadigan qarshiligiga bog‘liq. 
 Yurakning bir daqiqada urish sonini bilsak, uni yurakni sistolik hajmiga 
qo‘paytirib yurakning daqiqalik hajmini aniqlasak bo‘ladi. 
 Yurakning daqiqalik hajmi:  sistolik hajmi: 
novvosda 45 litr 
 
 
 
 
 700 ml 
otlarda 23 litr  
 
 
 
 
700 ml 
qo‘yda 5 litr  
 
 
 
 
 70 ml 
cho‘chqada 4,5 
 
 
 
 
 
 60 ml 
itda  
 2 
 
 
 
 
 
 
 20 ml 
tovuqda 0,4  
 
 
 
 2,5 ml 
Yurak organizmning holati, sutkaning vaqti, tashqi muhit harorati va boshqa sabablarga qarab turlicha ishlaydi. Ertalab, salqin paytda yurak sekin ritm bilan ishlaydi, tana harorati oshganida, emotsional holatlarda, jismoniy ish davrida yurak urishi tezlashadi va 1 daqiqida yurakning qisqarish soni turli hayvonlarda turlichadir: Otda 25-42 Quyonda 100-140 Qoramolda 50-75 tovuqda 130-200 qo‘y, echkida 60-80 sayroqi qushlarda 700-1000 Cho‘chqada 60-80 kaptarlarda 150-250 Itda 80-120 sichqonlarda 550-720 Tuyada 32-52 mo‘ynali hayvonlarda 80-140 baliqlarda 15-34 Yurakning asosiy vazifasi qorinchalardagi qonni tomirlarga haydab chiqarish bo‘lib, qorinchadan otilib chiqqan qon miqdori yurakning funksional holatiga bog‘liq. Yurakning har bir sistolasida qorinchalardan tomirlarga haydalib chiqariladigan qon miqdoriga yurakning sistolik hajmi deyiladi. Yurakning sistolik hajmi yurak bo‘shliqlarining hajmiga, yurakga oqib tushayotgan qon miqdoriga, yurak muskullarining qisqarish kuchiga, tomirlarning qon oqishiga ko‘rsatadigan qarshiligiga bog‘liq. Yurakning bir daqiqada urish sonini bilsak, uni yurakni sistolik hajmiga qo‘paytirib yurakning daqiqalik hajmini aniqlasak bo‘ladi. Yurakning daqiqalik hajmi: sistolik hajmi: novvosda 45 litr 700 ml otlarda 23 litr 700 ml qo‘yda 5 litr 70 ml cho‘chqada 4,5 60 ml itda 2 20 ml tovuqda 0,4 2,5 ml  
 
baliqda 0,03      1,5 ml 
 Jismoniy ish vaqtida sistolik va daqiqalik hajm oshadi. 
  Yurak muskullarining xususiyatlari Yurak muskullari tuzilishi, tarkibi 
jihatidan sklet va ichki organlarning silliq muskullardan farq qiladi. Umuman 
muskullarning anatomik gistologik, fiziologik tomondan o‘rganganda ikkiga bo‘lib 
o‘rganiladi. 
 Organizni ichki qismidagi organlarni tashkil qilgan muskullarga silliq 
muskullar deyilib, elastikligi yaxshi rivojlangandir. 
Sklet muskullari ko‘ndalang targ‘il muskullar o‘ziga xos tuzilgan va fiziologik 
xislatlari bilan farq qiladi. Yurak muskullarining ba’zi bir xususiyatlari umumiy 
to‘qimalarga xos bo‘lsa, boshqalari faqatgina yurak muskullari uchun xosdir. 
Organizmning sklet muskullari doimo organizmni muvozanat harakatini ta’minlab 
turadi. Lekin u muskullar organizmni ichki organlar muskullariga o‘xshab zo‘riqib 
ishlamaydi, balki erkinligi ko‘p. Masalan: tik turganda oyoq, umirtqa skelet 
muskullari qisqarib tanani tik qilib turadi. O‘tirganda nafas harakatini 
ta’minlaydigan muskullar zo‘riqib ishlasa ham boshqa muskullar bo‘shashgan 
bo‘ladi. 
 Ichki organlar muskullarining (yurak) ishdan tashqari holati kam bo‘ladi. 
Yurak muskullari energiyani ko‘p sarflab kislorod va oziqaga yextiyoji katta bo‘lib, 
doimo qo‘zg‘algan bo‘ladi. Shuning uchun ham yurak muskullarini o‘ziga xos 
fiziologik hislatlari mavjuddir. 
1).Ta’sirot o‘tkazish xususiyati xosdir. O‘tkazuvchanlik yurak muskul 
sistemasidagi maxsus o‘tkazuvchi sistemalar orqali ta’minlanadi. Yurakda bunday 
o‘tkazuvchi sistema maxsus nerv tugunchalari va muskul tolalaridan iborat bo‘ladi. 
Eng asosiy qo‘zg‘aluvchi tugun yurakni o‘ng bo‘lmachalari ustida vena sinusi 
qismiga joylashgan Keyt – Fleka tuguni ba’zi adabiyotlarda Kiss-Fleka deyiladi. 
 2).Atrioventrikulyar qismda joylashgan Ashof Tovar tuguni. 
 3).Gissa tuguni-oyoqchalari. 
 4).Purkine tolalari. 
 Ana shu sistemaga yurakni o‘tkazuvchi sistemalari deyiladi. 
 Yurakga keladigan har qanday ta’sirotlar (reflektor va gumoral) o‘tkazuvchi 
sistema orqali har xil tezlikda o‘tkaziladi. Yurakning bo‘lmachalar qismida sinus 
baliqda 0,03 1,5 ml Jismoniy ish vaqtida sistolik va daqiqalik hajm oshadi. Yurak muskullarining xususiyatlari Yurak muskullari tuzilishi, tarkibi jihatidan sklet va ichki organlarning silliq muskullardan farq qiladi. Umuman muskullarning anatomik gistologik, fiziologik tomondan o‘rganganda ikkiga bo‘lib o‘rganiladi. Organizni ichki qismidagi organlarni tashkil qilgan muskullarga silliq muskullar deyilib, elastikligi yaxshi rivojlangandir. Sklet muskullari ko‘ndalang targ‘il muskullar o‘ziga xos tuzilgan va fiziologik xislatlari bilan farq qiladi. Yurak muskullarining ba’zi bir xususiyatlari umumiy to‘qimalarga xos bo‘lsa, boshqalari faqatgina yurak muskullari uchun xosdir. Organizmning sklet muskullari doimo organizmni muvozanat harakatini ta’minlab turadi. Lekin u muskullar organizmni ichki organlar muskullariga o‘xshab zo‘riqib ishlamaydi, balki erkinligi ko‘p. Masalan: tik turganda oyoq, umirtqa skelet muskullari qisqarib tanani tik qilib turadi. O‘tirganda nafas harakatini ta’minlaydigan muskullar zo‘riqib ishlasa ham boshqa muskullar bo‘shashgan bo‘ladi. Ichki organlar muskullarining (yurak) ishdan tashqari holati kam bo‘ladi. Yurak muskullari energiyani ko‘p sarflab kislorod va oziqaga yextiyoji katta bo‘lib, doimo qo‘zg‘algan bo‘ladi. Shuning uchun ham yurak muskullarini o‘ziga xos fiziologik hislatlari mavjuddir. 1).Ta’sirot o‘tkazish xususiyati xosdir. O‘tkazuvchanlik yurak muskul sistemasidagi maxsus o‘tkazuvchi sistemalar orqali ta’minlanadi. Yurakda bunday o‘tkazuvchi sistema maxsus nerv tugunchalari va muskul tolalaridan iborat bo‘ladi. Eng asosiy qo‘zg‘aluvchi tugun yurakni o‘ng bo‘lmachalari ustida vena sinusi qismiga joylashgan Keyt – Fleka tuguni ba’zi adabiyotlarda Kiss-Fleka deyiladi. 2).Atrioventrikulyar qismda joylashgan Ashof Tovar tuguni. 3).Gissa tuguni-oyoqchalari. 4).Purkine tolalari. Ana shu sistemaga yurakni o‘tkazuvchi sistemalari deyiladi. Yurakga keladigan har qanday ta’sirotlar (reflektor va gumoral) o‘tkazuvchi sistema orqali har xil tezlikda o‘tkaziladi. Yurakning bo‘lmachalar qismida sinus  
 
tuguni-Kiss Fleka qismida ta’sirot o‘tkazish tezligi 1-1,5 m/soniya bo‘lib, Ashof 
Tovarada bu tezlik keskin kamayadi ya’ni 0,2-0,3 m/soniya bo‘ladi. Gissa tugunida 
esa tezlik keskin kuchayadi va 3-5 m/soniyaga etadi va qorinchalar qismida tezlik 
yana pasayib 0,8-1 m/soniya bo‘ladi. Bu tezlikning bunday o‘tkazilishini asosida 
yurak ishi ta’minlanadi. Agar ta’sirot har xil qismlarda har xil bo‘lmay bir xil 
bo‘lganida yurak ishida ritm bo‘lmas yedi. Ya’ni o‘tkazuvchanlik tezligini har xil 
bo‘lishi yurak ishini ketma-ketligini ta’minlaydi. O‘tkazuvchanlikni buzilishi yurak 
blakadasini keltirib chiqaradi.  
2.Yurak muskullariga hamma to‘qimalarga xos bo‘lgan qo‘zg‘aluvchanlik 
xususiyati xosdir ya’ni yurakga markaziy nerv sistemasi yoki gumoral sistemadan 
qo‘zg‘alish kelsa yurak o‘z ishini ta’minlaydi. 
 Yurak muskullari hamma qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga o‘xshash ta’sirlanish 
bilan qo‘zg‘alish xususiyatiga ega, ammo yurak muskullaridagi qo‘zg‘aluvchanlik 
xususiyati skelet muskullarinikiga nisbatan ancha past rivojlangan, ta’sirlanish 
pog‘anasi yuqori bo‘ladi. Yurak muskullari anizotrop va izotrop moddalardan 
tuzilgan. Yurak muskullaridagi tolalar o‘zaro simplast bir-biriga aloqador bo‘lib 
tuzilgan. Shu sababdan yurak muskullariga berilgan ta’sirot barcha tolalarga bir xil 
tarqaladi va ta’sirot kuchi pog‘ana kuchidan yuqori bo‘lgandagina qo‘zg‘alish hosil 
qiladi. Masalan: birorta sklet muskuli va yurak muskulini olib ko‘rsak sklet muskuli 
o‘z yo‘li bilan torqalgan tolalardan, yurak muskuli esa o‘zaro protoplazmatik ko‘prik 
bilan simplast joylashgan. 
 Skelet muskuli turli darajadagi qo‘zg‘aluvchanlikga ega bo‘lgan tolalardan 
tashkil topganligi uchun ta’sirot kuchi oshib borsa qo‘zg‘alishi ham oshib boradi va 
to‘xtab qoladi. Yurak muskullari esa pog‘ana kuchdagi ta’sirotga birdaniga qisqarib 
javob beradi ya’ni yurak muskullarining hammasiga yetadigan kuch bilan 
ta’sirlanganda ta’sirotga javob beradi. Shuning uchun yurak doimo ishlab turadi, 
agarda hamma ta’sirotga javob beraversa yurak ishi izdan chiqib uzoq vaqt ish 
bajaraolmagan bo‘lardi. 
 Yurak muskullari qo‘zg‘algan ikkita faza bilan chegaranlanadi. 
a).Yurak muskullarining sistolasi bo‘lib qisqargan vaqtida ta’sirotlarga mutlaqo 
javob bermaslik ya’ni absolyut refrakterlik (qo‘zg‘almaslik) faza bilan chegaralanadi 
ya’ni yurak bo‘lmachalarining sistolasi, qorinchalar sistolasi va pauza. 
tuguni-Kiss Fleka qismida ta’sirot o‘tkazish tezligi 1-1,5 m/soniya bo‘lib, Ashof Tovarada bu tezlik keskin kamayadi ya’ni 0,2-0,3 m/soniya bo‘ladi. Gissa tugunida esa tezlik keskin kuchayadi va 3-5 m/soniyaga etadi va qorinchalar qismida tezlik yana pasayib 0,8-1 m/soniya bo‘ladi. Bu tezlikning bunday o‘tkazilishini asosida yurak ishi ta’minlanadi. Agar ta’sirot har xil qismlarda har xil bo‘lmay bir xil bo‘lganida yurak ishida ritm bo‘lmas yedi. Ya’ni o‘tkazuvchanlik tezligini har xil bo‘lishi yurak ishini ketma-ketligini ta’minlaydi. O‘tkazuvchanlikni buzilishi yurak blakadasini keltirib chiqaradi. 2.Yurak muskullariga hamma to‘qimalarga xos bo‘lgan qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati xosdir ya’ni yurakga markaziy nerv sistemasi yoki gumoral sistemadan qo‘zg‘alish kelsa yurak o‘z ishini ta’minlaydi. Yurak muskullari hamma qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga o‘xshash ta’sirlanish bilan qo‘zg‘alish xususiyatiga ega, ammo yurak muskullaridagi qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati skelet muskullarinikiga nisbatan ancha past rivojlangan, ta’sirlanish pog‘anasi yuqori bo‘ladi. Yurak muskullari anizotrop va izotrop moddalardan tuzilgan. Yurak muskullaridagi tolalar o‘zaro simplast bir-biriga aloqador bo‘lib tuzilgan. Shu sababdan yurak muskullariga berilgan ta’sirot barcha tolalarga bir xil tarqaladi va ta’sirot kuchi pog‘ana kuchidan yuqori bo‘lgandagina qo‘zg‘alish hosil qiladi. Masalan: birorta sklet muskuli va yurak muskulini olib ko‘rsak sklet muskuli o‘z yo‘li bilan torqalgan tolalardan, yurak muskuli esa o‘zaro protoplazmatik ko‘prik bilan simplast joylashgan. Skelet muskuli turli darajadagi qo‘zg‘aluvchanlikga ega bo‘lgan tolalardan tashkil topganligi uchun ta’sirot kuchi oshib borsa qo‘zg‘alishi ham oshib boradi va to‘xtab qoladi. Yurak muskullari esa pog‘ana kuchdagi ta’sirotga birdaniga qisqarib javob beradi ya’ni yurak muskullarining hammasiga yetadigan kuch bilan ta’sirlanganda ta’sirotga javob beradi. Shuning uchun yurak doimo ishlab turadi, agarda hamma ta’sirotga javob beraversa yurak ishi izdan chiqib uzoq vaqt ish bajaraolmagan bo‘lardi. Yurak muskullari qo‘zg‘algan ikkita faza bilan chegaranlanadi. a).Yurak muskullarining sistolasi bo‘lib qisqargan vaqtida ta’sirotlarga mutlaqo javob bermaslik ya’ni absolyut refrakterlik (qo‘zg‘almaslik) faza bilan chegaralanadi ya’ni yurak bo‘lmachalarining sistolasi, qorinchalar sistolasi va pauza.  
 
b).Yurak muskularining diastola bo‘lish davrida nisbiy qo‘zg‘almaslik fazasi 
bo‘ladi, bu fazada yurak muskullari qo‘shimcha kuchli ta’sirotlarga, qo‘shimcha 
kuchsiz qisqarish bilan javob beradi natijada ekstrosistola va kompensator pauza 
hosil bo‘ladi. Ana shu tasodifiy qisqarish vaqtini qoplash uchun kompensator pauza 
hosil qiladi ya’ni pauza uzayadi. Qo‘shimcha ta’sirotga qo‘shimcha dam oladi, agar 
dam olmasa yurak ish ritmi buziladi, dam olishdan keyin yurak o‘z ishini yana 
davom etdira beradi. Bo‘lmachalarni ekstrosistolasidan keyin kompensator pauza 
hosil bo‘lmaydi. 
 Yurak muskullariga shunday qo‘zg‘alish xos bo‘lishi yurak ishini uzluksiz bir 
xil ritmda bo‘lishini ta’minlaydi va har qanday ekstrosistola va kompensator pauza 
yurak ishida aritmiyalar bo‘lishidan dalolat beradi. 
 Organizmda shunday hodisalar bo‘ladimi?  
Ha bo‘ladi. Yurak markaziy nerv sistemasidan keladigan ta’sirotga javob berib 
ishlaydi va gumoral sistemadan keladigan ta’sirot kuchli bo‘lsa markaziy nerv 
sistemasidan keladigan ta’sir yo‘li to‘silib yurak ikki marta ketma-ket qisqarib 
kompensator pauza hosil qiladi (zaharlanganda, anginalar vaqtida, koklar qonga 
o‘tib yurak ishiga ta’sir etadi. Buni organizm uchun qisman zarari bor, lekin 
organizm o‘rganadi). 
3.Yurak avtomatiyasi deb yurakni organizmdan tashqarida belgili sharoitda 
(muayyan sharoitda) o‘z-o‘zidan mustaqil ishlash imkoniyatiga aytiladi. Yurakni 
avtomatik ishlash sharoiti yurak sistemasida joylashgan nerv tugunchalari va muskul 
tolalarining fiziologik xususiyatlariga asoslangan bo‘ladi. Shu sababdan yurak 
avtomatiyasini nazariy tushinish aosida neyrogen va miogen nazariyalar rivojlangan. 
 A). Neyrogen nazariya asosida nerv tugunchalarida hosil bo‘ladigan 
qo‘zg‘alish impulslari, impulslarining o‘tkazilishi va tarqalishi nazarga olinadi. 
 B). Miogen nazariyada qo‘zg‘alishni muskul sistemalarda tarqalishi, 
muskullarni qisqaruvchanligi, qo‘zg‘aluvchanligi, o‘tkazuvchanlik xususiyat-lariga 
asoslanadi. Har qaysi nazariya o‘ziga xos isbot va dalillarga asoslanadi. 
 Jumladan, neyrogen nazariyada nerv tugunchalarining qo‘zg‘auvchanligi, 
qo‘zg‘alishni maxsus fizik-kimyoviy asoslarga ega bo‘lganligi isbotlanadi. 
Jumladan nerv tugunchalarining qo‘zg‘algan qismida modda almashinuvining 
intensivligini kuchayishi, biopotensiallarning ayirmasini hosil bo‘lishi asos qilinadi. 
b).Yurak muskularining diastola bo‘lish davrida nisbiy qo‘zg‘almaslik fazasi bo‘ladi, bu fazada yurak muskullari qo‘shimcha kuchli ta’sirotlarga, qo‘shimcha kuchsiz qisqarish bilan javob beradi natijada ekstrosistola va kompensator pauza hosil bo‘ladi. Ana shu tasodifiy qisqarish vaqtini qoplash uchun kompensator pauza hosil qiladi ya’ni pauza uzayadi. Qo‘shimcha ta’sirotga qo‘shimcha dam oladi, agar dam olmasa yurak ish ritmi buziladi, dam olishdan keyin yurak o‘z ishini yana davom etdira beradi. Bo‘lmachalarni ekstrosistolasidan keyin kompensator pauza hosil bo‘lmaydi. Yurak muskullariga shunday qo‘zg‘alish xos bo‘lishi yurak ishini uzluksiz bir xil ritmda bo‘lishini ta’minlaydi va har qanday ekstrosistola va kompensator pauza yurak ishida aritmiyalar bo‘lishidan dalolat beradi. Organizmda shunday hodisalar bo‘ladimi? Ha bo‘ladi. Yurak markaziy nerv sistemasidan keladigan ta’sirotga javob berib ishlaydi va gumoral sistemadan keladigan ta’sirot kuchli bo‘lsa markaziy nerv sistemasidan keladigan ta’sir yo‘li to‘silib yurak ikki marta ketma-ket qisqarib kompensator pauza hosil qiladi (zaharlanganda, anginalar vaqtida, koklar qonga o‘tib yurak ishiga ta’sir etadi. Buni organizm uchun qisman zarari bor, lekin organizm o‘rganadi). 3.Yurak avtomatiyasi deb yurakni organizmdan tashqarida belgili sharoitda (muayyan sharoitda) o‘z-o‘zidan mustaqil ishlash imkoniyatiga aytiladi. Yurakni avtomatik ishlash sharoiti yurak sistemasida joylashgan nerv tugunchalari va muskul tolalarining fiziologik xususiyatlariga asoslangan bo‘ladi. Shu sababdan yurak avtomatiyasini nazariy tushinish aosida neyrogen va miogen nazariyalar rivojlangan. A). Neyrogen nazariya asosida nerv tugunchalarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alish impulslari, impulslarining o‘tkazilishi va tarqalishi nazarga olinadi. B). Miogen nazariyada qo‘zg‘alishni muskul sistemalarda tarqalishi, muskullarni qisqaruvchanligi, qo‘zg‘aluvchanligi, o‘tkazuvchanlik xususiyat-lariga asoslanadi. Har qaysi nazariya o‘ziga xos isbot va dalillarga asoslanadi. Jumladan, neyrogen nazariyada nerv tugunchalarining qo‘zg‘auvchanligi, qo‘zg‘alishni maxsus fizik-kimyoviy asoslarga ega bo‘lganligi isbotlanadi. Jumladan nerv tugunchalarining qo‘zg‘algan qismida modda almashinuvining intensivligini kuchayishi, biopotensiallarning ayirmasini hosil bo‘lishi asos qilinadi.  
 
 Miogen nazariyada yurak muskullarini atipik tolalarga xos bo‘lishi, moddalar 
almashinuvini intensivligi biologik oqsillarni o‘ziga xos bo‘lishiga asoslangan. (Bu 
to‘g‘risida ko‘p tajribalar o‘tkazilgan, har ikkala nazariya asoslagan). Bu nazariyalar 
o‘zicha avtomatiyaga asoslangan. Neyrogen nazariya tarafdorlari yurakda 
joylashgan nerv tugunlarini avtomatiya uchun asos qiladi. Bu nerv tugunlarida 
qo‘zg‘alish paydo bo‘lib o‘z-o‘zidan tarqalishini asos qiladi. Nervni izolyatsiya 
qilib, Stannius tajribasida vena sinusi bog‘langanda nerv tuguni izolyatsiya qilinib, 
yurak avtomatiyasidagi ahamiyati ko‘rsatiladi ya’ni bu paytda yurak qisqarishdan 
to‘xtaydi, pastdagi tugun Remakka – Ashof – Tavara qo‘zg‘alganda yurak 
ishlaydiyu, lekin zaif ishlaydi. Shunga qarab xulosa qilish xato bo‘ladi.  
Muskullarning biologik xususiyatlarini o‘rganishda muskullar sistemasining 
avtomatiyadagi ahamiyati katta deyiladi. Muskul to‘qimalarida ta’sirot tarqalib 
muskul qisqarib ishlaydi. 
 Biz neyrogen va miogen nazariyalarni inkor qilmasdan ularni birgalikda 
neyromiogen nazariya sifatida o‘rganamiz. 
 Yurak noqulay sharoitda to‘xtab qoladi, lekin keyin sharoit yaratilishi 
natijasida yurak yana ishlay boshlaydi. Bu holatni 1902 yilda Kulyabko kuzatgan 
bo‘lib, u 3 yashar bola yuragini bola o‘limidan bir necha soatdan keyin ajratib olib 
unga fibrinsizlangan qonni isitib yuborganida yurakni qisqara boshlaganini 
kuzatgan. Hozir juda ko‘p kishilarda yurakni transplantasiya qilingan. Bu sohada 
Rossiya, O‘zbekiston va AQShda ko‘p olimlar ishlayapti. Lekin har bir organizmni 
o‘zining spesifik oqsillari bo‘lib boshqa organlarni ko‘chirilishiga to‘sqinlik qiladi. 
Shuning uchun ham urug‘, jinsi bilan yaqin bo‘lgan organizmlarda tronsplantatsiya 
muvofaqiyatli chiqadi (egizak, bir avlodga mansub bo‘lgan kishilarni yuragini 
biridan-ikkinchisiga ya’ni nabirasidan bobosiga o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlar 
bor). 
 Yurak avtomatiyasini o‘rgangan keyingi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlar 
natijasi neyromiogen nazariyaga asoslanadi va bu nazariyaga muvofiq yurakning 
avtomatik ishlash imkoniyati belgili fiziologik sharoitda yurak sistemasiga xos 
bo‘lgan fiziologik xususiyatlarga asoslanadigan bo‘ldi. Yurakni avtomatiya 
xususiyatiga asoslanib yurakda o‘tkaziladigan har xil operatsiyalar yurakni 
transplantatsiya qilish tajribalari o‘tkaziladi. Yurak avtomatiyasida nerv-tugunining 
Miogen nazariyada yurak muskullarini atipik tolalarga xos bo‘lishi, moddalar almashinuvini intensivligi biologik oqsillarni o‘ziga xos bo‘lishiga asoslangan. (Bu to‘g‘risida ko‘p tajribalar o‘tkazilgan, har ikkala nazariya asoslagan). Bu nazariyalar o‘zicha avtomatiyaga asoslangan. Neyrogen nazariya tarafdorlari yurakda joylashgan nerv tugunlarini avtomatiya uchun asos qiladi. Bu nerv tugunlarida qo‘zg‘alish paydo bo‘lib o‘z-o‘zidan tarqalishini asos qiladi. Nervni izolyatsiya qilib, Stannius tajribasida vena sinusi bog‘langanda nerv tuguni izolyatsiya qilinib, yurak avtomatiyasidagi ahamiyati ko‘rsatiladi ya’ni bu paytda yurak qisqarishdan to‘xtaydi, pastdagi tugun Remakka – Ashof – Tavara qo‘zg‘alganda yurak ishlaydiyu, lekin zaif ishlaydi. Shunga qarab xulosa qilish xato bo‘ladi. Muskullarning biologik xususiyatlarini o‘rganishda muskullar sistemasining avtomatiyadagi ahamiyati katta deyiladi. Muskul to‘qimalarida ta’sirot tarqalib muskul qisqarib ishlaydi. Biz neyrogen va miogen nazariyalarni inkor qilmasdan ularni birgalikda neyromiogen nazariya sifatida o‘rganamiz. Yurak noqulay sharoitda to‘xtab qoladi, lekin keyin sharoit yaratilishi natijasida yurak yana ishlay boshlaydi. Bu holatni 1902 yilda Kulyabko kuzatgan bo‘lib, u 3 yashar bola yuragini bola o‘limidan bir necha soatdan keyin ajratib olib unga fibrinsizlangan qonni isitib yuborganida yurakni qisqara boshlaganini kuzatgan. Hozir juda ko‘p kishilarda yurakni transplantasiya qilingan. Bu sohada Rossiya, O‘zbekiston va AQShda ko‘p olimlar ishlayapti. Lekin har bir organizmni o‘zining spesifik oqsillari bo‘lib boshqa organlarni ko‘chirilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham urug‘, jinsi bilan yaqin bo‘lgan organizmlarda tronsplantatsiya muvofaqiyatli chiqadi (egizak, bir avlodga mansub bo‘lgan kishilarni yuragini biridan-ikkinchisiga ya’ni nabirasidan bobosiga o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlar bor). Yurak avtomatiyasini o‘rgangan keyingi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi neyromiogen nazariyaga asoslanadi va bu nazariyaga muvofiq yurakning avtomatik ishlash imkoniyati belgili fiziologik sharoitda yurak sistemasiga xos bo‘lgan fiziologik xususiyatlarga asoslanadigan bo‘ldi. Yurakni avtomatiya xususiyatiga asoslanib yurakda o‘tkaziladigan har xil operatsiyalar yurakni transplantatsiya qilish tajribalari o‘tkaziladi. Yurak avtomatiyasida nerv-tugunining  
 
ahamiyati laboratoriya sharoitida Stannius tajribasida tekshirilib aniqlanadi. (1940 
yildan boshlab hozirgacha o‘tkazilgan tajribalar asosida juda ko‘p operasiyalar 
bajarilib ba’zi organizmlar yurakni ko‘chirgandan keyin 18 oydan 3 yilgacha 
yashagan). 
4.Yurak muskullarining bioelektrik tok hosil qilish xususiyati. 
 Yurak muskullariga har qanday qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga o‘xshash 
bioelektrik tok hosil qilish xislati xos. Biotok hosil bo‘lishining asosiy sababi manfiy 
va musbat patensiallar hosil bo‘lishi bo‘ladi. Bu biotok hosil qilishni hamma 
muskullarda oshqozon va ichakda, nerv to‘qimalarida, markazlarida va yurakda 
kuzatish mumkin.  
Tirik organizm o‘z yuzasida teri muskullarning nisbiy tinch davrida musbat 
zaryadga ega bo‘lib, qo‘zg‘alganda manfiy zaryad hosil qiladi. 
 Yurak sistemasining qo‘zg‘algan qismi qo‘zg‘almagan qismiga nisbatan 
manfiy zaryadlanib biotok hosil qiladi. Biotok hosil bo‘lishi fizik - kimyoviy 
jarayonlar asosida hosil bo‘lgan, musbat va manfiy zaryad hosil bo‘lishi fizikaviy 
asos bo‘lsa, moddalar almashinishini jadalligi natijasida har xil anion kation ajralishi 
kimyoviy asos bo‘ladi. 
 Yurak sistemasida hosil bo‘ladigan biotok yurakning har bir qismlariga va 
yaxlit organizmning oldingi va chap tomonlarida tarqaladi ya’ni biotok maydoninni 
hosil qiladi. Organizmning muayyan qismlariga elektrodlar o‘rnatish bilan yurakda 
hosil bo‘ladigan biotokni o‘lchash yoki chizib olish imkoniyatlari tug‘iladi. Yuakda 
hosil bo‘ladigan biotokni chizib olish uchun maxsus asbob-uskuna ya’ni 
elektrokardiografdan foydalanib elektr tokini yozib olinadi. Organizmni oldingi 
oyoqlari, keyingi chap oyog‘i va ko‘krak qismlariga maxsus elektrodlar yopishtirish 
bilan 
yurakda 
hosil 
bo‘layotgan 
biotokni 
harakatlanishi 
chizib 
olinib 
elektrokardiogramma deyiladi. EKG da bir necha tishchalar chiziladi. Har qaysi 
hayvondagi EKG har xil bo‘lib itlarda S tishcha bo‘lmaydi, otlarda qo‘shimcha Q-
tishcha va T-tishcha teskari elektr tokining yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib har xil 
hayvonda yurak muskulini tuzilishi har xildir. Ayniqsa yurakni uchida hosil bo‘lgan 
tokda shunday bo‘ladi. 
 R-bo‘lmada; 
 QRS-qorinchada 
ahamiyati laboratoriya sharoitida Stannius tajribasida tekshirilib aniqlanadi. (1940 yildan boshlab hozirgacha o‘tkazilgan tajribalar asosida juda ko‘p operasiyalar bajarilib ba’zi organizmlar yurakni ko‘chirgandan keyin 18 oydan 3 yilgacha yashagan). 4.Yurak muskullarining bioelektrik tok hosil qilish xususiyati. Yurak muskullariga har qanday qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga o‘xshash bioelektrik tok hosil qilish xislati xos. Biotok hosil bo‘lishining asosiy sababi manfiy va musbat patensiallar hosil bo‘lishi bo‘ladi. Bu biotok hosil qilishni hamma muskullarda oshqozon va ichakda, nerv to‘qimalarida, markazlarida va yurakda kuzatish mumkin. Tirik organizm o‘z yuzasida teri muskullarning nisbiy tinch davrida musbat zaryadga ega bo‘lib, qo‘zg‘alganda manfiy zaryad hosil qiladi. Yurak sistemasining qo‘zg‘algan qismi qo‘zg‘almagan qismiga nisbatan manfiy zaryadlanib biotok hosil qiladi. Biotok hosil bo‘lishi fizik - kimyoviy jarayonlar asosida hosil bo‘lgan, musbat va manfiy zaryad hosil bo‘lishi fizikaviy asos bo‘lsa, moddalar almashinishini jadalligi natijasida har xil anion kation ajralishi kimyoviy asos bo‘ladi. Yurak sistemasida hosil bo‘ladigan biotok yurakning har bir qismlariga va yaxlit organizmning oldingi va chap tomonlarida tarqaladi ya’ni biotok maydoninni hosil qiladi. Organizmning muayyan qismlariga elektrodlar o‘rnatish bilan yurakda hosil bo‘ladigan biotokni o‘lchash yoki chizib olish imkoniyatlari tug‘iladi. Yuakda hosil bo‘ladigan biotokni chizib olish uchun maxsus asbob-uskuna ya’ni elektrokardiografdan foydalanib elektr tokini yozib olinadi. Organizmni oldingi oyoqlari, keyingi chap oyog‘i va ko‘krak qismlariga maxsus elektrodlar yopishtirish bilan yurakda hosil bo‘layotgan biotokni harakatlanishi chizib olinib elektrokardiogramma deyiladi. EKG da bir necha tishchalar chiziladi. Har qaysi hayvondagi EKG har xil bo‘lib itlarda S tishcha bo‘lmaydi, otlarda qo‘shimcha Q- tishcha va T-tishcha teskari elektr tokining yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib har xil hayvonda yurak muskulini tuzilishi har xildir. Ayniqsa yurakni uchida hosil bo‘lgan tokda shunday bo‘ladi. R-bo‘lmada; QRS-qorinchada  
 
 T-yurakni uchida. 
 Yurakda hosil bo‘lgan biotok kuchi nihoyatda past va millivolt bilan 
o‘lchanadi. Uni o‘lchash uchun maxsus torli galvonemetrlardan foydalanilib, uning 
har xil konstruksiyasi bor. 1903 yil birinchi Eytgoffen torli galvonometrni kashf 
etgan keyinchalik o‘zimizda fiziklar tomonidan galvonometrlar yaratilgan. Biotok 
chizilgan EKG da yurak ishi bilan bog‘liq bo‘lgan har xil fazada ifodalanadi. 
Jumladan, har bir EKGda RQRST tishchalar bo‘ladi. Ularda Rdan Sgacha bo‘lgan 
masofa yurakning sistola davrini belgilaydi va T-R yurakning diastola fazasini 
belgilaydi. Ayniqsa R tishchadan Qgacha bo‘lgan masofasi yurak bo‘lmachalar 
qismida hosil bo‘lgan tokni yo‘nalish tezligi va bo‘lmachalar muskullarida tokni 
o‘tkazish xususiyatlarini belgilaydi. 
  QRS yurak qorinchalar qismida Ashof Tovara, Gissa tugunlarida va muskul 
tolalarida biotokning harakat tezligini belgilaydi. 
 EKGning chizilishi xususiyatiga qarab yurakda bo‘ladigan barcha fiziologik 
xususiyatlarning me’yoriy yoki o‘zgarganligi tekshirib aniqlanadi. Shu sababdan 
klinika va laboratoriyada qo‘llaniladigan usul sifatida foydalaniladi. Hayvon yoki 
odam yurak faoliyatini o‘rganmoqchi bo‘lsak hozirgi zamon elektrokardiografi 
ishlatilib u pero bilan chizadi, buning uchun galvonemetrga ulangan 3 yoki 4 
elektrod bog‘lami o‘tkaziladi. Hayvonni oldingi chap oyog‘i orqangi o‘ng oyog‘i va 
aksincha bog‘lam o‘tkaziladi. EKGda yurak kasalligini aniqlaydi va tadbir 
choralarni qo‘llaydi.  
 
TAYYoRLANISh UChUN SAVOLLAR 
1.Arteriya qon tomirlari deb nimaga aytiladi? 
2.Vena qon tomirlari deb nimaga aytiladi? 
3.Yurak evolyusiyasi haqida tushincha bering? 
4.To‘rt kamerali yurakni tuzilishini tushintiring? 
5.Yurak ishini tushintirib bering? 
6.Yurak ishi davrida hosil bo‘ladigan tashqi belgilarni tushintiring? 
7.Yurakni sistolik va daqiqalik hajmini tushintiring? 
8.Yurak muskullarining xususiyatlarini tushintiring? 
 
T-yurakni uchida. Yurakda hosil bo‘lgan biotok kuchi nihoyatda past va millivolt bilan o‘lchanadi. Uni o‘lchash uchun maxsus torli galvonemetrlardan foydalanilib, uning har xil konstruksiyasi bor. 1903 yil birinchi Eytgoffen torli galvonometrni kashf etgan keyinchalik o‘zimizda fiziklar tomonidan galvonometrlar yaratilgan. Biotok chizilgan EKG da yurak ishi bilan bog‘liq bo‘lgan har xil fazada ifodalanadi. Jumladan, har bir EKGda RQRST tishchalar bo‘ladi. Ularda Rdan Sgacha bo‘lgan masofa yurakning sistola davrini belgilaydi va T-R yurakning diastola fazasini belgilaydi. Ayniqsa R tishchadan Qgacha bo‘lgan masofasi yurak bo‘lmachalar qismida hosil bo‘lgan tokni yo‘nalish tezligi va bo‘lmachalar muskullarida tokni o‘tkazish xususiyatlarini belgilaydi. QRS yurak qorinchalar qismida Ashof Tovara, Gissa tugunlarida va muskul tolalarida biotokning harakat tezligini belgilaydi. EKGning chizilishi xususiyatiga qarab yurakda bo‘ladigan barcha fiziologik xususiyatlarning me’yoriy yoki o‘zgarganligi tekshirib aniqlanadi. Shu sababdan klinika va laboratoriyada qo‘llaniladigan usul sifatida foydalaniladi. Hayvon yoki odam yurak faoliyatini o‘rganmoqchi bo‘lsak hozirgi zamon elektrokardiografi ishlatilib u pero bilan chizadi, buning uchun galvonemetrga ulangan 3 yoki 4 elektrod bog‘lami o‘tkaziladi. Hayvonni oldingi chap oyog‘i orqangi o‘ng oyog‘i va aksincha bog‘lam o‘tkaziladi. EKGda yurak kasalligini aniqlaydi va tadbir choralarni qo‘llaydi. TAYYoRLANISh UChUN SAVOLLAR 1.Arteriya qon tomirlari deb nimaga aytiladi? 2.Vena qon tomirlari deb nimaga aytiladi? 3.Yurak evolyusiyasi haqida tushincha bering? 4.To‘rt kamerali yurakni tuzilishini tushintiring? 5.Yurak ishini tushintirib bering? 6.Yurak ishi davrida hosil bo‘ladigan tashqi belgilarni tushintiring? 7.Yurakni sistolik va daqiqalik hajmini tushintiring? 8.Yurak muskullarining xususiyatlarini tushintiring?  
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR. 
 
1. R.X.Xaitov, B.Z.Zaripov, Z.T.Rajamurodov «Hayvonlar fiziologisiya» Toshkent, 
«O‘qituvchi», 2005 yil 3-16 betlar. 
2. V.Xusainova, Z.Toshpo‘latov «Qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi» 
Toshkent «O‘zbekiston» 1994 yil 180-198 betlar. 
3. I.V.Georgievskiy «Fiziologiya s/x jivotnыx» Moskva Agropromizdat, 1990 
god 218-230 betlar. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR. 1. R.X.Xaitov, B.Z.Zaripov, Z.T.Rajamurodov «Hayvonlar fiziologisiya» Toshkent, «O‘qituvchi», 2005 yil 3-16 betlar. 2. V.Xusainova, Z.Toshpo‘latov «Qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi» Toshkent «O‘zbekiston» 1994 yil 180-198 betlar. 3. I.V.Georgievskiy «Fiziologiya s/x jivotnыx» Moskva Agropromizdat, 1990 god 218-230 betlar.