QORAQALPOG‘ISTON TURISTIK MINTAQASI.
Reja:
1.
Qoraqalpog‘iston
turistik
mintaqasining
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
2.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
3.
Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4.
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
Qoraqalpog‘iston turistik mintaqasi. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-
g’arbi – Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi
tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo’llari asfaltsiz, o’nqir-
cho’nqir yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ”
rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul.
Ustyurtning sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ekoturistik obyektlariga :
- “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar bilan
o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti suvlariga ega
supasimon tekisligi;
- davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km2) tuzli Borsakelmas
sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va balchiqli tuzning
qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo’ng’irot soda zavodi aynan
Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;
- neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy odamlar
yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham
ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib, undan arxeolog S.P.
Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh
qurollari topilgan.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Orol va Orolbo’yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani uchun
ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt bo’lib
hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o’zida ham Orolning qurilgan,
ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar
nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali
ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni
yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy
g’arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas
oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik
obyektdir. Unda Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.
Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohillarida to’qayzorlar mavjud
bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft ko’rinishlardan bo’lib
hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay langshaftidagi qushlar va
hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay qo’riqxonasi tashkil etilgan. Unga
ma’rifiy-ma’naviy maqsadda tashrif buyurishni uyushtirish mumkin. Ornitafaunani
saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari
Qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida, kembriy va
kembriygacha burmalangan tog’ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485
metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida
O’zbekistonning ko’hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan. Xorazmdagi
arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni
tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati
Norinjonbobo maqbarasi. XIV asrga mansub me’moriy majmua.
Norinjonboboning tug`ilgan yili ma’lum emas. O`zi XIII- XIV asrlar orasida yashab
o`tgan. Hijriy 712 (mil. 1312) yili vafot etgan. SHaxsi haqida aniq ma’lumotlar
saqlanmagan. Qabri ustiga o`rnatilgan toshga "Bu oqil, obid, Alloh yo`lida doimiy
ro`zador, Alloh karomatini yerda paydo etuvchi mashhur Muhammad ibn Muso ibn
Dovud Abu Abdulloh an-Norinjoniyning qabridur. Allohning unga va uning
do`stlariga rahmati bo`lsin" deb yozilgan. Bu bitiklar Norinjonboboning sohibi
karomat, aziz avliyolardan ekaniga shohidlik beradi.
Sulton Uvays bobo maqbarasi. XVII - XIX asrlar. Sulton Uvays asl ismi Suhayl
ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Qaran ibn Murod. U YAman mamlakatining
Qaran qishlog`i Murodiy qabilasida milodning 625 yili tug`lgan. 657 yili (hijriy 37
yili 17 shavvol kuni) Hazrati Ali va Muoviya askarlari o`rtasida yuz bergan Siffin
jangida 32 yoshida shahid bo`lgan. Payg`ambar (a.s.) bu bo`lg`usi avliyo zot haqida
xabar berganlar. Sulton Uvays Bobo maqbarasida u kishining jasadlari yo`q. O`sha
davr odatiga ko`ra, avliyoning izdosh-muxlislari XVII asrda ramziy qabr yasab, bir
ziyoratgoh bunyod etishgan. So`ngra keyingi asrda Xiva xonining o`g`li Olloqulixon
Peterburg safaridan qaytib kelayotganida o`sha joyda tunaydi. Avliyolar Sultoni
Uvays Qaraniy uning tushiga kirib, yaqinda xon bo`lishi haqida bashorat qiladi. SHu
bashorat ro`yobga chiqqach, uning suyunchisiga Olloqulixon shayxga katta masjid
va alohida o`nta chillaxona qurdiradi.