Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

29,5 KB


 
1 
 
 
 
 
 
Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar 
 
 
 
O‘simliklarning tuproq nami bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi 
natijasida ularning so‘lib qolishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keladigan 
meteorologik sharoit qurg‘oqchilik deb ataladi. 
Qurg‘oqchilik yilning iliq mavsumlarida uzoq vaqt yog‘in yog‘masligi va havo 
haroratining yuqoriligi sababli o‘simliklarning bug‘lanishi kuchayishidan kelib 
chiqadi. 
Natijada tuproqning o‘simlik oziqlanadigan qatlamidan namlik bug‘lanib ketadi 
va o‘simlikning suv balansi buziladi. 
Qurg‘oqchilik natijasida katta maydonlardan qishloq xo‘jalik ekinlarining bir 
qismi yoki hammasi nobud bo‘ladi. 
Masalan, qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda lalmikor yerlarda bug‘doydan 
olinadigan hosil 40-65 foizga kamayib ketadi. Juda issiq kelgan yillari yaylov 
o‘tlarining vegetatsiya davri 15-20 kunga qisqarib, hosildorligi 30-60% ga 
kamayadi. Qurg‘oqchilik ikki xil bo‘ladi: 
Tuproq qurg‘oqchiligi. Tuproqda namlik yetarli bo‘lmaganda tuproq 
qurg‘oqchiligi yuzaga chiqadi. Tuproq qurg‘oqchiligi bahor va yozda uzoq vaqt 
yomg‘ir yog‘maganligidan kelib chiqadi. 
O‘zbekiston tekisliklari va tog‘ oldi hududlari uchun qurg‘oqchilik oddiy 
hodisadir. Chunki bahor va yozda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi har yili takrorlanib 
turadi. 
O‘tlar qurg‘oqchilikka ancha moslashgan bo‘lib, qattiq issiqlar boshlangunga 
qadar vegetatsiya davri bosqichlarini bahorda oxiriga yetkazadi. Ammo qishloq 
xo‘jalik ekinlari qurg‘oqchilikdan ancha zararlanadi. 
1 Qurg‘oqchilik va garmsellar. Qurg‘oqchilik turlari va garmsellar O‘simliklarning tuproq nami bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi natijasida ularning so‘lib qolishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keladigan meteorologik sharoit qurg‘oqchilik deb ataladi. Qurg‘oqchilik yilning iliq mavsumlarida uzoq vaqt yog‘in yog‘masligi va havo haroratining yuqoriligi sababli o‘simliklarning bug‘lanishi kuchayishidan kelib chiqadi. Natijada tuproqning o‘simlik oziqlanadigan qatlamidan namlik bug‘lanib ketadi va o‘simlikning suv balansi buziladi. Qurg‘oqchilik natijasida katta maydonlardan qishloq xo‘jalik ekinlarining bir qismi yoki hammasi nobud bo‘ladi. Masalan, qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda lalmikor yerlarda bug‘doydan olinadigan hosil 40-65 foizga kamayib ketadi. Juda issiq kelgan yillari yaylov o‘tlarining vegetatsiya davri 15-20 kunga qisqarib, hosildorligi 30-60% ga kamayadi. Qurg‘oqchilik ikki xil bo‘ladi: Tuproq qurg‘oqchiligi. Tuproqda namlik yetarli bo‘lmaganda tuproq qurg‘oqchiligi yuzaga chiqadi. Tuproq qurg‘oqchiligi bahor va yozda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘maganligidan kelib chiqadi. O‘zbekiston tekisliklari va tog‘ oldi hududlari uchun qurg‘oqchilik oddiy hodisadir. Chunki bahor va yozda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi har yili takrorlanib turadi. O‘tlar qurg‘oqchilikka ancha moslashgan bo‘lib, qattiq issiqlar boshlangunga qadar vegetatsiya davri bosqichlarini bahorda oxiriga yetkazadi. Ammo qishloq xo‘jalik ekinlari qurg‘oqchilikdan ancha zararlanadi.  
2 
 
Atmosfera 
qurg‘oqchiligi. 
Havo 
haroratining 
yuqori 
va 
 
namlik  
yetishmovchiligining katta bo‘lishi natijasida atmosfera qurg‘oqchiligi sodir bo‘ladi. 
Bunday sharoitda o‘simlikning bug‘lanishi ortadi, o‘simlikning tuproqdan olgan 
nami, uning sarflagan namiga yetmaydi, boshqacha aytganda o‘simlik tuproqdan 
yetarlicha suv olib ulgurmaydi, tuproqdagi namlikning o‘zi kam bo‘lsa o‘simlik 
butunlay qurib qoladi. Ba’zan tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi ayni bir vaqtda 
ta’sir qiladi. Buning oqibatida o‘simlikning qisman zararlanishi yoki nobud bo‘lishi 
yana ham tezlashadi. 
Quruq issiq shamol (suxovey) - bu past nisbiy namlik (30% dan kam), yuqori havo 
harorati (25°C dan yuqori) va tezligi 5 m/s dan ortiq shamol bilan tavsiflanadigan 
murakkab meteorologik hodisadir. Bu omillarning birgalikda ta’siridan o‘simlikning 
bug‘lanishi keskin ortadi va o‘simlikning suv balansi buziladi. 
Quruq issiq shamollar ta’sirida o‘simlik to‘qimalari suvsizlanadi, buning 
natijasida fotosintez, nafas olish, uglevod va oqsil almashinishi kabi fiziologik 
jarayonlar buziladi. Fotosintez jarayonining pasayishi natijasida o‘simlikning o‘sishi 
sekinlashadi, boshoqlar soni kamayadi, hosilsiz gullar soni ko‘payadi. 
Quruq issiq shamolning salbiy ta’siri pirovardida o‘simlik mahsuldorligini 
pasaytiradi. Boshqacha aytganda, suvsizlanish ta’sirida o‘simlikning sintez qilish 
qobiliyati buziladi, oqsillar parchalanadi va sitoplazmaning kolloid-ximik holati 
o‘zgaradi, bargning sekin o‘sishi natijasida o‘simlikning to‘plagan organik moddasi 
miqdori kamayadi. 
O‘simlikning yuqorida joylashgan barglari, pastki barglarga nisbatan kam 
zararlanadi, chunki ular pastki barglardan suvni so‘rib oladi va sintez qilish 
qobiliyatini ancha uzoq saqlaydi. 
Yuqorida joylashgan barglar, pastki barglardan oziq moddalarni ham so‘rib 
oladi. Shuning uchun qurg‘oqchilikda eng avvalo pastki barglar quriydi. 
O‘simlik generativ organlari (gul, meva) paydo bo‘lganidan keyin 
qurg‘oqchilikka chidamliligi pasayadi. 
Quruq issiq shamolning o‘simlikka salbiy ta’sirini quyidagi fikrdan ham ko‘rish 
mumkin. Agar o‘simlik sokin havoda bo‘lsa, bug‘langan suv o‘simlikning har bir 
bug‘lanayotgan qismi atrofida suv bug‘iga boyigan havo qobig‘ini vujudga keltiradi 
2 Atmosfera qurg‘oqchiligi. Havo haroratining yuqori va namlik yetishmovchiligining katta bo‘lishi natijasida atmosfera qurg‘oqchiligi sodir bo‘ladi. Bunday sharoitda o‘simlikning bug‘lanishi ortadi, o‘simlikning tuproqdan olgan nami, uning sarflagan namiga yetmaydi, boshqacha aytganda o‘simlik tuproqdan yetarlicha suv olib ulgurmaydi, tuproqdagi namlikning o‘zi kam bo‘lsa o‘simlik butunlay qurib qoladi. Ba’zan tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi ayni bir vaqtda ta’sir qiladi. Buning oqibatida o‘simlikning qisman zararlanishi yoki nobud bo‘lishi yana ham tezlashadi. Quruq issiq shamol (suxovey) - bu past nisbiy namlik (30% dan kam), yuqori havo harorati (25°C dan yuqori) va tezligi 5 m/s dan ortiq shamol bilan tavsiflanadigan murakkab meteorologik hodisadir. Bu omillarning birgalikda ta’siridan o‘simlikning bug‘lanishi keskin ortadi va o‘simlikning suv balansi buziladi. Quruq issiq shamollar ta’sirida o‘simlik to‘qimalari suvsizlanadi, buning natijasida fotosintez, nafas olish, uglevod va oqsil almashinishi kabi fiziologik jarayonlar buziladi. Fotosintez jarayonining pasayishi natijasida o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi, boshoqlar soni kamayadi, hosilsiz gullar soni ko‘payadi. Quruq issiq shamolning salbiy ta’siri pirovardida o‘simlik mahsuldorligini pasaytiradi. Boshqacha aytganda, suvsizlanish ta’sirida o‘simlikning sintez qilish qobiliyati buziladi, oqsillar parchalanadi va sitoplazmaning kolloid-ximik holati o‘zgaradi, bargning sekin o‘sishi natijasida o‘simlikning to‘plagan organik moddasi miqdori kamayadi. O‘simlikning yuqorida joylashgan barglari, pastki barglarga nisbatan kam zararlanadi, chunki ular pastki barglardan suvni so‘rib oladi va sintez qilish qobiliyatini ancha uzoq saqlaydi. Yuqorida joylashgan barglar, pastki barglardan oziq moddalarni ham so‘rib oladi. Shuning uchun qurg‘oqchilikda eng avvalo pastki barglar quriydi. O‘simlik generativ organlari (gul, meva) paydo bo‘lganidan keyin qurg‘oqchilikka chidamliligi pasayadi. Quruq issiq shamolning o‘simlikka salbiy ta’sirini quyidagi fikrdan ham ko‘rish mumkin. Agar o‘simlik sokin havoda bo‘lsa, bug‘langan suv o‘simlikning har bir bug‘lanayotgan qismi atrofida suv bug‘iga boyigan havo qobig‘ini vujudga keltiradi  
3 
 
va u o‘simlikni bug‘lanishning yanada kuchayishidan himoya qiladi. 
Agar shamol essa bu himoya qobiqni o‘simlikning har qaysi qismidan har doim 
shamol olib ketadi, uning o‘rnini yangi guruh havo egallaydi va buning oqibatida 
o‘simlikning bug‘lanishi yanada kuchayadi. 
Quruq issiq shamol ta’sirida o‘simlikning bug‘lanishi shunchalik kuchayadiki, 
unda o‘simlik ildizi orqali tuproqdan sarflangan nam miqdorini olib ulgurolmaydi va 
oxiri turgorligini yo‘qotib so‘lib qoladi. 
Qurg‘oqchilik va quruq issiq shamollarning kelib chiqishini o‘rganishga 
bag‘ishlangan ko‘p sonli tadqiqotlar, ularning sobiq Ittifoqning hududlarida vujudga 
kelishi, uzoq vaqt antitsiklonik ob-havoning o‘rnatilishiga olib keladigan kuchli 
atmosfera jarayonlari bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Sobiq Ittifoqning Yevropa 
qismiga antitsiklonlar ko‘proq Arktikadan keladi (barcha hollarning 70% cha qismi). 
Bunday antitsiklonlarning havo massasi kam absolyut namlikli, past haroratli va 
tiniq Arktika havosidan shakllangan bo‘ladi. 
Bunday havo massasi sobiq Ittifoqning Yevropa qismi va G‘arbiy Sibir ustidan 
janubga qarab siljishida isiydi, quruq havoga aylanadi va hududlar ustida ochiq ob-
havo o‘rnatiladi. Yozda antitsiklonlar kelganda havo ochiq va issiq bo‘lishining 
sababi ham shunda. 
Havo isigan sari havoning bug‘ bilan to‘yinish yetishmovchiligi ortadi, nisbiy 
namligi keskin kamayadi, tuproq namining bug‘lanishi kuchayadi, agar yog‘in 
bo‘lmasa  qurg‘oqchilik boshlanadi.  
Antitsiklonda havoning harakati soat strelkasining aylanishi yo‘nalishida 
bo‘lishini bilamiz. Shuning uchun Arktikadan kelgan antitsiklonning janubiy va 
g‘arbiy chekkalarida sharqiy yo‘nalishdagi shamollar ko‘p kuzatiladi. Shu sababli 
sobiq Ittifoqning Yevropa qismi janubida va janubi-sharqida quruq issiq shamollar 
ko‘pincha janubi-sharqiy, sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda bo‘ladi. O‘rta 
Osiyoda quruq issiq shamollar shimoliy yo‘nalishda bo‘ladi (antitsiklonning 
joylashishiga qarab). Qor qoplamining yetarlicha qalinligi bo‘lmagan yillari uning 
erishidan tuproqdagi namning yetarlicha to‘planmasligi, bahor va yozda 
yog‘inlarning kam yoqqanligi ham qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib keladi. 
Bunday hollarda bug‘lanuvchanlik unchalik kuchli bo‘lmasada o‘simlik namlik 
3 va u o‘simlikni bug‘lanishning yanada kuchayishidan himoya qiladi. Agar shamol essa bu himoya qobiqni o‘simlikning har qaysi qismidan har doim shamol olib ketadi, uning o‘rnini yangi guruh havo egallaydi va buning oqibatida o‘simlikning bug‘lanishi yanada kuchayadi. Quruq issiq shamol ta’sirida o‘simlikning bug‘lanishi shunchalik kuchayadiki, unda o‘simlik ildizi orqali tuproqdan sarflangan nam miqdorini olib ulgurolmaydi va oxiri turgorligini yo‘qotib so‘lib qoladi. Qurg‘oqchilik va quruq issiq shamollarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p sonli tadqiqotlar, ularning sobiq Ittifoqning hududlarida vujudga kelishi, uzoq vaqt antitsiklonik ob-havoning o‘rnatilishiga olib keladigan kuchli atmosfera jarayonlari bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga antitsiklonlar ko‘proq Arktikadan keladi (barcha hollarning 70% cha qismi). Bunday antitsiklonlarning havo massasi kam absolyut namlikli, past haroratli va tiniq Arktika havosidan shakllangan bo‘ladi. Bunday havo massasi sobiq Ittifoqning Yevropa qismi va G‘arbiy Sibir ustidan janubga qarab siljishida isiydi, quruq havoga aylanadi va hududlar ustida ochiq ob- havo o‘rnatiladi. Yozda antitsiklonlar kelganda havo ochiq va issiq bo‘lishining sababi ham shunda. Havo isigan sari havoning bug‘ bilan to‘yinish yetishmovchiligi ortadi, nisbiy namligi keskin kamayadi, tuproq namining bug‘lanishi kuchayadi, agar yog‘in bo‘lmasa qurg‘oqchilik boshlanadi. Antitsiklonda havoning harakati soat strelkasining aylanishi yo‘nalishida bo‘lishini bilamiz. Shuning uchun Arktikadan kelgan antitsiklonning janubiy va g‘arbiy chekkalarida sharqiy yo‘nalishdagi shamollar ko‘p kuzatiladi. Shu sababli sobiq Ittifoqning Yevropa qismi janubida va janubi-sharqida quruq issiq shamollar ko‘pincha janubi-sharqiy, sharqiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda bo‘ladi. O‘rta Osiyoda quruq issiq shamollar shimoliy yo‘nalishda bo‘ladi (antitsiklonning joylashishiga qarab). Qor qoplamining yetarlicha qalinligi bo‘lmagan yillari uning erishidan tuproqdagi namning yetarlicha to‘planmasligi, bahor va yozda yog‘inlarning kam yoqqanligi ham qurg‘oqchilik bo‘lishiga olib keladi. Bunday hollarda bug‘lanuvchanlik unchalik kuchli bo‘lmasada o‘simlik namlik  
4 
 
tanqisligiga uchraydi. 
Quruq issiq shamol bo‘lishini tuproqning nami yaxshi bo‘lganda ham kuzatish 
mumkin. Issiq quruq shamol uzoq vaqt ta’sir etganda tuproq quriydi va o‘simlik 
tuproq va atmosfera qurg‘oqchiliklarining ayni bir vaqtdagi ta’siridan eziladi. 
O‘rta Osiyoda quruq issiq shamol garmsel deb yuritiladi. 
O‘rta Osiyo garmsel tez-tez esib turadigan hududlar qatoriga kiradi. Qizilrovot, 
Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Ko‘korol kabi hududlarda garmsel eng ko‘p 
esadi. Yoz yaqinlashgan sari garmselning takrorlanishi kuchayadi. Cho‘llarda erta 
bahorda va kuzda unchalik yuqori bo‘lmagan havo haroratlarida ham garmselni 
kuzatilishi mumkin. 
O‘rta Osiyo hududlarida har yili may oyining oxirgi dekadasida yoki iyun 
oyining boshlarida yog‘ingarchilik juda kamayib ketadi (yoki to‘xtaydi). Havo isib 
bug‘lanishi kuchli bo‘lganidan tuproqning tabiiy namligi kamayib ketadi va tuproq 
qurg‘oqchiligi boshlanadi. Bu vaqtda lalmikor yerlardagi ekinlarning ko‘pchiligi 
qurib qoladi yoki rivojlanishdan to‘xtaydi. 
Cho‘llarda yozda faqat yantoq, shuvoq, sho‘ra, yulg‘un, qora saksovulga 
o‘xshash ildizlari chuqurga boradigan o‘simliklargina saqlanib qoladi. Garmselning 
kuchli kelishi va ko‘p vaqt davom etishi o‘simliklarni butunlay nobud qilishi 
mumkin. 
Garmselli kunlar soni yiliga Amudaryoning quyi oqimida 8 kungacha, Farg‘ona 
vodiysi va Toshkent viloyatlarida 9 kunga, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarida 25 kungacha yetadi. Ba’zan qurg‘oqchilik kunlarining soni mos 
ravishda 35, 45 va 85 kunga cho‘zilishi mumkin. 
Sug‘oriladigan yerlarda ekinlarni sun’iy ravishda sug‘orilib turilganidan tuproq 
qurg‘oqchiligi yuzaga chiqmaydi. 
Biroq, sug‘orish atmosfera qurg‘oqchiligini yo‘q qila olmaydi. Ketma-ket ikki 
sug‘orish oralig‘idagi vaqtda yuqori havo harorati atmosfera qurg‘oqchiligini 
keltirib chiqarishi mumkin. 
K.A. Karetnikova O‘rta Osiyoda hosil bo‘ladigan atmosfera qurg‘oqchiligi va 
garmsellarni o‘rganib, ularning hosil bo‘lish sabablarini aniqlagan. 
O‘rta Osiyo respublikalari hududlariga yozda uzoq vaqt chetdan boshqa 
4 tanqisligiga uchraydi. Quruq issiq shamol bo‘lishini tuproqning nami yaxshi bo‘lganda ham kuzatish mumkin. Issiq quruq shamol uzoq vaqt ta’sir etganda tuproq quriydi va o‘simlik tuproq va atmosfera qurg‘oqchiliklarining ayni bir vaqtdagi ta’siridan eziladi. O‘rta Osiyoda quruq issiq shamol garmsel deb yuritiladi. O‘rta Osiyo garmsel tez-tez esib turadigan hududlar qatoriga kiradi. Qizilrovot, Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Ko‘korol kabi hududlarda garmsel eng ko‘p esadi. Yoz yaqinlashgan sari garmselning takrorlanishi kuchayadi. Cho‘llarda erta bahorda va kuzda unchalik yuqori bo‘lmagan havo haroratlarida ham garmselni kuzatilishi mumkin. O‘rta Osiyo hududlarida har yili may oyining oxirgi dekadasida yoki iyun oyining boshlarida yog‘ingarchilik juda kamayib ketadi (yoki to‘xtaydi). Havo isib bug‘lanishi kuchli bo‘lganidan tuproqning tabiiy namligi kamayib ketadi va tuproq qurg‘oqchiligi boshlanadi. Bu vaqtda lalmikor yerlardagi ekinlarning ko‘pchiligi qurib qoladi yoki rivojlanishdan to‘xtaydi. Cho‘llarda yozda faqat yantoq, shuvoq, sho‘ra, yulg‘un, qora saksovulga o‘xshash ildizlari chuqurga boradigan o‘simliklargina saqlanib qoladi. Garmselning kuchli kelishi va ko‘p vaqt davom etishi o‘simliklarni butunlay nobud qilishi mumkin. Garmselli kunlar soni yiliga Amudaryoning quyi oqimida 8 kungacha, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatlarida 9 kunga, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 25 kungacha yetadi. Ba’zan qurg‘oqchilik kunlarining soni mos ravishda 35, 45 va 85 kunga cho‘zilishi mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda ekinlarni sun’iy ravishda sug‘orilib turilganidan tuproq qurg‘oqchiligi yuzaga chiqmaydi. Biroq, sug‘orish atmosfera qurg‘oqchiligini yo‘q qila olmaydi. Ketma-ket ikki sug‘orish oralig‘idagi vaqtda yuqori havo harorati atmosfera qurg‘oqchiligini keltirib chiqarishi mumkin. K.A. Karetnikova O‘rta Osiyoda hosil bo‘ladigan atmosfera qurg‘oqchiligi va garmsellarni o‘rganib, ularning hosil bo‘lish sabablarini aniqlagan. O‘rta Osiyo respublikalari hududlariga yozda uzoq vaqt chetdan boshqa  
5 
 
xossalarga ega bo‘lgan havo massalari kirib kelmaydi. Buning natijasida O‘rta Osiyo 
sahrolari va cho‘llari ustidagi havo kuchli isiydi. Havoning kuchli isishi va tuproq 
namligining pasayishi atmosfera qurg‘oqchiligini vujudga keltiradi.  
Ekinlarning quruq issiq shamol (garmsel) dan shikastlanishi garmselning 
davomiyligiga va kuchiga bog‘liq. 
L.N. 
Babushkin 
O‘rta 
Osiyoning 
qurg‘oqchil 
iqlimida 
atmosfera 
qurg‘oqchiligining vujudga kelishi va kuchini aniqlash uchun havodagi to‘yinish 
yetishmovchiligini asos qilib oladi va atmosfera qurg‘oqchiligini quyidagicha 
tasniflaydi: 
1) kunduzi (soat 13 da) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 50 gPa dan 60 gPa 
gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi kuchsiz; 
2) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 60 gPa dan 70 gPa gacha bo‘lganda 
atmosfera qurg‘oqchiligi o‘rtacha; 
3) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 70 gPa dan 80 gPa gacha bo‘lganda 
kuchli, 80 gPa dan oshiq bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi juda kuchli bo‘ladi. 
 
Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari 
Yuqorida lalmikor hududlarda har yili bahor va yozda qurg‘oqchilik bo‘lib 
turishini aytib o‘tganmiz. Qurg‘oqchilik vaqtida ekinlar suv yetishmasidan qisman 
va ba’zi hollarda butunlay nobud bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik ekinlaridan 
yuqori hosil olish uchun qurg‘oqchilikka qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish kerak. Biz shunday tadbirlarning ba’zilarini qarab chiqamiz: 
1. Sug‘orish. Qurg‘oqchilik har yili va tez-tez bo‘lib turadigan hududlarda 
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ekinlar sun’iy sug‘oriladi. 
O‘simliklar sug‘orishda yetishmagan namni sug‘orish suvi hisobiga qoplaydi. 
Sug‘orilgan yerlar ustida havo harorati pasayadi va nisbiy namligi esa ortadi. 
Ayni shu vaqtda tuproqning harorati ham pasayib, namligi ortadi. Natijada 
o‘simliklarning ildiz qismigina emas, balki yerdan ustki qismi uchun ham o‘sish va 
rivojlanishiga qulayroq sharoit yaratiladi. 
Biror hududdagi ekinlarni sug‘orish uchun shu hududdan o‘tgan daryo, anhorlar 
yoki suv ombori suvlaridan foydalaniladi. Yil sayin sug‘oriladigan ekin 
5 xossalarga ega bo‘lgan havo massalari kirib kelmaydi. Buning natijasida O‘rta Osiyo sahrolari va cho‘llari ustidagi havo kuchli isiydi. Havoning kuchli isishi va tuproq namligining pasayishi atmosfera qurg‘oqchiligini vujudga keltiradi. Ekinlarning quruq issiq shamol (garmsel) dan shikastlanishi garmselning davomiyligiga va kuchiga bog‘liq. L.N. Babushkin O‘rta Osiyoning qurg‘oqchil iqlimida atmosfera qurg‘oqchiligining vujudga kelishi va kuchini aniqlash uchun havodagi to‘yinish yetishmovchiligini asos qilib oladi va atmosfera qurg‘oqchiligini quyidagicha tasniflaydi: 1) kunduzi (soat 13 da) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 50 gPa dan 60 gPa gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi kuchsiz; 2) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 60 gPa dan 70 gPa gacha bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi o‘rtacha; 3) havodagi to‘yinish yetishmovchiligi 70 gPa dan 80 gPa gacha bo‘lganda kuchli, 80 gPa dan oshiq bo‘lganda atmosfera qurg‘oqchiligi juda kuchli bo‘ladi. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari Yuqorida lalmikor hududlarda har yili bahor va yozda qurg‘oqchilik bo‘lib turishini aytib o‘tganmiz. Qurg‘oqchilik vaqtida ekinlar suv yetishmasidan qisman va ba’zi hollarda butunlay nobud bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun qurg‘oqchilikka qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak. Biz shunday tadbirlarning ba’zilarini qarab chiqamiz: 1. Sug‘orish. Qurg‘oqchilik har yili va tez-tez bo‘lib turadigan hududlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ekinlar sun’iy sug‘oriladi. O‘simliklar sug‘orishda yetishmagan namni sug‘orish suvi hisobiga qoplaydi. Sug‘orilgan yerlar ustida havo harorati pasayadi va nisbiy namligi esa ortadi. Ayni shu vaqtda tuproqning harorati ham pasayib, namligi ortadi. Natijada o‘simliklarning ildiz qismigina emas, balki yerdan ustki qismi uchun ham o‘sish va rivojlanishiga qulayroq sharoit yaratiladi. Biror hududdagi ekinlarni sug‘orish uchun shu hududdan o‘tgan daryo, anhorlar yoki suv ombori suvlaridan foydalaniladi. Yil sayin sug‘oriladigan ekin  
6 
 
maydonlarining ko‘payib borishi munosabati bilan sug‘orishda suvni tejab-tergab, 
sug‘orish normalariga rioya qilib o‘tkazish kerak. Bu ishda sug‘orishning yangi 
texnologiyalarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, g‘o‘zani tomchilatib 
sug‘orishni keng ko‘lamda joriy qilish, egatlar bo‘ylab suv oqizib sug‘orishga 
qaraganda ko‘p miqdordagi suvni tejash imkonini yaratadi. Suv zahirasini 
ko‘paytirishda suv omborlarining roli ham katta. Qish va bahor oylarida ularda 
yig‘ilgan suvlarni yozda dalalardagi ekinlar va yaylovlarni sug‘orishda sarflanadi.  
Suv omborlari atrofidagi hududlarda havo harorati pasayib, nisbiy namligi ortadi, 
bu esa shudring nuqtasini orttiradi. 
Shu sababli katta suv havzalari yaqinidagi yerlarda atmosfera qurg‘oqchiligi 
bo‘lish ehtimoli kamayadi. Sug‘orishda avval yoqqan yog‘inlar va tuproq namligini 
hisobga olish kerak. Ularni hisobga olmay sun’iy sug‘orishni amalga oshirish 
tuproqning sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin. 
Mirzacho‘ldagi asrlar bo‘yi qurib yotgan yerlar o‘zlashtirilib, ular sun’iy 
sug‘orish yordamida bepoyon paxta maydonlariga aylanganini hammamiz bilamiz. 
2. Ihota daraxtzorlar yaratish. Qurg‘oqchilikka qarshi samarali kurash 
tadbirlaridan yana biri ekin maydonlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilishdir. 
Dalalar atrofida uzun qatorlab ekilgan daraxtzorlar, bu dalalarni issiq quruq 
shamollardan saqlashda ahamiyatga ega.  
Ihota daraxtzorlari yozda va qishda bo‘ladigan shamollarga to‘siq bo‘lib xizmat 
qilishi kerak. Ular ayniqsa, yozda esadigan garmsellarning tezligini kamaytirib 
qurg‘oqchilik bo‘lmasligiga yordamlashadi. 
Garmsellarning tezligini kamaytirish uchun bir joyda bir qator barpo etilgan 
ihota daraxtzorlari yetarli emas. Chunki shamol bu to‘siqdan o‘tgach tezligini yana 
asta-sekin oshirib boradi. Shu sababli garmsel yoki shamolni yo‘q qilish uchun 
dalalarda bir necha qator ihota daraxtzorlar yaratish kerak. Ular orasidagi 
maydonlarda esa turli ekinlar parvarish qilinadi. 
Yuqorida ihota daraxtzorlari orasidagi yerlarda shamol tezligining kamayishini 
aytdik, bu esa havoning tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarilib aralashishini susaytiradi. 
Boshqacha aytganda turbulentlikning kamayishi sababli tuproq yuzasidan bug‘lanishi 
va o‘simlik transpiratsiyasi pasayadi. Natijada suvning samarasiz sarfi qisqarib, tuproq 
6 maydonlarining ko‘payib borishi munosabati bilan sug‘orishda suvni tejab-tergab, sug‘orish normalariga rioya qilib o‘tkazish kerak. Bu ishda sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishni keng ko‘lamda joriy qilish, egatlar bo‘ylab suv oqizib sug‘orishga qaraganda ko‘p miqdordagi suvni tejash imkonini yaratadi. Suv zahirasini ko‘paytirishda suv omborlarining roli ham katta. Qish va bahor oylarida ularda yig‘ilgan suvlarni yozda dalalardagi ekinlar va yaylovlarni sug‘orishda sarflanadi. Suv omborlari atrofidagi hududlarda havo harorati pasayib, nisbiy namligi ortadi, bu esa shudring nuqtasini orttiradi. Shu sababli katta suv havzalari yaqinidagi yerlarda atmosfera qurg‘oqchiligi bo‘lish ehtimoli kamayadi. Sug‘orishda avval yoqqan yog‘inlar va tuproq namligini hisobga olish kerak. Ularni hisobga olmay sun’iy sug‘orishni amalga oshirish tuproqning sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin. Mirzacho‘ldagi asrlar bo‘yi qurib yotgan yerlar o‘zlashtirilib, ular sun’iy sug‘orish yordamida bepoyon paxta maydonlariga aylanganini hammamiz bilamiz. 2. Ihota daraxtzorlar yaratish. Qurg‘oqchilikka qarshi samarali kurash tadbirlaridan yana biri ekin maydonlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilishdir. Dalalar atrofida uzun qatorlab ekilgan daraxtzorlar, bu dalalarni issiq quruq shamollardan saqlashda ahamiyatga ega. Ihota daraxtzorlari yozda va qishda bo‘ladigan shamollarga to‘siq bo‘lib xizmat qilishi kerak. Ular ayniqsa, yozda esadigan garmsellarning tezligini kamaytirib qurg‘oqchilik bo‘lmasligiga yordamlashadi. Garmsellarning tezligini kamaytirish uchun bir joyda bir qator barpo etilgan ihota daraxtzorlari yetarli emas. Chunki shamol bu to‘siqdan o‘tgach tezligini yana asta-sekin oshirib boradi. Shu sababli garmsel yoki shamolni yo‘q qilish uchun dalalarda bir necha qator ihota daraxtzorlar yaratish kerak. Ular orasidagi maydonlarda esa turli ekinlar parvarish qilinadi. Yuqorida ihota daraxtzorlari orasidagi yerlarda shamol tezligining kamayishini aytdik, bu esa havoning tik yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarilib aralashishini susaytiradi. Boshqacha aytganda turbulentlikning kamayishi sababli tuproq yuzasidan bug‘lanishi va o‘simlik transpiratsiyasi pasayadi. Natijada suvning samarasiz sarfi qisqarib, tuproq  
7 
 
nami yaxshiroq saqlanadi. 
O‘rmon ihota daraxtzorlarni olingan joyda shamollarning afzal esadigan 
yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib barpo qilish kerak.  
Ihota daraxtzorlar qishda qorning yaxshi to‘planishiga va saqla-nishiga yordam 
beradi. Qishning oxiriga borib yotib qolgan qorning zichligi 0,3 g/sm3 gacha 
yetishini avval yozganmiz. Bunda har 1 sm qor qatlami eriganda 1 ga yerga 30 t suv 
beradi. Agar cho‘l hududlarda qor qoplami qalinligi 20 sm ga yetsa, uning erishidan 
1 ga maydonda 600 t suv hosil bo‘ladi. Buning esa tuproq namligidagi ahamiyati 
katta. 
Shunday qilib, ihota daraxtzorlari orasidagi maydonda qish davomida qor yaxshi 
yig‘iladi va saqlanadi. Buning oqibatida bahor va yoz oylarida qurg‘oqchilik bo‘lishi 
ehtimoli kamayadi. 
3. Agrotexnik usul. Yerga to‘g‘ri ishlov berish, agrotexnika qoidalariga rioya 
qilish tuproqdagi namlikni saqlashga yordam beradi. 
Masalan, bahorda chigitlarni qiyg‘os undirib olish uchun har galgi yog‘indan 
keyin qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Agar yog‘indan keyin paxta maydonlarida qatqaloq hosil bo‘lsa, yer yetilishi 
bilan uni 1-2 kunda yumshatish zarur. 
Qatqaloq chigit unib chiqqandan keyin hosil bo‘lgan bo‘lsa uni yo‘qotish uchun 
rotatsion yumshatgichlar yoki ror, uror rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan traktor 
kultivatorlaridan foydalanish kerak. Tuproq yuza qatlamini yumshatilganda 
tuproqning bug‘lanishi kamayib, namligi yaxshi saqlanadi. Bunday tadbirlar 
qurg‘oqchilik bo‘lishini qiyinlashtiradi hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda 
muhim ahamiyatga ega.  
4. Biologik usul. Qurg‘oqchilikka qarshi kurashning yana bir usuli qishloq 
xo‘jalik ekinlarining qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratishdir. 
Ma’lumki, O‘zbekistonda don ekinlarining ancha qismi lalmikor yerlarda 
yetishtiriladi. Lalmikor yerlarda ekinlar tuproqning tabiiy namligi hisobiga o‘sadi va 
rivojlanadi. Ba’zi yillarda tuproqda to‘plangan namlik yetishmay qoladi, buning 
ustiga uzoq vaqt yog‘in bo‘lmasa qurg‘oqchilik boshlanadi. Shuning uchun lalmikor 
dehqonchilikda bug‘doy va arpaning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish va 
7 nami yaxshiroq saqlanadi. O‘rmon ihota daraxtzorlarni olingan joyda shamollarning afzal esadigan yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib barpo qilish kerak. Ihota daraxtzorlar qishda qorning yaxshi to‘planishiga va saqla-nishiga yordam beradi. Qishning oxiriga borib yotib qolgan qorning zichligi 0,3 g/sm3 gacha yetishini avval yozganmiz. Bunda har 1 sm qor qatlami eriganda 1 ga yerga 30 t suv beradi. Agar cho‘l hududlarda qor qoplami qalinligi 20 sm ga yetsa, uning erishidan 1 ga maydonda 600 t suv hosil bo‘ladi. Buning esa tuproq namligidagi ahamiyati katta. Shunday qilib, ihota daraxtzorlari orasidagi maydonda qish davomida qor yaxshi yig‘iladi va saqlanadi. Buning oqibatida bahor va yoz oylarida qurg‘oqchilik bo‘lishi ehtimoli kamayadi. 3. Agrotexnik usul. Yerga to‘g‘ri ishlov berish, agrotexnika qoidalariga rioya qilish tuproqdagi namlikni saqlashga yordam beradi. Masalan, bahorda chigitlarni qiyg‘os undirib olish uchun har galgi yog‘indan keyin qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar yog‘indan keyin paxta maydonlarida qatqaloq hosil bo‘lsa, yer yetilishi bilan uni 1-2 kunda yumshatish zarur. Qatqaloq chigit unib chiqqandan keyin hosil bo‘lgan bo‘lsa uni yo‘qotish uchun rotatsion yumshatgichlar yoki ror, uror rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan traktor kultivatorlaridan foydalanish kerak. Tuproq yuza qatlamini yumshatilganda tuproqning bug‘lanishi kamayib, namligi yaxshi saqlanadi. Bunday tadbirlar qurg‘oqchilik bo‘lishini qiyinlashtiradi hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. 4. Biologik usul. Qurg‘oqchilikka qarshi kurashning yana bir usuli qishloq xo‘jalik ekinlarining qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratishdir. Ma’lumki, O‘zbekistonda don ekinlarining ancha qismi lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Lalmikor yerlarda ekinlar tuproqning tabiiy namligi hisobiga o‘sadi va rivojlanadi. Ba’zi yillarda tuproqda to‘plangan namlik yetishmay qoladi, buning ustiga uzoq vaqt yog‘in bo‘lmasa qurg‘oqchilik boshlanadi. Shuning uchun lalmikor dehqonchilikda bug‘doy va arpaning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish va  
8 
 
joriy qilish muhim ahamiyatga ega. 
Don ekinlarning orasida qurg‘oqchilikka chidamlisi arpa hisoblanadi, aniqroq 
aytganda arpaning qurg‘oqchilikka chidamliligi bug‘doynikidan yuqori. 
O‘zbekistonda lalmikor yerlarda arpa va bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli 
navlari rayonlashtirilgan. 
Arpa namni bug‘doyga nisbatan tejab sarflaydi. Shuning uchun arpa bug‘doyga 
nisbatan qurg‘oqchilikka ko‘proq chidamli bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratish va rayonlashtirishda 
agrometeorologik va agroiqlimiy sharoitlarni hisobga olish kerak. 
 
5. Changli bo‘ronlar. 
 Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston hududlarida davomiyligi 
Katta miqdordagi chang va qumlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chiradigan 
kuchli (tezligi 10 m/s dan katta) shamollarni changli bo‘ron deb yuritiladi. Changli 
bo‘ron vaqtida havo juda ifloslanib ketganidan ko‘rish masofasi 50-10 m ga tushib 
qoladi.  
Shamol ta’sirida tuproqning yemirilib uchib ketishiga shamol eroziyasi deyiladi. 
Changli bo‘ron tabiiy yoki antropogen omillar, ba’zan esa dehqonchilikda olingan 
iqlim zonasiga mos kelmaydigan agrotexnik tadbirlarni qo‘llashda paydo bo‘ladi. 
Changli bo‘ronlar Yer yuzida keng tarqalgan. 
AQSH, Xitoy, Hindiston, Afrika mamlakatlarida, shuningdek Shimoliy 
Qozog‘iston, Boshqirdiston, Stavropol va Krasnodar o‘lkalarida, Janubi-Sharqiy 
Ukraina va Volga ortida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirning dasht zonalarida, ayniqsa 
cho‘l va chala cho‘llarda ko‘p kuzatiladi. 
Eng kuchli changli bo‘ronlar 1969 yili Shimoliy Kavkazda va Ukraina sharqida 
kuzatilgan. O‘rta Osiyo hududida chang bo‘ronli kunlar ko‘pincha Markaziy 
Qoraqumda va Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlarida kuzatilib, yil davomida 100 kun va 
undan ham ortiq bo‘ladi. Chang bo‘ronlari ko‘pincha 3 soatdan ortiq davom etmaydi, 
ammo ba’zida bir necha kunga cho‘zilib ketadi. 
O‘zbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod 
tumanlarida chang bo‘ronlari tez-tez bo‘lib turadi. Ayniqsa Termiz tumanida chang 
8 joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Don ekinlarning orasida qurg‘oqchilikka chidamlisi arpa hisoblanadi, aniqroq aytganda arpaning qurg‘oqchilikka chidamliligi bug‘doynikidan yuqori. O‘zbekistonda lalmikor yerlarda arpa va bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli navlari rayonlashtirilgan. Arpa namni bug‘doyga nisbatan tejab sarflaydi. Shuning uchun arpa bug‘doyga nisbatan qurg‘oqchilikka ko‘proq chidamli bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratish va rayonlashtirishda agrometeorologik va agroiqlimiy sharoitlarni hisobga olish kerak. 5. Changli bo‘ronlar. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va O‘zbekiston hududlarida davomiyligi Katta miqdordagi chang va qumlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chiradigan kuchli (tezligi 10 m/s dan katta) shamollarni changli bo‘ron deb yuritiladi. Changli bo‘ron vaqtida havo juda ifloslanib ketganidan ko‘rish masofasi 50-10 m ga tushib qoladi. Shamol ta’sirida tuproqning yemirilib uchib ketishiga shamol eroziyasi deyiladi. Changli bo‘ron tabiiy yoki antropogen omillar, ba’zan esa dehqonchilikda olingan iqlim zonasiga mos kelmaydigan agrotexnik tadbirlarni qo‘llashda paydo bo‘ladi. Changli bo‘ronlar Yer yuzida keng tarqalgan. AQSH, Xitoy, Hindiston, Afrika mamlakatlarida, shuningdek Shimoliy Qozog‘iston, Boshqirdiston, Stavropol va Krasnodar o‘lkalarida, Janubi-Sharqiy Ukraina va Volga ortida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirning dasht zonalarida, ayniqsa cho‘l va chala cho‘llarda ko‘p kuzatiladi. Eng kuchli changli bo‘ronlar 1969 yili Shimoliy Kavkazda va Ukraina sharqida kuzatilgan. O‘rta Osiyo hududida chang bo‘ronli kunlar ko‘pincha Markaziy Qoraqumda va Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlarida kuzatilib, yil davomida 100 kun va undan ham ortiq bo‘ladi. Chang bo‘ronlari ko‘pincha 3 soatdan ortiq davom etmaydi, ammo ba’zida bir necha kunga cho‘zilib ketadi. O‘zbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod tumanlarida chang bo‘ronlari tez-tez bo‘lib turadi. Ayniqsa Termiz tumanida chang  
9 
 
bo‘ronlari ba’zi vaqtlarda bir     sutkadan ortiq davom etadi, bunday chang bo‘ronlari 
vaqtida ko‘rinish yomonlashib ketganligidan mashinalarning chirog‘ini ba’zan kunduz 
kuni ham yoqib yuriladi. Changli bo‘ronlar vaqtida ko‘rinish masofasi 1 km gacha va 
undan ham kamayib ketishi Termiz tumanida tez-tez kuzatiladi. O‘zbekistonning 
tekislik hududlari-da chang-bo‘ronli kunlarning ko‘p yillik o‘rtacha soni tuproq turi va 
shamol tezligiga bog‘liq ravishda 3-5 kundan 30 kungacha yetadi. 
Tog‘ oldi hududlarida chang-bo‘ronli kunlar soni yil davomida 10 kundan 
oshmaydi. Mahalliy shamollar kuchli esadigan hududlar (Yangiyer, Qo‘qon, Termiz 
atroflari) da chang-bo‘ronli kunlar soni yiliga 30 kundan ham ortishi mumkin. 
O‘zbekistonning turli hududlarida yil davomida chang-bo‘ronli kunlarning o‘rtacha 
soniga ushbu ma’lumotlarni ham keltiramiz. Yil davomidagi chang-bo‘ronli 
kunlarning o‘rtacha soni T.L. Veremeeva va S.G. Chanishevalarning ma’lumotiga 
ko‘ra Toshkentda - 6,2 kunga, Nukusda - 32,2 kunga, Buxoroda - 14,5 kunga, 
Tomdida – 31,3 kunga, Qarshida –12,6 kunga, Termizda - 32,3 kunga, Qo‘qonda – 
20,4 kunga, Jizzaxda – 8,8 kunga teng. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va 
rivojlanishiga bir necha omillar: tezligi 10 m/s dan ortiq bo‘lgan kuchli shamol, 
tuproq yuqori qatlamining quruqligi va mayda zarralardan iboratligi, dalalarda 
o‘simliklar qoplamining yo‘qligi yoki juda kuchsiz rivojlanganligi ta’sir qiladi. 
Changli bo‘ronlar havoning nisbiy namligi 50 foizdan kam bo‘lgan hollarda 
kuzatiladi. Qish paytida tuproq sirtida qor qoplami va muz qatlamining yo‘qligi, 
tuproq zarrachalarining o‘zaro kuchli yopishmaganligi, tuproqning sayoz muzlashi 
changli bo‘ron hosil bo‘lishiga qulaylik yaratadi. Yuqorida aytilgan omillar majmui 
odatda chala cho‘l va sahrolarda vujudga keladi. 
Changli bo‘ronlar ko‘pincha bahor faslida yuzaga chiqadi. Chunki bu davrda 
shamollar endi kuchayayotgan, yerlar haydalgan-yumshoq holatda, o‘simliklar hali 
tuproqqa mustahkam o‘rnashmagan va kam rivojlangan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, 
tuproq qanchalik g‘ovak, tuproq zarralari juda mayda va o‘zaro kuchsiz bog‘langan, 
ekin hali yosh bo‘lsa shamolning ularni uchirib ketishi oson. Cho‘llarda changli 
bo‘ron yoz oxirida ham yuzaga chiqishi mumkin. Chunki bu paytda dalalardan erta 
bahorda ekilgan ekinlar hosilini yig‘ishtirib olingan, yerlar haydalgan holatda bo‘ladi. 
Changli bo‘ronlar qishda juda kam hollarda paydo bo‘ladi. Qavariq shaklli releflarda 
9 bo‘ronlari ba’zi vaqtlarda bir sutkadan ortiq davom etadi, bunday chang bo‘ronlari vaqtida ko‘rinish yomonlashib ketganligidan mashinalarning chirog‘ini ba’zan kunduz kuni ham yoqib yuriladi. Changli bo‘ronlar vaqtida ko‘rinish masofasi 1 km gacha va undan ham kamayib ketishi Termiz tumanida tez-tez kuzatiladi. O‘zbekistonning tekislik hududlari-da chang-bo‘ronli kunlarning ko‘p yillik o‘rtacha soni tuproq turi va shamol tezligiga bog‘liq ravishda 3-5 kundan 30 kungacha yetadi. Tog‘ oldi hududlarida chang-bo‘ronli kunlar soni yil davomida 10 kundan oshmaydi. Mahalliy shamollar kuchli esadigan hududlar (Yangiyer, Qo‘qon, Termiz atroflari) da chang-bo‘ronli kunlar soni yiliga 30 kundan ham ortishi mumkin. O‘zbekistonning turli hududlarida yil davomida chang-bo‘ronli kunlarning o‘rtacha soniga ushbu ma’lumotlarni ham keltiramiz. Yil davomidagi chang-bo‘ronli kunlarning o‘rtacha soni T.L. Veremeeva va S.G. Chanishevalarning ma’lumotiga ko‘ra Toshkentda - 6,2 kunga, Nukusda - 32,2 kunga, Buxoroda - 14,5 kunga, Tomdida – 31,3 kunga, Qarshida –12,6 kunga, Termizda - 32,3 kunga, Qo‘qonda – 20,4 kunga, Jizzaxda – 8,8 kunga teng. Changli bo‘ronlarning hosil bo‘lishi va rivojlanishiga bir necha omillar: tezligi 10 m/s dan ortiq bo‘lgan kuchli shamol, tuproq yuqori qatlamining quruqligi va mayda zarralardan iboratligi, dalalarda o‘simliklar qoplamining yo‘qligi yoki juda kuchsiz rivojlanganligi ta’sir qiladi. Changli bo‘ronlar havoning nisbiy namligi 50 foizdan kam bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Qish paytida tuproq sirtida qor qoplami va muz qatlamining yo‘qligi, tuproq zarrachalarining o‘zaro kuchli yopishmaganligi, tuproqning sayoz muzlashi changli bo‘ron hosil bo‘lishiga qulaylik yaratadi. Yuqorida aytilgan omillar majmui odatda chala cho‘l va sahrolarda vujudga keladi. Changli bo‘ronlar ko‘pincha bahor faslida yuzaga chiqadi. Chunki bu davrda shamollar endi kuchayayotgan, yerlar haydalgan-yumshoq holatda, o‘simliklar hali tuproqqa mustahkam o‘rnashmagan va kam rivojlangan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, tuproq qanchalik g‘ovak, tuproq zarralari juda mayda va o‘zaro kuchsiz bog‘langan, ekin hali yosh bo‘lsa shamolning ularni uchirib ketishi oson. Cho‘llarda changli bo‘ron yoz oxirida ham yuzaga chiqishi mumkin. Chunki bu paytda dalalardan erta bahorda ekilgan ekinlar hosilini yig‘ishtirib olingan, yerlar haydalgan holatda bo‘ladi. Changli bo‘ronlar qishda juda kam hollarda paydo bo‘ladi. Qavariq shaklli releflarda  
10 
 
va qiyaliklarning shamolga qaragan tomonlarida tezligi 8-10 m/s bo‘lgan shamollar 
ham tuproq yuqori qatlamining mayda zarralarini uchirib keta boshlaydi. 
Shamol ta’sirida tuproqning mayda zarrachalari tuproq sirtidan ajralib chiqadi va 
shamol uni olis masofalarga olib ketadi. Tuproqning shamol ta’sirida ajralib chiqqan 
kattaroq zarrachalari shamol tezligi kamayishi bilan yer yuziga yana qaytib tushadi 
va tushgan joyidan mayda zarrachalarni urib chiqaradi, ularni esa shamol uchirib olib 
ketadi, og‘ir zarralar yer yuziga tez qaytib tushadi. Shu tarzda changli bo‘ron 
zanjirsimon reaksiya kabi bo‘ladi, og‘ir zarralar yer yuziga tez qaytib tushadi, mayda 
zarralar uzoq vaqt havoda muallaq holatda bo‘ladi. Shuning uchun changli bo‘ron 
vaqtida ko‘rinish va yoritilganlik yomonlashadi. Shamol yengil mexanik tarkibli 
(qumli, qumloq, yengil qumoq) tuproqlar zarralarini eng ko‘p uchirib olib ketadi. 
Bunday tuproqlarda ancha yirik kovakliklar ko‘p bo‘lgani uchun suvni pastki 
qatlamlarga yaxshi o‘tkazadi va shu sababli uning yuzasi tez quriydi, unchalik kuchli 
bo‘lmagan shamol bilan ham uchirilib olib ketiladi. Yirik zarralar to‘siqlar oldida va 
botiq relefli joylarda to‘planadi. 
Strukturali tuproqlar shamol eroziyasiga kamroq duchor bo‘ladi. Shuning uchun 
mexanik tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasi shamolning turlicha 
boshlang‘ich tezliklarida boshlanadi (11.3 – jadval). 
11.3-jadval 
Mexanik tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasi  
boshlanadigan shamol tezliklari (L.F. Smirnova bo‘yicha) 
Tuproq 
Yer sirtidan 15 sm balandlikdagi  
shamol tezligi (m/s larda) 
Qumli 
2-3 
Qumloq 
3-4 
Yengil qumoq 
4-6 
Og‘ir qumoq 
5-7 
Soz tuproq 
7-9 
 
11.3-jadvaldan ko‘rinadiki, tarkibida qum zarralari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda 
shamol eroziyasi shamol tezligi kam bo‘lganida ham boshlanadi. Chunki bunday 
10 va qiyaliklarning shamolga qaragan tomonlarida tezligi 8-10 m/s bo‘lgan shamollar ham tuproq yuqori qatlamining mayda zarralarini uchirib keta boshlaydi. Shamol ta’sirida tuproqning mayda zarrachalari tuproq sirtidan ajralib chiqadi va shamol uni olis masofalarga olib ketadi. Tuproqning shamol ta’sirida ajralib chiqqan kattaroq zarrachalari shamol tezligi kamayishi bilan yer yuziga yana qaytib tushadi va tushgan joyidan mayda zarrachalarni urib chiqaradi, ularni esa shamol uchirib olib ketadi, og‘ir zarralar yer yuziga tez qaytib tushadi. Shu tarzda changli bo‘ron zanjirsimon reaksiya kabi bo‘ladi, og‘ir zarralar yer yuziga tez qaytib tushadi, mayda zarralar uzoq vaqt havoda muallaq holatda bo‘ladi. Shuning uchun changli bo‘ron vaqtida ko‘rinish va yoritilganlik yomonlashadi. Shamol yengil mexanik tarkibli (qumli, qumloq, yengil qumoq) tuproqlar zarralarini eng ko‘p uchirib olib ketadi. Bunday tuproqlarda ancha yirik kovakliklar ko‘p bo‘lgani uchun suvni pastki qatlamlarga yaxshi o‘tkazadi va shu sababli uning yuzasi tez quriydi, unchalik kuchli bo‘lmagan shamol bilan ham uchirilib olib ketiladi. Yirik zarralar to‘siqlar oldida va botiq relefli joylarda to‘planadi. Strukturali tuproqlar shamol eroziyasiga kamroq duchor bo‘ladi. Shuning uchun mexanik tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasi shamolning turlicha boshlang‘ich tezliklarida boshlanadi (11.3 – jadval). 11.3-jadval Mexanik tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasi boshlanadigan shamol tezliklari (L.F. Smirnova bo‘yicha) Tuproq Yer sirtidan 15 sm balandlikdagi shamol tezligi (m/s larda) Qumli 2-3 Qumloq 3-4 Yengil qumoq 4-6 Og‘ir qumoq 5-7 Soz tuproq 7-9 11.3-jadvaldan ko‘rinadiki, tarkibida qum zarralari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasi shamol tezligi kam bo‘lganida ham boshlanadi. Chunki bunday  
11 
 
tuproqlarda zarralar bir-biriga yopishmaydi va sochilib turadi. Shuning uchun ularni 
shamolning uchirib ketishi oson.  
Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda esa mayda zarralar ko‘p, ular bir-biriga kuchli 
yopishgan bo‘ladi. Shuning uchun mexanik tarkibi og‘ir soz tuproqlarda shamol 
eroziyasini kuchli shamollargina vujudga keltiradi. 
Chang bo‘ronlari ancha olis masofalarga tarqaladi, yetib borib tushgan joylaridagi 
qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar keltiradi. Shamol bilan uchib kelgan qum zarralar 
o‘simliklar barglarini teshib o‘tadi, hattoki ekin maydonlarining ancha qismini ko‘mib 
yuboradi. 
Shamol bilan tuproqning yuza qatlami uchirilishi natijasida ekilgan urug‘lar, 
o‘simliklarning ildizlari ochilib qoladi. Kuchli chang bo‘ronlari ba’zan ekilgan 
urug‘larni yoki endi unib chiqqan yosh nihollarni tuproq bilan qo‘shib uchirib ketadi. 
Shamol tuproq betidagi unumdor qatlamni uchirib ketishi natijasida tuproq 
unumdorligi pasayib, u yerlarda ekinlar yaxshi rivojlanmaydi. 
Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish uchun tuproq yuzasidagi shamol tezligini 
kamaytiradigan va tuproq zarralarining o‘zaro tutinish kuchini oshiradigan tadbirlarni 
qo‘llash kerak. Xuddi shu maqsadda o‘simliklar qoplami katta ahamiyatga ega. 
Ularning shamol eroziyasiga qarshilik ko‘rsatish kuchi o‘simlik turi va rivojlanish 
darajasiga bog‘liq. O‘simlik qancha rivojlangan va qoplami kuchli bo‘lsa, uning 
tuproqni eroziyadan himoyalash kuchi shuncha kuchli bo‘ladi. Ildizi yaxshi 
rivojlangan ekinlarni changli bo‘ronlarning olib ketishi ancha qiyin.  
Shamol eroziyasiga qarshi kurashning muhim tadbirlaridan biri sug‘oriladigan 
paykallarning bo‘yini kuchli shamollar esadigan tomonga ko‘ndalang joylashtirish 
va paykallar atrofiga daraxtlar ekish  ihota daraxtzorlarini barpo qilishdir. Ihota 
daraxtzorlarini barpo qilguncha esa bir muncha muddat kerak. Ular yetishguncha, 
paxta maydonlarining chetlariga makkajo‘xori ekish kerak. Paxta maydonlarining 
chetidagi bir necha qatorlab makkajo‘xori qatorlari shamol kuchini kamaytiradigan 
yashil to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Organik va mineral o‘g‘itlar qishloq xo‘jalik 
ekinlarining hosildorligini oshirishdan tashqari tuproqning fizik holatini yaxshilaydi 
va shu bilan ekinlarning shamol eroziyasidan himoyalanishini kuchaytiradi. 
Kuzgi ekinlarni o‘z vaqtida ekish ham shamol eroziyasiga qarshi kurashda 
11 tuproqlarda zarralar bir-biriga yopishmaydi va sochilib turadi. Shuning uchun ularni shamolning uchirib ketishi oson. Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda esa mayda zarralar ko‘p, ular bir-biriga kuchli yopishgan bo‘ladi. Shuning uchun mexanik tarkibi og‘ir soz tuproqlarda shamol eroziyasini kuchli shamollargina vujudga keltiradi. Chang bo‘ronlari ancha olis masofalarga tarqaladi, yetib borib tushgan joylaridagi qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar keltiradi. Shamol bilan uchib kelgan qum zarralar o‘simliklar barglarini teshib o‘tadi, hattoki ekin maydonlarining ancha qismini ko‘mib yuboradi. Shamol bilan tuproqning yuza qatlami uchirilishi natijasida ekilgan urug‘lar, o‘simliklarning ildizlari ochilib qoladi. Kuchli chang bo‘ronlari ba’zan ekilgan urug‘larni yoki endi unib chiqqan yosh nihollarni tuproq bilan qo‘shib uchirib ketadi. Shamol tuproq betidagi unumdor qatlamni uchirib ketishi natijasida tuproq unumdorligi pasayib, u yerlarda ekinlar yaxshi rivojlanmaydi. Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish uchun tuproq yuzasidagi shamol tezligini kamaytiradigan va tuproq zarralarining o‘zaro tutinish kuchini oshiradigan tadbirlarni qo‘llash kerak. Xuddi shu maqsadda o‘simliklar qoplami katta ahamiyatga ega. Ularning shamol eroziyasiga qarshilik ko‘rsatish kuchi o‘simlik turi va rivojlanish darajasiga bog‘liq. O‘simlik qancha rivojlangan va qoplami kuchli bo‘lsa, uning tuproqni eroziyadan himoyalash kuchi shuncha kuchli bo‘ladi. Ildizi yaxshi rivojlangan ekinlarni changli bo‘ronlarning olib ketishi ancha qiyin. Shamol eroziyasiga qarshi kurashning muhim tadbirlaridan biri sug‘oriladigan paykallarning bo‘yini kuchli shamollar esadigan tomonga ko‘ndalang joylashtirish va paykallar atrofiga daraxtlar ekish ihota daraxtzorlarini barpo qilishdir. Ihota daraxtzorlarini barpo qilguncha esa bir muncha muddat kerak. Ular yetishguncha, paxta maydonlarining chetlariga makkajo‘xori ekish kerak. Paxta maydonlarining chetidagi bir necha qatorlab makkajo‘xori qatorlari shamol kuchini kamaytiradigan yashil to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Organik va mineral o‘g‘itlar qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishdan tashqari tuproqning fizik holatini yaxshilaydi va shu bilan ekinlarning shamol eroziyasidan himoyalanishini kuchaytiradi. Kuzgi ekinlarni o‘z vaqtida ekish ham shamol eroziyasiga qarshi kurashda  
12 
 
ahamiyatga ega. Chunki o‘z vaqtida ekilgan ekinlar bahorda chang bo‘ronlari 
boshlanadigan davrgacha yaxshi rivojlanib, ildizi mahkam o‘rnashgan bo‘ladi va 
shamol eroziyasidan zararlanishi ancha kamayadi. Shu bilan chang bo‘ronidan 
ekinlarni saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. 
Chang bo‘ronlariga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda shamollarning eng 
ko‘p esadigan yo‘nalishini, joy relefi, dalalarning mikroiqlim xususiyatlarini va 
tuproq xossalarini e’tiborga olish kerak. 
Savollar: 
1. Qora sovuqlarni bashorat qilishning Mixalevskiy usulini tushuntirib bering. 
2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini qora sovuqlardan himoya qilish usullarini sanab 
chiqing va har birini tavsiflang. 
3. Tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqadi? 
Qurg‘oqchilikning o‘simliklarga zararli ta’sirini tushuntiring. 
4. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash qanday usullarda olib boriladi? 
5. Changli bo‘ronlarning paydo bo‘lish sharoitlarini tavsiflang. 
 
12 ahamiyatga ega. Chunki o‘z vaqtida ekilgan ekinlar bahorda chang bo‘ronlari boshlanadigan davrgacha yaxshi rivojlanib, ildizi mahkam o‘rnashgan bo‘ladi va shamol eroziyasidan zararlanishi ancha kamayadi. Shu bilan chang bo‘ronidan ekinlarni saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Chang bo‘ronlariga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda shamollarning eng ko‘p esadigan yo‘nalishini, joy relefi, dalalarning mikroiqlim xususiyatlarini va tuproq xossalarini e’tiborga olish kerak. Savollar: 1. Qora sovuqlarni bashorat qilishning Mixalevskiy usulini tushuntirib bering. 2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini qora sovuqlardan himoya qilish usullarini sanab chiqing va har birini tavsiflang. 3. Tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqadi? Qurg‘oqchilikning o‘simliklarga zararli ta’sirini tushuntiring. 4. Qurg‘oqchilikka qarshi kurash qanday usullarda olib boriladi? 5. Changli bo‘ronlarning paydo bo‘lish sharoitlarini tavsiflang.