Qurilish materiallari, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati.
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
28,2 KB
1
Qurilish materiallari, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz
sanoati.
Reja
1. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi.
2. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati
3. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi.
4. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Tayanch iboralar
Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, qurilish sanoati, o‘rmon sanoati,
yog‘ochni qayta ishlash sanoati, sellyuloza-qog‘oz sanoati, yengil sanoat,
to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, ko‘n-poyabzal sanoati,
pillakashlik, trikotaj to‘qimachiligi, gilamchilik, oziq-ovqat sanoati
1. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi.
Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish majmuasi sanoatning
o‘ziga xos tarmog‘i hisoblanadi. Bu sanoat yangi o‘zlashtirilayotgan hududlarga
birinchi bo‘lib kirib keladi va investitsiyalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Chunki
qurilish bazasisiz yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish mumkin emas. Qurilish
bazasi elektr energetikasi bilan birgalikda hududlar o‘zlashtirilishining muhim
infratuzilmasi, asosi hisoblanadi. Bu tarmoq tarkibiga qurilishga xizmat qiladigan
barcha
korxona
tashkilotlari,
ishlab
chiqarish
boshqarmalari,
umuman
loyihalashtirishdan tortib, bino va inshootlarni foydalanishga topshirgunga qadar
xizmat qiluvchi hamma bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu majmua asosini qurilish
sanoati tashkil qiladi. Qurilish sanoati qishloq xo‘jaligi, transport, zavod fabrikalar,
kanal-suv omborlari, yo‘l tonnellari, kasalxonalar, uy-joylar va hokazolar qurilishini
o‘z ichiga oladi.
2
Qurilish sanoatining yana bir muhim xususiyati shundaki, uning ishlab
chiqarish jarayonida chiqindi deyarli qolmaydi, keltirilgan xom ashyo butunlay
tayyor mahsulotga aylanadi. Shu sababdan ham qurilish materiallarini ko‘proq
iste’mol rayonlarida tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, qurilish
materiallari sanoatining asosiy “noni”, xom ashyosi – sementni ishlab chiqarish
muayyan harajatlarni talab qiladi. Chunonchi, uning uchun eng avvalo qizil rangli
mergeli, uchlamchi davr yotqiziqlari, oxaktosh kerak bo‘ladi. Bunday xususiyat
sement sanoati geografiyasining uncha rivojlanmaganligiga olib keladi. Qurilish
materiallari ishlab chiqarish industriyasining hammasi Respublikaning geografik
joylanish o‘rni, har bir joyning yer tuzilishi, iqlimi, yer osti suvlari, geologik va
seysmik holati boshqa omillarni hisobga olinib quriladi. Masalan,
1. O‘zbekiston Respublikasi ko‘pchilik seysmik jihatdan aktiv bo‘lgan o‘lka
hisoblanadi. Chunki quriladigan hamma inshootlar 9-10 balli silkinishlarga bardosh
beradigan qilib qurishni talab etadi.
2. O‘zbekistonning cho‘l zonalarida ayniqsa Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax,
SHerobod, Markaziy va G‘arbiy Farg‘ona va boshqa joylarda sho‘rlangan yerlar
ko‘p uchraydi, ularga qurilgan binolar cho‘kish ehtimolidan holi emas. Shuning
uchun binolar poydevori mustahkam bo‘lishi kerak.
3. O‘zbekistonning iqlimi o‘ziga xos bo‘lib, ayniqsa harorat yozda yuqori bo‘ladi,
shuni hisobga olishni taqozo etadi va hokazolar.
4. Qurilish inshootlarini qurishda tarixiy-milliy an’analarni ham hisobga olish
kerak.
5. Qurilish sanoatining taraqqiyoti tabiiy va mehnat resurslarini geografik
xususiyatlarini chuqur ilmi tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanishni taqozo
etadi.
Qurilish sanoatining muhim xususiyati shundaki, uning ishlab chiqarish jarayonida
chiqindi deyarli qolmaydi, keltirilgan xom ashyo butunlay tayyor mahsulotga
aylanadi. Shu sababli bu tarmoqni ko‘proq iste’mol rayonlarida tashkil etilishi
maqsadga muvofiq.
Biroq, qurilish sanoatining asosiy xom ashyosi bo‘lgan sementni ishlab
chiqarish uchun katta miqdorda qizil rangli mergel, uchlamchi davr yotqiziqlari va
3
oxaktosh kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu tarmoq Navoiy, Toshkent (Ohangaron,
Bekobod, Angren) va Farg‘ona (Quvasoy) viloyatlarida rivojlangan. Respublika
sement ishlab chiqarish bo‘yicha MDH mamlakatlari ichida Rossiya, Ukraina va
Qozog‘istondan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Qurilish materiallarining turi ko‘p,
geografiyasi keng. Ko‘pgina mahsulotlar- g‘isht, beton, shlakoblok kabilar ishlab
chiqarish aksariyat shahar va tumanmarkazlarida ham tashkil qilingan. Qolganlari
esa yirik va o‘rta shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda 2
mingdan ortiq qurilish materiallari korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika
yalpi sanoat mahsulotining 6,4%i, ishchi-xodimlarining 7,4%i shu tarmoqqa to‘g‘ri
keladi.
2. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati
Yuqorida ko‘rilgan sanoat tarmoqlaridan tashqari og‘ir sanoat tarkibiga,
shuningdek, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz hamda qurilish
materiallari sanoati ham kiradi. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-
qog‘oz sanoati, odatda, turli variantda joylashtiriladi. Chunonchi, u xom ashyo, ya’ni
o‘rmon zahiralariga ega bo‘lgan, yog‘ochni oqizuvchi daryolar bilan temir yo‘llar
kesishgan joylarda yoki bevosita iste’mol rayonlarida tashkil etiladi. Ko‘pincha
yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish xom ashyo
rayonlaridan ko‘ra boshqa hududlarda rivojlangan.
Ma’lumki, respublikamizda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmon resurslari
mavjud emas. Binobarin, ushbu sanoat tarmog‘i asosan chetdan keltirilgan yog‘och
va boshqa yarimmahsulotlar negizida tashkil etilgan. Umuman olganda, yog‘ochni
qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati mamlakatimizning ko‘pgina boshqa
tarmoqlariga qaraganda tezroq rivojlanmoqda. Agar yalpi sanoat mahsuloti 1995-
2013 yillarda 2,5 martaga o‘sgan bo‘lsa, mazkur tarmoq mahsuloti 8,4 martaga
ko‘paygan. Xususan 1999 y. va 2004-2010 yillarda yog‘ochni qayta ishlash va
sellyuloza-qog‘oz sanoati barqaror rivojlanib borgan. Hozirgi vaqtda ko‘rilayotgan
sanoat tarmog‘iga jami respublika yalpi sanoat mahsulotining 1,1 foizi, asosiy ishlab
chiqarish fondlarining 0,5 va sanoatda band bo‘lgan ishchi-xodimlarning 2,0 foizi
to‘g‘ri keladi. U mebel, karton, qog‘oz va boshqa yog‘ochdan olingan mahsulotlar
ishlab chiqaradi. Hozirgi kunda 4,2 ming tonnaga yaqin qog‘oz, 13 ming tonna
4
atrofida karton mahsulotlari olinadi. Kartonning asosiy qismi Toshkent shahri hamda
Toshkent viloyati va Namangan viloyatlarida ishlab chiqariladi. Ana shu 3 mintaqa
mamlakat bo‘yicha yaratiladigan jami mahsulotning 96,0 foizini ta’minlaydi. 2021
yili Farg’ona viloyatida O’rta Osiyoda yagona hisoblangan toshdan qog’oz
olinadigan korxona ishga tushirildi. Ko‘rinib turibdiki, yog‘ochni qayta ishlash va
sellyuloza-qog‘oz sanoatining mavqei O‘zbekistonda uncha yuqori emas. Buning
asosiy sababi-respublika sanoatida o‘rmon zahiralarining ozligidir, iste’mol esa
yildan-yilga ortib bormoqda. Kelajakda poligrafiya sanoatining rivojlanib borishi,
turli xil zamonaviy va sifatli mebellarga ehtiyojning ko‘payishi respublika milliy
iqtisodiyotida bu sanoat tarmog‘ining mavqeini ham yanada yaxshilashni taqozo
etadi.