Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. To’rtoyoqlilar katta sinfi – amfibiyalarni biologik va morfologik tavsifi

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

377,2 KB


 
 
 
 
 
 
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar 
quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. To’rtoyoqlilar 
katta sinfi – amfibiyalarni biologik va morfologik tavsifi. Ko’l baqasi misolida 
amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. 
 
 
R E J A 
1. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. 
2. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. 
3. To’rtoyoqlilar katta sinfi – amfibiyalarni biologik va morfologik tavsifi. 
4. Ko’l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. 
 Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar hali suv muhiti bilan 
anchagina aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali 
hayvonlardir. Aksariyat ko’pchilik turlarini tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan 
va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Hayoti 
davomida ular o’z boshidan metomarfoz davrini o’tkazadi, ya’ni itbaliqdan 
quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo’qolib, uning 
o’rniga o’pka xosil bo’ladi, oyoqlar rivojlanadi.  
Bosh skeletning ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor.  
Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo’shilib ketadi.  Til osti yoyining ustki 
elementi eshituv suyakchasi uzangiga aylangan bo’ladi va bu suyakcha o’rta quloq 
bo’shlig’ida joylashadi. Yuragi uch kamerali ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak 
qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimcha nafas olish organi bo’lib teri xizmat qiladi, katta 
va kichik qon aylanish doiralari xosil bo’ladi. Gavda temperaturasi tashqi muhit 
temperaturasiga bog’liq. Bosh miyaning oldingi miya yarim sharlari bir-biridan 
ajralgan miya qopqog’ida miya moddasi bor. Ajratish organi bo’lib tana buyragi-
mezonefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat ko’pchiligida tashqi 
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. To’rtoyoqlilar katta sinfi – amfibiyalarni biologik va morfologik tavsifi. Ko’l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. R E J A 1. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. 2. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. 3. To’rtoyoqlilar katta sinfi – amfibiyalarni biologik va morfologik tavsifi. 4. Ko’l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar hali suv muhiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali hayvonlardir. Aksariyat ko’pchilik turlarini tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Hayoti davomida ular o’z boshidan metomarfoz davrini o’tkazadi, ya’ni itbaliqdan quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo’qolib, uning o’rniga o’pka xosil bo’ladi, oyoqlar rivojlanadi. Bosh skeletning ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor. Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo’shilib ketadi. Til osti yoyining ustki elementi eshituv suyakchasi uzangiga aylangan bo’ladi va bu suyakcha o’rta quloq bo’shlig’ida joylashadi. Yuragi uch kamerali ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimcha nafas olish organi bo’lib teri xizmat qiladi, katta va kichik qon aylanish doiralari xosil bo’ladi. Gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga bog’liq. Bosh miyaning oldingi miya yarim sharlari bir-biridan ajralgan miya qopqog’ida miya moddasi bor. Ajratish organi bo’lib tana buyragi- mezonefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat ko’pchiligida tashqi  
 
urug’lanish protsesi yuz beradi. Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishini ko’l 
baqasi-Rana ridibunda misolida ko’rib chiqamiz.  
Teri qoplag’ichlari. Baqaning terisi yalang’och bo’lib unda shox suyak 
tangachalari bo’lmaydi. Epidermisida ko’p xujayrali shilimshiq modda ishlab 
chiqaruvchi bezlar ko’p bo’ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishdan saqlaydi. 
Terisi muxim nafas olish organi xamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha 
gavdaga yopishgan bo’ladi, shu joylarida limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo’ladi.  
Skeleti. Umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va 
ularning kamar skeletidan tashkil topgan.  
Umurtqa pog’onasi bo’yin, tana, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. 
Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo’lib, unda ko’ndalang o’simtalari va 
qo’shiluv chuqurchasi bo’ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga 
birikadi. Tana umurtqalari ettita bo’ladi. Bularning xar biridan bir juftdan ustki 
yoylar ko’ndalang va qo’shiluv o’simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi 
tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda 
bo’ladi. Qobirg’alari yo’q. Dumg’aza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Uning 
ko’ndalang o’simtasiga chanoq suyagi birikadi. Dum umurtqalari biri-biriga 
qo’shilib dum suyakchasi- urostilni xosil qiladi.  
Bosh skeleti. Miya qutisining ko’p qismi tog’ay xolicha qolib ketadi. Ensa 
qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo’ladi. Eshitish bo’limida bir juft quloq 
suyaklari taraqqiy etadi. Ko’z kosasining oldingi qismida toq ponasimon -xidlov 
suyagi bo’ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo’shilib ketgan 
tepa, peshona suyagi, burun suyagi bosh skeletining keyingi tomonidan o’rab 
turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft 
dimog’ suyaklari kiradi.  
Vistseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari xam bosh skeleti tagini 
xosil qilishda ishtirok etadi. Ustki jag’ funktsiyasini suyakli baliqlardagidek jag’ 
oraliq va ustki jag’ suyaklari bajaradi. Pastki jag’ mekkel tog’aydan iborat bo’lib, 
uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Jag’ yoyining pastki elementi-
gioid jabra yoylari bilan birga qo’shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil 
qiladi.  
urug’lanish protsesi yuz beradi. Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishini ko’l baqasi-Rana ridibunda misolida ko’rib chiqamiz. Teri qoplag’ichlari. Baqaning terisi yalang’och bo’lib unda shox suyak tangachalari bo’lmaydi. Epidermisida ko’p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko’p bo’ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas olish organi xamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha gavdaga yopishgan bo’ladi, shu joylarida limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo’ladi. Skeleti. Umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan. Umurtqa pog’onasi bo’yin, tana, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo’lib, unda ko’ndalang o’simtalari va qo’shiluv chuqurchasi bo’ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari ettita bo’ladi. Bularning xar biridan bir juftdan ustki yoylar ko’ndalang va qo’shiluv o’simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi. Qobirg’alari yo’q. Dumg’aza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Uning ko’ndalang o’simtasiga chanoq suyagi birikadi. Dum umurtqalari biri-biriga qo’shilib dum suyakchasi- urostilni xosil qiladi. Bosh skeleti. Miya qutisining ko’p qismi tog’ay xolicha qolib ketadi. Ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo’ladi. Eshitish bo’limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko’z kosasining oldingi qismida toq ponasimon -xidlov suyagi bo’ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo’shilib ketgan tepa, peshona suyagi, burun suyagi bosh skeletining keyingi tomonidan o’rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. Vistseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari xam bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi. Ustki jag’ funktsiyasini suyakli baliqlardagidek jag’ oraliq va ustki jag’ suyaklari bajaradi. Pastki jag’ mekkel tog’aydan iborat bo’lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Jag’ yoyining pastki elementi- gioid jabra yoylari bilan birga qo’shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi.  
 
Erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oyoq 
skeletiga o’xshash tuzilgan. Elka kamari yoy shaklida, uchi qorin tomonga 
qaratilgan.  
Yoyning xar qaysi tomoni kurak ustki tog’ayi, kurak suyagi korakoid va uning 
oldida joylashgan prokaroid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o’rtasida to’sh 
suyagi, to’sh oldi suyagi bo’lib bularning uchlari tog’ay xolicha qoladi. To’sh oldi 
va kurak o’rtasida ingichka o’mrov suyagi bor.  
Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog’ay xolicha qolgan 
qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element quymich kosasi atrofida o’zaro 
qo’shiladi.  
 
 
Baqa skeleti: 
 1-bo’yin umurtqasi; 2-dumg’aza; 3-dum;4—6-to’sh, 7-korakoid; 8-prokorakoid; 9-
10-kurak; 11-chanoq; l2-o’tirg:ich; 13-qov;  14-yelka; 15-bilak;16-biiakuzuk; 17-
panja; 18-20-barmoqlar; 21-son, 22—boldir; 23-kaftoldi; 24-kaft; 25-pih; 26-o rqa 
oyoq barmoqlari 
 
Muskul sistemasi. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul 
sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarini xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar 
xosil bo’ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning segmentatsiyasi 
yo’qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan. Muskul 
sistemasini metamer joylashishini dumsiz baqalar tanasining ayrim joylarida ko’rish 
mumkin. Dumsizlarda va oyoqsizlarda muskul sistemasining metamer joylashishi 
ancha aniq ko’rinadi.  
Erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oyoq skeletiga o’xshash tuzilgan. Elka kamari yoy shaklida, uchi qorin tomonga qaratilgan. Yoyning xar qaysi tomoni kurak ustki tog’ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokaroid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o’rtasida to’sh suyagi, to’sh oldi suyagi bo’lib bularning uchlari tog’ay xolicha qoladi. To’sh oldi va kurak o’rtasida ingichka o’mrov suyagi bor. Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog’ay xolicha qolgan qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element quymich kosasi atrofida o’zaro qo’shiladi. Baqa skeleti: 1-bo’yin umurtqasi; 2-dumg’aza; 3-dum;4—6-to’sh, 7-korakoid; 8-prokorakoid; 9- 10-kurak; 11-chanoq; l2-o’tirg:ich; 13-qov; 14-yelka; 15-bilak;16-biiakuzuk; 17- panja; 18-20-barmoqlar; 21-son, 22—boldir; 23-kaftoldi; 24-kaft; 25-pih; 26-o rqa oyoq barmoqlari Muskul sistemasi. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarini xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo’ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning segmentatsiyasi yo’qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan. Muskul sistemasini metamer joylashishini dumsiz baqalar tanasining ayrim joylarida ko’rish mumkin. Dumsizlarda va oyoqsizlarda muskul sistemasining metamer joylashishi ancha aniq ko’rinadi.  
 
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi. 
Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim 
sharlarining, tagi, yon tomonlari va qopqog’i miya moddasidan tuzilgan. O’rta miya 
nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari 
chiqadi.  
Orqa miya yaxshi rivojlangan elka va chanoq chigallarini xosil qiladi bular 
oyoqlarni idora qilib turadi.  
Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq 
murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo’ladi. O’rta quloq tashqi tomondan 
nog’ora parda bilan o’ralgan.  
Ko’zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko’z gavxari linzasimon shaklga ega. 
Qovoqlar ko’zni ximoya qiladi. Xid bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan 
iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chiziq organi bo’ladi.  
Ovqat hazm qilish organlari. Og’iz teshigi serbar og’iz halqum bo’shlig’igi 
ochiladi. Og’iz-halqum bo’shlig’iga xoanalar, xiqildoq yorig’i, evstaxiev nayining 
bir uchi va so’lak bezlarini chiqarish yo’llari ochiladi. Bezlar sekreti og’iz tarkibiga 
kimyoviy ta’sir qilmasdan, faqat uni namlaydi. Og’iz halqum bo’shlig’ining tagida 
til joylashadi. Tilning uchi og’iz to’riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda 
ajratadi va u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi. Bazir dumli baqalarda til 
xarakatsiz birikka, boshqalarida esa ingichka oyoqchali qo’ziqorin shaklida bo’ladi. 
Baqalar tili oldingi uchi bilan og’iz tubiga birikka bo’lib, tinch xolatda uning erkin 
uchi ichkariga yo’nalgan. Barcha amfibiyalar tili mayda hasharotlarni ovlashda 
xizmat qiluvchi shilimshiq modda ajratadi. Ba’zi bir amfiziyalarning esa tili 
bo’lmaydi.  
Tishlari bir xil, mayda konussimon bo’lib, ularning uchi orqaga biroz qayrilgan. 
Tishlari jag’lararo va yuqorgi jag’ suyaklarida va soshnikda joylashgan. Ba’zi 
turlarining masalan, qurbaqalarning jag’ suyaklarida tish bo’lmaydi. Ovqat 
yutilganda uning og’iz topiq bo’shlig’idan qizilo’ngachga tomon italishishida ko’z 
soqqasi yordam beradi. Ko’z soqqasi bu bo’shliqdan yupqa shilimshiq parda 
yordamida ajralib, maxsus muskullar yordamiada ichkariga tortiladi. Jag’ oraliq 
ustki jag’ va dimog’ suyaklarida uchi bir oz orqa tomonga qaratilgan tish joylashadi. 
Og’iz halqum bo’shlig’i torayib qizilo’ngachga ochiladi. U oshqozonga o’tadi. Ichak 
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim sharlarining, tagi, yon tomonlari va qopqog’i miya moddasidan tuzilgan. O’rta miya nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya yaxshi rivojlangan elka va chanoq chigallarini xosil qiladi bular oyoqlarni idora qilib turadi. Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo’ladi. O’rta quloq tashqi tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan. Ko’zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko’z gavxari linzasimon shaklga ega. Qovoqlar ko’zni ximoya qiladi. Xid bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chiziq organi bo’ladi. Ovqat hazm qilish organlari. Og’iz teshigi serbar og’iz halqum bo’shlig’igi ochiladi. Og’iz-halqum bo’shlig’iga xoanalar, xiqildoq yorig’i, evstaxiev nayining bir uchi va so’lak bezlarini chiqarish yo’llari ochiladi. Bezlar sekreti og’iz tarkibiga kimyoviy ta’sir qilmasdan, faqat uni namlaydi. Og’iz halqum bo’shlig’ining tagida til joylashadi. Tilning uchi og’iz to’riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda ajratadi va u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi. Bazir dumli baqalarda til xarakatsiz birikka, boshqalarida esa ingichka oyoqchali qo’ziqorin shaklida bo’ladi. Baqalar tili oldingi uchi bilan og’iz tubiga birikka bo’lib, tinch xolatda uning erkin uchi ichkariga yo’nalgan. Barcha amfibiyalar tili mayda hasharotlarni ovlashda xizmat qiluvchi shilimshiq modda ajratadi. Ba’zi bir amfiziyalarning esa tili bo’lmaydi. Tishlari bir xil, mayda konussimon bo’lib, ularning uchi orqaga biroz qayrilgan. Tishlari jag’lararo va yuqorgi jag’ suyaklarida va soshnikda joylashgan. Ba’zi turlarining masalan, qurbaqalarning jag’ suyaklarida tish bo’lmaydi. Ovqat yutilganda uning og’iz topiq bo’shlig’idan qizilo’ngachga tomon italishishida ko’z soqqasi yordam beradi. Ko’z soqqasi bu bo’shliqdan yupqa shilimshiq parda yordamida ajralib, maxsus muskullar yordamiada ichkariga tortiladi. Jag’ oraliq ustki jag’ va dimog’ suyaklarida uchi bir oz orqa tomonga qaratilgan tish joylashadi. Og’iz halqum bo’shlig’i torayib qizilo’ngachga ochiladi. U oshqozonga o’tadi. Ichak  
 
baliqlarning ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarning o’t pufagi oshqozon osti 
bezining chiqarish yo’llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi 
qismi to’g’ri ichak kloakaga ochiladi.  
Nafas olish organlari. Voyaga yetgan baqa o’pka va teri orqali nafas oladi. 
O’pkalarning bir jufti ingichka devori chuqurchali xaltachadan iborat. Teri orqali 
nafas olish juda kuchli. Baqalarning terisi orqali 51 % kislorod olinadi va 86 % 
karbonat angidrid gazi chiqaradi. Nafas yo’llari tashqi burun teshiklari xoanalar 
hiqildoq- traxeya kamerasi va o’pkadir.  
Baqalarning ko’krak qafasi yo’qligi sababli nafas olishi o’ziga xos yo’l bilan 
o’tadi. Baqa avvalo og’iz bo’shlig’iga havo oladi buning uchun og’iz tubini pastga 
tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapan bilan yopadi va 
og’iz tubini yuqoriga ko’taradi, keyin havo xiqildoq teshigidan o’pkaga o’tadi. 
Qon aylanish sistemasi. Baqaning yuragi xamma amfibiyalardagi singari uch 
kamerali bo’ladi, ikkita yurak bo’lmasi bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. 
Ikkala bo’lmasi yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali tutashadi. O’ng 
yurak bo’lmasi bilan venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial 
konus joylashadi.  
Baqalarning arterial konusidan uch juft arterial yoylari chiqadi. Birinchi jufti 
baliqlarning jabraga olib keluvchi arteriallarining birinchi juftiga gomolog bo’lib, 
uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi.  
Uyqu arteriyasi arterial konusning qorin tomonidan chiqadi. Ikkinchi juft chap 
va o’ng aorta yoylari deyiladi. Bular xam arterial konusning qorin tomonidan chiqadi 
va baliqlarning jabra arteriyalari ikkinchi juftiga gomologdir. Aorta yoylaridan 
oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi o’mrov osti arteriyalari chiqadi. Chap 
va o’ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o’zaro qo’shilib toq orqa aortasini xosil 
qiladi. Orqa aorta xamma ichki organlarni keyingi oyoqlarni arterial qon bilan 
ta’minlaydi. Arterial konusning orqa tomonidan baliqlarning jabra arteriyalari 
to’rtinchi juftiga gomolog bo’lgan o’pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o’pka 
arteriyalariga ajralib shu organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi. Venoz 
qon gavdaning keyingi qismidan va orqa oyoqlaridan buyrakning bir juft qopq a 
venasi bilan bitta qorin venasiga yig’iladi. Buyrakdan chiqqan qon toq keyingi kovak 
baliqlarning ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarning o’t pufagi oshqozon osti bezining chiqarish yo’llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to’g’ri ichak kloakaga ochiladi. Nafas olish organlari. Voyaga yetgan baqa o’pka va teri orqali nafas oladi. O’pkalarning bir jufti ingichka devori chuqurchali xaltachadan iborat. Teri orqali nafas olish juda kuchli. Baqalarning terisi orqali 51 % kislorod olinadi va 86 % karbonat angidrid gazi chiqaradi. Nafas yo’llari tashqi burun teshiklari xoanalar hiqildoq- traxeya kamerasi va o’pkadir. Baqalarning ko’krak qafasi yo’qligi sababli nafas olishi o’ziga xos yo’l bilan o’tadi. Baqa avvalo og’iz bo’shlig’iga havo oladi buning uchun og’iz tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapan bilan yopadi va og’iz tubini yuqoriga ko’taradi, keyin havo xiqildoq teshigidan o’pkaga o’tadi. Qon aylanish sistemasi. Baqaning yuragi xamma amfibiyalardagi singari uch kamerali bo’ladi, ikkita yurak bo’lmasi bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. Ikkala bo’lmasi yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali tutashadi. O’ng yurak bo’lmasi bilan venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial konus joylashadi. Baqalarning arterial konusidan uch juft arterial yoylari chiqadi. Birinchi jufti baliqlarning jabraga olib keluvchi arteriallarining birinchi juftiga gomolog bo’lib, uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi. Uyqu arteriyasi arterial konusning qorin tomonidan chiqadi. Ikkinchi juft chap va o’ng aorta yoylari deyiladi. Bular xam arterial konusning qorin tomonidan chiqadi va baliqlarning jabra arteriyalari ikkinchi juftiga gomologdir. Aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi o’mrov osti arteriyalari chiqadi. Chap va o’ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o’zaro qo’shilib toq orqa aortasini xosil qiladi. Orqa aorta xamma ichki organlarni keyingi oyoqlarni arterial qon bilan ta’minlaydi. Arterial konusning orqa tomonidan baliqlarning jabra arteriyalari to’rtinchi juftiga gomolog bo’lgan o’pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o’pka arteriyalariga ajralib shu organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi. Venoz qon gavdaning keyingi qismidan va orqa oyoqlaridan buyrakning bir juft qopq a venasi bilan bitta qorin venasiga yig’iladi. Buyrakdan chiqqan qon toq keyingi kovak  
 
venani xosil qiladi. Keyingi kovak vena, qorin venasi va bir juft jigar venasi bilan 
birlashib vena sinusiga ochiladi. 
Boshdan venoz qon juft bo’yinturuq venaga oldingi oyoqlardan juft o’mrov osti 
venalariga yig’iladi. Bular qo’shilib, juft oldingi kovak ve nani xosil qiladi va vena 
sinusiga quyiladi. Oldingi kovak venalarga teridan kelgan arterial qon teri venasi 
nomi bilan qo’shiladi. Shunday qilib vena sinusiga aralash qon quyiladi. Vena sinusi 
o’ng yurak bo’lmasiga ochiladi. O’pkalardan toza arterial qon o’pka venasi nomi 
bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Yurak bo’lmalarining qisqarishidan qon 
umumiy teshik orqali yurak qorinchasiga o’tdi.  
Ayirish organlari. Voyaga yetgan baqalarda tana buyrak mezonefrosdan 
iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik 
yana kloakaga chiqariladi. Erkaklarida juft urug’don bo’lsada urug’ chiqarish 
yo’llari yo’q. Urug’ kanali buyrakning oldinga qismi orqali o’tib Volf kanaliga 
quyiladi. Shunday qilib, Volf kanali xam siydik yo’li xam urug’ yo’li vazifasini 
bajaradi. Volf kanali kloakaga ochilishidan oldin kengayib urug’ pufagini xosil 
qiladi.  
Amfibiyalar ko’p suyuq siydik ajratib chiqaradi. Ularda oqsil almashinuvining 
asosiy maxsuloti uncha zaharli bo’lmagan, ammo organizmdan chiqishi uchun ko’p 
suv talab qiladigan mochevinadan iborat. Amfibiyalarda suvning tanaga o’tishi ko’p 
xolatlarda qarshilikka duch kelmaydi.  
Oqsil almashinuvi xolatlarining tashqi muhitga bog’liqligini quyidagi ikki 
misolda ko’rsatish mumkin. Tritonda kuz faslida quruqlikda umumiy azot 
almashinuvi maxsulotida amniakning hissasi 13%, yozda suvdagi hayotida esa bu 
hissa 26% gacha ko’payadi. Itbaliqda amniakning hissasi 75%, dumini yo’qotgan 
oyoqli baqada hammasi bo’lib 16%.  
Tuxumdonlari ham juft bo’lib, tana bo’shligida joylashadi. Etilgan tuxum 
hujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi. 
baqalarning urug’lanishi tashqi bo’lib ikralaridan lichinkalar itbaliq chiqadi. 
Lichinqalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qon aylanish sistemasi 
baliqlarni qon aylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich 
qanoti yordamida suzadi. Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari 
venani xosil qiladi. Keyingi kovak vena, qorin venasi va bir juft jigar venasi bilan birlashib vena sinusiga ochiladi. Boshdan venoz qon juft bo’yinturuq venaga oldingi oyoqlardan juft o’mrov osti venalariga yig’iladi. Bular qo’shilib, juft oldingi kovak ve nani xosil qiladi va vena sinusiga quyiladi. Oldingi kovak venalarga teridan kelgan arterial qon teri venasi nomi bilan qo’shiladi. Shunday qilib vena sinusiga aralash qon quyiladi. Vena sinusi o’ng yurak bo’lmasiga ochiladi. O’pkalardan toza arterial qon o’pka venasi nomi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Yurak bo’lmalarining qisqarishidan qon umumiy teshik orqali yurak qorinchasiga o’tdi. Ayirish organlari. Voyaga yetgan baqalarda tana buyrak mezonefrosdan iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik yana kloakaga chiqariladi. Erkaklarida juft urug’don bo’lsada urug’ chiqarish yo’llari yo’q. Urug’ kanali buyrakning oldinga qismi orqali o’tib Volf kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Volf kanali xam siydik yo’li xam urug’ yo’li vazifasini bajaradi. Volf kanali kloakaga ochilishidan oldin kengayib urug’ pufagini xosil qiladi. Amfibiyalar ko’p suyuq siydik ajratib chiqaradi. Ularda oqsil almashinuvining asosiy maxsuloti uncha zaharli bo’lmagan, ammo organizmdan chiqishi uchun ko’p suv talab qiladigan mochevinadan iborat. Amfibiyalarda suvning tanaga o’tishi ko’p xolatlarda qarshilikka duch kelmaydi. Oqsil almashinuvi xolatlarining tashqi muhitga bog’liqligini quyidagi ikki misolda ko’rsatish mumkin. Tritonda kuz faslida quruqlikda umumiy azot almashinuvi maxsulotida amniakning hissasi 13%, yozda suvdagi hayotida esa bu hissa 26% gacha ko’payadi. Itbaliqda amniakning hissasi 75%, dumini yo’qotgan oyoqli baqada hammasi bo’lib 16%. Tuxumdonlari ham juft bo’lib, tana bo’shligida joylashadi. Etilgan tuxum hujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi. baqalarning urug’lanishi tashqi bo’lib ikralaridan lichinkalar itbaliq chiqadi. Lichinqalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qon aylanish sistemasi baliqlarni qon aylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida suzadi. Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari  
 
keskin o’zgaradi. Besh barmoqli oyoqlar xosil bo’ladi. Dumlari yon chiziq organlari 
yo’qolib ketadi. Jabralari yo’qolib o’pka rivojlanadi.  
Juft urug’donlarning mustaqil chiqarish yo’li bo’lmaydi. Urug’ chiqaruvchi 
kanallar buyrakning oldingi qismidan o’tib, volf kanaliga qo’shiladi. Bu kanal faqat 
siydik yo’li vazifasini emas, balki urug’ chiqaruvchi kanal vazifasini ham o’taydi. 
Erkaklarida har bir volf kanali kloaka yonida kengayib, urug’ni vaqtincha saqlovchi 
urug’ xaltasini xosil qiladi.  
Urug’donlar ustida noto’g’ri shakldagi sariq rangli xosilalar-moy tanachalari 
joylashgan. Ular urug’don va rivojlanayotgan spermatozoidlar uchun oziq bo’lib 
hisoblanadi. Moy tanachalarining yirik-maydaligi fasllarga qarab o’zgarib turadi. 
Kuzda ular yirik, bahorda spermotogenez davrida esa ularning moddalari ko’p 
sarflanganligi tufayli xajmi keskin maydalashadi. Ko’pchilik amfibiyalarda 
kopulyativ organlar bo’lmaydi.  
Amfibiyalarning erkaklarida ayrish va jinsiy yo’llar 1ta – volf kanali bo’lsa, 
urg’ochilarida volf kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajaradi va aloxida jinsiy yo’l 
vazifasini myuller kanali bajaradi.  
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda quruqlikda yashashga hos qanday 
moslanishlarga ega? 
2. Ko’l baqasinig tashqi tuzilishini tushuntiring. 
3. Ko’l baqasining ichki tuzilishini tushuntiring. 
4. Ko’l baqasida qaysi sezgi organlar rivojlangan?  
Glossariy 
1. Morfologiya— odam, hayvonlar va oʻsimliklar organizmining individual va 
tarixiy rivojlanish jarayonida tuzilishi hamda shaklini oʻrganadigan fan. 
2. “Amfibiya" (grekcha: amphibios – ikki xil hayot kechiruvchi) – 1) suvda va 
quruqlikda yura oladigan organizm. 
3. Lichinka (rus.) — koʻpchilik umurtqasiz va ayrim umurtqali hayvonlar (baliqlar, 
suvda va kuruqlikda yashovchilar)ning individual rivojlanishidagi postembrional 
(tuxumdan chiqqandan keyingi) davri.  
4. Itbaliq — dumsiz amfibiyalar lichinkasi.  
keskin o’zgaradi. Besh barmoqli oyoqlar xosil bo’ladi. Dumlari yon chiziq organlari yo’qolib ketadi. Jabralari yo’qolib o’pka rivojlanadi. Juft urug’donlarning mustaqil chiqarish yo’li bo’lmaydi. Urug’ chiqaruvchi kanallar buyrakning oldingi qismidan o’tib, volf kanaliga qo’shiladi. Bu kanal faqat siydik yo’li vazifasini emas, balki urug’ chiqaruvchi kanal vazifasini ham o’taydi. Erkaklarida har bir volf kanali kloaka yonida kengayib, urug’ni vaqtincha saqlovchi urug’ xaltasini xosil qiladi. Urug’donlar ustida noto’g’ri shakldagi sariq rangli xosilalar-moy tanachalari joylashgan. Ular urug’don va rivojlanayotgan spermatozoidlar uchun oziq bo’lib hisoblanadi. Moy tanachalarining yirik-maydaligi fasllarga qarab o’zgarib turadi. Kuzda ular yirik, bahorda spermotogenez davrida esa ularning moddalari ko’p sarflanganligi tufayli xajmi keskin maydalashadi. Ko’pchilik amfibiyalarda kopulyativ organlar bo’lmaydi. Amfibiyalarning erkaklarida ayrish va jinsiy yo’llar 1ta – volf kanali bo’lsa, urg’ochilarida volf kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajaradi va aloxida jinsiy yo’l vazifasini myuller kanali bajaradi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda quruqlikda yashashga hos qanday moslanishlarga ega? 2. Ko’l baqasinig tashqi tuzilishini tushuntiring. 3. Ko’l baqasining ichki tuzilishini tushuntiring. 4. Ko’l baqasida qaysi sezgi organlar rivojlangan? Glossariy 1. Morfologiya— odam, hayvonlar va oʻsimliklar organizmining individual va tarixiy rivojlanish jarayonida tuzilishi hamda shaklini oʻrganadigan fan. 2. “Amfibiya" (grekcha: amphibios – ikki xil hayot kechiruvchi) – 1) suvda va quruqlikda yura oladigan organizm. 3. Lichinka (rus.) — koʻpchilik umurtqasiz va ayrim umurtqali hayvonlar (baliqlar, suvda va kuruqlikda yashovchilar)ning individual rivojlanishidagi postembrional (tuxumdan chiqqandan keyingi) davri. 4. Itbaliq — dumsiz amfibiyalar lichinkasi.  
 
5. Protsel-tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa 
bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi. 
Adabiyotlar 
1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси), 
Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б. 
2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий 
номидаги ТДПУ наширёти. 2000. 
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий 
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 
 
5. Protsel-tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi. Adabiyotlar 1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси), Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б. 2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий номидаги ТДПУ наширёти. 2000. 3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017