Qushlar sinfi. Umumiy tasnifi. Kaptarni tashqi va ichki tuzilishi

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

1,9 MB


 
 
 
 
 
 
Qushlar sinfi. Umumiy tasnifi. Kaptarni tashqi va ichki tuzilishi 
 
 
R E J A 
1.Qushlarning tana tuzilishi, tana qoplami, skeleti va muskullari. 
2.Qushlarning ichki tuzilishi. 
3.Qushlarning nerv sistemasi va sezgi organlari. 
 
 
   Qushlar — havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar. Ularning 
oldingi oyoqlari qanotlarga aylangan, tanasi pat bilan qoplangan, tana skeleti pishiq 
va yengil suyaklardan iborat. Qushlarning tishlari bo’lmaydi, jag’lari muguz 
tumshuqqa aylangan. Naysimon suyaklar bo’shlig’i havo bilan to’lgan. Qushlar 
nafas olishida havo xaltachalari ham ishtirok etadi. 
Tashqi tuzilishi. Qushlarning tashqi tuzilishi ularning uchishi bilan bog’liq. 
Ularning tanasi suyriga o’xshash ixcham bo’lib, uchayotganda havoga kam qarshilik 
ko’rsatishga moslashgan. Ko’pchilik qushlarning bo’yni ingichka, juda egiluvchan. 
Jag’lari muguz tumshuqqa aylangan, tishlari bo’lmaydi. Oldingi oyoqlari o’zgarib, 
qanotni hosil qiladi. Tanasi pat bilan qoplangan. Qanotlaridagi yirik qoqish patlari 
ko’tarish yuzasini hosil qiladi. Yerda yurganda, uchgandayoki qo’nganida qushlar 
tanasining og’irligi faqat oyoqlariga tushadi. Oyoqlari son, boldir, ilik va panja 
bo’limlaridan iborat. Qushlarning oyog’ida odatda 4 tadan barmoq bo’lib, ulardan 
uchtasi oldinga, bittasi orqa tomongayo’naltirilgan. Ayrim qushlarning barmoqlari 
uchta, hatto ikkita bo’ladi (Afrika tuyaqushi). 
Tana qoplami. Qushlar terisi yupqa va qumoq bo’lib, ter bezlari bo’lmaydi. 
Faqat suvda yashovchi qushlarning dumi asosida maxsus dumg’aza bezi bor. 
Qushlar bezning yog’simon suyuqligini patlariga surib turadi. Suyuqlik patlarga suv 
yuqtirmaydi. 
Qushlar sinfi. Umumiy tasnifi. Kaptarni tashqi va ichki tuzilishi R E J A 1.Qushlarning tana tuzilishi, tana qoplami, skeleti va muskullari. 2.Qushlarning ichki tuzilishi. 3.Qushlarning nerv sistemasi va sezgi organlari. Qushlar — havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar. Ularning oldingi oyoqlari qanotlarga aylangan, tanasi pat bilan qoplangan, tana skeleti pishiq va yengil suyaklardan iborat. Qushlarning tishlari bo’lmaydi, jag’lari muguz tumshuqqa aylangan. Naysimon suyaklar bo’shlig’i havo bilan to’lgan. Qushlar nafas olishida havo xaltachalari ham ishtirok etadi. Tashqi tuzilishi. Qushlarning tashqi tuzilishi ularning uchishi bilan bog’liq. Ularning tanasi suyriga o’xshash ixcham bo’lib, uchayotganda havoga kam qarshilik ko’rsatishga moslashgan. Ko’pchilik qushlarning bo’yni ingichka, juda egiluvchan. Jag’lari muguz tumshuqqa aylangan, tishlari bo’lmaydi. Oldingi oyoqlari o’zgarib, qanotni hosil qiladi. Tanasi pat bilan qoplangan. Qanotlaridagi yirik qoqish patlari ko’tarish yuzasini hosil qiladi. Yerda yurganda, uchgandayoki qo’nganida qushlar tanasining og’irligi faqat oyoqlariga tushadi. Oyoqlari son, boldir, ilik va panja bo’limlaridan iborat. Qushlarning oyog’ida odatda 4 tadan barmoq bo’lib, ulardan uchtasi oldinga, bittasi orqa tomongayo’naltirilgan. Ayrim qushlarning barmoqlari uchta, hatto ikkita bo’ladi (Afrika tuyaqushi). Tana qoplami. Qushlar terisi yupqa va qumoq bo’lib, ter bezlari bo’lmaydi. Faqat suvda yashovchi qushlarning dumi asosida maxsus dumg’aza bezi bor. Qushlar bezning yog’simon suyuqligini patlariga surib turadi. Suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi.  
 
Patlar teri epidermisidan kelib chiqqan muguz modda-keratindan hosil bo’Igan. 
Alohida pat qalam uchi (patning teriga botib kirgan uchi), pat o’qi va pat 
yelpig’ichidun iborat. Pat o’qi ichi g’ovak tig’iz muguz devorli nayshaklida bo’ladi. 
Pat yelpig’ichi pat o’qining ikki yonidan chiqadigan 1-tartib o’siqchalardan iborat. 
Bu o’siqchalardan o’z navbatida kalta 2-tartib o’siqchalarchlqadi. Ularda mayda 
ilmoqchalar bo’ladi. Ilmoqchalar o’zaro ilashib, yelpig’ich yuzasini hosil qiladi. 
Patlar tuzilishi va fiinksiyasiga ko’ra kontur patlar, momiq patlar, parlar, ipsimon 
patlar, qillarga ajratiladi. Qanotlarning ko’tarish yuzasini hosil qiladigan yirik patlar 
qoqish patlari deyiladi. Bu patlar yelpig’ichining asosi kengaygan, uchki qismi 
ingichkalashgan bo’ladi. Patning bunday tuzilishi qush qanotini ko’targanida patlar 
orasidan havo o’tishiga imkon beradi. Qanot tushirilganida esa havo bosimi ostida 
patlar o’zaro tig’iz yopishadi. Qanot panjasiga birikkan eng yirik patlar 1-tartib 
qoqish patlari, bilak suyagi bilan birikkan birmuncha kichikroq patlar 2-tartib qoqish 
patlari deyiiadi. Dumni .hosil qiluvchi boshqarish patlari yirik, yelpig’ichi 
asimmetrik tuzilgan. Qushlar tanasini qoplab turadigan birmuncha kichikroq patlar 
kontur qoplag’ich patlar deyiiadi. Suv qushlarining kontur patlari orasida tanada 
issiqlikni saqlovchi momiq patlar va parlari joylashgan. Pat qoplami qushlar 
hayotida katta ahamiyatga ega. Qoqish va boshqarish patlari uchish uchun kerak 
bo’lsa, qoplag’ich patlar esa qush tanasiga suyri shaklni berib, uchishni 
yengillashtiradi. Orasida havo saqlanib qolishi natijasida pat qoplami tanada 
issiqlikni saqlab turadi. Ko’pchilik qushlaming patlari asta-sekin almashinuvi 
sababli ular uchish qobiliyatini yo’qotmaydi. Faqat suv qushlarida tullash juda tez 
sodir bo’lganidan, ular bu davrda ucholmaydi. 
 
Patlar teri epidermisidan kelib chiqqan muguz modda-keratindan hosil bo’Igan. Alohida pat qalam uchi (patning teriga botib kirgan uchi), pat o’qi va pat yelpig’ichidun iborat. Pat o’qi ichi g’ovak tig’iz muguz devorli nayshaklida bo’ladi. Pat yelpig’ichi pat o’qining ikki yonidan chiqadigan 1-tartib o’siqchalardan iborat. Bu o’siqchalardan o’z navbatida kalta 2-tartib o’siqchalarchlqadi. Ularda mayda ilmoqchalar bo’ladi. Ilmoqchalar o’zaro ilashib, yelpig’ich yuzasini hosil qiladi. Patlar tuzilishi va fiinksiyasiga ko’ra kontur patlar, momiq patlar, parlar, ipsimon patlar, qillarga ajratiladi. Qanotlarning ko’tarish yuzasini hosil qiladigan yirik patlar qoqish patlari deyiladi. Bu patlar yelpig’ichining asosi kengaygan, uchki qismi ingichkalashgan bo’ladi. Patning bunday tuzilishi qush qanotini ko’targanida patlar orasidan havo o’tishiga imkon beradi. Qanot tushirilganida esa havo bosimi ostida patlar o’zaro tig’iz yopishadi. Qanot panjasiga birikkan eng yirik patlar 1-tartib qoqish patlari, bilak suyagi bilan birikkan birmuncha kichikroq patlar 2-tartib qoqish patlari deyiiadi. Dumni .hosil qiluvchi boshqarish patlari yirik, yelpig’ichi asimmetrik tuzilgan. Qushlar tanasini qoplab turadigan birmuncha kichikroq patlar kontur qoplag’ich patlar deyiiadi. Suv qushlarining kontur patlari orasida tanada issiqlikni saqlovchi momiq patlar va parlari joylashgan. Pat qoplami qushlar hayotida katta ahamiyatga ega. Qoqish va boshqarish patlari uchish uchun kerak bo’lsa, qoplag’ich patlar esa qush tanasiga suyri shaklni berib, uchishni yengillashtiradi. Orasida havo saqlanib qolishi natijasida pat qoplami tanada issiqlikni saqlab turadi. Ko’pchilik qushlaming patlari asta-sekin almashinuvi sababli ular uchish qobiliyatini yo’qotmaydi. Faqat suv qushlarida tullash juda tez sodir bo’lganidan, ular bu davrda ucholmaydi.  
 
 
 
 
 
Qushlarning pat xillari: 
1-qoqish; 2-kontur qoplovchi patlar; 3-momiq pat; 4-par; 5-qil; 6-ipsimon pat. 
 
Skeleti. Qushlar skeleti ham barcha quruqlikda yashovchi umurtqalilarnikiga 
o’xshash bosh, umurtqa pog’onasi, tana, qanot, orqa oyoqlar, yelka kamari, chanoq 
kamari bo’limlaridan iborat. Lekin havoda parvoz qilishga moslanishi tufayli 
ularning skeleti boshqa umurtqalilarga nisbatan juda yengil va pishiq bo’ladi. 
Suyaklarning yupqaligi, naysimon suyaklar ichining havo bilan toMganligi skeletni 
yengil bo’lishini, ko’pchilik suyaklarning qo’shifib ketishi esa uning pishiqligini 
ta’minlaydi. Qushlarning bosh skeleti yupqa devorli miya qutisi va muguz bilan 
qoplangan tumshuqdan iborat. Tishlari bo’lmaydi. Bo’yin umurtqalari egarsimon 
bo’g’im yuzasi orqali o’zaro juda harakatchan qo’shilgan. Bo’yin umurtqalari 11 
tadan 25 tagacha boMadi. Ko’krak umurtqalari o’zaro harakatsiz qo’shilgan. 
Qushlarning qovurg’atari o’zaro tutashgan ikki qismdan iborat; qo’shilish 
Qushlarning pat xillari: 1-qoqish; 2-kontur qoplovchi patlar; 3-momiq pat; 4-par; 5-qil; 6-ipsimon pat. Skeleti. Qushlar skeleti ham barcha quruqlikda yashovchi umurtqalilarnikiga o’xshash bosh, umurtqa pog’onasi, tana, qanot, orqa oyoqlar, yelka kamari, chanoq kamari bo’limlaridan iborat. Lekin havoda parvoz qilishga moslanishi tufayli ularning skeleti boshqa umurtqalilarga nisbatan juda yengil va pishiq bo’ladi. Suyaklarning yupqaligi, naysimon suyaklar ichining havo bilan toMganligi skeletni yengil bo’lishini, ko’pchilik suyaklarning qo’shifib ketishi esa uning pishiqligini ta’minlaydi. Qushlarning bosh skeleti yupqa devorli miya qutisi va muguz bilan qoplangan tumshuqdan iborat. Tishlari bo’lmaydi. Bo’yin umurtqalari egarsimon bo’g’im yuzasi orqali o’zaro juda harakatchan qo’shilgan. Bo’yin umurtqalari 11 tadan 25 tagacha boMadi. Ko’krak umurtqalari o’zaro harakatsiz qo’shilgan. Qushlarning qovurg’atari o’zaro tutashgan ikki qismdan iborat; qo’shilish  
 
burchagining uchki qismi orqa tomonga yo’nalgan bo’lib, keyingi qovurg’a ustiga 
tushib turadi. Qovurg’alarning pastki uchi to’sh suyagiga harakatchan birikadi. 
Qovurg’alarning bunday tuzilishi ko’krak qafasini mustahkam bo’lishiga va nafas 
olishda Lining hajmini o’zgarib turishiga imkon beradi. 
 
Qushlar skeleti: 
1-bo’yin umurtqalari; 2-ko’krak umurtqalari; 3-dum umurtqalari; 4-dumg’aza; 
5-6-qovurg’alar; 7-to’sh;  
8-ko’krak toj; 9-kurak; 10-kurak tirgak; 11- o’mrov ayrisi; 12-yelka; 13-bilak; 
14-tirsak; 15-kaft; 16-18-barmoq; 19-21-chanoq; 22-son; 23-boldir; 24-ilik; 25; 26-
barmoqlar. 
     Qushlarning to ‘sh suyagi biroz oldinga bo’rtib chiqqan, uning pastki uchi 
juda kengayib to’sh tojini hosil qiladi. To’sh tojiga qanotlarni harakatga keltiruvchi 
katta ko’krak muskullari va o’mrovosti muskullari birikadi. Uchish qobiliyatini 
yo’qotgan qushlarda to’sh toji rivojlanmagan. Lekin pingvinlar qanoti suvda suzish 
organiga aylanganligi sababli to’sh toji ham yaxshi rivojlangan. Keyingi ko’krak, 
bel, dumg’aza va oldingi dum umurtqalari o’zaro va chanoqning yon suyaklari bilan 
harakatsiz qo’shilib, oyoqlar uchun tayanch bo’ladigan murakkab dumg’azani hosil 
qiladi. Keyingi dum umurtqalari o’zaro qo’shilib, boshqaruv patlari uchun tayanch 
vazifasini bajaradigan quymich suyagini hosil qiladi. 
    Yelka kamari 3 juft suyakdan iborat. Qilichsimon egilgan kurak suyaklari 
uniurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan. Ingichka o’mrov suyaklarining pastki uchi 
o’zaro tutashib o’mrov ayrisini hosil qiladi. O’mrov ayrisi qanot suyaklarining 
mustahkamligini oshiradi va qanot qoqishda yuzaga keladigan zarbani kamaytiradi. 
burchagining uchki qismi orqa tomonga yo’nalgan bo’lib, keyingi qovurg’a ustiga tushib turadi. Qovurg’alarning pastki uchi to’sh suyagiga harakatchan birikadi. Qovurg’alarning bunday tuzilishi ko’krak qafasini mustahkam bo’lishiga va nafas olishda Lining hajmini o’zgarib turishiga imkon beradi. Qushlar skeleti: 1-bo’yin umurtqalari; 2-ko’krak umurtqalari; 3-dum umurtqalari; 4-dumg’aza; 5-6-qovurg’alar; 7-to’sh; 8-ko’krak toj; 9-kurak; 10-kurak tirgak; 11- o’mrov ayrisi; 12-yelka; 13-bilak; 14-tirsak; 15-kaft; 16-18-barmoq; 19-21-chanoq; 22-son; 23-boldir; 24-ilik; 25; 26- barmoqlar. Qushlarning to ‘sh suyagi biroz oldinga bo’rtib chiqqan, uning pastki uchi juda kengayib to’sh tojini hosil qiladi. To’sh tojiga qanotlarni harakatga keltiruvchi katta ko’krak muskullari va o’mrovosti muskullari birikadi. Uchish qobiliyatini yo’qotgan qushlarda to’sh toji rivojlanmagan. Lekin pingvinlar qanoti suvda suzish organiga aylanganligi sababli to’sh toji ham yaxshi rivojlangan. Keyingi ko’krak, bel, dumg’aza va oldingi dum umurtqalari o’zaro va chanoqning yon suyaklari bilan harakatsiz qo’shilib, oyoqlar uchun tayanch bo’ladigan murakkab dumg’azani hosil qiladi. Keyingi dum umurtqalari o’zaro qo’shilib, boshqaruv patlari uchun tayanch vazifasini bajaradigan quymich suyagini hosil qiladi. Yelka kamari 3 juft suyakdan iborat. Qilichsimon egilgan kurak suyaklari uniurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan. Ingichka o’mrov suyaklarining pastki uchi o’zaro tutashib o’mrov ayrisini hosil qiladi. O’mrov ayrisi qanot suyaklarining mustahkamligini oshiradi va qanot qoqishda yuzaga keladigan zarbani kamaytiradi.  
 
    Qushlar qanoti skeleti ham boshqa besh barmoqli umurtqali hayvonlar 
oldingi oyoqlariga o’xshash bitta yelka, ikkita yelka oldi (bilak va tirsak) va panja 
suyaklaridan iborat. Lekin qushlarda faqat uchta (2,3,4) barmoqfar boMadi, bir 
nechta mayda panja suyaklari birlashib bitta mustahkam suyakni hosil qiladi. Bu 
suyak qanotlardagi l-tartib qoqish patlari uchun tayanch boladi. 
    Chanoq kamari va orqa oyoq skeletining tuzilishi qushlar yurganida tana 
og’irligining ana shu ikki oyoqqa tushishi bilan bog’Iiq. Chanoq kamari skeleti bel, 
dumg’aza va dum umurtqalari bilan harakatsiz qo’shilib ketgan yonbosh, quymich, 
va qov suyaklaridan iborat. Chanoq suyaklarining yon tomonidagi bo’g’im 
chuqurchasiga orqa oyoq kelib tutashgan. 
    Orqa oyoq ancha yo’g’on son, birmuncha uzun va ingichka boldir, ilik va 
barmoq suyaklaridan iborat. Boldir ikkita suyak (katta va kichik boldir)ning 
qo’shilishidan hosil bo’ladi. Faqat qushlar uchun xos bo’lgan ilik suyagi esa tovon 
suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoqlar 
tutashgan. Ilik suyagi qushlar tanasini yerdan ko’tarib turadi, uiar qo’nayotganida 
tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi. 
Muskullari. Bir juft katta ko’krak muskullari juda yirik bo’lib, vazn jihatidan 
qolgan barcha muskullarga teng keladi. Muskullarning bir uchi to’sh suyagi toj 
o’simtasiga, ikkinchi uchi yelka suyagiga birikadi. Bu muskullar qanotlarni tushirish 
vazifasini bajaradi. Katta ko’krak muskullari ustida joylashgan o ‘mrovosti 
muskullari qanotlarni ko’taradi. 
    Qushlarning oyoq muskullari ham kuchli rivojlangan. Oyoq bo’g’imlari 
orqali barmoqlarga paylar o’tgan. Daraxt shoxiga qo’ngan qush o’tirganida bu paylar 
tortiladi, barmoqlar bukilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shu sababdan qushlar 
daraxtdan yiqilib tushmaydi. Qovurg’alar oralig’idagi muskullar nafas olishda 
ko’krak qafasi hajmini o’zgartirish vazifasini bajaradi. Bo’yin muskullari boshni 
harakatlanishi - burish, ko’tarish va tushirishda ishtirok etadi. 
Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Tishlari bo’lmaydi, 
jag’Iari muguz g’ilof bilan qoplangan tumshuqqa aylangan. Qushlar tumshug’ining 
o’tkir qirralari yordamida ozig’ini cho’qib oladi va tutib turadi. Qizilo’ngachi uzun; 
qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo’r qushlarning qizilo’ngachi kengayib, 
jig’ildonni hosil qiladi . Jig’ildonda ovqat so’lak ta’sirida bo’kib, yumshaydi. 
Qushlar qanoti skeleti ham boshqa besh barmoqli umurtqali hayvonlar oldingi oyoqlariga o’xshash bitta yelka, ikkita yelka oldi (bilak va tirsak) va panja suyaklaridan iborat. Lekin qushlarda faqat uchta (2,3,4) barmoqfar boMadi, bir nechta mayda panja suyaklari birlashib bitta mustahkam suyakni hosil qiladi. Bu suyak qanotlardagi l-tartib qoqish patlari uchun tayanch boladi. Chanoq kamari va orqa oyoq skeletining tuzilishi qushlar yurganida tana og’irligining ana shu ikki oyoqqa tushishi bilan bog’Iiq. Chanoq kamari skeleti bel, dumg’aza va dum umurtqalari bilan harakatsiz qo’shilib ketgan yonbosh, quymich, va qov suyaklaridan iborat. Chanoq suyaklarining yon tomonidagi bo’g’im chuqurchasiga orqa oyoq kelib tutashgan. Orqa oyoq ancha yo’g’on son, birmuncha uzun va ingichka boldir, ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Boldir ikkita suyak (katta va kichik boldir)ning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Faqat qushlar uchun xos bo’lgan ilik suyagi esa tovon suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoqlar tutashgan. Ilik suyagi qushlar tanasini yerdan ko’tarib turadi, uiar qo’nayotganida tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi. Muskullari. Bir juft katta ko’krak muskullari juda yirik bo’lib, vazn jihatidan qolgan barcha muskullarga teng keladi. Muskullarning bir uchi to’sh suyagi toj o’simtasiga, ikkinchi uchi yelka suyagiga birikadi. Bu muskullar qanotlarni tushirish vazifasini bajaradi. Katta ko’krak muskullari ustida joylashgan o ‘mrovosti muskullari qanotlarni ko’taradi. Qushlarning oyoq muskullari ham kuchli rivojlangan. Oyoq bo’g’imlari orqali barmoqlarga paylar o’tgan. Daraxt shoxiga qo’ngan qush o’tirganida bu paylar tortiladi, barmoqlar bukilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shu sababdan qushlar daraxtdan yiqilib tushmaydi. Qovurg’alar oralig’idagi muskullar nafas olishda ko’krak qafasi hajmini o’zgartirish vazifasini bajaradi. Bo’yin muskullari boshni harakatlanishi - burish, ko’tarish va tushirishda ishtirok etadi. Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Tishlari bo’lmaydi, jag’Iari muguz g’ilof bilan qoplangan tumshuqqa aylangan. Qushlar tumshug’ining o’tkir qirralari yordamida ozig’ini cho’qib oladi va tutib turadi. Qizilo’ngachi uzun; qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo’r qushlarning qizilo’ngachi kengayib, jig’ildonni hosil qiladi . Jig’ildonda ovqat so’lak ta’sirida bo’kib, yumshaydi.  
 
Kaptarlar jig’ildoni qush suti ishlab chiqaradi. Ular bu sut bilan o’z bolasini boqadi. 
Ayrim baliqxo’r, yirtqich qiishlar qizilo’ngachi juda cho’ziluvchan bo’lib, unda oziq 
zaxirasi saqfanadi. Qushlar bu oziqni bolalariga olib kelib beradi. Oziq bezli 
oshqozondan muskulli oshqozonga o’tadi. Muskulli oshqozon devori qalin, ichki 
yuzasi qattiq kutikula bilan qoplangan. Uning bo’shlig’ida mayda toshchalar bo’ladi. 
Oshqozon devori qisqarib bo’shashganida qushlar yutgan qattiq oziq oshqozon 
devori kutikulasi va toshchalar yordamjda ezilib, hazm bo’lishga tayyor bo’ladi. 
 
 
Kaptarning ichki tuzilishi: 
A-ovqat hazm qilish va ayirish sistemasi; B-oshqozoni tuzilishi: 1-og’iz 
bo’shlig’i; 2-jig’ildon; 3-qizilo’tigach; 4-oshqozon; 5-oshqozono.sti bezi; 6-jigar; 
7-ichak; 8-buyrak; 9-kloaka; 10-bezli oshqozon; 11-muskulli oshqozon; 12-
kutikula; 13-muskulli xalta. 
      Qushlarning ichagi nisbatan kalta; ingichka ichagi birmuncha uzun, yo’g’on 
ichak esa qisqaroq, to’g’ri ichak bo’lmaydi; qushlar axlati ichakda to’planmasligi 
sababli ular vazni ham ortib ketmaydi. Qushlar ichagi kloaka bilan tugaydi. 
Kloakaga siydik va jinsiy bezlar yo’li ochiladi. Oziq ingichka ichakda oshqozon osti 
bezi shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o’t suyuqligi ta’sirida hazm bo’ladi. Uchish 
va tana haroratini doimiy saqjash juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun 
qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni ham jadal kechadi. Mayda 
qushlar bir kunda tana og’irligining to’rtdan bir qismiga teng oziqni hazm qiladi. 
Ovqat qushlar ichagida juda tez, odatda bir necha soatda batamom hazm bo’ladi. 
Shuning uchun qushlar ovqatsiz uzoq yashay olmasdan oziq tanqis bo’lgan qish 
kezlari ko’plab nobud bo’ladi. 
Kaptarlar jig’ildoni qush suti ishlab chiqaradi. Ular bu sut bilan o’z bolasini boqadi. Ayrim baliqxo’r, yirtqich qiishlar qizilo’ngachi juda cho’ziluvchan bo’lib, unda oziq zaxirasi saqfanadi. Qushlar bu oziqni bolalariga olib kelib beradi. Oziq bezli oshqozondan muskulli oshqozonga o’tadi. Muskulli oshqozon devori qalin, ichki yuzasi qattiq kutikula bilan qoplangan. Uning bo’shlig’ida mayda toshchalar bo’ladi. Oshqozon devori qisqarib bo’shashganida qushlar yutgan qattiq oziq oshqozon devori kutikulasi va toshchalar yordamjda ezilib, hazm bo’lishga tayyor bo’ladi. Kaptarning ichki tuzilishi: A-ovqat hazm qilish va ayirish sistemasi; B-oshqozoni tuzilishi: 1-og’iz bo’shlig’i; 2-jig’ildon; 3-qizilo’tigach; 4-oshqozon; 5-oshqozono.sti bezi; 6-jigar; 7-ichak; 8-buyrak; 9-kloaka; 10-bezli oshqozon; 11-muskulli oshqozon; 12- kutikula; 13-muskulli xalta. Qushlarning ichagi nisbatan kalta; ingichka ichagi birmuncha uzun, yo’g’on ichak esa qisqaroq, to’g’ri ichak bo’lmaydi; qushlar axlati ichakda to’planmasligi sababli ular vazni ham ortib ketmaydi. Qushlar ichagi kloaka bilan tugaydi. Kloakaga siydik va jinsiy bezlar yo’li ochiladi. Oziq ingichka ichakda oshqozon osti bezi shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o’t suyuqligi ta’sirida hazm bo’ladi. Uchish va tana haroratini doimiy saqjash juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni ham jadal kechadi. Mayda qushlar bir kunda tana og’irligining to’rtdan bir qismiga teng oziqni hazm qiladi. Ovqat qushlar ichagida juda tez, odatda bir necha soatda batamom hazm bo’ladi. Shuning uchun qushlar ovqatsiz uzoq yashay olmasdan oziq tanqis bo’lgan qish kezlari ko’plab nobud bo’ladi.  
 
Nafas olish sistemasi. Qushlarning faol harakat qilishi va ayniqsa uchishi ko’p 
energiya talab qiladi. Bu energiya nafas olinganida havodan olingan kislorod 
ta’sirida qushlar organizmida oziq moddalarning parchalamshi natijasida hosil 
bo’ladi. Oziq moddalarning oksidlanishi uchun ko’p kislorod kerak bo’lganidan 
qushlar o’pkasi orqali ko’p miqdorda havo o’tib turishi lozim. 
Qushlarning nafas olish sistemasi ancha murakkab tuzilgan bo’lib, havo 
o’tkazish yo‘llari, o ‘pka va havo xaltalaridan iborat. Qushlar o’pkasi uncha katta 
emas. Havo xaltalarining hajmi esa o’pkadan bir necha marta katta bo’ladi. Havo 
xaltalari ichki organlar orasida bo’shliqni to’ldirib turadi. Ularning o’simtalari esa 
teri ostiga, muskullar oralig’i va naysimon suyaklar bo’shlig’iga o’tadi. Odatda 
ikkita bo’yin, bitta o’mrovosti, 2-3 juft ko’krak, bir juft juda yirik qorin xaltalari 
bo’ladi. 
     Nafas olish sistemasi burun bo’shlig’idan boshlanadi. Kekirdak o’pka 
yaqinida ikkita bronxga shoxlanadi; o’pkada yana ko’p marta shoxlanib mayda 
bronxlarni hosil qiladi. Bronxlar o’pkada ko’p marta shoxlanadi. Ulardan bir qismi 
uchi berk juda ingichka naychalar-broxiollarga aylanadi; asosiy qismi esa o’pka 
orqaii o’tib ichki organlar oral ig’idajoylashgan havo xaltalari bilan tutashadi. Havo 
xaltalari qushlarning nafas olishida katta ahamiyatga ega. Ulardan bir jufti bo’yin 
yaqinida, bittasi o’mrov ostida, 2—3 jufti ko’krak va bir jufti juda yirigi bo’lib qorin 
bo’shlig’ida joylashgan. Qushlar uchun xos bo’lgan ikki marta nafas olish 
quyidagicha boradi. Qush qanoti ko’tarilib, ko’krak qafasi kengayganida keyingi 
havo xaltalari cho’zilib, havoni shiddat bilan so’rib oladi. Havo o’pka orqali shiddat 
bilan xaltalarga o’tganidan nafas deyarli sodir bo’lmaydi. Qanot tushirilganida havo 
keyingi xaltalaridan ikkilamchi bronxiar orqali o’pka bronxiollarga o’tadi, 
bronxiollarda gaz almashinuv sodir bo’ladi. Qanotlar yana ko’tarilganida havo 
oldingi ikkilamchi bronxiar orqali oldingi havo xaltalariga o’tadi. Qanotlar yana 
tushirilganida havo oldingi xaltaiardan o’pkadagi bronxiar, ulardan bronxiollarga 
o’tadi, yana nafas olish sodir bo’ladi. Bu jarayon uzluksiz ketma-ket sodir bo’lib 
turadi. Qushlarning o’pkasi uncha katta emas. Havo xaltalarining umumiy sig’imi 
o’pkaga nisbatan 10 marta katta. Kaptar tinch holatda minutiga 26 marta, yurganida 
77, uchganida 400 marta nafas oladi. Mayda qushlar nisbatan tezroq nafas oladi. 
Nafas olish sistemasi. Qushlarning faol harakat qilishi va ayniqsa uchishi ko’p energiya talab qiladi. Bu energiya nafas olinganida havodan olingan kislorod ta’sirida qushlar organizmida oziq moddalarning parchalamshi natijasida hosil bo’ladi. Oziq moddalarning oksidlanishi uchun ko’p kislorod kerak bo’lganidan qushlar o’pkasi orqali ko’p miqdorda havo o’tib turishi lozim. Qushlarning nafas olish sistemasi ancha murakkab tuzilgan bo’lib, havo o’tkazish yo‘llari, o ‘pka va havo xaltalaridan iborat. Qushlar o’pkasi uncha katta emas. Havo xaltalarining hajmi esa o’pkadan bir necha marta katta bo’ladi. Havo xaltalari ichki organlar orasida bo’shliqni to’ldirib turadi. Ularning o’simtalari esa teri ostiga, muskullar oralig’i va naysimon suyaklar bo’shlig’iga o’tadi. Odatda ikkita bo’yin, bitta o’mrovosti, 2-3 juft ko’krak, bir juft juda yirik qorin xaltalari bo’ladi. Nafas olish sistemasi burun bo’shlig’idan boshlanadi. Kekirdak o’pka yaqinida ikkita bronxga shoxlanadi; o’pkada yana ko’p marta shoxlanib mayda bronxlarni hosil qiladi. Bronxlar o’pkada ko’p marta shoxlanadi. Ulardan bir qismi uchi berk juda ingichka naychalar-broxiollarga aylanadi; asosiy qismi esa o’pka orqaii o’tib ichki organlar oral ig’idajoylashgan havo xaltalari bilan tutashadi. Havo xaltalari qushlarning nafas olishida katta ahamiyatga ega. Ulardan bir jufti bo’yin yaqinida, bittasi o’mrov ostida, 2—3 jufti ko’krak va bir jufti juda yirigi bo’lib qorin bo’shlig’ida joylashgan. Qushlar uchun xos bo’lgan ikki marta nafas olish quyidagicha boradi. Qush qanoti ko’tarilib, ko’krak qafasi kengayganida keyingi havo xaltalari cho’zilib, havoni shiddat bilan so’rib oladi. Havo o’pka orqali shiddat bilan xaltalarga o’tganidan nafas deyarli sodir bo’lmaydi. Qanot tushirilganida havo keyingi xaltalaridan ikkilamchi bronxiar orqali o’pka bronxiollarga o’tadi, bronxiollarda gaz almashinuv sodir bo’ladi. Qanotlar yana ko’tarilganida havo oldingi ikkilamchi bronxiar orqali oldingi havo xaltalariga o’tadi. Qanotlar yana tushirilganida havo oldingi xaltaiardan o’pkadagi bronxiar, ulardan bronxiollarga o’tadi, yana nafas olish sodir bo’ladi. Bu jarayon uzluksiz ketma-ket sodir bo’lib turadi. Qushlarning o’pkasi uncha katta emas. Havo xaltalarining umumiy sig’imi o’pkaga nisbatan 10 marta katta. Kaptar tinch holatda minutiga 26 marta, yurganida 77, uchganida 400 marta nafas oladi. Mayda qushlar nisbatan tezroq nafas oladi.  
 
    Qushlar uchganida energiya sarfi ham keskin oshadi. Uchayotgan qushning 
nafas olishi yerdagiga nisbatan 3-16 marta ortadi. Qushlar nafas olish sistemasi 
boshqa hayvonlarga nisbatan juda katta imkoniyatga ega. Ko’pchilik qushlar qishlov 
joyiga uchib ketishda 6 km balandlikda uchadi. Bunday balandlikda havo bosimi 
yerdagiga nisbatan 2 marta past bo’lganidan boshqa hayvonlar faol nafas ololmaydi. 
G’oz va o’rdaklar balandligi 9 km ga yetadigan Pormir va Himolay tog’laridan ham 
uchib o’tadi. 
Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Qushlarning to’rt 
kamerali yuragi katta bo’lib, chap va o’ng qorincha, hamda chap va o’ng bo’lmadan 
iborat. Arteriya va vena qoni to’liq ajralgan. O’pkadan keladigan kislorod bilan 
to’yingan arteriya qoni chap yurak bo’lmasiga, u yerdan chap qorinchaga quyiladi. 
Chap qorinchadan qon chap aorta yoyiga chiqib, organlarga tarqaladi. Organlarga 
kislorodni berib, karbonat angidridga boyigan qon vena qon tomirlari orqali o’ng 
yurak bo’lmasiga, undan o’ng yurak qorinchasiga chiqadi. O’ng qorinchadan o’pka 
arteriyasi boshlanadi. 
    Sudralib yuruvchilar singari qushlar embrionida ham dastlab o’ng va chap 
aorta yoylari paydo bo’ladi. Embrional rivojlanish davomida chap aorta yoyi 
yo’qolib faqat o’ng aorta yoyi saqlanib qoladi. 
Ayirish sistemasi. Qushlarning ayirish organlari chanoq chuqurchasida 
joylashgan bir juft buyrak va ulardan boshlanadigan juft siydik yo’lidan iborat. 
Qushlarning qovug’i bo’lmaydi; siydik yo’li kloakaga ochiladi. Ular sudralib 
yuruvchilar singari siydik kislotasi ishlab chiqaradi. Bu bilan ular mochevina ishlab 
chiqaradigan sut emizuvchilardan farq qiladi. Siydik kislotasini ajratib chiqarish 
uchun mochevina singari ko’p suv kerak bo’lmaydi. Bu hoi qushlarga suvni tejab 
sarflashga yordam beradi. Qushlarning oq rangli quyuq siydigi axlat bilan birga 
tashqariga chiqariladi.   
  Moddalar almashinuvi. Qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni 
boshqa hayvonlarga nisbatan jadal boradi. Uchayotgan qush tinch holatidagiga 
nisbatan 12 marta ko’proq energiya sarflaydi.  
 
Qushlar uchganida energiya sarfi ham keskin oshadi. Uchayotgan qushning nafas olishi yerdagiga nisbatan 3-16 marta ortadi. Qushlar nafas olish sistemasi boshqa hayvonlarga nisbatan juda katta imkoniyatga ega. Ko’pchilik qushlar qishlov joyiga uchib ketishda 6 km balandlikda uchadi. Bunday balandlikda havo bosimi yerdagiga nisbatan 2 marta past bo’lganidan boshqa hayvonlar faol nafas ololmaydi. G’oz va o’rdaklar balandligi 9 km ga yetadigan Pormir va Himolay tog’laridan ham uchib o’tadi. Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Qushlarning to’rt kamerali yuragi katta bo’lib, chap va o’ng qorincha, hamda chap va o’ng bo’lmadan iborat. Arteriya va vena qoni to’liq ajralgan. O’pkadan keladigan kislorod bilan to’yingan arteriya qoni chap yurak bo’lmasiga, u yerdan chap qorinchaga quyiladi. Chap qorinchadan qon chap aorta yoyiga chiqib, organlarga tarqaladi. Organlarga kislorodni berib, karbonat angidridga boyigan qon vena qon tomirlari orqali o’ng yurak bo’lmasiga, undan o’ng yurak qorinchasiga chiqadi. O’ng qorinchadan o’pka arteriyasi boshlanadi. Sudralib yuruvchilar singari qushlar embrionida ham dastlab o’ng va chap aorta yoylari paydo bo’ladi. Embrional rivojlanish davomida chap aorta yoyi yo’qolib faqat o’ng aorta yoyi saqlanib qoladi. Ayirish sistemasi. Qushlarning ayirish organlari chanoq chuqurchasida joylashgan bir juft buyrak va ulardan boshlanadigan juft siydik yo’lidan iborat. Qushlarning qovug’i bo’lmaydi; siydik yo’li kloakaga ochiladi. Ular sudralib yuruvchilar singari siydik kislotasi ishlab chiqaradi. Bu bilan ular mochevina ishlab chiqaradigan sut emizuvchilardan farq qiladi. Siydik kislotasini ajratib chiqarish uchun mochevina singari ko’p suv kerak bo’lmaydi. Bu hoi qushlarga suvni tejab sarflashga yordam beradi. Qushlarning oq rangli quyuq siydigi axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. Moddalar almashinuvi. Qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni boshqa hayvonlarga nisbatan jadal boradi. Uchayotgan qush tinch holatidagiga nisbatan 12 marta ko’proq energiya sarflaydi.  
 
 
Qushning qon aylanish sistemasi 
(A) 
va yuragining urishi (B): l-kichik qon aylanish doirasi; 2-katta 
qon aylanish doirasi; 3-yurak; 
4-o’ng yurak bo’lmasi; 5—chap yurak bo’lmasi; 6-o’ng qorincha; 7-
chap qorincha; 8-chap yurak qorinchasidan chiquvchi aorta; 9~o’ng yurak 
bolmasiga kekivchi vena; 10-o-pka arteriyasi; 11-o’pka venasi. 
    Yirtqich qushlar o’ljasini quvayotganida energiya sarfi 16-20 marta ortadi. 
Moddalar almashinuvi juda jadal kechgani sababli qushlar ochlikka chidamsiz 
bo’ladi. Och qolgan mayda qushlar o’z energiya zaxirasini bir necha soat davomida 
sarf qilib, halok bo’ladi. 
Qushlar - tana harorati doimiy bo’lgan issiqqonli hayvonlar. Ular tanasi harorati 
boshqa hayvonlarga nisbatan ancha yuqori, o’rtacha 42°C ga yaqin, ayrim 
qushlarniki hatto 44°C dan ham yuqori bo’ladi. Tana haroratini doimiy saqlash 
termoregulatsiyaning asosiy yo’li moddalar almashinuvining jadallashuvi hisobidan 
kerakli miqdorda qo’shimcha energiya ishlab chiqarishdan iborat. Ayniqsa past 
haroratda termoregulatsiya uchun ko’p energiya kerak bo’ladi. Shuning uchun oziq 
tanqis boigan qish faslida qushlar ko’plab nobud bo’ladi. Termoregulyatsiya uchun 
zarur bo’lgan issiqlikning asosiy qismi muskullarda hosil bo’ladi. 
Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi umumiy holda sudralib 
yuruvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. Ularnikidan ancha katta bo’lishi, miyachasi, 
o’rta miya ko’rish bo’laklari va oldingi miya yarimsharlarining kuchli 
rivojlanganligi bilan farq qiladi. Kuchli rivojlangan ko’rish bo’laklari va 
yarimsharlar o’rta miyani qoplab oladi. 
Qushning qon aylanish sistemasi (A) va yuragining urishi (B): l-kichik qon aylanish doirasi; 2-katta qon aylanish doirasi; 3-yurak; 4-o’ng yurak bo’lmasi; 5—chap yurak bo’lmasi; 6-o’ng qorincha; 7- chap qorincha; 8-chap yurak qorinchasidan chiquvchi aorta; 9~o’ng yurak bolmasiga kekivchi vena; 10-o-pka arteriyasi; 11-o’pka venasi. Yirtqich qushlar o’ljasini quvayotganida energiya sarfi 16-20 marta ortadi. Moddalar almashinuvi juda jadal kechgani sababli qushlar ochlikka chidamsiz bo’ladi. Och qolgan mayda qushlar o’z energiya zaxirasini bir necha soat davomida sarf qilib, halok bo’ladi. Qushlar - tana harorati doimiy bo’lgan issiqqonli hayvonlar. Ular tanasi harorati boshqa hayvonlarga nisbatan ancha yuqori, o’rtacha 42°C ga yaqin, ayrim qushlarniki hatto 44°C dan ham yuqori bo’ladi. Tana haroratini doimiy saqlash termoregulatsiyaning asosiy yo’li moddalar almashinuvining jadallashuvi hisobidan kerakli miqdorda qo’shimcha energiya ishlab chiqarishdan iborat. Ayniqsa past haroratda termoregulatsiya uchun ko’p energiya kerak bo’ladi. Shuning uchun oziq tanqis boigan qish faslida qushlar ko’plab nobud bo’ladi. Termoregulyatsiya uchun zarur bo’lgan issiqlikning asosiy qismi muskullarda hosil bo’ladi. Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi umumiy holda sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. Ularnikidan ancha katta bo’lishi, miyachasi, o’rta miya ko’rish bo’laklari va oldingi miya yarimsharlarining kuchli rivojlanganligi bilan farq qiladi. Kuchli rivojlangan ko’rish bo’laklari va yarimsharlar o’rta miyani qoplab oladi.  
 
    Uchayotgan qush tanasi muvozanatini saqlanishi va harakatini boshqarilishi 
muvozanat saqlash organi (ichki quloq), tanadagi va patlar orasidagi sezgi 
nervlaridan keladigan ko’plab signallarni qabul qilish va tahlil qilishni talab etadi. 
Shu sababdan qushlarning miyachasi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo’ladi. 
Ko’rish bo’rtiqlarining yirik bo’lishi qushlar ko’zining o’tkirligi bilan bog’liq. 
Qushlar bosh miyasi hidlov bo’rtiqlarining  rivojlanishi hid bilish organi-ning ular 
hayotidagi ahamiyatiga bog’liq . 
   Bosh miya yarimsharlari rivojlanishi qushlar turiga bog’liq. Yarimsharlar 
bedana bosh miyasining chorak qismini; yuksak intellektual hisoblangan qarg’a va 
to’tiqush miyasining yarmisini tashkil etadi. Lekin bosh miya yarimsharlari o’lchami 
sut emizuvchilarnikiga nisbatan ancha kichik bo’lib, targ’il tanadan iborat; 
yarimsharlar po’stlog’i esa juda kichik bo’ladi. Qushlarning oliy nerv faoliyati targ’il 
tana bilan bogiiq. 
Sezgi organlari. Qushlarning ko’rish, eshitish, hid va ta’m bilish, tuyg’u va 
magnit maydonini sezish sezgisi rivojlangan. Ularning ko’rish organi ayniqsa yaxshi 
rivojlangan. Lochinlar o’lja bo’ladigan mayda hayvonlarni juda balandlikdan aniq 
ko’ra oladi. Qushlarning ko’zi tez harakatlanishga moslashgan. Masalan, pastlab 
uchib o’tayotgan qaldirg’och o’t ustidagi hasharotlarni og’zi bilan tutib oladi. 
Boyqush, ukki ham o’rmondagi daraxtlar orasida bemalol uchib yuradi. Qushlar 
rangni ham yaxshi ajrata oladi. 
     Qushlarning eshitish organlari ham yaxshi rivojlangan. Masalan, boyqush 
daraxt shoxida o’tirib, o’zidan bir necha o’n metr narida o’tlarni shitirlatayotgan 
sichqon ovozini eshita oladi. Qushlarning har xil ovozlarni farqlay olishini ularning 
har xil tovushda chiroyli sayrashi bilan ham tushuntirish mumkin. 
      Yaqin davrgacha qushlar hidni yaxshi ajrata olmaydi, deyilar edi. Lekin 
tajribalar ayrim qushlar (masalan, o’laksaxo’r tasqaralar) hidni ayniqsa uzoq 
masofadan yaxshi sezishini ko’rsatdi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Qushlarning tashqi tuzilishining qaysi belgilari uchishga moslanish bilan 
bog’liq. 
2. Patlar qanday qismlardan iborat? 
3. Patlar qanday vazifalarni bajaradi? 
Uchayotgan qush tanasi muvozanatini saqlanishi va harakatini boshqarilishi muvozanat saqlash organi (ichki quloq), tanadagi va patlar orasidagi sezgi nervlaridan keladigan ko’plab signallarni qabul qilish va tahlil qilishni talab etadi. Shu sababdan qushlarning miyachasi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo’ladi. Ko’rish bo’rtiqlarining yirik bo’lishi qushlar ko’zining o’tkirligi bilan bog’liq. Qushlar bosh miyasi hidlov bo’rtiqlarining rivojlanishi hid bilish organi-ning ular hayotidagi ahamiyatiga bog’liq . Bosh miya yarimsharlari rivojlanishi qushlar turiga bog’liq. Yarimsharlar bedana bosh miyasining chorak qismini; yuksak intellektual hisoblangan qarg’a va to’tiqush miyasining yarmisini tashkil etadi. Lekin bosh miya yarimsharlari o’lchami sut emizuvchilarnikiga nisbatan ancha kichik bo’lib, targ’il tanadan iborat; yarimsharlar po’stlog’i esa juda kichik bo’ladi. Qushlarning oliy nerv faoliyati targ’il tana bilan bogiiq. Sezgi organlari. Qushlarning ko’rish, eshitish, hid va ta’m bilish, tuyg’u va magnit maydonini sezish sezgisi rivojlangan. Ularning ko’rish organi ayniqsa yaxshi rivojlangan. Lochinlar o’lja bo’ladigan mayda hayvonlarni juda balandlikdan aniq ko’ra oladi. Qushlarning ko’zi tez harakatlanishga moslashgan. Masalan, pastlab uchib o’tayotgan qaldirg’och o’t ustidagi hasharotlarni og’zi bilan tutib oladi. Boyqush, ukki ham o’rmondagi daraxtlar orasida bemalol uchib yuradi. Qushlar rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlarning eshitish organlari ham yaxshi rivojlangan. Masalan, boyqush daraxt shoxida o’tirib, o’zidan bir necha o’n metr narida o’tlarni shitirlatayotgan sichqon ovozini eshita oladi. Qushlarning har xil ovozlarni farqlay olishini ularning har xil tovushda chiroyli sayrashi bilan ham tushuntirish mumkin. Yaqin davrgacha qushlar hidni yaxshi ajrata olmaydi, deyilar edi. Lekin tajribalar ayrim qushlar (masalan, o’laksaxo’r tasqaralar) hidni ayniqsa uzoq masofadan yaxshi sezishini ko’rsatdi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Qushlarning tashqi tuzilishining qaysi belgilari uchishga moslanish bilan bog’liq. 2. Patlar qanday qismlardan iborat? 3. Patlar qanday vazifalarni bajaradi?  
 
4. Qushlar suyagining mustahkamligi va yengilligi nimaga bog’liq? 
5. Qushlarning tanasidagi eng muhim muskullar qaysilar? 
6. Nima uchun qushlar hayotining ko’p qismi oziq toppish bilan o’tadi? 
7. Qushlarning nafas olishining intensivligi nimaga bog’liq? 
8. Qushlarning nerv sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan? 
9. Qushlarda qaysi sezgi organlar rivojlangan?    
Glossariy 
1. Qushlar — havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar.  
2. Qoqish patlari - Qanotlarning ko’tarish yuzasini hosil qiladigan yirik patlar. 
3. Kontur qoplag’ich patlar - Qushlar tanasini qoplab turadigan birmuncha 
kichikroq patlar. 
4. Qovurg’alar oralig’idagi muskullar- nafas olishda ko’krak qafasi hajmini 
o’zgartirish vazifasini bajaradi. 
5. Havo haltachalari- qushlarni nafas olishida ishtirok etadi. 
 
4. Qushlar suyagining mustahkamligi va yengilligi nimaga bog’liq? 5. Qushlarning tanasidagi eng muhim muskullar qaysilar? 6. Nima uchun qushlar hayotining ko’p qismi oziq toppish bilan o’tadi? 7. Qushlarning nafas olishining intensivligi nimaga bog’liq? 8. Qushlarning nerv sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan? 9. Qushlarda qaysi sezgi organlar rivojlangan? Glossariy 1. Qushlar — havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar. 2. Qoqish patlari - Qanotlarning ko’tarish yuzasini hosil qiladigan yirik patlar. 3. Kontur qoplag’ich patlar - Qushlar tanasini qoplab turadigan birmuncha kichikroq patlar. 4. Qovurg’alar oralig’idagi muskullar- nafas olishda ko’krak qafasi hajmini o’zgartirish vazifasini bajaradi. 5. Havo haltachalari- qushlarni nafas olishida ishtirok etadi.