Qushlarni sistematikasi. Ko’krak tojsizlar va pingvinlar katta turkumi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
383,3 KB
Qushlarni sistematikasi. Ko’krak tojsizlar va pingvinlar katta turkumi
R E J A
1. Qushlarni sistematikasi.
2. Ko’krak tojsizlar turkumi.
3. Pingvinlar katta turkumi.
Hozirgi zamonda yashab turgan barch qushlar yelpig’ich dumlilar yoki chin
qushlar kenja sinifiga kiritiladi. Hozirgi davrda yashovchi tipik qushlar kenja sinfiga
8600 tur kiradi.
Haqiqiy qushlar kenja sinifi-Neornithes,Pingivinlar katta turkumi-
Impennes.
Bu katta turkumga faqat bitta pingivinlar turkumi kiradi. Pingvinlar uchmaydigan,
lekin yaxshi suzadigan va sho’ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari
o’zgarib, suzish organi ko’krakka aylangan, suyaklari ichida havo bo’lmaydi. Patlari
yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi.
Oyoqlari gavdaning keyingi tomoniga joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini
vertikal tutadi. Pingvinlar asosan Antarktida tarqalgan bo’lib ba’zan Janubiy
Amerika, Avstraliya va Afrikaning Janubiy qirg’oqlariga suzib boradi. Koloniya
bo’lib yashaydi. Yer kovaklariga toshchalardan qilingan uyalarga bir ikkita tuxum
qo’yadi. Ba’zilari tuxumni qorinlaridagi teri xaltasida olib yuradi.
Ko’kraktojsizlar katta turkumi-Ratitae: Bu katta turkumga kiruvchi
qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga eag emas. Chunki terilarida apteriya yo’q.
Patlari grupalarga aniq ajaralmagan, yelpig’ichlarida ilmoqchalar bo’lmaydi. To’sh
suyagi kichik va yassi bo’lib, unda ko’kraktoj suyagi rivojlanmagan, ko’krak va
korokoid suyaklari bir-biriga qo’shilib ketgan. Dum bezi yo’q. Oyog’ida 2ta yoki
uchta barmog’i bo’ladi. Erkaklarida kopulyativ organ bo’ladi. Hozirgi zamonda
yashayotgan ko’kraktojsiz qushlar janubiy yarim shar tarqalgan bo’lib, to’rtta
turkumga bo’linadi.
Afrika tuyaqushlari turkumi-Struthioniformes: Bu turkumga faqat bitta tur
Afrika tuyaqushi kiradi va Hozirgi zamon qushlari o’rtasida eng katta hisoblanadi.
Erkaklarining balandligi 260-275 sm. og’irligi 50-90 kg yetadi. Uchish qobiliyatini
butunlay yo’qotgan, lekin tez yugshuradi. Oyog’ida faqat ikkita barmog’i bo’ladi.
Terisida aprerisi bo’lmaydi. Patlarida ilmoqchalari yo’q. Afrika va Arabistonning
cho’l dashtlarida tarqalgan. Asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi. Bitta erkagi 2-5 ta
urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Umumiy uyyaga urg’ochilarining xar biri 7-9
tadan tuxum qo’yadi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-20
ta, xatto 50-60 tacha tuxum bo’lib, tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi urg’ochilari
navbatlashib 42 kun davomida bosadi. Erkaklarining rol va qanot patlari bezatish
uchun ishlatilsa go’shti va tuxumi ozuqa sifatida ishlatiladi.
Amerika tuyaqushlar turkumi-Rheiformes: Bu turkumning ikkita turi Janubiy
Amerikaning cho’l va savanalarida tarqalgan. Oyog’idagi barmoqlari uchta.
Bo’yining balandligi 150 sm, og’irligi 30 kg keladi. 1 ta erkagi 5-7 urg’ochisi bilan
gala bo’lib yashaydi. Urg’ochilarning har biri 5-6 tuxumni erkagi kovlagan umumiy
uyaga qo’yadi. Tuxumlarni erkagi 42 davomida bosadi va tuxumdan chiqqan
jo’jalarni boqadi. Amerika Nandulari tuxumi va go’shti uchun ovlanadi.
Avstraliya tuyaqushlar turkumi-Gazuariformes: Bu turkumga Kazuarlar va
Emular kiradi. Emu qoramtir kulrang, qo’ng’ir rangda bo’lib, og’irligi 40-55 kg
keladi va Avstraliyaning dasht va cho’llari tarqalgan. Avstraliyaning shimoliy
sharqiy qismida va yangi Gveniya o’rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning
og’irligi 70-90 kg keladi, tanasi qora, bo’yin va boshi patsiz. Peshonasida o’tkir shox
o’simtasi bor. Avstraliya tuyaqushlari o’simliklarning vegetativ qismi bilan
ovqatlanadi. Bular ham gala bo’lib yashaydi. Tuxumlarining inkubatsiya davri 52
kun davom etadi. Nasl uchun qayg’urish Amerika tuyaqushlaridagidek faqat
erkaklari zimmasiga yuklatilgan.
qanotsizlar yoki kivilar turkumi - Apterigiformes. Ko’kraktojsiz qushlarning ichida
eng kichigi bo’lib og’irligi 2-3 kg keladi. Uchta turi faqat Yangi Zelandiya
o’rmonlarida tarqalagan. qanot skeleti va yelka kamari uchli reduksiyalangan
oyog’ida to’rtta barmog’i bor. Burun teshiklari uzun tumshug’ining ichida
joylashgan. Ko’zlari nisbatan kichik. Tunda hayot kechiradi. Hasharotlar bilan
ovqatlanadi. Urg’ochilar 1-2 ta nisbatan yirik tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri 6 -7
hafta davom etadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Qushlar toj o’simtasining tuzilishiga ko’ra qanday guruxlarga ajraladi?
2. Tuaqushsimonlarga xos hususiyatlarni ayting.
3. Tovuqsimonlar nasliga qanday g’amxo’rlik qiladi?
4. Bedananing qanday zotlarini bilasiz?
5. Qushlarning qaysi turkumi yer yuzida juda keng tarqalgan va nima uchun?
6. G’ozsimonlarga xos hususiyatlarni ayting.
Glossariy
1. Qushlar - havoda uchishga moslashgan umurtqali hayvonlar.
2. Qoqish patlari - Qanotlarning ko’tarish yuzasini hosil qiladigan yirik patlar.
3. Kontur qoplag’ich patlar - Qushlar tanasini qoplab turadigan birmuncha
kichikroq patlar.
4.Qovurg’alar oralig’idagi muskullar- nafas olishda ko’krak qafasi hajmini
o’zgartirish vazifasini bajaradi.
5. Havo haltachalari - qushlarni nafas olishida ishtirok etadi.