Qushlarning tabiat va ho’jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornito-faunasining turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo’riqlanadigan turlari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
31,1 KB
Qushlarning tabiat va ho’jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornito-faunasining
turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, noyob va
qo’riqlanadigan turlari. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va
ularning yashash sharoitlari. O’zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib
borishdagi asosiy muammolar. Qushlarni kelib chiqishi va ekologiyasi
R E J A
1. Qushlarning ovlanadigan, noyob va qo’riqlanadigan turlari.
2. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va ularning yashash sharoitlari.
3. O’zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib borishdagi asosiy muammolar.
4. Qushlarni kelib chiqishi va ekologiyasi
Ovlanadigan qushlar: Rossiya qush ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni
egallaydi. Mamlakatimiz bo’yicha150tur qushlar ov qilinadi. Shulardan eng ko’pi
g’ozsimonlar va tovuqsimonlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 40-50 million dona qush
tutiladi. G’ozsimonlar asosan g’arbiy Sibir va shimoliy Qozog’istonda tutiladi.
Tutilayotgan qushlarning eng ko’pini (70%) oqqropatka, ryabchik (6%) qur (5%)
tashkil qilsa qolganini ko’kqropatka qirg’ovullar tashkil qiladi. Bulardan tashqari
qushlar ilmiy va estetik ahamiyatga egadir. Chunki ular go’zal tabiatimizning
ajralmas qismi. Ular o’zining go’zalligi harakatchanligi va yoqimli ovozi bilan inson
uchun foydalidir.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki aksariyat ko’pchilik qushlar inson
hayoti uchun nixoyatda foydalidir. Shu sababli ularni har tomonlama mudofaa qilish
kerak. Yuneskoning tashabbusi bilan 1948 yil 5-oktabr tabtatni va tabiiy boyliklarni
ximoya qilish xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 40 ta mamlakat kiradi.
Shu uyushmaning shartnomalariga ko’ra davlatlar o’rtasida soni kamayib
borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash Hamda uya
qo’yish joylari qo’riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966 yida “SSSR qizil
kitobi” va 1983 yilda “O’zbekisiston qizil kitobiga” Jumxuriyatimizda yashayotgan
qushlardan sakkoqushlarning ikki turi Turkiston oq laylagi-qoralaylak, qizilqanot
shipun oqqushi, oqqush, kichik oqqushi, marmarli churrak alqa, skopa, uzun dumli
burgut, oq dumli burgut, cho’l burguti, qiron qora burguti, bolta yutar, qumay
ilonxo’r burgut, yo’rg’a tuvaloq, oqbovur , osiyo loyxo’ragi, va cho’l chumchug’i
kiritilgan hammasi bo’lib 31 tur.
Yashash sharoiti nihoyatda xilma-xil va yer sharida eng keng tarqalgan hayvonlar
hisoblanadi. 31-32 shimoliy kenglikda va Antarktidaning ichki qismida ham qushlar
uchraydi. Osiyo tog’larining dengiz sathidan 4700 metr balandligida tasqaralar
yashaydi. Pingvminglar esa 20 m chuqurlikgacha sho’ng’iydi. Uchish qobilyatiga
ega bo’lishligi va gavdatemperaturasining yuqori hamda doimiy bo’lganligi sababli
qushlar turli xil muhit faktorlariga kamroq bog’liqdir. Yashash sharoitiga qarab
xamma qushlar quyidagicha ekologik gruppalarga bo’linadi.
Daraxtlarda yashovchi qushlar hayotini ko’p vaqtini daraxtlarda va butalarda
o’tkazadi. Bularning gavdalari cho’ziq, yon tomondan biroz kesilgan, oyog’i kalta,
tirnoqlari o’tkir. barmoqlari to’rtta bo’ladi. Uchtasi oldinga, bittasi orqaga yoki
ikkitasi oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan bo’lib, orqa barmog’i doimo yaxshi
rivojlangan bo’ladi. Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko’p vaqtini yerda
o’tkazadi va qadam bosib yugurib xarakat qiladi. Bularning gavdasi katta pishshiq
va keng qanoti kalta, serbar bo’ladi
Botqoqlikda yashovchi qushlar odatda botqoqlarda nam quriqlarda va suv
bo’ylarida yashaydi. Bularning oyoqlari va barmoqlari orasida to’liq suzgich pardasi
yo’q. Oyog’ining boldir sevkaqismi pat bilan qoplanmagan. Bo’yni va tumshug’i
uzun dumi kalta bu gruppaga turnalar, laylaklar, suvmashaklar, ko’pchilik
loyxo’raklar kiradi.
Suvda suzuvchi qushlarning hayoti albatta suv bilan bog’langan. Bular suvda
yaxshi suzadi va shung’iydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing keyingi qismida
joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. dum usti bezlari yaxshi
rivojlangan. Patlari zich bo’lib, pati juda ham ko’p. Dummi ancha kalta. Bu gruppaga
o’rdaklar, g’ozlar oqqushlar, sakkoqushlar, qoravoylar, qo’ng’irlar, qayralar,
pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.
Ovqatlanishi
qushlarning
geografik
tarqalishi,
yashash
joylariga
taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo ularnng ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi. qushlarni
ovqat yeyishga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin.
Yirtqichlar,
o’limtikxo’rlar,
baliqxo’rlar,
hasharotxo’rlar,
donxo’rlar
va
mavaxo’rlar.
Yirtqichlar kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko’p
turlari hamda chumchuqsimonlardan karqunoq kiradi. Bularni tumshug’ini uchi
qayrilib, ilmoq hosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo’lib, boshqa qushlarni
sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilarni tiriklayin tutib yeydi.
O’limtikxo’r qushlarga Amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va
jo’rchilar kiradi. Ba’zi burgutlar bo’ronqushlarning maxsus moslamalari bo’lmasa
ham shartli ravishda shu gruppalarga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar tabiati
sanitarlari deb ataladi.
Baliqxo’r qushlarga pingvinlar, qo’ng’irlar, sakkoqushlar, qoravoylar,
baliqchilar, yirtqichlardan skopa va suv burgutlari kiradi. Bu qushlar suvda baliq
tutishga turlicha moslashadi. Hasharotxo’r qushlar gruppasiga juda ko’p qushlar
kiradi. Masalan: ko’rgalaklar, tentakqushlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, juda
ko’p chumchuqsimonlar (qaldirg’ochsimonlar, dumparastlar, moyqutlar, chittaklar).
Bularning tumshuqlari ingichka ba’zan uzun, ba’zan esa kalta (havoda tutuvchilarda
bo’ladi).
Donxo’r qushlarga avvalo chumchuqsimonlar, vyuraklar oilasi, bulduruqlar,
kaptarlar, to’qay chumchuqlari kiradi. Bularaning tumshuqlari konussimon bo’lib,
donni maydalashga moslashgan. Donxo’r qushlar bolalarini hasharotlar bilan
boqadi. Nihoyat, mevaxo’r qushlarga tropik o’rmonlarda yashaydigan to’tilar,
tukanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning tumshuqlari kuchli bo’ladi. Yilning
fasllariga qarab qushlarning ovqat obyekti o’zgarib turadi. Masalan: butun yoz
davomida hasharotxo’r bo’lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga
o’tadi. qizilqum tog’larida yashaydigan kaklik yozda hsharotlar bilan ovqatlanadi va
hokazo.
Ko’payishi. Xar xil xususiyatlari bilan harakterlanadi. Ba’zi qushlarning uzoq
yilla davomida erkagi bilan urg’ochisi doimiy birga yashaydi. Bu hodisa ya’ni bitta
erkagi bitta urg’ochisi bilan qo’shilishi “monogomiya” deb ataladi. Yana bir gruppa
qushlarda poligomiya hodisasi kuzatiladi, ya’ni bitta erkagi gala urg’ochilar bilan
yashaydi va ularni urug’lantiradi, masalan, tovuqlar qushlarda erkagi bilan
urg’ochisi tashqi ko’rinishidan farq qiladi. Bu hodisaga jinsiy diformizm deyiladi.
Ba’zi qushlarning erkagi urg’ochisiga nisbatan katta, rangi tiniq, xar-xil ranglarga
bo’yalgan (tovuqsimonlar, o’rdaklar) boshqalarida urg’ochilarida urg’ochilari
erkagidan katta bo’ladi (kunduzgi yirtqich qushlar). Yana bir xillarida esa jinsiy
diformizm namlyon bo’lmaydi (mayna, qarg’alar, ko’kqarg’a). Ko’pchilik qushlarda
ko’payishidan oldin va ko’payish vaqtida toq (ko’kqarg’a) deb ataladigan hodisasi
yuz beradi. Bu vaqtda erkaklarining patlari o’zgaradi xar xil ovozlar chiqaradi,
sayraydi turli xil maqomga uchadi, o’yinlar qiladi. Bularning hammasi
urg’ochisining e’tiborini o’ziga jalb qilishga imo’jjallangan. qushlar odatda bir yilda
bir marta ko’payadi, ba’zilari esa 2-3 marta ko’payadi. Kayralar yirik yirtqichlar,
bitta; kaptarlar, turnalar, ikkita, baliqchilar, bulduruqlar uchta, loyxo’raklar, turnalar,
to’rtta chumchuqsimon 4-6, tovuqsimonlar 16-26 tagacha tuxum qo’yadi. (kayra,
bizgaldoq, chigirtchilar, mokkalar tentakqushlar). Uyasini oddiygina chuqurcha
shaklida quradigan qushlarga baliqchilar, tovuqsimonlar kiradi. Ba’zi qushlar o’z
uyalarini yerlarga quradi (kurkanaklar, ko’kqarg’alar). To’rg’aylar o’z uyalarini
kosacha shaklida qurib yerga joylashtirsa boshqa chumchuqsimonlar, yirtqichlar,
buta va daraxt shoxlariga qo’yadi. qizilishton, chittaklar va sorlar o’z uyalarini daraxt
kovaklariga qo’yadi. Poligam qushlarda tuxumlarni urg’ochisi bosadi. Amerika va
Avstraliya tuyaqushlarida esa faqat erkagi tuxumlarini bosadi. Bir gruppa qushlar
esa faqat(tuyaqushlar, qozsimonlar, tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo’raklar) oxirgi
tuxumini qo’yib bo’lganidan keyin bosadi. Bu qushlarning jo’jo’lari inkubatsiyaning
oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi. Ikkinchi gruppa qushlar( yirtqich
qushlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar). Birnchi tuxumini qo’ygan kunidan
boshlab bosadi. Buning natijasida uyada jo’jalar xar xil katta bo’ladi. Tuxumni
bosish yoki inkubatsiya davri urli qushlarda turlicha, lekin xar bir tur uchun ma’lum
inkubatsiya davri bo’ladi. Kichik chumchuqsimon qushlarda inkubatsiya davri 12-
14 sutkaga teng. qarg’alar 17, miqqiy-28, burgut-42, qirg’ovul 21-25, o’rdaklar 28-
kun davomida bosib yotadi.
Qushlar tuxum ochgan jo’jalarini nechog’li rivojlangan bo’lishiga qarab ikkita
gruppaga bo’linadi. Jo’jali va jish bolalilar. Jo’jali qushlarning bolalari tuxumdan
rosa yetilgan ko’z quloqlari ochilgan va terisi qalin par bilan qoplangan bo’ladi va
ota-onasining orqasidan yurib donlay oladi. Bu gruppaga tuyaqushlar, baliqchilar,
tovuqsimonlar, xo’rozzisonlar tuvaloqlar kiradi. Jish jo’jali qushlarning bolasi
tuxumdan chiqqanda yetilmagan ko’z qulog’i ochilmagan terisi patsiz yoki siyrak
pat bilan qoplangan, o’z xolicha ovqat yeya olmaydigan va ota-onasining zo’r
parvarishiga muxtoj bo’ladi. Bularga chumchuqsimonlar, kaptarlar, ko’kqarg’alar
kiradi. Baliqchilar kunduzgi yirtqichlar va bulduruqlar jo’jali va jishbolali qushlar
o’rtasida oraliq xolatini egallaydi. Bolalari tuxumdan chiqsada, ota-onalarining
parvarishiga muhtoj bo’ladi. Umuman qushlar o’z bolalarini yaxshi ucha olguncha
va mustaqil yashay olguncha o’z himoyasiga olib yuradi.
Qushlarning ekologik guruhlari: Faol uchish, issiqqonlilik, markaziy nerv
sistemasining yuqori darajada rivojlanganligi qushlarning yer yuzida keng
tarqalishiga imkon bergan. Har xil sharoitda yashashga moslanishi ularning tuzilishi
va hayot kechirishiga ta’sir ko’rsatgan. Hayot kechiradigan joyning xususiyatlariga
ko’ra o’rmon qushlari, cho’l-voha qushlari, botqoq va suv bo’yi qushlari, suv
qushlari, suv-havo va havo-yer qushlari guruhlariga ajratiladi.
O’rmon qushlari: hayoti daraxt va butalar o’sadigan chakalakzorlar bilan bog’liq.
Bu guruhga qizilishton, to’ti, targ’oq, kakku, chittak, kaptar, karqur va boshqalar
kiradi. Ular daraxtlar yoki ular kovagiga uya quradi. Daraxtlarda harakatlanadigan
qizilishton, to’ti va targ’oqlarning oyoq barmoqlari kuchli rivojlangan, timoqlari
o’tkir, uchi qayrilgan bo’ladi. Qizilishtonlarning oyoqlaridagi barmoqlarini uchi
o’tkir, ichkariga qayrilgan boiadi. U daraxt tanasida yurganida qattiq va tarang
tortilgan dumiga tayanadi. To’tilar esa yurganida tumshugidan ham foydalanadi.
Cho’l va voha qushlari: O’tloq, dasht va cho’l kabi ochiq joylarda hayot kechiradi
(tuyaqush, tuvaloq, oqbovur, qorabovur, to’rg’ay). Ular uyasini tuproq yuzasiga
quradi; tez yugurib yoki yurib, yer yuzasidan oziq qidiradi. Gavdasi katta yoki
o’rtacha kattalikda, bo’yni va oyoqlari uzun, baquvvat; barmoqiari kalta va yo’g’on
bo’ladi. Barmoqlari soni uchtagacha (tuyaqushlarda ikkitagacha) kamaygan. Ochiq
joyda yashovchi qushlar patlari rangi uzoqdan ko’zga tashlanmaydigan kulrang
tusda bo’ladi.
Botqoq va suv bo’yi: qushlari botqoqiashgan suv havzalarining sayoz qismida va
suv bo’yida yashaydi (laylaklar, turnalar, balchiqchilar). Yerdan oziq topadi; yerga