1
QUYOSH RADIATSIYASINI O‘LCHASH
3.1. Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha va uning qishloq xo‘jaligidagi
ahamiyati
Mashg‘ulotning maqsadi: Quyosh radiatsiyasi, uning turlari, balansi va
yoritilganlik haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Quyosh radiatsiyasining
qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini tushunish. Nur energiyasi va yoritilganlikning
o‘lchov birliklarini o‘rganish. Fotosintetik faol radiatsiyani ifoda yordamida
aniqlashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib, quyosh radiatsiyasi va
yorug‘lik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganing;
2. Darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib quyosh radiatsiyasi va
yorug‘likning qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’sirini o‘rganing;
3. Radiatsiya balansi va uning tashkil etuvchilarini o‘rganing;
4. Quyosh radiatsiyasi va yorug‘likning o‘lchov birliklarini o‘rganing;
5. Fotosintetik faol radiatsiyani ifoda yordamida aniqlang.
Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ish daftari,
radiatsiya va yoritilganlikka doir jadvallar, ma’lumotlar.
Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha. Yer yuzasi va atmosferada
bo‘ladigan barcha tabiiy jarayonlarning energiya manbai quyosh radiatsiyasi
hisoblanadi.
2
Quyosh radiatsiyasi elektromagnit to‘lqinlaridan iborat bo‘lib, SI sistemasida
Vt/m2 yoki kal/sm2min yoki j/m2 da o‘lchanadi (698 Vt/m2= 1 kal/sm2min=4,19×10
4 j/m2).
Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa o‘rtacha bo‘lganda, atmosferaning eng
yuqori chegarasidagi perpendikulyar yuzaga tushgan radiatsiya miqdori quyosh
doimiyligi deb ataladi va u 1,97 kal/sm2min yoki 1377 Vt/m2 ga teng.
Quyosh radiatsiyasi atmosferadan Yer yuzasiga etib kelguncha bir qismi
yutiladi va bir qismi sochiladi va yana bir qismi qaytadi. Natijada to‘g‘ri, sochilgan
va qaytgan radiatsiyalar paydo bo‘ladi.
To‘g‘ri radiatsiya - quyosh diskidan hech narsaga urilmasdan yergacha etib
keladigan radiatsiyadir.
Sochilgan radiatsiya - atmosferadan Yer yuzasiga etib kelguncha
atmosferadagi gaz molekulalariga, kosmik changlarga, aerozollarga va bulutlarga
urilib, sochilgan holda etib keladigan radiatsiyadir.
Gorizontal yuzaga etib keladigan to‘g‘ri va sochilgan radiatsiyalarning
birgalikdagi qiymati yalpi radiatsiya deb ataladi.
To‘g‘ri va sochilgan radiatsiya yerning gorizontal yuzasiga etib kelib, bir
qismi yana atmosferaga qaytadi. Bu radiatsiyaga qaytgan radiatsiya deb ataladi.
Qaytgan radiatsiya qisqa to‘lqinli radiatsiyadan iborat bo‘ladi. Ma’lum vaqt ichida
quyosh nuriga perpendikulyar bo‘lgan ma’lum yuzaga ma’lum vaqt ichida keladigan
to‘g‘ri radiatsiya (S) miqdoriga energetik yoritilganlik deyiladi. Gorizontal yuzaga
keladigan to‘g‘ri radiatsiyaning energetik yoritilganligi S1 bilan belgilanadi. Bu
quyoshning gorizontdan balandligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda yordamida
aniqlanadi.
S1= Ssinho
(1)
bu yerda: S-to‘g‘ri radiatsiya; sinho- quyoshning gorizontdan balandlik burchagi;
Sochilgan radiatsiya ma’lum gorizontal yuzaga ma’lum vaqt ichida keladigan
radiatsiya energiyasi miqdori bilan aniqlanadi va D bilan belgilanadi.
Yalpi radiatsiya (Q) ni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
3
Q= S1+D
(2)
Yer yuzasiga keladigan yalpi radiatsiyaning barchasi Yer yuzasida yutilmaydi
va bir qismi atmosferaga qaytariladi. Bu nurlar qaytgan radiatsiyani tashkil etadi
(Rk). Qaytgan radiatsiya ma’lum vaqt ichida yer yuzasiga qaragan ma’lum gorizontal
yuzaga kelgan nur energiyasi miqdori bilan o‘lchanadi. Amalda bu kattalik yuzaning
nur qaytarish qobiliyatini bildiradi va albedo (A) deb ataladi. Albedo qaytgan
radiatsiyaning yalpi radiatsiyaga nisbati bilan belgilanadi va % da ifodalanadi.
%
100
Q
R
A
k
(3)
To‘g‘ri, sochilgan va qaytgan radiatsiyalarning barchasi qisqa to‘lqinli
radiatsiya tarkibiga kiradi. Qisqa to‘lqinli radiatsiya balansi (Bq) yalpi radiatsiyadan
qaytgan radiatsiyaning ayirmasiga teng, ya’ni quyidagi tenglama ko‘rinishiga ega:
Bq=
-
k
(4)
Atmosfera va Yer yuzasi qisqa to‘lqinli radiatsiyani o‘ziga qabul qilib isiydi
va o‘z navbatida isigan yuza radiatsiya chiqaradi. Atmosfera bilan Yer yuzasining
nur tarqatishi o‘rtasidagi farq samarali nurlanish (Eef) deyiladi va A.I.Angestrem
ifodasi yordamida aniqlanadi:
Ochiq osmon uchun:
Eefo=0,95õ T4(0,180+0,250*10-0126e).
(5)
Bulutli osmon uchun:
Eef=Eefo(1-0,76 n).
(6)
4
bunda: Eefo va Eef - ochiq va bulutli osmon uchun; T-1,5-2,0 m balandlikdagi
havoning harorati, Kelvinda; e - 1,5-2,0 metr balandlikdagi suv bug‘ining parsial
bosimi, mm sim.ust; n-bulutlik ballarda; õ - Stefan-Bolsman doimiyligi (5,67x10-11
kVt (m2 K4).
Faol yuzaning radiatsion balansi (B)- Yer yuzasiga keladigan va sarflanadigan
radiatsiyalar farqiga teng va u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
kunduzi uchun:
B=S+D-Rk-Eef.
(7)
kechasi ochiq havo uchun:
B=Ea-Eyer =-Eef
(8)
bu yerda: Ea -atmosferaning radiatsiya tarqatishi; Eyer-Yer yuzasining nur tarqatishi
Qisqa to‘lqinli quyosh radiatsiyasi o‘simliklarning fiziologik jarayonlarini
boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ular ta’sir doirasiga ko‘ra ultrabinafsha (0,29-
38 mkm) fotosintetik faol radiatsiya (FFR) -(0,38-0,71 mkm) va qisqa infraqizil
(0,71-4,0 mkm) radiatsiyalarga bo‘linadi.
Ultrabinafsha radiatsiya asosan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga, FFR
fotosintez hamda o‘sish rivojlanish jarayoniga, yaqin infraqizil radiatsiyalar esa
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.
FFR- quyosh radiatsiyasining to‘lqin uzunligi 0,38-0,71 mkm gacha bo‘lgan
qismini o‘z ichiga olib, o‘simliklar fotosintez jarayonida bu radiatsiyalardan
foydalanadi. Ayniqsa o‘simliklar ko‘k-binafsha (0,38-0,48 mkm) va to‘q-sariq-qizil
(0,65-0,68 mkm) rangli spektrdagi radiatsiyalarni ko‘proq o‘zlashtiradi. FFR asosan
fitopiranometr bilan o‘lchanadi yoki piranometr va aktinometrlardan olingan
ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi. Bunda B.I.Gulyaev, X.G.Tooming va
N.A.Efimovalar ifodalari foydalaniladi:
∑Qffr=0,43∑S1+0,57∑D,
(9)
5
bunda: ∑S1-gorizontal yuzaga tushgan to‘g‘ri radiatsiya yig‘indisi; ∑D-sochilgan
radiatsiya yig‘indisi.
O‘simliklar hayotida kunning uzunligi va yoritilganlik ham muhim
ahamiyatga ega. Quyosh nur sochib turish davomiyligining uzun yoki qisqaligi
yoritilganlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bular birgalikda o‘simliklar
fotosintezi va fiziologik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Energetik yoritilganlik deb 1 min da 1 sm2 yuzaga tushgan nur energiyasiga
aytiladi. Hozirgi paytda yoritilganlik vattlarda (Vt/m2) o‘lchanadi. Ular qiymatining
nisbati quyidagicha:
1 kal/sm2min =698 Vt/m2
Quyoshning (yog‘dusi) nur sochib turish davomiyligi soat va minutlarda yoki
% larda o‘lchanadi. Yoritilganlik lyuks (lk) da o‘lchanadi. Yorug‘likni aniqlashda
asosan lyuksmetr (10-16) dan foydalaniladi. Ko‘pincha o‘simliklar uchun 8000-
12000 lk eng qulay yorug‘lik hisoblanadi.
Quyosh radiatsiyasining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Quyosh
radiatsiyasisiz o‘simliklar hayotini tasavvur qilish qiyin. Quyosh radiatsiyasi
ta’sirida yashil o‘simliklar, fotosintez tufayli, anorganik moddadan yuqori
energiyaga ega bo‘lgan organik moddani yaratadi. Bundan tashqari quyosh
radiatsiyasi o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, barglarining tuzilishi va joylanishi,
kimyoviy tarkibi, hosil sifati va miqdori, sovuqqa chidamligiga ham katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Quyosh radiatsiyasining Yer sharida iqlimning shakllanishi va biosferadagi
organizmlarning hayot faoliyati uchun ahamiyati benihoyat katta. Quyosh energiyasi
yashil o‘simliklarning hayoti uchun zarur bo‘lgan eng muhim va almashtirib
bo‘lmaydigan shart hisoblanadi. Radiatsiya miqdori o‘simliklarning kimyoviy
tarkibiga, shakar miqdoriga, urug‘dagi yog‘ miqdoriga va hatto tuproqdagi mineral
va organik oziqalarning ham o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishiga ta’sir etadi.
Barcha tirik organizmlar yorug‘likning o‘zgarishiga juda tez va jiddiy
munosabat bildiradi. Ayniqsa quyosh nurining spektral tarkibi va Quyoshning nur
sochib turish davomiyligi yashil o‘simliklarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likning
6
yyetishmasligi o‘simliklarning o‘sishi, to‘qimalarining rivojlanishi va hosildorligiga
ham sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.