Quyosh radiatsiyasining spektral tarkibi. Quyosh spektri asosiy qismlarining biologik ahamiyati.
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
321,1 KB
Quyosh radiatsiyasi
Reja:
1. Atmosferadagi nurlanish oqimlari turlari.
2. Quyosh radiatsiyasining spektral tarkibi. Quyosh spektri asosiy qismlarining
biologik ahamiyati.
3. Fotosintetik faol radiatsiya. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishda
kuchsizlanishi.
4. Quyosh radiatsiyasining yorug‘lik ekvivalenti. Yoritilganlikning o‘simliklar
uchun ahamiyati. To‘g‘ri quyosh radiatsiyasi. Sochilgan quyosh radiatsiyasi.
Yig‘indi quyosh radiatsiyasi
5. Qaytgan quyosh radiatsiyasi. Albedo.
6. Yer va atmosferaning uzun to‘lqinli nurlanish.
1. Atmosferadagi nurlanish oqimlari turlari
Yer yuzida va atmosferada ro‘y beradigan barcha tabiiy jarayonlarning asosiy
manbai yerga tushadigan Quyosh nurlanishi energiyasidir.
Quyoshdan yerga tushadigan nurlanishli oqim energiyasi quyosh radiatsiyasi
deb ataladi.
Yer yuziga tushgan nurlanish energiyasining ma’lum qismi qaytadi, qolgan qismi
esa tuproqning ustki qatlamida yutilib, uni isitadi. Boshqacha aytganda, yutilgan
nurlanish oqimi energiyasi issiqlikka aylanadi. Natijada, isigan yer yuzi atmosferaning
erga tutashgan qatlamlarini ham isita boshlaydi, ya’ni molekulyar issiqlik
o‘tkazuvchanlik tufayli troposferaning pastki qatlamlariga issiqlik uzatiladi.
Atmosfera bevosita o‘zidan o‘tuvchi quyosh radiatsiyasi hisobiga juda kam isiydi.
Yerga tushayotgan quyosh radiatsiyasining bir qismini tashkil qiladigan
ko‘rinadigan yorug‘lik ta’sirida yerr yuzida turli-tuman o‘simliklar o‘sadi. Quyosh nuri
ta’sirida o‘simliklarning yashil bargida fotosintez jarayoni o‘tadi. Fotosintez o‘simlik
bargida yutilgan yorug‘lik energiyasi hisobiga anorganik moddalar (suv va karbonat
angidrid gazi) ning organik modda (oqsil, kraxmal va boshqa) larga aylanish
jarayonidir. Bu jarayon o‘simlik bargi xloroplastlaridagi yashil pigmentlar-xlorofill
donalari yutgan yorug‘lik energiyasi hisobiga amalga oshadi. Fotosintez jarayonida
to‘plangan organik moddalarning ancha qismini o‘simlik nafas olish jarayonida sarflab
o‘sadi, rivojlanadi va hosil beradi.
O‘simliklardagi fotosintez jarayoni sababli ulardan atrof muhitga erkin kislorod
ajralib chiqadi. Bu jarayon sababli atmosferadagi karbonat angidrid gazining
miqdori oshib, kislorod miqdori esa kamayib ketmaydi.
Yerga Quyosh energiyasi tushganligi uchun unda hayot uchun zaruriy harorat
sharoiti vujudga keladi.
Ko‘llar, dengizlar, okeanlar va daryolar o‘ziga tushgan quyosh radiatsiyasining
bir qismini yutib isiydi va bug‘lanadi. Suv bug‘lari o‘z navbatida turlicha sabablarga
ko‘ra troposferaning ma’lum balandliklarigacha ko‘tarilishida soviydi. Ularning
kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida troposferaning quyi qatlamlarida
bulutlar vujudga keladi. Atmosferadagi suv bug‘larining to‘yinish holatigacha va
undan ham pastroq haroratga sovishidan turli turdagi yog‘inlar yog‘adi.
Nihoyat, energiyaning qaytadan tiklanmaydigan manbalari - neft, gaz, toshko‘mir
ham o‘ta qadim zamonlarda o‘simliklarning chirishidan paydo bo‘lganligini yoki
o‘simliklarning o‘zi ham quyosh nurlanish energiyasi hisobiga o‘sganligini
unutmasligimiz kerak.
Quyosh yerdan o‘rtacha 149,5 mln.km masofadagi gazli olovli shardan tashkil
topgan. Uning massasi yer massasidan 333000 marta katta bo‘lib, 1,98·1030 kg ga
teng. Quyosh radiusi yernikidan 109 marta katta va 696000 km ga teng.
Quyoshning markaziy qismida harorat bir necha million gradusgacha
etganligidan vodorodning geliyga aylanish termoyadro reaksiyasi ro‘y beradi.
Quyosh har sekund davomida fazoga 3,71·1026 J energiya sochadi, yerga esa bu
energiyaning ikki milliarddan bir ulushigina tushadi.
Yer Quyoshdan yiliga 5,74·1024 J energiya oladi. Yer yuzining har bir kvadrat
kilometr maydoniga yiliga o‘rtacha 1,1·1016 J energiya tushadi. Xuddi shuncha
miqdordagi issiqlikni olish uchun esa 4·108 kg dan ortiq toshko‘mir yoqish lozim.
Quyosh yerga 1,5 sutka davomida barcha mamlakatlar elektr stansiyalarining
birgalikda bir yilda ishlab chiqqan energiyasiga teng energiya beradi.
Umuman olganda, yer atmosferasiga etib kelgan quyosh energiyasining 42 foizi
atmosferadan qaytib yana kosmik fazoga tarqaladi, 14 foizi atmosferada yutiladi,
qolgan 44 foizi esa atmosferadan o‘tib yer yuziga tushadi.
Meteorologiyaning Quyosh, yer va atmosfera radiatsiyasini o‘rganadigan
bo‘limini aktinometriya deb yuritiladi. Aktinometriyada nuriy energiya miqdori
radiatsiya oqimi tushunchasi bilan tavsiflanadi.
Biror yuzaga vaqt birligida tushuvchi nuriy energiya miqdoriga radiatsiya
oqimi deb yuritiladi. Aktinometrik kuzatishlarda odatda nuriy energiya oqimi
zichligini o‘lchanadi.
Birlik yuzaga vaqt birligida tushadigan radiatsiya oqimi miqdoriga radiatsiya
oqimining zichligi deb aytiladi. Avvalgi yillarda nashr qilingan meteorologik
adabiyotlarda radiatsiya oqimi zichligi tushunchasi o‘rniga ko‘pincha radiatsiya
oqimi jadalligi tushunchasi qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda bu tushuncha o‘rniga esa radiatsiya oqimi energetik yoritilganligi
tushunchasi qo‘llaniladi.
Radiatsiya oqimining energetik yoritilganligi SI sistemasida Vt/m2 birlikda
o‘lchanadi. Radiatsiya oqimi energetik yoritilganligining avvalgi yillarda qo‘llanib
kelingan kal/sm2min birligi bilan Vt/m2 orasida quyidagicha munosabat mavjud: 1
kal/sm2 min = 698 Vt/m2.
Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh nurlariga tik qo‘yil-gan yuzaga
tushadigan radiatsiyani miqdor jihatidan qaraylik.
Yer bilan Quyosh orasidagi masofa o‘rtacha bo‘lganda atmos-feraning yuqori
chegarasida quyosh nurlariga tik joylashtirilgan birlik yuzada vaqt birligida quyosh
nurlanishining vujudga keltirgan energetik yoritilganligini quyosh doimiysi deyiladi
va uni So harfi bilan belgilanadi. Eng keyingi ma’lumotlarga binoan quyosh
doimiysining qiymati So = 1377 Vt/m2 ga teng. Demak, quyosh doimiysi bu quyosh
radiatsiyasiga hali atmosferaning ta’siri bo‘lmagandagi vujudga kelgan energetik
yoritilganligidir va u faqat Quyoshning nur chiqarish qobiliyatiga bog‘liq.
Quyosh radiatsiyasi atmosferadan o‘tishda murakkab o‘zgarish-larga uchraydi.
Atmosfera qatlamining yuqori chegarasidan yergacha bo‘lgan masofada quyosh
radiatsiyasining ma’lum qismi atmosfera gazlari va aralashmalar tomonidan yutiladi
va issiq-likka aylanadi. Quyosh radiatsiyasining yana bir qismi atmosfera gazlari,
qattiq va suyuq aralashmalar tomonidan sochiladi. Quyosh radiatsiyasining
yutilishdan, sochilishdan qolgan qismi esa yer yuzigacha etib keladi. Yer yuziga etib
kelgan quyosh radiatsiyasi qisman undan qaytadi va qolgan qismi yer yuzida yutilib,
uni isitadi. Atmosferada sochilgan radiatsiyaning ma’lum qismi yana yerga tushadi.
Natijada, quyosh radiatsiyasi atmosferadan o‘tishida yutilishi sababli miqdor
jihatdan kuchsizlanadi va sochilishidan spektral tarkibi o‘zgaradi.
Demak, yerga tushadigan quyosh radiatsiyasi to‘g‘ri va sochilgan turlarda
bo‘ladi.
Quyosh gardishidan bevosita yerga tushadigan radiatsiyani to‘g‘ri radiatsiya
deb ataladi. yer bilan Quyosh orasidagi masofa juda katta bo‘lganligidan to‘g‘ri
quyosh radiatsiyasini parallel nurlar oqimi deb qarash mumkin.
Quyosh radiatsiyasining atmosferada havo molekulalari, bulut hamda boshqa
turlicha zarrachalarda sochilgandan keyin erga tushadigan qismini sochilgan
radiatsiya deyiladi.
Sochilgan radiatsiya yer yuzidagi buyumlarga Quyoshdan to‘g‘ri tushmay, balki
osmon gumbazining istalgan nuqtasidan tushadi.
Gorizontal yuzaga ayni bir vaqtda tushadigan to‘g‘ri va sochilgan
radiatsiyalar yig‘indi (yalpi) radiatsiya deb yuritiladi.
Quyosh radiatsiyasining er yuzi qaytargan qismini qisqa to‘lqin uzunlikli qaytgan
radiatsiya deyiladi. Biz yuqorida atmosfera o‘ziga tushadigan quyosh radiatsiyasining
ma’lum qismini va yerning nurlanishini yutib bir oz isiydi deb aytganmiz. Isigan
atmosfera o‘z navbatida olam fazoga va yerga tomon nurlanadi.
Atmosferaning yerga tomon yo‘nalgan nurlanishi uchrashuvchi (qarama-
qarshi) nurlanish deb aytiladi.
Biz
fizika
fanidan
harorati
mutlaq
(absolyut)
nol
(-273°C) dan yuqori bo‘lgan har qanday jism nur chiqarishini bilamiz. Bundan
tashqari harorati yuqori bo‘lgan jismlar qisqa to‘lqin uzunlikli nurlanish chiqarishi,
harorati past jismlar esa katta to‘lqin uzunlikli nurlanish chiqarishi ham ma’lum.
Nurlanayotgan jismning harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, uning chiqargan nurlanishi
shunchalik qisqa to‘lqin uzunlikli bo‘ladi. yer yuzining harorati o‘rtacha 15°C
atrofida bo‘lganidan yer uzun to‘lqinli nurlanish chiqaradi.
Yerning nurlanishini odatda Yerning issiqlik nurlanishi yoki uzun to‘lqinli
nurlanishi deb yuritiladi. Shunday qilib, atmosferadagi nurlanish oqimlarining bir
qismi (to‘g‘ri, sochilgan va atmosferaning uchrashuvchi nurlanishi) yerga tomon
yo‘nalgan bo‘lsa, qolgan qismi (qaytgan radiatsiya va yerning uzun to‘lqinli
nurlanishi) esa yerdan atmosferaga va olam fazoga tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Quyosh nurlariga tik qo‘yilgan birlik yuzaga vaqt birligida tushadigan to‘g‘ri
quyosh radiatsiyasi miqdorini to‘g‘ri radiatsiyaning tik yuzadagi energetik
yoritilganligi deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi, u holda gorizontal yuzadagi
to‘g‘ri radiatsiya energetik yoritilganligini S1 bilan belgilaymiz. SHunga o‘xshash
sochilgan radiatsiya energetik yoritilganligini D, qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya
energetik yoritilganligini Rq, atmosferaning uchrashuvchi nurlanishi energetik
yoritilganligini Ea, yerning uzun to‘lqinli nurlanishi energetik yoritilganligini Eyer
deb belgilaylik, yoki qisqacha tik yuzadagi to‘g‘ri radiatsiyani S, gorizontal yuzadagi
to‘g‘ri radiatsiyani S1, sochilgan radiatsiyani D, qaytgan radiatsiyani Rq,
atmosferaning uchrashuvchi nurlanishini Ea, yerning uzun to‘lqinli nurlanishini Eer
deb ham belgilashimiz mumkin. U holda atmosferadagi nurlanish oqim-lari
yo‘nalishlarini sxematik ravishda quyidagicha ko‘rsata olamiz (3.1-rasm).
Nurlanish oqimining to‘lqin uzunligini harfi bilan belgilaylik. Quyosh
nurlanishi oqimlari va yer, atmosferaning nurlanishini qisqa to‘lqin uzunlikli
(4mkm) va katta to‘lqin uzunlikli (>4 mkm) qismlarga ajratiladi. To‘g‘ri,
sochilgan va qaytgan radiatsiya spektrning qisqa to‘lqinli qismiga, yerning
issiqlikdan nurlanishi va atmosferaning uchrashuvchi nurlani-shi spektrning uzun
to‘lqinli qismiga tegishlidir. Quyosh radia-siyasi butun energiyasining 99 foizini
qisqa to‘lqinli radiatsiya tashkil qiladi.
Demak, atmosferadagi radiasiya oqimlari bir-biridan
to‘lqin uzunliklari (va energiyalari) bilan farq qiladi. Ularning
har birining qiymati sutka davomida o‘zgarib boradi.
O‘simliklar asosan to‘g‘ri va sochilgan, juda oz miqdorda
qaytgan radiatsiyalarni o‘zlashtiradi.
3.1–расм. Атмосферадаги
нурланиш оқимлари
йўналишлари
2. Quyosh radiatsiyasining spektral tarkibi. Quyosh spektri asosiy
qismlarining biologik ahamiyati.
Quyosh radiatsiyasi har xil to‘lqin uzunlikdagi elektromagnit to‘lqinlardan iborat.
Nurlanish oqimlari to‘lqin uzunliklari-ni asosan mikrometr (mkm), ba’zan esa juda
kichik birlik – nanometr (nm) larda ifodalanadi, ular o‘zaro quyidagi muno-
sabatda: 1 mkm = 10-6 m; 1 mkm = 103 nm ga teng.
Nurlanish oqimining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimotini spektr deb yuritilishini
bilamiz. Quyosh nurlanish spektri uchta:
ultrabinafsha (<0,40mkm),
ko‘rinadigan (0,400,76 mkm) va
infraqizil (0,76 mkm) qismlardan iborat.
Atmosferaning yuqorigi chegarasiga tushadigan butun quyosh radiatsiyasining 46
foizi spektrning ko‘rinadigan qismiga, 47 foizi esa infraqizil radiatsiyaga va 7 foizi
ultrabinafsha radiatsiyasiga to‘g‘ri keladi.
To‘g‘ri va sochilgan radiatsiya birgalikda yer yuzidagi tabiiy yoritilganlikni
vujudga keltiradi, boshqacha aytganda to‘lqin uzunliklari 0,40 mkm dan 0,76 mkm
gacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar yorug‘lik ta’sirini vujudga keltiradi.
Quyosh yorug‘ligining ingichka dastasini shishadan tayyorlan-gan uchburchakli
prizmadan o‘tkazilganda, undan sinib o‘tishida qizil, to‘q sariq, sariq, yashil,
havorang, ko‘k, binafsha kabi rangli nurlarga ajraladi.
Spektrdagi asosiy ranglarga mos to‘lqin uzunliklar chegaralarini quyidagicha
ko‘rsatiladi:
binafshaga 390-455 nm,
ko‘kga 455-485 nm,
havorangga 485-505 nm,
yashilga 505-550 nm,
sariq-yashilga 550-575 nm,
sariq (zarg‘aldoq) qa 575-585 nm,
to‘q sariqqa 585-620 nm,
qizilga 620-760 nm.
Qizil nurlar chegarasida 620-700 nm ni qizil deb, 700-760 nm chegaradagisini esa
katta to‘lqinli qizil nurlar deb yuritiladi.
O‘simliklar fiziologiyasi nuqtai nazaridan ko‘k deganda to‘lqin uzunligi 400-500
nm, sariq-yashilda 500-600 nm, to‘q sariq-qizilda 600-700 nm ga va katta to‘lqinli
qizil deganda 700-760 nm to‘lqin uzunlikli nurlarni tushuniladi. Biologiya va
o‘simliklar fiziologiyasida infraqizil nurlarni ikki qismga: qisqa to‘lqinli infraqizil
nurlar (760-1100 nm) va katta to‘l-qin uzunlikli (>1,1 mkm) qismlarga ajratiladi.
Kishi ko‘ziga rangli nurlarining birgalikdagi ta’siri oq yorug‘lik taassurotini
vujudga keltiradi. Quyoshdan yerga tomon nurlanish oqimlaridan tashqari zaryadli
zarralardan iborat kor-puskulyar nurlanish ham keladi. Ammo korpuskulyar nurlanish
yer yuzidan 100 km dan oshiq balandliklardagi atmosfera qatlam-larida butunlay
yutiladi.
Quyosh nurlanish spektrida energiyaning asosiy qismi 0,20 mkm dan 24,0 mkm
gacha to‘lqin uzunliklar chegarasiga to‘g‘ri keladi. Atmosferaning yuqori
chegarasida quyosh nurlanishi spektrida energiya maksimumi 0,48-0,49 mkm to‘lqin
uzunliklarga, ya’ni spektrning ko‘k-havorang qismiga mos keladi. Yer yuzidagi
to‘g‘ri radiatsiya spektrida energiya maksimumi esa sariq-yashil sohaga to‘g‘ri
keladi.
Biz oldingi mavzularda quyosh radiatsiyasi ikki: qisqa va uzun to‘lqinli
radiatsiyalardan iborat ekanligini ko‘rsatganmiz.
O‘simliklarning hayot faoliyatini ta’minlaydigan jarayonlar uchun to‘lqin
uzunligi 4 mkm dan kichik bo‘lgan qisqa to‘lqinli radiatsiya eng muhim ahamiyatga
ega. Qisqa to‘lqinli radiatsiyaning o‘simlikka biologik ta’siriga qarab ultrabinafsha
(UB), ko‘rinadigan va qisqa to‘lqinli infraqizil (IQ) radiatsiyalarga ajratiladi.
Yer yuziga to‘lqin uzunligi 0,29 mkm dan kichik UB radiatsiya tushmaydi,
chunki <0,29 mkm UB radiatsiyani atmosferadagi ozon (O3) gazi butunlay yutadi.
SHuning uchun yer yuziga juda oz miqdorda to‘lqin uzunliklari 0,29-0,38 mkm
chegarasidagi UB nurlar tushadi va uning miqdori ham kun davomida o‘zgarib boradi.
Quyoshning gorizontdan balandligi oshgan sari yerga tushadigan UB radiatsiya
miqdori ortib, Quyosh gorizontga yaqinlashganda esa UB radiatsiya miqdori kamaya
boradi. Yer yuzidan ko‘tarilgan sari UB radiatsiya miqdori ortadi. Baland tog‘larning
tepasida UB radiatsiya miqdori dengiz sathidagi qiymatidan ikki yoki uch marta ko‘p
bo‘ladi. Tog‘larda UB radiatsiya ortganligidan, o‘sadigan o‘simliklar barglarining
bo‘yalishi yanada kuchayadi.
UB radiatsiya asosan o‘simliklarning o‘sish jarayonlarini sekinlashtirib ta’sir
qiladi, boshqacha aytganda UB radiatsiya ta’sirida o‘simliklarning bo‘yi juda ham
cho‘zilib ketmaydi. Ultrabinafsha nurlar yashil bargda o‘tadigan fotosintez
jarayoniga ta’sir etmaydi, ammo hosil tarkibida vitamin S ning sintezlanishiga
yordam beradi. Tiniq polimer polietilen plyonkasi va oynali issiqxonalarda
etishtirilgan bodring hosili-dan plyonka ostida etishganlari shirinroq bo‘ladi. Chunki
tiniq polimer plyonka uzun to‘lqinli UB nurlarni oynaga nisbatan yaxshiroq
o‘tkazadi.
To‘lqin uzunligi >1,1 mkm infraqizil (IQ) radiatsiyani o‘simlik barglari va
poyalaridagi suv yaxshi yutadi va ularni yaxshiroq isitadi. Natijada, bargning
harorati ortib fotosintez jarayonlarining jadalligi kuchayadi. Demak, IQ radiatsiya
o‘simlikka bavosita ta’sir ko‘rsatib, fotosintez o‘tishi uchun harorat sharoitini
yaxshilaydi va o‘simlikning o‘sishi va rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir qiladi.
To‘lqin uzunligi 4 mkm dan katta IQ radiatsiya o‘simlikka issiqlik ta’sirini
ko‘rsatsada, ammo o‘simlikning o‘sish va rivojlanishi jarayonlariga ta’siri
ahamiyatga ega emas.
Quyoshning ufq (gorizont)dan balandligi kamayishi bilan quyosh radiatsiyasi
oqimidagi IQ radiatsiya ulushi ortadi va aksincha. Suv bug‘i infraqizil radiatsiyani
yaxshi yutganligi uchun havoning namligi oshishi bilan er yuziga tushadigan
infraqizil radiatsiya jadalligi kamayadi.
Dengiz sathidan balandlik oshgan sari IQ radiatsiya ulushi ortadi, chunki
balandlik oshgan sari IQ radiatsiyani yaxshi yutadigan suv bug‘i atmosferada
kamayib ketadi. SHuning uchun tog‘li erlarda infraqizil nurlarning energiyasi ortadi.
Bu o‘z navbatida o‘simlikning atrof muhitdan oladigan issiqligining kamayishini
qoplaydi yoki baland erlarda IQ radiatsiya ortib, o‘simlik isishiga sabab bo‘ladi va
bu bilan fotosintezning jadalligi ortishiga yordamlashadi.
To‘lqin uzunliklari 0,35-0,75 mkm oralig‘idagi radiatsiyani odatda fiziologik
radiatsiya deb yuritiladi. Spektrning shu qismidan alohida guruh qilib fotosintetik
faol (aktiv) radiatsiya ajratiladi.
Ma’lumki, Quyosh yorug‘ligi energiyasi hisobiga o‘simliklarning yashil bargida
fotosintez jarayoni o‘tadi. Quyosh yorug‘ligi-ning o‘simlikka ta’sirini o‘rganish
bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli ilmiy-tadqiqot ishlari fotosintez jarayonida o‘simliklar
quyosh spektrining barcha qismini emas, balki to‘lqin uzunliklari 0,38-0,71 mkm
orasidagi qisminigina foydalanishini ko‘rsatdi.
Quyosh spektrining bu qismini fotosintetik faol radiatsiya (FFR) deb yuritiladi.
O‘simliklar fotosintez jarayonida turli xil organik moddalarni to‘plash uchun FFR
ning faqat 1-3 foizidangina foydalanadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’sir
qiladigan asosiy omillardan biri FFR hisoblanadi. Shuning uchun FFR ning ayrim
hududlar va vaqt bo‘yicha taqsimotini bilish muhim ahamiyatga ega.
Tekshirishlar ko‘rsatadiki, biror o‘simlik turi bargida fotosintez jarayonida
organik modda to‘planishi uchun tushuvchi quyosh radiatsiyasining energetik
yoritilganligi kompensatsion nuqta deb ataladigan qiymatidan katta bo‘lishi kerak.
YU.I. CHirkov ma’lumotiga ko‘ra yorug‘sevar o‘simliklar qatoriga kiradigan
ba’zi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kompensatsion nuqta FFR ning energetik
yoritilganligi 20-35 Vt/m2 qiymatidan boshlanadi.
A.G. Amirjanov ma’lumotiga asosan esa ba’zi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
kompensatsion nuqta FFR ning energetik yoritilganligi 7-19 Vt/m2 qiymatidan
boshlanadi.
Ma’lumki, o‘simliklar fotosintez jarayonida organik mod-da to‘plasa, nafas olish
jarayonida esa to‘plagan organik moddani sarflaydi.
O‘simliklarning organik moddani to‘plashi, demak hosil miqdori o‘simlik uchun
zarur, ammo qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir qiladigan – fotosintez va nafas olish
jarayonlariga bog‘liq.
G.D. Mustaqimov bu ikki jarayonning o‘zaro munosabatini quyidagicha
ifodalagan:
олиш
нафас
фотосинтез
kompensatsion nuqta.
Kompensatsion nuqta o‘simlikning shunday holatiki, unda fotosintez jarayoni,
nafas olish jarayoni bilan muvozanatlashadi, ya’ni fotosintezda qancha organik
modda to‘plangan bo‘lsa, o‘shancha organik modda nafas olish jarayonida sarf
bo‘ladi. Demak, kompensatsion nuqtada organik modda ko‘paymaydi yoki
kamaymaydi. Boshqacha aytganda kompensatsion nuqtada fotosintez jadalligi bilan
nafas olish jadalligi o‘zaro tenglashadi (fotosintezda SO2 ning yutilishi bilan nafas
olishda ajralishi o‘zaro tenglashadi).
Agar kompensatsion nuqtani K harfi bilan belgilasak, quyidagi hollarni
ko‘ramiz:
1. K=1 da yuqorida ko‘rsatganimizdek o‘simlik o‘smaydi.
2. K>1 bo‘lsa, fotosintez jarayonida organik moddalarning to‘planishi, uning
nafas olish jarayonida sarflanishidan ortiq bo‘ladi, shu shartdagina o‘simlik o‘sadi
va rivojlanadi.
3. K<1 bo‘lsa, sintezlangan moddalarning ko‘p qismi nafas olish jarayonida
sarflanadi. Bu shart uzoq davom etsa o‘simlik nobud bo‘ladi. Fotosintez
jarayonining jadalligi dastavval o‘simlikka tushayotgan FFR ning energetik
yoritilganligiga bog‘liq. Fotosintezning tushuvchi FFR ga bog‘liqligi yorug‘lik egri
chi-ziqlari orqali ifodalanadi.
Quyidagi 3.2-rasmda Yu.I. Chirkov ma’lumotiga asoslanib bodring (1),
makkajo‘xori (2) va lavlagi (3) o‘simliklari barglaridagi fotosintez uchun yorug‘lik
egri chiziqlari keltirilgan. Ularning har biri bu o‘simliklarda o‘tadigan fotosintez
jadalligining bargga tushuvchi FFR energetik yoritilganligiga bog‘liqligini
tavsiflaydi.
3.2-rasmdan ko‘rinadiki, bodring barglarida FFR
ning energetik yoritilganligi kompensatsion nuqtadan
taxminan 70 Vt/m2 gacha oshganida fotosintez
mahsuldorligi chiziqli ortadi, so‘ngra FFR ning
energetik yoritilganlining yanada ortishida fotosintez
jadalligi ortishi sekinlashadi boshlaydi. FFR energetik
yoritilganligi 400-420 Vt/m2 largacha oshganida esa (SO2 ning miqdori odatdagicha
bo‘lganida) fotosintez jadalligi deyarli ortmay qoladi yoki fotosintezning yorug‘lik
egri chizig‘i qariyb yotiq davom etadi.
Bu holatni fotosintezning yorug‘likka to‘yinishi deb yuritilib, u berilgan
sharoitda fotosintez jadalligining maksimal qiymatiga mos FFR energetik
3.2 - расм. Турли ўсимликларда
фотосинтез ёруғлик эгри чизиқлари
yoritilganligi qiymatini bildiradi. YOrug‘lik egri chizig‘ining abssissa o‘qi bilan
hosil
qilgan
burchagi
esa
fotosintezda
nuriy
energiyadan
foydalanish
samaradorligini tavsiflaydi. Birgina o‘simlikning barglaridagi yorug‘lik egri
chiziqlarining o‘zgarishi havo haroratiga va nisbiy namligiga bog‘liq.
Shuningdek 3.2-rasmdan boshqa o‘simliklarda ham fotosintez yorug‘lik egri
chiziqlari xarakteri yuqoridagiga o‘xshashligini, ammo ulardagi fotosintezning
yorug‘likka to‘yinishi FFR energetik yoritilganligining turlicha qiymatlariga mos
kelishligini kuzatish mumkin.
O‘simlikka tushayotgan FFR ning energetik yoritilganligini o‘lchashga
qaraganda FFR dan vujudga kelgan yoritilganlikni o‘l-chash oson. SHuning uchun
ko‘pincha fotosintez jadalligining yoritilganlikka bog‘liqlik grafiklari keltiriladi.
Shunday deb olganimizda ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
kompensatsion nuqtada yoritilganlik 2-5 ming lk (lyuks) ga, fotosintezning
yorug‘likka to‘yinishi esa (50-70) ming lk yoritilganlikka to‘g‘ri keladi.
Kunduzi o‘simlik ustidagi FFR miqdori yuqorida keltirilgan qiymatlardan oshiq
bo‘ladi, ammo ekinlarning pastki qismlariga tushadigan FFR miqdori bulutli
kunlarda yetarli bo‘lmasligi mumkin.
CHunki ekinlarning bo‘yi ortgan sari pastki yaruslarga o‘tuvchi yorug‘lik oqimi
kamayadi. Bunda ekinlarning ustki qismida fotosintez uchun FFR etarli bo‘lsada,
ammo pastki yaruslarda FFR ning energetik yoritilganligi kompensatsion nuqtadan
kam bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda biror joyga tushuvchi FFR ni, o‘sha joyga tushuvchi to‘g‘ri va
sochilgan radiatsiyalarning o‘lchangan qiymatlari asosida hisoblanadi. B.I. Gulyaev,
X.G. Tooming, N.A. Efimovalar FFR ni hisoblash uchun quyidagi tenglamani tavsiya
etganlar:
D
S
QФФР
57
,
0
43
,
0
1
,
(3.1)
bu yerda: QFFR - fotosintetik faol radiatsiya, S1 - gorizontal yuzaga tushuvchi
to‘g‘ri radiatsiya, D - sochilgan radiatsiya. Odatda amaliy maqsadlar uchun QFFR, S1,
D larning o‘n kunlik, oylik va vegetatsiya davri uchun yig‘indi qiymatlari
hisoblanadi.
Agar yig‘indi quyosh radiatsiyasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsak, FFR uchun
taxminan yig‘indi radiatsiya qiymatining yarmisini olish mumkin, ya’ni:
0,5Q
Q
ФФР
.
(3.2)
Hozirgi vaqtda MDH hududlariga vegetatsiya davrida tushadi-gan FFR xaritalari
tuzilgan va ulardan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun tabiiy resurslarni baholashda
foydalaniladi.
3. Fotosintetik faol radiatsiya. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishda
kuchsizlanishi.Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishda kuchsizlanishi.
Quyosh radiatsiyasi yer sirtiga atmosfera qatlamidan o‘tib tushadi,
atmosferaning yuqori chegarasidan yer sirtigacha bo‘lgan masofada quyosh
radiatsiyasi miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishlarga uchraydi.
Quyosh radiatsiyasi atmosferadan o‘tishida havo molekulalari va atmosferadagi
qattiq va suyuq holatdagi aralashmalar tomonidan qisman yutilib issiqlikka aylanadi,
bir qismi esa sochiladi va qolgan qismi yerga tushadi.
Atmosferadan o‘tishda quyosh radiatsiyasining zaiflanishida azot va
kislorodning ta’siri juda kam, chunki ular quyosh radiatsiyasini juda kam yutadi,
Quyosh radiatsiyasini havo tarkibidagi ozon, suv bug‘i, karbonat angidrid gazi va
turlicha ara-lashma zarrachalar tomonidan kuchli yutiladi. Natijada, yutilishi sababli
quyosh radiatsiyasi atmosferadan o‘tishda miqdor jihatdan birmuncha kuchsizlanadi
(zaiflashadi), bundan tashqari spektral tarkibi ham o‘zgaradi.
Atmosfera tarkibidagi ozonning miqdori juda oz bo‘lsada, u to‘lqin uzunligi
<0,29 mkm ultrabinafsha nurlarni kuchli yutadi. Ozon er yuzidan 70 km gacha (eng
ko‘p zichligi 20-25 km) balandlikda uchrasada, uning kuchli yutishi natijasida yer
yuziga <0,29 mkm UB nurlar butunlay etib kelmaydi.
Karbonat angidrid gazi to‘lqin uzunliklari 1,44, 1,60, 2,02, 2,70 va 4,31 mkm
infraqizil nurlarni yaxshi yutadi. Ammo SO2 gazi ham atmosfera tarkibida juda oz
miqdorda (hajm bo‘yicha 0,033%) uchraydi.
Quyosh radiatsiyasini suv bug‘i eng ko‘p kuchsizlantiradi. Suv bug‘i to‘lqin
uzunliklari 0,72, 0,84, 0,94, 1,14, 1,38, 1,87, 2,70 va 3,20 mkm infraqizil nurlarni
yaxshi yutadi.
Spektrning ko‘rinadigan qismida atmosferada quyosh radia-siyasining sochilishi
sababli qisqa to‘lqinli nurlar - ko‘k va binafsha nurlar ancha ko‘p kuchsizlanadi,
uzun to‘lqinli nurlardan - to‘q sariq va qizil nurlar ancha kam kuchsizlanadi.
Bu misollardan ko‘rinadiki, suv bug‘i (va suv tomchilari), karbonat angidrid gazi
asosan infraqizil nurlarni yutadi, bunda ham ayrim to‘lqin uzunlikdagilarini tanlab
yutadi. Natijada, atmosferadagi yutilish sababli yerga tushuvchi infra-qizil radiatsiya
ham birmuncha kuchsizlangan bo‘ladi.
Atmosferadan
o‘tishda
quyosh
radiatsiyasining
kuchsizlanishi
uning
atmosferadagi o‘tgan yo‘li uzunligiga va radiatsiya yo‘lidagi atmosferaning
tiniqligiga bog‘liq.
Biz quyosh radiatsiyasining monoxromatik oqimini, ya’ni biror aniq to‘lqin
uzunlikdagi radiatsiyani qaraylik. Quyoshning ufq (gorizont) dan balandligiga qarab
nurlarning atmosfera-dagi o‘tgan masofalari turlicha bo‘ladi. 3.3-rasmda AV - yer
sirtining bir qismini, KN - atmosferaning yuqorigi chegarasini, SS1 esa kuzatish
joyining ufq chizig‘ini ko‘rsatsin.
3.3-rasm. Quyosh balandligi turlicha bo‘lganda quyosh
nurlarining atmosferada o‘tgan yo‘llari
Quyosh zenitda (tepamizga tik) bo‘lganda quyosh nuri atmosferada eng qisqa
a1O yo‘lni, quyosh ufqda bo‘lganda esa eng uzun a5O yo‘lni o‘tadi.
Quyosh zenitda bo‘lganda er yuzidan boshlab atmosferaning yuqori
chegarasigacha olingan asosi 1 sm2 havo ustunining massasini shartli ravishda bir
birlikka teng (m=1) deb olaylik.
Quyosh osmon gumbazi bo‘ylab harakatlanib ufqqa yaqinlash-gan sari
nurlarning atmosferada o‘tadigan yo‘llari ko‘payib boradi. Demak, nurlarning
o‘tadigan massalar soni ham borgan sari ortib boradi.
Hisoblarning ko‘rsatishicha quyosh ufqda bo‘lganida nurlarning o‘tgan
atmosfera massalari soni, quyosh zenitda bo‘lganida nurlarning o‘tgan atmosfera
massalari sonidan 34,4 marta katta bo‘ladi. Quyosh ufqqa yaqinlashgan sari uning
yo‘lida yutuvchi va sochuvchi zarralar ko‘p uchraydi, ya’ni atmosfera tiniqligi
kamayadi. Natijada yer yuziga etib keluvchi quyosh radiatsiyasi shunchalik ko‘p
kuchsizlanadi va yer yuziga tushuvchi radiatsiyaning energetik yoritilganligi,
atmosferaning yuqori chegarasidagi qiymati (So) dan ancha kamaygan bo‘ladi.
Quyidagi 3.1-jadvalda Quyoshning ufqdan balandligi turlicha bo‘lganda, quyosh
radiatsiyasining atmosferada o‘tadigan massalar soni ko‘rsatilgan.
3.1-jadvaldan yana Quyoshning ufqdan balandligi kamaygan sari, yutilishi va
sochilishining kuchayishi sababli quyosh radiatsiyasining kuchsizlanishi bir xil
bormasligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari quyosh balandligi katta bo‘lganda
nurlar o‘tgan massalarining farqi kam bo‘ladi. Masalan, quyosh balandligi 90° dan
60° ga pasayganda m ning qiymati 2 martagina oshadi, quyoshning kichik
balandliklarida esa m ning o‘zgarishi katta. Masalan, quyosh balandligi 30° dan 0°
gacha kamayganida m ning qiymati 17 marta ortadi.
3.1-jadval
Quyoshning ufqdan balandligi turlicha bo‘lganda
quyosh radiatsiyasining atmosferada o‘tadigan massalar soni
Quyosh
balandligi, ho
90
60
30
15
5
3
1
0
Atmosfera
massasi, m
1,00 1,15 2,00 3,82 10,40 15,36 25,9
6
34,40
Endi to‘g‘ri radiatsiyaning atmosferadan o‘tishida kuchsizlanishini miqdor
jihatdan tavsiflashga o‘tamiz.
Atmosferaning yuqorigi chegarasidagi to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining energetik
yoritilganligini So, atmosferada m massalar sonini o‘tib yer yuzidagi quyosh
nurlariga tik yuzadagi to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligini Sm
deb olsak, ular orasidagi bog‘lanish quyidagi Buge formulasi bilan ifodalanadi:
m
m
P
S
S
0
,
(3.3)
bu yerda; R - atmosferaning tiniqlik koeffitsienti, m - quyosh radiatsiyasining
o‘tgan atmosfera massalar soni.
Yuqoridagi (3.3) dan m=1 desak, R= Sm/So kelib chiqadi. Demak, tiniqlik
koeffitsienti bu quyosh zenitda bo‘lganida (m = 1) atmosferaning yuqori chegarasiga
tushgan to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining qancha qismi yer yuziga etib kelishini
ko‘rsatadigan sondir. Tiniqlik koeffitsientining qiymatlari har doim 1 dan kichik
bo‘ladi. Suv bug‘i bo‘lmagan va aralashmalardan tozalangan «ideal» atmosfera
uchun R = 0,9 ga teng.
Real atmosferada esa tiniqlik koeffitsientining qiymatlari atmosferadagi suv
bug‘i va aerozollar miqdoriga bog‘liq. Masalan, nurlar o‘tgan massalarning soni bir
xil bo‘lsada, ammo ularning yo‘lida suv bug‘i va aerozollar qanchalik ko‘p bo‘lsa,
tiniqlik koeffitsientining qiymatlari shunchalik oz bo‘ladi.
Tiniqlik koeffitsientining qiymatlari odatda 0,60-0,85 chamasida bo‘ladi.
Turlicha to‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun R ning qiymati har xil. Masalan, to‘lqin
uzunligi 0,30 mkm da R = 0,36, to‘lqin uzunligi 0,70 mkm da R = 0,97 ga teng.
Shunday qilib, atmosferada to‘g‘ri radiatsiyaning kuchsizlanishiga birinchidan,
massalar soni m bilan tavsiflanadigan nurlarning atmosferada o‘tadigan yo‘llarning
uzunligi, ikkinchidan atmosferaning tiniqligini tavsiflaydigan nurlar yo‘lidagi
kuchsizlantiruvchi zarrachalar konsentratsiyasining ta’siri sabab bo‘ladi.
Biz yuqoridagi (3.3) formulani monoxromatik quyosh radiatsiyasi oqimiga
yozganmiz. To‘g‘ri radiatsiyaning umumiy (integral) oqimi uchun bu formulani
qo‘llashda R ning o‘rtacha qiymatlaridan foydalaniladi.
Umuman olganda, bulutsiz atmosferadan o‘tishda yutilish sababli quyosh
radiatsiyasi 20-25% ga kamayadi. Agar osmon quyi qavat bulutlari bilan to‘la
qoplangan bo‘lsa, yer yuziga oz miq-dordagi sochilgan radiatsiya etib keladi.
Endi atmosferada quyosh radiatsiyasining sochilishini hamda unga bog‘liq
vujudga keladigan hodisalarni qaraymiz.
To‘g‘ri quyosh radiatsiyasi atmosfera qatlamidan o‘tishida avval aytganimizdek
atmosfera gazlari, suv bug‘i, karbonat angidrid gazi va turlicha o‘lchamli aerozol
zarrachalarida yutilishi sababli qisman kuchsizlanadi. Bundan tashqari bu zarralarda
to‘g‘ri radiatsiyaning qisman sochilishi sababli ham «qisman» kuchsizlanadi. Agar
aerozol zarrachalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, quyosh radiatsiyasining sochilishi
shunchalik kuchayadi.
Biror yo‘nalishda tarqalayotgan radiatsiyaning (to‘g‘ri radiatsiya aynan shunday
tarqaladi) barcha yo‘nalishlarda tarqaluvchi radiatsiyaga aylanishiga quyosh
radiatsiyasining sochilishi deb yuritiladi. Turli xil zarrachalarda sochilganidan
keyin osmon gumbazining turli nuqtalaridan erdagi gorizontal yuzaga tushadigan
radiatsiyani sochilgan radiatsiya deb atalishini avval qayd qilganmiz.
Sochilish jadalligi esa hajm birligidagi quyosh radiatsiyasini sochuvchi
zarrachalar miqdoriga, ularning tabiatiga va katta-kichikligiga bog‘liq. Sochuvchi
zarrachalarning o‘lchamlari sochilayotgan nurlanish to‘lqin uzunligidan juda kichik,
teng yoki katta bo‘lishi mumkin.
Dastavval sochuvchi zarrachalarning o‘lchami shu zarrachalarda sochilayotgan
nurlarning to‘lqin uzunligidan 10 marta kichik bo‘lgan holni qaraylik. Bunday kichik
o‘lchamli zarrachalarga atmosfera gazlari molekulalari kiradi. Quyosh radiatsiyasining
bunday kichik zarrachalardan sochilishi ingliz olimi Reley topgan molekulyar sochilish
qonuniga bo‘ysunadi. Bu qonunga muvofiq molekulyar sochilish jadalligi K,
sochilayotgan nurlar to‘lqin uzunligi ning to‘rtinchi darajasiga teskari mutanosibdir,
ya’ni:
4
C
K
,
(3.4)
bu yerda: S - hajm birligidagi sochuvchi zarrachalarning soniga bog‘liq
koeffitsient.
YUqoridagi
(3.4)
formuladan
ko‘rinadiki,
juda
kichik
zarrachalardan
sochilayotgan nurlarning to‘lqin uzunligi qanchalik kichik bo‘lsa, ular shunchalik
kuchliroq sochiladi. Masalan, to‘lqin uzunligi b = 0,38 mkm binafsha nurlar, to‘lqin
uzunligi q = 0,76 mkm qizil nurlardan 16 marta kuchliroq sochiladi yoki binafsha
nurlarning to‘lqin uzunligi ko‘k va havorang nurlarnikidan kichik bo‘lgani uchun
binafsha nurlarning sochilishi ko‘k va havorang nurlarnikidan kuchliroq bo‘lsada
sochilgan yorug‘lik tarkibida binafsha nurlar emas, balki ko‘k va havorang nurlar afzal
bo‘ladi.
Chunki atmosferaga tushadigan quyosh radiatsiyasining tarkibida binafsha
nurlarning ulushi ko‘k va havorang nurlarnikidan kam. Shuning uchun sochilgan
radiatsiyada ham binafsha nurlarning ulushi ko‘k va havorang nurlarnikidan juda
kam. Shu sababli yer yuzidan kuzatuvchiga osmon havorang rangda ko‘rinadi.
Molekulyar sochilish toza va quruq havoga tegishlidir.
Atmosferada har doim quyosh radiatsiyasini sochadigan aralashma zarrachalar
bor. Agar nurlarni sochadigan zarrachalarning o‘lchami, tushayotgan nurlar to‘lqin
uzunligidan katta bo‘lsa, sochilish jadalligi Reley qonuniga bo‘ysunmaydi.
O‘lchami tushayotgan nurlarning to‘lqin uzunligidan katta zarrachalardan
quyosh radiatsiyasining sochilish jadalligi, molekulyar sochilishdagidan ko‘ra
to‘lqin uzunlikka ancha kam bog‘liq.
Radiusi 10-3 mm dan katta zarrachalardan sochilish, sochilayotgan nurlar to‘lqin
uzunligiga bog‘liq emas, ya’ni bunday zarralar spektrning ko‘rinadigan qismidagi
barcha to‘lqin uzunlikli nurlarni bir xil sochadi. Tuman va bulut zarrachalari o‘lchami
10-3 mm chamasida bo‘lganidan, ulardan ko‘rinadigan nurlarning hammasi birday
sochiladi. SHuning uchun ham tuman va bulut oq rangga ega.
Quyosh radiatsiyasining bulutsiz atmosferada kuchsizlanishi molekulyar hamda
aerozol sochilishlar tufayli ro‘y beradi.
Quyosh botishi oldidan qizarib ko‘rinishini hammamiz kuzatganmiz. Buning
sababini quyidagicha tushuntiriladi. Quyosh ufqqa yaqinlashgan sari, quyosh
nurlarining atmosferada o‘tadigan massalar soni ko‘paya boradi. Quyosh nurlarining
o‘tadigan yo‘li ko‘p bo‘lsa, molekulyar sochilish sababli qisqa to‘lqin uzunlikli
nurlar shunchalik ko‘p sochilib ketadi. Shuning uchun ham yer yuziga yetib kelgan
nurlar oqimi tarkibida uzun to‘lqin uzunlikli, masalan qizil nurlarning ulushi ortib
qoladi. Natijada bizga quyosh botishi oldidan qazarib ko‘rinadi. Ertalab chiqib
kelayotgan quyoshning ham qizarib ko‘rinishi sababi ham yuqoridagicha
tushuntiriladi.
Kechqurun quyosh botgandan keyin yoki ertalab quyosh chiqishi oldidan ro‘y
beradigan g‘ira-shira payt hodisasi ham quyosh radiatsiyasining atmosferada
sochilishi va sochilgan radiatsiya biror qismining yer yuziga tushishi bilan
tushuntiriladi.
Kechqurun quyosh botgandan keyin qorong‘ilik birdaniga boshlanmaydi. Butun
osmon, ayniqsa ufqning quyosh botgan qismi yorug‘ bo‘lib qoladi va vaqt o‘tishi
bilan yorug‘lanish kamaya boradi.
Ertalab quyosh chiqishdan oldin osmon sochilgan radiatsiya hisobiga
yorug‘lanadi. Bunday to‘liqmas qorong‘ilik hodisasini ertalabki yoki kechqurungi
g‘ira-shira payt hodisasi deb yuritiladi.
Demak, g‘ira-shira payt yorug‘dan qorong‘ilikka yoki qorong‘ilikdan
yorug‘likka o‘tishlar orasidagi davrdan iborat.
Quyosh ufqdan pastga tushganidan keyin quyosh nurlari bevosita yer yuziga
tushmaydi. Ufqdan pastga tushayotgan (botayotgan) Quyoshdan tarqalayotgan
to‘g‘ri radiatsiya avval atmosferaning pastki, keyinroq yuqorigi qatlamlariga tushib
qisman yutiladi va qisman sochiladi.
Sochilgan radiatsiyaning bir qismi yer yuziga tushib g‘ira-shira yorug‘lanish
hodisasini vujudga keltiradi.
Quyoshning ufqdan pastga tushishi (yoki botishi) burchagiga qarab g‘ira-shira
paytni quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fuqaro g‘ira-shira payti Quyosh botganidan boshlanib, Quyosh ufqdan 6-8
burchakka botgunicha davom etadi. Bunday g‘ira-shira paytning oxirida ochiq
havoda kitobdagi katta harflarni o‘qish yoki soat raqamlarini ko‘rish qiyin bo‘lgan
darajada qorong‘ilik bo‘ladi. Fuqaro g‘ira-shira paytning oxirida tabiiy yoritilganlik
1 lk (lyuks) gacha kamayadi.
2. Dengiz yoki navigatsiya g‘ira-shira payt Quyosh botgandan boshlanib,
Quyosh ufqdan 12° gacha botgunicha davom etadi.
3. Astronomik g‘ira-shira payt avvalgi Quyosh botgandan bosh-lanib, Quyosh
ufqdan 18° gacha botguncha davom etadi, so‘ngra kechasi (yoki tun) boshlanadi. Bu
davrda osmondagi barcha yulduzlar ko‘rinadigan qorong‘ilik tushadi.
G‘ira-shira paytning muddati (davomiyligi) geografik kenglikka va yil fasllariga
bog‘liq. Joyning geografik kengligi oshgan sari, u yerlarda kuzatiladigan g‘ira-shira
payt davomiyligi ham ortadi. Masalan, ekvatorda fuqaro g‘ira-shira payt 22-23
minutga cho‘zilsa, tropik kengliklarda uning davomiyligi 25-27 minutga etadi.
Geografik kenglik 60° ga etgach kechqurungi (yoki ertalabki) g‘ira-shira
yorug‘lanishi yil davomida 50-105 minut chamasida o‘zgaradi.
Toshkent shahri 41°20’ shimoliy kenglikda joylashganligidan fuqaro g‘ira-shira
paytning davomiyligi 30-38 minutdan ozgina oshiqroq bo‘ladi.
Shunday qilib, shimoliy kengliklarda g‘ira-shira payt kunning yorug‘ davrini tun
hisobiga ancha cho‘zadi. Shuning uchun ham shimoliy kengliklarda g‘ira-shira
yoritilganlik fiziologik ahamiyatga ega deb aytish mumkin.
4. Quyosh radiatsiyasining yorug‘lik ekvivalenti. Yoritilganlikning o‘simliklar
uchun ahamiyati. To‘g‘ri quyosh radiatsiyasi. Sochilgan quyosh radiatsiyasi.
Yig‘indi quyosh radiatsiyasi
Ma’lumki, to‘g‘ri va sochilgan quyosh radiatsiyalari birgalikda yer yuzidagi tabiiy
yoritilganlikni vujudga keltiradi. Kunduzgi yoritilganlikni quyosh radiatsiyasining
to‘lqin uzunliklari =0,38-0,76 mkm orasidagi qismi hosil qiladi.
Quyosh radiatsiyasi yerga tushayotgan quyosh nurlanish oqimini energetik
jihatdan, yoritilganlik esa quyosh nurlanishini fotometrik jihatdan tavsiflaydi.
Quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligi hozirgi vaqt-da Vt/m2 birlikda
o‘lchanishini shu bobning boshida aytganmiz.
Biror yuzaning yoritilganligini esa lk (lyuks) birligida o‘lchanadi.
Yer yuzining yoritilganligi, unga tushuvchi quyosh radiatsiyasiga to‘g‘ri mutanosib.
Biror joyda kunduzi quyosh radiatsiyasi va yer yuzining yoritilganligi o‘zaro to‘g‘ri
mutanosib ravishda o‘zgarib boradi, ya’ni bir joyda tushki paytgacha ularning
qiymatlari oshib borsa, kunning ikkinchi yarmida esa kamaya boradi. Shuning uchun
ularni o‘zaro bog‘lab turadigan yangi kattalikni kiritish lozim yoki aktinometrik
ma’lumotlar asosida yoritilganlikni va aksincha, yoritilganlik qiymatlariga binoan
quyosh radiatsiyasining qiymatlarini topish zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda quyosh
radiatsiyasining yorug‘lik ekvivalenti tushunchasidan foydalaniladi.
Kilolyuks hisobida o‘lchanayotgan tabiiy yoritilganlikning ayni shu vaqtda
kVt/m2 birlikda o‘lchanayotgan quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligi
qiymatiga nisbatini quyosh radiatsiyasining yorug‘lik ekvivalenti deb yuritiladi va
N harfi bilan belgilanadi.
Quyidagi 3.2-jadvalda L.D. Matveev ma’lumotlariga asosan quyoshning ufqdan
balandligi turlicha bo‘lganda to‘g‘ri va yig‘indi quyosh radiatsiyalari uchun
yorug‘lik ekvivalentlarining qiymatlari keltirilgan.
3.2-jadval.
To‘g‘ri va yig‘indi quyosh radiatsiyalarining yorug‘lik ekvivalentlari
(klk∙m2/kVt larda)
Quyosh balandligi
Radiatsiya
to‘g‘ri
yig‘indi
10-20
75
92
21-30
85
96
31-40
92
98
41-50
96
100
51-75
100
102
3.2-jadvaldan ko‘rinadiki, quyosh balandligi 40° dan oshgandan keyin yorug‘lik
ekvivalentining qiymatlari kam o‘zgaradi.
Bulutlik 0-6 ball bo‘lganda quyoshning barcha balandliklari uchun sochilgan
radiatsiyaning yorug‘lik ekvivalentini 117 klk∙m2/kVt, bulutlik 7-10 ball bo‘lganda esa
103 klk∙m2/kVt qiymatlarini olish kerak.
Quyosh radiatsiyasi yorug‘lik ekvivalentining bu qiymatlari odatda gorizontal
sirtlarning yoritilganligini hisoblashdagina qo‘llaniladi.
Toshkent shahri hududi uchun tabiiy yoritilganlikning maksimal qiymati iyun
oyiga (bu davrda uning maksimal qiymati 105 lk ga yaqinlashadi), minimal qiymati
esa dekabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Quyosh yorug‘ligi - o‘simliklar dunyosi uchun asosiy hayot omillaridan biridir.
O‘simliklar quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligi, spektral tarkibi
o‘zgarishiga va yorug‘lik kuni uzunligiga juda ta’sirchan bo‘ladilar. Yoritilganlik
jadalligining o‘simliklar hayot faoliyatidagi roliga ba’zi misollar keltiramiz: tajribalar
yorug‘lik ta’sirida turli ekinlar bargida fotosintez boshlanishining minimal qiymatlari
turli o‘simliklar uchun har xil bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan, o‘ta sust o‘sish, gullash
va hosil to‘plash davrida bodring o‘simligi uchun minimal yoritilganlik 2400 lk,
pomidor o‘simligi uchun 4000 lk, no‘xat uchun 1100 lk ga teng bo‘lishi lozim.
Shuningdek, fotosintezning jadal borishi uchun yoritilganlik qiymatlari ham turli
o‘simliklar uchun har xil bo‘ladi.
Shunday qilib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun
agrotexnika talablariga to‘la javob berish bilan bir qatorda dalalardagi ekin to‘plari
qalinligini to‘g‘ri tanlab, o‘simliklar orasida yorug‘lik rejimini yaxshilash talablariga
ham ahamiyat berish lozim.
Yer sirtidagi biror yuzaga tushadigan quyosh nurlanish energiyasining oz yoki
ko‘pligini aniqlashda quyosh radiatsiyasining vujudga keltirgan energetik yoritilganligi
tushunchasidan foydalaniladi.
Quyosh nurlariga tik joylashgan birlik yuzaga vaqt birligida tushuvchi to‘g‘ri
radiatsiya miqdoriga to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining tik yuzadagi energetik
yoritilganligi deb aytiladi.
To‘g‘ri radiatsiyaning quyosh nurlariga tik qo‘yilgan yuzadagi energetik
yoritilganligini S, quyosh zenitda bo‘lmaganida to‘g‘ri radiatsiyaning gorizontal
yuzadagi energetik yoritilganligini S1 harflari bilan belgilaylik.
Quyoshning ufqdan hisoblanadigan balandligi ho deb olaylik.
(3.4-rasm)
U holda S va S1 orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi:
0
'
sinh
S
S
.
(3.5)
Bu (3.5) ifodadan ko‘rinadiki, ho=90° bo‘lgandagina S1 = S ga teng bo‘ladi, ho ning
boshqa qiymatlarida esa har doim S1 < S munosabat saqlanadi.
To‘g‘ri radiatsiyaning energetik yoritilganligi Quyoshning ufqdan balandligiga,
atmosfera tiniqligiga bog‘liq va kuzatish joyining dengiz sathidan balandligi oshishi
bilan ortadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tekisliklarda havo ochiq kunlari tushki
soatlarda S ning qiymatlari 0,80-0,94 kVt/m2 chegarada o‘zgaradi. Yer yuzidan
balandlik oshgan sari ham S ning qiymatlari orta boradi. Masalan, baland tog‘lik
joydagi Qizilcha meteorologik stansiyasida S ning ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlari
3.4-расм. Тўғри қуёш
радиациясининг қуёш
нурларига тик қўйилган
юзадаги (S) ва горизонтал
юзадаги (S1) энергетик
ёритилганликлари