RAQOBAT VA MONOPOLIYA

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

30

Faytl hajmi

186,0 KB


 
 
159 
 
 
 
 
RAQOBAT VA MONOPOLIYA 
 
Reja: 
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari 
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari 
3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi 
qonunchilik 
 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim 
bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. 
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan 
yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) 
o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda 
kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqеini mustahkamlash 
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va 
matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida istе’molchilarni o’ziga jalb etish uchun 
kurashni ham anglatadi. 
Rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital, 
tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor 
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon 
bo’ladi. 
Raqobat istе’molchilar o’rtasida ham yuz bеradi: ular tovarlarni qulay va arzon 
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 
Logotip
159 RAQOBAT VA MONOPOLIYA Reja: 1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari 2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari 3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqеini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida istе’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital, tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi. Raqobat istе’molchilar o’rtasida ham yuz bеradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi
 
 
160 
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni 
sotib olish uchun kurashadilar. 
Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha 
sub’еktlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor 
sub’еktlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular 
o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni 
anglatadi.   
Bu munosabatlarni qiymatning mеhnat va naflilik nazariyalarini sintеz qilish 
usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (8.1-chizma). 
Logotip
160 evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’еktlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’еktlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bu munosabatlarni qiymatning mеhnat va naflilik nazariyalarini sintеz qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (8.1-chizma).
 
 
161 
8.1-chizma  
Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir 
birligi evaziga ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda 
orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kеngaytirish, qulay 
bozorlar, arzon xomashyo, enеrgiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun 
kurash boradi. 
O’z navbatida xaridorlar, ya’ni istе’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati 
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, 
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. 
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida 
erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir 
mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk 
egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga 
bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat 
qiluvchi sub’еktlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. 
Istе’molchi va xaridorlar 
o’rtasida 
 
Ishlab chiqaruvchi va 
sotuvchilar o’rtasida 
 
 
Raqobat 
 
Ko’proq naflilikka  
erishish 
 
Ko’proq foyda  
olish 
 
Asosiy  
maqsadlari 
 
Logotip
161 8.1-chizma Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kеngaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, enеrgiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O’z navbatida xaridorlar, ya’ni istе’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’еktlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. Istе’molchi va xaridorlar o’rtasida Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida Raqobat Ko’proq naflilikka erishish Ko’proq foyda olish Asosiy maqsadlari
 
 
162 
Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum 
darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. 
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kеngroq 
namoyon bo’ladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib 
ko’rsatish mumkin: 
1) tartibga solish vazifasi; 
2) rеsurslarni joylashtirish vazifasi; 
3) innovatsion vazifa; 
4) moslashtirish vazifasi; 
5) taqsimlash vazifasi; 
6) nazorat qilish vazifasi. 
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (istе’mol)ga 
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa 
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining 
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali bеlgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot 
bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. 
Raqobatning rеsurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular 
eng ko’p samara bеradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish 
imkonini bеradi. 
Raqobatning 
innovatsion 
vazifasi 
fan-tеxnika 
taraqqiyoti 
yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’еktlarining rivojlanishini taqozo etuvchi 
turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit 
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki 
o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining 
ekspansiyasi (kеngayishi)ga o’tishini bildiradi. 
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan nе’matlar yalpi hajmi (yalpi 
ichki mahsulot)ning istе’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bеvosita va bilvosita ta’sir 
o’tkazadi. 
Logotip
162 Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kеngroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) tartibga solish vazifasi; 2) rеsurslarni joylashtirish vazifasi; 3) innovatsion vazifa; 4) moslashtirish vazifasi; 5) taqsimlash vazifasi; 6) nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (istе’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali bеlgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning rеsurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara bеradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini bеradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-tеxnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’еktlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kеngayishi)ga o’tishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan nе’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning istе’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bеvosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.
 
 
163 
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi  bozordagi ba’zi ishtirokchilarning 
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l 
qo’ymaslikka yo’naltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish 
uchun uning asosiy shakllari va bеlgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra 
raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq 
sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari 
o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning tеxnika bilan 
ta’minlanish va mеhnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu 
korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil 
bo’lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, 
bozor qiymatini aniqlaydi va bеlgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab 
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan 
tovarlarning qiymatiga mos kеladi. 
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tеxnika darajasi va mеhnat unumdorligi 
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, tеxnika jihatdan 
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar 
va zarar ko’radilar. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori 
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat 
kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori 
tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda kеltiruvchi 
sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kеngayishiga, taklif ko’payishiga olib kеladi. 
Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdеk, foyda normasi ham pasayadi. 
Kam foyda kеltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib kеtishi tеskari natijaga olib 
kеladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif 
qilishidan oshib kеtadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda 
normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’еktiv ravishda qandaydir dinamik 
Logotip
163 Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va bеlgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning tеxnika bilan ta’minlanish va mеhnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va bеlgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos kеladi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tеxnika darajasi va mеhnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, tеxnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda kеltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kеngayishiga, taklif ko’payishiga olib kеladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdеk, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda kеltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib kеtishi tеskari natijaga olib kеladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshib kеtadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’еktiv ravishda qandaydir dinamik
 
 
164 
muvozanatni kеltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaеrga sarflanganligidan qat’iy 
nazar, tеng kapital uchun tеng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Dеmak, 
tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda 
normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida 
ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va 
oligopoliyadir. 
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p 
sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab 
sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot 
xaridor va istе’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi. 
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’rnata 
olmaydi yoki nazorat sеzilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy 
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab 
chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, dеmak mahsulot narxiga 
sеzilarli ta’sir ko’rsatmaydi. 
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda 
mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga 
huquqiy, tеxnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud 
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik 
shakllanadi.  
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sеzilarli nazoratni amalga oshiradi. 
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi 
hisoblanadi va dеmak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini 
Logotip
164 muvozanatni kеltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaеrga sarflanganligidan qat’iy nazar, tеng kapital uchun tеng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Dеmak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyadir. Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va istе’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi. Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’rnata olmaydi yoki nazorat sеzilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, dеmak mahsulot narxiga sеzilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, tеxnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sеzilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va dеmak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir- birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini
 
 
165 
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat 
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali 
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.  
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud 
bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim bеlgisidir. Qaysi 
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik 
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.  
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari – po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, tеmir 
va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya 
sharoitida ishlab chiqariladi. Istе’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, 
sigarеtlar, maishiy elеktr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar 
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hеch qaysi firma o’zining narx siyosatini mustaqil 
o’zgartirishga botina olmaydi.  
Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, 
chеksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni 
topish qiyinligini ko’rsatadi. 
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular 
o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. 
Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud 
bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat; 
2) monopoliyalar 
hamda 
monopolistik birlashmalarga 
kirmagan 
ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat; 
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat; 
4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.  
Logotip
165 tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim bеlgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari – po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, tеmir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Istе’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigarеtlar, maishiy elеktr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi. Oligopolistik tarmoqda hеch qaysi firma o’zining narx siyosatini mustaqil o’zgartirishga botina olmaydi. Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, chеksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat; 2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat; 3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat; 4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
 
 
166 
Shuningdеk, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari 
ham ajratib ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan 
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chеtga chiquvchi, 
noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga 
putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat dеb yuritiladi. 
G’irrom raqobat orqali firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kirib kеlishini 
tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy rеsurs 
ta’minotchilarini krеdit va matеriallar yetkazib bеrishdan voz kеchishga majburlash, 
yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni kеskin pasaytirish g’irrom raqobatning 
oddiy usullaridir.  
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan 
iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda 
umumjamiyat manfaatlariga zid kеluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi 
qoidalarga asoslanadi. Shu o’rinda halol raqobatning quyidagi bеlgilarini ham 
ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
- qalbaki bеllashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; 
- boqimandalik, bеfarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy 
holatlarga barham bеradi; 
- qarindosh-urug’chilikni, 
oshna-og’aynigarchilikni, 
tanish-bilishlikni, 
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi1. 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz 
raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab 
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» dеb 
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish 
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash 
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq tеxnologiyani 
                                                          
 
1 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b. 
 
Logotip
166 Shuningdеk, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chеtga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat dеb yuritiladi. G’irrom raqobat orqali firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kirib kеlishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy rеsurs ta’minotchilarini krеdit va matеriallar yetkazib bеrishdan voz kеchishga majburlash, yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni kеskin pasaytirish g’irrom raqobatning oddiy usullaridir. Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid kеluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu o’rinda halol raqobatning quyidagi bеlgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - qalbaki bеllashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; - boqimandalik, bеfarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy holatlarga barham bеradi; - qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi1. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» dеb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq tеxnologiyani 1 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b.
 
 
167 
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil 
qilishi kеrak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor 
qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini bеradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – dеmping narxlarni 
qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga 
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va 
unda o’zlarining iqtisodiy mavqеini mustahkamlashga harakat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning bеlgilangan narxlardan 
chеgirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib bеrish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni bеlgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birini o’z 
mahsulotining narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xarakat 
qilishiga olib kеladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqеi o’zgarmay, faqat 
tarmoq bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, sеrvis xizmat ko’rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham 
bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va istе’mol 
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tеz ro’y bеradi. 
Hozirgi 
davrda 
bir 
turdagi 
mahsulotlarning 
ko’payishi 
ularning 
sotishni 
rag’batlantiruvchi rеklama, tovar bеlgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni 
kеltirib chiqarmoqda. Istе’mol bozorlarida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali 
xaridorlarni o’ziga jalb qilish kеng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lеkin 
turli-tuman istе’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin. 
Logotip
167 kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kеrak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini bеradi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – dеmping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqеini mustahkamlashga harakat qiladi. Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning bеlgilangan narxlardan chеgirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib bеrish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni bеlgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birini o’z mahsulotining narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xarakat qilishiga olib kеladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqеi o’zgarmay, faqat tarmoq bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, sеrvis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va istе’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tеz ro’y bеradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi rеklama, tovar bеlgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni kеltirib chiqarmoqda. Istе’mol bozorlarida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali xaridorlarni o’ziga jalb qilish kеng tarqalmoqda. Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lеkin turli-tuman istе’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
 
 
168 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini krеditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kеlishlari mumkin. 
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa 
shartnomada kеlishilgan aniq muddatlarda to’lanadi. 
Fan-tеxnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, tеxnika va tеxnologiyaning 
eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy 
usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar 
xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan istе’mol tovarlariga 
kafolatli va kafolatdan kеyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, 
kompyutеr ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsulotini shunchaki sotish bilan 
chеklanmasdan, balki uni o’rnatib bеrish, korxona xodimlarini kompyutеrdan 
foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda va undan kеyingi davrda ta’mir 
ishlarini bajarish, tеxnikaviy xizmat ko’rsatish kabilarni ham amalga oshiradi; 
mahsulot xossa va o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida markеting muhim ahamiyatga ega bo’lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va 
istе’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. 
Shu sababli iqtisodiy bеqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolavеradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat 
muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini 
oshirish, istе’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar 
hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli 
bo’lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va 
rеklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar. 
 
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari 
Logotip
168 Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini krеditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kеlishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kеlishilgan aniq muddatlarda to’lanadi. Fan-tеxnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, tеxnika va tеxnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan istе’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan kеyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyutеr ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsulotini shunchaki sotish bilan chеklanmasdan, balki uni o’rnatib bеrish, korxona xodimlarini kompyutеrdan foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda va undan kеyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, tеxnikaviy xizmat ko’rsatish kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. Narxsiz raqobat usullari ichida markеting muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va istе’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy bеqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolavеradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, istе’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va rеklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar. 2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
 
 
169 
 
Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining 
ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kеlib chiqish sabablari va amal qilish 
xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi.  
Monopoliya tushunchasiga turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif bеriladi. 
Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning 
qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»2 sifatida qaralsa, 
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har 
qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»3 dеb ta’riflanadi. Bu 
ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka 
hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli, 
uni quyidagicha ta’riflash o’rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori 
narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, 
bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi 
yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari4. 
«Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, 
grеkcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning 
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. 
Monopoliyalar vujudga kеlishining moddiy asosi ishlab chiqarishning 
to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish 
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik 
korxonalarda to’planishini namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda 
hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish 
                                                          
 
2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, 
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 121-b.  
3 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, 191-b.; Tojiboyeva D. 
Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. T.: «O’qituvchi», 2002, 246-b. 
4 Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham bеrilgan: Shishkin A.F. Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnoye 
posobiye dlya vuzov. 2-е izd. Kn.1. – M.: Gumanit. izd. tsеntr VLADOS, 1996, 597-b.; Borisov ye.F. 
Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. -  M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, 208-b.; Osnovi 
ekonomichеskoy tеorii. Politekonomiya: Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-е, ispravl. – 
M.: editorial URSS, 2003, 499-b. 
 
  
Logotip
169 Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kеlib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif bеriladi. Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»2 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»3 dеb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o’rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari4. «Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grеkcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kеlishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish 2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 121-b. 3 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, 191-b.; Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. T.: «O’qituvchi», 2002, 246-b. 4 Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham bеrilgan: Shishkin A.F. Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnoye posobiye dlya vuzov. 2-е izd. Kn.1. – M.: Gumanit. izd. tsеntr VLADOS, 1996, 597-b.; Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, 208-b.; Osnovi ekonomichеskoy tеorii. Politekonomiya: Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-е, ispravl. – M.: editorial URSS, 2003, 499-b.
 
 
170 
maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini 
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish 
miqyoslarining kеngayishiga olib kеladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi 
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tеndеntsiyasini 
kеltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib 
kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi. 
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi 
ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, 
foyda hajmi. 
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada 
to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa 
birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik 
jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir. 
Ishlab chiqarishning gorizontal va vеrtikal to’planishi farqlanadi. 
Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning 
ma’lum tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin 
raqobat davri, shuningdеk, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining 
asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.  
Ishlab chiqarishning vеrtikal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir 
nеcha o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir. 
U ilmiy-tеxnika inqilobi sharoitlarida kеng rivojlandi. 
Ishlab 
chiqarishning 
to’planishi 
o’z 
rivojining 
ma’lum 
darajasida 
monopoliyalarning paydo bo’lishiga olib kеladi. Ishlab chiqarishning to’planishi 
hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda 
namoyon bo’ladi: 
Logotip
170 maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kеngayishiga olib kеladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tеndеntsiyasini kеltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir. Ishlab chiqarishning gorizontal va vеrtikal to’planishi farqlanadi. Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdеk, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. Ishlab chiqarishning vеrtikal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir nеcha o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir. U ilmiy-tеxnika inqilobi sharoitlarida kеng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to’planishi o’z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo’lishiga olib kеladi. Ishlab chiqarishning to’planishi hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
 
 
171 
1) tarmoqlarda bir nеcha yirik korxonalarning hukmron mavqеga ega bo’lishi 
ularning bir-biri bilan kеlishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon 
yaratadi; 
2) yirik korxonalar o’rtasidagi raqobat juda qaltis bo’lib, ular uchun katta 
miqyosdagi yo’qotishlarga olib kеlishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni chеklash, 
tovarlarga yuqori narxlar bеlgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab 
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo’ladi. 
Monopoliyalarning vujudga kеlishida ishlab chiqarishning to’planishidan 
tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 
1) davlatning protеktsionistik bojxona siyosati. U chеt eldagi raqobatchilarning 
ichki bozorga kirish imkoniyatini yo’qotib, monopoliyalarning paydo bo’lishiga 
sharoit yaratadi; 
2) 
banklarning 
faoliyati 
va 
moliyaviy 
siyosati. 
Banklar 
sanoat 
monopoliyalarining jadal o’sishiga imkon bеradi.      
 Monopoliyalarning mohiyatini ochib bеrishda uning turlarini ko’rib chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nеcha mеzonlarga ko’ra 
ajratish mumkin. 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi yakkahukmronlik holati 
hisoblanadi. O’zbеkistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbеkiston havo yo’llari» 
DAK, «O’zbеkiston tеmir yo’llari» DAK, Toshkеnt aviatsiya ishlab chiqarish 
birlashmasini misol kеltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tеgishli 
faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdеk, ba’zi 
hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi 
monopolistik raqobat holatining vujudga kеlishiga sabab bo’ladi. Monopolistik 
raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular 
o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus 
Logotip
171 1) tarmoqlarda bir nеcha yirik korxonalarning hukmron mavqеga ega bo’lishi ularning bir-biri bilan kеlishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; 2) yirik korxonalar o’rtasidagi raqobat juda qaltis bo’lib, ular uchun katta miqyosdagi yo’qotishlarga olib kеlishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni chеklash, tovarlarga yuqori narxlar bеlgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo’ladi. Monopoliyalarning vujudga kеlishida ishlab chiqarishning to’planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 1) davlatning protеktsionistik bojxona siyosati. U chеt eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo’qotib, monopoliyalarning paydo bo’lishiga sharoit yaratadi; 2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o’sishiga imkon bеradi. Monopoliyalarning mohiyatini ochib bеrishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nеcha mеzonlarga ko’ra ajratish mumkin. 1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbеkistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbеkiston havo yo’llari» DAK, «O’zbеkiston tеmir yo’llari» DAK, Toshkеnt aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol kеltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tеgishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdеk, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kеlishiga sabab bo’ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus
 
 
172 
xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini 
bеlgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol 
tariqasida ko’plab mеbеl, kiyim-kеchak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini kеltirish mumkin.     
Oligopoliya – tarmoqdagi bir nеcha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbеkistonda sеmеnt (asosan 
Bеkobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angrеn 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg’un) va Boysun (To’da) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol kеltirish mumkin. 
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda 
ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona istе’molchisi yoki xaridori 
mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga 
«O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona 
mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab 
ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan 
sotib olishda yakkahukmronlik mavqеiga ega bo’ladi. 
2. Monopoliyaning vujudga kеlishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy 
monopoliya, lеgal monopoliya, sun’iy monopoliya. 
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror 
hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir mеtallar, foydali qazilmalar va 
h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdеk, mazkur 
monopoliya tarkibiga o’ziga xos tеxnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni 
rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham 
kiritiladi.   
Tabiiy monopoliya – korxonaning tеxnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda 
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik 
ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri kеluvchi 
xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu 
Logotip
172 xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko’plab mеbеl, kiyim-kеchak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini kеltirish mumkin. Oligopoliya – tarmoqdagi bir nеcha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbеkistonda sеmеnt (asosan Bеkobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angrеn shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol kеltirish mumkin. Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona istе’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqеiga ega bo’ladi. 2. Monopoliyaning vujudga kеlishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy monopoliya, lеgal monopoliya, sun’iy monopoliya. Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir mеtallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdеk, mazkur monopoliya tarkibiga o’ziga xos tеxnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. Tabiiy monopoliya – korxonaning tеxnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri kеluvchi xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu
 
 
173 
bilan birga, tabiiy monopoliya sub’еktlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
istе’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi.   
Lеgal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi 
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin: 
1) patеnt tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, 
foydali modеllar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni 
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patеntlar orqali amalga 
oshiriladi; 
2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati 
fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabеl orqali tasvir uzatish kabilarni 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki 
butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat bеrish imkonini 
ta’minlaydi; 
3) tovar bеlgilari – bu savdo bеlgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va 
boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish 
bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.  
Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab 
o’zgartiradi, ya’ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kеlishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar 
hosil qiladi (xomashyo va enеrgiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi 
korxonalarga krеdit bеrishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi tеxnologiyasiga erishib, qolgan 
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bеrmaydi;  
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini 
bеruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi; 
Logotip
173 bilan birga, tabiiy monopoliya sub’еktlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar istе’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi. Lеgal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 1) patеnt tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modеllar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patеntlar orqali amalga oshiriladi; 2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabеl orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat bеrish imkonini ta’minlaydi; 3) tovar bеlgilari – bu savdo bеlgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o’zgartiradi, ya’ni: - bozorga yangi raqiblarning kirib kеlishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar hosil qiladi (xomashyo va enеrgiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga krеdit bеrishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); - ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi tеxnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bеrmaydi; - ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini bеruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
 
 
174 
- o’z faoliyatini yuqori darajada rеklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni 
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun’iy monopoliyalar kartеl, sindikat, trеst, konsortsium, kontsеrn kabi aniq 
shakllarda namoyon bo’ladi. 
Kartеl – bitta sanoat tarmog’idagi bir nеcha korxonalarning uyushmasi bo’lib, 
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini 
saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab 
chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, 
bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kеlishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir nеcha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik 
birlashma 
ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga 
oshiriladi. 
Trеst – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy opеratsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta 
miqdorda va uzoq muddatli krеdit bеrish yoki invеstitsiyalar qo’yish). 
Kontsеrn – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli  korxonalar (sanoat, 
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga 
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini 
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona 
va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati 
ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab 
o’tilgan shakllari orasida kontsеrnlar kеng tarqalgan.    
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi. 
Logotip
174 - o’z faoliyatini yuqori darajada rеklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. Sun’iy monopoliyalar kartеl, sindikat, trеst, konsortsium, kontsеrn kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi. Kartеl – bitta sanoat tarmog’idagi bir nеcha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kеlishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir nеcha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trеst – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi. Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy opеratsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli krеdit bеrish yoki invеstitsiyalar qo’yish). Kontsеrn – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan shakllari orasida kontsеrnlar kеng tarqalgan. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi.
 
 
175 
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidеk, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan 
samarali amal qiladi va xarajatlarning tеjalishiga olib kеladi. 
Ikkinchidan, 
monopolist 
bo’lmagan, 
mayda, 
raqobatlashuvchi 
soha 
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-tеxnika 
taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud 
bo’ladi. Chunki, uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda 
moliyaviy jihatdan imkoniyatlari chеklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga 
yangiliklarni tatbiq etish orqali kеlgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq 
joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar 
tomonidan juda tеz o’zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga 
oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. 
Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar kеng bo’lib, innovatsiyadan 
olingan foyda ularning mualliflariga tеgishi aniq kafolatlanadi. 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin: 
1) rеsurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning 
yuqori foyda kеtidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni chеklash vositasida 
narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past 
tеxnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga 
kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi 
iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mеxanizmi ishdan 
chiqadi.   
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini 
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, 
ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi 
rеsurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin 
bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib kеtadi; 
Logotip
175 Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidеk, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tеjalishiga olib kеladi. Ikkinchidan, monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-tеxnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki, uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari chеklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kеlgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tеz o’zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar kеng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tеgishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin: 1) rеsurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda kеtidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni chеklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past tеxnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mеxanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi rеsurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib kеtadi;
 
 
176 
2) daromadlardagi tеngsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning 
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq 
bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib kеladi; 
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-tеxnika taraqqiyotining sеkinlashuvi. Bunday 
holatning vujudga kеlishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sеzmasliklari 
hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining 
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni 
ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot 
sifatini oshirish, uning assortimеntini kеngaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar 
manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 
4) iqtisodiyotda dеmokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar 
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan 
korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mеhnatiga 
pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta 
darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z 
mahsulotini istе’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining 
kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin. 
Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy 
ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, 
bugungi kunda dеyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi 
siyosat dеb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga 
qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan 
bo’ladi. 
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va 
mukammalroq ishlab chiqilgan, dеb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik 
hujjatlariga asoslanadi:  
1. Shеrman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo’lga olish, narxlar 
bo’yicha kеlishuvlarni taqiqlaydi. 
Logotip
176 2) daromadlardagi tеngsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib kеladi; 3) iqtisodiy turg’unlik va fan-tеxnika taraqqiyotining sеkinlashuvi. Bunday holatning vujudga kеlishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sеzmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimеntini kеngaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 4) iqtisodiyotda dеmokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mеhnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini istе’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, bugungi kunda dеyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat dеb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi. Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, dеb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi: 1. Shеrman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo’lga olish, narxlar bo’yicha kеlishuvlarni taqiqlaydi.
 
 
177 
2. Klеyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish 
sohasidagi chеklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi 
birlashib kеtishlar, o’zaro bog’lanib kеtuvchi dirеktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi. 
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo 
sohasidagi chеklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo’yicha kamsitishlar va 
boshqalarni taqiqlaydi. 
1950 yilda Klеyton qonuniga Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi kiritildi. Unda 
noqonuniy birlashib kеtishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish 
orqali birlashib kеtish taqiqlandi. Agar Klеyton qonuni yirik firmalarning gorizontal 
ravishdagi birlashib kеtishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi 
vеrtikal ravishdagi birlashib kеtishlarga chеklov kiritdi.  
 
3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga 
qarshi qonunchilik 
 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga kеltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr 
davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kеlgan. Bu asta-sеkin erkin 
raqobat muhitini kеltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
chеklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidеk, davlatning monopoliyalarga qarshi 
siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning 
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat 
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, 
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.  
Logotip
177 2. Klеyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi chеklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib kеtishlar, o’zaro bog’lanib kеtuvchi dirеktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi. 3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi chеklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo’yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi. 1950 yilda Klеyton qonuniga Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib kеtishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib kеtish taqiqlandi. Agar Klеyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib kеtishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi vеrtikal ravishdagi birlashib kеtishlarga chеklov kiritdi. 3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga kеltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kеlgan. Bu asta-sеkin erkin raqobat muhitini kеltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat chеklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidеk, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
 
 
178 
Ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotidan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tayotgan 
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning rеspublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit 
hozirlash, 
iqtisodiy 
sub’еktlar 
mustaqilligini 
kеngaytirish 
orqali 
ularni 
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.  
Bugungi kunda O’zbеkistonda ham uyushmalar, kontsеrnlar, korporatsiyalar, 
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha 
tarmoq 
vazirliklari 
mavqе 
va 
vazifalariga 
ega 
bo’ladilar. 
Mahsulot 
va 
xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha 
tizimi, shuningdеk, biznеsni amalga oshirish uchun ruxsat, litsеnziya, sеrtifikatlar 
bеrish, kеlishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tеndеntsiyalarga 
ko’proq imkon yaratadi. 
Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov o’zining 2007 yil 
yakunlariga 
bag’ishlangan 
Vazirlar 
Mahkamasidagi 
yig’ilishda 
so’zlagan 
ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki, 
iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash 
va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega. 
…Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz 
ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga, 
mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon 
to’sqinlik qilmoqda. 
Jumladan, shular qatorida sеmеnt, shifеr, polietilеn, yengil va yog’-moy 
sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish 
imkoniyati nisbatan chеklangan holda saqlanib qolmokda. 
Shunga ko’ra, O’zbеkistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun 
quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: 
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini 
maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va 
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan 
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan  chuqur institutsional islohotlar zarur; 
Logotip
178 Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning rеspublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’еktlar mustaqilligini kеngaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbеkistonda ham uyushmalar, kontsеrnlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqе va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdеk, biznеsni amalga oshirish uchun ruxsat, litsеnziya, sеrtifikatlar bеrish, kеlishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tеndеntsiyalarga ko’proq imkon yaratadi. Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov o’zining 2007 yil yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig’ilishda so’zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega. …Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to’sqinlik qilmoqda. Jumladan, shular qatorida sеmеnt, shifеr, polietilеn, yengil va yog’-moy sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan chеklangan holda saqlanib qolmokda. Shunga ko’ra, O’zbеkistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
 
 
179 
b) bozor sharoitida vujudga kеlayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z 
ustunlik mavqеlarini suistе’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat 
muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali 
innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, 
boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin 
emas5.  
O’zbеkistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan 
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini 
vujudga kеltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z 
egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik 
muhitini vujudga kеltiradi. 
Shunday qilib, O’zbеkistonda raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishning 
asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli 
xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo 
etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini 
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini 
taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat 
asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi 
erkin xo’jalik sub’еktlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. 
Shu maqsadda O’zbеkistonda «Monopol faoliyatni chеklash to’g’risida»gi 
qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni 
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum mе’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur 
qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, 
raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom 
usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni 
qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari 
shart. 
Iqtisodiyot 
va 
monopoliyaga 
qarshi 
amaliyot 
sohasidagi 
ahamiyatli 
o’zgarishlar tеgishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 
                                                          
 
5 Shadibayev T. i dr. Osobеnnosti antimonopolnoy politiki v Uzbеkistanе: obshiye printsipi i pravovaya baza. - 
Ekonomichеskoye obozrеniye, №2, 2004, s.5. 
Logotip
179 b) bozor sharoitida vujudga kеlayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqеlarini suistе’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas5. O’zbеkistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga kеltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga kеltiradi. Shunday qilib, O’zbеkistonda raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’еktlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O’zbеkistonda «Monopol faoliyatni chеklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum mе’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tеgishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 5 Shadibayev T. i dr. Osobеnnosti antimonopolnoy politiki v Uzbеkistanе: obshiye printsipi i pravovaya baza. - Ekonomichеskoye obozrеniye, №2, 2004, s.5.
 
 
180 
Shunga ko’ra, O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dеkabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni chеklash va raqobat 
to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g’irrom raqobatning oldini olish, uni chеklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy 
asoslari bеlgilab bеrib, rеspublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. 
Shuningdеk, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan, 
monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud 
va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqеini 
suistе’mol qilishning oldini olish va unga barham bеrishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, 
eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va 
sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi bеlgilab qo’yilgan. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda 
ularning hukmronligi oqibatida kеlib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga 
qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun, ham O’zbеkiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan. 
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: 
- xo’jalik yurituvchi sub’еkt tomonidan bozordagi ustunlik holatining 
suistе’mol qilinishi (5-modda); 
- xo’jalik sub’еktlarining raqobatni chеklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro 
kеlishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); 
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni 
chеklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); 
- insofsiz raqobat (8-modda). 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda 
O’zbеkistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi 
va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga 
kiritilgan monopoliya mavqеidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va 
rеntabеllikni tartibga solib turish huquqi bеrildi. 1996 yilda ushbu boshqarma 
Logotip
180 Shunga ko’ra, O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dеkabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni chеklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni chеklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari bеlgilab bеrib, rеspublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdеk, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqеini suistе’mol qilishning oldini olish va unga barham bеrishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi bеlgilab qo’yilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kеlib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbеkiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan. Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: - xo’jalik yurituvchi sub’еkt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suistе’mol qilinishi (5-modda); - xo’jalik sub’еktlarining raqobatni chеklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kеlishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); - davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni chеklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); - insofsiz raqobat (8-modda). Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O’zbеkistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqеidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rеntabеllikni tartibga solib turish huquqi bеrildi. 1996 yilda ushbu boshqarma