Ratsion xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining ovqatlanishdagi ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
20,5 KB
Ratsion xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining ovqatlanishdagi
ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
Ma’ruza rejasi:
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining predmeta.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanning maqsadi.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanning maqsadi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert
tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu mhammo bilan bog‘liq
murakkab vaziyat yuzaga kelgani bugungi kunda mazkur muommoni jahon
xamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy taxdidlar qatoriga kiritilmoqda.BMTning
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti xamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, xozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni
deyarli xar sakkiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30
foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va
vitaminlar yetishmasligi muommosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar
tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intelektual
rivojlanishiga doir kamchiliklardann aziyat chekmoqda.
Yer yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining
asosiy sababi bo‘lib va bu tafovut, avvalo, oziq- ovqat mahsulotlarini jadal ishlab
chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan mamlakat va xududlarda
chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muxitning ekologik jihatdan buzilishi
xamon davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bulmaydigan
oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi,
jumladan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya,
meloratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan
investesiyalarning yetarli emasligi mazkur mhammoni yanada keskinlashtirmoqda.
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va
pestiqidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qaroriga
urbanizatsiya, ya’ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga
ko‘chishi bilan bog‘liq mhammolar xam qo‘shilmoqda. Natijada oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib
ketmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini “daladan dasturxonga”
sxemasi bo‘yicha iste’molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, xar yili dunyo bo‘yicha qariyb 1,3 milliard
tonna miqdoridagi salham 1 trillion dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud
bo‘ladi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining
markazida inson salomatligi, uning o‘zoq va barahali umr ko‘rishini ta’minlash
masalalari turadi va uning bu vazifalarning nechog‘lik bajarilishi davlatning
iqtisodiyotni tartibga solishi va siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida
ajratilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar munosabatlarni
tartibga solishning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Agrar siyosatda katta e’tibor
faqat qishloq xo‘jaligida emas,balki butun agrobiznesda ishlab chiqarish
faoliyatining eng yuqori pirovard natijalariga, barqaror ishlab chiqarish o‘sish
sur’atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy rivojlantirishga
erishishga qaratiladi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani iqtisodiyotning bozor tamoyillari
asosida rivojlanishida agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi,
jamiyatning har bir a’zosini G‘oyaviy jihatdan yo‘naltirishish, ma’naviy
dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir
ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilish va agrar
siyosatni to‘g‘ri olib bormasdan iqtisodiy samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham “Agrar siyosat va oziq- ovqat xavfsizligi” fani ta’lim dasturiga
kiritilgan.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani agrar sektorda vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini,
ularning namoyon bo‘lish shakllarini va agrar sohada aniq sharoitda ulardan
foydalanish xususiyatlarini xamda agrar siyosatning qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga
ta’siri samarasini va oziq-ovqat xavfsizligi iqtisodiy muommolarini hal etishda,
agrar sektorda ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha muqobil qarorlar qabul
qilishda qo‘llaniladigan usul va vositalarni o‘rganadi.
Fanni o‘rganishdan maqsad - talabalarda agrar siyosat haqida tasavvur
uyg‘otish, olib borilayotgan agrar siyosatlarni o‘zaro solishtira olish ko‘nikmasini
yaratish va mutaxassis xulosasiga ega bo‘lishini ta’minlash, mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashning mohiyati va ahamiyati, oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan agrar siyosat va islohrtlarning asosiy
yo‘nalishlari hamda bosqichlari, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda
davlatning roli va iqtisodiy strategiyasi hamda zamonaviy nazariyalar asosida agrar
va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Mazkur fan bilish, amaliy va G‘oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni bajarib, agrar va
oziq-ovqat sohalari iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish mhammolari
yuzasidan nazariy xulosalar chiqarish va amaliyotda qo‘llash, agrar va oziq-ovqat
sohalarida yalpi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish, zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-
ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berishga
o‘rgatadi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” «Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy
geografiya”, “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligi infratuilmasi”,
«Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va solqqa tortish”, “Qishloq xo‘jaligida
investiqion jarayonlarni boshqarish va biznes-rejalashtirish”, “Ko‘p tarmoqli fermer
xo‘jaliklarini tashkil etish va boshqarish”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlar sifati va
marketingi”, “Qishloq xo‘jaligida menejment”, “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini
tashkil etish” kabi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. “Agrar
siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi
boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiyot nazariyasi hisoblanadi.