RELEF HOSIL QILUVCHI ASOSIY OMILLAR
Kirish
I-bob. Relefni hosil bo’lishida Endogen omillar tasiri
I.1 Litosfera plitalari tektonikasi
I.2 Vulkanizim va zilzila uning relefga tasiri
II-bob. Relefni hosil bo’lishida ekzogen omillar tasiri
I.1 Nurash va relef.
I.2 Shamolning geologik ishi, yerosti va yerusti suvlarining relefga tasiri
Xulosa
Foydalanilga adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Yer yuzasining relefini tubdan o‘zgartiruvchi qudratli tektonik kuchlar
yaratuvchi xususiyatga ega. Bu harakatlar tufayli turli-tuman tektonik strukturalar
vujudga keladi. Tektonik strukturalar esa ma’lum ma’noda foydali qazilma
konlarining yer qa’rida joylashishini nazorat qiladi.
Yer qa’rida magmaning katta chuqurliklarda uzoq vaqt davomida
kristallanib qotishidan vujudga keladigan intruziv yoki uning yer yuzasiga
piroklast matyerial va lava tariqasida quyulishidan hosil bo‘ladigan effuziv
jinslar, shuningdek yuqori harorat va bosim ta’sirida metamorfik jinslarning
paydo bo‘lishi yer po‘stining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Ekzogen jarayonlar: nurash, shamol, oqar suvlar, muzlik, dengizlarning
geologik faoliyati tufayli turfa cho‘kindi yotqiziqlar, cho‘kindi ma’danlar va
minyeral xom ashyolar shakllanadi.
Tabiatda kechadigan geologik jarayonlarning rivojlanishi, bir tomondan,
bashariyat uchun katta iqtisodiy zarar va kulfatlar keltirsa, ikkinchi tomondan,
farovon hayot uchun kyerakli bo‘lgan minyeral boyliklarni vujudga keltiradi. Bu
esa yashab turgan zaminda kechadigan geologik jarayonlar rivojlanishidagi
qonuniyatlarni mukammal bilish lozimligini taqozo etadi.
I-bob. Relefni hosil bo’lishida Endogen omillar tasiri
I.1 Litosfyera plitalari tektonikasi
Litosfyera plitalari tektonikasi nazariyasining shakllanish tarixi.
Litosfyera plitalari tektonikasi - litosfyeraning harakati haqidagi zamonaviy
geologik nazariyaga muvofiq yer po‘sti nisbatan yaxlit bloklardan - litosfyera
plitalaridan tuzilgan va ular bir-biriga nisbatan doimiy harakatda bo‘ladi.
Kengayish zonalarida (o‘rtaokean tizmalari va kontinental riftlarda) spreding
tufayli (inglizcha seafloor spreading - dengiz tubining kengayishi) yangi okean
po‘sti hosil bo‘ladi, eskisi subduksiya zonalarida yutiladi. Bu nazariya ko‘pchiligi
litosfyera plitalari chegaralarida joylashgan zilzilalar, vulkanizm va tog‘ hosil
bo‘lish jarayonlarini tushuntirib byeradi.
Ilk bor yer po‘sti bloklarining harakati haqidagi g‘oya Alfred Vegenyer
tomonidan 1920-inchi yillari taklif etilgan kontinentlar dreyfi nazariyasida
yoritilgan.
1-rasm. Qizil dengiz riftining rivojlanishi.
Bu nazariya dast-lab olimlar tomo-nidan qabul qi-linmagan. Yerning qattiq po‘sti
harakati haqidagi g‘oya - mobilizm 1960-yillari okean tubining relefi va geo-
logiyasini o‘rga-nish natijasida okean po‘stining kengayishi (spreding) va bu
po‘stlar bloklarining biri ikkinchisining tagiga kirib ketishi (subduksiya)
jarayonlari haqidagi olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlandi. Matyeriklar dreyfi
haqidagi gipoteza keyinchalik litosfyera plitalari tektonikasi nazariyasi
darajasigacha ko‘tarildi va u endi Yer haqidagi fanlarda umumiy qabul qilingan
konsepsiya bo‘lib qoldi.
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D0%BE
%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D0%B8%
D1%87%D0%B5%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F_%D
0%BE%D0%B1%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0
%BE%D0%B2%D0%BA%D0%B0"
\o
"Геодинамическая
обстановка" geodinamik vaziyatlar tushunchasi - litosfyera plitalari bilan
muayyan munosabatda bo‘lgan xaraktyerli geologik strukturalar muhim
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D1%80
%
D
0
%
B
C
%
D
0
%
jamiyatining majlisida matyeriklar dreyfi to‘g‘risida ma’ruza qilgan. Ushbu
sharqiy sohillari ko‘rinishining o‘zaro mos kelishi bo‘lgan. Agar yagona
matyerikning parchalanishidan hosil bo‘lgan bu kontinentlarni o‘zaro
okeanining har ikkala tomonida joylashgan kontinentlar qachondir Pangey
supyerkontinentining tarkibida bo‘lgan.
dalillarni ham qidirgan. Buning uchun u har ikkala kontinent sohillarining
geologiyasini ham o‘rgangan va sohillar tutashtirilganidagidek mos keluvchi
ko‘pchilik murakkab geologik majmualarni topgan. Ushbu nazariyaning isboti
bo‘lib paleoiqlimiy qayta tiklash, paleontologik va biogeografik argumentlar
oldinga chiqdi. Ko‘plab hayvonlar va o‘simliklar Atlantika okeanining har ikkala
tomonlari bo‘ylab chegaralangan hududlarda tarqalgan bo‘lib chiqdi. Ular bir-
biriga juda o‘xshash, ammo minglab kilometrli okean suvi bilan ajratilgan.
Ularning okean akvatoriyasi orqali o‘tganligini tasavvur qilib ham bo‘lmaydi.
1915 yilda Alfred Vegenyer kontinentlar dreyfi haqidagi gipotezasini chop
ettirgan. Vegenyerning gipotezasi chop etilganda butun geologlar jamiyati uning
ustidan kulishgan. Ammo 50 yil o‘tib geologlarning ko‘pchiligi Vegenyer
gipotezasidagi asosiy holatlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishgan.
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/1922_%D0%B3%D0%BE%D0
%
B
4
"
\
o
"
1
%D0%BB%D0%B8%D0%B2%D0%BD%D1%8B%D0%B5_
%D1%81%D0%B8%D0%BB%D1%8B"
\o
"Приливные
силы" priliv oqimlar va boshqa sabablar taxmin qilingan. Ammo oddiy hisob-
kitoblar shuni ko‘rsatdiki, ularning barchasi birgalikda ulkan kontinental bloklarni
s
u
r
i
s
h
u
c
h
u
n
e
t
a
r
l
i
b
o
‘
v
a
k
o
n
t
i
n
e
n
t
l
a
r
n
i
n
g
g
o
r
i
z
o
tektonikasi nazariyasi ham kontinentlar dreyfini tasdiqlaydi. Ikkita okean plitalari
yoki okean va kontinental plitalari o‘zaro yaqinlashayotganda subduksiya zonasi
shakllanadi – okean plitasi kontinental plita ostiga sho‘ng‘ib, yo‘qolib ketadi.
1960-inchi yillarning boshlarida Dunyo okeani tubi relefining xaritasi
tuziladi. Unda okeanlarning o‘rtasida cho‘kindilar bilan qoplangan abissal
tekisliklarga nisbatan 1,5-2 km baland ko‘tarilgan o‘rtaokean tizmalarining
joylashganligi ko‘rsatilgan (qarang: 157-rasm). Bu ma’lumotlar R. Dits va Garri
b
o
‘
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D0%BD
%
D
1
%
8
2
%
D
0
%
B
8
H
Y
P
E
R
L
I
N
K
- Yerning ustki qattiq qismi mo‘rt litosfyeraga va plastik astenosfyeraga
bo‘linadi. Astenosfyeradagi konveksiya - litosfyera plitalari 11harakatining bosh
sababchisi.
- Litosfyera 8 ta yirik, o‘nlab o‘rtacha o‘lchamdagi va ko‘plab mayda
plitalarga bo‘linadi. Mayda litosfyera plitalari yiriklarining orasidagi qambarlarda
joylashgan. Seysmik, tektonik va magmatik faollik litosfyera plitalari orasidagi
chegaralarda kuzatiladi.
- Litosfyera plitalari birinchi qarashda qattiq jism kabi ko‘rinadi, ammo
ularning harakati Eylyerning aylanish teoremasiga bo‘ysinadi.
- Litosfyera plitalarining nisbatan surilishi uch turda amalga oshadi:
a) rifting va spreding orqali ifodalangan ajralish (divyergensiya);
b) subduksiya va kolliziya orqali ifodalangan tutashish (konvyergensiya);
v) transformali yer yoriqlari bo‘ylab siljish.
- Okeanlardagi spreding ularning chekkalaridagi subduksiya va kolliziya
bilan kompensatsiyalanadi, bunda Yerning radiusi va hajmi o‘zgarmasdan qoladi.
Yer o‘lchamlarining doimiyligi davriy ravishda rad etilib kelingan, ammo yerning
sezilarli o‘zgarishini tasdiqlovchi dalillar etishmaydi.
- Litosfyera plitalarining surilishi astenosfyeradagi konvektiv oqimlar
yordamida amalga oshadi.
Yer po‘stining batamom o‘xshash bo‘lmagan ikki turi - kontinental po‘stloq
(ancha qari) va okean po‘stloq (200 million yildan ortiq emas) mavjud. Ba’zi
litosfyera plitalari faqat okean turidagi po‘stdan (masalan - ulkan Tinchokean
litosfyera plitasi), boshqalari esa okean po‘stiga payvandlanib qolgan kontinental
po‘stning bloklaridan iborat.
Yer yuzasining 90% dan ortiqirog‘ini 8 ta ulkan litosfyera plitalari tashkil
etadi
Avstraliya plitasi
Antarktida plitasi
Afrika plitasi
Evrosiyo plitasi
Hindixitoy plitasi
Tinchokean plitasi
SHimoliy Amyerika plitasi
Janubiy Amyerika plitasi
O‘rtacha o‘lchamdagi litosfyera plitalariga misol qilib Arabiston
yarimoroli, Arabiston subkontinenti, Kokos va Xuan de Fuka, Karib, Filippin,
Naska kabi litosfyera plitalarini ko‘rsatish mumkin.
Litosfyera plitalarini siljituvchi kuchlar. Hozir litosfyera plitalarining
gorizontal harakatlari mantiyaning issiqlik-gravitatsion oqimlari - konveksiya
tufayli sodir bo‘lishiga shubha yo‘q. Bu oqimlar enyergiyasining manbai bo‘lib,
Yerning markaziy qismlari va yuzasidagi haroratlar farqi hisoblanadi. Yer
yadrosidagi harorat juda yuqori, taxminan 5000 S deb baholanadi.
Konvektiv oqimlar yopiq zanjir shakliga ega bo‘ladi. Uni oddiy tajribada
tekshirib ko‘rish mumkin. Bunga o‘quvchi kastryulkadagi suvni gaz gorelkasida
qizdirish yo‘li bilan ishonch hosil qilishi mumkin. Idish tubidagi haroratning
oshishi bilan suv qalinligida harorat gradienti va yuqoriga harakatlanuvchi issiqliq
oqimi yuzaga keladi. Qizigan suv balandga ko‘tarila boshlaydi, yuzasi bo‘ylab
yoyiladi va, sovushi tufayli, idishning devori bo‘ylab pastga tushadi. Bu holda
suyuqlikning barcha qatlamlari konveksiyaga jalb etiladi. Hosil bo‘lgan
konveksiya tartibli va bir yarusli bo‘ladi. Agar bir qancha gorelkadan foydalanilsa
konveksiya tartibsiz holga keladi. Ammo har ikki holda ham suvning butun
qatlami konveksiyaga jalb qilingan, konveksiyaning o‘zi esa bir yarusli bo‘ladi.
Boshqa tajribada o‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarning ikki qatlamli (suv,
moy) modelidan foydalanamiz. Uni qizdirish jarayonida konveksiyaning ikki
sathi vujudga keladi va ularning har birida mustaqil zanjirlar hosil bo‘ladi. Bu
holda konveksiya ikki sathli yoki ikki yarusli hisoblanadi.
Yer mantiyasida ham, suyuqliklar bilan o‘tkazilgan tajribadagi singari,
konvektiv oqimlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon juda murakkab bo‘lib, ko‘p
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Enyergiya genyeratsiyasining turli sathlarda va turli
jadallikda kechishi, jinslarning yuqori qovushoqligi, mantiya va po‘stloqning
qatlamlarga ajralganligi va latyeral bir jinsli emasligi shular jumlasidandir. Ular
tog‘ jinslarining turli petrokimyoviy tarkibi, zichligi va qizdirilganligi bilan
bog‘liq.
Qovushoq mantiya moddasining harakatga keltiruvchi kuchi konvektiv
oqimning pastki va ustki qismlarida zichlikning o‘zgachaligidan kelib chiqadi.
Zichlik mantiya oqimining ko‘tarilgan qismida past bo‘lib, oqimning
cho‘kadigan joyi tomon yaqinlashgan sari ortib boradi. Yer po‘stining
cho‘kayotgan oqim ustidagi og‘irlik kuchi shunday yuqoriki, vaqti-vaqti bilan
po‘stning mustahkamligidan oshib ketadi (eng past mustahkamlik va eng yuqori
kuchlanish joylari), ya’ni po‘stning noelastik (plastik, mo‘rt) deformatsiyasi -
zilzila vujudga keladi. Bunda po‘stning deformatsiyalanuvchi joylaridan butun bir
tog‘ tizmalari, masalan, Himolay siqib chiqariladi. Plastik (mo‘rt) deformatsiya
juda tez (zilzila vaqtida po‘stning surilish tezligida) susayadi, zilzila o‘chog‘i
markazida va uning atrofida kuchlanish kamayadi.
SHunday qilib, litosfyera plitalarining harakati – Yerning markaziy
qismidan juda qovushoq magma bilan issiqlik olib kelinishi oqibati hisoblanadi.
Bunda issiqlik enyergiyasining bir qismi ishqalish kuchini engib o‘tish uchun
mexanik ishga aylanadi, bir qismi esa, yer po‘stidan o‘tayotganda, atrofdagi
bo‘shliqqa tarqab ketadi. Demak, bizning sayyora ma’lum ma’noda issiqliq
dvigateli ham sanaladi.
Yer qa’ridagi harorat to‘g‘risida bir necha gipotezalar mavjud. XX asrning
boshlarida bu issiqlik enyergiyasining radiofaol tabiati to‘g‘risidagi gipoteza
ommaviy bo‘lgan. Birinchi ko‘rinishda u yer po‘stida uran, kaliy va boshqa
radioaktiv elementlarning ancha yuqori konsentratsiyasi bilan tasdiqlangan,
ammo keyinchalik yer po‘sti jinslaridagi radioaktiv elementlarning miqdori
kuzatiladigan issiqliq oqimini ta’minlash uchun mutlaqo etarli emasligi aniqlandi.
Po‘stosti moddasidagi (tarkibi bo‘yicha okean tubi bazaltlariga yaqin) radioaktiv
elementlarning miqdori juda ham kam. Ammo bu sayyoraning markaziy qismida
issiqlik ajratib chiqaruvchi og‘ir elementlarning ancha yuqori miqdorini istisno
qilmaydi.
Ikkinchi model - qizishni Yerning kimyoviy diffyerensiatsiyasi orqali
tushuntiradi. Dastlab sayyora silikatli va metalli moddalarning aralashmasidan
tarkib topgan. Ammo sayyoraning hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda uning muayyan
qobiqlarga diffyerensiatsiyalanishi boshlangan. Ancha zich metalli qismi
sayyoraning markaziga qarab harakatlangan, silikatlar esa ustki qobiqlarda
to‘plangan. Bunda tizimning potensial enyergiyasi kamayib borgan va issiqliq
enyergiyasiga aylangan. Boshqa tadqiqotchilar esa sayyoraning qizishi
meteoritlarning zarbasi ta’siridagi akkretsiya tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin
qilishgan.
Ikkinchi darajali kuchlar. Issiqlik konveksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi
qovushoq ishqalanish kuchi litosfyera plitalarining harakatida belgilovchi
ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo undan tashqari litosfyera plitalariga boshqa,
uncha katta bo‘lmagan, biroq muhim kuchlar ham ta’sir qiladi. Bu og‘irroq
mantiya yuzasida engilroq po‘stning suzishini ta’minlovchi Arximed kuchidir. Oy
va Quyoshning gravitatsion ta’siri tufayli vujudga keluvchi priliv oqimlari ham
shunday ahamiyatga ega. SHu jumladan yer yuzasining turli joylarida atmosfyera
bosimining o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladigan kuchlar ham mavjud. Atmosfyera
bosimining 3% ga o‘zgarishi 0.3 m qalinlikdagi yaxlit suv qatlamining bosimiga
teng. Bunday o‘zgarishlar kengligi yuzlab kilometrlarga boruvchi zonalarda
kechishi mumkin.
Yer po‘stining strukturalari
Kontinentlarning to‘qnashuvi. Kontinental litosfyera plitalarining
to‘qnashuvi po‘stning burmalanishiga va tog‘ tizmalarining paydo bo‘lishiga olib
keladi. Bu jarayon kolliziya deyiladi. Bunday kolliziyaga misol qilib Tetis
okeanining yopilishi hamda Evrosiyo plitasining Hindiston va Afrika plitalari
bilan to‘qnashuvi tufayli vujudga kelgan Alp-Himolay tog‘ qambarini ko‘rsatish
mumkin. Bunda yer po‘stining qalinligi ancha oshgan, Himolay tog‘i ostida u 70
km ga boradi. Qalinligi keskin oshgan po‘stda metamorflashgan cho‘kindi va
magmatik jinslardan granit tarkibli magma hosil bo‘ladi. Masalan, Angar-Vitim
va Zyerendi singari ulkan batolitlar shunday hosil bo‘lgan.
Divyergent chegaralar. Bu chegaralar qarama-qarshi yo‘nalishlarda
harakatlanuvchi litosfyera plitalari orasidagi sarhaddir. Yer relefidagi bu
chegaralar riftlar orqali ifodalangan, ularda cho‘zilish deformatsiyasi ustuvorlikka
ega, po‘stning qalinligi minimal, issiqlik oqimi maksimal va faol vulkanizm
kechadi. Agar bunday chegara kontinentlarda hosil bo‘lsa, kontinental rift
shakllanadi. U keyinchalik markazida okean rifti bo‘lgan okean havzasiga
aylanishi mumkin. Okean riftlarida spreding natijasida yangi okean po‘sti
shakllanadi.
Konvyergent chegaralar. Litosfyera plitalari to‘qnashuvi sodir bo‘ladigan
chegaralar konvyergent chegaralar deyiladi. Bunda uchta variant bo‘lishi
mumkin:
1.
Kontinental litosfyera plitasining okean plitasi bilan to‘qnashuvi.
Okean po‘sti kontinental po‘stga nisbatan zichroq bo‘lganligi sababli subduksiya
zonasidan kontinentlar ostiga kirib ketadi.
2. Okean litosfyera plitalarining o‘zaro to‘qnashuvi. Bu holda litosfyera
plitalaridan biri ikkinchisining ostiga kirib ketadi va ustida orollar yoyi
shakllanuvchi subduksiya zonasi hosil bo‘ladi.
3. Kontinental litosfyera plitalarining o‘zaro to‘qnashuvi. Bunda
kolliziya, yirik burmali viloyat vujudga keladi. Bunga Himolay tog‘lari misol
bo‘ladi.
Ba’zi hollarda okean po‘stining kontinental po‘st ustiga surilishi - obduksiya
sodir bo‘ladi. SHu jarayonlar tufayli Kipr, YAngi Kaledoniya, Ummon va
boshqalarning ofiolitlari vujudga kelgan.
Subduksiya zonasida okean po‘sti yutilib ketadi va shu tufayli O‘rta okean
tizmasida uning paydo bo‘lishi kompensatsiyalanadi. Po‘st va mantiya orasida
o‘zaro favqulodda murakkab jarayonlar kechadi. Bunda okean po‘sti o‘zi bilan
birga kontinental po‘st bloklarini olib tushishi kuzatiladi. Juda yuqori bosim
ta’sirida hozirgi geologik tadqiqotlarning qiziqarli ob’ektlari hisoblanuvchi
metamorfik majmualar paydo bo‘ladi.
Transformali chegaralar. Litosfyera plitalari parallel yo‘nalishda, ammo
turli tezlikda harakatlanayotgan joylarda transformali yer yoriqlari - okeanlarda
keng va kontinentlarda kam tarqalgan ulkan siljimalar hosil bo‘ladi.
Litosfyeraning butun qalinligini kesib o‘tgan siljimali yer yoriqlari
transformali yer yoriqlari deyiladi. Okeanlarda trans-formali yer yoriqlari
o‘rtaokean tizmalariga (O‘OT) pyerpendikulyar o‘tadi va ularni kengligi o‘rtacha
400 km bo‘lgan segmentlarga parcha-laydi (59-rasm).
Tizmaning
seg-mentlari
orasida
transformali
yer
yorig‘ining
faol
qismi
joylashgan.
Bu joy-larda doim
zilzilalar va tog‘
hosil
bo‘lish
jarayonlari kuzati-
ladi, yer yorig‘ining
atrofida
ko‘plab
tayanch strukturalari – ust-surilmalar, burmalar va grabenlar shaklla-nadi.
Natijada yer yorig‘i zonasida mantiya jinslari ochilib qoladi.
O‘OT segmentlarining har ikkala tomonlari bo‘ylab transformali yer
yoriqlarining passiv qismi joylashgan bo‘ladi. Ularda faol harakatlar kechmaydi,
59-rasm. Tinchokeani plitasidagi transformali yer
yoriqlari.
ammo ular okeanlar tubi relefida uzoqlarga cho‘zilgan o‘rtasi botiq tepaliklar
bilan yaqqol ifodalangan.
Litosfyera plitalari ichidagi jarayonlar. Litosfyera plitalari tektonikasi
nazariyasida dastlab vulkanizm va seysmik hodisalar litosfyera plitalari
chegarasida to‘planadi degan tushuncha mavjud bo‘lgan. Ammo bunday o‘ziga
xos tektonik va magmatik jarayonlar boshqa joylarda ham rivojlanganligi ma’lum
bo‘ldi. Litosfyera plitalari ichidagi jarayonlar orasida ba’zi rayonlarda qaynoq
nuqtalar deb nomlanuvchi uzoq davom etuvchi bazalt magmatizmi hodisasi
alohida o‘rinni egalladi.
Qaynoq nuqtalar. Okeanlar tubida ko‘p sonli vulkan orollari joylashgan.
Ulardan ba’zilari yoshi asta-sekin o‘zgarish tartibida zanjir hosil qilib joylashgan.
Bunga namunaviy misol bo‘lib Gavay suvosti tizmasining vulkanlar qatori
hisoblanadi. U okean sathidan Gavay orollari shaklida chiqib turadi. Gavay
orollaridan 3000 km masofada bu zanjir ozroq shimolga buriladi va shundan
boshlab Impyerator tizmasi nomini oladi. U Aleut orollar yoyi yaqinida
chuqursuvli nov orqali uziladi.
Bunday g‘aroyib strukturani tushuntirish uchun shunday taxmin qilishgan:
Gavay orollari tagida joylashgan qaynoq nuqta – bu qaynoq mantiya oqimi yer
yuzasiga ko‘tariladigan joy bo‘lib, ustida harakatlanuvchi okean po‘stini qayta
yeritadi. Bunday nuqtalar hozirgi kunda yer yuzasida ko‘plab topilgan. Ularni
keltirib chiqargan mantiya oqimlari plyum deb ataladi. Ba’zi hollarda
plyumlarning juda katta chuqurliklardan, hatto, yadro - mantiya chegarasidan
modda olib chiqishi ehtimol qilinadi.
-rasm. Litosfyera plitalarining harakat tezligi.
Litosfyera plitalari surilishining nisbiy tezligini okean po‘stining yoshi
haqidagi ma’lumotlardan foydalanib ham hisoblab topish mumkin. Tinch
okeanining janubiy qismida o‘rtaokean tizmalari bo‘ylab okean po‘stining yoshi
48 mln yil bo‘lgan 3700 km lik zonasi joylashgan. Bu ikkita litosfyera plitalari 48
mln yil davomida 3700 km masofaga siljiganligini ko‘rsatadi. Demak plitalarning
surilish tezligi yiliga 7,7 sm ni tashkil etadi. Bu ma’lumotlar keyinchalik yuqori
aniqlikdagi asboblar (JPS) bilan ham tasdiqlandi.
Litosfyera plitalarining siljishidagi maksimal nisbiy tezlik Tinch okeanida
qayd etilgan. Tinchokeani va Naska plita-lari bir-biridan yiliga 17 sm tezlikda
uzoqlashmoqda. SHimoliy Amyerika va Evrosiyo plitalarining bir-biridan
uzoqlashish tezligi yiliga 2 sm ni tashkil etadi.
Zilzila haqida umumiy ma’lumotlar
Yerning ichki qismidan sirtiga tomon yo‘nalgan kuchlanish ta’sirida
yer po‘stining ayrim joylarida to‘satdan yer silkinishiga zilzila deyiladi.
Zilzila - tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli hodisalarning biridir.
To‘fonlar, suv bosish, ko‘chkilar singari tabiat hodisalari insoniyatga katta
kulfat keltiradi. Lekin ularning orasida eng dahshatlisi zilziladir. Hech bir
kataklizm zilziladek vayronaga olib kelmaydi va insonlar hayotiga zomin
bo‘lmaydi. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila keltiradigan iqtisodiy zarar
va insonlar orasidagi qurbonlar bo‘yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi
o‘rinni egallaydi.
Har bir odam zilzila nima ekanligini biladi, ammo u nima sababdan kelib
chiqishini bilmaydi. Vulkan otilishi, tog‘larda ko‘chki rivojlanishi, yirik
meteoritning yerga urilishi, yadro bombasi portlashi, foydali qazilmalarni qazib
olish – bularning barchasi zilzilaga sababchi bo‘lishi mumkin. Ammo bunda
litosfyera plitalarining harakati etakchi ahamiyatga ega. Bunday plitalarning
tutashish chegaralarida zilzilalarni keltirib chiqaruvchi tektonik kuchlanish
to‘planadi. Plitalar bir-biridan uzoqlashishi, tutashish chegaralari bo‘ylab qarama-
qarshi yo‘nalishlarda siljishi, bir-birining ustiga surilib chiqishi mumkin. SHu
tufayli yer yuzasida turli ko‘rinishdagi relef shakllanadi. Litosfyera plitalarining
ba’zi joylarida zilzila keltirib chiqaruvchi yer yoriqlarining vujudga kelishi yoki
muayyan qismining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tog‘li relefga ega bo‘lgan mintaqalar eng seysmofaol hududlar
hisoblanadi. Xitoy, YAponiya, CHili, Pyeru, O‘rta Osiyo shular jumlasidandir.
Bu joylarda eng yirik talofatlarga olib kelgan va minglab odamlarning hayotiga
zomin bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lgan. Masalan, XX asrdagi eng kuchli zilzila
1976 yilning 28 iyulida Xitoyda sodir bo‘lgan. Gipotsentri Tiyon-SHon ostida
bo‘lgan bu zilzila 650 mingdan ortiq kishilarning hayotdan ko‘z yumishiga
sababchi bo‘lgan. Ulkan darzliklar butun uylarni, poezdlarni domiga tortib
ketgan, temir yo‘llarni qirqib o‘tgan.
Zilzila hodisasini seysmologiya fani o‘rganadi. Zilzila yer po‘stining
ostki qismidagi, jumladan, mantiyadagi moddalarning saralanish jarayonida
vujudga keladi. Bunda hosil bo‘lgan tebranma to‘lqinli harakatlar zilzila
markazidan atrofga va yer yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Zilzilaning dastlabki
harakatidan keyin ham yer ichida saqlanib qolgan ortiqcha enyergiya
evaziga yer po‘stining ayrim qismlari ma’lum vaqtgacha bot-bot tebranib
turadi. Yer sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o‘tib keluvchi elastik
to‘lqinlarning urilishidan kelib chiqadi.
Agar zilzila markazidan yo‘nal-gan to‘lqin yer sirtiga tik yoki unga yaqin
burchak ostida urilsa, yer ustidagi jismlar yuqoriga ko‘tari-libtushadi. To‘lqin
qiya urilganda esa yer ustidagi jism-lar gorizontal yo‘nalishda suriladi, ba’zan
ular qayiqqa o‘xshab chayqaladi, daraxtlar og‘ib, yana tiklanadi, imorat
bezaklari ko‘chib tushadi.
Zilzilalarni tahlil qilishda zilzila o‘chog‘i, gipotsentr, epitsentr, izoseyst va
boshqa tushunchalardan foydalaniladi (62-rasm).
Zilzila o‘chog‘i – bu yer qa’rida oniy buzilishga uchraydigan tog‘
jinslarining hajmi.
Yer ichidagi zilzila markazi - gipotsentr, uning yer yuzasidagi
proeksiyasi - fokusi epitsentr deb ataladi. Izoseyst – tebranishlar kuchi teng
bo‘lgan chiziq.
Litosfyera va astenosfyeradan tarkib topgan tektonosfyerada bunday
jarayonlar natijasida gipotsentrda mexanik enyergiya hosil bo‘ladi. Bu
enyergiya gipotsentr atrofidagi qatlamlarga elastik to‘lqinlar tarzida yoyiladi.
I.2 Vulkanizim va zilzila uning relefga tasiri
-rasm. Zilzila o‘chog‘ining tuzilish sxemasi.
Endodinamik jarayonlar ichida bevosita kuzatish va tekshirish mumkin
bo‘lganlaridan biri vulkanizmdir. Vulkanizm magmatizm jarayoniniig bir
qismi bo‘lib, bunda yer yuzasiga magma mahsulotlari otilib yoki oqib chiqadi.
Yyer sharidagi eng yirik vulkanlar. Afrikadagi Kilimanjaro - 5895 m,
CHimboraso (Ekvador) - 6267 m, Popokatepet (Meksika) - 5452 m, Klyuchi
Sopkasi (Kamchatka) - 4750 m, Mauna - Loa (Gavayi orollari) - 4166 m (okean
tagidan 10 ming m). Etna (O‘rta dengiz) - 3263 m, Stromboli vulkani (O‘rta yer
dengizi) - 900 m hisoblanadi.
Vulkanizm jarayonini odamlar ibtidoiy tuzumdan boshlab kuzatib
keladilar. O‘tmishda vulkan otilib turadigan o‘lkalarda yashovchi kishilar bu
tabiiy jarayonni ilohiy kuchga bog‘lab kelganlar.
Vulkan harakati tufayli turli yangi reef shakllari hosil bo‘ladi. Ularning
orasida vulkan konuslari asosiy ahamiyatga ega (73-rasm). Daslab magma
o‘chog‘ida vujudga kelgan magma burdalan-gan zonalar yoki yer yoriqlari
bo‘ylab yer sirtiga intiladi.
Vulkan mahsulotlari chiqadigan kanal bo‘g‘iz, uning og‘zidagi doira
shaklidagi pastkamlik kratyer deb ataladi. Ba’zan vulkan apparatlarining yon
tomonlarida yeriqlar paydo bo‘ladi, u yerdan ham vulkan mahsuloti
chiqaboshlaydi. Bu xildagi vulkan parazit vulkan deb ataladi. Ulardan ham ko‘p
miqdorda lava chiqishi mumkin.
Vulkan ildizi, ya’ni uning birlamchi magmatik o‘chog‘i 60-100 km
chuqurlikdagi astenosfyera qatlamida joylashgan bo‘ladi. Yer po‘stining 20-30
km chuqurligida ham ikkilamchi magmatik o‘choq joylashgan bo‘lib, u bo‘g‘iz
orqali vulkanni bevosita oziqlantiradi. Vulkan konusi otilib chiqqan
mahsulotlardan tuzilgan. Konus uchidagi kratyer ba’zan suv bilan to‘ldirilgan
bo‘ladi. Kratyer diametri turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Klyuchevsk
Sopkasiniki 675 m, Pompeyni vayron qilgan Vezuviy vulkaniniki esa 568 m.
Vulkan otili-shdan hosil bo‘lgan relef shakllari xilma - xildir. Masalan,
Maar tipidagi vulkan kratyerining atrofi tuf yoki vulkan kulidan iborat. Vulkan
kratyerining diametri 250 m dan 1 km gacha bo‘lib, uning shakli voron-kaga
o‘xshash, kratyeri ko‘pincha suv bilan to‘lib, ko‘l hosil qiladi.
Vulkan otilganidan so‘ng kratyer emiriladi va tik devorlarga ega bo‘lgan
cho‘kma – kaldyera hosil bo‘ladi. Kaldyeralar gaz va bug‘ning juda ko‘p
to‘planib qolishi natijasida ba’zan juda kuchli portlash evaziga vujudga kelishi
mumkin (74-rasm).
Kaldyeralar aylana shaklda, chetlari asosan tik, ichki devorlari vyertikal
bo‘lishi mumkin. Kaldyeralarning o‘rtasida keyin paydo bo‘lgan yosh konuslari
kuzatiladi.
Ba’zi kaldyeralarning diametri ko‘plab kilometrlarga boradi, masalan,
Alyaskadagi Aniakchan vulkanining kaldyerasi 10 km ni tashkil etadi.
Keyinchalik kaldyeralar suvga to‘lib, yirik ko‘lga aylanadi. Bunday
ko‘llardan biri AQSHdagi Kreytyer (inglizcha Cratyer Lake, Kreytyer ko‘li) ko‘li
hisoblanadi (75-rasm).
Ko‘l Maunt-Mazam vulkanining buzilganidan so‘ng bundan 7700 yil ilgari
hosil bo‘lgan. U kaldyerani qisman to‘ldirgan. O‘lchamlari 8 x 9,6 km, o‘rtacha
73-rasm. Vulkan qurilmasining tuzilishi. 1-birlamchi magma o‘chog‘i; 2-
tektonik yoriq; 3-ikkilamchi magma o‘chog‘i; 4-parazit vulkan; 5-bo‘g‘iz; 6-
kratyer; 7- vulkan konusi.
chuqurligi 350 m. Maksimal chuqurligi 594 m bo‘lib, AQSHdagi ko‘llar orasida
eng chuquri hisoblanadi va dunyoda chuqurligi bo‘yicha ettinchi o‘rinni egallaydi
(Baykal - eng chuqur ko‘l). Kaldyeraning cheti okean sathidan 2130 - 2440 m
balandda joylashgan.
Vulkanizm
Hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha vulkanizm magmatizmning tashqi
effuziv shakli deb nomlanuvchi Yer qa’ridan magma massasining yer yuzasiga
qarab harakatlanish jarayoni hisoblanadi. Sayyoramizning 50 dan 350 km gacha
etadigan chuqurliklarida suyuqlangan modda – magma hosil bo‘ladi. Yer
po‘stining burdalangan va yer yoriqlar zonalari bo‘ylab magma ko‘tarilib chiqadi
va u yer yuzasiga lava shaklida quyuladi. Magma lavadan farqli o‘laroq uchuvchi
komponentlarga ega bo‘ladi. Bu gazlar yer yuzasida bosimning pastligi tufayli
magmadan ajralib chiqib, atmosfyeraga qo‘shilib ketadi. Magma yer yuzasiga
quyulganda vulkanlar hosil bo‘ladi.
Vulkanlar uch turkumga: maydonli, yoriqli va markaziy vulkanlarga
ajratiladi.
Maydonli turkumidagi vulkanlar. Hozirgi vaqtda bunday vulkanlar
uchramaydi yoki ular mavjud emas desa bo‘ladi. Bunday vulkanlar yer po‘sti hali
uncha qalin bo‘lmagan vaqtlarda vujudga kelgan. Bunda juda katta hajmdagi
suyuq lavalar yer yuzasining yirik hududlarini qoplagan. Maydonli vulkanlar
arxey va protyerozoy akronlarida yerning protopo‘sti rivojlanishida katta
ahmiyatga ega bo‘lgan.
Darzlik turkumidagi vulkanlari. Ular yer yuzasiga yirik yer yoriqlari
bo‘ylab otilib chiqadi. Vulkan apparati ochilib qolgan yoriq shaklida bo‘ladi.
Darzliklardan chiqadigan asosli magma - bazalt mahsulotlari suyuq bo‘lib,
yer betiga bir tekisda quyilib, bora - bora qalqonsimon shaklni oladi.
Yerning rivojlanishidagi muayyan bosqichlarida bu vulkanizm turi keng
miqyoslarda sodir bo‘lgan. Natijada yer yuzasiga juda katta miqdorda vulkan
matyeriallari – lavalar oqib chiqqan. Hindistonda bunday maydonlar kengligi
5.105 km2 va o‘rtacha qalinligi 1 dan 3 km gacha boradigan Dekan platosini
tashkil etadi. Ular AQSHning shimoliy-g‘arbida va Sibirda ham mavjud. U
vaqtlarda yer yoriqlaridan quyuladigan bazalt lavalari tarkibida kremnezem
(50%) kam va ikki valentli temirga boy (8-12%) bo‘lgan. Lava harakatchan,
suyuq bo‘lganligi sababli oqib chiqqan joyidan yuzlab kilometr uzoqlarga yoyilib
ketgan. Ba’zi vulkan lavalarining oqimi 5-15 km ni tashkil etgan. AQSHda,
Hindistondagi kabi, ko‘p yillar davomida juda katta qalinlikdagi effuziv jinslar
to‘plangan. Bunday yassi xaraktyerli pog‘onasimon tuzilishga ega bo‘lgan lava
hosilalari platobazaltlar yoki trapplar deb nom olgan.
Hozirgi
vaqtda
darzlik
vulkanizmi
Islandiyada
(Laki
vulkani),
Kamchatkada (Tolbachi vulkani ), YAngi Zelendiyaning bitta orolida rivojlangan.
Islandiya orolidagi eng yirik lava quyulishi uzunligi 30 km ga boruvchi Laki yer
yorig‘i bo‘ylab 1783 yilda sodir bo‘lgan. Bunda ikki oy maboynida yer yuzasiga
lava quyulib turgan. SHu vaqt davomida 12 km3 bazalt lavasi oqib chiqib,
atrofdagi 915 km2 maydonni 170 m qalinlikdagi qatlam bilan qoplagan.
Shunga o‘xshash hodisa 1886 yili YAngi Zelandiya orollaridan birida
kuzatilgan. Ikki soat davomida 30 km masofada diametri bir necha yuz metrni
tashkil qilgan 12 ta kratyerlardan lava otilib chiqib turgan (76-rasm). Vulkan
otilishi portlash va kul chiqish bilan birga kechgan, natijada 10 ming km2 maydon
vulkan mahsulotlari bilan qoplangan, darzlik yoqinida uning qalinligi 75 m ga
etgan. Portlash samarasi darzlikka tutashgan suv havzalaridan bug‘lanish tufayli
kuchaygan. Suv borligi tufayli bunday portlashlar freatik nomini olgan.
Portlashdan so‘ng ko‘l o‘rnida uzunligi 5 km va kengligi 1,5-3 km bo‘lgan
grabensimon botiqlik hosil bo‘lgan.
Markaziy turkumdagi vulkanlar. Bu effuziv magmatizmning eng keng
tarqalgan turkumidir. Markaziy vulkanlar doimo bir kanaldan otilib turadi.
Ular konus shaklida, yonbag‘ri 30 - 40°li qiyalikka ega bo‘ladi (77-rasm).
Markaziy vulkan kratyerlarining diametri ko‘pincha 500 - 2000 m bo‘lib, ba’zan
25 - 75 km gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi.
Hozirgi vaqtda yer sharida rivojlangan harakatdagi va so‘ngan
vulkanlarning ko‘pchiligi markaziy turkumdagi vulkanlardir.
-rasm. Darzlik zonasida joylashgan vulkanlar.
II-bob. Relefni hosil bo’lishida ekzogen omillar tasiri
I.1 Nurash va relef.
Yer po‘stida va uning yuza qismidagi barcha o‘zgarishlarga sababchi
bo‘lgan ikkita qudratli kuch bor. Ularga endogen va ekzogen kuchlar yoki
jarayonlar deb nom byerilgan. Birinchisining harakatga keltiruvchi manbai
Yerning ichki enyergiyasi bo‘lsa, ikkinchisiniki tashqi, asosan - Quyosh
enyergiyasidir.
Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega bo‘lsa, ekzogen kuchlar
barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar Yer yuzasining
barcha notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ularni tekislashga harakat
qiladi.
Ekzogen (yunoncha - exo - tashqi, depon - kelib chiqish, paydo bo‘lish)
jarayonlar Yer yuzasida sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalar bo‘lib, ularni harakatga
keltiruvchi manba quyosh enyergiyasidir. SHuningdek ekzogen jarayonlar
litosfyeraning atmosfyera, gidrosfyera va biosfyeralar bilan o‘zaro ta’siri
natijasida sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan yer
po‘stining yuza qismini o‘zgartiradi.
Barcha ekzogen jarayonlar tog‘ jinslarini emiradi (nurash, yeroziya,
denudatsiya, abraziya, ekzaratsiya), emirilgan jinslarni tashiydi (ko‘chiradi) va
to‘playdi (akkumulyasiya). Ana shu tabiiy hodisalar tufayli yer yuzasining relefini
tekislaydi. Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini ko‘p holatlarda endogen
jarayonlar belgilab byeradi va har ikkalasi qarama-qarshiliklar kurashi va birligi
qonuni asosida namoyon bo‘ladi. Masalan, tog‘lar (vulkanik, tektonik) qanchalar
tez va baland ko‘tarilsa, ularning emirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda yer
po‘stida modda va enyergiya almashinuvi kuzatiladi: tog‘lar emirilib, pasaya
boradi, tekisliklar esa, cho‘kindi jinslar bilan to‘lib, ko‘tarila boshlaydi. Yer
po‘stidagi mavjud muvozanat buzilib, tektonik harakatlar yangidan faollashish
bosqichiga o‘tib, vulkanlar harakatlanishi, dahshatli zilzilalar sodir bo‘lishi
mumkin.
Demak, bu ikkala kuchlar o‘zaro dinamik birlikda rivojlanadi. SHuning
uchun ham geologik - geomorfologik tadqiqot ishlarining uslubiy asosi endogen
va ekzogen kuchlarining o‘zaro nisbatini tahlil qilish hisoblanadi.
Quyosh enyergiyasi va boshqa tashqi kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladigan yer
po‘stining yuza qismidagi barcha tabiiy hodisalarni ekzogen jarayonlar deb
ataladi. Ekzogen jarayonlarni ikkita yirik guruhga: quruqlikdagi va suvli
muhitdagi jarayonlarga ajratish mumkin. Quruklikdagi ekzogen jarayonlarga
nurash, shamol, vaqtincha va doimiy oqar suvlar va muzliklar, suvli
muhitdagilarga dengiz va okean suvlari, ko‘l va botqoqliklar, yerosti suvlarining
faoliyati tegishlidir.
Suv oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar tog‘ jinslarining emirilishi,
yerilgan matyeriallarning tashilishi, daryo, delta yotqiziqlari, umuman yeroziya,
ko‘chirish va to‘plash jarayonlari majmuasidan tashkil topadi.
Ekzogen jarayonlarning vaqt davomida rivojlanishiga asosan uchta
(tektonika, iqlim, antropogen) omillar ta’sir etadi va to‘rtta bosqichdan iborat
bo‘ladi. Birinchi bosqichda ekzogen jarayonlar kuchayadi va unga mos holda
landshaftlarning o‘zgarishi jadallashadi. Ikkinchi bosqichda ekzogen kuchlarning
zaiflasha borishi va landshaftlarning o‘zgarishi o‘rtasida muvozanat yuzaga
keladi. Bu mutanosiblik ma’lum vaqt davom etadi. Uchinchi bosqichda ekzogen
jarayonlarning tobora zaiflashuvi uzoq muddatlarda davom etishi hisobiga
landshaft tiplari yangi sharoitga moslasha boradi. To‘rtinchi bosqichda dinamik
muvozanat holatida rivojlanish muhiti shakllanadi. Bu holat biror kuch ta’sir
etmasa, uzoq geologik vaqt davomida ekzogen jarayonlar bilan landshaft
tiplarining mutonasibligi o‘zgarmaydi.
Quyida ekzogen jarayonlarga tegishli bo‘lgan nurash, shamol, suv, muzlik,
dengiz va okean, ko‘l va botqoqlik, yerosti suvlarining ta’siri, tuproq hosil
qiluvchi jarayonlar haqida ma’lumotlar keltiramiz.
Nurash jarayonlari
CHo‘kindi hosil bo‘lish muhiti ko‘p omilli bo‘lib, unda hududning iqlimi,
relefi va geotektonik rejimi muhim ahamiyatga ega. Ulardan har birining
o‘zgarishi cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni xususiyatlariga keskin ta’sir etadi.
Demak, turli iqlim, relef va geotektonik rejimda nurash jarayoni turlicha kechadi.
Yer yuzasida ochilib yotgan birlamchi tog‘ jinslarining havo, suv va
muzlik, haroratning o‘zgarishi va boshqa tabiiy-kimyoviy hodisalar hamda
organizmlar ta’sirida parchalanishiga nurash deyiladi. U nurash omillariga qarab
fizik, kimyoviy va biologik nurashga bo‘linadi.
Fizik nurash haroratning keskin o‘zgarishi, suv va havo oqimlari,
muzlarning harakati natijasida tog‘ jinslarining mexanik parchalanishi orqali
amalga oshadi.
Tog‘ jinslarini tashkil etuvchi minyerallarning issiqlikdan kengayish
xususiyatlari turlicha bo‘lganligi tufayli ular haroratning keskin sutkalik
o‘zgarishida turli miqdorda kengayadi va torayadi. Bu tog‘ jinslarida dastlab juda
mayda darzliklar rivojlanishiga olib keladi. Darzliklarga suv singib, muzlaydi.
Natijada darzliklar yanada kengayadi. Yirik kristall donali jinslarda
minyerallarning dezintegratsiyasi – donalarning bir-biridan ajralib ketishi sodir
bo‘ladi.
Suv va havo oqimlari, urinma to‘lqinlar ham katta emirish kuchiga ega
bo‘ladi. Suv oqimlarining emiruvchi kuchi relef nishabligiga bevosita bog‘liq
bo‘lsa, urinma to‘lqinlarniki esa shamol enyergiyasi bilan belgilanadi. Quruqlikda
shamol qoyali jinslarni emirib, deflatsiya va korraziyaga uchratadi.Fizik nurash
natijasida tog‘ jinslari va minyerallarning turli o‘lchamdagi mexanik bo‘laklari
hosil bo‘ladi.
O‘z navbatida fizik nurash ikkiga: haroratli va mexanik nurashga bo‘linadi.
Haroratli nurash. Tog‘ jinslarining bir xilda isitilmasligi sababidan sodir
bo‘ladi. Bunda asosan, haroratning sutkalik tebranishi katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Monominyeral tog‘ jinslarining yuza qismi bilan pastki qismi o‘rtasida,
poliminyeral tog‘ jinslarida turli qattiqlik va rangdagi minyerallar o‘rtasida
harorat amplitudasining ta’siridan siqilish va kengayish kuzatiladi. Natijada tog‘
jinsida darzlar paydo bo‘lib, asta-sekin parchalana boradi.
Haroratli nurash keskin kontinental arid iqlimli o‘lkalarda va arktikada
kuchli kechadi.
Mexanik nurash suv va havo oqimlarining kuchi, gravitatsion jarayonlar,
tog‘ jinslarining muzlashi va o‘simliklar tomiri ta’sirida emirilishidan namoyon
bo‘ladi.
SHamollar ta’sirida emirilgan tog‘ jinslarida turli-tuman g‘aroyib shakllar
vujudga keladi.
110- rasm. Suv yeroziyasi tufayli shakllangan dara .www.artphotoclub.com
Suv oqimlari ta’sirida mexanik nurash tufayli jarliklar tizimi, oqim
o‘zanlari, vodiylar rivojlanadi (110-rasm).
Qoyali relefda bu vosita gravitatsiya kuchlari ta’sirida tog‘ jinslarini
mexanik parchalab, turli shakllar va burdalangan matyerial hisobiga kollyuviy
hosil qiladi (111-rasm).
Suv muzlaganda o‘z hajmini 11% ga oshiradi. Natijada tog‘larning qor
chizig‘idan yuqorisida, arktika, subarktika, dengiz qirg‘oqlarida sovuqdan nurash
yuz byeradi. Tog‘larda qurumlar, baland tog‘larning tekis yuzalarida toshloq
sahrolar shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan. Elyuviy, delyuviy, kollyuviy nurash
mahsulotlaridir.
Kimyoviy nurash. Suv, karbonat angidrid, kislorod, organik va anorganik
kislotalar ta’sirida beqaror minyerallarning o‘zgarishiga kimyoviy nurash
deyiladi. Kimyoviy nurash kislotali-ishqorli va oksidlovchi-tiklovchi muhitlarda
amalga oshadi.
- rasm. Gravitatsion nurash.
Havoda karbonat angidridning miqdori 0,03% ga teng. Suvda u o‘nlab va
yuzlab marta ko‘p yerigan bo‘ladi. Karbonat kislota muhitning rN ko‘rsatkichini
pasaytiradi, ya’ni uning nordonligini oshiradi. Nordon suvlar karbonatli
birikmalarni yeritadi va silikat asoslarini siqib chiqaradi.
Karbonat angidridning manbai bo‘lib tirik organizmlarning hayot-faoliyati,
organik qoldiqlar va karbonatli birikmalarning parchalanishi va vulkanizm
jarayonlari hisoblanadi. Karbonat kislotaning miqdori botqoq suvlari va
torfyaniklarda yuqori bo‘ladi.
Kimyoviy nurashda sulfidlarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan sulfat
kislota va organik matyeriallarning chirishi tufayli vujudga kelgan gumin
kislotalari ham katta ahamiyatga molikdir.
Kimyoviy nurash kimyoviy jarayonlarning 5 turini: 1) yerish, 2) gidroliz,
3) ion almashuv, 4) oksidlanish va 5) organik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Nurash jarayonida kaolinit, montmorillonit, illit, xlorit, gematit, gyotit,
gibbsit, byomit, diaspor, amorf kremnezyom, pirolyuzit hosil bo‘lishi mumkin.
- rasm. Tufogen jinslarning kimyoviy nurashi.
Kimyoviy nurash ta’sirida nurash qobig‘i rivojlanadi (5-rasm). Uning
qalinligi bir necha sm dan 100 m gacha boradi. Tropik va subtropiklarda nurash
qobig‘i ancha qalin bo‘ladi (Janubiy Amyerika, Afrika, Avstraliya, Osiyo).
Biologik nurash tabiatda ko‘pincha kimyoviy nurash bilan birga sodir
bo‘ladi. Noorganik moddalarning organik moddalarga aylanishida va unga teskari
jarayonlarda atom migratsiyasi bosh sababchi hisoblanadi. Quruklikni bundan
100 mln. yil avval dastlab o‘simliklar, so‘ngra hayvonlar zabt etgan. Organizmlar
atmosfyeraning 6 km tepaligida, gidrosfyeraning eng chuqur (11022 m) qismida
ham uchraydi. Birinchi navbatda organizmlarning faoliyati nurash jarayonini
kuchaytiradi. Tog‘ jinslarining parchalanishida baktyeriyalar, chuvalchanglar,
kemiruvchilar, o‘simliklar muhim ahamitga ega bo‘lib, elyuviy, delyuviy va
tuproq qatlamining hosil bo‘lishida faol qatnashadi. Qoyatoshli yonbag‘irlarda
o‘sadigan daraxt o‘simliklar siniq jinslarning vujudga kelishida etakchi o‘rinni
egallaydi. O‘simlik va hayvonot olami qoldiqlari ham chirib, kimyoviy nurashni
tezlashtiradi.
Demak
nurash
tog‘
jinslarining
mustahkamligini
zaiflashtiradi,
parchalaydi, tuproq qatlamini, nurash po‘stlog‘ini, zirhli sirtlarni, g‘aroyib relef
shakllarini, sochilma foydali qazilmalarni hosil qilishda ishtirok etadi.
I.2 Shamolning geologik ishi, yerosti va yerusti suvlarining relefga
tasiri
Atmosfyeradagi havo massalarining yer yuzasiga nisbatan harakati shamol
deb ataladi. SHamollar havoning notekis qizishidan hosil bo‘ladi. SHamollar o‘z
yo‘nalishini fasl va sutka davomida o‘zgartirib turadi. Yirik fasliy havo oqimlariga
musson va passat shamollarini ko‘rsatish mumkin. Fasllar almashinishida o‘z
yo‘nalishini o‘zgartirib turuvchi shamollar matyerik ichkarisida ham mavjud
bo‘ladi. Bunday shamollarga Farg‘ona vodiysidan Mirzacho‘lga va qarama-qarshi
yo‘nalishda esadigan Bekobod shamolini misol keltirsa bo‘ladi.
Shamollar juda ko‘p miqdorda cho‘kindi matyeriallarni ko‘chiradi.
Ularning bunday xususiyati, birinchi navbatda, tezligiga bog‘liq. Shamolning
tezligi sekundiga 0,5 dan 30 m gacha borishi va kuchli dovullarda undan ham ortiq
bo‘lishi mumkin. SHamollar esa mayda zarralarni muallaq, qum va graviy
donalarini qisman muallaq va asosan dumalatib bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chiradi. SHamollarning tyerrigen matyeriallarni ko‘chirishi quruq va issiq
iqlimli o‘lkalarda amalga oshadi. CHunki bunday mintaqalarda tuproq
yeroziyasidan saqlovchi o‘simlik qoplamasi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Faol
shamol harakatlari O‘rta Osiyoning Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida, Tarim
o‘lkasida va Sahroi Kabirda kuzatiladi.
Shamol yordamida qum donalarining ko‘chirilishi alevrit va gil
zarralarining ko‘chirilishidan farq qiladi. Qum donalari yer yuzasiga yaqin tor
havo qatlamida harakatlanadi, alevrit va gil zarralari esa havoning baland
qatlamlarida ham muallaq holda uzoq masofalarga ko‘chirib ketiladi.
Shamolning esishi quruq va yumshoq qum qatlami ustida kritik tezlikka
etganda uning yuzasidagi donalar tezlanish bilan dumalay boshlaydi va bir necha
santimetr yo‘l bosgandan so‘ng sakrab, havoda diametridan ko‘p marta ortiq
bo‘lgan masofaga uchadi. Uchgan bunday donalar yer yuzasiga parabolik
traektoriya bilan qaytib tushadi va yana sakraydi. Qum donalarining bunday sakrab
harakat qilishi saltatsiya deyiladi. Alevrit va gil zarralarining ko‘chirilishidan
farqli o‘laroq, qum donalarining saltatsiyasi aniq yuqori chegaraga ega bo‘ladi. U
odatda 1 m ga yaqin balandlikni tashkil etadi. Saltatsiya balandligi yotqiziqlar
yuzasining holatiga bog‘liq. Yuza qancha qattiq bo‘lsa, qum donalari shuncha
yuqori sakraydi va, aksincha, qancha yumshoq bo‘lsa, saltatsiya balandligi
shuncha kichik bo‘ladi. Quruq qum donalarini ko‘chirish uchun lozim bo‘lgan
minimal shamol tezligi 53,7 sm/sek deb qabul qilingan. Qum donalari yyer
yuzasiga qaytib tushgandan so‘ng ularning impulsi boshqa donalarga o‘tishi yoki
o‘zlari dumalashni davom ettirishi mumkin. Yirik donalar shamol yo‘nalishi
bo‘yicha dumalab ko‘chishi mumkin. Markaziy Qizilqumda asfaltlangan
avtomobil yo‘li yuzasida tyerrigen donalarning saltatsiyasi va dumalab ko‘chishini
yaqqol ko‘zatish mumkin.
Suv oqimlarining geologik ishi
Yer yuzasidagi oqar suvlar quruqlik denudatsiyasining eng muhim
omillaridan biri. Suv oqimlari relefning parchalanishiga va matyeriklar
yuzasining pasayishiga olib keladi. Ular atmosfyera yog‘in-sochinlari va
qorlarning yerishi tufayli vujudga keluvchi diffyerensiatsiyalanmagan mayda
jilg‘alardan tortib to azim daryolar tizimigacha bo‘lgan suv oqimlarini o‘z ichiga
oladi.
Yer yuzasi oqim suvlarining geologik ishi suvning massasiga va uning
oqim tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Uning ishi tog‘ jinslarini yuvish, nurash
mahsulotlarini tashish va yotqizishdan iborat. YUza suvlari bajarayotgan barcha
jarayonlar va bunda hosil bo‘lgan yotqiziqlar majmuasi flyuvial (lotinchada
«flyuvios» – daryo, oqim degan ma’noni anglatadi) jinslar deyiladi.
Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko‘chiriladi.
Bunday oqimlar quruqlik oqimlari (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan
(sohilbo‘yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo‘ladi.
Yer osti suvlarining geologik ishi.Yer yuzasidan pastda, tog‘ jinslarining
bo‘shliq va darzliklarida uchraydigan suvlar yerosti suvlari deyiladi. Bunday
suvlar yer qatlamlari orasida ko‘p tarqalgan va xalq xo‘jaligini rivojlantirishda,
aholini, shahar hamda qishloqarni suv bilan ta’minlashda, gidrotexnik va sanoat
inshootlarini qurishda, sug‘orish ishlarida, kurort va sanatoriylar va boshqa
sohalarda muhim ahamiyatga ega.
Yerosti suvlarining geologik ishi g‘oyat xilma - xil. Ular tog‘ jinsilari
orasidagi minyerallarni va karbonatli tog‘ jinslarini yeritadi, qumoq jinslarni
yuvadi va g‘orlarni hosil qiladi..
Yerosti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi.
Ular tog‘ jinslari orasidan ko‘pincha nishab tomonga qarab sizib o‘tadi. Relefning
bunday joylaridan yerosti suvlari buloq yoki sizot suvi tarzida chiqib turadi.
Bunday suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o‘zlashtirilgan joylarda ko‘plab
uchraydi.
Yerosti suvlari kelib chiqishi bo‘yicha yuvenil, sedimentogen, singenetik,
epigenetik suvlar ajratiladi.
Tog‘ jinslarida flyuidlarning harakat qonuniyatlarini tahlil qilishda
g‘ovaklik va kirituvchanlik asosiy ahamiyatga ega.
G‘ovaklik.
Tyerrigen
jinslardagi
g‘ovaklik
qattiq
komponentlar
egallamagan bo‘shliq hisoblanadi.
Yerosti suvlarining geologik ishi. Uzluksiz harakatda bo‘lgan yerosti suvlari
muayyan geologik ishlarni bajaradi. Ular tog‘ jinslarini yeritadi, yerigan
mahsulotlarni tashiydi va ma’lum turdagi yotqiziqlarni hosil qiladi.
Yerosti suvlarining geologik ishida tog‘ jinslariga kimyoviy va mexanik
ta’siri etakchi ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning natijalari bo‘lib karst va
ko‘chkilarning hosil bo‘lishi hisoblanadi.
Karstlanish jarayonlari. Karst deb yerosti suvlari ta’sirida darzlashgan tog‘
jinslarining yerishi, yerusti va yerostida o‘ziga xos relef shakllarini hosil qilishiga
aytiladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish munkinki yyer yuzasidagi barcha relef shakillari
paydo bo’lishining asosiy sababchisi yyerning ichki (endogen) va yyerning tashqi
(ekzogen) kuchlari hissoblanadi.
Endogen kuchlar tasirida burmali va palaxsali tog’lar, vulkanik tog’lar va
balandliklar hosil bo’ladi. Yyer yuzasi notekis ko’rinishga keladi va o’z o’rnida bu
yyer yuazsi iqlimiga tasir etadi. Tog’larning kattaligi va balandligiga, yo’nalishiga
qarab iqlimga turlicha tasir etadi.
Ekzogen
kuchlar
tasirida
yyer
yuzasi
relefi
tekislanadi
va
murakkablashtiriladi. Bunga tog’ daryolarining tog’larni yemirishi va olib ketilgan
jinslarni pastqam yyerlarga to’plashi, chuqurliklarga to’plashini misol qilishimiz
munkin. Buning natijasida tog’larning daryo yemiribketayotgan qismida dara,
kanyo va boshqa shunga o’xshash relef shakillari bilan relefni murakkablashganini
ko’rishimiz munkin. Akkumlatsion hududlarda esa chuqurliklar to’ldirilishi
natijasida yyer yuzasi tekislashib, tekislik va vodiylar hosil bo’lishini ko’rishimiz
munkin.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish munkinki, endogen kuchlar relef hosil
qiluvchi, ekzogen kuchlar esa yer yuzasini tekislovchi vazifani bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdug’aniev O “Umumiy yer bilimi” fanidan ma’ruzalar matni 2008-yil.
2. Nigmatov A, yusupov R, - “tabiiy geografik komplekslar va ekzogen
jarayonlar” Toshkent 2006.
3. Soatov A va Abulqosimov A “Tabiy geografiya” Toshkent 2006-yil.
4. Vahobov, Abdunazarov “Umumuiy yer bilimi” Toshkent 2005-yil.
5. Yo’live A, Sattorov A, Yusupov A “Geologiya asoslari” Toshkent 2006-
yil.
6. Zokirov Sh S, Toshov X R “Landshaftshunoslik” Toshkent 2013-yil.
7. Chiniqulov X, Jo’live A. X “ Umumiy geologiya” Toshkent 2010.
8. Jo`liev. A.X., Chiniqulov. X. Umumiy geologiya (Oliy o`quv yurtlarining
geologiya fakulteti talabalari uchun darslik). Тошкент, «Университет», 2005.