Reptiliyalarni sistematikasi. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumi. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
126,0 KB
Reptiliyalarni sistematikasi. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar
va timsoxlar turkumi. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy
ahamiyati.
R E J A
1.
Reptiliyalarni sistematikasi.
2.
Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar
turkumi.
3.
Reptiliyalarning ekologiyasi.
4.
Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.
Sudralib
yuruvchilarning
7,5
mingga
yaqin
turi
mavjud
bo’lib,
tumshuqboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.
Tumshuqboshlilar turkumi: Eng qadimgi sudralib yuruvchilar bo’lib, yagona
turi — gatteriya faqat Yangi Zelandiya orollarida saqlanib qolgan. Gatteriyaning
tuzilishida bir qancha tuban tuzilish belgilari mavjud. Xususan, umurtqalari ikki yon
tomondan botiq bo’lib, uning oralig’ida xorda qoldig’i bo’ladi. Kuyikish organi
bo’lmaydi. Qorin tomonida teri ostida qorin qovurg’alari joylashgan. Qovurg’alar
qorin suyak qalqoni o’simtasidan hosil bo’lgan. Terisi uchun ko’plab ovlanishi
natijasida gatteriyalar soni keskin kamayib ketgan edi. Hozir gatteriya qonun yo’li
bilan muhofaza qilinmoqda.
Tangachalilar turkumi: Tangachalilar sudralib yuruvchilarning eng xilma-xil
turkumi bo’lib, 6000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Ular kaltakesaklar, ilonlar va
xameleonlar kenja turkumlariga bo’linadi. Tangachalilar tanasi muguz tangachalar
yoki qalqonlar bilan qoplangan.
Kaltakesaklar tanasi cho’ziq, dumi uzun bo’ladi. Ko’pchiligining oyoqlari
yaxshi rivojlangan. Oyoqsiz kaltakesaklar (sariq ilon, urchuq ilon) oyoqlari
reduksiyaga uchragan bo’lsada, oyoq kamari suyaklari rudimentlari saqlanib qolgan.
Ko’zini harakatchan qovoqlar himoya qilib turadi, faqat gekkonlar, yalangko’z va
ayrim boshqa kaltakesaklar qovoqlari yopishib, ko’zi ustida shaffof parda hosil
qiladi. Ko’pchilik kaltakesaklar xavf tug’ilganida dumini uzib tashlash avtomamiya
xususiyatiga ega. Keyinchalik uzib tashlangan dum o’rnida yangisi hosil bo’ladi.
Ko’pchilik kaltakesaklar tuxum tug’ib ko’payadi, ammo ayrim turlari (urchuq
ilon, tirik tug’ar kaltakesak) tuxumdan tirik tug’adi. Kaltakesaklar mayda hayvonlar,
jumladan turli zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligiga foyda
keltiradi.
Kaltakesaklar
odatda
serquyosh
issiq
o’lkalarda
keng
tarqalgan.
Indoneziyaning Komodo orolida uchraydigan echkiemarlarning uzunligi 3 metrga,
O’rta Osiyocho’liarida tarqalgan echkiemarniki esa 1, 5 mga yetadi.
O’zbekistonning
cho’l
mintaqalarida
yumaloqbosh
kaltakesak,
oyoqsiz
kaltakesaklardan sariq ilon, eski imoratlar devorida gekkonlarni uchratish mumkin.
Gekkonlar-tungi hayvonlar, tunda ularning ohista chirqillagan ovozini eshitish
mumkin. Kaftakesaklarning ayrim turlari (ildam kaltakesak, tirik tug’ar
kaltakesaklar) birmuncha sovuq iqlimii shimoliy hududlarda ham tarqalgan.
Ilonlarning gavdasi uzun, silindrsimon bo’lib, oyoqlari bo’lmaydi, faqat
bo’g’ma ilonlarning anal teshigi ikki yonida ilmoqchalar shaklidagi orqa oyoqlari
aidimenti saqlanib qoladi. Ularning qovoqlari ko’ziga yopishib yupqa shishasimon
parda hosil qiladi. Shuning uchun ularning ko’zi yiimilmaydi. O’rta quloq va nog’ora
pardasi bo’lmaganidan ilonlar eshitmaydi. Ilonlarning pastki va yuqori jag’lari,
elastik pay orqali qo’shilgan. Ilonlar og’zini juda katta ochib, o’z tanasidan ham
yo’g’onroq o’ljani tiriklayin yuta oladi. Gavdasi ingichka va uzun bo’Igani sababli
ularning faqat bitta o’pkasi rivojlangan, buyragi tasmasimon, qovurg’alari kalta,
to’sh suyagi bo’lmaydi.
Ilonlar tanasini to’lqinsimon bukib harakatlanadi. Qornidagi qalqonlar orqa
uchi biri ikkinchisi ustiga taxlanib, oldingi uchi biroz ko’tarilib turganidan ilonni
orqaga siljishiga imkon bermaydi. Ilonlarning deyarli hammasi yirtqich bo’Iib,
o’ljani tiriklayin yutadi. Bo’g’ma ilonlar awal o’ljasini bo’g’ib, zaharli ilonlar
zaharlab o’ldirganidan so’ng yutadi.
Zaharli ilonlarning yuqori jag’ida zaharli tishlari bo’Iadi. Ilon og’zini katta
ochganida zaharli tishlari ko’tarilib vertikal holatni egallaydi. Og’zi yopilganida esa
tishlari orqaga yotadi. Zaharli tishlari asosida zahar bezi joylashgan. Qora ilon va
shaqildoq ilon zahari tish ichidagi nay orqali o’ljasi tanasiga o’tadi . Kapcha ilon va
ko’lvor ilon zahari esa tish sirtidagi egatcha orqali o’lja tanasiga oqadi.
Ilonlar ham kaltakesaklar singari tullab o’sadi, lekin tullaganida
kaltakesaklar terisi parcha-parcha bo’Iib tushadi. Ilonlar terisi esa bosh qismidan
boshlab yaxlit ko’chadi. Yer yuzida ilonlarning 300 ga yaqin turi bor. Ular har xil
muhitda, jumladan dengiz va chuchuk suv havzalarida, cho’l va daryo vodiylarida
uchraydi. O’zbekistonda iloniarning 20 ga yaqin turi tarqalgan. Ular orasida 5 turi:
kapcha ilon, ko’lvor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq ilon, qum charx iloni
zaharli hisoblanadi.
Qora ilonni tig boshi:
1- ko’z; 2-burun teshigi; 3-zahar bezi 4-tishlar; 5-zahar tishlari; 6-til.
Ilonlar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular zararkunanda
va kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar, hasharotlar va molluskalar bilan oziqlanib,
tabiatda ular sonini cheklab turadi. Ilonlar zaharidan farmatsevtikada foydalaniladi.
Ba’zi ilonlar odam uchun xavfli, biroq ular faqat o’zini himoya qilish uchun odamni
chaqadi.
Toshbaqalar turkumi: Toshbaqalar tanasi keng bo’lib, orqa va qorin tomonidan
qalqon bilan qoplangan. Orqa qalqon kosaga o’xshash qavariq, qorin qalqon yassi
bo’Iadi. Tanasining ikki yonida qalqonlar pay orqali tutashgan. Tananing oldingi va
orqa tomonida qalqonlar orasida tirqish bo’Iib, oldingi tirqishdan toshbaqaning boshi
va oldingi oyoqlari, orqa tirqishdan dumi va orqa oyoqlari chiqib turadi. Xavf
tug’ilganida toshbaqa boshi va oyoqlarini qalqoni ichiga tortib oladi. Toshbaqalar
qalqoni suyak asosdan iborat. Bu asos umurtqa o’simtalari, qovurg’alar, to’sh va
o’mrov suyaklarining kengayishi va o’zaro qo’shilishidan hamda teridagi suyak
hosilalaridan paydo bo’Iadi. Sovutning suyak asosi terili toshbaqalarda yumshoq
teri, boshqa toshbaqalarda muguz qalqonlar bilan qoplangan. Toshbaqa laming tishi
bo’lmaydi, jag’lari o’tkir qirrali muguz g’ilof bilan qoplangan. Dengiz
toshbaqalarining oyoqlari suzgich eshkakka aylangan.
Yer yuzida toshbaqalarning 200 ga yaqin turi ma’lum, Ulardan ko’pchiligi
tropik o’lkalarda tarqalgan. Tinch okean va Hind okeani orollarida uchraydigan fil
toshbaqaning vazni 200 kg bo’Iadi. Dengiz yashil toshbaqasin’mg bo’yi 2 m ga,
vazni 450 kg ga yetadi. Bu toshbaqaning go’shti va tuxumi yeyiladi. O’rta Osiyo
hududida tarqalgan cho’l toshbaqasining kattaligi 20 - 25 sm keladi. Toshbaqa
bahorfaslida uyg’onib maysalar bilan oziqlanadi. O’simliklar qovjirab qoladigan yoz
va sovuq qish faslida ular tuproqdagi inlariga kirib uyquga ketadi. Rossiyaning
janubiy hududlaridagi ko’l va botqoqlarda botqoq toshbaqasi uchraydi.
Timsohlar turkumi: Eng yirik sudralib yuruvchilardan nil timsohi-ning bo’yi 10
metrga yetadi. Timsohlarning boshi cho’ziq, oyoqlari kalta, dumi kuchli rivojlangan,
ikki yondan siqilgan bo’ladi. Terisi orqa tomondan yirik muguz qalqonlar bilan
qoplangan; qalqonlar ostida suyak plastinkalar bo’ladi. Og’zi katta, tishlari yirik va
o’tkir. Yuragi 4 kamerali. Suvdagi timsohlaming burun teshigi va quloqlari klapan
bilan bekiladi. Burun teshigi va ko’zlari bosh ustidagi bo’rtiqda joylashganligidan
ularning tanasi suv ostida bo’lsa ham ko’zlari va biirun teshikiari suvdan chiqib
turadi.
Nil timsohi tropik Afrikada, kaymanlarva allegatorlar Janubiy Amerika va
Xitoyda, gavial Hindiston yarim oroli va Hindixitoyda tarqalgan. Timsohlar chuchuk
suvli daryo va ko’llarda, taroqli timsoh dengizlarning sohilga yaqin joyida yashaydi.
Timsohlar suvdagi va suvloqqa kelgan har xil hayvonlar bilan oziqlanadi. Nil
timsohi va taroqli timsoh odam uchun xavfli.
Timsohlar hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi. Faqat quyoshda isinish
uchun qirg’oqqa chiqadi. Urg’ochisi tuxumlarini qirg’oqdagi qumga ko’mib qo’yadi
va uni qo’riqlaydi; tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi.
Timsohlar go’shti yeyiladi; terisidan qimmatbaho charm buyumlari
tayyorlanadi. Ayrim mamlakatlarda (AQSH, Kuba, Keniya, Yaponiya) timsohlar
maxsus ko’paytiriladi.
Sudralib yuruvchilarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Ular
hasharotlarni yo’q qiladi, kemiruvchilarni iste’mol qiladi, ularning sonini tartibga
soladi; oziq-ovqat mah-sulotlarida, teri va chig’anoqlarda turli xil mahsulotlar ishlab
chiqarishda foydalaniladi; ilon zahari farmakologiyada qo’llaniladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Reptiliyalarni sistematikasi nimalardan iborat?
2.
Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumilariga
qaysi vakillarini bilasiz va ularning o’ziga xos xususiyatlari bor?
3.
Reptiliyalarning ekologiyasi ular hayotida qanday ahamiyatga ega?
4.
Reptiliyalarning amaliy ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi?
Glossariy
1.
Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi
Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo
boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan —
sutemizuvchilar, ikkinchisidan — qushlar paydo boʻlgan.
2.
Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi o`z ichiga eng qadimgi
sudralib yuruvchilarning shu kunga qadar yashab kelgan yagona turi gatteriyani
oladi.
3.
Tangachalilar (Squamata) — sudralib yuruvchilar turkumi. Gavdasi
har xil shakldagi tangachalar va qalqonlar bilan qoplangan.
4.
Toshbaqalar (Testudines, yaʼni Cheloniea) — sudralib yuruvchilar
turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa
(karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat.
5.
Timsohlar — suvda yashovchi sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi
kaltakesakka oʻxshash, uz. 2—7 m, boshi yassilashgan, tumshugʻi uzun. Koʻzlari
va burun teshiklari boshi ustidan boʻrtib chiqib turadi. Burun va quloq teshiklari
suvda yopiladigan klapanlar bilan taʼminlangan. Ogʻiz boʻshligʻida ikkilamchi
tanglay boʻladi. Tishlari yirik. Tili ogʻiz tubiga yopishgan. Dumi uzun va baland
(ikki yondan yassilashgan). Orqa oyoqlari barmoqlari orasida suzgich pardalari
bor. Terisi qattiq va qalin, muguzsimon yirik plastinkalar bilan qoplangan.