Retsept. Retseptning asosiy qismlari.
Darsning
maqsadi.
Retseptura
fani
haqida
qisqacha
tushuncha.
Dorixonalardan dori vositalarini olish uchun retsept yozishning qonun qoidalarini
o‘rgatish va retseptlar yozish tartibi.
Darsning utkazish usuli – Dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat
asosida olib borilib barcha ma’lumotlar yozib tushuntirib beriladi. Retseptlar yozish.
Darsni o‘tkazis uchun kerakli jixozlar. Retseptura faniga ta’aluqli
adabiyotlar, retseptlarni qanday yozilishini ko‘rsatuvchi jadvallar va maxsus retsept
blankalari.
Retseptura farmakologiya fanining bir qismi bo‘lib, retseptlarda dori vositalari
nomlarini to‘g‘ri yozilishi va dori tayyorlash texnologiyasini o‘rgatuvchi fan sifatida
o‘rganiladi. Shunga muvofiq retseptura ikki qismdan iborat.
1. Vrachlik retsepturasi – bu qismda dori vositalarini retseptlarda to‘g‘ri yozish
qonun qoidalarini o‘rgansa.
2. Texnologik retsepturada esa dorixonalarda dori tayyorlash usullari hamda
qoidalari, shuningdek tayyor dori shakllarini iste’molga chiqarish bilan
shug‘ullanadi.
Retseptura fani farmasevtika soxasi mutaxassislari uchun mukammal, to‘liq
o‘rgatilib, veterinariya mutaxassislariga esa umumiy tushuncha beriladi.
Retsept (lotincha recipere – olmoq) – davolovchi vrachning farmasevtga kasal
odamga yoki hayvonlarga kerakli bo‘lgan dori shaklini tayyorlash va uni qanday
usulda qabul qilish to‘g‘risidagi yozma murojaatidir.
Retseptda qanday dori vositasining yozilishi, uning miqdori, qanday shaklda
tayyorlanishi, qaysi hayvon turiga berilishi va qancha miqdorda necha marotabadan
qabul qilinishi to’liq yozib ko‘rsatiladi.
Retsept - yuridik hujjat hisoblanib, unda ko‘rsatilgan dori vositalarining
nomlari va miqdori, shuningdek qabul qilish usullari to’liq siyoxli rangda tushunarli
qilib yozilishi shart.
Retseptlarni yozish uchun 8,5x15 sm li yoki 105x148 mm kattalikdagi maxsus
blankalar qo‘llaniladi.
Blankaning ikki yon tomonidan 1-2 sm kenglikda joy, har xil belgilar quyish
uchun qoldiriladi.
Retsept asosan olti qismdan iborat bo‘ladi:
1. Inscriptio – retseptning sarlavxa qismi bo‘lib, bu qismda qo‘yidagilar
ko‘rsatilib o‘tiladi.
a) Davolovchi korxonaning nomi va turar joyi yoki nomi hamda turar joyi
ko‘rsatilgan muxri.
b) Datum – retsept yoziladigan kun va yil.
v) Kasal hayvonning turi, yoshi, laqabi, tusi va kimga tegishli ekanligi, agar
hayvon shaxsiy bo‘lsa egasining ismi, nasabi va turar joyi yozib ko‘rsatiladi.
g) Retsept yozuvchi – davolovchi vrachning ismi va nasabi.
Misol uchun: Samarqand shahar
hayvonlar kasalliklariga
qarshi kurashish stansiyasi
S.Ayniy ko‘chasi 11-uy, tel.234-43-25
15
20 ----------21
IX
Itga, laqabi «Olapar», 2 yosh egasi
Suxrob Shakarov, S.Ayniy ko‘chasi 34-uy
Vet.vrach Tursunov Oxun
2. Proepositio seu Invocatio – Davolovchi vrachning farmasevtga yozma
murojaati.
Bu xolat Recipere – olmoq yoki recipe – ol degan so‘zlar bilan retseptda
qisqartilib Rp.: xolatida yoziladi.
3. Designatio materiarum – retseptning asosiy qismi bo‘lib, bu qismda
kasallikni davolash uchun qo‘llanadigan barcha kerakli dori vositalari va uning
miqdorlari ta’sir xususiyatlariga qarab navbat bilan lotin tilida yozib ko‘rsatiladi.
Har bir dori vositasining nomlari bosh harflari bilan yangi qatordan, qaratkich
kelishigida yoziladi. Dori vositasining nomlanishi yozib ko‘rsatilgandan so‘ng
ularning kerak bo‘lgan miqdorlari arab sonlarida.
Misol uchun:
№
Miqdorlar
Gramm(g)
Milligram(mg)
Millilitir(ml)
1
500
500,0
0,5
500 ml
2
100
100,0
0,1
100 ml
3
50
50,0
0,05
50 ml
4
10
10,0
0,01
10 ml
5
5
5,0
0,005
5 ml
6
1
1,0
0,001
1 ml
Suyuq shakldagi dori vositalarining miqdorlari retseptda tomchi holatlarida
berilishi mumkin. Bunday paytlarda tomchi miqdorlari rim sonlari bilan retseptda
guttas tomchi so‘zi yozilib, so‘ngra tomchi soni ko‘rsatiladi. Qisqacha gtts deb
yozish ham mumkin.
Misol uchun:
Solutiones Adrenalini hydrochloride 1:1000 – guttas X
(qisqacha gtts.-X) – adrenalin gidroxloridning 1:1000 nisbatdagi eritmasidan – 10
tomchi.
Agarda bir retseptda olinadigan ikki xil dori vositasining miqdorlari bir xilda
bo‘lsa u xolatda ikkinchi dori vositasi nomi yozilgandan so‘ng aia (aa) – teng so‘zi
yozilib miqdori ko‘rsatiladi.
Misol uchun:
Acidi lactici
Acidi salicylici aa – 10,0
Collodii elastici – 80,0
Retseptda dori vositasining aktivligi ta’sir birligida beriladigan bo‘lsa u xolatda
grammda emas TB ko‘rsatiladi.
Misol uchun: Benzylpenicillinum – natrii – 500000 TB
- (benzilpenisillin natriy 500000 TB)
Murakkab retseptlar tarkibiga kiruvchi dori vositalari quyidagi tartibda
yoziladi.
a) Asosiy dori vositasi –remedium basis, retseptda yozilgan bitta dori vositasi
doimo keraklicha davolash samarasini bermaydi, shu tufayli asosiy dori vositasini
ta’sir xususiyatini oshirish va uzaytirish maqsadida.
b) Yordam beruvchi vosita – remedium adivans qushib yoziladi.
v) Retseptda tayyorlanadigan dori vositalari yoqimsiz hidga, achchiq va nordon
ta’amga ega bo‘lsa bu xolatlarni yaxshilash maqsadida doriga hid, ta’am va rang
beruvchi vositalar–remedium corrigens qushiladi. Bunday paytda tayyorlanadigan
dorini qaysi tur hayvonlariga berilishi hisobga olinadi.
Misol uchun: Sigirlarga beriladigan bo‘lsa (corrigens) sifatida tuz, qo‘ylarga –
qalampir, it va mushuklarga esa shakar va sharbat qushiladi.
g) Yuqorida olingan barcha vositalarni qushib tayyorlanadigan dorini biron xil
shaklga kiritish talab etiladi. Yani remedium constituens–shakl beruvchi vosita.
Shakl beruvchi vositalar asosiy dorining ta’sir etuvchanligini o‘zgartirmasligi
va hayvon organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lishi shart.
Suyuq dori shakllarini tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida – suv,
spirt, moy olinsa, yumshoq dori shakllari uchun yog‘, vazelin va boshqalar olinadi.
Bu vositalarning qo‘shilishi kerak bo‘lgan miqdorlari ko‘rsatilishi ham mumkin
ammo ko‘p xolatlarda retseptda quantum satis (qisqacha q.s.) – kerakligicha olinsin
deb yoziladi.
Bunday xolatlarda farmasevt o‘zi miqdorini belgilab oladi.
Misol uchun: Rp.: Coffeini natrio-benzoici (basis)
Diuretim aa –0,1 (adivans)
Sacchari – 0,3 (corrigens)
Aquae destillatae – 10,0 (constituens)
(eritma tayyorlash ko‘rsatilgan).
#
yoki
Rp.: Folii Digitalis pulverati – 2,0 (basis)
Pulveris radicis Althaeae q.s. (constituens)
(Pilyula tayyorlash ko‘rsatilgan)
4) Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday
shaklda bo‘lishligi to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Misce fiat – aralashtir biron xil shakl xosil bo‘lsin.
Misce – aralashtir, fiat – hosil bo‘lsin.
Retseptda qisqacha qilib M.f. ko‘rsatiladi.
Misol uchun: Misce fiat (m. f.) pulvis – aralashtir kukun hosil bo‘lsin yoki m.f.
Solutio – aralashtir eritma xosil bo‘lsin va xokazo.
Rp.: Phthalazoli – 10,0
Natrii salicylici – 15,0
M. (misce), f. (fiat) pulvis.
Agarda retseptda ko‘rsatilgan dori shakli kasal hayvonga iste’mol uchun bir
necha kunga belgilab beriladigan bo‘lsa u holda (Misce fiat) dori shakli
ko‘rsatilgandan so‘ng, talab qilinayotgan dori miqdori va soni to’liq ko‘rsatilib
utiladi. Retseptda Dentur tales doses Numero qisqacha (D.t.d.N.), ya’ni – ber
shunday miqdordagi dori sonini, deb yoziladi.
Misol uchun: Misce fiat. pulvis.
Dentur tales doses Numero 10.
qisqacha M.f. Pulvis. D.t.d. N 10.
bu yerda 10 dona kukun dori shakli
tayyorlab berilishi talab etilmoqda.
#
Rp.: Coffeini natrii-bensoatis – 0,2
Diuretini – 0,3
M.f. pulvis
D.t.d. N 10.
5. Signatura yoki Da. Signa – (retseptda qisqacha S yoki D.S. bosh harflari
yoziladi.) – bu qismda tayyorlangan dori vositasining qanday qabul qilish usuli
milliy tilda yozib ko‘rsatiladi va quyidagilar e’tiborga olinadi.
1. Dorini qabul qilish usuli (ichga, tashqi teri yuzasiga va xokazo).
2. Dorini qanday miqdorlarda qabul qilish (1 kukundan, 2 osh qoshiqdan va
xokazo).
3. Dorini necha martadan va qanday vaqtlarda qabul qilish (bir kunda 2 maxal,
ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin).
4. Dorini nima bilan qabul qilish (suvga qushib ichirish, yemga aralashtirib
berish va xokazo).
Signatura qismida barcha ko‘rsatmalar to’liq va tushinarli qilib yozilishi shart,
chunki dori vositalarini kasal hayvonga berilishi davolovchi vrach tomonidan yoki
uning nazorati ostida amalga oshirilishi shartdir.
Dori vositalarini tavsiya etishda adashmaslik uchun, dorixonalardan tayyor dori
shakllari –sanchish (inyeksiya) uchun bo‘lsa ko‘k rangdagi yorliqda (etiketkada),
ichga qabul qilish uchun – oq va tashqi tomonga qullanilsa sariq yoki qizil
yorliqlarda (etiketka) chiqariladi.
6. Nomen medici – retsept davolovchi vrachning imzosi va muxri bilan
yakunlanadi.
Bitta blankada zaharli yoki narkotik dori vositalaridan iborat bitta retsept yozish
mumkin. Oddiy vositalardan iborat retseptlar bo‘lsa bu xolatda bir retseptni ikkinchi
retseptdan blankada ajratish uchun # belgi quyiladi.
Retseptda dori vositalarini tezda tayyorlab berilishi talab etilsa, retsept
blankasining yuqori chap burchagiga quyidagi so‘zlar yozib ko‘rsatiladi.
Cito – tezda, Statim – usha vaqtning o‘zida, Citissime – zudlik bilan.
Olinadigan dori zaharga qarshi qo‘llash uchun bo‘lsa – Antidotum (zaharga
qarshi) so‘zi yoziladi.
Retseptda bunday so‘zlar yozib ko‘rsatilganda dori vositalari dorixonalarda
navbatsiz tezda tayyorlab beriladi.
Agar retsept tarkibi A ro‘yxatga kiruvchi zaharli vositalardan tashkil topgan
bo‘lsa bu retseptlar yozilgan kunidan boshlab 5 kungacha, uyqu chaqiruvchi va
neyroleptik vositalar bo‘lsa 10 kungacha xaqiqiy hisoblanadi va dorixonalardan bir
marta olish uchun ruxsat etiladi. Qolgan umumiy ta’sir etuvchi vositalardan iborat
retseptlar esa yozilgan kundan boshlab 2 oygacha xaqiqiy xisoblanadi.
Agarda retseptda yozib ko‘rsatilgan dori vositalarini qaytadan ikkinchi
marotaba olish kerak bo‘lsa, retsept blankasining bush joyiga Repetatur –
qaytarilsin so‘zi yozilib, qaytadan usha kun va vrach imzosi quyiladi. Retseptlar
oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.
Oddiy retseptlar tarkibi bitta dori vositalaridan iborat bo‘lsa, murakkab
retseptlarda bir necha xil dori vositalari yozib ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Amaliyotda kuproq kukun, pilyula, tabletka, ampuladagi suyuq dori shakllari tayyor xolatida retseptlarda
dispenzasion – (kupaytirish) usulida yoziladi. Dori shakllarini tayyorlash uchun retseptlarda tarkibiy
qismlarini kursatib berish uchun kuproq divizion (bulinish) usulidan foydalaniladi.