SABZAVOT EKINLARI VA MEVALI DARAXTLARNI O'G'ITLASH
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
30,9 KB
SABZAVOT EKINLARI VA MEVALI DARAXTLARNI O'G'ITLASH
REJA
1. Sabzavot ekinlarini oziqlanish asoslari.
2. Maqalliy o'g'itlarni qo'llash muddati va me'yori.
3. Sabzavot etishtirishda mineral o'g'itlarning ahamiyati va aloqida ekinlarni
o'g'itlash.
4. Mineral va mahalliy o'g'itlarni birgalikda qo'llash.
5. Poliz ekinlari va ularni o'g'itlash asoslari.Boshqa muhim ekinlarni o'g'itlash
6. Mevali daraxtlarni oziqlanish asoslari.
7. Mevali daraxtlari o'g'itlash tizimi, mevali daraxt ko'chatlarini o'g'itlash.
8. Yosh va hosilga kirgan mevali daraxtlarni oziqlantirish.
9. Tok va tutni o'g'itlash tizimi.
Sabzavot ekinlarini o'g'itlash tizimi: asosiy o'g'itlash, uyalab o'g'itlash va
oziqlantirish, ushbu o'g'itlashda o'g'itlar me'yori, qo'llash muddati va usullari. Mahalliy
o'g'itlarni qo'llash me'yorlari, muddati va usullari, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar
me'yorlarini tuproq tipi va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha to'g'rilash, ko'p yillik o'tlardan
keyin o'g'itlar me'yori. Poliz ekinlarini hayotini davomiyligi, etishtirish agrotexnikasi,
issiqqa va sovuqqa chidamliligi, ildiz tizimini rivojlanishi va aktivligi. Poliz ekinlarini
rivojlanish davrlari bo'yicha oziq moddalarga bo'lgan talabi, ma'lum hosil birligi bilan
oziq elementlarini o'zlashtirib ketishi, hosil strukturasi.Tarvuz, qovun va oshqovoqni
rivojlanish davrlari, ushbu davrlarda oziq moddalarga o'lgan talabi. Tuproq
xususiyatlari, oziq moddalar bilan ta'minlanganligi, tuproqdan,
Hayotining davomiyligi, er usti ildiz tizimining rivojlanishi, danagidan va urug'idan
ko'payadigan mevali daraxtlar ildiz tizimidagi farqlar; oziq moddalarni hayotining turli
davrlarida turlicha o'zlashtirishi, bog' yaratish uchun ko'chat etishtirish, tuproqlarni
madaniylashtirish, mevali daraxt urug'i eqiladigan erlarni o'g'itlash, yosh nihollarni
o'g'itlash, ikkinchi yilda oziqlantirish, etilgan nihollarni ko'chat qilib o'tkazishda
oziqlantirish, ko'chat uchun kovlanadigan xandaklarni hajmi, uning har biriga
solinadigan o'g'it me'yori, yosh va hosilga kirgan mevali daraxtlarni oziqlantirish,
mevali daraxtlarga beradigan o'g'it me'yorlarining ularning yoshiga bog'liqligi, yosh
mevali daraxtlarni oralariga eqiladigan ekinlarni o'g'itlash, turli yoshdagi mevali
daraxtlar uchun tavsiya etilgan o'g'itlar me'yori.
Tokzor barpo etiladigan erlarni o'g'itlash, xlorsiz o'g'itlar va ularni qo'llash, hosilga
kirgan tokzorlarni o'g'itlash va ularni oziqlantirish, organik o'g'itlarni qo'llash me'yori
va muddati. Tutzor barpo qilinadigan erlar tuprog'ini o'g'itlash va ko'chat etishtirish.
Еtilgan ko'chatlar ko'chirib o'tkaziladigan erlarni o'g'itlash, hayotining ikkinchi yildan
boshlab o'g'itlash, o'g'it me'yorini belgilashda agrokimyoviy haritanoma va
rejalashtirilgan hosil ko'rsatkichlaridan foydalanish kerak.
Sabzavot ekinlari boshqa dala ekinlariga nisbatan tuproq unumdor ligiga, haroratga,
nam miqdoriga hamda oziqlanishga juda talabchan bo'ladi.
Sabzavot ekinlarining ildiz tizimi asosan tuproqning haydalma qatlamida joylashgan
bo'ladi. Ularning ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishini hisobga olib, bu ekinlarni unumdor,
chirindi miqdori 1,5-2 %, fosfor va kaliy 1 kg tuproqda 20-30 va 250-300 mg bo'lgan
erlarda ekish tavsiya etiladi.
Sabzavot ekinlari oziq moddalar eritmasiga juda sezgir bo'lib, ularning
tuproqeritmasining kontsentratsiyasiga bo'lgan talabiga qarab 2 guruhga bo'lish
mumkin: 1) yuqori chidamli – bu lavlagi, pomidor, karam; 2) kam chidamli: sabzi,
piyoz, bodring.
Barcha sabzavot ekinlari tuproqdan ko'plab oziq moddalarni va so2 ni o'zlashtiradi,
bunga sabab, ko'plab quruq modda hosil qilishdir.
Shuning uchun ham oziq moddalarni o'zlashtirishiga qarab sabzavot ekinlari
qo'yidagi 4 guruhga bo'linadi:
1) Yuqori miqdorda o'zlashtiruvchi ekinlar – o'rtangi va kechki karam;
2) O'rtacha – pomidor, bodring, piyoz;
3) Kam – lavlagi, sabzi;
4) Juda kam – sholg'omcha.
Turli sabzavot ekinlari tuproqdan oziq moddalarni turlicha o'zlashtirish xususiyatiga
ega. Bu ko'rsatkich vegetatsiya davrining uzun – qisqaligiga, ildiz Sistemasining
tuzilishiga va boshqa biologik xususiyatlariga bog'liq. Masalan, karam oziq moddalarni
tez o'zlashtirsa, piyoz, sabzi, lavlagi esa aksincha juda sust o'zlashtiradi, pomidor har
ikkalasining oralig'ida.
Sabzavot ekinlari berilgan o'g'itlardan ham oziq moddani turlicha o'zlashtiradi:
N R2o5 K2o
Kechki karam - 60 30 80
Ertangi karam - 50 20 70
Bodring - 40 9 26
Sabzavot ekinlari tuproqdagi oziq moddalar nisbatiga ham turlicha talabchan bo'ladi.
M: karam uchun birinchi o'rinda azot bo'lsa, ertapishar sabzavot ekinlari uchun, avallo
juda ko'plab fosfor kerak bo'lsa, qishda uzoq muddatda saqlanadigan ekinlar uchun esa
fosfor va kaliy kerak bo'ladi.
Ko'plab sabzavot ekinlari tuproqeritmasining reaktsiyasi kuchsiz kislotali yoki
neytralga yaqin bo'lgan muhitni yoqtiradi.
Sabzavot ekinlari tuproqtarkibidagi harakatchan alyuminiy miqdoriga juda talabchan
bo'lib, uning miqdori 100 g da 3-4 mg dan kam bo'lmasligi kerak, ba'zi ekinlar uchun
(piyoz, chesnok) 1 mg dan yuqori bo'lmasligi kerak.
2. Qishloq xo'jaligida mahalliy o'g'itlar avvalo sabzavot almashlab ekish dalalari
uchun ajratiladi. Turli tuproqzonalarida sabzavot ekinlari uchun har gektariga 20-60
tonnagacha go'ng qo'llaniladi.
Tuproqeritmasining reaktsiyasiga sezgir bo'lgan sabzavot ekinlari: sabzi, piyoz,
bodring organik o'g'itlarga juda talabchan bo'ladi. Lekin bu ekinlar uchun yangi yoki
chirimagan go'ngni qo'llash tavsiya etilmaydi, go'ng ularni ildizmevasini shoxlanib
ketishiga sabab bo'lib uning sifatini buzadi.
Shuning uchun ham piyoz uchun chirigan go'ngdan gektariga 30-40 t. Berish kerak.
Bodring uchun aksincha, chirimagan yangi go'ngdan 60 t/ga berish tavsiya etiladi.
Ertangi karam uchun go'ngni samaradorligi kam, chunki vegetatsiya davri qisqa.
Sabzavot ekinlari uchun, vegetatsiya davri uzoq bo'lsa yarim-chirigan go'ng berish
kerak, ertangilari uchun esa yaxshi chirigan go'ng berish kerak yoki ularni go'ngni
keyingi ta'siriga ekish kerak.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, organik o'g'itlarni sabzavot almashlab
ekish dalasida birinchi navbatda bodring, keyin piyoz va karam (kechki va o'rtangi)
uchun berish kerak. Еngil mexanikaviy tarkibga ega bo'lgan qumloq erlarda go'ngni
bahorda, og'ir mextarkibli tuproqlarda esa kuzda shudgorlashdan oldin berish tavsiya
etiladi.
Tajribalarda aniqlanishicha, erga solingan har 1 tonna go'ng pomidor hosilini 170-
180, karam hosilini 150-160, kartoshka hosilini 85 – 90 va poliz ekinlari hosilini 180-
190 kg ga oshirar ekan.
Xo'jalikda mahalliy o'g'itlar manbalari aniqlangandan keyin go'ng aylanish (oboroti)
rejasi tuzilib, unda dalalar bo'yicha organik o'g'itlarni solish navbati ko'rsatiladi. Shu
joyda bedapoya buzilgandan keyin to'rtinchi yili gektariga kartoshka ekiniga 50-60,
sabzavotlarga 70-75 va poliz ekinlariga 80-90 tonna go'ng ishlatish rejalashtiriladi.
Go'ng almashish tizimiga kirmagan maydonlarga har yili muntazam ravishda kamida
gektariga 20-25 tonna organik o'g'itberilishi kerak. O'simliklarni o'suv davrida ularni
oziqlantirish maqsadida mineral-organik o'g'itlar berishda chiritilgan, yarim quruq va
elangan go'ngdan foydalaniladi. Bunda har 1 kg ammiakli selitraga 2-2,5 kg elangan
quruq go'ng aralashtirib solinadi yoki 1 tonna ammofos 1,5-2 tonna go'ngga aralashtirib
beriladi.
Еrlarni shudgorlash oldidan, odatda yoz-kuz davomida to'plangan organik o'g'itlar
solinadi. Hish va bahor oylarida to'plangan va chirishga ulgurgan go'ngdan yozda
ekinlarni oziqlantirish paytida foydalaniladi. Xo'jaliklarda yozgi oziqlantirish
mavsumida qo'y qiyi va parranda go'ngi mavjud bo'lsa, u vaqtda ulardan ekinlarni
mineral o'g'itlar bilan oziqlantirishda foydalaniladi. Bu o'z navbatida hosildorlikni
oshirish va sabzavot ekinlari hosili sifatini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi.
3. Har xil sabzavot ekinlari uchun tuproqtiplari bo'yicha biron bir oziq elementining
etishmasligi nomayon bo'ladi.
Mineral o'g'itlarning samaradorligi bo'yicha sabzavot ekinlarini qo'yidagicha
joylashtirish mumkin: lavlagi, karam, pomidor, bodring va piyoz. Turli xil tuproq-iqlim
sharoitida olib borilgan tajirbalarning ko'rsatishicha har qaysi elementdan 60-90 kg/ga
berganda sabzavot ekinlaridan qo'yidagicha qo'shimcha hosil olish mumkin:
- karam - 18 kg;
- lavlagi – sabzi - 12-15 kg;
- pomidor – 12 kg;
- bodring – 11 kg;
- piyoz - 7-8 kg.
Sabzavot va poliz ekinlarini vegetatsiya davrida yaxshi oziqlanishini ta'minlash
uchun, ya'ni o'simlikning oziq moddalarga bo'lgan ehtiyojini yoshlik davridan
qondirish maqsadida o'g'itlar yillik me'yorini bir qismini yosh nihollarga yaqin solish,
asosiy qismi esa o'simlik oziq moddaga talabi oshgan vaqtda solish kerak.
Mineral o'g'itlarning asosiy qismini erlarni asosiy ishlash vaqtida 25-30 sm
chuqurlikda berilgani ma'qul. Sabzavot ekinlari odatda dastlab tuproqqa 25-30 sm
chuqurlikda solingan o'g'itlardan, ya'ni dalada ko'karib chiqqanidan keyin 20-30 kun
o'tganda foydalana boshlaydi.
Sabzavot ekinlarining biologik xususiyati, ekish va o'tkazish usullari, shuningdek
tuproqning xossasiga qarab o'g'itlarni qo'yidagi muddatlarda berish tavsiya etiladi:
Pomidor. Bedapoya buzilib birinchi yili ekilganda beriladigan azot normasi 20-25%
ga kamaytiriladi va azot bilan fosforning o'zaro nisbati fosfor foydasiga oshiriladi.
Fosforli o'g'itlarning yillik normasini 70% ni va kaliyni 50% ni erlarni asosiy ishlash
paytida solish kerak. Fosforli o'g'itlarning qolgan qismi sug'orish jo'yaklarini ochishdan
oldin beriladi. Kaliyni qolgan 50% ekinlarni ikkinchi marta oziqlantirishda azotli
o'g'itlarga qo'shib solinadi. Azotli o'g'ityillik normasini 10-15% ko'chatlarni dalaga
o'tkazishdan oldin, qolgan qismi teng 2 ga bo'linib, ko'chatlar tutgandan keyin
yoppasiga hosil to'plash davrida beriladi.
jadval - 1
O'g'it me'yorlarini pomidor hosildorligiga ta'siri ,ts
Ko'rsatkichlar
O'g'itsiz
N60р100к100
N90р100к100
N120р100к100
Hosil, ts/ga
306,0
362,0
392,0
438,0
Quruq modda, %
5,4
5,8
5,7
5,6
Nordonlik, %
0,37
0,32
0,32
0,39
Vitamin s miqdori,
mg-%
27,0
29,1
29,0
29,3
Karam. Go'ng gektariga 20 t hisobida beriladi. U ko'p yillik o'tlar o'rniga birinchi
marta eqiladigan bo'lsa, u vaqtda n o'g'ityillik normasi 20-25% ga kamaytiriladi.
100 ts karam hosili bilan tuproqdan o'rtacha 31 kg azot, 12 kg fosfor va 40 kg kaliyni
olib chiqib ketadi. Eng ko'p oziq moddalari karambosh shakllanayotgan davrda
o'zlashtiriladi.
Karam sepma usulda va ko'chat qilingan holda etishtirilishi mumkin. Ko'chatlar
muhit (rn) – 6-7 bo'lgan qo'yidagi tarkibli maxsus aralashmada (75 foiz torf, 22 foiz
chirindi, 2-3 foiz qoramol go'ngi) yaxshi rivojlanadi. Bir kvadrat metr maydon uchun
mahalliy o'g'itlarga 1,5 kg ammiakli selitra, 1,7 kg oddiy super-fosfat, 0,6 kg kaliy
xloridi, 0,5-1,0 bura va 0,4 g ammoniy molibdat qo'shiladi.
Karam uchun beriladigan o'g'itlarning normalari va muddatlari qo'yidagicha bo'ladi:
erlarni asosiy ishlashdan oldan organik o'g'itning hammasi, fosforni 70-75%, kaliyni
50% beriladi fosforni qolgan 25-30% kuchatni o'tkazishdan oldin, kaliyni 50% azotli
o'g'itlarga aralashtirib karam bosh o'ray boshlaganda beriladi. Azotni 10-15% kuchat
o'tkazishdan oldin qolgan qismi 2 muddatda kuchat tutib ketishi va karam boshlay
boshlaganda beradi.
Piyoz. Bu ekini oziq moddalarga bo'lgan talabini bir tekisda ta'minlash uchun o'g'itlar
2 muddatda: fosforli o'g'itlarni 75% va kaliyni hammasi erlarni asosiy ishlashdan oldin,
fosforni qolgan qismi erlarni ekishga tayorlash vaqtida beriladi. N o'g'itlar 2 muddatda:
o'simlik 1-2 ta barg chiqarganda va piyoz boshlari shakllana boshlaganda solinadi.
Sabzi. Fosforni 70-75% kaliyni hammasi asosiy ishlashdan oldin, fosforni qolgan
qismi ekishdan oldin solinadi. N li o'g'itlarni hammasi vegetatsiya davrida birinchi
oziqlantirish 2-3 ta borg yozganda va ildizmeva shaklana boshlaganda solinadi.
Bodring. Bodring tuproqning oziqa rejimiga juda ham talabchan sabzavot ekini
bo'lib, buni qo'yidagicha izohlash mumkin:
- Birinchidan, vegetatsiya davri ancha qisqa, turli navlarda 40-75 kunni tashkil etadi;
- Ikkinchidan, boshqa sabzavot ekinlaridan farqli ravishda o'g'itlar tarkibidagi oziq
elementlarini juda kam o'zlashtiradi;
- Uchinchidan, ildiz tizimi ancha kuchsiz shakllangan.
Bodring 100 ts hosili bilan tuproqdan 28 kg azot, 19 kg fosfor va 44 kg kaliyni
o'zlashtirib ketadi. Rivojlanishning dastlabki 10-15 kunlarida azot va fosfor, 30 kun
mobaynida kaliyni sekin o'zlashtiradi. Oziq moddalarni eng ko'p o'zlashtirilishi
hosilning
shakllanish
davriga
to'g'ri
keladi.
Bodring
tuproqeritmasining
kontsentratsiyasiga juda sezgir bo'lganligi sababli, mineral o'g'itlarning yillik me'yorini
bo'lib-bo'lib berish kerak.
Organik o'g'itlarni yillik normasini hammasi, r ni 70-75%, k ni hammasi erlarni
asosiy ishlash paytida, r ni qolgan qismi va n o'g'itlarni 10-15% ekish bilan birga
beriladi. N o'g'itni qolgan qismi uchga bo'linib: 1 chisi 2-3 ta barg paydo qilganda, 2-
chisi naychalay boshlaganda, 3-chisi 2-3 marta terim o'tkazilganda beriladi.
Mikroo'g'itlardan foydalanilganda sabzavot va poliz ekinlarning urug'larini ekishdan
oldin mikroelementlar bilan ishlash va ularni bu xildagi mikroo'g'itlar bilan ildizi orqali
va ildizdan tashqari oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. Tuproqni mikro o'g'itlar bilan
ishlashda ularni qo'yidagi normada qo'llash tavsiya etiladi:
Borli o'g'itlar gektariga - 2 - 2,5 kg
Rux va misli o'g'itlar - 1,5 - 2 kg
Marganetsli o'g'itlar - 5 - 6 kg
Molibdenli o'g'itlar - 0,5 - 0,7 kg
4. Sabzavot almashlab ekishda eng yuqori unumdorlik mineral va organik o'g'itlarni
birgalikda qo'llash natijasida hosil bo'ladi. Birinchi navbatda go'nga nisbatan
qo'shimcha azotli o'g'itlarni qo'llash kerak bo'ladi.
Sabzavotchilikda tuproqni haddan tashqari qayta-qayta ishlash tuproqdagi gumus-
chirindi zahirasini parchalanishini kuchaytiradi, bu esa o'z navbatida erdan
foydalanishning dastlabki yilida tuproq unumdor ligini keskin oshishiga va keyingi
yillarda esa aksincha pasayib ketishiga olib keladi.
Mahalliy va mineral o'g'itlarni birgalikda qo'llash natijasida hosildorlikni oshirish
bilan birga tuproqda ko'p miqdorda organik qoldiqlar to'plash imkonini berib, bu tuproq
unumdorligini bir me'yorda saqlashdan tashqari, unumdorlikni yanada oshiradi.
Almashlab ekishda qo'llaniladigan o'g'itlar hissasiga bunyod etiladigan hosil har
qaysi ekin bo'yicha 50-55 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ekinlarga beriladigan
o'g'itlar mahsulot sifatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi: ta'mini yaxshilaydi, vitaminlar,
uglevodlar, quruq modda va h.k miqdorini oshiradi.
O'zbekistonning tuproqsharoiti nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi va
o'g'itlardan tabaqalashtirilgan tartibda foydalanishni taqoza qiladi.
O'g'itlash tizimi faqat erga solinadigan mineral va mahalliy o'g'itlar me'yorlari,
muddatlari va usullari, ularning o'simlikning biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan
hosil, tuproq-iqlim sharoitlari, oldingi yili o'stirilgan ekinlarning turi, ularga berilgan
o'g'itlar miqdoriga bog'liq holda o'g'itlardan foydalanish rejasinigina emas, balki ishlab
chiqilgan tizimini samarali joriy etish imkonini beradigan tashkiliy choralar (o'g'itlarni
saqlash, ularni qo'llashni mexanizatsiyalashni) ham qamrab olishi kerak.
O'g'itlardan foydalanish rejalari odatda agronomlar tomonidan brigada boshliqlari
ishtirokida oldindan dalalarni kuzdan kechirib, tuproqsharoiti to'g'risidagi ma'lumotlar
to'plangandan keyin tuziladi. Еrga solinadigan mahalliy va mineral o'g'itlar me'yorlarini
belgilashda har qaysi uchastkaning xususiyati, xo'jalikda mavjud bo'lgan mahalliy
o'g'itlar miqdori va keltiriladigan mineral o'g'itlar hisobga olinishi shart.
5. Poliz ekinlari hayotining davomiyligi, o'stirish agrotexnikasi, sovuqqa va issiqqa
chidamliligi, ildiz tizimining rivojlanishi va aktivligi, suvga hamda oziq moddalarga
nisbatan talabchanligi har xil bo'ladi.
Ularning oziq moddalarga bo'lgan talabi hosil miqdori va uning strukturasiga bog'liq.
Hosil strukturasi deyilganda, hosilning mahsuldor qismi (qovun, tarvuz va boshqa)
bilan qo'shimcha mahsulot (palagi, poyasi) orasidagi nisbati tushiniladi. Hosil
strukturasi, asosan oziq elementlaridan foydalanish nisbati va hosildorlik o'zgaradigan
bo'lsa, u vaqtda o'simlik o'zlashtiradigan oziq elementlar miqdori o'zgaradi. Hosildorlik
ortib borishi bilan o'simlik o'zlashtiradigan oziq elementlari ham oshib boradi.
O'simlikning oziq moddalarni o'zlashtirish tezligini bilish o'g'itlarning erga solish
me'yori, muddati va usulini belgilash uchun juda zarur.
Asosiy poliz ekinlaridan bo'lgan tarvuz, qovun va oshqovoqni xususiyatlari bilan
qo'yida tanishib chiqamiz.
Tarvuz – qurg'oqchilikka chidamli ekinlardan hisoblanadi. Respublikamizda
sug'oriladigan va lalmikor erlarda etishtiriladi. Tarvuz uchun eng yaxshi o'tmishdosh
ko'p yillik o'tlar, kuzgi ekinlar hisoblanadi. Tarvuz yaxshi qiziydigan, mexanikaviy
tarkibi engil tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Tarvuzni o'g'itlash tuproq-iqlim sharoitlariga qarab o'tkaziladi. Janubiy hududlarda
mahalliy o'g'itlar kam miqdorda ishlatiladi. Mineral o'g'itlar 1,5 ts ammiakli selitra, 2-3
ts superfosfat va 1,5-2 ts kaliy xloridi hisobida beriladi. Sug'oriladigan va nam bilan
etarli ta'minlangan hududlarda o'g'itlar miqdori birmuncha oshiriladi. Fosforli – kaliyli
o'g'itlarni oshirilgan me'yorda qo'llash tarvuzni pishib etilishini tezlashtiradi va
tarkibidagi qand miqdorini oshiradi.
Tarvuzga ikkinchi ishlov berishda gektariga 1,5 ts gacha superfosfat, 1 ts gacha
ammiakli selitra va 0,5 ts kaliy xloridi bilan oziqlantirish yaxshi samara beradi.
Qovun – poliz ekinlari orasida ikkinchi o'rinda turadi. Hovun loyqali taqir erlarni
yoktiradi. Ushbu ekin tuproqda nam etarli bo'lishini va quruq havoga talabchan. Ko'p
yillik o'tlar va kuzgi donli ekinlardan bo'shagan erlar qovun uchun eng yaxshi
o'tmishdosh hisoblanadi. O'z navbatida qovun ham boshqa ekinlar uchun eng yaxshi
o'tmishdosh bo'ladi. Chunki, undan keyin dalada begona o'tlar kamayadi va ko'plab
nitrat shaklidagi azot tuproqda to'planadi. Hovun uchun chirindiga boy bo'lgan, engil
havo almashinadigan tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
Hovun yangi go'ng ishlatilishiga talabchan. Gektariga 15-20 go'ng qo'llanilganda
hosildorlik ortadi. Hovun uchun gektariga 20 t go'ng, 1-1,5 ts ammiakli selitra, 2,5-3 ts
superfosfat va 1-1,5 ts kaliy xloridi qo'llash tavsiya etiladi. Gullash arafasida gektariga
0,5-1 ts ammiakli selitra, meva hosil bo'lishida 0,5-1 ts kaliy xloridi bilan oziqlantirish
yaxshi samara beradi.
Oshqovoq – tuproq unumdor ligiga juda talabchan va yangi go'ng qo'llanilganda
hosildorligi keskin ortadi. Shimoliy hududlarda gektariga 40 tonnagacha go'ng
ishlatiladi. Mineral o'g'itlar – 1-1,5 ts ammiakli selitra, 3-4 ts superfosfat va 1,5-2 ts
kaliy xloridi holida har bir gektar hisobiga qo'llash tavsiya etiladi. Ushbu o'g'itlarni
azotlisidan tashqari, kuzgi shudgor ostiga berish kerak. Oshqovoqni gullashgacha
azotli, meva hosil bo'lishida kaliyli oziqlantirish yaxshi samara beradi.
Kungaboqar – boshqa qishloq xo'jalik ekinlariga nisbatan tuproq unumdor ligiga
kam talabchan. Ildiz tizimi – o'q ildiz bo'lib, tuproqning 4-5 m chuqurligiga, 1-1,2 m
yon-atrofiga tarqaladi. Yaxshi taraqqiy etgan ildiz tizimi, o'simlik uchun zarur bo'lgan
oziq moddalarni va namni tuproqning pastki qatlamlaridan ham o'zlashtirish
imkoniyatiga ega. Nav xususiyatlariga qarab o'suv davri 80-140 kun bo'ladi.
Kungaboqar uchun kuzgi va bahori donli ekinlar hamda donli dukkakli ekinlar eng
yaxshi o'tmishdosh bo'ladi. Kungaboqar har xil kasallik va zararkunandalarga
chalinmasligi uchun uni bir dalada kamida sakkiz yildan keyin takror ekish mumkin.
Kungaboqar 1 tonna urug'i va shunga mos keladigan barg va poyalari bilan bir
gektardan 60 kg azot, 26 kg fosfor va 180 kg kaliyni o'zlashtirib ketsa, 10 tonna yashil
massasi mos ravishda 30, 10 va 45 kg oziq moddani olib chiqib ketadi. Kungaboqar
oziq moddalarni juda notekis o'zlashtiradi. O'suv davrining boshlang'ich davrlarida
kungaboqar kam miqdorda oziq moddalarni o'zlashtiradi. Oziq moddalarni eng ko'p
miqdorda savatcha hosil qilish davrida o'zlashtiradi.
Kungaboqarni o'g'itlash tizimi: asosiy, ekishdan oldin va oziqlantirishda o'g'itlashdan
iborat.
Kungaboqar tuproqlar tarkibidagi qiyin eriydigan, shuningdek, o'tmishdosh ekin
ostiga solingan mahalliy va mineral o'g'itlar tarkibidan ham oziq elementlarini
o'zlashtiradi. Kungaboqar savatcha hosil qilishdan to urug' hosil bo'lguncha 65 foiz
quruq massa to'playdi. Bu davrda 65 foiz azot, 70 foiz fosfor va faqatgina 45 foiz
kaliyni o'zlashtiradi, kaliyni asosiy qismini hosil pishib etilish davrida o'zlashtiradi.
Mahalliy o'g'itlarni gektariga 20-40 t. Hisobida qo'llash zarur. Qo'llaniladigan go'ng
miqdorini ortishi bilan hosildorlik ham barcha tuproq tiplarida ortadi. Faqatgina go'ng
hisobiga olinadigan qo'shimcha hosil gektariga 20-50 ts ni tashkil etadi.
Kungaboqar mineral o'g'itlarga ham juda talabchan bo'lib, gektariga 90-120 kg ta'sir
etuvchi modda hisobida o'g'itlar qo'llash tavsiya etiladi. Kungaboqar uchun birinchi
navbatda azot etishmasligi namoyon bo'ladi. O'g'itlar samaradorligi mahalliy va
mineral o'g'itlarni birgalikda qo'llaganda kuchli namoyon bo'ladi.
Mineral o'g'itlar qator oralariga ekish bilan birgalikda gektariga 10-15 kg azot, 15-30
kg fosfor donador superfosfat yoki kompleks o'g'itholida qo'llash kerak. Ekish bilan
birgalikda qo'llanilgan o'g'itlar kungaboqar hosildorligini 1,5-2,5 ts/ga oshishini
ta'minlaydi.
N li o'g'itlar bilan oziqlantirish tamakini boshlang'ich rivojlanish fazasida
tugallanishi kerak. Aks xolda, barg sifatini yaxshilovchi belgilarni shakllanishiga
yomon ta'sir qiladi.
Tamakini birinchi oziqlantirish ko'chat o'tkazilgandan keyin oradan 12-15 kun
o'tganda, ikkinchisi esa – birinchisidan 10-12 kun o'tgandan keyin o'tkaziladi.
Tamakiga ekishdan oldin yoki o'suv davrida chirigan go'ngni mineral o'g'itlar bilan
aralashtirib berish yaxshi samara beradi. Tamaki bargini uzish boshlanguncha uni 1-2
marta go'ng sharbati bilan oziqlantirish hosildorlikni oshirib, barg sifatini yaxshilaydi.
Organik va mineral o'g'itlarni birgalikda qo'llaganda ularning miqdori yillik
me'yorini 50 foizini tashkil etishi kerak.
Tamakichilik xo'jaliklarida asosiy ekin yig'ishtirib olingandan keyin, erlar kuz, qish
va bahor oylarida bo'sh qoladi. Shuning uchun bunday erlardan unumli foydalanish
uchun oraliq ekinlardan foydalanish kerak. Uni em-xashak uchun yoki yashil o'g'it
sifatida etishtirish mumkin.
Mevali daraxtlar hayotining davomiyligi, er ustki va ildiz tizimining tez
rivojlanishi bilan boshqa qishloq xo'jalik ekinlaridan farq qiladi. Urug'i va danagidan
ko'payadigan mevali daraxtlar ildiz tizimining rivojlanishi bo'yicha bir-biridan keskin
farqlanadi. Masalan, olcha, gilos, olxo'ri kabi danakli mevali daraxtlarning ildizi urug'li
mevalilarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlanadi.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimini tarqalish diametri ular tanasi diametridan 3-4
marta katta. Ko'pchilik hollarda ildizning tarqalish diametrini aniqlashda daraxt yoshini
ikkiga bo'lish usulidan foydalaniladi. Odatda daraxtlarning o'q ildizlari tuproqprofili
bo'ylab 10 m va undan ham chuqurlikka etadi.
Mevali daraxtlarning rivojlanishiga tuproqdagi oson eriydigan tuzlar, birinchi
navbatda azotning kontsentratsiyasi kuchli ta'sir ko'rsatadi. Gilos, olcha, shaftoli, o'rik,
olxo'ri va boshqalar mo''tadil, olma, nok, smorodina kabilar kuchsiz nordon muhitda
yaxshi hosil beradi.
Mevali daraxtlar hayotining turli rivojlanish davrlarida har xil miqdorda oziq
moddalarni o'zlashtiradi. Yangi hosilga kirgan mevali daraxtlar turiga qarab tuproqdan
o'rtacha 6-44 kg azot, 2-7 kg fosfor va 6-35 kg kaliyni o'zlashtirsa, yoshi ulg'ayib borgan
sari bu ko'rsatkichlar ortib boradi (jadval).
R.r.shreder nomidagi o'zbekiston bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti
ma'lumoti bo'yicha, olma 120 ts/ga hosili bilan tuproqdan 80-85 kg azot, 25-30 kg
fosfor va 85-90 kg kaliyni o'zlashtirib ketadi.
Ma'lumki, mevali daraxtlar to'la hosilga kirguncha bir qator rivojlanish bosqichlarini
o'taydi. Har bir bosqich uchun o'ziga xos o'g'it me'yorlari belgilanadi.
jadval - 36
Hosilga kirgan mevali daraxtlar tomonidan yil davomida oziq moddalarni
o'zlashtirish miqdori, kg/ga
Mevali daraxt
turi
Hosil,
t/ga
Azot
Fosfor
Kaliy
Olma
61,5
67
18
72
Nok
22,0
34
8
38
Olxo'ri
9,9
34
10
44
Shaftoli
23,4
85
20
82
Behi
21,0
52
17
65
Hizil smorodina
20,1
133
51
82