SALIB YURISHLARI
MUNDARIJA
KIRISH.……………………………………………………………………….……...3
I BOB. SALIB YURISHLARINING SABABLARI VA YURISHLARI.……...…6
1.1. Salib yurishlarining boshlanishi sabablari………………………………....…......6
1.2. Dastlabki salib yurishlari va ularning natijalari………………………….….. ....13
II BOB. SALIB YURUSHLARNING YAKUNLANISHI VA UNING
NATIJALAR...............................................................................................................20
2.1. XIII asrda amalga oshirilgan salib yirushlari va diniy ritserlik orderlari…..........23
2.2. So`nggi salib yirushlari va ularning natijalar………………………...………….27
XULOSA………………………………………………………………................….31
ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………………………………………..33
ILOVALAR………………………………...……………………………………….34
2
KIRISH
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta
e'tibor qaratila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix
instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi
tarixida muhim iz qoldirdi. O`zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti I.
Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida
bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining
yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qildi. Unda “ilmiy nuqtai nazarga
tayangan davlatchilik tarixini yaratish” asosiy maqsad sifatida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov “o`zlikni anglash
tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati
darajasiga ko`tarilishi zarur. Tarixni yoritishda bir yoqlamalikka, subеktiv fikrlarga
yo`l qo`ymaslik zarur, faqat bahs, munozara, tahlil mеvasi bo`lgan xulosalargina
bizga to`g`ri yo`l ko`rsatadi”1 - deb takidlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov Respublikamiz mustaqil taraqqiyot yo'lining ijodkori va rahnamosi
sifatida tarix fani, uning bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tahlil yetib, bu
yo'nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydilar. Ushbu vazifalardan
eng muhimi-yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan
va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlami
tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik
g'oyalarini yanada chuqurroq singdirish va tyeran anglatishdan iboratdir. Olimlar
e’tirof etganlaridek, dunyo tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. Har bir hududlar
eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasi o'choqlaridan biri hisoblanib,
bu yyerda dunyo sivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-madaniy
jarayonlar bo'lib o'tgan. Har bir davlatchilik hududlaridan dunyo sivilizatsiyasi
tarixiy taraqqiyotida o'chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu,
1 Karimov I.А. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʼq. T.: Oʼzbekiston, 1998. 136-b
3
sarkardalar yetishib chiqqanlarki, bugungi xalqlar ular bilan xaqli ravishda faxrlansa
arziydi. Hukumatlar tashabbusi bilan tarixi chuqur o`rganila boshlandi. Shu
jumladan jahon davlatchiligi tarixidagi Salib yurishlari davriham. Bu davr haqida
ham izlanishlar olib borildi. Lekin afsuski Salib yurishlari davriva uning jahon
tarixidagi o`rni tog`risida ma’lumotlar o`zbek tilida kam uchraydi. Xlodvigning
Franklarni birlashtirish davrida bosqinchilik orqali ko`plab ichki hududlarni
egallashga muvaffaq bo`ldilar va bu bilan ko`plab xalqlarni va ularning tarixini
bevosita o`zaro daxldorligiga katta hissa qo`shdilar. Mana shu bosqinchilik holati
bir qator xalqlar yashash sharoitlariga ta`sir etdi. Bu esa keyinchalik u yerda
yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o`zgarishlarga olib keldi
desak mubolag`a bo`lmaydi Salib yurishlari davriqoldirgan moddiy va madaniy
boyliklar va yodgorliklar tarixda muhim iz qoldirdi hamda bugungi qimmatli
arxeologik va etnologik kuzatuvlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.
4
Mavzuning dolzarbligi: Salib yurishlari - Gʼarbiy Yevropa ritsarlarining
musulmon, pravoslav davlatlari va turli xil xristian mazhablariga qarshi olib borgan
davomiy yurishlari. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi navbatda,
Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish edi. Biroq salib yurishlari keyinchalik
Baltiqboʼyi majusiylarini xristianlashtirish. Yevropada papa hukumatiga qarshi
harakatlarni bostirish yoki papalarning siyosiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi
boʼlib qoldi. «Salibchilar» atamasi, salib yurishi ishtirokchilari oʼz kiyimlariga salib
(xoch, krest) tikib olishgani uchun, paydo boʼlgan. Yurish qatnashchilari
gunohlardan poklanadi deb hisoblangani bois, yurishda nafaqat ritsarlar, balki oddiy
aholi, hattoki bolalar qatnashgan. Falastin uzoq davrdan beri arab davlatlari hukmi
ostida edi, ular xristianlarga bagʼrikenglik bilan munosabatda boʼlishgan.
Falastindagi xristianlar uchun muqaddas sanalgan maskanlarni ziyorat qilishlariga
monelik qilishmagan. Saljuqiy turkpar esa bunga yoʼl qoʼymagan. Endi xristianlar
uchun Quddusga borish oldingidek xavfsiz boʼlmay qoldi. Rim papalari Falastinni
Saljuqiylardan tortib olishmasa, ziyoratgohlarga borish umuman toʼxtab qolishidan
xavfsirashdi. Salib yurishi Rim papasi Urban II tashabbusi bilan Quddus va
Falastinni musulmonlardan ozod qilish maqsadida amalga oshirilgan. Dastlab
papaning murojaati faqat frantsuz ritsarlariga qaratilgandi, lekin keyinchalik katta
masshtabdagi harbiy kampaniyaga aylanib ketdi. Salib yurishi gʼoyasi barcha
Gʼarbiy Yevropa davlatlarini qamrab oldi. Salib yurishining sabablaridan biri
Vizantiya imperatori Аleksey I ning Rim papasidan yordam soʼrashi edi. Bir necha
asr Vizantiya gʼarb xristianlari uchun jangovar musulmonlar hujumlaridan ajratib
turadigan bufer zona boʼlib keldi. Biroq 1071 yildagi Mantsikert jangida yengilgan
imperiya Kichik Osiyodagi katta hududidan ajraldi. Magʼrur Vizantiya muqarrar
halokatdan qutulish uchun Rim papasidan yordam soʼrashga majbur boʼldi. Birinchi
salib yurishidan oldin Аnatoliyaning katta qismi islomning sunniylik yoʼnalishidagi
Rum saljuqiylari hukmi ostida edi. Xristianlar bilan kurashishga qaraganda
saljuqiylarni ichki qoʼzgʼolonlarni bostirish, taxt talashishlar, shialarning isyonlari
qattiq tashvishga solardi. Falastinni markaziy hokimiyatdan deyarli mustaqil amirlar
5
boshqarardi. Misrning katta qismi shia yoʼnalishidagi fotimiylar sulolasi qoʼlida
boʼlgan. Saljuqiylar fotimiylar hududining bir qismini bosib olishdi. Shuning uchun
Аleksey Komnin salibchilarga fotimiylar bilan ittifoq tuzishni maslahat berdi. 1076
yili saljuqiylar Quddusni egallagan boʼlsada, 1098 yili fotimiylar shaharni qaytarib
oldi. Shialar salibchilarni dahshatli dushmandan qutqaruvchi xaloskor deb bilardi.
Lekin ularning xomxayollari qimmatga tushdi.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Ushbu kurs ishining maqsadi Salib
yurishlari davrijahon tarixidagi o`rnini yanada kengroq ochib berish. Bu davlat
haqida ma’lumotlar juda kam. Shu tufayli bu davrga doir ma’lumotlar bazasini
kengaytirish va uni ilmiy nuqtai nazardan o`rganib mohiyatini yanada
oydinlashtirishi va mavzuga oid mavjud ma’lumotlardagi noaniqlik va xatolarga
oydinlik kiritish. Shuningdek Salib yurishlari davrisiyosiy ijtimoiy va iqtisodiy
hayotiga aniqlik kiritish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: Salib yurishlari davridavlatchiligi tarixida ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarning tutgan o‘rnini turli ilmiy tadqiqot metodlari asosida
o‘rganish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Salib yurishlari davriijtimoiy-iqtisodiy o‘rganilishi natijalarini tahlil qilish;
- ma`lumotlarni umumlashtirish va ularning Salib yurishlari davri tarixi va
madaniyatini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berish;
- Salib yurishlari davri hayotiga oid to‘plangan ma’lumotlarni Frank xalqi
davlatchiligi tarixining yangi sahifalarini yoritishda muhim manba sifatida tahlil
etish;
- Salib yurishlari davriijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini qamrab olgan holda tadqiq
etish;
6
- mavjud ma’lumotlarni qiyoslagan holda Salib yurishlari davrisiyosiy faoliyatini
o‘rganish hamda siyosiy masalalariga yangidan baho berish, manbalar va so‘nggi
tadqiqotlar asosida ushbu masalalarni oydinlashtirish, munozarali masalalarga
aniqlik kiritish;
- manba va adabiyotlarni tahliliy o‘rganib, Salib yurishlari davri ijtimoiy-iqtisodiy
siyosiy faoliyatidagi ilmiy muammolarni, ularning o‘rganilishi natijalari,
tadqiqotchilar xulosalarini qiyoslab, yangi asoslarda tadqiq etish;
- Frank xalqining o‘rta asrlar davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini va uning siyosiy-
tarixiy jarayonlarda tutgan mavqeyini yoritib berish.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Salib yurishlari davri ijtimoiy-iqtisodiy
davri bugungi kungacha olimlar, tarixshunoslar tomonidan juda ko`p tadqiq
qilingan. Shuningdek bugungi vaqtda ham bu davr haqida qandaydir bir shaklda
ilmiy yoki amaliy izlanishlar olib borilayapti. O`tgan asrlarda ham bu davrga doir
ilmiy izlanishlar olib borilgan.. Ayrim ilmiy tadqiqotlar esa hali tugatilmagan.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalar rivojidan keyin ham bu tarixiy voqeaga boshqa
voqealar singari jiddiy chuqurroq e’tibor berilayapti. Natijada esa Salib yurishlari
davri haqida ma’lumotlar bazasi oshdi. Hamda bir qator tarixiy arxivlarida hamda
Britaniya,yevropa va rus ensiklopedik asarlari orqali ham bu mavzu yaxshi
o`rganilgan.
Davriy (xronologik) chegaralanishi: Kurs ishining davriy chegarasi Salib
yurishlari davri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ularning ijtimoiy - iqtisodiy,
madaniy hayotini o`rganib tahlil qilishdan iborat.
Ishning hajmi: Ushbu kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxati va ilovadan tashqari 30 betdan iborat.
7
I. Bob. Salib yurishlarining sabablari va yurishlari
1.1. Salib yurishlarining boshlaninsh sabablari
Islom 7-asrda O`rta Sharqda paydo bo`lgan va tez orada son jihatdan o`sib
boradi. Uning hududiy kengayishi juda tez edi va bir necha yil ichida uning
izdoshlari butun Shimoliy Afrikani va deyarli butun Ispaniyani bosib olishga
muvaffaq bo`lishdi. Ushbu o`sish nasroniylik bilan katta qarama-qarshiliklarni
keltirib chiqardi. Ushbu to`qnashuvlardan biri ikkala dinning ham muqaddas
joylarida, xristianlar Muqaddas Yer deb atagan va markazi Quddusda bo`lgan.
Birinchi salib yurishidan oldin, papa tomonidan boshqarilgan musulmonlar va
nasroniylar muqaddas deb tasniflangan bir necha urushlarda qatnashishgan. Papa
Aleksandr II 1061-yilda, Sitsiliyada va 1064 yilda Ispaniyada Rekonquest deb
nomlangan sharoitda musulmonlarga qarshi kurashishga chaqirdi.
Salib yurishining sabablaridan biri Vizantiya imperatori Aleksey I Komnin
Rim papasiga murojaat qilgan yordam chaqiruvi edi. Ushbu chaqiriq bir nechta
holatlarga bog’liq edi.1 1071-yilda imperator Roman IV Diogen qo`shini Manzikert
jangida saljuqiy turk sultoni Alp-Arslan tomonidan mag’lub bo`ldi. Ushbu jang va
keyinchalik Roman IV Diogenning ag’darilishi Vizantiyada fuqarolar urushi
boshlanishiga olib keldi, bu 1081-yilgacha Aleksey I Komnin taxtga o`tirgunga
qadar susaymadi. Bu vaqtga kelib, Saljuqiy turklarining turli rahbarlari
Konstantinopoldagi janjal mevalaridan foydalanishga muvaffaq bo`lishdi va
Anadolu platosining katta qismini egallab olishdi. Hukmronligining dastlabki
yillarida Aleksey Komnin ikki frontda — G’arbda hujum qilgan Sitsiliya
normandlariga va Sharqda saljuqiy turklarga qarshi doimiy kurash olib borishga
majbur bo`ldi. 2 Vizantiya imperiyasining Bolqon mulklari ham polovtsi va
pecheneglarning vayronkor reydlariga duchor bo`lgan. Bunday vaziyatda Aleksey
ko`pincha g’arbiy Yevropadan kelgan yollanma askarlarning yordamidan
1 Виймар П. Крестовые походы. – М.: АСТ, 2006. C-211
2 Лучицкая С.И. Крестовые походы // Словарь средневековой культуры. М., 2003. C-233
8
foydalangan, ularni Bizantlar franklar yoki keltlar deb atashgan. Imperiya
qo`mondonlari Yevropa kavaleriyasining jangovar fazilatlarini yuqori baholadilar
va yollanma askarlardan zarba qismlari sifatida foydalandilar. Ularning korpusi
doimiy ravishda to`ldirishga muhtoj edi. 1093-yoki 1094-yillarda Aleksey Rim
papasiga navbatdagi korpusni yollashda yordam so`rab murojaat qilgan. Ehtimol, bu
iltimos salib yurishini chaqirish uchun asos bo`lib xizmat qilgan.
Yana bir sabab G’arbda Falastinda sodir bo`lgan vahshiyliklar haqidagi mish-
mishlar bo`lishi mumkin. Shu payt yaqin Sharq buyuk Saljuqiylar sultonligi (hozirgi
Eron va Suriya hududining katta qismini egallagan) va Misrning Fotimidlar davlati
o`rtasidagi front chizig’ida edi. Saljuqiylarni asosan sunniy musulmonlar,
Fotimidlarni asosan shia musulmonlari qo`llab-quvvatladilar. Falastin va Suriyadagi
xristian ozchiliklarini himoya qiladigan hech kim yo`q edi va harbiy harakatlar
paytida ularning ba’zilari vakillari talon-taroj qilindi. Bu Falastinda musulmonlar
tomonidan sodir etilgan dahshatli vahshiyliklar haqida mish-mishlarni keltirib
chiqarishi mumkin.1
Salib yurishlari deganda Yevropa feodallarining XI asr oxiridan to XIII asr
oxirigacha Yaqin Sharqda – Suriyada , Falastinda, Misrda, Bolqon yarim orolida,
Kipr orolida va boshqa joylarda olib borgan harbiy ekspeditsiyalari ko`zda tutiladi.
G‘arbiy Yevropa feodallarining Sharq mamlakatlariga ommaviy yurishlariga sabab:
birinchidan, XI asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharqda yuz bergan o`zgarishlar,
ikkinchidan, qisman feodal G‘arbiy Yevropaning o`zidagi umumiy iqtisodiy
taraqqiyot natijasi edi. Savdo sotiqning rivojlanishi bilan shaharlarning shiddatli
rivojlanib ketishi oqibatida feodallarning ehtiyojlari ham ko`payib ketdi. Natijada
ular kattaroq o`ljalarni qidira boshladilar. Bu vaqtda g’arbiy yevropada ritsrlar soni
ham birmuncha ko`paya bordi. Sharq G‘arbiy Yevropa feodallarini nimasi bilan
o`ziga jalb qildi. Bu vaqtda yaqin Sharq mamlakatlari moddiy va ma’naviy
madaniyatining rivojlanish darajasi bo`yicha g’arbiy Yevropadan ilgarilab ketgan
1 Мишо Ж. История крестовых походов / Пер. с фр. С.Л.Клячко – М.: Алетейа, 2001. C-412
9
edi. Sharqdan va Vizantiyadan yevropaliklar qimmatbaho tovarlar va boyliklar olib
kelganlar. Sharq mamlakatida safarda bo`lganlar bu yangi shaharlarning afsonaviy
boyliklari haqida so`zlashardilar. Yevropaliklar nazarida sharq “yerdagi jannat” edi.
Bu yerning boyliklari oxir oqibat qashshoqlashib borayotgan ritsar va feodallarning
orzusiga aylandi. Ammo salib yurishlarida feodallardan tashqari, jamiyatning
boshqa sinflari, jumladan, dehqonlar ham qatnashdilar. Bu hol salib yurishlariga
yalpi, ommaviy tus beradi. Yaqin sharqda XI asr oxirlarida vaziyatning
murakkablashib borishi u yerdagi boyliklarga ega bo`lish haqidagi rejalarning
amalga oshirilishi uchun qulay sharoit yaratdi.Saljuqiy turklar 1055-yilda Bog’dodni
va 1071-yilda Mansikert yaqinidagi jangda vizantiya qo`shinlarini mag‘lubiyatga
uchratib deyarli butun Kichik Osiyoni egallab olishdi. Shuningdek asosiy xristianlik
ilohlari joylashgan Suriya va Iyerusalim bilan birgalikda Falastinni ham egalladi. Bu
esa bir qancha vaqt feodallar bu jannatmakon yerlarga tashrif buyurishini
qiyinlashtirdi va dushmanlarga bu yerlarni ozod qilish uchun targ’ibot qilishga
bahona bo`ldi. Vizantiya hech qachon XI asr oxiridagi kabi achinarli holatga
tushmagan edi. Saljuqiy turklar deyarli oxirgi bo`g’ozlargacha egalladilar va
Konstantinopoldan 1000 kmcha narida bo`lgan Nikea shahrini o`zlarining
poytaxtiga aylantirdilar. Janubiy Italiyalik normandlar esa Bolqongacha suzib
bordilar. Makedoniya va Fessaliyani vayronaga aylantirdilar. Imperator Aleksey I
ularni u yerlardan chiqarib tashlashga muyassar bo`lgan bo`lsada ammo shimoldan
Konstantinopolga suqulib kira boshlashgan edi. Turk amiri Chaxa ular bilan
Konstantinopolga hujum qilish bo`yicha kelishuv tuzdi. Bu esa Vizantiya imperatori
Aleksey I ni Papa va G’arbiy Yevropalik qirollardan yordam so`rashga majbur qildi.
Bu murojat salib yurishlariga undovchi feodal va ritsarlarning rejalarini ro`yobga
chiqarish uchun juda qulay sabab edi. 1 Salib harakatlari endilikda faqatgina
feodallardan emas balki keng ko`lamli aholini ham o`z ichiga oldi. Unda butun
boshli dehqonlar, shuningdek, Shimoliy Italiya shaharlari aholisi ham ishtirok etadi.
1 Успенский Ф.И. История крестовых походов. – М.: Даръ, 2005. C-112
10
Dehqonlarning ma’naviy yo`lboshchisi bu -Papa boshchiligidagi katolik cherkovi
edi. Haqiqatdan ham bu feodal jamiyatdagi mazkur ijtimoiy guruhlarning bu
harakatda ishtirok etishidan sabab maqsadlari har xil bo`lsada ularni bitta shior
birlashtirgan. Bu ham bo`lsa xristianlikni ozod qilish edi. Boy feodal ritsarlar uchun
ularning bu yurishga qatnashishi uchun yagona sabab yerlarni egallab olish va
boshliqlarga ega bo`lish edi. Boy senyorlar sharqda mustaqil knyazliklarni tashkil
qilishga harakat qilar edi. Bu yurishda ishtirok etayotgan g’arb davlatlari monarxlari
esa koloniya mulklariga ega bo`lishmoqchi edi. Ko`p sonli ritsarlar bosib olingan
mamlakatlarda yer lenlarini olishga umid qilishar edi. Ruhoniylar esa cherkovga
kirim bo`lishini va boy okruglarni kutishardi. Papalik yagona boshqaruvchi roliga
kirar ekan faqatgina katolik cherkovi ustida emas balki butun g’arb davlatlari ustida
raxbarlik qilish maqsadini mustahkamlash uchun harakat qilar edi. Papa Grigoriy
VII yerlarni bo`lib olish uchun yurish qilishni rejalashtirdi va shu asosida pravaslav
va katolizm bilan birlashishni niyat qilgan edi. Papalik shundan musulmon
mamlakatlarida ham katolik missiyasini muvafaqiyatli chiqishiga umid qilardi.
Sharqdagi boy cherkov buyumlari hisobiga papa g’aznasini to`ldirish esa ikkinchi
o`rinli masala edi.
O`z yurtida feodallik zulmidan jabr ko`rgan dehqonlar ommasi daryo ortida
bo`lgan uzoq mamlakatlarga borib erkinlikka erishish eksplutatsiyadan qutulish va
balki boyib ketish umidida edi. Bu umid haqiqatga aylanib borib oxir oqibatda
kambag’llar orasida salib yurishlari boshlanishiga sabab bo`ldi. Bu urush o`zining
avvalgi diniy sababi va ahamiyatini yo`qotib oddiy talon taroj ekspeditsiyasiga
aylandi. Salib yurishlariga sharq bilan savdoda o`z o`rnini mustahkamlashga harakat
qilayotgan, shuningdek Sharqiy O`rtayer dengizi bozorlarini egallab olish va
o`zlarining kolonoyalarini yaratish uchun harakat qilgan yirik shimoliy Italiya
shahar respublikalari bo`lgan Vizantiya, Genuya va boshqalar faol ishtirok etdilar.
Birinchi salib yurishi: 1095-yilda Klermondagi cherkov yig’ilishida papa
Urban II barcha qirollar, sennorlar, ritsarlar va oddiy xalqni qo`liga qurol olishga va
yurish boshlashga chaqirdi. Bu yurish ishtirokchilariga o`zlarining ko`ngillarini
11
ko`tarishni va shu bilan birga quyidagi so`zlarni aytardi: “Kimki bu yerda jabr
ko`rgan va qashshoq bo`lsa, u yoqda baxtli va boy bo`ladi” deb ishontirganlar. Ular
ishonib orqasidan jangga ketadilar. Urban II yurish qilishga va’da beradi va buni
belgisi sifatida kiyimiga xoch rasmini tushiradilar (Shuning uchun bu yurish salb
yurishi ishtirokchilari esa salbchilar deb nomlangan). Salib yurishlari uchun aholi
ommasini jalb qilish uchun cherkov salibchilarga bir qancha imkoniyatlar
beradi.Jumladan, qarzlarini to`lashdan va narsalarini qo`riqlashdan ozod qildi.
Salibchilar cherkovning maxsus homiyligi ostida bo`ldi. Yig’inda qisman fransuz,
qisman boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir bo`ldilar. 1
Feodallarning ko`pdan – ko`p yig’inlarini o`tkazish vaqtining o`zi shu narsani
yaqqol ko`rsatdiki, papa bosh ko`tarib chiqmasdan ancha burun ritsarlar orasida
keng targ’ibot olib borilgan va ularning bir qismini Falastinga salib yurishi o`tkazish
rejalaridan manfaatdor qilishga ulgurilgan edi. Papaning bu chiqishi ancha ilgari
tayyorgarlik
ko`rila
boshlagan
ishni
tashkiliy
va
ideologiya
jihatdan
rasmiylashtirishdan iborat bo`ldi xolos.
1096-yilning bahorida shimoliy va sharqiy Fransiyaning, qisman g’arbiy
Germaniyaning dehqonlar ommasi salib yurishi uchun yo`lga tushdi. Dehqonlarga
monax Pyotr Ammenskiy va kichik mulkdor ritsar Valter Golyak boshchilik
qildi.Dehqonlar zudlik bilan o`zlarining barcha mol– mulklarini sotishib, yurish
uchun zarur buyumlarni qimmat narxlarda bo`lsada sotib ola boshladilar. Ko`p sonli
oilalar o`zlarining bolalari bilan jo`nab ketadilar.Dehqonlar olomoni yomon
uyushtirilgan, naridan beri qurollantirilgan, oziq – ovqat mahsulotlari bilan
muntazam ta’minlanib turilmas edi. 2 Yo`l davomida ular turli bosqinchilik
yurishlarini uyushtiradilar, bir qancha aholiga hujum qilib ularning shaharlarini o`t
ichida qoldirdilar. Konstinopolga ushbu salibchilarning yarmidan kamigina (40
mingtachasi) yetib bordi. Qolganlari to`qnashuvlarda, shuningdek, kasallik va
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001 B-453
2 Ирвин Р. Крестовые походы: древнейшие и новейшие стереотипы / Пер: А.Ярин // Интеллектуальный форум.
– 2001 – №5.
12
ochlikdan o`lib ketishdi. Salibchilar Konstantinopolga kirib kelgach, imperator
ularni tartibsizlik ko`rsatishi va zo`ravonlik qilishidan xavfsirab, ularni Kichik
Osiyo sohiliga jo`natib yuborishga shoshildi.Vizantiya imperatori Aleksey I
maqsadsiz tashkillashtirilganbu salib yurishini ko`rib ularni ritsarlar kelguniga qadar
ushlab turishga harakat qildi. Ammo ularni qochib ketishini oldini olish uchun ularni
bo`g’oz orqali harakatlantirishga buyruq beradi. Turklar bilan bo`lgan birinchi
to`qnashuvdayoq salibchilar deyarli yo`q qilindi. Qolganlari jami 1000 ga yaqin
odam Pyotr Pustinning bilan Bosforga qarab qochdi va Konstantinopolga qaytishga
harakat qildi. “1096-yil kuzida Konstantinopolga ritsarlar kela boshladi. Ular juda
yaxshi qurollangandi. Bu qurollarni yerlarini sotib olgan edilar. Bu yurishga Quyi
Lotaringiya gersogi Gotfrid Bulonskiy boshchilik qilib, o`zi bilan birga Sharqqa
ikkita ukasi – Bolduin bilan Evstafiyni olib ketdi. Shimoliy fransuz feodallariga
Normandiya grafi, hamda Flandriya grafi Robert boshchilik qildilar, janubiy fransuz
feodallari o`zlariga Tuluziya grafi Raymundni yo`lboshchi qilib oldilar.”1Ular oldin
salibchi dehqonlar yurgan, BolqondaDunay yaqinidagihaj safari yo`lidan yurishadi.
So`ng ritsarlar norman gersogi Robert va boshqa yirik fransuz senyorlari boshqarib
kelgan shimoliy va o`rta fransiya tomon harakatlanishadi. Janubiy Italiyalik
normandlar Vizantiyaning bevosita dushmani bo`lgan gersog Bolmun Tarentskiy
boshchiligida Ipr va Bolqon orqali yuradilar. Janubiy Fransiyalik ritsarlar Raymund
Tuluzskiy boshchiligida quruqlik orqali Konstantinopol tomon harakatlanadilar va
Konstantinopolga bordilar. Ritsarlar to`dalarining Bolqon yarim oroli bo`yicha
harakat qilishiva qashshoqlarning ham shu yo`nalishda yurishi cheksiz talon –
tarojlik keltirib chiqardi. Vizantiya shahri bo`lgan Pelagoniya bosib olindi va yoqib
yuborildi. Imperator salibchilarning harakat yo`lini qo`riqlash va ehtiyot choralarini
ko`rishga majbur qildi. Alohida guruhlarning Konstantinopolga yetib kelishi bilan
ular tezda qaytadan Bosfor orqali harakatlandi. Bahor oxiriga borib 1097-yil ritsarlar
1Karpov S.P., Udaltsova Z.V. “Oʻrta asrlar tarixi” 2 jildda. 1-jild, M.: Yuqori. maktab, 1990. 117
13
Kichik Osiyo tomon harakatlanib oxir oqibat Nikeya shahrini ozod qilishdi. Uning
uncha katta bo`lmagan otryadi Vizantiyaliklarga taslim bo`ldi.Vizantiya salibchilari
boshqa hech narsa ololmadilar.
Turklarning suvsiz mamlakatini vayron qilishga qaratilgan jazirama issig’da
og’ir va zerikarli yurishlar boshlandi. Turklarning yengil otliq askarlari doimo
salibchilarga yon tomondan va orqadan hujum qilardi. 1098-yil boshida shimoliy
fransuz ritsarlari Mesopatamiya shimolidagi Edessa shahrini qamal qiladi. Bu yerda
birinchi salibchilar davlati – Edessaga Bolduin knyaz bo`lib oldi. Salibchilarning
Edessani bosib olishi strategiya jihatidan muhim edi, chunki Edessa Suriya bilan
Flastinni shimol tomondan turklar hujumidan qo`riqlab turardi. 1098-yil yozida
Bolduin boshchiligida yaxshi qurollangan salibchilar “Sharq poytaxti” Antioxiya
shahrini qamal qilishdilar va bosib oldilar.Salibchilarbosib olingan shaharlarda
musulmon aholisi ustidan qirg’in uyushtirdilar. Boy shaharlarni talashdi, natijada
ziddiyatlar kelib chiqa boshladi. Vizantiya bu yerlarga o`zi qonuniy da’vogor bo`lib
chiqdi. Oxir oqibat Boemund TarenskiyAntioxiyaning knyazi bo`ldi. Bu esa oxiri
Vizantiya bilan salibchilar o`rtasida kelishmovchiliklarga olib keldi. Vizantiya
qo`shinlari turklarning kuchsizlanib qolganligidan va salibchilar o`rtasidagi
ziddiyatlardan foydalanib Kichik Osiyoga yaqin viloyatlarni bosib oldi.
Bosib olingan yerlarda mayda ishlari bilan shug’ullanib, o`zlarining asosiy
maqsadi – jannatmakon yerlarni bosib olishni unutib qo`yishdi. Bu esa salibchilar
ommasini ko`tardi va ularning rahbarlari 1099-yil Falastindagi Iyerusalimga yurish
boshlashdilar. Uzoq muddatli hujumlar va to`xtovsiz urushlar natijasidashahar
egallandi. Bosqinchilar shafqatsiz holda musulmonlarniham, xristianlarni ham
qiynab, erkaklarni, gunohsiz ayollar va bolalarni o`ldirdilar. Tez orada salibchilar
deyarli barcha sharqiy qirg’oqlardagi; O`rtayer dengizi ford shaharlari – Akra,
Tripoli, Tir kabilarni bosib oldilar. Salibchilarning shimoldan janubga tomon tor
mintaqa bo`lib cho`zilib ketgan mulklarining uzunligi 1200 kmga yetar edi. Nihoyat
birinchi salib yurishlari yakuniga yetdi. Barcha tirik qolgan ishtirokchilar
taqdirlandilar. To`dalar rahbarlari katta yerlar knyazlariga aylandilar. Baron va
14
ritsarlar katta lenlarning egalariga aylandilar, ruhoniylar esa boy cherkov
prebendigaaylandilar. Dehqonlargayaxshi sharoitga ega bo`lgan yerlar ajratildi,
ba’zilariga esa ritsarlar yetishmaganligi uchun ritsarlik unvonlari berildi. Natijada
dehqonlarning bir qismi ritsarlik xizmatiga o`tishdi.
1.2. Dastlabki salib yurishlari va ularning natijalari
Birinchi salib yurishi. Birinchi salib yurishi 1096 yilda Rim papasi Urban II
qarori bilan Vizantiya imperatori Aleksey I iltimosiga binoan Sharqiy nasroniylarga
Anadoluni (kichik Osiyo) Saljuqiylar hujumidan himoya qilishda yordam berish
maqsadida tashkil etilgan. Kampaniya davomida Quddusning muqaddas shahri va
Muqaddas zaminni musulmonlardan ozod qilish ham qo`shimcha maqsad bo`ldi.
Dastlab Rim papasining murojaati faqat frantsuz ritsarligiga qaratilgan edi, ammo
keyinchalik bu kampaniya keng ko`lamli harbiy kampaniyaga aylandi va uning
g’oyasi G’arbiy Evropaning barcha nasroniy davlatlarini qamrab oldi. Feodallar va
oddiy odamlar yer va dengiz bo`ylab Sharqqa qarab harakatlanib, Saljuqiylar
hokimiyatidan kichik Osiyoning g’arbiy qismini ozod qildilar va Vizantiyaning
musulmon tahdidini yo`q qildilar va 1099 yil iyul oyida Quddusni zabt etdilar. 1-
salib yurishi paytida Quddus qirolligi va boshqa nasroniy davlatlari tashkil topdi,
ular Lotin Sharqining nomi bilan birlashdilar. Salib yurishlari tarixida ma’naviy va
ritsarlik buyruqlari muhim rol o`ynagan.1
Birinchi salib yurishlàrigà Fransiya, Itàliya và Germaniyaning turli
viloyatlaridan kelgan ritsarlar to`plangan. Ular yoshi qurillangan, zarur ozuqa va pul
bilan ta’minlangan edilar. Vizàntiya poytaxti Kanstantinopolda 1096-yilning
kuzidan to`planà boshlagan ritsarlarga imparator Alaksay I vassallik qasamyodini
qabul qildirgan. Ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga
siyosiy qaram bo`lishi lozim edi. Yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilarning
o`z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi. 2 Ularning ichida Quddus qirolligi
1 Мишо Ж. История крестовых походов / Пер. с фр. С.Л.Клячко – М.: Алетейа, 2001. C-325
2 Аверинцев С.С. Судьба европейской культурной традиции в эпоху перехода от античности к средневековью
// Из истории средних веков и Возрождения. М., 1976;
15
salibchilarning asosiy davlati edi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome
masjidida 10 ming musulmonni o`ldiradilar. Yahudiylar o`z sinagogasi
(ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg’in paytida ko`plab ayollar va bolalar ham
halok bo`làdi. Shaharliklar uyigà bostirib kirgan ritsar eshikka qalqonni osib qo`yar
va bu u barcha jihozlari bilan yangi xo`jayinga o`tganliginianglatar edi. Yevropadan
kelayotgan ritsarlar iqimi xristianlarga istilo qilingàn hududlàrni 200-yilcha qo`lda
saqlash imkonini bajradi. Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy dehqonlarni
qaramlikkatushiradilar. Yangi xo`jayinlar hosilning 1/3 qisminisoliqqa ola
boshlaydi. Unga qo`shimcha tarzda aholiqirolga, xristian cherkovigaham soliq
to`lashga majbur etiladi. Natijada mahalliy aholida salibchilarga nisbatan nafrat
kuchayib, qo`zg’olonlar ham bo`lib turadi. Falastinda tashkil etilgandiniy-ritsarlik
ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G’arbda oddiy
rohiblarning asosiy ishiibodat va mehnat qilish bo`lsa, diniy-ritsarlik ordeni
a’zolariningasosiy vazifasi urush edi. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar
ordeni bo`lgan. Uni ba’zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar
Falastinni qayta egallaganidan so`ng ordendastlab Rodos oroliga, bir necha asr o`tib
Maltagako`chib joylashadi.Quddusga kelayotgan ziyoratchilarnihimoya qilishuchun
tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab tampliyerlar deb nomlangan. 1 U
Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepaliknomi bilan atalgan.Tampliyerlar xayriya va
in’omlar olishdan tashqari,sudxo`rlik bilan ham shug’ullangan. Yevropada
ularningboyliklari haqida afsonalar to`qilgan.
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Musulmon hukmdorlariSharq va
Janub tomondan salibchilarni siqibkelmoqdaedi. Ularga qarshi kurashish uchun
Yevropafeodallari ikkinchi salib yurishini uyushtirdilar. Ikkinchisalib yurishi XII asr
o`rtalarida bo`lgan. Fransiya qirolio`z qo`shini bilan ishtirok etgan bu yurishlar
muvaffaqiyatsiztugagan.Musulmonlar tez orada kuchli davlat tuzadi. 1171 yilda
Misr hukmdori bo`lgan Salohiddin al-Ayyubiy salibchilarga qarshi kurash
1 Shuxrat Ergashev Jahon tarixi. Toshkent-2014. B-211
16
boshlaydi. U 1187 yilda Tivernad ko`li bo`yidagi jangda ritsarlar qo`shinini yengib,
Quddus shahrini xristianlardan qaytarib oladi. Muqaddas shaharning boy berilishi
navbatdagi salib yurishiga bahona bo`ldi. Galdagi harbiy yurishida Angliya qiroli
Richerd I Sheryurak, Fransiya qiroli Fillip II va Germaniya imperatori Fidrix I
Barbarossa ishtirok etadi.
Yevropadan boshlangan ikkinchi yirik salib yurishi edi. Ikkinchi salib yurishi
1144-yilda Edessa Grafligining Imodaddin Zengi qoʻshinlari tomonidan magʻlub
etilishiga javob tariqasida boshlangan. Graflik Birinchi salib yurishi paytida (1096-
1099) 1098-yilda Quddus qiroli Boldvin I tomonidan tashkil etilgan. U birinchi
salibchilar davlati sifatida tashkil etilgan edi, ammo birinchi boʻlib magʻlubiyatga
uchraydi.Bu voqea Yevropada 3-salib yurishlari (1189–1192) tashkil qilinishiga olib
keladi. Ammo german imperatori, Fransiya qiroli va Angliya qiroli ishtirokidagi bu
yurishlar ham muvaffiqiyatsiz tugaydi.Ikkinchi salib yurishi Rim papasi Yevgeniy
III tomonidan eʼlon qilingan va Yevropa qirollari, yaʼni Fransiya qiroli Lyudovik
VII va Germaniya qiroli Konrad III tomonidan boshqarilgan hamda boshqa bir qator
Yevropa zodagonlari tomonidan qoʻllab quvvatlangan. Ikki qirolning qoʻshinlari
Yevropa
boʻylab
mustaqil
ravishda
harakat
qildi. Vizantiya hududidan Onadoʻliga oʻtib
bordi
va
ikkala
qoʻshin
ham Saljuqiylar tomonidan alohida-alohida magʻlubiyatga uchratildi. Gʻarbiy
nasroniylarning asosiy manbasi Deuil Odo va Suriya nasroniylarning manbasi
ekanligini daʼvo qilgan Vizantiya imperatori Manuel I Komnenos salibchilar
yurishlariga, xususan, Onadoʻlidagi yurishlariga yashirincha toʻsqinlik qilgani
aytiladi yaʼni turklarni hujum qilishini ataylab buyurgani iddao qilinadi.1 Biroq,
Vizantiyaliklar tomonidan salib yurishining bu gumon qilingan toʻsqinlik, ehtimol,
imperiyani toʻsiq sifatida koʻrgan Odo tomonidan uydirilgan boʻlib, bundan
tashqari, imperator Manuelning buni qilish uchun hech qanday siyosiy sababi yoʻq
edi. Lyudovik va Konrad qoʻshinlarining qoldiqlari Quddusga yetib kelishdi va
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999. B-645
17
1148-yilda Damashqga notoʻgʻri hujum qiladilar va bu ularning chekinishi bilan
yakunlandi.
Oxir
oqibat,
sharqdagi
salib
yurishi
salibchilar
uchun
omadsizlik, musulmonlarning esa gʻalabasi boʻldi. Bu oxir-oqibatda Quddusning
qulashiga asosiy taʼsir koʻrsatadi va bu XII asr oxirida Uchinchi salib yurishining
boshlanishiga sabab boʻladi.
Ikkinchi salib yurishida salibchilar Muqaddas Yerda oʻz maqsadlariga erisha
olmadi, ammo boshqa joylarda gʻalabalarga erishdilar. Ulardan eng muhimi 1147-
yilda 13 000 nafar flamand, friz, norman, ingliz, shotland va nemis salibchilarning
birlashgan qoʻshiniga toʻgʻri keldi. Angliyadan kemada Muqaddas Zaminga yoʻlga
chiqqanqoʻshin shu yerda toʻxtab, ularga yordam berdi. Kichikroq (7000 kishilik)
portugal armiyasi Lissabonni egallagan va uning Mavriy aholisini quvib chiqargan.
1147-yil bahorida Rim papasi Rekonkista kontekstida salib yurishini Iberiya
yarim oroligacha kengaytirishga ruxsat berdi. U, shuningdek, Leon va Kastiliya
hukmdori Alfonso VII ga Mavrlarga qarshi yurishlarini Ikkinchi salib yurishining
qolgan qismilari sifatida tenglashtirishiga ruxsat berdi 1 . 1147-yil may oyida,
salibchilarning birinchi kontingenti Angliyadagi Dartmut shahridan Muqaddas
Yerga joʻnab ketdi. Noqulay ob-havo kemalarni 1147-yil 16-iyun kuni
shimoliy Portu qirgʻogʻida toʻxtashga majbur qildi. U yerda ular Portugaliya qiroli
Afonso I bilan uchrashishga qaror qilishdi2.
Salibchilar qirolga Lissabonga hujum qilishga yordam berishga kelishib olishdi va
ularga shahar mollarini talon-toroj qilishi va ozod qilinishi kutilgan mahbuslar
uchun toʻlovni taklif qilishdi. Biroq salibchilarning bir qismi 1142-yilda Lissabonni
qamal qilish paytida portugal va shimoliy salibchilarning birgalikdagi kuchlari
tomonidan shaharga qilgan muvaffaqiyatsiz urinishlarini eslab, yordam berishga
ikkilanib turishdi. 1147-yildagi Lissabon qamali 1-iyuldan 25-oktyabrgacha davom
etdi, toʻrt oydan soʻng Mavriya hukmdorlari, birinchi navbatda, shahar ichidagi
1Rayli-Smit, Jonatan. „Salib yurishlari atlasi“. Nyu-York: Fayldagi faktlar, 1991.
2Runciman, Stiven. „Salib yurishlari tarixi, jild. II: Quddus Qirolligi va Franklar Sharqi, 1100–1187“. Kembrij
universiteti matbuoti, 1952. ISBN 9780521347716.
18
ochlik tufayli taslim boʻlishga rozi boʻlishdi. Salibchilarning aksariyati yangi bosib
olingan shaharga joylashdi, biroq ularning bir qismi, Muqaddas Zamin tomon
suzishda davom etishdi. Ularning baʼzilari, avvalroq ketgan edilar va oʻsha yilning
boshida Santaremni bosib olib ularga yordam berishgan edi. Keyinchalik ular Sintra,
Almada, Palmela va Setubalni zabt etishga yordam berishdi va ularga bosib olingan
yurtlarda qolib, u yerda oʻrnashib, avlod koʻrishlariga ruxsat berildi.Pireney yarim
orolining boshqa qismida deyarli bir vaqtning oʻzida qirol Leonlik Alfonso VII,
Barselona grafi Ramon Berenguer IV va boshqalar Kataloniya, Leon, Kastiliya va
fransuz salibchilarning aralash qoʻshiniga boshchilik qilganlar va boy port
shahar Almeryiani bosib olishdi. Shahar Genuya-Pizan dengiz floti koʻmagida
1147-yil oktyabrda bosib olindi.
Keyin Ramon Berenguer IV Almoravid Taifa qirolligining Valensiya va
Mursiya yerlariga bostirib kirdi. Portugaliyaliklarga Lissabonni egallashda yordam
bergan salib yurishlari kuchlarining bir qismini Barselona grafi va ingliz papasining
elchisi Nikolas Breakspir tomonidan taklif qilingan Tortosa qamalida (1148) ishtirok
etishga daʼvat etildi. Ular 1148-yil dekabrda Tortosani 5 oylik qamaldan soʻng
fransuz, reyn, flamand, anglo-normanlar va genuya salibchilari yordamida yana
qoʻlga kiritdi. Koʻp sonli salibchilar qoʻshinlari yangi qoʻlga kiritilgan shahar
ichidagi va uning atrofidagi yerlar bilan taqdirlandilar. Keyingi yil, Fraga, Lleida
va Mequinenza kabi Segre va Ebro daryolarining qoʻshilishidagi hududlar qoʻlga
kiritildi1.
Zengining oʻldirilishidan soʻng Joselin II Edessa shahrini qaytarib oldi va
qal’ani qamal qildi, ammo 1146-yil noyabrda Nurad-Din uni magʻlub etdi. 1147-yil
16-fevralda fransuz salibchilari oʻz yoʻnalishini muhokama qilish uchun Etampesda
uchrashdilar. Nemislar allaqachon Vengriya orqali quruqlikka chiqishga qaror
qilishgan edi. Ular dengiz yoʻlini siyosiy jihatdan amalga oshirib boʻlmas deb
hisoblashgan, chunki Sitsiliyalik Rojer II Konradning dushmani edi. Fransuz
1Rayli-Smit, Jonatan. „Salib yurishlari atlasi“. Nyu-York: Fayldagi faktlar, 1991.
19
zodagonlarining koʻpchiligi ularni Vizantiya imperiyasi orqali olib oʻtadigan
quruqlik yoʻliga ishonmadi, chunki bu yoʻl hali ham Birinchi salib yurishi davridagi
yoʻqotishlar hisobiga haligacha mavqeiga putur yetmoqda edi. Shunga qaramay,
fransuzlar Konradga ergashishga va 15-iyunda yoʻlga chiqishga qaror qilishdi. Rojer
II xafa boʻldi va bundan buyon ishtirok etishdan bosh tortdi. Fransiyada Abbot
Suger Etampesdagi katta yigʻilish tomonidan (va Rim papasi tomonidan
tayinlangan) salib yurishida qirol yoʻqligi paytida oʻrinbosarlardan biri sifatida
harakat qilish uchun saylangan. Germaniyada keyingi vaʼzni Ebraxlik Adam amalga
oshirdi
va
Freyzinglik
Otto
ham
xochni
olishga
muvaffaq
boʻldi.
Nemislar Pasxada yoʻlga chiqishni rejalashtirishgan, ammo may oyigacha
ketishmagan1.
Odatda musulmon davlatlarining qoʻshini tarkibi juda yaxshi tayyorgarlikka
ega boʻlgan va juda yaxshi qurollangan etnik turk askarlaridan iborat edilar. Islom
Yaqin Sharqidagi harbiy tizimning asosini har bir tumanda maʼlum miqdordagi
qoʻshinlarni qoʻllab-quvvatlovchi iqto yerlar tizimi tashkil etilgan edi. Urush
boʻlgan taqdirda, odatda "rais" (boshliq) qoʻmondonligi ostidagi shaharlarda
joylashgan va odatda etnik arablardan iborat boʻlgan „ahdas“ harbiylari, qoʻshinlar
sonini koʻpaytirishga chaqirilardi. «Ahdas» harbiylari, garchi yaxshi tayyorgarlikka
ega turk qoʻshinlariga qaraganda kamroq tayyorgarlik koʻrgan boʻlsa-da, koʻpincha
din, ayniqsa „jihod“ tushunchasi ularning jangovar qobiliyatini oshirishga juda
kuchli turtki boʻlgan. Qoʻshimcha yordam uchun turkman va kurd yordamchi
kuchlari kelar edi, garchi bu kuchlar kuchli intizomga moyil boʻlsa ham, ular urush
paytida chaqirilishi mumkin edi2.
1138-1149-yillarda Damashq otabegi Muin ad-Din Anur, kuchli musulmon
sarkardasi edi. Oʻsha paytda Damashq Burid amirlari tomonidan idora qilingan.
Ammo Damashq harbiylariga qoʻmondonlik qilgan Anur shaharning haqiqiy
1Runciman, Stiven. „Salib yurishlari tarixi, jild. II: Quddus Qirolligi va Franklar Sharqi, 1100–1187“. Kembrij
universiteti matbuoti, 1952. ISBN 9780521347716.
2Nikol, Devid. „Ikkinchi salib yurishi 1148: Damashq tashqarisidagi falokat“.
20
hukmdori edi. Tarixchi Devid Nikol Anurni qobiliyatli general va diplomat,
shuningdek, sanʼat homiysi sifatida ham tanilganini eʼtirof etgan. Buridlar sulolasi
1154-yilda Zengiylar sulolasi tomonidan agʻdarilganligi sababli, Anurning Ikkinchi
salib yurishini qaytarishdagi roli Zengiylarga sodiq tarixchilar va yilnomachilar
tomonidan Anurning raqibi, Halab amiri Nur ad-Din Zengiyga hurmat koʻrsatilishi
bilan uning nomi katta darajada oʻchirildi.
21
II BOB. SALIB YURUSHLARNING YAKUNLANISHI VA UNING
NATIJALAR
2.1. XIII asrda amalga oshirilgan salib yirushlari va diniy ritserlik orderlari
Ko`pchilik
salibchilar
buyuk
ma’naviyatli
shaxs
ekanligiga
ishonishadi axloqiy qadriyatlar. Bunday stereotip ularning harakatlarining asosi
Rabbiyga xizmat qilish istagi bo`lganligi sababli paydo bo`ldi. Hech bo`lmaganda
katolik cherkovi shunday deydi. Biroq, afsuski, haqiqat cherkov a’zolarining shirin
nutqlaridan juda farq qiladi. Gap shundaki, hamma salibchilar safiga jalb qilingan.
Va hatto eng yomon odam ham muqaddas armiyaga osongina tushishi mumkin edi.
Asosiysi o`z ishingizga chin yurakdan ishonasiz desangiz bo`ldi. Bundan tashqari,
ko`pchilik askarlar aynan shunday odamlar edi. Axir, armiyada xizmat qilish yaxshi
maosh va kuniga uch marta ovqatlanish degani edi oddiy odamlar osmondan manna
edi.Shuning uchun, aslida, Quddusga muqaddas ritsarlar emas, balki birinchi
navbatda o`ldirish va zo`rlashga tayyor bo`lgan vahshiy talonchilar kelgani
ajablanarli emas. Bundan tashqari, har bir salibchiga indulgentsiya berildi - bu
barcha gunohlarni kechiradigan hujjat. Binobarin, eng shafqatsiz va qonli qirg’inlar
ham oxir-oqibat Xudo oldida kechirildi. Tabiiyki, har bir salibchilar qaroqchi va
qotil emas. Ularning orasida o`z ishlariga qat’iy ishongan va Iso Masihning
amrlarini hurmat qilishga harakat qilganlar bor edi.1 Ammo, afsuski, ularning soni
oz edi. Axir, hatto cherkovning o`zi, katolik e’tiqodining qo`rg’oni ham, birinchi
navbatda, o`zini boyitishni va shundan keyingina - o`z palatalarining ruhlarini saqlab
qolishni xohladi.
Ruhiy-ritsarlik (yoki ularni ba’zan harbiy-monastir deb atashadi) ordenlari
salib yurishlari boshlangandan so`ng darhol paydo bo`lgan. 2 Ularning tashqi
ko`rinishi salib yurishlari kabi g’ayrioddiy va sirli. Agar biz ularning Muqaddas
1 И. Лучицкая Крестовые походы/ Словарь средневековой культуры. М., 2003, с. 234-239.
2 Заборов М.А. Введение в историографию крестовых походов (латинская хронография X-XIII вв.). М., 1966;
c-13
22
zamin uchun kurashda o`ynagan ulkan rolini, shuningdek, shonli va fojiali taqdirini
hisobga olsak, biz hozir eng qiziqarli va fojiali voqealardan biriga to`xtalamiz, deb
ishonch bilan aytishimiz mumkin. ritsarlik tarixidagi sirli sahifalar.Agar o`rta
asrlarda ritsarlik haqiqatan ham najot yo`li sifatida qabul qilingan bo`lsa, unda,
ehtimol, boshqa hech bir ritsarlik institutida bu fikr bu kabi aniq ifodalanmagan.
Uchta monastir qasamyod qilgan ritsar ruhiy va ritsarlik tartibining a’zosi bo`ldi:
egalik qilmaslik, itoatkorlik va poklik. Buyurtmaga kirib, ritsarlar ko`pincha unga
katta hissa qo`shgan. Ularga xotin olish taqiqlangan, shuningdek, ular qattiq harbiy
intizomga bo`ysunishlari kerak edi. Bularning barchasi birgalikda birodarlik
ordenlari a’zolarining hayotini haqiqiy, og’ir jasoratga aylantirdi.
Biroq, ritsarlik tarixida ma’naviy va ritsarlik buyruqlaridan tashqari, orden
tipidagi boshqa shakllanishlar ham mavjud edi. Umuman olganda, ritsarlik
buyurtmalarini uchta toifaga bo`lish mumkin. Asosan salib yurishlari davrida
harakat qilgan ruhiy va ritsarlik ordenlari (ulardan eng muhimi Templar ritsarlari
ordeni, Avliyo Ioann gospitalistlari ordeni, Tevton ordeni va boshqalar); butunlay
dunyoviy xususiyatga ega bo`lgan va biron bir maxsus faoliyat uchun emas, balki
shaxsiy xizmatlarini mukofotlash uchun mo`ljallangan faxriy ritsarlik ordenlari
(Garter ordeni, Oltin jun ordeni va boshqalar); fantastika va afsonaviy ritsarlik
ordenlari faqat adabiyotda ma’lum (masalan, "Davra stoli ritsarlarining birodarligi"
nomi bilan tanilgan qirol Arturning buyrug’i).
Faxriy dunyoviy ordenlar tarixi ritsarlik madaniyatining muhim qismidir.
Ularning gullab-yashnagan davri XIV-XV asrlarga to`g’ri keladi, o`shanda
Yevropada umumiy sekulyarizatsiya jarayoni jadal rivojlana boshlagan. 1 Agar
ma’naviy va ritsarlik buyruqlari Rim papasiga bo`ysungan bo`lsa, unda faxriy
ordenlar odatda qirol yoki gersog tomonidan boshqarilib, papa hokimiyatidan farqli
o`laroq, ularning shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash uchun vosita bo`lib xizmat
qilgan. Dunyoviy buyruqlar - bu ritsarlik tarixi bilan bevosita bog’liq bo`lgan juda
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001 B-453
23
qiziqarli mavzu, ammo uni ko`rib chiqish allaqachon Apologia doirasidan
tashqarida.
Birinchi salib yurishidan keyin salibchilar Antioxiya va Quddusni qaytarib
olishga muvaffaq boʻlgach, Sharqda tashkil topgan yangi lotin davlatlarini arablar
va turklardan doimiy himoya qilish zarurati tugʻildi. Ushbu maqsadga - Muqaddas
erni himoya qilishga - ikkita ritsarlik ordeni o`zlarini bag’ishladilar: Templar
ritsarlari ordeni va Gospitallar ordeni. Quyida ushbu ikki ordenning qisqacha tarixi,
shuningdek, Teuton ordenining tarixi - uchinchi eng kuchli va mashhur ritsarlik
ordeni sifatida, tarixi, xususan, Qadimgi Rossiya tarixiga ta’sir qiladi.
To`rtinchi salib yurishlari.Lotin imperiyasi.(1202-1204) . Bu yurish o`ziga xos
bo`lib, jannatmakon yerlarni bosib olinishi bilan ajralib turadi. Ushbu yurish
ilhomchisi papa Innokentey IIIbo`lib u sharq cherkovlarini Rim prestollariga
bo`ysundirish va papa hokimiyatini o`rnatishga harakat qildi.To`rtinchi salib yurishi
o`ziga xos yurish bo`lib, u boshqa salib yurishlariga nomi jihatdan aloqador
bo`lsada, lekin u butun salibchilik harakatini bosqinchilik mohiyatini ro`yi – rost
ochib bergan yurish bo`ldi. Bu yurish qatnashchilari hatto Falastingacha ham yetib
borolmadilar. Salibchilar bu safar turklarga yoki boshqa musulmonlarga qarshi
yurish qilmay, balki xristianlar Vizantiyasiga yurish qildilar. To`rtinchi yurish
tarixida ayniqsa venetsiyaliklar katta rol o`ynadilar, ular yurish yo`nalishini
o`zgartirib yubordilar. Dastlabbu salib yurishlariIyerusalimni egallab turgan Misrga
qarshi rejalashtirilgan edi.Salibchilar Nil deltasiga yo`lboshchilik qilishni iltimos
qilib, Venetsiyaga murojaat qilishdi. Venetsiyalik bo`lgan Enriki Dandola bu
yordam uchun juda katta summa bo`lgan 85 ming marka kumush so`radi,
salibchilarda esa buncha pul yo`q edi. U salibchilardan buning o`rniga kombitsatsiya
sifatida Venetsiya uchun Dalmatin shahri Zadarni olib berishini talab qildi.Ammo
oxir-oqibatda Venetsiyaliklar salibchilarni Nil deltasiga yo`lboshchilik qilish
to`g’risidagi vadasini bajarishmadi.Misr bilan foydali savdo – sotiq olib borgan,
lekin Vizantiyani kuchsizlantirishdan manfaatdor bo`lgan Venesiya, salibchilarni
dastlabki niyatidan qaytarib, o`zining savdo raqibi Konstantinopol ustiga yurish
24
qilishga yo`lladi. 1204 – yilda Konstantinopol bosib olindi va Bolqon yarim
orolining janubiy qismida Lotin imperiyasi degan yangi davlat barpo etdilar. Quddus
qirolligi kabi bu davlat ham tipik feodal davlat edi. Shimoliy fransuz feodali,
Flandriya grafi Balduin imperiyaga boshliq qilib qo`yildi. Imperiya tarkibida bir
nechta yirik vasallik mulklari: Fessalonika qirolligi, Afina gersogligi, Axeya
knyazligi va boshqalar bor edi. Vizantiyadan ko`p miqdorda yer – mulklarni:
Konstantinopolning bir qismini, Gallipol shahrining bir qismini, Egey dengizidagi
ba’zi orollarni, Ioniya orollarini, Krit orolini, Peloponesning janubiy – g’arbiy
qismini Venesiya oldi. Kichik Osiyo shimolidagi Trapezund mustaqil bo`lib
qolaverdi. Vizantiyaning istilo etilmagan uchta hududidagi eng yirik Nikeya
imperiyasining imperatori Mixail VIII Palelog lotinlar zulmi ostida yashagan
greklarning xayrixohligiga tayanib, 1261 – yilda Konstantinopolni bosib oldi va u
yerdan yevropalik feodallarni haydab yubordi. Vizantiya imperiyasi ana shu tariqa
qayta tiklandi. Lekin bu davlat juda kuchsiz edi.
2.2. So`nggi salib yirushlari va ularning natijalar
Oxirgi (to`qqizinchi) Xoch urushi dastlabki ma’noda 1271-1272 yillarda
bo`lib o`tdi. So`nggi yurishlar, shuningdek, "xoch" deb nomlangan, XV asrda
amalga oshirilgan va Chexiya gusitlari va Usmonli turklariga qarshi qaratilgan.
Ba’zi tarixchilar sakkizinchi salib yurishining bir qismi deb hisoblagan to`qqizinchi
salib yurishi Muqaddas erga so`nggi yirik salib yurishi edi. 1271-1272 yillarda
bo`lib o`tgan.
Lyudovik IX sakkizinchi salib yurishi paytida Tunisni qo`lga kirita olmagani
Angliya qiroli Genrix III ning o`g’li Edvardni Akraga suzib ketishga majbur qildi.1
Keyingi voqealar "to`qqizinchi salib yurishi"nomi bilan tarixga kirdi. Uning davrida
Edvard Sulton Baybars I ustidan bir qator g’alabalarni qo`lga kiritishga muvaffaq
bo`ldibiroq, oxir-oqibat, Edvard uyiga suzib ketishga majbur bo`ldi, chunki u erda
taxtga merosxo`rlik masalasi bo`yicha shoshilinch ishlar kutilgan edi, qayta
1 Лучицкая С.И. Крестовые походы // Словарь средневековой культуры. М., 2003. C-221
25
tiklashda esa u mahalliy lordlar o`rtasidagi nizolarni hal qila olmadi. Bu vaqtga kelib
salib yurishlari ruhi allaqachon yo`q bo`lib ketgan deb ta’kidlash mumkin1. O`rta er
dengizi sohilidagi salibchilarning so`nggi qal’alari ustida butunlay yo`q qilish xavfi
paydo bo`ldi. Mamluklar 1260 yilda Ayn-Jalut jangida mo`g’ullar ustidan g’alaba
qozonganidan so`ng, Sulton Kutuz o`z qo`mondoni Baybars tomonidan o`ldirildi,
keyinchalik u o`zi sultonga aylandi. Baybars taxtga o`tirgandan so`ng, u hali ham
Arsuf, Atlit, Xayfa, Tsfat, Yaffa, Askalon va Kesariyani ushlab turgan salibchilarni
siqib chiqarishni davom ettirdi. Xristianlar yordam so`rab Yevropa hukmdorlariga
murojaat qilishdi, ammo ular yordam so`rab murojaat qilishdi. 1268 yilda Baybars
Antioxiyani egallab oldi, shu bilan Antioxiya knyazligini yo`q qildi va shimolda o`z
mavqeini himoya qildi. Tripolining kichik okrugi katta xavf ostida edi. Bir paytlar
Misrga salib yurishini uyushtirgan Lui IX bu safar Tunisga ko`chib o`tishga qaror
qildi, ammo u erda 1270 yilda qamal paytida vafot etdi. Shahzoda Edvard Tunisga
urushga katta hissa qo`shish uchun juda kech keldi va buning o`rniga u muqaddas
erga yo`l oldi mamluklarga qarshi kurashda Antioxiya shahzodasi va Tripoli grafi
Boemund VI ga yordam berish. 1271-yil 9-mayda Edvard nihoyat Akraga yetib
keldi. U o`zi bilan 1000 kishidan iborat, shu jumladan 225 ritsardan iborat kam sonli,
ammo shunga qaramay juda qobiliyatli otryadni olib keldi.
Edvardga 1271 yilda Papa Gregori x bo`lgan Teobaldo Viskonti hamrohlik
qildi. Gregori 1274 yilda ikkinchi Lion soborida yangi salib yurishini talab qildi,
ammo bu g’oya amalga oshmadi. Shu bilan birga, anjoulik Charlz Gugo III,
Templars va venetsiyaliklar o`rtasidagi mojarodan foydalanib, muqaddas erdagi
nasroniy mulklari ustidan nazoratni o`rnatishga harakat qilganida, xristian davlatlari
ichida yangi nizolar paydo bo`ldi. 2 Antioxiyalik Maryamning Quddus taxtiga
da’volarini sotib olib, u Kiprda fuqarolar urushini boshladi. 1277 yilda Rojer de San
Severino Karl uchun akrni egallab oldi. O`zlarini xristian sudlari sifatida ko`rsatgan
1 Cherkov tarixi bo'yicha qo'llanma, Albert Genri Nyuman, p. 461
2 Заборов М.А. Крестоносцы на Востоке. – М.: Наука, 1980. C-234