SAMARQAND TURISTIK MINTAQASI.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

26,6 KB


 
 
 
 
 
 
SAMARQAND TURISTIK MINTAQASI. 
 
 
 
Reja: 
1. Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi.  
2. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.  
3. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari 
salohiyati.  
4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 
 
1.Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi. 
Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. 
Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib, 
respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan. 
Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni 
uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi 
ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari shimolda 
Nurota tog’lari (Oqtov, Qora tog’, G’o’bdin tog’, Qo’ytosh tog’i), janubdan 
Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan 
o’tadi.  
Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o’ziga xos bo’lgan tabiiy va landshaft 
xususiyatlari rekreasiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik 
qismida ya’ni Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho’l va Jom kabi cho’l 
hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin. 
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari 
hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiiy 
manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jinslar shakllari
SAMARQAND TURISTIK MINTAQASI. Reja: 1. Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi. 2. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. 3. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 1.Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi. Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib, respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan. Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari shimolda Nurota tog’lari (Oqtov, Qora tog’, G’o’bdin tog’, Qo’ytosh tog’i), janubdan Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan o’tadi. Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o’ziga xos bo’lgan tabiiy va landshaft xususiyatlari rekreasiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik qismida ya’ni Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho’l va Jom kabi cho’l hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin. Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiiy manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jinslar shakllari
 
 
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob 
tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor 
(Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti 
ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz 
turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik 
obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi. 
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan 
beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan 
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-xil kimyoviy 
elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash, 
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda 
rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. 
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod 
va boshqa tumanlari tog’, toqoldi hududlarida tarqalgan bo’lib, ulardan turizm 
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
 
1. 
Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi o‘rni. 
Samarqand turistik mintaqasi o’zining go’zal tabiati, o’simlik va hayvonat 
dunyosi bilan ham mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. 
Viloyatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarni tarixiy arxitektura-qurilish 
inshoatlari, qadimiy obidalardan tashqari ming yillik tarixga ega bo’lgan chinorlar 
va boshqa yashil daraxtlar beqiyos ko’pdir. Viloyatning tog’, tog’oldi hududida 
joylashgan Omonqo’ton o’rmonzorlarida (maydoni 2188 gektar bo’lib, 1887 yilda 
dastlabki ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. 
Omonqo’ton hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda 
ko’plab dam olish zonalari, oromgohlar qurish imkonini beradi. Ammo sayyohlarga 
Omonqo’ton havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar 
yaratish, maxsus yo’lakchalar qurish lozim bo’ladi. Viloyatning yana bir qator 
tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar 
(archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi 
yuqori Chor Chinor (1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-xil kimyoviy elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash, sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod va boshqa tumanlari tog’, toqoldi hududlarida tarqalgan bo’lib, ulardan turizm maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 1. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. Samarqand turistik mintaqasi o’zining go’zal tabiati, o’simlik va hayvonat dunyosi bilan ham mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. Viloyatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarni tarixiy arxitektura-qurilish inshoatlari, qadimiy obidalardan tashqari ming yillik tarixga ega bo’lgan chinorlar va boshqa yashil daraxtlar beqiyos ko’pdir. Viloyatning tog’, tog’oldi hududida joylashgan Omonqo’ton o’rmonzorlarida (maydoni 2188 gektar bo’lib, 1887 yilda dastlabki ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. Omonqo’ton hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda ko’plab dam olish zonalari, oromgohlar qurish imkonini beradi. Ammo sayyohlarga Omonqo’ton havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar yaratish, maxsus yo’lakchalar qurish lozim bo’ladi. Viloyatning yana bir qator tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi yuqori Chor Chinor (1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi
 
 
chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy 
tumani Xolvoyi qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. 
Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan 
Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi 
bilan alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil 
qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. 
Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va 
o’simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli 
ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan 
sariq sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat 
dunyosiga qiziquvchi ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni 
tashkil etishni talab qiladi. 
 Shuni ta’kidlash joizki, bozorlar bilan sayyohlarning tanishishi juda katta 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq 
bozorlari mintaqa va hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini, uning boyligi, 
ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va 
an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, tarixiy yodgorliklar, 
qabristonlar kabi bozorlar ham sayyohlar uchun juda muhim turistik obyekt bo’lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga 
ko’tarish va uni doimo nazorat qilish shu kunning eng muhim muammolaridan biri 
bo’lib hisoblanadi. 
Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir 
qator muammolar borki, ularni bosqichma-bosqich hal etish kelajakda ushbu sohani 
mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. 
Chunonchi, Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm 
bozorini yaxshi yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi. 
 
3.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik 
resurslari salohiyati. 
Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni 
yotadi. Hozirgi kunda ko`pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini 
rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda.
chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va o’simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, bozorlar bilan sayyohlarning tanishishi juda katta iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq bozorlari mintaqa va hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini, uning boyligi, ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, tarixiy yodgorliklar, qabristonlar kabi bozorlar ham sayyohlar uchun juda muhim turistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga ko’tarish va uni doimo nazorat qilish shu kunning eng muhim muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir qator muammolar borki, ularni bosqichma-bosqich hal etish kelajakda ushbu sohani mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm bozorini yaxshi yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi. 3.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni yotadi. Hozirgi kunda ko`pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda.