SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING AYLANMA FONDLARI VA MABLAG‘LARI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
31,3 KB
1
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING AYLANMA FONDLARI VA
MABLAG‘LARI
Reja:
1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati.
2. Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati hamda ularning korxona
iqtisodiyotiga ta’siri.
3. Aylanma mablag‘larni normalashtirish.
4. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning aylanishini
tezlashtirish yo‘llari.
2
Tayanch so‘z va iboralar: aylanma mablag‘lar mohiyati, aylanma mablag‘lar
elementlari, aylanma mablag‘larning vazifalari va aylanish bosqichlari, ishlab
chiqarishdagi aylanma mablag‘lar, aylanma mablag‘lar aylanish darajasi, aylanma
mablag‘lardan foydalanish holati va darajasi.
1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy
fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag‘larga ham ega bo‘lishlari
zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala
fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma
mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida
jamg‘ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy fondlarning texnik
holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq. Korxona qanchalik katta va
uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lar
shunchalik ko‘p talab qilinadi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag‘lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko‘p
qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xorijiy tajribasidan
olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir
qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan
mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi.
Aylanma kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari hisoblanuvchi yoki ishlab
chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga
kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga
ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma kapital” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q.
Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg‘i,
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek,
ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak (avans)
3
tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘shimcha talab banklardan
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag‘larga yetarli
tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo,
material, yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda
qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag‘lar
kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiybuyumlashgan tuzilishidan
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi
ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarikorxona ishlab chiqarish fondlarining bir
qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini
o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shu
sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy
elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
2. Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati hamda ularning korxona
iqtisodiyotiga ta’siri
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining asosiy va
salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
*
ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga
kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va
o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-
moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;
*
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda
4
ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq
tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan
mehnat predmetlari;
*
kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi
mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va
o‘zlashtirish
xarajatlari
(masalan,
asbob-uskunalarni
qayta
rejalashtirish,
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi
xarajatlar va boshqalar).
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari ishlab
chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi.
Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi,
ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar
bilan izohlanadi. Aylanma
mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar bo‘yicha
farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning
guruh va elementlari
Butu
n
sano
at
Qora
metallurgi
ya
Mashin
a-sozlik
Energ
e-tika
Engil
sanoat
Oziq-
ovqat
sanoati
1. Ishlab chiqarish
zahiralari - jami
70,2
65,0
55,3
98,3
90,0
78,8
Jumladan:
xom ashyo va asosiy
materiallar,
yarim
tayyor mahsulotlar
46,2
23,8
37,5
-
76,7
52,2
Yordamchi
materiallar
6,6
11,0
2,3
24,1
5,7
6,1
Yoqilg‘i
1,7
2,0
0,7
37,4
0,5
1,6
Ta’mirlash
uchun
ehtiyot qismlar
3,9
11,0
2,0
23,0
1,7
2,0
5
Qadoqlash va o‘rov
materiallari
3,0
0,5
0,6
0,3
1,2
11,3
Instrumentlar,
xo‘jalik asboblari va
qimmat
bo‘lmagan,
tez eskiruvchi boshqa
predmetlar
9,8
16,7
12,2
19,5
3,2
5,6
2.
Tugallanmagan
ishlab chiqarish va
korxonada
tayyorlangan
yarim
tayyor mahsulotlar
24,0
18,3
42,2
0,5
9,8
19,5
3.
Kelgusi
davr
xarajatlari va boshqa
mehnat predmetlari
5,8
16,7
2,5
1,2
0,2
1,7
Jami aylanma ishlab
chiqarish fondlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
3. Aylanma mablag‘larni normalashtirish
Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan
turlarga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma
mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar
qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni
kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar
yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan
ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa
6
vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari,
kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha
kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari
aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda
ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o‘z navbatida moddiy
resurslar zahiralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga
oshirilmoqda.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli
zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda
ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini
qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
4. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning aylanishini
tezlashtirish yo‘llari
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki
butun iqtisodiyot uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod
qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘maklashadi va iqtisodiy
rejalashtirish sur’atini oshiradi.
Korxona aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish uchta asosiy
ko‘rsatkichni tavsiflaydi:
1) aylanish koeffitsienti;
2) aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsienti;
3) vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag‘larining ma’lum bir vaqt (yil,
chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma
mablag‘larning har 1 so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. U
quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Ka = Rm : Sa
Bu yerda: