SANOAT KORXONALARINING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
90,5 KB
SANOAT KORXONALARINING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB
CHIQARISH QUVVATLARI
REJA:
4.1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
4.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi
4.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari
4.5. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari,
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining mikdori va sifati bilan belgilanadi.
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p
resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu
resurslardan to’la – to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga
aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor.
Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va maxsulot ishlab
chiqarish mumkin emas.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat
qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga
xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i,
elektr kuvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar, mehnat vositalariga esa,
mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar,
kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar
kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi
ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish
darajasiga ko’ra, asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy
fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr
bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan
hamda tabiiy shaklini saqlagan xolda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
asta-sekin, to’zishiga qarab o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular
ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar,
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun soit yaratadilar, mehnat
buyumlari va tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa
tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar foydalanish maqsadiga, ishlab chiqarishda bevosita va
bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va
qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish soitida korxona asosiy fondlari va ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish muammosi markaziy
o’rinlardan birini egallaydi. Ushbu muammoning hal etilishiga korxonaning
sanoat ishlab chiqarishidagi o’rni, uning moliyaviy ahvoli, bozordagi
raqobatbardoshligi bog’liqdir.
Asosiy fondlar bir elementining ishlab chiqarish jarayonidagi roli, jismoniy
va maonaviy eskirishi, ulardan foydalanishga taocir etuvchi omillar to’g’risida
to’g’ri tasavvurga ega bo’lgan holda, ishlab chiqarish ajatlarini kamaytirish,
mehnat unumdorligini ko’tarish maqsadida asosiy fondlardan va ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uslublari va yo’nalishlarini
aniqlash mumkin.
Ushbu mavzuni o’rganish jarayonida shu narsaga alohida e’tibor berish
kerakki, bozor iqtisodiyotiga o’tish soitida birinchi o’rinda mahsulotning texnik
darajasi, ishonchliligi, sifati turadi. Bularning barchasi esa texnikaning sifati va
undan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilar mehnat vositalari
yordamida mehnat buyumlariga taosir etib, ularni turli xildagi tayyor maxsulotga
aylantiradilar.
Mehnat vositalari (mashina, jixozlar, binolar, transport vositalri) mehnat
buyumlari (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i) bilan
birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. Qiymat ifodasidagi ishlab
chiqarish vositalari korxonaning ishlab chiqarish fondlarini hosil etadi. Ularning
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish harakteri, o’z qiymatini tayyor
mahsulotga o’tkazish usuli va takror ishlab chiqarish harakteriga ko’ra asosiy va
aylanma fondlarga ajratadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deganda, ko’p ishlab chiqarish jarayonlarida
bevosita va bilvosita ishtirok etib, o’z natural shaklini saqlagan holda, qiymatini
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisman ishlatilish jarayonida o’tkazib boradigan
fondlarning bir qismi tushuniladi. Ular kapital qo’yilmalar hisobiga to’ldirib
boriladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan birga noishlab chiqarish asosiy
fondlari ham mavjudki, ularga korxona balansidagi uy-joylar, bolalar, sport va
boshqa madaniy-maishiy muassasalar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli
o’laroq, ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va mahsulot ishlab
chiqarmagani sababli o’z qiymatini o’tkaza olmaydi. Ular qiymati isteomolda
yo’qolib boradi. Qoplash fondi tashkil etilmaydi. Ular milliy daromad hisobiga
qayta tiklanadi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan asosiy fondlar ishlab chiqarishga
bevosita taosir ko’rsatmaydi, ularning muttasil ravishda ko’payib borishi korxona
ishlovchilari turmush tarzining moddiy va madaniy darajasini yaxshilashga olib
keladi va, oxir oqibatda, korxona faoliyati natijalarida o’z aksini topadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy
texnika bazasini tashkil etadi. Ularning hajmiga korxona ishlab chiqarish quvvati,
mehnatning texnik qurollanish darajasi bog’liqdir. Asosiy fondlarning to’planuvchi
va mehnatning texnik qurollanish darajasining oshishi mehnat jarayonini boyitib,
unga ijodiy harakter bag’ishlaydi va jamiyat madaniy texnik darajasini ko’taradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish soitida asosiy fondlar ishlab chiqarishni
intensivlashtirishning barcha omillari hisobiga iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi
bosh vosita bo’lib hisoblanadi.
Jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismi asosiy fondlarda jamlangan.
Sanoat asosiy ishlab chiqarish fondlari - mehnat vositalarining juda yirik
majmui bo’lib, iqtisodiy jihatdan bo’lsada, bir-biridan maqsadli yo’nalish, ishlash
muddati bilan farq qiladigan guruhlarga ajratiladi.
Sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari maqsadli foydalanish
yo’nalishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
bino va inshootlar;
uzatish qurilmalari;
mashina va jihozlar, shu jumladan kuch mashinalari va jihozlari ishchi mashina
va jihozlar, o’lchash, sozlash priborlari va qurilmalari, laboratoriya jixozlari,
hisoblash texnikasi, boshqa mashina va jihozlar.
bir yildan ortiq xizmat qiladigan va qiymati 50 minimal ish xaqidan oshiq
bo’lgan instrument va moslamalar; ishlash muddati bir yildan kam, qiymati 50
minimal ish xaqidan arzon bo’lgan isnturment va moslamalar aylanma
vositalarning kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlar jumlasiga kiritiladi.
ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari.
Asosiy fondlar qiymatida mashina va jihozlar ulushi qanchalik katta bo’lsa,
boshqa teng soitlarda, mahsulot hajmi va fond qaytimi shunchalik oshadi. SHuning
uchin asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasini yaxshilash ishlab chiqarishni
rivojlantirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, korxonaning jamg’armalarini
oshirishning asosiy sti deb qaraladi. Sanoat asosiy ishlab chiqarish fondlari
strukturasi ko’rinishi taxminan quyidagicha.
Asosiy fondlarning elementlari
%
Barcha asosiy fondlar
Ulardan asosiy ishlab chikarish fondlari
jumladan
binolar
inshootlar
uzatish kurilmalari
mashina va jixozlari
ulardan
kuch mashinalari va jixozlari
ulchash va sozlash pribor va kurilmalari va laboratoriya jixozlari
100
94.8
28.1
21.1
5.9
27.9
26,2
1,1
hisoblash texnikasi
transport vositalari
ishlab chikarish va xujalik inventarlari
boshka asosiy fondlar
0,5
14,0
1,0
2,0
Birinchi omilning taosiri binolar kattaligi va qiymatida transport
vositalari va uzatish qurilmalari ulushida ko’rinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo’lsa, maxsus ishchi
mashina va jihozlarining ulushi shunchalik yuqori bo’ladi. Asosiy fondlar
strukturasiga keyingi uchinchi va to’rtinchi omilarining taosiri ham xuddi shunday
harakterga ega. Iqlimiy omillar ega bino va inshootlarning kattaligiga taosir
ko’rsatadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasini yaxshilashga quyidagi chora -
tadbirlar soit yaratishi mumkin:
jihozlarni yangilash va modernizatsiya qilish;
mashina va jihozlar tarkibida ularning ilg’or progressiv turlarining, ayniqsa,
yakuniy operatsiyalar bajarish stanoklari, avtomat liniyalari, raqamli
programma orqali boshqariladigan stanoklar, avtomatlashgan va yarim avtomat
stanoklar ulushini oshirish;
bino va inshootlardan unumli foydalanish, bo’sh maydonlarga qo’shimcha
jixozlarni o’rnatish;
korxonada qurilish loyixalarini to’g’ri ishlab chiqish va qurilish ishlarini
yuqori sifat darajasida bajarish;
ortiqcha va kam ishlatiladigan jixozlardan ozod bo’lish va ular aloxida turlari
orasida mutanosiblikni ta’minlash.
Asosiy fondlarning hisobi va rejalashtirish natural va qiymat ifodasida olib
boriladi. Asosiy fondlarni natural shaklda baholashda ularning soni, unumdorligi,
quvvati, ishlab chiqarish maydonlari va boshqa miqdoriy kattaliklar o’rnatiladi.
Ushbu maolumotlardan korxona quvvatini aniqlash, ishlab chiqarish dasturini
rejalashtirish, jihozlar balansini tuzish uchun foydalaniladi. SHu maqsadda
jixozlar inventarizatsiyasi va pasportlashtirish, ular kiritilishi va chiqarilishi
hisobi amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarni qiymat ifodasida baholash ularni kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishni rejalashtirish, eskirishi darajasi va amortizatsiya ajratmalari
kattaligini, xususiylashtirish xajmini aniqlash uchun zarurdir. Asosiy fondlarni
qiymat ifodasida baholashning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular asosiy
fondlarning uzoq muddat ishlab chiqarishda qatnashishi, ishlab chiqarish
jarayonida sekin-astalik bilan eskirib borishi, ushbu davr ichida ularni takror
ishlab chiqarish soitlarining o’zgarishiga qarab - to’liq dastlabki qiymat, tiklash
qiymati va qoldiq qiymatiniga ko’ra baholashga bo’linadi.
Asosiy fondlarning to’liq dastlabki qiymati deganda ishlab chiqarish,
sotib olish, tashish va o’rnatish qiymati tushuniladi.
Tiklash qiymati deganda asosiy fondlarni zamonaviy soitlarda qayta
ishlab chiqarish qiymati tushuniladi. Odatda tiklash qiymati asosiy fondlarni
qayta baholash uchun aniqlaniladi.
Qoldiq qiymati asosiy fondlarning to’liq dastlabki yoki tiklash qiymati
va ular eskirishi summasi orasidagi farqdan iboratdir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni rejalashtirish va prognoz qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish
kerak.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish
vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
1. Zarur mehnat soitlarini ta’minlaydigan bino va me’morlik-qurilish
ob’ektlari. Binolarga tsexlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar,
omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. Inshootlar — ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari
o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan
muhandislik-qurilish ob’ektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko’priklar va x.k.).
3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi
uskunalar.
4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:
energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga
mo’ljallangan
kuch
mashinalari
va
asbob-uskunalar
(generatorlar
va
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);
ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita
ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli
yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbob-uskunalari, laboratoriya
asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish
fondlari aktiv va passiv fondlarga bo’linadi.
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini
o’zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar,
texnologik liniyalar, o’lchov va to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir
etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerakli soit yaratuvchi
ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.).
Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi)
masalasiga ham e’tibor berish kerak.
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar va
guruhlardan birining umumiy qiymatidagi nisbatiga aytiladi.
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tasviriy tuzilma.
2. Texnologik tuzilma.
3. Tarmoq tuzilmasi.
4. Xududiy tuzilma.
5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
Tasviriy tuzilma vaqt va fazoda o’zgarib turadi va uning bunday o’zgarishidan
sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini
tasavvur qilsa bo’ladi.
Asosiy
fondlarning
tuzilmasi
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish,
kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish, va
kombinatlashtirish, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning
texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan
mahsulotlarning hususiyati va hajmi bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, ishlab
chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko’p bo’lsa, ishchi mashinalar va asbob-
uskunalarning tutgan o’rni shuncha yuqori bo’ladi.
Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari ko’llaniladi:
1) dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi.
Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib
olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport
harajatlari (Xt) va montaj harajatlari (Xm)ni o’z ichiga oladi:
Ob=Sb+Xt+Xm
Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va
ishga tushirish uchun kilgan xakikiyharajatlarini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich korxona
(firma) balansida hisobga olinadi. Ammo asosiy fondlarning dastlabki to’la qiymat
orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda kurib ishga tushirilgan
korxona (firma)lar asosiy fondlarini takkoslash uchun yetarli emas, shuning uchun
asosiy fondlarni baholashda ularning kiymatini kaytadan tiklash orkali belgilangan
bahodan foydalaniladi.
Baholashning bu usuli asosiy fondlarning xil davrda ishlab chikilgan va
olingan baholarini hozirgi soitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho
bir xil iste’mol qiymatiga ega bo’lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil
kiymatlarda
ifodalash,
korxonalar
ko’rsatkichlarini
taqqoslashva
fondlar
samaradorligini oshirish zaxiralarini aniklash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni
qaytadan tiklash orkali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy
holati va ma’naviy eskirishini hisobga olgan xolda qaytabaho qo’yish orqali
aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, asta-
sekin ishdan chiqa boradi. SHuning uchun bu fondlarga baho belgilashda ularning
ishdan chiqqan va eskirgan kismi hisobga olinadi. Bunda aynan shu sababli asosiy
fondlarni koldiq qiymati orqali baholash ham kullaniladi. Ularning qoldiq qiymati
ikki yul bilan aniqlanadi: a) asosiy fondlarning ishdan chiqkan (tuzigan) kismini
ularning dastlabki to’la qiymatidan ayirib tashlash orkali aniqlangan kiymat; b)
asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularnish qaytadan tiklangan
kiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan kiymat.
Asosiy fondlar juda eskirib, yaroksiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital
ta’mirlash yokimodernizatsiya kilishnatija bermaydigan xollarda ularni ishlab
chiqarishdan olib tashlash zarur bo’lib koladi. Bunday xollarda asosiy fondlarni
ishlab chikarishdan olib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab
chikarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temir-tersak narxida)
realizatsiya kilish bahosidir.
4.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ulardan foydalanishi davomida eskirib
boradi. Odatda eskirishning ikki turi - jismoniy va maonaviy turlari farqlanadi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlatilishi yoki
ishlatilmaslik mobaynida (tashqi taosir, atmosfera, korroziya) o’zining dastlabki
isteomol qiymatini yo’qotib borish jarayoni tushuniladi. Jismoniy eskirish
darajasi asosiy fondlar sifati, texnik harakteristikasi, texnalogik jarayon
xususiyatlari, ishlash vaqti (yildagi ish kunlari soni, sutkadagi smenalar,
smenadagi ish soatlari), asosiy fondlarni tashqi soitlardan muhofaza qilish
darajasi (issiqdan, sovuqdan, yog’ingarchilik) ularga xizmat ko’rsatish, ishchilar
malakasi va ularning asosiy fondlarga bo’lgan munosabati kabi omillarga
bog’liqdir.
Jismoniy eskirish asosiy fond elementlari bir xil bo’lganda ham
notekis ro’y berishi mumkin. Asosiy fondlarning to’liq va qisman eskirishi
ajraladi. To’liq eskirish holida asosiy fondlar tugatiladi yoki yangisi bilan
almashtiriladi. (mukammal qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy
almashtirish). Qisman eskirish asosiy fondlarni taomirlash orqali qoplanadi.
Jismoniy eskirish darajasi asosiy fondlar haqiqiy ishlash muddatining meoyoriy
muddatga nisbatining foizdagi ifodasi orqali aniqlanishi mumkin.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ular qiymatining asosiy fondlarni
takror ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur ajatlarning qisqarishi tufayli
kamayishi (birinchi shakldagi maonaviy eskirish) yoki ular qiymatining yangi,
ilg’or, iqtisodiy samarali mashina va jixozlarning joriy etilishi tufayli kamayishidir
(ikkinchi shakldagi eskirish). Ma’naviy eskirish tufayli asosiy fondlar o’zlarining
texnik xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi bo’yicha qoloq bo’lib qoladilar.
Zamonaviy soitlarda ma’naviy eskirishni hisobga olish dolzarb vazifadir.
Yangi, takomillashgan, yuqori unumli, ishlatilish va xizmat ko’rsatishning
yaxshiroq soitlari bilan harakterlanadigan mashina va jihozlarning paydo bo’lishi
eski asosiy fondlarni ularning to’liq jismoniy eskirishigacha kutmay almashtirishni
iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq qilib qo’yadi. Ma’naviy eskirgan asosiy
fondlarni o’z vaqtida almashtirmaslik natijasida takomillashgan texnika yordamida
ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qimmatroq va sifati yomonroq mahsulot
yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti soitda bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Bozor munosabatlarining shaklanishi jarayonida korxonalarda asosiy
fondlarning yangilanishi bilan bog’liq bo’lgan harajatlarni qoplashning asosiy
manbai bo’lib korxonalar o’z mablag’lari hisoblanadi. Ular asosiy fondlarning
butun xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya ajratmalari sifatida to’planib
boradi. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi deganda mahsulot ishlab chiqarish
ajatlariga ular qiymatini qisman-qisman o’tkazib borish yo’li bilan asosiy fondlar
eskirishini qoplash usuli tushuniladi. Amortizatsiya asosiy fondlar jismoniy va
maonaviy eskirishining puldagi ifodasidir. U asosiy fondlar chiqib ketishida ularni
to’liq almashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari asosiy
fondlar qiymati, ishlatilish vaqti va modernizatsiya harajatlariga bog’liq bo’ladi.
Asosiy fondlar yillik amortizatsiya ajratmalarining ular qiymatiga
nisbatining foizdagi ifodasiga amortizatsiya normasi deyiladi. Amortizitsiya
normasi asosiy fondlar o’z balans qiymatining qanday ulushini ishlab
chiqariladigan mahsulotga yili o’tkazib borishini ko’rsatadi. Belgilangan
meoyorlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari tayyor mahsulot tannarxiga
qo’shiladi.
Amortizatsiya normasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
%;
100
d
a
a
d
a
Ф
T
Ф
Ф
H
Fd - asosiy fondlarning dastlabki qiymati
Fa - asosiy fondlarning chiqarib tashlash qiymati,
Ta - asosiy fondlarning normativ ishlash muddati, yil
Asosiy fondlarni to’liq qayta tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasini
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin.
A = Ha F bunda:
F - asosiy fondlar o’rtacha yillik qiymati,
Amortizatsiya ajratmalarini aniqlashning uch xil: bir tekisdagi, bir tekisda
tezlashgan va tezlashgan uslublari mavjud.
SHulardan bir tekisdagi amortizatsiyani aniqlash uslubini ko’rib chiqamiz.
3.1-jadval
Bir tekisdagi amortizatsiyani aniqlash
Asosiy fondlar
O’rtacha balans
qiymati, mln. so’m
Amortizatsiya
ajratmalarining
yillik normasi,%
Amortizatsiya
ajratmalarining
yillik miqdori mln.
so’m
(2us 3ust/100)
Jixozlar
Binolar
Transport
Jami
50
200
5
12
5
15
6
10
2,0
17,0
Bir tekisdagi amortizatsiya uslubi asosiy fondlarning bir tekisdagi jismoniy
va ma’naviy eskirishiga qaratilgan. Bu hol ko’pincha jismoniy eskirishga tegishli,
chunki asosiy fondlarning maonaviy eskirishi bir tekisda kechmaydi. Fan, texnika,
texnologiya ham bir tekisda rivojlanmaydi. Ko’p xollarda maonaviy eskirish asosiy
fondlarning jismoniy eskirishidan ertaroq ro’y beradi. SHuning uchun asosiy
fondlarning tezlashgan ma’naviy eskirishi ro’y bergan taqdirda, ularni almashtirish
uchun tadbirkor amortizatsiya ajratmalariga ega bo’lishi kerak. Ushbu muammoni
tezlashgan amortizatsiya uslubi orqali hal etish mumkin. Bunda dastlabki uch yil
davomida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga asosiy fondlar dastlabki
bahosining 2/3 qismi o’tkaziladi. Qolgan qiymati esa keyingi xizmat yillari
bo’yicha bir tekisda taqsimlanadi.
Hozirgi soitda notekis amortizatsiya rivojlanmoqda, bunda jixozlar
qiymatining ko’p qismi ulardan foydalanishning dastlabki yillarida ishlab chiqarish
harajatlariga qo’shilib ketmoqda. Masalan, birinchi yili - 50%, ikkinchi yili -
30%, uchinchi yili - 20% . Bu esa korxona uchun inflyatsiya soitida qilingan
ajatlarni tezroq qoplashga va ularni jihozlar parkining yangilanishiga sarflash
imkoniyatini yaratadi.
Sanoat korxonalari amortizatsiya ajratmalaridan mustaqil foydalanadilar,
ularni korxonani texnik rivojlantirish, asosiy fondlarni qayta tiklash va
takomillashtirish maqsadlarida sarflaydilar.
Asosiy fondlarning kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish shakliga jihozlar
modernizatsiyasi ham kiradi. Modernizatsiya deganda asosiy fondlarni ular
eskirishining ikkinchi shaklini to’la yoki qisman bartaraf qilish,texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarini zamonaviy, takomillashgan konstruktsiyali turdoshlari darajasiga
yetkazish maqsadida yangilash tushuniladi.
Jihozlar modernizatsiyasi bir nechta yo’nalishlarda amalga oshiriladi;
- Amaldagi jihozlar konstruktsiyasini ularning texnik imkoniyatini oshirish
maqsadida takomillashtirish;
- Jihozlar sifatini oshiruvchi stanok va mexanizmlarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish.
- Jihozlarni dasturli boshqaruvga ko’chirish.
Jihozlar modernizatsiyasini amalga oshirish natijasida yillik ishlab chiqarish hajmi
oshsa, mehnat unumdorligi ham oshib, mahsulot tannarxi kamaysa u iqtisodiy
jihatdan samarali hisoblanadi, rentabellik ham yuqori bo’lishi kerak. Bunga
foydaning nisbiy o’sishi, modernizatsiya uchun sarflangan harajatlardan yuqori
bulgandagina erishish mumkin.
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy eskirish deganda, asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida
qatnashishi natijasida butunlay yoki qisman to’zishi, yemirilishi tushuniladi.
Ma’lum vaqt o’tgach, jismoniy jihatdan butunlay yoki qisman yaroqsiz bo’lib
qolgan mehnat qurollarini yangisiga almashtiriladi yo bo’lmasa modernizatsiya
qilinadi yoxud ayrim qismlari kapital ta’mirlanadi. Jismoniy eskirish natijasida
asosiy fondlarning qiymati yo’q bo’lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot
qiymatiga ko’chadi.
Korxonalarda faqat ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina emas, balki
bekor turganlari ham to’ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning