Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
30,1 KB
Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish
Reja:
1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar atijalaridan foydalanish
2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati
3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni
4. Tabiat va inson resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik baholash
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab
masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarini
hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab,
qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga
qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish
darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan
so’ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani
joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko’rsatishi uchun har jihatdan qulay
bo’lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan
yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari me’yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo’nalishi), yer
usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o’simlik qoplamlari, aholi yashash joylari
o’rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko’plab chiqaradigan bo’lsa (ko’mir
asosida ishlaydigan GRES,qora va rangli metallurgiya korxonalari),ularni aholi
yashaydigan manzilgohlardan uzoqda,shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan
hududlarda joylashtirish lozim.Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta
ishlaydigan,Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va
Sho’rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho’lda
joylshganligi sababli ulardan tabiat va inson ko’radigan zarar oz miqdorda.
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda
murakkabdir. Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash korxonalari qurulishida
hududning ba’zi xususiatlari e’tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy
ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariq neft mahsulotlarining
singib o’tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda.
Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof-muhitni ko’pdan beri chang
bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog’ yonbag’irlari bilan o’ralgan botiqda
joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof-
muhit ancha zarar ko’radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo
ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy
sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish
geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak.
Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari
natijalariga, statistik ma’lumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy,
statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadialr. Bu usullar
nafaqat yirik hududiy birliklarni o’rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish
korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo’l keladi.
Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlanganligining
sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik o’rnini baholash, iqtisodiy rayon
majmuasi, xo’jalik tarmog’i nuqtayi nazaridan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan
iboratdir.
Bundan tashqari korxona iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi
ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi:
- Korxonaning hududiy tarkibi, ya’ni uning alohida bo’limlari (sexlari)ning,
zavod transport tugunining joylashishi ;
- Korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha
nahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg’i qancha miqdorda
qabul qilinadi ;
- Asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchilarga to’lanadigan ish
haqi, o’zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan
mablag’, shuningdek, transport xarajatlari alohida ko’rsatilsdi) va
korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi ;
- Xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga
qatnashi ;
- Korxonaning atrof muhitga ta’siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning
tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan
foydalanish
Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxasislar
tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat
munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada
murakkab hisoblanadi. Shu sababli, bu borada faqat loyihaning muhandislik jihatlari
bilan chegaralanib qolmasdan, loyihaning xususiyati va tabiatga bo’ladigan
funksional ta’siri ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. Bu borada geografik izlanishlar
va loyihaning uzoq muddat hizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash
lozim bo’ladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini
sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar
jumlasiga kiradi.
Sug’orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan
chuqur o’rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi.
Avvalo, hudud qanday landshaftlarni egallaganligi aniqlanadi. Chunonchi, daryo
terrasasi, soyning konus yoyilmasi, prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq.
Shundan so’ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususiyatlari, sug’oriladigan
dehqonchilikda foydalanilishi yoki tabiiy yaylov (lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi
aniqlanadi. Tog’ yonbag’rida joylashgan bo’lsa, sel, surilma, jar eroziyasi kabi
halokatli hodisalar ta’siriga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek, yangi yerlar
o’zlashtirilishi tufayli quyidagi joylashgan, ilgaridan foydalanib kelinayotgan
yerlarga yetkaziladigan zarar tahlil qilinadi.
Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini loyihalashda ularni relyefning qanday
joylaridan o’tishini aniqlash ham amaliy ahamiyatga ega. Bu holda gruntning
litologik tuzilishini o’rganish zarur bo’ladi. Shag’al tosh mavjud bo’lgan joylarda
sug’orish tarmoqlarini loyihalash suvning katta qismi zaminga shimilib ketishiga
sabab bo’ladi va boshqa bir joyda yer betiga yaqinlashib, botqoqlanish yoki
sho’rlanishga olib keladi.
Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o’ziga xos murakkab
inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo’lgan joylardagina qurish samaralidir.
Suv omborlarining tog’ vodiylari va etaklarida qurilishi har jihatdan
foydalidir, chunki suv ortiqcha bug’lanishga sarflanmaydi, suvning sizib o’tishi
ancha kam bo’ladi. Eng muhimi, suv kanallarga o’zi oqar holda taqsimlanadi. Bu
mintaqada suv har doim toza, sho’rlanmagan bo’ladi.
Tog’ daryosi va soylarda suv omborlarini qurish ancha yengilroq kechadi,
chunki vodiyda o’zan baland to’g’on bilan to’silganidan so’ng uning orqasida katta
hajmda suv to’planadi. Chorbog’, Ohamgaron, Janubiy Surxon va boshqa suv
omborlari shu usulda qurilgan. Bu usuldagi qurilish katta mablag’ talab qilmaydi.
Avvalo, suv ombori qurilishi mumkin bo’lgan eng qulay joylarni tanlash, to’g’on
ko’tariladigan joyning muhandis-geografik xususiyatlari barcha talablarga javob
berishini ta’minlash lozim. Qurilish amalgam oshiriladigan joyda istiqomat
qiladigan aholi soni ko’p bo’lmasligiga, sug’orishda yaroqli yerlar suv ostida
qolmasligiga, tabiatning so’lim go’shalari buzilmasligiga ahamiyat beriladi.
Tog’ vodiylarida yirik (hajmi 1,5-2 kub km.) suv omborlari qurilganidan ko’ra
kichikroq (0,3-0,4 kub km. va undan kam) hajmdagilari loyihalangani ma’qulroq.
Chunki kuchli yer silkinishi bo’ladigan tog’li o’lkalarda juda katta suv havzalarini
qurish ancha xavfli.
Sanoat korxonalarini joylashtirish. Geografik nuqtayi nazardan sanoat
korxonalari xo’mashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda
bunyod etilsdi. Lekin shu bilab birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo’lgan
sharoitlar ham ma’;um darajada hisobga olinadi. Hududning meteorologik va relyef
sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborda bo’ladi.
Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog’ vodiylarida, yirik
daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirilmagani ma’qul. Tog’ vodiysida
mahalliy shamol doimo tog’dan vodiy bo’ylab esadi, binobarin, korxona
atmosferaga chiqargan chiqindilarni vodiyning quyi qismiga haydab keladi.
Chirchiq-Ohangaron, Surxandaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin.
Daryo bo’ylarida joylashgan korxonalar o’z chiqindilarini unga oqizib keladi,
natijada suv turli chiqindilar bilan ifloslanadi. Zarafshon, Chirchiq, Ohamgaron,
Surxandaryo suvlarining iflosligi korxonalar tashlayotgan oqava suv turli chiqindilar
bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt suvlarini ifloslaydi.
Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof-muhit
ifloslanishining oldini olishga ahamiyat berilishi lozim.
Shaharsozlik loyihalarini asoslash. Aholi yashash joylari: shahar,
shaharcha, qishloq bunyod etilihida tabiatning go’zal, xushmanzara va falokatli
tabiiy hodisalardan uzoqda bo’lgan hududlar tanlanadi. Chunki ular vaqt o’tishi bilan
aholi sonining ortishi natijasida kengayib boradi.
Hozirgi vaqtda turli joylarda foydali qazilmalarning topilishi va ularni qazib
olish, qayta ishlash korxonalari, yirik GRES, gidrotexnik inshootlar qurilishi, gaz va
suvni quvurlarda tashishga xizmat qiluvchi kompressorlarning ishga tushirilishi
munosabati bilan shu joylarda shaharchalar buyod etilmoqda.
Vohalarda, xususan sug’oriladigan hududlarda shahar va qishloqlar relyefning
balandroq joylarida, yirik kanal yoki daryo bo’ylaridan kamida 3-4 km uzoqlikda
qurilgani ma’qul. Chunki suv aholi yashash joylariga yer ostidan ta’sir ko’rsatadi.
Balndroq bo’lgan joylarda grunt suvlari sathi ancha pastda bo’ladi.
6-jadval
№
O’rta Osiyodagi eng katta suv omborlari
1
Nomi
Maydoni(km 2 ) Suv hajmi (mln
m
3)
Qaysi daryo
havzasida
2
Buxtarma
5500
53000
Irtish
3
To’xtag’ul
284,0
19500
Norin
4
Rogun
180,0
12400
Vaxsh
5
Norak
98,0
10500
Vaxsh
6
Tuyamo’yin
790,0
7300
Amudaryo
7
Chordara
900,0
5700
Sirdaryo
8
Qayroqqum
513,0
4200
Sirdaryo
9
Chorvoq
40,0
2006
Chirchiq
10 Andijon
80,0
1750
Qoradaryo
11 Kattaqo’rg’on
83,6
845
Zarafshon
12 Jan.Surxondaryo
65,0
800
Surxondaryo
13 Chimqo’rg’on
44,4
449
Qashqadaryo
2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati
Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit holatini yaxshilash
uchun mamlakat miqyosida bir necha sohalar bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlar ishlab
chiqilgan.Mazkur dasturlar bir necha yillarga mo’ljallangan bo’lib,uni bosqichma-
bosqich amalga oshirib boriladi.Quyida ba’zi asosiy dasturlar mazmuni bilan
tanishasiz.
Suv muammolari dasturi. O’rta Osiyoda suv resurslari taqchiligi va unga
nisbatan talabning tobora ortib borayotganligi tufayli, shuningdek, joylarda suvning
sifati davlat andozalariga to’la javob bermayotganligini e’tiborga olib, mamlakatta
suv muammolari dasturi qabul qilingan. Dasturning asosiy mazmuni suv
resurslaridan oqilona va tejab foydalanish, korxonalarda suvdan aylanma (berk)
texnologiyani joriy qilgan holda fodalanishni yo’lga qo’yish va boshqa jarayonlariga
qaratilgan.
Dasturni amalga oshirishda geografiyaning vazifasi avvalo suv resursning
ma’lum sohalar bo’yicha taqsimlanishini hisob-kitob qilish, qor va yomg’irlardan
vujudga keladigan suv oqimini, yer osti suvlari hisobiga yer usti suvlarining (va
aksincha) to’yinishini asoslash, muzliklarning, ko’llar, suv omborlarining balansini
hisoblab chiqish, suvning yerga singishi, bug’lanishi va boshqalarni o’rganishdan
iborat.
O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda suvdan to’g’ri va ilmiy asosda
foydalanishni yanada takomillashtirish, suvni iqtisod qilish ko’p hollarda
sug’oriladigan dehqonchilikda uning oqilona ishlatilishiga bog’liq. Shuning uchun
sug’orishda eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur. Hozirda qishloq xo’jaligida
samarali hisoblangan yomg’irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib sug’orish usullari
tatbiq qilina boshlandi, lekin ular juda kichik maydonlarda amalgam oshirilmoqda.
Suv muammolari murakkab, ko’p qirrali va ko’p sohalidir. Ular uzoq muddatli
mashaqatli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Sug’oriladigan yerlar dasturi. O’zlashtirilgan yerlar quruq iqlim sharoitida
eng mahsuldor yer hisoblanadi. Bir yil mobaynida bunday yerlardan uch martagacha
ekin ekib, hosil olish mumkin. Lekin respublikada sug’oriladigan yerlardan oqilona
foydalanilmoqda deb bo’lmaydi. Ularning katta qismi sho’rlangan, eroziya vas
hamol katta maydonlarga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Har yili jala yog’ishi va
sel hodisalari natijasida yerdan unumli foydalanish darajasi pasayib ketadi. Demak,
sug’oriladigan yerlardan foydalanish ko’rsatkichlarini oshirish uchun ularning
unumdorligini va meliorativ sharoitlarini yaxshilash zarur bo’ladi.
Geograflarning yerdan mahsuldorligini oshirishdagi asosiy vazifasi – mahalliy
tabiiy sharoitni chuqur o’rganga holda, ularning shamol va suv eroziyalariga
berilishini iloji boricha kamaytirish yo’llarini asoslash hamda meliorativ
sharoitlarini tubdan yaxshilashning litogolik-geomorfologik va gidrogeologik
asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimi. Tabiat muhofazasi
sohasida geograflarning o’rni alohida ahamiyatga ega. Geografiyaning barcha ilmiy-
tadqiqot ishlari va amaliy ishlanmalari tub mohiyati bilan tabiat muhofazasiga
bag’ishlangan.
O’zbekistonda tabiat muhofazasi zarur bo’lgan va ekologik vaziyatning
jiddiylashuvi kuchayib borayotgan hududlar mavjud. Chunonchi, Orolbo’yi,
Zarafshon vodiysi, Chirchiq-Ohangaron vohasi ekologik sharoitning murakkabligi
bilan ajrakib turadi. Fanning vazifasi bu holda atmosfera havosiga va suv havzalariga
chiqarilayotgan chiqindilarning tabiiy muhitga va insonga keltiradigan zararlarining
ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish, chiqindilarning atrof-muhitga
ta’sir radiusini va uning mintaqalarini bilish, ularning ta’siri natijasida tabiatda yuz
beradigan turli ekologik o’zgarishlarni hozirda va istiqbolda vujudga kelishini
asoslashdan iborat. barcha ma’lumotlar asosida xaritalar tayyorlanadi va ularni
tegishli rahbar tashkilotlar diqqatiga havola qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilishda eng samarali faoliyatlardan biri ma’lumotlarni va
vaziyatni xaritalarga tushirish yo’li bilan tadqiqot natijalarini mutaxassislarga va
keng jamoatchilikka ko’rsata bilishdir. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik
vaziyatlarni xaritalarda aks ettirish bilan mazkur muammo to’g’risida ko’plab
ma’lumotlarni qisqa, ixcham va aniq holda tegishli mutaxassislarga yetkaziladi.
Xaritalar muammoning tarkib topishi, hozirgi holati va kelajakda yanada
o’zgarishini tadrijiy holda ko’rsata oladi. Bu jihatdan xaritalar ushbu muammoni
tezroq hal etishga yaqindan yordam berishi mumkin.
3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni
Tabiat muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina mintaqaviy muammolar
o’zining dolzarbligi va tobora jiddiylashuvi, tang ekologik vaziyatlarning tarkib
topishiga olib kelishi bilan ajralib turadi. O’zbekistonning barcha yirik hududlarida
o’ziga xos tabiat muhofazasiga oid muammolar mavjud. Farg’ona vodiysi, Chirchiq-
Ohangaron vodiysi, Qizilqum, Orolbo’yi, Ustyurt, Zarafshon vodiysi va boshqa
hududlarida turli hududiy muammolar yuzaga kelganki, ularni ma’lum dastur
asosida tizimli yondashuv asosida hal qilish lozim bo’ladi.
Quruq iqlim mintaqasida cho’llashishga qarshi kurash loyihasini
amalgam oshirish. Cho’llashish arid mintaqada ekotizimlar mahsuldorligining
kamayib ketishi bilan bog’liq. Cho’llarda muntasil qorako’l qo’ylarining boqilishi
tufayli yaylovlarning mahsuldorligi pasayib boradi. Buning ustiga avtomobillarning
betartib harakati, turli inshootlarning qurilishi, ma’danlarni qazib olish uchun
burg’ulash, karyerlarning vujudga kelishi, yo’llar bunyod qilinishi natijasida, turli
texnik vositalar harakat qilishi tufayli o’simlik va tuproq eziladi, shamol harakati
natijasida qum uyumlari va botiqlari tarkib topadi. Ushbu jarayonlar tufayli
yaylovlarning mahsuldorligi kamayib ketadi, ba’zan yalang qumlik tarkib topishi esa
yaylovlarning nihoyatda kambag’allashib ketganidan darak beradi. Bu hodisa cho’l
yaylovlarining cho’llashishi deb ataladi.
Cho’llashish sug’oriladigan yerlarga ham xos bo’lgan hodisa. Vohalar tuproq-
meliorativ sharoitlarning og’irlashuvi, eroziya va shamolning faollashuvi sababli
tuproqning chirindili yuqori qatlamlarining yuvilishi yer hosildorligini birmumcha
pasaytiradi.
Daryo suvlarining oqimi suv omborlari gidrouzellar qurilishi natijasida
jilovlanishi bilan ularning bahorda toshib, yozda to’lib oqishiga chek qo’yiladi. Boz
ustiga, daryo suvlarining minerallashuv darajasi ortib, ifloslanishi yuz bermoqda. Bu
hol daryo qirg’oqlaridagi to’qayzorlarni cho’llashishga mahqum qilmoqda. Suv
sathining keskin darajada tushib ketishi bilan grunt suvlarining yuzasi ham pasaydi.
Daraxtli va butali to’qaylarning namga bo’lgan talabi ba’zi joylarda butunlay
qondirilmayapti. Bu hol ularning qurishiga olib keldi. Daryo sohilidagi Qizilqum,
Bodayto’qay va Zarafshon qo’riqxonalarining to’qay o’simlilari ham shu ahvolda.
Binobarin, ular cho’llashishga berilgan. Suni’y usulda to’qayzorlarni suv bilan
ta’minlash har doim ham yuqori samara bermaydi.
Cho’llashishga qarshi kurash ma’lum loyihalar asosida amalgam oshiriladi.
Buborasida qumliklar, platolardagiyaylovlar, vonalar, daryo deltalari, tog’ etaklari
yaylovlari uchun alohida tuzilgan loyihalar asosida kurash usullari ishlab chiqiladi,
ma]lum davrlarda amalgam oshiriladigan ishlar dasturi asoslanadi.
Bu jarayonga qarshi kurash asosida eng avvalo o’rta masshtabda (1:300000-
1:500000) cho’llashish xaritasi tuzilishi lozim. Xarita landshaft asosida yaratilishi
zarur, chunki bunda tabiiy sharoit butun hududda differensial ko’rinishda
ko’rsatiladi. Har bir landshaft konturi cho’llashishning turi, darajasi va sababini aks
ettiradi. Bu holda qaysi konturda qanday kurash choralarini qo’llash mumkinligi
ravshanlashadi.
Falokatli tabiiy hodisalarning oldini olish loyihalari. Halokat keltiruvchi
tabiiy hodisalarini o’rganish geograflarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Surilma, tog’ qulashi, sel, jar eroziyasi, qor ko’chkishi kabi tog’ yonbag’irlari va
etaklarida sodir bo’ladigan hodisalarni ayni rivojlanish o’choqlari va mintaqalari
(areallari) ni xaritalarga tushirish birinchi navbatda bajariladigan vasifakar. Bu
sohada geograf-mutaxasislada yetarli darajada tajriba mavjud. Har bir soy va daryo
vodiysi u yoki bu tabiiy hodisaning rivojlanishi nuqtayi nazaridan o’rganib
chiqilgan. Yirik shahar, sanoat korxonalari, qishloqlar atrofi doimiy kuzatuvda.
Shuning uchun ham ularning ta’sir doirasida ofatlar kamroq bo’lishiga erishilmoqda.
Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan vaqt-vaqti bilan tabiiy
hodisalar sodir bo’lib turibdi, odamlar orasida qurbonlar bo’lmoqda, halq xo’jalik
obyektlariga katta zarar yetmoqda.
Falokatli hodisalarning oldini olish borasida, respublikada ularning vujudga
kelish makonlarini chuqur o’rganish maqsadida har bir soy va daryo vodiysi ehtimol
tutilayotgan hodisa nuqtayi nazaridan o’rta va yirik masshtabli xaritalarga tushirilishi
bilan birga, ularning bashorati, baholanishi va hatto pasporti tuzilishi zarur bo’ladi.
Ma’lum vaqt mobaynida ularning aniq nazorati amalga oshirilishi darkor.
4. Tabiat va inson resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik baholash
Tabiat va uning geotizimlari butun sayyora miqyosida murakkab hosila, ular
doimo tadrijiy o’zgarishda, rivojlanishda va o’z qonuniyatlari hamda qonunlari
asosida mavjud. Tabiat qonunlari jamiyat qonunlariga mos kelmaydi, tabiat o’z
qonunlari negizida rivojlanadi, jamiyat qonunlarini tabiyatga qo’llab bo’lmaydi.
Binobarin, inson tabiat qonunlari va qonuniyatlarini mukammal bilishi, idrok etishi,
ularga rioya qilishi zarur. Tabiatdan foydalanish jarayonida mazkur qonunlarni
e’tiborga olg
an holda resurslarni xo’jalik muomalasiga kiritish muhim masala.
Bu holda nazariy va amaliy bilimlarni to’liq egallagan holda tabiatdan foydalanish
tobora zarur bo’lib bormoqda.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
tabiiy
resurslardan
foydalanish.
Respublikamiz
mustaqillikka
erishganidan
so’ng
tabiiy
boyliklardan
foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo’lib, ularga amal qilish
zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Tabiatdan foydalanish
mexanizmi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida quyidagi elementlarni o’z ichiga
oladi: a) tabiat resurslaridan foydalanishning pulliligi; b) tabiatni muhofaza qilish
faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirish tizimi; c) atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun
jarima to’lovi; d) tabiiy resurslardan foydalanish bozorini vujudga keltirish; e)
tabiatdan foydalanish bo’yicha narxlarni takomillashtirish va boshqalar.
Tabiat resurslaridan foydalanishning pullik tizimiga o’tish bozor iqsodiyoti
uchun eng zaruriy tamoyil hisoblanadi. Boylik pul bilan baholanar ekan, undan
foydalanish ham pullik bo’lishi lozim. Bunda boylikning sifati, qiymati, keltiradigan
foydasi va boshqa iqtisodiy xususiyatlari e’tiborga olinmog’i lozim. Masalan, bizdan
suvdan sug’orma dehqonchilikda foydalanilganlik uchun xo’jaliklar odatda davlatga
pul to’lamaydilar, ammo ular ba’zan keragidan ko’proq xajmda suv olib ishlatadilar,
suvni ifloslantiradilar va ortiqcha toza suvni tashlama sifatida markaziy
kollektorlarga oqizib yuboradilar.
Yerdan foydalanish jarayonida dehqonlar, fermerlar, bog’bonlar, chorvadorlar
ishtirok etadilar. Yer davlat, umumxalq mulki, uni sotish va hadya etish mumkin
emas, faqat samarali foydalanish uchun ma’lum muddatga berish mumkin. Bozor
iqsodiyoti sharoitida yerdan foydalanishda uni mahsuldorligiga qarab baholash va
shu asosda soliq masalalari, yerga o’g’it solish, almashlab ekish kabilarni hal etish
maqsadga muvofiq.
Bu borada O’zbekistonda yerdan foydalanishda jamoa xo’jaligi va uning
tarkibida oila qudrati, paychilik, fermer xo’jaligi va boshqa yangi usullarda qishloq
xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil qilish tajribasini keng qo’llanilmoqda, bu yerga
bo’lgan hurmat, uni e’zozlash, har bir qarichidan omilkorlik bilan foydalanishni
ta’minlaydi.
Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya. Tabiat boyliklaridan
foydalanishda boshqa fan yutuqlari qatori geografiya erishgan ilmiy natijalarga
asoslanish nihoyatda samaralidir. Chunki geografiya fani tabiatni, aholi va xo’jalik
bilan bir butun tarzda o’rganadi. Binobarin, bu jarayonda tabiat qonunlari to’liq
e’tiborga olinadi, tabiatga inson ta’sirining oqibatlari hisob-kitob qilinadi va shunga
muvofiq ularni oldini olish choralari ishlab chiqiladi.
Amaliy geografiya tabiat boyliklaridan foydalanish bo’yicha yetarli darajada
tajriba, sinov ishlab chiqarish amaliyotiga ega. inson sug’orma dehqonchilik bilan
kamida 5-6 ming va chorvachilik bilan 8-10 ming yildan beri shug’ullanib kelmoqda.
Bu borada mavjud sohalar bo’yicha juda katta tajriba to’plandi. Bu tajribaning
geografiyaga oid tomonlari ham mavjud. Masalan, qiya yonbag’irlardan
foydalanishda yerni haydash, sug’orish, tuproqqa ishlov berish jarayonida nishablik
xususiyatlarini hisobga olib ko’ndalangiga yerni haydash, juda ham qiya yerlardan
yaylov sifatida foydalanish yoki terrasalash, ihotazorlar bunyod etish, eroziyaga
qarshi maxsus gidrotexnik inshootlarni loyihalash.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda amaliy geografiyaning tadqiqot
usullaridan keng foydalaniladi. Bu borada tog’ yonbag’irlari va vodiylarining tabiiy-
geografik xususiyatlari, ayniqsa, suv va iqlimiy omillar, gruntlarning fizik hamda
kimyoviy xossalari e’tiborda bo’ladi. Tog’ vodiylarining mahalliy shamollari odatda
soy yoki daryo oqimining yuqori qismidan boshlanib, uning etagi tomon
harakatlanadi. Shamol havodagi barcha chang va chiqindalari olib ketadi, agar tog’
vodiysida sanoat korxonalari mavjud bo’lsa, ularning havoga chiqargan
chiqindilarini vodiy boylab yoyadi, oqibatda atrof-muhit ifloslanadi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tog’ vodiylariga sanoat
korxonalarini joylashtirishda mahalliy shamollar harakati albatta e’tiborga olinishi
lozim, sanoat ishlab chiqarishda chiqindisiz yoki yopiq siklli texnologiyaning tatbiq
etilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, korxonalar yer usti va yer osti suvlarini turli
oqava suvlar bilan ifloslaydi, bu hodisa ham diqqat-e’tiborda bo’lishi darkor.
Demak, barcha sohalarda amaliy geografiyaning tavsiyalari va ko’rsatmalarining
hisobga olinishi tabiatdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Bilimingizni sinab ko’ring:
1. Ishlab chiqarish jarayoni qachon vujudga keladi?
2. Ishlab chiqarish omillari tarkiban nimalardan iborat?
3. Ishlab chiqarish o’zining maqsad-mohiyatiga ko’ra qanday qismlarga ajratiladi?
Ularni ta’riflab bering.
4. Tadbirkorlik omili deganda nimani tushunasiz?
5. Moddiy omillar qanday qismlardan iborat?
6. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillarini ta’riflang.
7. Ishlab chiqarishni joylashtirish omillarini guruhlashtirishning mohiyari nimadan
iborat ?
8. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda omillar ahamiyatini aniqlovchi
formula yordamida biron tarmoqqa mansub korxonani joylashtirishni tahlil eting.
9. Bozor iqsodiyoti omili deganda nimani tushunasiz ?