SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
51,7 KB
1
SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING
RAQOBATBARDOSHLIGI
Reja:
1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati.
2. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari.
3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari.
4. Standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, attestatsiya va nazorat qilish.
2
Tayanch so‘z va iboralar: foydalanish, mukammal, korxona, faoliyat,
rejalashtirish, qiymat, ko‘rsatkichlar tizimi, oshirish, rag‘batlantirish, yaxshilash,
iqtisodiy samaradorlik, raqobatbardoshlik.
1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga
boshqacha prinsipial talablar qo‘yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday firmaning
omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustaxkam mavqei
raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida raqobatbardoshlik ikki
ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa
ko‘tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni
boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi
uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu
jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot sifatini
oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy
ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng
yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq
kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat
muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu shu mahsulotning har tomondan foydalanishga
mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Mahsulot sifati - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun
uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot tarmog‘i ehtiyojlarini,
iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini
rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri
3
hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi,
mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi.
Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish
darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja
topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning
davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli
mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani
uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni
ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va
shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy
kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni
rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori sifatli
mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq
darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish
hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot
sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat
ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi
kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab
qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali
yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish
hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish
salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sub’ektlarning
ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri
4
bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning aholisini
daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada
sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. Ya’ni,
sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida
jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi.
2. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari
Sanoat ishlab chiqarishi o‘z mahsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, ya’ni
xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil
me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum sanoat
mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa
guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari. Bunday
ko‘rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida
kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi
mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U
baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash
yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishi
mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi,
ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o‘lchov
asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab
aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo‘ljallangan muddatda, o‘z xizmat
parametrlarini o‘zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish
xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati - mo‘ljallangan vaqtda,
o‘zining ishlash qobiliyatini o‘zgartirmaslik xususiyatidir.
Texnologik ko‘rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida
yuqori
mehnat
unumdorligini
ta’minlash
uchun
konstruktor-texnologik
5
yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Aynan texnika va
texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material
xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu mahsulotning
standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan
qondirilganligi, to‘ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan
unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo‘lgan
kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug‘lik, shovqin,
vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug‘ining yig‘ilishi
bo‘lishi mumkin.
Ergonomik ko‘rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu
buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan gigienik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar
majmuini aks ettiradi.
Estetik ko‘rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini
ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini,
kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini
tavsiflaydilar.
Transportabellik ko‘rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini
ifodalaydi.
Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli
sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil
hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik
omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan
yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi,
qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi.
Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol
qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari - xaridor va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning
xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj
6
qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda xavfsizlikni
ta’minlaydilar.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot sifatini
tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko‘zni qamashtiradigan,
o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan bo‘lishi lozim. Lekin, shu barcha ko‘rsatkichlardan
tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi
baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u
ega bo‘lgan xossalar to‘plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining
bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Bs
Kopt = --------,
Xε
bu yerda: Kopt – iqtisodiy optimal sifat;
Bs - buyum sifati;
Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari, so‘m.
Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish
bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o‘z ichiga
oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning sifati juda
ko‘p va turli - tuman ko‘rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan - kvalametriya
ilmi shug‘ullanadi. U sifatni son jihatdan, ya’ni bir so‘mlik xarajatga buyum sifati
birligining o‘sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini ishlab chiqqan.
Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida mahsulotning sifati -
korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir, shu
sabli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan
tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug‘ullanishi kerak.
Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bo‘yicha barcha jarayonlar sifatni
boshqarish tizimiga birlashtirilgan.
3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari
7
Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko‘tarish uchun
uni boshqarish kerak bo‘ladi. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga oid
qo‘llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish,
uning belgilovchi shartlar va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yo‘llari
bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning
zaurur darajada o‘rnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak.
Mahsulotning sifatini boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy-
texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi majmuasini tashkil
etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
- mahsulot sifati darajasini belgilash;
-
mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish
jarayonining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘rganish;
-
mahsulot sifatini boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ob’ektga ta’sir
ko‘rsatishga tayyorlanish;
-
boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;
-
boshqarish natijasida mahsulot sifatining o‘zgarishi haqidagi axborotlarni
yig‘ish va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;
- mahsulot sifatini attestatsiya qilish;
- mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;
- mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;
- ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
- mahsulot sifatini o‘lchashni tashkil etish;
- mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o‘qitish va tarbiyalash;
- sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;
- ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;
- mahsulot sifatini oshirishni rag‘batlantirish;
- mahsulot sifatini nazorat qilish;
8
- standartlarga, o‘lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;
- mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash.
Mahsulotning
xossalari,
texnologik
jarayonlarning
ixtisoslashtirish
xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan
holda bajariladi.
Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni
amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviy-iqtisodiy
jihatdan asoslanadi.
Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi:
-
ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar va kelgusida uni
takomillashtirish imkoniyatlari;
-
mahsulotning sifat darajasini baholash;
-
ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va
ularni tahlil etish;
-
laboratoriyadan o‘tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan
yuborilgan norozilik hujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar;
-
ilg‘or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash.
Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:
-
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba
va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
-
ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid
tadbirlar;
-
xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo‘yicha ta’minlovchilarga
qo‘yiladigan talablar;
-
mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va
loyihalashtirish
bo‘yicha
ilmiy-tekshirish,
loyihalashtirish
tashkilotlariga
beriladigan topshiriqlar;
-
texnikaviy hujjatlarni yaxshilash tadbirlari;
-
texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni
o‘lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;
9
-
standartlarni
o‘zlashtirish,
ularga
rioya
qilish,
buyumlarni
unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini
olish va iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan noroziliklarni kamaytirish bo‘yicha
tadbirlar.
Ushbu va boshqa bir qator tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis
ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan xarajatlar
va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa ko‘rsatkichlar
aniqlanadi.
Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o‘rtasida dialektik aloqadorlik mavjud
bo‘lib,
biri
ikkinchisidan
kelib
chiqadi.
Raqobat
korxona
(firma)larni
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatishga
undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o‘lchov bo‘lib, uning xususiyati shundan iboratki, uni
raqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlarini
qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun
sarflanadigan xarajatlar darajalari bo‘yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday
tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig‘indisi tushuniladi.
Mahsulotning raqobatbardoshligi - u biror bir firma tomonidan ishlab
chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq
iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo‘lgan tovarlarning
iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi
ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko‘riladi. Ana shunda tovarning
raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik
darajasini ko‘rsatadi.
4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
10
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. U normal ijodiy
faoliyat bo‘lib, sifatning optimal ko‘rsatkichlarini, mahsulotning parametrik
qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy
belgilashni o‘z ichiga oladi.
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ
asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash
uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning
rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun esa
standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish
bilan chambarchas bog‘liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi
iqtisodiyot tarmog‘i, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan
mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish
hamda ushbu hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va
doimiy faol holatda bo‘lishiga imkoniyat yaratadi:
-
yagona texnik til;
-
mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni
o‘lcham ayirmasi (qo‘yim va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar);
-
umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari
va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va
boshqalar);
-
texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi;
-
materiallar va moddalar xossalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar beradigan
dalillarni.
O‘zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan
uyg‘unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-
sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning
hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha iste’molchilar
va davlat manfaatlarini;