SANOAT MENEJMENTNING TASHKILIY TUZILISHI
Reja:
1. Menejmentning tashkiliy tuzilishi to‘g‘risida tushuncha.
2. Iqtisodiyotni boshqaruv tashkilotlari
3. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
4. Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish
1. Boshqarish strukturasi to‘g‘risida tushuncha
"Struktura" lotincha so‘z bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq
ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va
funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va
bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar
tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga
bo‘ysunishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini
tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv a’’arati strukturasi"deb yuritiladi.
U bironbir boshqaruv organining (vazirlikning bosh-qaruv a’’arati, korxonaning
boshqaruv a’’arati va h.k) bo‘limlari tarkibini bildiradi.
Bo‘linmalar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari
korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o‘ziga
xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob’ektlari
va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv
bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi.
Boshqarish bo‘g‘ini — bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini
bajaruvchi mustaqil strukturasi bo‘limlaridir (15-jadvalga qarang). Bu bo‘limlar
o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega.
Boshqarish bosqichi — bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo‘g‘indir. Masalan:
Vazirlik —> birlashma —> korxona —> tsex —> uchastka
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘ganshshng ikkinchisiga, odatda, quyi
bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Bu vertikal
bo‘yicha bo‘linishdir.
Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysunish tartibi,
har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning huquq va burchlari, shuningdek, ular
o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari
boshqarish tizimini tashkil qiladi.
Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo‘lishi mumkin. CHu-nonchi:
butun xalq xo‘jaligini (sanoatlarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
har bir sanoat va tuman tasarrufidagi karxonalarni boshqarish;
korxonalar ichidagi bo‘limlarni (tsexlar, uchastkalar va hokazolarni)
boshqarish.
Boshqarish strukgurasini guruhlash belgilari vositasida yanada yaqqollashtirish
mumkin.
Quyidagi belgilar boshqarish strukturasini aniqyaovchi belgilari xisoblanadi
12.1 jadval
Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar
№
Belgilar guruhlari
Belgilar va omillar
1
.
Strukturani
aniq-lovchi belgilar
* boshqarish maqsadi
* boshqarish funktsiyalari va vazifalari
* xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar guruhi
* ish vakti rejimi, intervali va boshq.
2
.
Strukturaga
ta’sir qiluvchi
omillar
* tashqi muxlt
* texnologaya
* korxonaning katta-kichiqligi
* biznes strategiyasi
* xodimlar soni
* qabul qilinadigan qarorlar tizimi
* shakllangan struktura va boshq.
3
.
Strukturani
opti-
mallashtiruvchi
belgilar
* yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan, unchalik katta
bo‘lmagan bo‘limlar va bo‘g‘inlar
* ko‘ bo‘lmagan boshqaruv bo‘g‘inlari
* o‘zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozir-javoblik
* yuqori darajadagi unumdorlik
* ast darajadagi xarajatlar
*
ish
grafigining
bevosita
istehmolchilarga
moslashganligi .
Ko‘rinib turibdiki, boshqarish maqsadi, funktsiyalari va vazifalari
boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan hisoblanadi.
Shu o‘rinda shuni tahkydlash lozimki, ko‘gina hollarda yangi korxona yoki
muassasalarni tuzish ‘aytida avval boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlarining
tarkibi, boshqarish a’arati shtatlari belgilanadi, so‘ngra ular o‘rtasida funktsiyalar
taqsimla-nadi.
Holbuki, bu jarayon aksincha bo‘lishi kerak, yahni dastlab maqsadga binoan
funktsiyalar soni aniqlanishi, shundan so‘ng boshqarish strukgurasini tashkil
etishga kirishish kerak. Masalan, agar funktsiya miqyosi uncha katta bo‘lmasa, u
hodtsa mazkur korxonada bironbir bo‘linmani tashkil qilishga yoki qo‘shimcha
lavozimni kiritishga hojat bo‘lmaydi.
1.2. Iqtisodiyotni boshqaruv tashkilotlari
Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. SHu nuqgai
nazardan bu strukgura quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Boshqarsh strukturasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak.
Bo‘g‘in va bosqichlar sonining asossiz ko’payib ketishi:
- boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishiga;
- axborotlarning o‘tish yo‘li va vaqtining cho‘zilib ketishiga;
- boshqarishda parallelizm va takrorlanishlarning vujudga kelishiga;
- boshqarishda mas’uliyatsizlik unsurlarining tug‘ilishiga va pirovardda
boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi.
2. Boshqarsh’ strukturasi boshqarish a’aratinivg o‘erativ ishla’shni ta’minlashi
lozim.
Bu faoliyat joriy vazifalarni o‘z vaqgida va mohirlik bilan tez hal etishda
namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish
ob’ektlarining joylashuvi ham tahsir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, boshqarish strukgurasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab
chiqarish jarayoniga tahsir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukguralari ma’lum (12.1-chizma).
12.1-chizma. Boshqarsh strukturalarining tashkiliy turlari.
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar,
avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo‘ysunish turlariga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi.
Organlar o‘rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham
mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va hamkorlik ads’ish
tarzidagi aloqalardir.
Boshqarish strukturasining tashkiliy turlari
Chiziqli
(pogonali)
struktura
Chiziqli
shtabli
struktura
Funktsional
struktura
Chiziqli-
funktsional
struktura
Dasturli
maqsadli
struktura
Boshqaruv strukgurasida asosiy o‘rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy
aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhimdir. Bahzan ular
tashkilotning ishini yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Norasmiy aloqalar turli xilda bo‘lishi mumkin, Bular jumlasiga korxonadagi
qarindoshlik aloqalari, unda tarkib to‘gan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar,
qiziqishlar, s’ort bilan shug‘ullanish yoyug‘do‘stona munosabatlar, birga
o‘qiganlik va boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Chunki:
• norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo‘g‘inlari bilan kesishadi;
• qator munosabatlar ishdan tashqarida ‘aydo bo‘ladi va korxonaning barcha
ishiga tahsir ko‘rsatadi;
• norasmiy tizim o‘zining ko‘’gina ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona faoliyatining
samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo‘q emas. Ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo‘q bo‘lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qariqtsoshurug‘chilik
va shunga o‘xshash ko‘rinishlarning sodir bo‘lishi hech ga’ emas.
Chiziqli struktura boshqarish strukgurasining eng sodda turi bo‘lib, u quyidagi
ko‘rinishga ega (12.2-chizma).
Direktor
(rektor)
Sex boshliқlari
(prorektorlar)
Uchastka masterlari
(dekanlar)
Ijrochi (kafedra
mudirlari)
12.2-chizma. Boshqarishnnng chiziqli strukturasi.
Bunda boshqarishning hamma funktsiyalari korxona rahbari (1) qo‘lida
to‘’lanib, barcha quyi rahbarlar (A, B, V) va ishlab chiqarish bo‘g‘iilari (A,, A^;
Br B2; V,, V2) unga bo‘ysunadi. Har bir rahbar o‘ziga ishonib toshiirilgan
bo‘linma faoliyatini yak-kaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur
qarorlarni mustaqzil ravishda qabul qiladi.
Bo‘ysunuvchi
xodimlar
faqat
o‘zlarining
bevosita
rahbarlari-ning
farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita
boshlig‘ini "chetlab" murojaat qil-masligi kerak. Masalan, korxona dir.ektori tsex
bo‘shigani chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. SHu tariqa rahbarlikning
vertikal liniyasi va bo‘ysunuvchilarga tahsir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘li
ochiladi. Chiziqli stukturaning o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Chiziqli strukturaning ijobiy va salbny tomovlari
Ijobiy tomonlari
Salbiy tomonlari
• buvday struktura bir-biriga zid,
chalkash
to‘shiriqlar
berilish
hollarini kamaytiradi yakkabosh-
chilikni va shaxsiy javobgarlikni
mustahkamlaydi
bu
struktura
oddiy,
‘uxta
va
tejamlidir
bosqichlar soni kam bo‘lganda
boshqariluvchi obhekt ishiga kam
kishi aralashadi vazifalar tezkor hal
etiladi butun tizim samarali ishlaydi
xodimlar
faqat
o‘z
rahbariga
hisobot
beradilar,
natijada
ijrochilik va intizom darajasi ancha
oshadi
•
•
•
•
bunday
struktura
oddiy,
barqaror
masalalarni yechishga mo‘ljallanganliga
sababli
uning
doirasida
kom’leks
masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi
bunday sharoitda rahbarlar ko‘roq tezkor
ishlar bilan band bo‘-lib, strategik kom’leks
muammolarni
ehtibordan
chetda
qoldiradilar bunday boshqarishda teng
huquqli
struktura
birliklari
negizida
garizontal bog‘lanish bo‘lmaydi bunday
boshqarish sharoitida buyruqbozlik va
rasmiyatchilikning ‘aydo bo‘lish xavfi
kuchli, chunki, strukturaning har bir bo‘-
g‘inida rahbar o‘z lavozimi bo‘yicha
Boshqarishning chiziqli strukturasi uncha murakkab bo‘lmagan ishlab
chiqarish sharoitida, ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi
kam
bo‘lganda
o‘zini
oq’ashi
mumkin.
Ishlab
chiqarishning
tobora
murakkablashib, ko‘lamining kengayib borishi boshqarish funktsiyalarini
tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o‘rniga chiziqlishtabli
strukto‘raning vujudga kelishini taqozo etadi.
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixgisoslashgan xizmatlar,
maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura
quyidagi ko‘rinishga ega:
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o‘rganish orqali rahbarga qaror
qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehgiyojning ‘aydo
bo‘lishiga asosiy sabab bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu
yerda mehnat taqsimoti ikqi turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidaga birlamchi
vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi
vazifalarga tobe bo‘lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishga javobgardirlar. Ular
maslahat be-rish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi
taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig‘ini aniq’ash
va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo‘lgani uchun
korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan yengillashadi, boshqa tomondan esa
berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo‘lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o‘zinikini mahqullashga, o‘z obro‘llarini
saqlashga harakat qiladi. Natijada o‘rtada nizo chiqadi.
Shtabdagi menejerlar o‘zlarini mutaxassis, o‘z sohalarining bilimdoni
ekanligini isbotlamoqchi bo‘lsalar, chiziq’i rahbar-lar esa yakka rahbar
ekanliklarini ‘esh qiladilar. G‘arb menej-mentidagi ayrim nazariyotchilar bu ikki
turdagi menejerlar kor’usini yaxlit tashkilot tarkibidagi qarama-qarshi sotsial
guruh deb atashadi. Bu yerda shtabdagilar o‘zlarini elita daraja-sida his etadilar.
Yirik kor’oratsiyalardagi shtablar ko‘hollarda mazkur korxonaning asosiy
markaziy organlariga ayla-nib qoladilar va chiziq’i organlar faoliyatini
murakkablashtirishga urinadilar. Bunday vaziyatdan qutulish uchun korxona-lar
boshqarish strukturasiga o‘zgartirishlar kiritib, shtablar sonini yoki ularning
xodimlarini qisqartirishga erishadilar.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziq’i rahbarlar o‘z
diqqatlarini ilmiy-tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy
faoliyatiga
qaratadilar.
Kamchiligi
esa
boshqaruv
tizimida
ortiqcha
bo‘g‘inlarning ‘aydo bo‘lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish
xarajatlari-ning o‘stsh(tsadir.
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o‘laroq boshqaruv-ning funktsional
strukturasi rahbarlar va struktura bo‘g‘inla-rining boshqaruv faoliyatini
ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan
funktsiyalar biriktirib qo‘yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab
chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shu
12.3-chizma. Boshqarishning funksional strukturasi.
A,B – sex boshliqlari funktsional organlari
fo1 – marketing bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari
fo2 – ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, funktsional rahbar
fo3 – moliya va reja bo‘yicha direktor o‘rinbosari, funktsional rahbar
A1, A2, A3, - ijrochilar
B1, B2, B3, - ijrochilar
Boshqarish apparatini funktsion ixtisoslashtirish uning samaradorligini
ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarish lozim bo‘lgan
universal rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan,
o‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati
paydo bo‘ladi.