1
SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI
Reja:
1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati.
2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari.
3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash.
2
Tayanch so‘z va iboralar: texnika, fan, iqtisodiy mohiyati, asosiy
yo‘nalishlari,
elekterlashtirish,
elektronizatsiyalash,
ximiyalashtirish,
mexanizatsiyalash,
avtomatlashtirish,
yangi
texnika,
texnologiya:
lazerli,
ultratovush, chiqitsiz, quyoshli.
1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati
Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U
ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ham
fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. Yuqorida
aytilganlardan shunday savol tug‘ilishi mumkin: Fan nima?
Fan – bu inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea-
hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga
solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
Fan yoki ilm – bu o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan
bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi avvalo voqea va hodisalarni,
shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, keyin tushuntirish,
oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir.
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak.
Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda
esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol
elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) –
ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo,
material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga
ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy
hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
3
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular
yonma-yon turadi. Shu sababli “Fan- texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim
asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi
xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning,
boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning
hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik
rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va
ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, iqtisodiyot
tarmog‘i, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham
hisobga olinishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i,
elektr energiyasi va h.k. larni tejash);
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish;
mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori
darajaga ko‘tarish.
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa
ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin emas.
Respublika Prezidenti I. Karimovning asarlarida, ma’ruza va suhbatlarida, Oliy
Majlis qonunlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, olimlarning ilmiy-amaliy
tadqiqotlarida
fan-texnika
taraqqiyotining
tavsiflovchi
g‘oyat
mukammal
formulalari ta’riflab berilgan.
Mustaqillikni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni qurish, iqtisodiy o‘sishni
izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-fansiz mutlaqo
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma joyda, hamma vaqtda fan-texnika
taraqqiyoti tomon olg‘a siljimoq kerak bo‘ladi.
4
O‘zbekiston Davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari,
mehnatkashlar jamoalari, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora-
tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo‘lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning
yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu
negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og‘ishmay
takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika
siyosatining mohiyati ana shundan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati
sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, uning butun tarkibiy
qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati
strategik maqsadga bo‘ysundirilgan.
Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy
siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor iqtisodiyotining u
yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji
darajasini, bu borada hal etiladigan vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish asosida
davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni
amalga oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab
chiqadi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan talab qiladi. Ayni
chog‘da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish
mexanizmini takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirishning hal qiluvchi omili ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi
hisoblanadi. Ana shu mexanizmni takomillashtirish fan-texnika taraqqiyotini tashkil
etish va boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, mablag‘ bilan ta’minlash va
rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.
2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyotiga modernizatsiya qilish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining
uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
5
a) an’anaviy yo‘nalish;
b) zamonaviy yo‘nalish;
v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
An’anaviy
yo‘nalishga
elektrlashtirish,
mexanizatsiyalash,
qisman
avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi.
Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash,
kompleks
avtomatlashtirish
(robotlashtirish,
kompyuterlashtirish),
atom
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga
ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan
foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni
bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
- elektronizatsiyalash,
biotexnologiyani
keng
joriy
etish,
iqtisodiy
informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish,
fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;
- yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
- texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va
materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
- mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni
modernizatsiyalash kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p
atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nau-xau”,
innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k.
“Nau-xau” – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning
yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nau-xau” tipidagi axborot
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi
mumkin. “Nau-xau”ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning
yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun
foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar,
loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror
narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik
6
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni
yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi.
Innovatsiya – iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. Yangilikni joriy etish:
birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo‘lgan yangi texnika va texnologiya. Ixtirochilikning
rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi
innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi.
Lizing – mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi
mavjud.
Moliyaviy lizing muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital xarajatlarini
to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda
ham beradi.
Oddiy lizing – ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi.
Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga odatda bir
yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati
tugagandan so‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olish (bu holda
egalik huquqi yangi sohibga o‘tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini
cho‘zish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko‘zda
tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan davr mobaynida uni
buzishga haqi yo‘q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun
shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar. Davlat odatda, ularga qarz
olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
Venchur – kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik
ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni
boshqarish, tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu
ishlar bilan “Venchur korxonalar” shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi
bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi
7
yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular
venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab,
uni ishga soladilar.
Injinering (injinerlik – maslahat xizmatlari) – tijoratchilik qoidalariga
asoslangan injinerlik – maslahat xizmatlari; ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot
sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan
maslahat berish. Bu ish bilan injinering firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma
sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injinering
firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar
va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy
etadi. Injinering kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injinering xizmatiga bog‘liq
bo‘ladi. Xalqaro injinering xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari
ko‘rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi, mohiyati bilan muyyan xizmatlarga
buyurtmaning bir ko‘rinishidir. Injinering xizmatlari bozori – xalqaro bozorning bir
turi, injinering xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir.
Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni xarid etish,
qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko‘rsatish uchun konkurs
asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib
hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan konkursda ishtirok etuvchi
firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z takliflarini – tenderlarini xaridor,
buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injinering firmalari hujjatlashtiradi.
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri ishlab
chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli
darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish
jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini “Elektroenergetika“ tarmog‘i tashkil
etadi. U elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jihozlarni (elektrostansiyalarni),
iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr
uzatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi:
suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar);
issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar);
8
atom elektrostansiyalari;
quyosh elektrostansiyalari;
shamol va boshqa elektrostansiyalar.
Ekspertlarning dalolat berishlaricha, kelgusi yuz yillikning o‘rtalarida
sayyoramizda energiya ishalb chiqarish hozirgi darajadan o‘n baravar ortadi. Bunday
o‘sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg‘i yordamida ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshumul muammolardan biriga
aylanmoqda.
Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan
keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni
kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash tushuniladi. Elektronikaning makro va
mikro turlari mavjud bo‘lib, ular sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida o‘rin
tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo‘l keladi.
Mexanizatsiyalash – bu qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishdir.
U ikki xil bo‘ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks mexanizatsiyalash. U
ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Avtomatlashtirish – bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish
vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab
chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish jarayonida inson faqat
operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan
maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab
chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim ishlab
chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la xillari
mavjud.
Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya fanining
barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlariga
ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning ximik usullarini
joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan belgilangan
xususiyatli xomashyo materiallarni tayyorlash mumkin. Masalan, bo‘yoq va laklar,
sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k.
9
O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu yerda
O‘zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy - tadqiqot muassasi tashkiloti bo‘lib, ularda
fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy muammolari tadqiq qilinadi,
xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash
borasida ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va
texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda
katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan
bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda dunyo
bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda.
3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy
samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani
joriy etish asosida iqtisodiyot tarmog‘ida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida
yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali
ekanligini aniqlash zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda
takomillashgan turlari va konstruksiyalari;
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari;
texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;
mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini
yaxshilash;
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
jihozlarni modernizatsiyalash;
bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari;
ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini
tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab