1
SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH
KURS ISHI
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini savod o’rgatish davrida bo’g’in va yozuvga o'rgatish
metodlari
2. Savod o’rgatishning tayyorlov davridagi yozuv darslarida zamonaviy usullardan
foydalanish
3. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ona tii darslarida to’g’ri bo’g’inga ajratish
metodlari
4. . Ona tili darslarida o’quvchilarni savodli yozishga o’rgatish usullari
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka
undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim
jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, o’qituvchi va o’quvchi
hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi
pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa
vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga
oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi pedagogik texnologiyani
boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash
qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb
etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy
fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga
munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois,
o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab
borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb
ahamiyatga ega. Mazkur Kurs ishiida savod o’rgatish davrida pedagogik
texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali
metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish
metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
Ona tili – bu millatning ruhidir. Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida,
xalq xo'jaligining barcha sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni
og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy
qadriyatlarni puxta egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning
muhim shartidir.
So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib
kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-
psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni, intnegratsion texnologiyalarni ta’lim
beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan
o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’quvchilarini fanga ijodkorlik
3
nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini
shakllantirish va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda
darsni tashkil etish kerak bo’ladi..
Ona tili – bu millatning ruhidir. Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida,
xalq xo'jaligining barcha sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni
og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy
qadriyatlarni puxta egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning
muhim shartidir.
So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib
kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-
psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni, intnegratsion texnologiyalarni ta’lim
beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan
o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’quvchilarini fanga ijodkorlik
nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini
shakllantirish va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda
darsni tashkil etish kerak bo’ladi. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim
usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning
«Biz o’g’il-qizlarimizni o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning
tafakkurida bo’shliq vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»2 degan so’zlarini
misol qilib keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey
talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga
qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada
xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va uqqan yoshlarni
aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash xalqimiz dushmanlari
uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.
Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib
o’tgan tarixiy yo’li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy
javoblar berilgani kitobning qimmatini yanada oshiradi. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ko’p jihatdan ta’lim-tarbiya tuzulishini
hozirgi davr talabiga ko’tarish har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga
4
bog’liq. Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosiy uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi
bilan bir qatorda shu jamiyatda yashayotgan fuqarolrning intelektual va ma’naviy
samaradorligini ham belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir
Davlatning istiqbolimizning ta’lim tuzulishini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati ona tilining jamiyatdagi
bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan
o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabat
til orqali amalga oshadi. Kishilar o'z his-tuyg'ulari, kechinma va holatlarini taassurot
va tasavvurlarini til vositasida ifodalaydilar.
Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar va
o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan, ularni
og’ir va sog’liq uchun zararli ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan ish kuni huquqi
qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan
ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir
jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”da
hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Umumiy ta'lim tizimida ona tili asosiy va markaziy o'ringa ega. Ayniqsa,
umumiy o'rta ta'limning asosi, poydevori bo'lgan boshlang'ich sinflarda ona tili
yetakchi mavqeda turadi. Yosh avlodda fikrlash va fikrni to'g'ri ifodalay olish
ko'nikmasini hosil qilish va rivoj toptirish, ularga ona tilining qonun-qoidalarini
singdirish, bu qonun-qoidalarni amalda qo'llay bilishni o'rgatish, ularni savodxonlik
bilan to'g'ri va chiroyli yozish, to'g'ri talaffuz, ifodali nutq. O'z his- tuyg'ularini so'z
vositasi bilan yuzaga chiqara olish malakalariga ega qilish, bular orqali amaliy
faoliyatga tayyorlash boshlang'ich sinflarda boshlanadi.
Bola 1-sinfga kelganida taxminan 1300, 1400 atrofida so‘z boyligiga ega
bo‘ladi. Maktab ta'limi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bilan unga har kuni 5-6
ta yangi so‘z o‘rgatiladi va bu so‘zlar uning lug‘atidan joy olishi hamda
mustahkamlanishi kuzatib boriladi.
5
Shu bilan birga o’quvchilar ushbu so’zlarning yozilishi bilan ham tanishib
boradilar. O’quvchilar ona tili qoidalari bilan birgalikda to’g’ri va chiroyli yozishga
o’rganib borishlari lozim bunga erishish uchun esa doimiy ravishda o’quvchilarni
savodli yozish malakalarni rivojlantirib borishimiz lozim.
Bugungi kunda ayrim joylarda panolarda, viveskalarda, jamoat joyidagi
e’lonlarda ayrim orfografik va imlo qoidalari buzilgan holatdagi yozuvlarni
uchratishimiz mumkin. Afsuski, bunday kamchiliklar tez-tez ko’zga chalinib turibdi.
Albatta bularning barchasiga yoshlikdanoq savodli yozish ko’nikma va malakalarini
shaklllantirishga yaxshi e’tibor qaratilmasligi deb olishimiz mumkin. Shuning uchun
ham o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq savodli yozishga o’rgatib borish bugungi
kunda ham dolzarb va ahamiyatli muammolardan biri bo’lib qoladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Ushbu Kurs ishini yozishda savod o’rgatishning tayyorlov davrida o’quvchilarni
yozuvga o’rgatish va to’g’ri bo’g’inga ajratish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi
-Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yozuvga o’rgatish va to’g’ri bo’g’inga ajratish
bo’yicha adabiyotlar va internet ma’lumotlari tahlili,
-o’quvchilarni savod o’rgatishning ilk davridayoq yozishga o’rgatish
masalalarini o’rganib chiqish
-Darslarda zamonaviy usullarni qo’llab darslarni tashkil etish bo’yicha
adabiyotlarni o’rganib chiqish
-zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innnovatsion hamda interaktiv usullar,
turli didaktik o’yinlardan foydalanib o’quvchilarga savod o’rgatish yo’llarini ishlab
chiqish.
Kurs ishi obyekti va usullari. Kurs ishining muammosiga oid falsafiy,
psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini yorituvchi
me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy- mantiqiy tahlil, ilg’or
pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini kuzatish, suhbat, so’rov-anketa,
qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, olingan natijalarni tahlil
qilish kabi usullardan foydalanildi.
6
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf savod
o’rgatishning
tayyorlov
davrida
yozuv
darslarini
tashkil
etishda
ilg’or
texnologiyalardan foydalanish usullari nazariy jihatdan asoslangan.
Ushbu Kurs ishida yoritilgan nazariy va amaliy fikrlardan o’rta maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari pedagogika fakulteti talabalari
o’quv jarayonini tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
Ushbu Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
7
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SAVOD O’RGATISH, BO’G’IN
KO’CHIRISH DARSLARIDA ZAMONAVIY USUL VA METODLARDAN
FOYDALANISH .
1.1.Boshlang'ich sinf o'quvchilarini savod o’rgatish davrida bo’g’in va
yozuvga o'rgatish metodlari
Savod o'rgatishning tayyorlov hamda asosiy davri va undan keyingi davrda
o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagicha metodlardan foydalaniladi.
Metodlar asosan o'qish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Chunki o'quvchilar
savodli o'qish jarayonidagina savodli yozish malakalarini o'zlashtiradilar.
Analitik- sintetik metod.
Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi
kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois anaiitik-sintelik tovush metodi an'anaviy
tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo'lgan tamoyiilarga ega.
Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilar:
l. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish
maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali
aqlning o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli olishini talab etadi.
Analitik sintetik tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi.
Bu jarayon 2 davrga bo'linadi:
A) alifbegacha tayyorgarlik davri (2 xafta),
B) alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, 2 bosqichga bo'linadi:
A) harf o'rganilmaydigan bosqich (2 xafta).
B) unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (2 xafta)
Savod o'rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko'ra ikki turli:
A) "Alifbe" darsligi asosidagi o'qish darslari;
B) "Yozuv daftari" asosidagi yozuv darslari.
1- bosqichning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-intizom
qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haq'ida, gap, nutqnnng
gaplardan tuzilshi, so'z gaplarning so'zlardan tuzilishi; bo'g'in, so'zlarning bo'g'inlardan
8
tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi; tovush, bo'g'inlarning tovushlardan
tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o'rgatish,
ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu davrda
maxsus nushalar asosida o'quvchilarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga
«Alifbe»da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan
she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, halq ashulalari, alla, qo'shiqlar,
latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so'zlar, ularning
ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda
mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi.)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari
bilan tanishtirish, harf elementiarini yozishga o'rgatish, namunaga qarab grafik
xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi
ko'nikmalar hosil qilinadi.
2- bosqichda unli tovush va unli harflar o'rgatiladi. Bunda ularning uch
xususiyatini: a) orizda to'siqqa uchramasligi; b) cho'ziq aytylishi; v) tarkibida faqat
ovoz qatnashishi kabilarni o'quvchilarning amaliy ravishda puxta egallashlariga
erishish lozim.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda
tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi.
Bolalarga tovush qaqida ma'lumot kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi
harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni
talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz)
ham izchil ravishda o'quvchilarni o'zlashtirishlarini xisobga olgan xolda ochila
boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o'quvchilar
undosh tovush va undosh harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga
tamoyili asosida joylashtiriladi.Oldin sonor tovushlar (n, m, 1,) keyin esa b, k, d, t, s
kabi undoshlar so'ngra ikki tovushni ifodalaydigan j harf birikmalari (pd s b), tovush
bildirmaydigan harf-tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi
9
tanishlari, elementar o'qishni muvoffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga bo'lish,
bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini
aniqlash, kesma harflardan burini tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush, tovush-harf, tahlili
kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfni
ochiq, uch harfli yopiq bo'g'inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) o'qishga o'rgatiladi.
Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfhing murakkabligini hisobga olib 3
bosqichga ajratish mumkin:
1- bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so'zlar;
2- bosqichda artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo'l-bars,
do'st, rasm kabi tuzilishidagi so'zlar;
3- bosqichda 2-bosqichda harf birikmalari pd, s, z, 2 tovushni ifodalaydigan,
tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring kabi so'zlar
o'qishga o'rgatiladi.
Alifbe davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishlari zarur:
A) Hamma tovushlarni tanishi va har qanday xolatda to'g'ri talaffuz qilishi;
B) So'zni bo'g'in tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so'zdagi tovushlarning
izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so'z va bo'g'inga ajrata olishi;
V) Kesma harf va bo'g'inlardan so'z tuza olishi va o'qishi;
G) 2-3-4 bo'g'inli so'zlarni butinlab o'qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan
o'qishi; D) Gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishi;
E) O'qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o'qishi;
J) O'qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab
berishi;
Z) O'qigan matnga sarlavxa topishi;
I) To'gri, tez, ongli va ifodali o'qish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi - kichik va bosh yozma harflarni to'g'ri
shakllantirish, harflami to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni namunaga
qarab yozish, harf, bo'g'in, so'z, gap diktantlarni yozish ko'nikmasini shakllantirish,
10
izoxli, saylanma, ko'ruv, ta'limiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik
malakani shakllantirish. Sovod o'rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning
2/3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so'z yoza olishlari talab qilinadi.
Ma'lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv
materiallari l-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga
qaramay har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning uni o'zlashtirishlari turlicha
bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differentsial va individual
yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta'limning barcha bosqichlarida ham
yaxshi natija beradi.
Differentsial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir guruhning
saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 guruhga
bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan
parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali alifbe hisoblanadi, unga
qo'shimcha alifbe uchun qo'shimcha tarqatma materiallardan, jadvaliardan mustaqil
ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin
tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo'sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba'zi o'quvchiiar bilan
darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi.
Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari:
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir”
nashriyoti 2009 yil. 48-bet.
o'rganiladigan yangi tovushni so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida
kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi tovush
ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplari ichidan oladilar.
Tovushni ajratishda shu so'zning sxemasi - modeliga asoslanadilar. Masalan, archa.
Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish; artikulyatsiyasi (nutq organlarining tovush
chiqarishidaga ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi.
11
So'zlarni avval doskada, keyin «Alifbe»dan o'qish. Harf bo'g'inlardan harf terish
kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish (ursh), so'z ma'nosi ustida ishlash.
Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmni tekstga bog'liqligini
belgilash.
Nutq o'stirish: lug'atni boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yanga o'rganilgan tovushni unli
va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va
harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf bilan
tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek,
qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil qilishga,
ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish karton, magnit doskasi, abak, sirli
mato, rasmlar va b.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari
o'rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat
beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'in har bir undosh bilan tuziladi
va o'qiladi, yopiq bo'g'in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo'g'inni o'qib keyingi undosh
o'qiladi va so'z to'liq o'qiladi.
Yangi so'z urg'usi qo'yilgan holda beriladi, bu uni o'qishga, bo'g'inlab o'qishdek
sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) yordam beradi.
Yangi so'zni doskada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish
tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf bo'g'in bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o'qituvchi
yordamida, uning yo'llovchi so'roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni
ajratish va analiz qilish.
Yangi bo'g'in, so'z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato
kabilarning va yangi so'zni doskada va daftarda «yasash»ning ahamiyati juda katta.
O'qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil
mashqlar tuzishda foydalanilsa, o'qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi, malaka puxta
shakllantiriladi.
12
Bola endigana o'qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo'qotmaslikka,
shuningdek, hatto, so'zdagi keyingi harfni, keyingi so'zni yo'qotmaslikka o'rgatish juda
muhimdir. Bu vazifani savod o'rgatishning boshlang'ich bosqichida xatcho'p
(o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki
lentacha) va tayoqcha bajaradi. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasi sinf
o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'irlashini talab qilish bilan ham erishiladi.
O'quvchilar bu talabni qizg'anib bajaradilar, shu yo'l bilan ularda darsga, o'qishga
e'tibori jalb etiladi.
Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni ongli
o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday
tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham,
o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qish uchun
xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan problemali
holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatning javobini
«Alifbe»dan yoki harf terish matosidan o'qiladigan topishmoq yaratishi mumkin.
Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida
ham amalga oshiriladi. Masalan, «qishda qushlar qaerga uchib ketadilar?» (harf terish
matosida: «Issiq o'lkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi tayyorlov mashg'ulotlari
o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi va shu bilan birga, bolalar ko'z
ushida o'quv mehnati o'zlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning
birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli bo'g'inni
ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq intonatsiyasini, hatto,
orfoepik to'g'ri o'qishni ham bera olmaydilar. Shuning uchun analitik o'qish
bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish
to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, o'qishning
ongli bo'lishiga ham yordam beradi.
Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib
(differentsial) yondashish (bunda o'qvchilarning o'qishga tayyorgarliklaridagi farqlari
xisobga olinadi) amalga oshiriladi.
13
Fonetik ishlar soxasida jarangli va jarangsiz undoshlami taqqoslashga, ularning
so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi (ziyrak-
siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (long), lab- tish
undoshi - v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi - j va jarangli sirg'aluvchi - j
kabilarni o'rganishda tovush artikulyatsiyasyga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so'zlar:
ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib
(terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor
so'zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so'zlar: baland (balan), do'st
(do's), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax).
Bunday so'zlarni yozilgandek o'qish - imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular
avval orfografik, so'ng orfoepik o'qitiladi.
Shu kabi so'zlarni o'qish bilan burig'lab utsit malakasi takomillashadi:
o'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarni o'qishni o'rganadilar.
Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Savod o'rgatish davrida
so'z va bo'g'inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning
artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diktsiya (ravshan, burro gapirish)
ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa,
kesma harflardan so'z tuzish kabi sintez qilish usullari birlashib ketadi; tovush va harf
urtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o'qish malakalarini shakllantirish uchun
ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to'liq ishlab chiqqan.
Shulardan o'zbek tilida savod o'rgatishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Analiz mashqlari:
1. Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo'g'inlarga bo'lish
va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish va uni boshqa bo'g'inlardan
farqlab, kuchli talaffuz qilib o'qish, maxsus tovushni ajratgan xolda so'zni bo'g'inlab
o'qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik, iiish)
2. Shu darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni bnrinchi
marta ajratishning bir necha usuli bor: a) so'zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish:
14
aaa-na, looo-la, iiin, booo-la; b) undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon,
O- limmm, A-miin. v)sirg'aluvchi undoshni ochiq bo'g'indan ajratish: sssa-na, to-yyyi,
zzzi-rak; g)bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o'- tin, ё-rug', o-nta, go-
tuk, u-zuk; d)o'rganilgan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish (so'zni
o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): nok, tok, lola,...; ye)rasm
nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning rasmini ko'rsatib, noa deydi,
o'quvchilar k tovushini qo'shib aytadilar nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so'ng,
shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so'zlar
tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon; D tovushi: dor Odil (so'z oxirida
jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. So'zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini
aniqlash, bo'g'inlarni sanash: Olma - ol-ma - o-l-m-a; to'rtta tovush, to'rtta harf, ikki
unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo'g'in.... Bu usuldan o'quv yilining nkkinchi
yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tor-
tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod o'rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o'qish
jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko'proq o'qish malakasini
shakllantiradi.
Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish va uni
kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish.
2. O'rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, di,
do, so, sa, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki matndan o'qish;
kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir
undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf
15
bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilarning o'zlari topib
o'qishlari mumkin).
4. So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish;
ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o'roq-so'roq; ol-xol, sol; sava-savat, yelka—
yelkan; son-oson; ayiq-qayiq, o'lka-yo'lka; olti-oltin; oldi-oldin,
5. So'z urtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qing; ko'mak-ko'lmak, zirak-
ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
b.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: Gulnor—Norgul.
6.Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon-
osmon, tilak - kalit, kuy - yuk
7. Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: anor-
nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog'la-bola.
Bo'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'cha, gul-gulzor,
bog'bon, dorboz.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan
birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo'lib, darsda yarim
o'yin xolatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir”nashriyoti
2009 yil. 46-bet.
bo'lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi rol o'ynaydi.
So'zni analiz qilish bilan o'quvchi so'zni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butun sifatida
anglaydi, bu - sintezdir; so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi,
bu esa analizdir. Umuman, savod o'rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar sistemasi
bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o'quvchilarning
bilish
mustaqilligini
ta'minlaydi,
«muammoli»
vaziyat
yaratadi,
bolalarda
kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar
sifatida kesma harflar, kesma bo'g'inlar va harf terish polotnosi, shuningdek, harf yoki
bo'g'in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun,
16
shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish
uchun magnitafon (yoki lingofon) kabineti xizmat qiladi.
v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash.
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning o'zini analiz va sintez qilish,
tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining xolati va harakatini
kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz
qilish maqsadida nutq organlarini zarur xolatga keltirish (sintez) muhim o'rin tutadi.
Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland ko'tariladi, tanglay
bilan til orasida torgina bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi,
ovoz hosil bo'ladi;
R tovushining sintezida og'iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo'shliq bo'ladi, lablar
ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland
ko'tarilgan xolatda ovoz eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib
bo'lmaydi, Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orqa (k, r, x), bo'g'iz tovushi (h)
artikulyatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo'lishini
tushuntirish uchun o'qituvchi, o'quvchilar diqqatini jalb qilgan xolda, tovushni talaffuz
qilib ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir necha bor
takrorlagan ma'qul.
Diktsiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor
bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun, ifodali o'qish, orfoyepik va orfografik
malakani, xushovozlik ko'nikmasini o'stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi
diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq. Shuning uchun
diktsiyani o'stirish mashqlari tovush hosil kiluvchi apparatning elastikligini o'stirishga
qaratiladi.
Diktsiya ustida ishlash mashqlariga misollar:
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira-sara-shira so'zlarini
ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so'ngra ovozni to shivirlashgacha pastlatib
talaffuz qilish.
17
2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu shira-shira so'zlarini sekin talaffuz qilib,
tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o'quvchilar nuqson bilan talaffuz
qiladigan so'zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun
tez aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G'ani g'ildirakni g'izillatib g'ildiratdi.
Bolalarni so'zlayotganda to'g'ri nafas olishga, tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish
va o'rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar.
Bunday vaqtda tovushni, so'zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o'qitish, tez
aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.
18
12. Savod o’rgatishning tayyorlov davridagi yozuv darslarida zamonaviy
usullardan foydalanish
Bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish, davrida savod o’rgatish darslarini to’g’ri
tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Analitik-sintetik tovush metodida o’qish
va yozish darslari bir vaqtda, parallel olib boriladi. Bir soatda tovush-harf o’rganilsa,
keyingi darsda o’sha tovushni ifodalovchi harfning yozilishi o’rgatiladi, har ikki
turdagi darsni to’g’ri tahlil qilish uchun quydagilarga e’tibor beriladi;
1. Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berilib, uni so’nggi yutuqlar bilan
to’ldirib borish.
2. O’quvchilarni yosh va fizialogik jihatlariga e’tibor berish.
3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish ishlarini keng qo’llash.
4. O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish.
5. Alifbo va unga qo’shimcha materillardan unumli foydalanish.
Savod o’rgatish jarayoni o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham g’oyat
ma’suliyatli davr bo’lib ulardan kuch, g’ayratni, bilimni talab etadi.
Bu davrdagi darslar qanchalik qiziqarli va ta’sirli tashkil qilinsa bolaning
savodini chiqarish shunchalik oson kechadi, ularning o’qishni o’rganishga bo’lgan
qiziqishlari ortadi. Buning uchun mualimlar bolada motiv hosil qilish va uni
rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. Motiv kishini biror ish harakatga undovchi,
da’vat, turtki. Motiv bolada bilim olish ishtiyoqiga va qiziqish uyg’otadi. O’qituvchilar
bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quvchilarga beriladigan mustaqil ishlar
tizimini ishlab chiqishlari foydadan holi bo’lmaydi.
Motiv hosil qilishga ta’limiy o’yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib bolalar jiddiy
sinov turadi. Bola yangi jamoa-maktab jamoasiga kirib boradi, endi shu jamoaning
asosi ekaninni his etishga intizomga yangi sharoitiga moslashishiga majbur bo’ladi.
Bola kichkina bo’lishga qaramay uni bajaradigan ishlari ko’p. Bular maktab,
o’qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab vazifalarni bajarish va boshqalar.
Muhimi o’yindan maktabga, kundalik majburiy va uzoq mehnatga o’tish bola
hayotida tub burilishdir. Buning o’zi bo’lmaydi; hatto maktabgacha tarbiya
19
muassasalaridan bolalarga ham bu oson emas. Uydan maktabga kelgan bolalar uchun
yana ham qiyindir. Ayniqsa 40-45 minutlik darsda o’tirish, tinglash va topshiriqlarni
bajarish aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi bola o’qishida maktabdan sovushi mumkin.
Shuning uchun ham o’qituvchilar bola faoliyatini qiziqarli tashkil etishga
intilishlari motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim.
Motiv o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Uni bolalar yoshiga psixologik
xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositalariga nazariy bo’limlar
oson egallanadi; o’quvchilarning bilim olishda qiziqishlari ortadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Bunday usul o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib
chiqazishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi,
bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,
yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosoiy figuraga
aylanadi.
Darlarda yangi pedagogik texnologiyalarni shunday tashkil etilishi kerakki,
bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida o'quv
materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi, so'ngra
sinfda xar tomonlama muxokama etiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni tashkilotchisi,
rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchining sinfda o'zini erkin xis qilishi va o'quv
faoliyati uni emotsional jixatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o'zining
fikrlarini erkin bayon qila oladi. Yangi pedagogik texnologiyalar xilma-xil bo'lib, qaysi
metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga
bog’liq.
Ulardan interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok
etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.
Interfaol metodlarning qo'llanishi darslarda beixtiyor psixologik o'yin yoki
musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo'sh o'quvchilarni ham bir oz bo'lsada,
o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-
20
munozaralarga befarq bo'lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. O'quvchilarni
faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va
savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo'yilgan
maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi lozim.
Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o'quvchiga nima berishini
oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo'llanmoqchi
bo'lgan interfaol usulini ko'rib bo'lgach, o'zingizga kerakli rasm, tarqatma material
ko'rgazmailardan keragini qirqib olib konvertga solib qo’yishingiz, mavzularni
o’rgatishda ishlatishingiz mumkin.
Interfaol uisullardan foydalanib o'tganda quyidagilarga etibor berish lozim.6
l. O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga
ishonch xosil qilaman.
2. Guruhda sust o'quvchilar va bilimi kuchli o'quvchilar teng bo'lishiga e'tibor
beraman.
3. Jamoa bo'lib o'rganish yoki muxokama vaqtida shovqin bo'ladi, bunga e'tibor
bermayman.
4. Har bir guruhning ishiga e'tibor beraman, kerak bo'lsa yordam beraman.
5. Mustaqil fikr va g'oyalarni olqishlab, rag'batlantiraman.
6. Guruhlarga doimo aniq tushunarli yo'rliqlar beraman. Vazifani tez bajargan
guruhga qo'shimcha topshiriq tayyorlab qo'yaman.
7. Guruhlarda ishlayotganda ularni kuzataman, eshitaman. Passiv o'quvchilarni
qiziqtirib mavzuga jalb qilishga harakat qilaman.
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni
muhokama qilishda, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar
metodi", "Kubiklar" bahs-munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yozdam
beradi.
4. Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali
metoddir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U
berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam beradi.
Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga yordam beradi.
21
Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama-
qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga chaqirish, munosabat
bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida mavzuning o'quvchilar tomonidan
qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu
metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsning maqsadi - birgalikda
o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li
bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur berishdir.
Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy
yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf
o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan,
kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar
asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda,
sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma shakl (doira,
uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi. Kesim shakli
o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin. Tayyorlab qo'yilgan
rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda har-bir o'quvchi, ixtiyoriy
ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab oladi). O'quvchilar tanlab olgan
kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, o'quvchilarni osongina guruhlarga ajratib
oladi. Masalan:
Oq rang 1 -guruh Yashil rang 2-guruh
Ko'k rang 3 -guruh Jigar rang 4-guruh Sariq rang 5-guruh Qizil rang 6-guruh
Interfaol usullardan foydalanib dars o'tishda:
O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga
ishonch hosil qiling.
Guruhlarga bo'lishda o'quvchilarga "tazyiq" ko'rsatmang.
Har qanday sharoitda ham guruhlar bilan iliq munosabatda bo'ling. guruh
a'zolarini kuzating.
Jamoa bo'lib o'rganish yoki muhokama vaqtidagi shovqinga ko'nikish uchun
tayyorgarlik ko'ring. Baholash va mukofotlash tizimingiz guruhlar ishlariga qanday
22
ta'sir ko'rsatishi haqida o'ylab ko'ring. Muvaffaqiyatli guruh ish uchun guruhga
mukofat tayyorlang (imkon darajasida). Guruhlar uchun berilgan vazifaning
bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa guruhlarda nisbatan vazifasini ertaroq
bergan guruhni band qilish yo'llarini o'ylab ko'rig. Mustaqil fikr va g'oyni olqishlang.
Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi: o'quvchilarda hozirjavoblik,
hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga «Asoslangan tafakkur tarzini
shakllantirishdan iboratdir. Hozirda keng qo'llanib kelayotgan, metodlardan biri bu
"Klaster" metodi ham o'quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o'ylash
va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Bunda o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan
mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Masalan doskaga O’zbekiston so’zi yoziladi va doira ichiga olinadi. Bolalar turli
fikrlar bildiradi va doira atrofiga yozishadi
Kim – qayerda usuli barcha fanlarda qo’llanilishi mumkin. Bunda o’quvchilar
30 – 40 nafarni tashkil etsa – o’tirgan joylarida 20 – 25 nafarni tashkil qilsa doska
oldida doira shaklida turib olib bajarsa ham bo’ladi. Buning uchun hamma o’quvchilar
ko’zlarini yumib turadilar, o’qituvchi o’quvchilarning har birini orqasiga ma’lum bir
sozni aks ettiruvchi doirach yoki to’rtburchak shaldagi qizil, ko’k ranglardagi
qog’ozlar yopishtirib qo’yadi. Ushbu ranglar asosida o’quvchilar so’zlar hosil qiladilar
so’zlarni aks ettiruvchi rasmlar devorlariga ilib qo’yiladi. Ko’zlarini ochishga ruhsat
berilgandan so’ng, gapirish ta’qiqlanadi. Ana endi o’quvchilar gapirmasdan,
o’zlarining orqalariga qanday yozuv ilinganligini bilmasdan xonaning qaysidir
tomonidan o’ziga joy topishi kerak bo’ladi. O’quvchilar gapirmasdan bir – biriga
yordam berib joylarini topishadi.
Quyidagicha misol keltirishimiz mumkin:
1 sinf yozuv darslarida tovushlardan so’z tuzish quyidagicha o'tkazish mumkin:
Buning uchun doiracha va to’rtburchak shakllar qizil va ko’k ranglarda alohida qilib
kesib olinadi va konvertga solib har bir guruhga beriladi. Guruh qatnashchilari konvert
ichidagi shakllarni partaga yoyib, so'ng bir chekkadan tartib bilan yig'ishlari kerak.
23
Boshqa guruhlarga nisbatan ishni oldinroq yakunlagan guruhga quyidagi qo'shimcha
vazifalarni berish mumkin.
Qo'shimcha topshiriqlar:
1. Unli tovushlarni alohida yig'ing.
2. Undosh tovushlarni alohida yig'ing.
3. Ismingizni yig'ishga harakat qiling.
4. Yig'ilgan so'zlarni bo'g'inga ajrating.
Berilgan barcha topshiriqlar daftarga doiracha yoki to’rtburchak qilib chizilib,
ichini rangli qalam bilan bo’yab tovushlarni unli va undoshlarga ajratib yozilishi kerak.
Hamma
vazifalar
bajarib
bo'linganidan
so'ng
guruhlar
nima
ish
bilan
shug'ullanganliklari va nimalarni bilib olganliklari so'raladi va umumlashtiriladi.
So'ng uyga vazifa beriladi. Unli va undosh doirachalar chizib, bo’yab hosil
qilingan so’zlarning talaffuzini mashq qilib kelish. Uyda shu so'zlar aks ettirilgan
shakllarni yozib kelishadi, keyingi darsda esa bu varaqlar doskada yopishtiriladi va
muhokama qilinadi.
Yangi pedagogik texnologiyalar o’quvchilar bilimlarni oson va to’la
o’zlashtirishlarida o’yinlarga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda qo’llanilayotgan
o’yinlar pedagogik texnologiyalarning bir qismi sifatida darslarni yanada qiziqarli va
samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Ta’limiy o’yinlarni savod o’rgatish davrida maqsadga muvofiq ravishda va
uyushtirish endigina o’qishni, yozishni o’rganayotgan bolalarga diqqatlarini asosiy
maqsadga qaratgan holda qiziqarli ish bilan band bo’lishlarini ta’minlaydi. Shuning
uchun ham savod o’rgatish jarayonida ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati
kattadir.
O’yinlar oddiy jismoniy harakatdangina iborat bo’lmay ma’lum ohang, ritm,
badiiy so’z, syujet, kompozitsiyalarga ega bo’lgan bolalarning moddiy mashg’ulotidir”
Bolalar yoshligidan o’yinlarga ko’nikma hosil qiladilar va bundan o’zlariga
estetik zavq oladilar, uni yordamida aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Bu
borada xalq og’zaki ijodi, salmoqli hissa qo’shadi. Bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati,
haraktiri, noetikasi, ishtirokchilarning hatti-haraklari shu xalqning mehnat va milliy
24
tradissiyalai bilan, turmush kechirish sharoitlari, geografik yashash o’rni, iqtisodiy va
siyosiy talablardan rivojlanadi. Sinchiklab qaralsa, bola o’yinida kattalarning xulqi
odatlari, mehnat qilish usullari, turmushda ko’zda tutgan maqsadlarning harakteri
belgilari ko’rinib turadi. Cho’pon bolasining o’yinlari ma’lum ma’noda cho’ponning
kasbini eslatadi desak, xato bo’lmaydi. Qizlar esa aksariyat onalarning uydagi
mashg’ulotlarini takrorlaydilar.
Bugungi bolaning orzusi;
Injiner bo’lish, osmono’par binolar, havo kemalari qurish, dengiz- okeanlarning
sirini bilish, ularning ixtiyorida turli hil kitoblar, konstruktorlik o’yinchoqlari, o’yinlar
gimnastika, futbol, hokkey, tennis,boks, shahmat- shashka,turist bo’lib tog’larga,
vodiylarga, uzoq shaharlarga borish va shunga o’xshaganlari, bularning hammasi
bolaning ertangi taqdirida, tanlaydigan kasb va hunarida ijobiy iz qoldirishi turgan gap.
O’zbeklar va ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy o’yinlari
haqidagi dastlabki ma’lumotlar bizgacha XI-asrning buyuk lingvisti, tarixchisi,
etnagrafik Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atu turk “ kitobi orqali yetib keldi.
Devon muallifi O’rta Osiyo hududida yashaydigan qabila va xalqlarning milliy
tillariga, ayrim so’zlariga izoh berish orqali kishilarning mashg’ulotlarini va hatto
bolalarining o’yinlarigacha tilga olgan, ularning qoidalariga ta’rif beradi.
Devondan bir misol keltiraman; Mo’ko’z-mo’ko’z bir xil bolalar o’yini
shunday” bolalar tiz cho’kib, dengiz labida o’tiradilar. Sonlari orasida ho’l qum solib
to’ldiradilar. Ulardan biri ona boshisi moko’z-moko’z deydi. Qolganlari namoko’z
nimaning mo’ngusi (shoxi) deb so’raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni sanab
ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. So’ng onaboshi shu nomlar orasidan
tuya, eshak kabi shoxi yo’q hayvonlar ismini aytib chalg’itadi.
Bolalarning o’yin tanlashdagi didi o’zgarmoqda. Endi bolalarimiz jamoa bo’lib,
ahillik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, bilan g’alabani qo’lga kiritib bo’ladigan
chaqqonlik, dovyuraklikni talab qiladigan o’yinlarni o’ynashmoqda. O’yinlarda
vatanparvarlik ruhi yaqqol ko’rina boshladi. O’yin shartlarida boshlash, tomomlash,
jazo, mukofot ham o’zgarishiga uchradi. Bu o’zgarishlari bilan, bolalar o’yin
terminalogiyasi, milliy so’zlar hisobiga boyimoqda.
25
O’yinlar xalq bilim va tajribasining bitmas-tuganmas xazinasidir. Bu xazinani
saqlovchilari esa xalqi bolalar o’yinlari materiallarini asosida shu o’yinlaridagi folklor
elementlarini tutgan o’rnini aniqlash muhimdir, jumladan, o’yinlar savod o’rgatish
davri o’qish darslarida amalga oshirishda muhim ta’limiy ahmiyatga ega savod
o’rgatish o’qish darslarida amalgam ashirish bolani ortiqcha jismoniy zo’riqishdan
saqlaydi, ulardan o’z kuchiga ishonch tuyg’usini uyg’otadi. Savod o’rgatishda
bajariladigan analitik va sintetik mashqlarni ham o’yin tarzida amalga oshirish lozim.
Buning zarur o’quv materiallari bor ularning ayrimlarini o’qituvchining o’zi ota onalar
bilan birgalikda tayyorlaydi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutq tovushlari, harflar bilan amaliy
tanishibgina qolmay bo’g’inlardan so’z tuzish, so’z va qisqa gaplarni o’qish hamda
yozishni o’rganadilar. O’quvchilarda birinchi sinfdayoq unli va undosh tovushlarni bir-
biridan ajratish, o’xshash undoshlar va ularning harfiy aniqlash yondoshgan unlilarni
shuningdek, tovush va bo’g’in tahlili gap tuzish bilan aloqador bo’lgan lug’at imloga
doir ishlar, talaffuzdan tushib qoladigan undoshlar, qator keladigan unli va undosh oid
imlo ko’nikmalarini o’stirib boriladi. O’quvchilarning nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz
etishga, so’zni o’rinli va to’g’ri ishlatishga gap va bog’lanishli nutqqa to’g’ri tuzishga,
ular orasida erishish uchun o’qituvchi dars davomida qiziqarli o’yinlarining xilma-xil
usullaridan foydalanish zarur.
Savod o’rgatishning tayyorlov davrida o’quvchilarni asosan dars jarayonida
daftarqanday qo’yish, ruchkani qanday ushlash va dars jarayonida o’zini qanday tutish
malakalari hosil qilinadi. Bu davrda o’quvchilar tez charchab va zerikishlari kuzatiladi.
Shu o’rinda qiziqarli o’yinlardan foydalanish o’quvchilarni maktabga, o’qishga
bo’lgan qiziqishlarini oshirishga katta yordam beradi. Shu o’rinda aytib
o’tish joizki, savod o’rgatishning tayyorlov davrida yozuv darslari uchun soat
vaqt ajratilgan. Bu vaqt ichida o’quvchilat bilan o’yinlar orqali darslarni tashkil etish
maqsadga muvofiq bo’ladi.