Sergey Ivanovich Taneev (1856-1915)
1. SergeyTaneev kompozitor, olim, pianist, musiqa-jamoat arbobi..
2. Sergey Ivanovich Taneevning ijod yo’li.
3. Sergey Ivanovich Taneev ijodiga xarakteristika.
4. Sergey Ivanovich Taneevning instrumental va xor ijodiyoti.
5. Sergey Ivanovich Taneevning “Ioann Damaskin” kantatasi.
1. Taneev kompozitor olim, pianist, musiqa-jamoat arbobi. Sergey Ivanovich
Taneev rus kompozitori, olim, pianinochi, pedagog va musiqa- jamoat arbobi. U
“Oresteya” operasi, simfoniyalari, kantatalar, xalq qo’shiqlar qayta ishlanmalari kabi
yuksak-badiiy asarlarning yaratuvchisidir. U musiqiy san’atining yirik nazariyotchisi.
Uning polifoniya vohasida qilgan ishlari bizning davrimizda zamonaviy, musiqiy
fanlarida bebahodir; ajoyib pianist, ko’plab rus kompozitorlar asarlari ijrochisi,
Chaykovskiy yirik asarlarining birinchi ijrochisi, oliy ma’lumotli pedagog,
A.N.Skryabin,
S.V.Raxmaninov,
N.K.Metner
kabi
nomli
o’quvchilarning
tarbiyachisidir. Uning keng zakovati, aqli konservatoriya uchun ko’p ishlarni qilishga
xizmat qildi. Moskva simfonik kapellasi va rus musiqa havaskorlari to’garaklarining
doimiy maslahatchi konsultanti bo’lgan. “Musiqiy ko’rgazmalar”, musiqiy etnografik
komissiya ishlarida va boshqa jamoat ishlarida faol qatnashganidan, shu davr ilg’or
insonlarining hurmatiga sazovor bo’lgandir. Taneevning ko’ptimsolli, ijodiy siymosi
uning yorqin, serqirra iste’dodi va yuksak fazilatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
2. Ijod yo’li. I.S.Taneev 1856-yil Vladimir shahrida tavallud topgan. Otasi
Ivan Ilich Taneev Vladimir “Davlat mulki” viloyat hokimligida maslahatchi bo’lib
ishlardi. Onasi esa Varvara Pavlovna Taneeva bo’lib frantsuz tilini mukammal bilar,
yaxshigina rasm chizib fortepianoda chalar edi. Sergey Taneev 5 yoshligidan
fortepiano cholg’usida chalishni boshlagan. Xonadondagi boy kutubxona ta’siri,
oilaning ma’nan boyligi va aqliy zakovatning yuqoriligi ta’siri bola qobiliyati
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, bolani 9 yoshligidan Moskva
konservatoriyasiga o’qishga beradilar. Moskva konservatoriyasida fortepiano sinfi
bo’yicha N.G.Rubinshteyn va kompozitsiya sinfi bo’yicha P.I. Chaykovskiylardan
saboq ola boshlaydi. Bu o’qituvchilar o’z o’quvchisida porloq kelajakni ko’rishgan.
Taneevning konservatoriya yillarida yaratilgan asarlarida Chaykovskiyning ta’siri
sezilib turadi, ammo Taneevning o’z kompozitorlik individual xususiyatlari ham yo’q
emasdi. 1875-yil konservatoriyani “oltin medal” bilan tamomlagach, uning nomi
marmarli Faxriylar taxtasiga kiritilgan edi.
Navbatdagi yillarda u o’zini ijrochilikka bag’ishlaydi. Moskvada,
Peterburgda, Nijniy Novgorodda (1875-1877) uning kontsert chiqishlari katta
muvaffaqiyat bilan o’ta boshladi. 1980-yillari xorijga bo’lgan safari va Parijda
yashagan yillarida I.Turgenev, G.Flober, E.Zolya, Sh.Guno, Kamil Sen-Sanslar bilan
muloqotda bo’lib impressionstlar rassomchilik san’ati bilan tanishgan.
1978-yilda P.Chaykovskiy va N.Rubinshteynlar iltimosiga ko’ra, Taneev
Moskva konservatoriyasida garmoniya, cholg’ulashtirish kurslari va fortepiano
kompozitsiya sinflarida dars bera boshladi. 1981-yilda professor darajasini olib, 1885-
yildan 1889-yilga qadar konservatoriya direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Taneev, butun umri mobaynida xalq qo’shiqlari ijodiyoti izlanishlari bilan
shug’ullangan: yozib olish, rus xalq qo’shiqlari tahlili va ulani qayta ishlanmasi ustida
ish olib borgan. Taneev tomonidan 27 ta ukrain qo’shig’i qayta ishlangan. Svanetiyaga
qilgan sayohatida Shimoliy Kavkaz xalqining cholg’uli qo’shiqlarini nota yozuvi
qo’lyozmasiga tushirgan.
Taneevning 80-yillar asarlar sirasiga N.Rubinshteyn xotirasiga yaratilgan
“Ioann Damaskin” kantatasi kiradi. 90-yillar asarlar ro’yxatidan “Oresteya” operasi,
“do minor”simfoniyasi, romanslari, kamer ansambllari joy olgan. 4 ta kamonli cholg’u
va fortepiano uchun yozilgan “ sol minor” kvinteti eng yaxshi asarlaridan biridir. Unda
yuksak polifonik mahorat, yuksak ilhom, musiqa obrazlari poetikasi bir biri bilan
uyg’unlashgan.
Taneev hayotining so’ngg 10 yilligida ko’p ishlarni qilishga muvaffaq
bo’ldi. “ Podvijno’y kontrapunk strogo pisma” ulkan mehnati nashriyotda bosildi.
O’limidan bir oz oldin, solist, xor va orkestr uchun yozilgan “Po prochtenii Psalma”
kantatasi uning yirik asarlari sirasiga kiradi. Moskva, Peterburg, Avstriya, Germaniya,
Chexiya kabi shaharlarida ijrochi sifatida qatnashgan kontsertlarida, o’zining kamer
ansambllari asarlaridagi fortepiano partiyalarini ijro etgan. “ Uchenie o kanone” ilmiy
ishi tugallanmay qolgan.
3. Ijodiga xarakteristika. Taneev o’z musiqasida Glinka, Chaykovskiy
Bax, Motsart, Betxoven an’analarini davom ettirgan holda, XX asr musiqa san’ati
tendentsiyalaridan zavqlangan.
Taneev ijodida, falsafiy muammoning boshi asosiy rolni bajarar edi. Insoniy
kechinmalar dramatizmi uning musiqasida keng boyitilgan bo’lib, vazmin tonlarda aks
ettirilgan. Falsafiy, chuqur g’oyalarni asosan yirik shaklli asarlarda va sonata
shaklidagi asarlarda ifodalagan. Qismlar uyushmasida monotematizm asosiy printsip
hisoblanadi,”do minor” simfoniyasida Taneev birinchi bo’lib intonatsion yagonalik
tsiklini yaratgan.
Falsafiy rejadagi bu monumental asar Taneev simfonik ijodidagi yuksak
asarlardan biridir.
Ishdagi qat’iy tartiblik Taneev uchun xos xususiyat edi. U doimo husnihat
texnikasi ustida ishlar, polifoniyaning keng tomonlama egallanishini texnika asosi deb
hisoblar edi. Shuning uchun ham Bax, Palestrina, Orlando Lasso kabi kompozitorlar
ijodining asarlarini tahlil qilar edi. Unda o’ziga xos ishlash uslubi bor edi.
Tayyorlangan tematik materialni imkoni boricha o’zgarishlarga, kombinatsiya
(ranglar tuzilmasiga) yo’liqtirar, “chiroyli tushunarli “ohanglarni tanlab olar edi. Rus
xalq qo’shiqlari, “qat’iy uslubda” bo’lgan qadim-madaniy ohanglarni ko’povozlikda
qayta ishlagan.
Taneev uchun polifoniya, musiqiy materialning rivojlanish uslubi sifatida
katta ahamiyat kasb etdi. Taneev polifoniyasi, badiiy vazifa shartini bajarilishida
kuchli shakl hosil qiluvchi vositadir.
Ikkitalik, uchtalik fuganing qo’llanilishi, Taneev uchun o’zgacha ahmiyatga
egadir. Fuga mustaqil asar yoki tsikl qismi bo’lishi mumkin.
Kontrast(farqli) polifoniyasi ham katta o’rinni egallaydi. Bir necha ohang
yo’lining o’ralib ketishi natijasida garmoniya hosil bo’ladi. Taneev asarlarining
mazmundorligi va chuqurligi, tematika va polifoniyaning mahorat ila rivojlanganligi,
shaklning xushbichimliligidan, Taneev XIX asr oxiri va XX asr boshlari eng yaxshi
kompozitorlar sirasiga kirgan. Ammo murakkab polifonik kombinatsiyalarga haddan
ziyod berilib ketishi tomonidan, bosiqliligi va mulohazaliligi tomonidan uning
asarlarini tushunish va qabul qilish murakkabdir.
4. Cholg’u instrumental va xor ijodiyoti. Taneev ijodi turli janrlar bilan
qamrab olingan. Cholg’u instrumental musiqasi ko’rimli joyni egallaydi. Ko’pgina
orkestrli asarlari nashriyotda bosilmagan. 3 ta simfoniyasi ichidan faqat” do minor”
simfoniyasi va 4 ta uvertyurasi ichidan “Oresteya” uvertyurasi nashriyotda bosilgan.
Skripka va orkestr uchun yaratilgan “Syuita”si simfonik musiqaga kiradi
Ijodiy yo’li mobaynida, Taneev kamer ansambliga o’z diqqatini qaratgan. U
tomonidan kamonli cholg’ular uchun 14 ta ansambl, kamonli va fortepiano uchun 4 ta
asar yaratilgan. Cholg’ular partiyasining murakkabligi, polifonik xatning ko’pligi,
shaklning xushbichimligi va sofligi, detalizatsiya uning musiqiy tiliga xosdir.
Taneev o’z ijodida xor janriga ham katta e’tibor bilan qaragan. U ahamiyatga
ega bo’lgan a capella, xor, solist va orkestr uchun 3 ta kantata yaratgan.
Kompozitorning vokal-xor mahorati shakllanishida Bax va Gendel ijodi asarlari
ta’limoti katta ahamiyat kasb etgan. Kompozitor xor asarlarining, polifonik
rivojlanishga boyligi shu erdandir. Monumental xor san’ati cho’qqisidagi asarlardan
biri “ Ioann Damaskin” va “ Po prochtenii psalma “ kantatalaridir. Falsafiy-lirik
xarakterga boytilgan asar kabi, kantatalar Taneev tomonidan risolalangan. Taneev
ijodi rus musiqasida kantataning falsafiy-lirik janri boshlanishini o’z ichiga oladi.
5. “Ioann Damaskin” kantatasi. Taneevning ilhomlantiruvchi lirik
asarlaridan biridir. Kantata A.K.Tolstoyning (Ioann Damaskin Vizantiya shoiri kult
madhiyalari kompozitori VIII asarda yashab o’tgan) poemasi tekstiga yozilgan bo’lib,
1884-yilda tugallangan. Bu liriko-dramatik asar shafqatsiz, qaxrli, emotsional rang
tusini olgan. Adabiy mavzuning chuqurliligi va ahamiyatliligi, shu davrning erishilgan
ulkan polifonik mahorati bilan uyg’unlashgan.
Bax kantatalari uslubiga yaqin, qadim rus ohanglari va “kontrapunkt uslubi”
ishlatilgan rus kantatasini yaratish, Taneev g’oyasi edi. Falsafiy-lirik xarakterdagi
kantata Taneevdan oldingi kompozitorlar ijodida bo’lmagan. Poema parchalarini
tanlash natijasi Taneevning maqsadga erishishi bo’ldi. A.K. Tolstoy she’rlarini,
kanonik matnning poetik qayta ishlanmasi qilib ishlagan. Aynan mana shu erdan
kompozitor badiiy intilishining eng asosiy maqsadi qadim-rus qo’shiqlarining
loyiqligi isboti tasdiqlandi. Kantataga olingan poema (qissa) namunalari insoniylik,
hayotni tasdiqlovchi ruh va g’oyalar bilan to’la edi.
Rus professional musiqasi olamida birinchi bor qadim-rus ohangi, butun
yirik asar asosiga aylanadi. “ So svyato’mi upokoy “ (Jannatiylar bilan osudalik)
xirgoyasi A.K. Tolstoy qissasi matnining ma’nosiga mos tushib kuylanganligi,
Taneevni barcha munosabatlarda qanoatlantirdi. Asosiysi bu xirgoya musiqa mavzusi
kabi chiroyli va ifodalidir.
Taneev muharririyatida bu xirgoyalar asl nusxasi saqlanmoqda.
Matn asosiy mavzusini ko’povozlikda bayon qilgan holda, Taneev bu birovozli
xirgoyani garmoniyalash murakkab muammolarini echar edi. Xromatikaga umuman
yaqinlashmagan. “Ioann Damaskin” 3 qismlidir I qismi tashvishli asosan dramatik
ohangda, II qismi lirik, III qismi irodali ,kuchli, tantanali finaldir. Kirish va tugallanish
qismi, “ So svyato’mi upokoy “( Jannatiylar bilan osudalik) qayg’urish mavzusi 4
ovozlikda tuzilgan. Kirish qismini orkestr ijro etadi. Kantata tugallanishida xor epizodi
ijrosida lirik a capella yangraydi. Bu lirik a capella, dastlabki afsusli qayg’urish hissiga
qaytib, qimmatli insonning vafot etganligini xotirlaydi.
“Ioann Damaskin”ning yaratilishi rus musiqasida kantataning falsafiy-lirik
uslubi paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Taneev tomonidan talaygina asarlar yaratilishiga
qaramasdan, u “Ioann Damaskin”ni 1 raqamga qo’ydi.
Bu xaqiqiy “rus rekviemi”dir. Birinchi kantatasining mazmuni jihatidan
boyligi, hayot va o’limning abadiy mavzusiga murojaati , insoniylik risolasi, chuqur
simfonizmi uchun Taneevning birinchi kantatasi “Ioann Damaskin” eng yaxshi, sara,
rus musiqasi ro’yxatiga kiritilgan.
Opera janri vohasida ham, Taneev o’z so’zini aytdi. Uning “Oresteya”
trilogiya--- operasi rus musiqa madaniyatida antik syujetning buyuk, qat’iy musiqiy
obrazlarini o’z ichiga olganligi bilan ajralib turuvchi mukammal asardir.
Tayanch iboralari.
1. Kontrapunkt.---nuqtaga qarshi notalar, ya’ni notaga qarshi nuqtalar. O’ziga
xos ohangdorlikka ega bo’lgan ikki yo bir necha kuyning bir yo’la kelishi. 2. Asosiy
mavzu bilan bir vaqtda eshitiladigan kuy.
2. Monotematizm.---Musiqa asari tuzilmasining asoslari bo’lib,bir ovozli mavzu
o’zagiga
asoslangan.
Monotematizm
asosan
sonata-simfonik
tsikllarining
qo’shilishida yoki o’tilgan bir mavzuda va bir shaklda uchraydi.
3. Fuga.---Polifonik shaklda tuzilgan muzika asari. Bir ba’zan ikki yo uch
mavzuda, badiha tarzida, ma’lum tonalliklarda kengayib, rivojlanib boradi. Fuga
polifoniyaning eng yuksak shaklidir. Fuga oddiy (bir mavzuli) va murakkab ( ikki uch
mavzuli) bo’lishi mumkin. Asosan I.S.Bax va G.F. Gendel ijodida fuga yuksak
pog’onalarga ko’tarilgan.
4. Imitatsiya.---muzika asaridagi mavzu yoki uning bir qismi chalinganidan
so’ng, buni boshqa ovozlarda qaytarilishi. Imitatsiyaga fuga va polifoniya shakllari
asoslanadi; ayniqsa, kanonda tartibli keladi. Imitatsiya dastlabki yo boshqa pog’ona
va ritmda kelishi mumkin. Uning erkin va aniq turlari bor.
5. Polifoniya.--- Ko’povozli muzika turi, har biri alohida mustaqillikka ega
bo’lgan bir necha kuyning garmonik qo’shilib, murakkablashib rivojlanishi.
Polifoniyadagi ovozlar turli ohang, ritm, avj, kadanslar, hatto dinamik tuslar va
tembrlarda bo’lishlaridan qat’iy nazar, bular qo’shilib bir umumiy eshitilishga
bo’ysunadilar. I.S. Bax va G.F. Gendel ijodida polifoniya yanada rivojlandi.
Adabiyotlar:
1. Taneev S.I.Materialo’ i dokumento’. M.1952.
2. Korabelnikova L.Tvorchestvo S.I.Taneeva.M.1977.
3. Bernandt G.B. .S.I. Taneev .L.1950.
4. Yudenich N.N. K voprosu o vo’razitelnosti i nekotoro’x stilevo’x chertax
instrumentalnoy muzo’ki S.I. Taneeva v kn «Voproso’ muzo’kalnoy formo’»
Vo’p.3.M.1977.
5. T.Xoprova. « Sergey Ivanovich Taneev» populyarnaya monografiya. Izdanie
2-e .Izdatelstvo « Muzo’ka» 1980 g.
6. S.I.Savenko. «Sergey Ivanovich Taneev» Izdatelstvo «Muzo’ka»
Moskva.1984 g.