Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943)
1. Sergey Raxmaninov ijod yo’li.
2. Sergey Raxmaninov ijodiga xarakteristika.
3. Sergey Raxmaninov fortepiano ijodi.
4. Sergey Raxmaninov xor va vokal-simfonik asarlari.
5. S.V.Raxmaninov-- buyuk pianinochi va dirijyor.
1. Raxmaninov ijod yo’li. XX asr buyuk pianinochisi, yirik dirijyor. Butun jahon
muzikantlar kontsert dasturiga kiritilgan o’zining va M.I. Glinka, A.P.Borodin,
M.P.Musorgskiy, N.A.Rimskiy-Korsakov, P.I.Chaykovskiy kabi kompozitorlar
asarlarini o’zgacha talqinda, yorqin emotsional ijro etgan iste’dodli ijrochidir.
Sergey Vasilevich Raxmaninov 1873-yil 1 aprel Oneg Novgorod shaharida
tavallud topgan. Bu o’lka o’zining yuqori xalq musiqa madaniyati, ayniqsa xor
ijrochiligi va qo’ng’iroqlar jarangi bilan mashhur bo’lgan.
Ilk bolaligidan boshlab professional musiqa madaniyati bilan tanisha boshlaydi.
Raxmaninovlar qadim avlodi moldavan oqsuyak zodagonlardan edi. Raxmaninov
avlodida xonandalar, skripkachi va pianinochilar bor edi. Uning otasi Vasiliy
Arkadevich Raxmaninov va onasi Lyubov Petrovna fortepianoda ijro etishar, asar
yaratishar, hattoki otasining XIX asr o’rtalarida nashr etilgan asarlari ham bor edi.
Bobosi Arkadiy Aleksandrovich Raxmaninov mashhur Jon Fildning o’quvchisi,
ajoyib kompozitor va pianinochi sozanda edi. Kompozitor rafiqasi bo’lgan Natalya
Aleksandrovna Satina konservatoriyani fortepiano sinfini bitirgan pianinochi-ijrochi
edi.
Musiqaga bo’lgan qiziqish Raxmaninovda erta uyg’ondi. Uning birinchi musiqa
o’qituvchilari uning onasi va A.D. Ornadskaya edi. Raxmaninov 7 yoshligida oilaning
Peterburgga ko’chib kelishlari munosabati bilan uni konservatoriyaga V.V.
Demyanskiy o’qituvchisi sinfiga berdilar. O’z holiga qoldirilgan bola o’quv
jarayonida natija ko’rsatmadi. Uning musiqiy qobiliyati rivoj topmadi. Mashhur
muzikant N.G.Rubinshteyn va Ferents List kabilarning o’quvchisi to’ng’ich,
amakivachcha-akasi A.I. Ziloti maslahati bilan, 1885-yilda Raxmaninov Moskva
konservatoriyasi N.S.Zverev pansioniga o’tkazildi. Zverev teatr kontsertlarga borib
turadigan, yirik rus rassomchilari akterlari, muzikantlari bilan uchrashib turadigan,
ko’plab rus pianistlarini tarbiyalab, ularni nafaqat o’qitgan, balki musiqiy va umumiy
rivojlanishini kuzatgan insondir.
1888-yilda Raxmaninov konservatoriyaning kattalar bo’limi, professor A.I. Ziloti
sinfiga o’tadi. Kompozitsiya nazariyasi bo’yicha S.I. Taneev sinfida, erkin ijod
bo’yicha A.S. Arenskiylardan mashg’ulot ola boshladi. Konservatoriyada talabalar
orasida Raxmaninov qobiliyatliligi bilan ajralib turar edi. Bu yillarda Raxmaninovda
mashhur muzikant bo’lib etishishini bildirib turuvchi xislatlar paydo bo’ldi. Unda
mukammal eshitish qobiliyati va kuchli xotira kabi kompozitorlik xususiyatlari bor
bo’lib, qachonlardir bir marta eshitgan ohangini xuddi uzoq vaqt tahlil qilganday ijro
etib berar edi.
Pansionda doimiy jaranglab turadigan talabalar ijrosi Raxmaninovning ijodiy
ishiga xalaqit berib, tez orada otasining singlisi bo’lgan, xolasi Varvara Arkadevna
Satina xonadoniga joylashadi.
1891-yilda konservatoriya fortepiano sinfini, 1892-yilda kompozitsiya sinfini
muvaffaqiyatli tamomladi. Konsevatoriyani oltin medal bilan tamomlagan va uning
nomi faxriylar marmar taxtasiga kiritilgan edi. Bunday faxrni qo’lga kiritgan
S.I.Taneev va A.N.Korehenkolardan keyingi uchinchi odam Raxmaninov edi.
Konservatoriya talabalik paytida bir qator vokal va instrumental asarlarini yaratdi,
ular orasida fa diez minordagi fortepiano kontserti juda ajoyibdir. Bu asar keyinchalik
1917-yilda
kompoziyalik
sinfi
bo’yicha,
A.S.
Pushkin
poemasi
asosida
“Aleko”(Tso’gane) bir qismli opera qilib qayta ishlangan edi. Bu opera birinchi
namoyishi 1893-yilda muvaffaqiyatli ijro etildi. Shu yilning oxirlarida uning birinchi
dirijerlik chiqishlari boshlandi. U o’z operasini dirijerlik qilish uchun Kiev opera
teatriga taklif qilingan edi.
Konservatoriyani tamomlagach yosh Raxmaninov ijod va kontsertlik faoliyati
bilan mashg’ul bo’ladi. Chaykovskiy, Motsart, Betxoven, Shopen, List va o’zining
asarlaridan tuzilgan dastur bilan Moskva, Peterburg va boshqa shaharlarda kontsert
chiqishlarini namoyish eta boshlaydi. Bu davrda kompozitorning moddiy ahvoli og’ir
edi . Na ijod, na kontsert faoliyati unga kerakli mablag’ni keltirmasdi. Uni undovga
chaqirmaydigan va uni og’irsintiradigan pedagoglik ishini qilishga majbur bo’lar edi.
Bu yillarda Raxmaninov ko’p ijod qiladi. Bu asarlar turli janrlarda bo’lgan “ Pyat
p’es fantaziy” (Fantaziyaning beshta p’esasi), “Salonno’e p’eso’”( Salonli qo’shiqlar),
do diez minorli prelyudiya va «Elegiya»(Mungli), kompozitorga sharaf olib kelgan
fortepiano ansambllari, ikkita syuita, Chaykovskiy o’limiga yozilgan qayg’uli
«Elegicheskoe trio pamyati velikogo xudojnika»( Buyuk rassomchi xotirasiga elegik
trio) asarlaridir . Uning romanslari 90-yillardayoq shuhrat qozongan. F.I. Shalyapin,
L.V.Sobinov, A.V. Nejdanova kabi mashhur xonandalar Raxmaninov bilan birga
uning romasnlarini ijro etishgan. “Utyos” (Qoyatosh) orkestrli fantaziyasi ham
tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan edi. Shundan so’ng uning birinchi
simfoniyasi bilan bog’liq bo’lgan Raxmaninovning tanqidiy davri boshlanadi. A.K.
Glazunov rahbarligi ostida birinchi marotaba palapartish, beparvolik bilan ijro etilgan
bu simfoniya muvaffaqiyatga uchramadi. Simfoniya inqirozini og’ir boshdan
kechirgan Raxmaninov ancha yil ijodi qilishni to’xtatdi ham.
1892-yil kuz faslidan boshlab Raxmaninov Mamontov opera teatrida ikkinchi
dirijer bo’lib ishlay boshlaydi. Teatrda xaqiqiy dirijerlik texnikasiga ega bo’ldi va
yaxshi dirijer sharafini qozondi. Teatrda ishlagan paytlarida Raxmaninov eng yaxshi
artistik kuchlar bilan tanishadi, ulardan biri iste’dodli xonanda F.I. Shalyapin edi.
Ularning do’stligi Shalyapining so’nggi hayotigacha davom etdi.
1899-yilda Raxmaninov Angliyaga o’zining birinchi safarini amalga oshiradi. Shu
safardan so’ng Raxmaninov dirijer, pianinochi sozanda va kompozitor sifatida
mashhur bo’ladi. Uning ijrosidagi “Utyos” simfonik poemasi va bir qator o’zining
fortepiano asarlari shuhrat qozonadi. 1899-yil Peterburgda o’zining “Aleko” operasiga
dirijerlik qiladi. Bosh rolni F.I. Shalyapin ijro etadi.
Raxmaninov yangi ijodining rivojlanishi 1901-yilga to’g’ri keladi. Bu yilda
Raxmaninov
o’zining
ikkinchi
fortepiano
kontsertini,
Shopen
mavzusiga
“Vesna”(Bahor) kantatasini, fortepiano variatsiyalarini, N.A.Nekrasov she’riga
“Zeleno’y shum”( Yashil shovqin ) kantatasini, violonchel sonatasini, romanslar tsikli
asarlarini yaratadi. Bu asarlarda Raxmaninovni rassom sifatida etilganligini ko’ramiz.
Ikkinchi kontserti hayratga soladigan taassurot qoldirdi. Bu asar rus va xorij
pianinochi sozandalar dasturiga kiritilgan. Romanslari ham esa juda mashhurdir.
Shalyapin, Sobinov, Nejdanov kabi xonandalarning muallif bilan birga etilgan ijrosida
bu romanslar katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Bu yillar L.N. Tolstoy, A.P. Chexov,
I.A. Bunin, A.I. Kuprin kabi atoqli yozuvchilar va bir qator buyuk muzikant,
rassomchi va artistlar bilan bo’lgan uchrashuvga boy edi. Chuqur insoniylik, yumshoq
lirika va elegiyasi bilan ajralib turadigan A.P. Chexov Raxmaninovning sevimli
yozuvchisi edi.
1902-yilda Raxmaninov hayotida o’zgarish sodir etadi u o’z ammasiing qizi
Natalya Aleksandrovna Satinaga uylanib, u bilan o’zining uzoq hayotiy yo’lini bosib
o’tadi.
1903-1917 yillar davri Raxmaninov ijod va ijrochilik faoliyatining “gullab
yashnash” davri bo’ldi. 1904-yilda Katta teatr dirijeri bo’lib, teatrda o’z ishini etuk
usta sifatida boshlab, rus opera san’ati tarixida katta rol o’ynadi. Glinkaning “ Ivan
Susanin”, Dargomijskiyning “ Rusalka”, Musorgskiyning “ Boris Godunov”,
Borodinning “Knyaz Igor”, Chaykovskiyning “Pikovaya dama “ operalari
Raxmaninov talqinida o’zgacha yangradi.
1906-yilda Raxmaninov o’zining katta bo’lmagan A.Pushkin matniga yozilgan “
Skupoy ro’tsar” (Xasis ro’tsar) va Dante matniga yozilgan “Francheska da Rimmini”
operalarini olib chiqdi.
1906-yildan 1909-yilga qadar Raxmaninov oilasi bilan Drezden shaharida
yashaydi. Bu yillarda kompozitor tomonidan “ Ostrov mertvo’x” (Murdalar oroli”
poemasi, ikkinchi simfoniyasi va fortepiano sonatasi yaratiladi. 1910-yilda Amerika
va Kanadaga birinchi kontsert safari uyushtirildi. 1909-dan 1918-yilga qadar
“Kolokola”(Qo’ng’iroqlar) kantatasi, uchinchi fortepiano kontserti, ikkinchi
fortepiano sonatasi, prelyudiyalar, 2 ta etyud va kartina –tsikli, romanslar 2 ta tsikli
kabi asarlari yaratildi. Bu yillar asarlarlarida hissiyot ifodasining bosiqliligi, xavf-xatar
lahzalarining paydo bo’lishi, falsafiy fikrlash aks ettirilgan bo’lsada, jo’shqin kayfiyat
egalik qilmoqda. Rossiyaning shu yillaridagi turli oqimlari kayfiyati bu asarlarda aks
ettirilgan. Musiqiy til murakkab va shu bilan birga jozibalidr. Melodiya o’rnini nutq
deklamatsiyasi egallagan.
1917-yil oxirida Raxmaninov oilasi bilan xorijga ketadi. Amerika va Evropa
mamlakatlarining ko’plab shaharlariga gastrol safarlarini uyushtiradi. 1935-yilda
tamomila Amerikada joylashadi. Bu yillarda kompozitor tomonidan №4 chi fortepiano
va orkestr uchun kontserti, orkestr va xor uchun 3 ta rus qo’shiqlari, 3ta simfoniya
“Simfonicheskie tantso’ dlya orkestra” ( Orkestr uchun simfonik raqslar), “Rapsodiya
na temu Paganini “( Paganini mavzusiga rapsodiyalar) fortepiano va orkestr uchun
yozilgan asarlari yaratilgan.
Uning xorijiy davridagi kontsert faoliyati shiddatli va jadaldir. Masalan 1918-19
yillar mavsumida, Amerika Birlashgan shtatlarida uning ijrosidagi 36 ta kontsert
namoyishidir. Dasturining kengliligi va doimiy fortepianoda shug’ullanishlari
natijasida, Raxmaninovning ulug’ pianinochi sozanda nomi ochildi. Raxmaninov
Kaliforniyaning Beverli Xills shahrida 1943-yil 28 martda butun jahon tayyorgarchilik
ko’rayotgan uning 70 yilligiga uch kun qolganda olamdan ko’z yumdi.
2. Ijodiga xarakteristika. Raxmaninov rus kompozitoridir. “Musiqada
kompozitorning Vatani, uning muxabbati, ishonchi, taassurot qoldirgan kitoblari,
sevimli kartinalari aks ettirilishi kerak”. “Men rus kompozitoriman, mening Vatanim
menda dunyoqarash va ehtirosni aniqlab berdi, mening musiqam-mening ehtirosim
farzandidir, chunki u ruschadir”, deb musiqa ijodiga shunday deb ta’rif bergan ekan.
Raxmaninov turli janrlarda opera va simfoniya, kamer-instrumental va fortepiano
asarlari, romans va xor janrlarida ijod qilgan. Raxmaninov musiqasini birinchi taktdan
bilsa bo’ladi. Raxmaninov o’z iste’dodida simfonistdir. Simfonik boshlanish nafaqat
uning orkestr uchun yozilgan asarlarida, balki opera, fortepiano p’esalari va
romanslarida ham bordir.
Raxmaninov asarlari tabiiy yangraydi. Ularni birinchi bor eshitganimizda
badihago’ylik improvizatsiya seziladi, shu bilan birga shaklining xushbichimliligi,
qism-detallarning o’ylanganligi bilan ajralib turadi. Asarlarining tuzilmasi rus
qo’shiqlari uslubidagi melodik kuychanlikka xos. Raxmaninov musiqasi hayotga
ishonch hissini tug’diradi. So’nggi asarlarida ma’yus, g’amgin obrazlar bo’lsada
pessimizm hissini tug’dirmaydi.
Raxmaninov XIX asr oxiri XX asar boshlarida paydo bo’lgan
modernizatsiyaga (san’at va adabiyotda realizmga zid yo’nalish nomi) qarshi edi. O’z
do’stlaridan biriga “ Modernistlarni chalmayman” deb yozgan ekan.
“Katta kompozitorlar doim birinchi navbatda musiqadagi ohangga e’tibor
qaratganlar. Butun musiqa asosiy boshi bo’lgan musiqa-bu ohangdir. Mukammal
ohang hayotga bo’lgan o’zining garmonik uyg’unlik shaklini chaqiradi. Ohang ixtirosi
kompozitor hayotidagi asosiy maqsaddir. Agarda kompozitor uzoq muddat yashashga
xaqli bo’lgan ohanglarni yarata olmasa, unda u kompozitorlik mahoratiga erishish
imkoniyatlariga qodir emas. Shu sababli ham avvalgi kompozitorlar o’z
mamlakatining xalq kuylariga qiziqish bilan qaraganlar. Rimskiy-Korsakov, Dvorjak,
Grig va boshqalar xalq eposi-dostonlariga tabiiy ilhom chashmasiday qaraganlar. Men
o’z maqsadi yo’lida ohang va garmoniy uyg’unlikni rad etib, o’z asarlarida shovqin
va
dissonansga
mukkasidan
ketgan
zamonaviy
kompozitorlar
musiqasini
oqlamayman. Barcha kompozitorlar rus xalq qo’shiqlari ruhidan chuqur oziqlanishlari
kerak”, deb yozgan ekan Raxmaninov.
3. Fortepiano ijodi. Raxmaninov ijodiy qiyofasining eng yaxshi
xislatlari ko’proq fortepiano uchun yozilga asarlarida aks etdi. Fortepiano uchun
yaratilgan asarlarida Raxmaninov san’ati pianinochilik mahorati aks etgan.
Raxmaninov ajoyib “ fortepianoda xonanda” edi, uning ijrosi keng kuychanlik bilan
ajralib turar edi. Asarlari ohangga boy va kuychandir. Musiqasida xalq qo’shiq
intonatsiyasi eshitilib, Raxmaninov ohangi erkin rus qo’shiqlari kabidir.
Uning asarlarida usul katta ahamiyatga ega. “Qaxrli va saxovatli” usul ,
jasur, irodali kayfiyatda, raxmaninovcha ijroda aks etgan. Raxmaninov ijrosi
mardonavor dramatizmda lirikaviydir. Uning asarlaridagi fortepiano bayoniga to’liq
ohangli faktura, fortepiano jarangining sofligi xosdir. Raxmaninov tomonidan
fortepiano janrida yirik shaklli 2 ta sonata, 2 variatsiyali shakl, 5 ta fortepiano kontserti
yaratilgan.
Raxmaninov o’zining ijodida rus musiqa madaniyati an’analarini
rivojlantirgan. Chaykovskiy an’analari Raxmaninov uchun qadrli edi. Chaykovskiy
Raxmaninovga doim e’tibor bilan qarab, uni qo’llab- quvvatlagan. Chaykovskiyning
si bemol kontserti kabi Raxmaninov kontsertlarini fortepiano va orkestr uchun
yaratilgan simfoniya deb hisoblasak ham bo’ladi. Ularda solist yakka partiyasi birinchi
planda bo’lib, orkestr ham mazmun ochilishi yo’lida faol qatnashgan.
Raxmaninov asarlari ichida ikkinchi do minor kontserti badiiy obrazlarga
boyligi bilan ajralib turadi. Raxmaninov fortepiano ijodida kichik shakldagi asarlar
ham katta o’rin egallaydi, bular prelyudiyalar, musiqiy lahzalar, etyud-kartinalardir.
Raxmaninovning ilk birinchi yakka fortepiano asarlariga mashhur do diez
minor prelyudiyasi kiradi. Bu prelyudiya 1802-yilda 26 sentyabrda birinchi marotaba
yangragan. Uning taqdiri o’zgacha noodatiy edi. Bu prelyudiya tezda mashhurlashib,
konservatoriya talabalari tomonidan ijro etilar edi. A.I. Zilotining 1898-yilda Evropa
va Amerika shaharlarida o’tkazgan kontsertlarida bu prelyudiya muvaffaqiyatga
erishgan. Angliyada va Amerikada bu prelyudiya bir necha nashriyotlarda bosilib
chiqqan. Keyinchalik mashhur pianinochi ijrochi va dirijer bo’lib tanilgan
Raxmaninovning Evropa va Amerika shaharlarida o’tkazgan gastrol safarlaridagi
kontsert dasturida do diez minor prelyudiyasi doimiy o’rinni egallagan.
Raxmaninovning ilk p’esalariga “ P’eso’-fantazii” asari kiradi. 1892- yilda
yaratilgan bu asarlar to’plami keng shuhrat qozonib, pianinochi- ijrochilar dasturiga
kirgan. “P’eso’-fantazii” asari 5 ta p’esadan tarkib topgan bo’lib, do diez prelyudiyasi
Elegiya, Melodiya, Polishinel kabi mashhurdir.
Kichik shakldagi p’esalar qatoriga ikkinchi fortepiano kontsertidan so’ng
yaratilgan 10 ta fortepiano prelyudiyalarini kiritishimiz mumkin . “ Ot mraka k svetu”
( Qorong’ulikdan yorug’likka) printsipi asosida joylashtirilgan p’esalar butun bir tsikl
kabidir. Beshta dramatik minorli prelyudiyalar ortidan beshta majorli quvnoq
kayfiyatdagi prelyudiyalar keladi.
Sol minor tonalligidagi prelyudiyasi juda ham mashhurdir. Raxmaninovning
1934-yillar xorijda yaratilgan “ Rapsodiya na temu Paganini” ( Paganini mavzusiga
rapsodiya) fortepiano va orkestr uchun yozilgan yirik shakldagi asari ham
Raxmaninovning eng sara va mashhur asarlari sirasiga kiradi.
4. Xor va vokal-simfonik asarlari. Chaykovskiyning o’limidan ta’sirlanib
yozilgan “Elegicheskoe trio”( Mungli uchlik) re minor asari Raxmaninovning kamer-
cholg’u musiqasi vohasida yaratgan asaridir. Raxmaninov tomonidan rus va xorij
she’rlariga yozilgan 80 ta romanslari bor. Uning romanslari yorqin ohangdorligi
bilan birga, matnning ifodali o’qilishiga intilish va obraz lahzalarining rangdorligi
bilan ajralib turadi. Fortepiano jo’rligining puxtalik bilan ishlab chiqilganligi vokal
partiyasining teng xuquqligini yaratadi. Kompozitor tomonidan “V molchani nochi
taynoy”( Sirli tundagi sukutlikda) “Ya opyat odinok” ( Men yana yolg’izman)
“Vesennie vodo’” (Bahor suvlari) “Son” (Tush) yaratilgan vokal lirikalari durdona
asarlar sirasiga kiradi. Kompozitorning ajoyib iste’dodi “Vokaliz”da namoyon
bo’ldi.
5. Raxmaninov pianinochi-sozanda va dirijyordir. Raxmaninov nomi
F.List va A.G.Rubinshteyn nomlari bilan bir qatorda turadi. Uning yuksak mahorati
o’z imkoniyatida chegarasiz bo’lib, u hech qachon bu imkoniyatini badiiy g’oyalarga
to’la bo’ysungan holda birinchi o’ringa qo’ymagan. Raxmaninov ijrosi ulkan ifodali
kuchi bilan tinglovchini qamrab olar va uning ijrosi musiqaning ayrim qismlarining
bo’rtib chiqqanligi va ta’sirchanligi, o’zgacha raxmaninovcha usuli bilan ajralib
turadi. Raxmaninov ijrosida orkestrning boyligi, tovush tuslarining nozik farqlarining
turliligi, har bir ovozning ajralib turishi sezilar edi. Yaxlitlikning talabchanlik bilan
o’ylanganligi, ijrochilik mahoratining amalga oshirilganligi Raxmaninov pianinochi
va Raxmaninov dirijerga xosdir. Tashqi qiyofasining vazminligi va dirijerlik
ishoralariga yaxshi ma’noda xasisligi bilan orkestr musiqachilariga va tinglovchilarga
sehrli -gipnostik ta’sir qilishga ega edi. Raxmaninov orkestrdan o’z maqsadini
bajartirishga erishar edi. Uning dirijerlik talqinida Chaykovskiyning 4 chi va 5 chi
simfoniyalari, Borodinning “Bogato’rskaya”( Bahodirona) simfoniyasi, Grigning «Per
Gyunt”, Glinkaning “ Ivan Susanin”, Chaykovskiyning “ Pikovaya dama” operalari
kabi asarlari ajralib turar edi.
Tayanch ibora:
1. Znamenno’y raspev (Darakli belgili diniy ashula)---qadim rus cherkov
qo’shig’ining asosiy ko’rinishi. Bu nom eski slavyan “znamya” ya’ni, belgi so’zidan
paydo bo’lgan.
Adabiyotlar:
1. Raxmaninov S. Literaturnoe nasledie.M.19781980
2. Levashova O. Kandinskiy A.Istoriya russkoy muzo’ki.vo’p 4. 1987g.
3. Operno’e libretto t 1.M.1982
4. Sokolova O.I. Raxmaninov S.V. M.1983 g.
5. Sokolova O. Xorovo’e i vokalno-simfonicheskie proizvedeniya Raxmaninova
M.1963 g.
6. A.Solovtsev. “ S. V. Raxmaninov” Izdanie vtoroe, dopolnenie. Izdatelstvo
Muzqka” Moskva .1969 g.