SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH HAMDA YO‘NALISHINI ANIQLASH
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
522,2 KB
1
SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH VA YO‘NALISHINI ANIQLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Shamol va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega
bo‘lish. Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini
o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.
Shamolning paydo bo‘lish sabablari va uning ahamiyatini o‘rganish;
2.
Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash tartibini o‘rganish;
3.
Anemorumbometr va qo‘l anemometrning tuzilishini o‘rganish;
4.
Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol esish tezligini
o‘lchashni o‘rganish;
5.
Shamol “guli” grafigini chizishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: mm li qog‘oz, qalam, chizg‘ich,
sekundomer, anemorumbometr
M-63,
M-1;
kosachali
qo‘l
anemometri;
anemometrni o‘tkazish jadvali, anemometrning tekshirish guvohnomasi va h.k.
12.1. Shamol va uning ahamiyati
Havoning gorizontal yo‘nalishdagi harakatiga shamol deyiladi. Yer yuzasidagi
turli hududlarning havo bosimi bir xil bo‘lmaganligi sababli shamol paydo bo‘ladi.
Havo bosimi yuqori bo‘lgan joydan havo bosimi past bo‘lgan joyga tomon havo
harakat qiladi. Har ikkala joy o‘rtasidagi bosim farqi qancha katta bo‘lsa, shamolning
tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Shamol, tezligi yo‘nalishi va shiddati bilan
xarakterlanadi.
Shamol natijasida tuproq ustidagi havo uzluksiz yangilanib turadi va tuproq
namining bug‘lanishi tezlashadi va tuproq tez quriydi. Tuproqdan suvning ortiqcha
2
bug‘lanishi tuproq namligini kamayib ketishiga, ya’ni qurg‘oqchilikning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Tabiiy va madaniy o‘simliklar shamol yordamida changlanadi. O‘simliklar gul
changi, urug‘lari, engil bo‘lganidan uzoq joylarga, hattoki bir necha ming km
masofagacha tarqaladi.
Yuqorida biz shamolning foydali tomonlari haqida gapirdik. SHuni qayd qilish
kerakki, shamol tezligining haddan tashqari ortishi xalq xo‘jaligiga, xususan, qishloq
xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Eng muhimi shamol tuproqdagi namni
bo‘g‘lanishini, o‘simliklarning traspiratsiyasini kuchaytiradi. Kuchli shamol
bug‘doy, arpa, g‘o‘za va makkajuxori kabi ekinlarning yotib qolishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, kuchli shamollar imoratlarni vayron qiladi, elektr uzatish liniyalarini
uzadi, chang - to‘zon ko‘tarib, havoni ifloslantiradi.
Ekinzorlarga kimyoviy preparatlar bilan ishlov berishda shamolning
yo‘nalishi va tezligini hisobga olish zarur. Nihoyat, dasht va cho‘l zonalarida
ekinzorlarni shamoldan saqlash uchun ekinzorlar atrofida eni 10-60 m keladigan
ihota daraxtlari polosalari bunyod etiladi. Bunday ihota daraxtzorlar shamol kuchini
susaytiradi, qorni tutib qoladi, qor va yomg‘ir suvlarini tuproqni yuvib ketish kuchini
kamaytirib, tuproqda namlikni ko‘proq saqlanib qolishiga imkoniyat yaratadi..
Yuqoridagilardan tashqari, shamol energiyasidan qishloq xo‘jaligida keng
foydalaniladi. Shamol doimiy esib turadigan joylarda dvigatellardan foydalanish
qulay. Shamol dvigatellari tegirmonlarni yurgizishda, quduqlardan suv tortishda va
boshqa ko‘p ishlarda qo‘llaniladi. Ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan aytib
berish uchun ham shamol kuchi va yo‘nalishini bilish zarur.
Shamol yo‘nalishi gorizontning shamol esayotgan tomoni bilan nomlanadi.
Masalan, shimol yoki g‘arb tomondan esganda shimoliy yoki g‘arbiy shamol
deyiladi. Shamol yo‘nalishini belgilashda 16 ta rumbdan foydalaniladi (12.1.1-
rasm).
3
12.1.1-rasm. Rumblarning joylanishi.
Shamol yo‘nalishi ba’zan graduslarda ham aniqlanib, hisoblash shimol
tomondan soat strelkasi yo‘nalishida olib boriladi. Bunda shimoliy shamolga 00 yoki
3600, sharqiy shamolga 900, janubiy shamolga 1800, g‘arbiy shamolga 2700 mos
keladi. Rumblar bilan shamol yo‘nalishini aniqlashda, ularning yo‘nalishi rumblar
bosh harflarining nomi bilan yuritiladi. Rumblardagi yo‘nalishlar 12.1.1-rasmdagi
kabi ko‘rsatiladi va quyidagicha o‘qiladi:
1. SH-shimoliy
2. SHSHSHq-shimol, shimoli-sharqiy
3. SHSHq-shimoli-sharqiy
4. SHqSHSHq-sharq, shimoli-sharqiy
5. SHq-sharqiy
6. SHqJSHq-sharq, janubi-sharqiy
7. JSHq-janubi-sharqiy
8. JJSHq-janub, janubi-sharqiy
9. J-janubiy
10.
JJG‘-janub, janubiy-g‘arbiy
11.
JG‘-janubi-g‘arbiy
12.
G‘JG‘-g‘arb, janubi-g‘arbiy
13.
G‘-g‘arbiy
4
14.
G‘SHG‘-g‘arb, shimoli-g‘arbiy
15.
SHG‘-shimoli-g‘arbiy
16.
SHSHG‘-shimol, shimoli-g‘arbiy
Shamol tezligi m/s da ifodalanadi. Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlashda
anemometr, flyuger, anemorumbometr, anemorumbograflar ishlatiladi.
11.2.
Anemorumbometr M-63M-1 ning tuzilishi
Anemorumbometr elektr toki yordamida ishlaydi va shamolning maksimal,
o‘rtacha, yuqori tezliklarini aniqlaydi. Anemorumbometr datchiklardan o‘lchagich
pult, tok beruvchi qismi (batareya) va pult bilan qabul qiluvchi qismini
birlashtiruvchi kabellardan iborat. Anemorumbometrning ishlash prinsipi, shamol
tezligining ikkita impuls o‘rtasidagi o‘zgarishi va uning datchiklarga urilishiga
asoslangan holda shamol yo‘nalishini aniqlaydi. Flyugarka 4 ta havo parraklaridan
iborat, gorizontal o‘qqa joylashtirilgan maxsus shariklar yordamida o‘z o‘qi atrofida
erkin aylanadi va datchik vazifasini bajaradi. O‘lchash pulti korpusga o‘rnatilgan uni
qo‘shish uchun knopka bosiladi.
SHamolning birdaniga o‘qtin-o‘qtin oshadigan tezligini o‘lchash maxsus
shkala yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridagi shkalada 0-60 m/s gacha (har bir
bo‘lim chizig‘i 2 m/s ga teng) o‘lchanadi. Pastki shkalaga 0-30 m/s gacha (har bir 1
m/s ga teng) pastki shkala o‘tkazish knopka yordamida amalga oshiriladi. Muddatlar
o‘rtasidagi maksimal tezlik ko‘rsatkichini o‘chirish uchun maxsus ruchkadan
foydalanadi. O‘rtacha tezlikni aniqlashda katta shkaladan foydalaniladi va u 0,1m/s
ga teng, kichik shkala 10 m/s ga teng.
Ma’lum vaqt ichida (10 minut) shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash uchun
ruchkani burash lozim. Shamolning yo‘nalishi shkalaga qarab aniqlanadi. Shkala
ikki qismdan iborat bo‘lib, undan indikator rangiga qarab foydalaniladi. Yuqori
shkaladan qizil yonganda 00-3600 gacha, pastki shkaladan yashil yonganda 1800-
3600-1800 gacha o‘lchanadi. Har bir bo‘lakning oralig‘i 50 ga teng. Shamol
yo‘nalishini aniqlovchi kanalni ishga tushurish uchun yana knopka bosiladi.
Asbobning orqa tomonida kabel (datchiklar)ni ulash uchun maxsus rozetka
o‘rnatilgan. Asbob akkumulyator (batareya) toki bilan ishlaydi.
5
12.2.1-rasm.Anemorumbometr M-63
Anemorumbometrlarning datchiklari metall machtaga yoki binoning tomiga
o‘rnatiladi. Hisob oluvchi qismi kabel orqali ulanib, binoning ichiga o‘rnatiladi. Tok
beruvchi batareya bilan o‘lchov apparati o‘rtasidagi masofa 2 metrdan oshmasligi
kerak. Datchiklar bilan o‘lchov apparati 7 taramli simdan iborat va uzunligi 150
metr.
Shamol tezligini o‘lchash ishlari knopkani bosish bilan boshlanadi.
Shamolning 10 minut ichidagi o‘rtacha tezligini aniqlash uchun ruchka oxirigacha
buraladi va ko‘rsatkichdagi o‘rtacha tezlik knopka yordamida o‘chiriladi va
shamolning o‘rtacha tezligi aniqlanib, pastki shkala orqali shamolning birdaniga
o‘qtin-o‘qtin oshadigan tezligi aniqlanadi. Yuqoridagi shkala orqali maksimal tezlik
aniqlanadi. Asbobdan hisob olishda aniqlik darajasi 1 m/s bo‘lishi kerak. Hisob
olingandan keyin ruchkani burash orqali maksimal tezlik birdaniga o‘qtin-o‘qtin
oshadigan tezlikka barobar kelguncha tushiriladi. Agar shamol tezligi 2-3 minut
ichida aniqlanishi kerak bo‘lsa, o‘lchash boshlangunga qadar knopkani bosish bilan
shkala qo‘shiladi, ikki munut ichida shkala strelkasining harakati kuzatiladi va
ko‘rsatkich 5 m/s gacha aniqlikda yozib olinadi.
12.3. Qo‘l anemometrining tuzilishi va ishlash prinsipi
6
Qo‘l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralig‘i (odatda 10 minut ichida)
da o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 1 m/sek dan 20 m/sek gacha intervaldagi
shamolning tezligini o‘lchashda ishlatiladi.
Qo‘l anemometrining qabul qiluvchi qismi o‘qning yuqori qismiga
o‘rnatilgan, qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to‘rtta bir xil (ichi kovak)
yarimsharlar (kosachalar) 1 yoki parraklardan iborat. O‘qni 2 pastki qismi chervyakli
vint 8 bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichining tishli g‘ildiragiga tegib turadi.
O‘q aylanganda aylanishlar hisoblagichini hamda undagi uchta strelkani ham
harakatga tushiradi. Yarim sharlar tashqi mexanik shikastlanishlardan himoya qilish
uchun yoysimon simlar 3 bilan to‘silgan. Asbobning hisoblash mexanizmi korpusga
joylashtirilgan. Hisoblash mexanizmi (shkala) 5 uchta shkalaga ega bo‘lib, ularga
mos ravishda yuzlik, minglik va o‘nlik aylanishlar soni hisob qilinadi. Anemometr
markaziy shkalasi 0 dan 100 gacha bo‘lingan. Bu shkala bo‘yicha o‘nlik va birlik
aylanishlar hisobga olinadi. Qolgan ikkita kichik shkaladagi strelka yordamida esa
yuzlik va minglik aylanishlar soni aniqlanadi. Ularning shkalasiga “yuzlar” va
“minglar” deb yozilgan (12.3.1-rasm).
Asbob korpusi 4 o‘ng yon tomonining pastki qismida halqa shaklidagi arretir
(strelkalarni qo‘shgich) 6 bor. Arretirni yuqori va past holatga surish mumkin.
Arretirni soat strelkasi yo‘nalishiga qarshi (yuqoriga) surganda, u sanash
mexanizmini chervyak uzatma orqali o‘q bilan bog‘laydi. Arretirni soat strelkasi
bo‘yicha (pastga) surganda esa soat o‘q bilan ulanmaydi va kosacha parraklari erkin
(bo‘sh) holatda ishlaydi. Arretirning ikki tomoniga ikkita halqacha (quloqcha) 7
mahkamlangan. Arretirga ma’lum uzunlikdagi ipning o‘rta qismidan bog‘lab, ipning
bir uchini yuqori va ikkinchi uchini pastki xalqacha ichidan o‘tkazib osiltirib
qo‘yilsa, arretirga qul etmaganda ipning uchidan tortib asbobning yoqish yoki
o‘chirish mumkin. Qul etmaydigan balandlikda shamolning tezligini aniqlash lozim
bo‘lsa, yog‘och ustunning yuqori (gorizontal) qismiga qo‘l anemometri vint bilan
mahkamlanib, shkala kuzatuvchi tomonga ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi.
Anemometr bilan shamol tezligini o‘lchash uchun, o‘lchashdan oldin
anemometrning barcha shkalalarining ko‘rsatishi yozib olinadi. SHamolning
krestovinadagi kosachalarning botiq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlari, uning qavariq
7
sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlaridan ortiq bo‘lganda bosim kuchlarining farqi
ta’sirida krestovina aylana boshlaydi.
8
12.3.1-rasm. Qo‘l anemometri: 1-parrak; 2-o‘q; 3-yoysimon simlar; 4-korpus;
5-shkala; 6-arretir; 7-quloqcha; 8-vint.
Kosachalar aylanishida kosachalarning botiq sirti shamol yo‘nalishi bo‘ylab
harakatlanadi, Shuning uchun krestovinaning aylanish tezligi oshgan sari botiq sirtga
bo‘lgan bosim kamaya boradi. Kosachalarning qavariq sirti shamolga qarshi
yo‘nalishda harakatlanib, aylanish tezlashgan sari, unga bo‘lgan bosim osha boradi.
Krestovina biror aniq tezlikka erishgach, botiq va qavariq sirtlarga bosim kuchlari
bir xil bo‘lib qoladi, shu paytdan boshlab krestovina shamolning o‘lchanayotgan
tezligiga mos tezlik bilan bir tekisda aylanadi.
O‘lchashni boshlashda anemometr kerakli balandlikda shamolga qaratib
o‘rnatiladi, so‘ngra arretir soat strelkasiga teskari yo‘nalishda ko‘tarib qo‘yiladi va
sekundomer qo‘shiladi. Biroz vaqt o‘tgach arretir pastki vaziyatga o‘tkaziladi va
sekundomer strelkasi to‘xtatiladi. So‘ngra strelkalarning keyingi ko‘rsatishlari
hisoblanadi va sekundomerdan sanash schyotchigining ishlash vaqti aniqlanadi.
Keyingi hisoblardan boshlang‘ich hisoblarni ayirib, chiqqan natijani o‘tgan vaqt
oralig‘iga taqsimlab 1 sekunddagi aylanishlar soni aniqlanadi.
Har qaysi anemometr guvohnomasida tuzatma kiritish jadvali berilgan bo‘lib,
u bo‘yicha 1 sekunddagi aylanishlar sonini bilgan holda, unga mos shamol tezligi
m/sek birligida aniqlanadi. Kuzatish va hisoblash natijalari 12.3.1-jadvalga yoziladi.
12.3.1-jadval
Anemometr bilan shamol tezligini aniqlash
Ta
rtib №
Kuza
tish
vaqti
Hisoblar
Ay
irma
Vaqt
(sekund
lar soni)
1
sekund dagi
bo‘limlar
soni
Sham
ol tezligi
(m/sek)
bos
hlang‘ich
oxirgi
1
9
2
3
12.3.2-jadval
Anemometr ko‘rsatkichlarini o‘tkazish jadvali
Aylanishlar
soni (sek)
Shamol tezligi
(m/sek)
Aylanishlar
soni (sek)
Shamol
tezligi (m/sek)
1
1,4
11
11,6
2
2,4
12
12,6
3
3,5
13
13,6
4
4,5
14
14,6
5
5,5
15
15,5
6
6,5
16
16,5
7
7,6
17
17,5
8
8,6
18
18,4
9
9,6
19
19,4
10
10,6
20
20,4
Qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini o‘lchash uchun quyidagilarni
bajaring:
- Anemometrni balandligi 2 m bo‘lganda yog‘och ustuncha ustiga shamolga
qaratib o‘rnating;
- Shamol tezligini aniqlash uchun shkalaning boshlang‘ich holatini yozib oling;
- Arretir (strelka ajratgich)ni soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda yuqori
vaziyatga o‘tkazib, aylanishlar hisoblagichi va sekundomerni 5 minutgacha
yurgizing, so‘ngra arretirni pastki vaziyatga o‘tkazib, shkala ko‘rschatishining oxirgi
hisoblarni bajaring;
- O‘lchashlarni to‘la ravishda yana bir marta takrorlang;
10
- Oxirgi hisoblardan dastlabkilarini ayiring, chiqqan natijani hisoblab orasidagi
o‘tgan vaqtga taqsimlab, 1 sekunddagi aylanish sonini aniqlang va anemometr
guvohnomasidagi tuzatmadan foydalanib shamol tezligini toping.
Misol: o‘lchashni boshlash oldidan schyotchik 2030 ni, o‘lchash oxirida esa
2830 ni ko‘rsatgan deb olaylik. U vaqtda krestovina ma’lum vaqtda (100 sek. da)
2830 – 2030 = 800 marta aylangan. 1 sekunddagi aylanish soni 8 ga teng.
Anemometr guvohnomasidan ko‘rinadiki (12.3.2-jadval) shamol tezligi 8,6 m/sek.
ga teng.
Misol: gorizont tomonlaridan shamolning takrorlanishi SH-3, SHSHq-7,SHq-
10, JSHq-8, J-9, JG‘-13, G‘-5, SHG‘-1% bo‘lgan bo‘lsa, shamol «guli» grafigining
tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
Izoh: shamol guli grafigini mm li qog‘ozda (masshtabi 1 sm= 4 %) chizing.
Quyidagi 12.3.3-jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida «shamol guli» grafigini
chizing va grafik asosida joyning shamol guli grafigiga tavsif bering.
12.3.3-jadval
Shamolning takrorlanishi (yanvar oyi), %
Variant
SHamol yo‘nalishi (rumblari)
SH
SHSHq
SHq
JSHq
J
JG‘
G‘
SHG‘
1
5
7
17
23
20
8
10
10
2
11
9
7
3
13
20
41
2
11
3
10
11
9
10
20
6
14
7
4
17
13
5
15
9
11
20
10
5
10
19
11
8
7
5
5
3
6
10
5
8
10
10
15
30
4
7
4
8
12
20
11
4
5
2
8
2
32
20
12
4
5
4
3
9
7
15
4
21
10
8
4
6
10
10
20
31
18
8
5
4
8
11
10
12
5
8
7
11
6
8
12
4
28
14
12
10
8
6
4
13
5
10
18
26
9
4
4
2
14
32
18
10
6
4
8
4
6
15
4
8
10
24
26
12
6
4
16
26
18
4
6
10
8
12
16
17
4
6
8
10
12
24
20
4
18
18
16
4
5
8
10
12
16
19
10
8
7
12
18
24
8
4
20
6
20
28
12
4
6
4
4
21
4
8
10
16
28
14
8
6
22
6
8
16
30
21
4
8
6
23
16
20
4
8
10
6
18
22
24
4
8
12
24
6
8
4
4
25
8
10
4
6
18
22
10
4
26
16
24
6
4
4
12
6
10
27
4
6
28
16
12
6
6
10
28
6
8
12
28
14
10
4
4
29
2
6
8
10
4
26
18
10
30
16
30
2
10
8
6
8
14
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Shamol qanday paydo bo‘ladi?
12
2. Shamol qanday xususiyatlari bilan xarakterlanadi?
3. Shamolning foydali va zararli tomonlari haqida misollar keltiring?
4. Anemorumbometrning tuzilishi va ishlash prinsipi tushuntirib bering?
5. Qo‘l anemometrining tuzilishi va uni o‘rnatishni tushuntiring?
6. Qo‘l anemometrining shkalasini tushuntirib bering?
7. Anemorumbometrdan qanday hisob olinadi?
8. Asosiy va oraliq gorizont tomonlarini aytib bering?
9. Qo‘l anemometri bilan shamol tezligini aniqlash tartibini tushuntiring?
10. Shamol «guli» qanday chiziladi?