SHAXS RIVOJIANISHINING UMUMIY QONUNLARI, UNING TASHXISI TO‘G‘RISIDA G‘OYALAR.

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

22

Faytl hajmi

38,9 KB


 
 
 
 
 
 
SHAXS RIVOJIANISHINING UMUMIY QONUNLARI, UNING TASHXISI 
TO‘G‘RISIDA G‘OYALAR. 
 
Reja: 
1. 
 Shaxsiy rivojianish jarayoni shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar 
muhit, irsiyat, ta’lim tarbiya, shaxsiy faoliyat rivojlanishning yosh va individual 
shaxsning ijtimoiylashuvi va uning tarbiyasini rivojlantirish  
2. 
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik  
omillarning ta’sir kuchi. 
3. 
Shaxs fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va baholash me’yorlari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: shaxs, rivojlanish, mikromuhit, makromuhit, irsiyat, 
individ, go‘dak, bola, o‘smir, o‘spirin, akseleratsiya, biologik omil, fiziologik omil, 
psixologiya. 
 
1) 
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining quyidagi rivojlanish turlariga ahamiyat berish 
kerak: 
1) jismoniy rivojlanish 
2) aqliy rivojlanish 
3) psixik rivojlanish 
Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, 
psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan 
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan 
jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari 
bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ 
(lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs»,
SHAXS RIVOJIANISHINING UMUMIY QONUNLARI, UNING TASHXISI TO‘G‘RISIDA G‘OYALAR. Reja: 1. Shaxsiy rivojianish jarayoni shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar muhit, irsiyat, ta’lim tarbiya, shaxsiy faoliyat rivojlanishning yosh va individual shaxsning ijtimoiylashuvi va uning tarbiyasini rivojlantirish 2. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi. 3. Shaxs fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va baholash me’yorlari. Tayanch so‘z va iboralar: shaxs, rivojlanish, mikromuhit, makromuhit, irsiyat, individ, go‘dak, bola, o‘smir, o‘spirin, akseleratsiya, biologik omil, fiziologik omil, psixologiya. 1) Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining quyidagi rivojlanish turlariga ahamiyat berish kerak: 1) jismoniy rivojlanish 2) aqliy rivojlanish 3) psixik rivojlanish Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs»,
 
 
«yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina 
tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. 
Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon 
bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning 
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga 
olinishini taqozo etadi. 
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan 
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 
namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga 
oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqini kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o‘zi nima? 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan 
miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib 
borishi, 
miqdor 
o‘zgarishining 
sifat 
o‘zgarishiga 
o‘tishini 
ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
«yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o‘zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
 
 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. 
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish 
va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
2) Shaxsning yosh xususiyatlari. 
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni 
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga 
tarbiya  ta’siri kuchli bo‘ladi. 
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun 
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni 
hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, 
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, 
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o‘tganlar. 
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil 
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 2) Shaxsning yosh xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga
 
 
tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining  ta’siri bo‘lib, 
o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o‘ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga hos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish 
muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» 
ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari 
ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi 
davrlarga bo‘linadi: 
1.     Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha 
bo‘lgan davr. 
2.     Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3.     Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4.     Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar –7-11-12 yoshgacha. 
5.     O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh. 
6.     Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) – 16-18 yosh. 
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning 
tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. 
Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab 
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. 
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va 
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‘quvchilariga emotsionallik 
xos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi. Ular 
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 
O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik 12-15 yosh). O‘smirlikning murakkabligi 
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. 
Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy 
yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida
tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o‘ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga hos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr. 2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar –7-11-12 yoshgacha. 5. O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh. 6. Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) – 16-18 yosh. Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‘quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik 12-15 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida
 
 
mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi 
pasayadi, intizomi bo‘shashadi. 
Hozirgi davr o‘smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi: 
1.     Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to‘garaklar, 
studiya, sektsiya, turli tadbirlar o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob 
o‘qishga qiziqishi ortadi. 
2.     O‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o‘zini boshqalar 
bilan solishtira boshlaydi. 
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh 
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. 
Turli to‘garaklarga 21 foiz o‘smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa 
bilan shug‘ullanadi. 40 foiz o‘quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham 
barqarorlik yo‘q. 
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz 
o‘smir tomosha qiladi. 
Ular oddiy kunni o‘z ixtiyorlari bilan qanday o‘tkazadilar, degan savolga 
javob topish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz 
o‘smir vaqtini o‘z holicha o‘tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko‘radi, 50 foizi 
sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon 
baho olmaslik uchun maktabga bordigan o‘smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. 
O‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular 
tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. 
Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to‘liq bo‘ladi. 
Bu yoshda o‘smirlar kattalar oldida o‘zining erkinligini namoyish etishga 
harakat qiladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab o‘sadi. “Dangasa”, “qo‘pol”, 
“bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og‘rinib qabul 
qiladilar. 
O‘smir yoshida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan 
intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga 
katta e’tibor berish lozim.
mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Hozirgi davr o‘smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi: 1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to‘garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o‘qishga qiziqishi ortadi. 2. O‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o‘zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘smir xarakterida murakkab qarama- qarshiliklar ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Turli to‘garaklarga 21 foiz o‘smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug‘ullanadi. 40 foiz o‘quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo‘q. Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o‘smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o‘z ixtiyorlari bilan qanday o‘tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o‘smir vaqtini o‘z holicha o‘tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko‘radi, 50 foizi sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o‘smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. O‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to‘liq bo‘ladi. Bu yoshda o‘smirlar kattalar oldida o‘zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab o‘sadi. “Dangasa”, “qo‘pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og‘rinib qabul qiladilar. O‘smir yoshida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish lozim.
 
 
O‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida o‘g‘il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; 
qizlar esa – o‘ta ko‘nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‘la boshlaydilar. 
Shuning uchun o‘smirga o‘z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-
14 yoshgacha o‘smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‘la 
boshlaydi. Muhimi, o‘smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‘lib 
qolganligini tan olish zarur. 
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o‘quvchilari (o‘spirinlik davri 15-18 yosh). 
Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish 
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai 
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. 
his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. 
Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar 
o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham 
o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. 
Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. 
O‘spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, 
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar 
bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga 
hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. 
Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot 
mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois 
ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning 
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar 
ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustaqil 
hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning 
jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida o‘g‘il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o‘ta ko‘nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‘la boshlaydilar. Shuning uchun o‘smirga o‘z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13- 14 yoshgacha o‘smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‘la boshlaydi. Muhimi, o‘smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‘lib qolganligini tan olish zarur. Katta maktab yoshi – kollej, litsey o‘quvchilari (o‘spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O‘spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustaqil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir.
 
 
 
2. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik  
omillarning ta’sir kuchi. 
 Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon 
davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli 
bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri 
yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini 
belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning 
rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – biheviorizm XX asr 
boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat 
nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili 
amerikalik olim E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs 
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy 
o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson 
taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil  bilan 
belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir 
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
2. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – biheviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
 
 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, 
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib 
kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta’limotiga  suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga 
bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi 
layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani 
ifodalaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. 
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson 
o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va 
shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. 
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali 
amalga oshiriladi. Ya’ni, 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, 
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs 
kamolga  yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish 
mumkin. 
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va 
uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega 
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
 
 
 
    Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni 
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga 
tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. 
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun 
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos xususiyatlarni bilish va uni 
hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, 
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, 
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o‘tganlar. 
Bolaning o‘ziga hos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil 
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga 
tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, 
o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish 
muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” 
ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari 
ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib 
bo‘lmaydi. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan 
bog‘liq bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi jamiyatga 
“kirishadi” va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba 
(bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‘rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. 
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday 
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga hos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi jamiyatga “kirishadi” va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‘rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy
 
 
me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni 
qabul qilib, o‘rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo‘lish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq 
ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning 
shakllanishiga turli g‘oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi. 
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar 
va uni o‘rganadilar. 
Zero, O‘zbekiston Respublikasining  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
ham ta’kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda 
ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda 
estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va 
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar 
hisoblanadi. 
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, 
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani 
inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni 
maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning 
muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil 
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. 
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda 
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri 
tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar 
yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan 
bo‘ladi. 
O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat 
kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, 
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko‘ra tanlangan sohalardan iborat. 
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. 
Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya 
to‘sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida 
uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish,
me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‘rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g‘oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o‘rganadilar. Zero, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham ta’kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi. O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko‘ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya to‘sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish,
 
 
o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. 
Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi. 
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam 
egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik 
o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. 
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. 
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko‘ra, 
o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim 
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija 
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi 
kerak. 
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. 
Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi 
qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat 
qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha m’'naviy-axloqiy 
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘ymaganligidadir. 
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, 
shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini 
shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini 
rivojlantirish muhim sanaladi. 
 
3. Shaxs fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va baholash me’yorlari.  
 Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 
1) Axborotni  uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab tarbiya usullari 
quyidagi turlarga bo‘linadi:
o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi. Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak. Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha m’'naviy-axloqiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. 3. Shaxs fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va baholash me’yorlari. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 1) Axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab tarbiya usullari quyidagi turlarga bo‘linadi:
 
 
Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish - bu usullardan pedagogik 
jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni 
shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar;  
2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari;  
3) o‘z- o‘zini tarbiyalash usullari;  
4) rag‘batlantirish va jazolash usullari. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarash, e’tiqodni mo‘naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida 
ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining 
mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar  
qo‘yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, hayot 
mazmunini 
tushunib 
olishlariga 
ko‘maklashishi 
uchun 
ijtimoiy 
ongni 
shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy 
faolligini tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng 
muhim ishlatiladigan omildir. 
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli 
qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga 
nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. 
Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida 
tarbiyalashning roli katta. Suhhat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy-axloqiy 
shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usul hisoblanadi. 
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular 
(kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik 
mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi, siyosiy mavzularda (davlatning 
ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot 
dunyosi). 
Suhbat davomida o‘quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini 
uyg‘otishga, o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. 
Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.
Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish - bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; 3) o‘z- o‘zini tarbiyalash usullari; 4) rag‘batlantirish va jazolash usullari. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni mo‘naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashishi uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faolligini tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng muhim ishlatiladigan omildir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta. Suhhat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy-axloqiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi, siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). Suhbat davomida o‘quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini uyg‘otishga, o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.
 
 
Hikoya. O‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan 
aniq misol bilan to‘liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix 
qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish 
mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, internet tarmoqlaridagi, gazeta va 
jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham 
o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar orqali ravon va 
jonli o‘tkazilishi kerak. 
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy 
sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. O‘qituvchining 
shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular 
o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z 
vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin 
kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, 
ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. 
Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘z 
ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga 
taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. 
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ 
kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘rganini 
qiladi», «Onasini ko‘rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida 
birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida 
qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo‘lamiz. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va 
uzluksizdir. 
2) Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil 
qilish metodlari. 
Faoliyat jarayonida   ijtimoiy  xulq  tajribalarini  shakllantirish usullari. 
Bola rivojlanishining, o‘zligini bilishning asosiy omili - bu faoliyatdir. Faoliyat 
nuqtai nazaridan yondashilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim-
tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o‘quvchilar bilimlarim mustaqil 
egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat
Hikoya. O‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to‘liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, internet tarmoqlaridagi, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar orqali ravon va jonli o‘tkazilishi kerak. Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘rganini qiladi», «Onasini ko‘rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo‘lamiz. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. 2) Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish metodlari. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. Bola rivojlanishining, o‘zligini bilishning asosiy omili - bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondashilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim- tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o‘quvchilar bilimlarim mustaqil egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat
 
 
tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. 
O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan 
shug‘ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik jamoa bo‘lib 
bajarilganida yaxshi natija beradi. 
Mashq va o‘rgatish usullari. Bolalar faoliyatini oqilona maqsadga muvofiq 
ravishda va har tomonlama tashkil qilish mumkin. Mashq bolalarni axloq mezonlari 
va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. O‘quvchilar odatlarni 
yaqinlaridan meros qilib olmaydilar, balki ular bilan muntazam muloqotlari tufayli 
taqlid qilish, tarbiya orqali hosil qilinadi. Oxir-oqibatda odat ehtiyojga aylanadi. 
Mashq - muayyan xatti-harkatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga 
oladi. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi. Mashq va 
odatlantirish o‘quvchi uchun ongli ijodiy jarayondir. 
O‘rgatish. Ijodiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida 
o‘quvchiiarning bajarishlari uchun rejali izchil tarzda tashkil qilinadigan turli 
harakatlar amaliyot ishlaridir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. 
O‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi lozim. Tarbiya amaliyotida 
mashq qilishning turli xillari mavjud. Faoliyatda mashq qilish mehnat ijtimoiy 
faoliyat, jamoadagi faoliyat, o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. 
Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o‘rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu 
bilan bog‘liq o‘z istak va harakatlarini boshqarish hamda bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri 
foydalanish odatiga o‘rgatadi. 
Topshiriq. O‘quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo‘lib bajarishlari 
ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida |ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik talab - bu usul tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab - 
bu o‘quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini 
ifodalashi; u yoki bu faoliyatga qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa 
sifatida namoyon bo‘lishi; u yoki bu haraktda rag‘batlantiruvchi yoki uni 
to‘xtatuvchi bo‘lishi oqilona harakatlarga undovchi  bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega 
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan shug‘ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik jamoa bo‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi. Mashq va o‘rgatish usullari. Bolalar faoliyatini oqilona maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish mumkin. Mashq bolalarni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. O‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydilar, balki ular bilan muntazam muloqotlari tufayli taqlid qilish, tarbiya orqali hosil qilinadi. Oxir-oqibatda odat ehtiyojga aylanadi. Mashq - muayyan xatti-harkatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli ijodiy jarayondir. O‘rgatish. Ijodiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida o‘quvchiiarning bajarishlari uchun rejali izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliyot ishlaridir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. O‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi lozim. Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud. Faoliyatda mashq qilish mehnat ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat, o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o‘rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog‘liq o‘z istak va harakatlarini boshqarish hamda bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi. Topshiriq. O‘quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida |ahamiyat kasb etadi. Pedagogik talab - bu usul tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab - bu o‘quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatga qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi; u yoki bu haraktda rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi oqilona harakatlarga undovchi bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
 
 
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, 
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani 
inson qanchalik mehna tqilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni 
maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning 
muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil 
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham 
mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib 
bo‘lmaydi. 3.Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni 
tashkil qilish metodlari.  
3) Shaxs xulqi va faoliyatida motivatsiya va rag‘batlantirish metodlari 
Shaxs xulqi va faoliyatida rag‘batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, 
uning qanday turlari va ahamiyati bor, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning 
samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq. 
Metod,  ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 
1.   So‘z orqali ifodalash usuli. 
2.   Ko‘rgazmalilik usuli. 
3.   Amaliy namuna usuli. 
4.    Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi. 
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish 
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga. 
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish 
orqali tarbiyalash usullariga. 
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, 
o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish. 
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, 
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehna tqilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi. 3.Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish metodlari. 3) Shaxs xulqi va faoliyatida motivatsiya va rag‘batlantirish metodlari Shaxs xulqi va faoliyatida rag‘batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 1. So‘z orqali ifodalash usuli. 2. Ko‘rgazmalilik usuli. 3. Amaliy namuna usuli. 4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi. Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga. Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga. Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish. To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
 
 
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish. 
Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari 
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. 
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish 
va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish. 
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san'at va amaliyot 
asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta 
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining 
eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning 
belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va 
hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir. 
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda 
hal etishdir. 
Ma’lumki, 
«adolat» 
keng 
qamrovli 
tushuncha 
sifatida 
ijtimoiy 
munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq 
kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, 
odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi. F. 
Nizomov. 
Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish 
darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi 
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz. 
Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari 
surilgan adolat to‘g‘risidagigi g‘oyalar atroflicha  o‘rganish zamon talabi bo‘lib 
qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, 
sotsiomadaniy 
darajasi 
rivojlangan,  
amaliy 
ko‘nikma-
malakalarni  egallagan,  raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda 
ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish 
lozim.  Kelajakda  mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar,  bugungi kun uzluksiz 
ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur 
huquqiy 
bilimlarga 
ega, 
ijtimoiy 
hayot   sohalari   ichki   qonuniyatlari   to‘g‘risidagi   tushunchalarni egallab 
borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish. Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish. Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san'at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir. Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir. Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi. F. Nizomov. Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz. Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to‘g‘risidagigi g‘oyalar atroflicha o‘rganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko‘nikma- malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar