Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

23,4 KB


 
 
 
 
 
 
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 
 
 
Reja: 
1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 
2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: 
a) irsiyat (biologik omil); 
b) muhit (ijtimoiy omil); 
v)ta’lim va tarbiya; 
g) faoliyat va faollik. 
3.Bolalarning  o`sish davrlari xususiyatlari. 
       Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli 
bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. 
Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida 
his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. 
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. 
 Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida 
shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. 
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan 
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja: 1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: a) irsiyat (biologik omil); b) muhit (ijtimoiy omil); v)ta’lim va tarbiya; g) faoliyat va faollik. 3.Bolalarning o`sish davrlari xususiyatlari. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
 
 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 
namoyon bo’lishiga erishishni  nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga 
oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o’zi nima? 
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi 
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, 
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat 
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi 
kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo’lmaydi.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy- axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o’zi nima? Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo’lmaydi.
 
 
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan 
kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u 
jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida 
o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. 
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish 
va 
hisobga 
olish 
maqsadga 
muvofiq. 
SHunday 
qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning 
ta’siri o’rtasidagi 
munosabatni 
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. 
Insonning 
shaxs 
sifatida 
rivojlanishiga ijtimoiy 
voqealar, tabiiy 
omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini 
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. 
Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, 
deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs 
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini 
inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga 
kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, 
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim 
E.Torndaykdir.
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
 
 
Progmatizm oqimi va 
uning 
vakillari 
D.D’yul, 
A.Kombe 
ham 
shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat 
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, 
uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog’laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil 
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. 
SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga 
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam 
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga 
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta’limotiga  suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga 
bog’liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. 
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini 
namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs 
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi 
mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat 
kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi.
 
 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, 
shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, 
inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir 
etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. 
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga 
oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, 
mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs 
kamolga yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish 
mumkin. 
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz 
«…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga 
qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …». 
SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu 
tarbiya tamoyilidir. 
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya 
tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga 
qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 
SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, 
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani 
inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni 
maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …». SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi. Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga
 
 
xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat 
mohiyatiga ko’ra belgilanadi. 
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda 
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri 
tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar 
yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan 
bo’ladi. 
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat 
kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, 
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. 
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. 
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya 
ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning 
butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini 
shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning 
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. 
Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam 
egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik 
o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. 
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. 
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, 
o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim 
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija 
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi 
kerak. 
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. 
CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi 
qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat 
qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy
xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi. O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak. Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy
 
 
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga 
qo’ymaganligidadir. 
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, 
shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini 
shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini 
rivojlantirish muhim sanaladi. 
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos 
bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) 
va psixologik xususiyatlari yosh 
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va 
tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. 
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun 
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni 
hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, 
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, 
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o’tganlar. 
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil 
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. 
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga 
tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, 
o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish 
muhim. 
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham 
mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib 
bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga 
bo’linadi:
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir. SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
 
 
1.      Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha 
bo’lgan davr. 
2.      Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3.      Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4.      Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha. 
5.      O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh. 
6.      Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh. 
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham 
ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari 
ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik 
boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy 
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. 
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. 
Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi 
ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari 
tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. 
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va 
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik 
xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular 
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 
O’rta 
maktab 
yoshi (o’smirlik 
12-15 
yosh). 
O’smirlikning 
murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar 
bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu 
davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir 
hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining 
o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr. 2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha. 5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh. 6. Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh. Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. O’rta maktab yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
 
 
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: 
1.        Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, 
studiya, seksiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob 
o’qishga qiziqishi ortadi. 
2.        O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar 
bilan solishtira boshlaydi. 
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh 
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. 
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 
foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta 
yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi 
aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning 
qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. 
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan 
shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham 
barqarorlik yo’q. 
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz 
o’smir tomosha qiladi. 
Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob 
topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir 
vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan 
shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho 
olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. 
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan 
ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning 
uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: 1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi. 2. O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama- qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q. Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.